akmaltosh | Unsorted

Telegram-канал akmaltosh - Akmal Sodikov

-

Huquqshunos Akmal Sodikovning kanaliga xush kelibsiz! Bu yerda xorijiy davlatlar va O'zbekiston tajribasi tahlil etiladi. ©️Har doim ham oqimga qarshi suzib bôlmasada, unda tosh òynatish mumkin! https://t.me/Akmaltosh

Subscribe to a channel

Akmal Sodikov

✔️Hozircha 10-sinf "Davlat va huquq asoslari" darsligi deyarli tayyor...

Boshqa sinflarni tayyorlashga juda kam vaqt qoldi.

Sur'atda Respublika ta'lim markazi xodimi

👍Telegram |💬Facebook
🌐Onlayn murojaat

Читать полностью…

Akmal Sodikov

📊Yana bir ilmiy maqola chop etildi.

🔔Nomi: "Norma ijodkorligi jarayonini ilmiy axborot bilan taʼminlash mexanizmini takomillashtirishning ayrim masalalari"

✔️Web havola: https://jurisprudence.tsul.uz/2023/03/26/norma-ijodkorligi-jarayonini-ilmiy-axborot-bilan-ta%ca%bcminlash-mexanizmini-takomillashtirishning-ayrim-masalalari/

👍Telegram |💬Facebook
🌐Onlayn murojaat

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Forsiylarning yangi yili muborak bo'lsin!
Biz uchun Navro'z - yangilanish fasli, uyg'onish fasli navbahor muborak!

🌐Onlayn murojaat

👍Telegram |💬Facebook

Читать полностью…

Akmal Sodikov

🛡O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 123-moddasi

Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ota-onani yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashi, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamasligi, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, jinoiy javobgarlik kelib chiqadi.

Ma'ruzachi: Akmal Sodikov


👍Telegram |💬Facebook
🌐Onlayn murojaat

📞+998971086699

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Nega darsliklardagi ma'lumot ikki xil?!

👍Telegram |💬Facebook
🌐Onlayn murojaat

📞+998971086699

Читать полностью…

Akmal Sodikov

"Boburnoma"ni boshlashning ayni vaqti...❤️

Читать полностью…

Akmal Sodikov

👆🏻"Maxluqlar o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. Ularni odamlar yaratadi"

Bir necha hafta oldin "Plastikakl" kitobini farzandlarimiz bilan tugatgan edik.

Bollarim, kitobni ko'p martta qayta-qayta o'qitishdi, o'zi bo'madi.😅

Lekin Kitobni mazmuni juda yoqdi.
Suvni iflos qilmaslik, baliqlarga ozor bermaslik, kamchiliklari borlarni mazax qilmaslik kabi masalalar bo'yicha yaxshi xulosa chiqarishga sabab bo'ldi, menimcha.

Shuningdek, Orol fojeasi eslab o'tilgan o'zbek tilidagi yagona bollalar kitobi ham bo'lsa kerak!?

Madina Mo'minova hamda boshqa kitobga hissasi qo'shilganlarga tashakkur aytamiz.

@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Jalinga

Bir necha oy oldin, video darslarni tayyorlash bo'yicha yangi dasturni sinab ko'rgan edik.

Jalinga - talabalar tomonidan o'ylab topilgan, ajoyib dastur va studio.

Qiziq jihati - ma'ruzachi, dasturchi, rejissor ham aktyor faqat bir kishi, u ham bo'lsa, o'qituvchining o'zi.

U uchun maxsus studioga borib, 1-2 soatlik dars oldik. So'ng uyda 2-3 soatlik dasturiy ta'minot bo'yicha ishlab yuqoridagi videoni sur'atga olgan edik.

Mavzu: Yuridik texnika va yuridik hujjat turlari
Link: https://youtu.be/rnapO5WcUqM

@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Davra suhbatida ishtirok etdik.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazida davra suhbati tashkil etildi.

Unda TDYU Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi yuridik fanlari doktori, professor Axmedshayeva Mavluda Axatovna, yuridik fanlari nomzodi, professor Muxamedov Xaydarali Meliyevich bilan birgalikda so'zga chiqdik.

©️Davra suhbatida konstitutsiya qadriyat darajasida bo'lishi kerakligi yuzasidan so'z yuritildi.

@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Va nihoyat uzoq kutilgan maqola qo'limizga yetib keldi.

2020-yil 11-avgust kuni The Center for Asian Legal Exchange (CALE) Nagoya University homiyligida konferensiyada ishtirok etgandik.

Oradan mana 2 yil o'tib, chop etishibdi.
Germaniyadan alohida xat bilan jo'natishibdi. Juda xursand bo'ldik.

Barcha mualliflarni tabriklayman.

https://www.bwv-verlag.de/detailview?no=4389 sayti orqali kitobni buyurtma qilish mumkin ekan!

Читать полностью…

Akmal Sodikov

"Xalqaro munozara" bahslariga hakamlik qildik.

8-oktabr kuni WUIT da "International debate"ning respublika bosqichi bo'lib o'tdi.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan hakamlikka nomzod qilishibdi.

Qo'ldan kelgancha vazifamizni ado etishga harakat qildik. Adolat bilan yondashdik, degan umiddamiz.

Finalga TDYU talabalari chiqqanligi sababli ham manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'ymaslik uchun finalga hakamlik qilmadim.

Bahslarda, to'g'risi, maza qildik. Ayniqsa, ishtirokchilarning ingliz tilida fikrlarini erkin bayon etishlari juda o'zgacha ruh baxsh etdi.
G'oliblar Boku yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Karantin davrida uyda o'tirib, yolg'izlikda juda ko'plab ishlarni qilishga imkon berilgan edi.

Shunday kunlarda turli yangi loyihalarni boshlab qo'ygandik.

Shulardan biri
- /channel/Tarjimon_Master loyihasi.

Bu oddiy telegram kanali yordamida tarjimonlik xizmatlarini taqdim etish edi, xolos.

Dastlab oyiga 500 yoki 600 ming so'm topa boshladik.
Bugunga kelib bu pullar dollarlarga aylandi.

Mijozlarimiz ham 100 taga yetib qoldi.

Loyiha haqida quyidagi havolalar orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Abu Homid G'azzoliy hazratlari bilan Tatariston Respublikasida bo'lib qaytdik.

Safar davomida Innopolis shahriga ham tashrif buyurdik. U yerda haydovchisiz (sun'iy intellekt tomonidan boshqariladigan) taksi va yetkazib berish xizmati yo'lga qo'yilgan ekan. Eng muhimi xizmat faqat shahar ichida yo'lga qo'yilib, tekin ekan. Aftidan, sinov rejimida ishlayotgani uchun bo'lsa kerak, deb taxmin qildik.

@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Detektiv Janob Sinchkov rukni g'oliblari

Oslo va olmos

🏆🏆🏆 - G'oliblar 👇🏾

1. Shaxzod Mirzayev
2. Farmonov Ozod
3. Ulug'bek Shukurov
4. Sulaymonov Shuxrat
5. Jakhongir

👆🏻Dastlabki to'g'ri javobni bergan 5 obunachimiz.

Demak, aniq javob:

Pablerni xati yozilgan paytda Oslo shahri Kristianiya deb atalgan. 1924-yildan boshlab Oslo deb nom berilgan. Xat esa 1904-yilda yozilganligi ko'rsatilgan.

#sinchkov
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Kul rang “Shevrole”

6 raqami bilan boshlanuvchi kul rang “Shevrole” bir ayolni urib qochib ketadi.

Janob Sinchkov va uning yordamchisi Topqir bilan birgalikda janob Nilenderning villasiga yetib keldilar, sababi uning ham xuddi shunday avtomobili bor edi.

Ular yetib kelganlarida sodir etilgan hodisadan endigina yarim soatcha vaqt o‘tgan edi.

Avtomobil villaning oldida turar edi. ularni ko‘rgan janob Nilender uy kiyimida ularning oldilariga chiqdi.

Sinchkovning gapini eshitgandan so‘ng:
-Men bugun hech qayerga borganim yo‘q. Kecha kalitini yo‘qotib qo‘ydim, yangisi esa juma kuni tayyor bo‘ladi, - dedi.

Avtomobilni ko‘zdan kechirishga ulgurgan janob Topqir sekingina janob Sinchkovga shivirladi: “Rost gapirayotganga o‘xshaydi, chunki mashinaning hech qayerida hech qanday ezilgan joy yo‘q”.

Janob Sinchkov esa kapotning ustiga yarim yonboshlab javob berdi: “Axir jabrlanuvchi tirik-ku, kuchsiz zarba bilan urilgan”.

-Sizning javobingiz menga shubhali tuyulyapti, janob Nilender, kalitni qayerga berkitdingiz?
– gapida davom etdi Sinchkov, - hozirgina shu avtomobilda keldingiz-ku, nimaga to‘g‘risini ayta qolmayapsiz?

Savol. Janob Sinchkov nima sabab Nilenderning gaplaridan shubhalanib qoldi?

Izohlarni 'comments' da qoldiring!

Javob - nasib etsa ertaga e'lon qilinadi.

#sinchkov
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

0️⃣0️⃣0️⃣
"Davlat va huquq asoslari" darsliklari o'zgaradi

🔔Keyingi o'quv yilidan davlat va huquq asoslari darsliklari o'zgartish va qayta ishlab chiqish maqsadida 12.04.2023-yil sanasida Respublika Ta'lim markazidagi ishchi guruh yig'ilishida ishtirok etildi,

🔠Yig'ilishda 8-sinf "Davlat va huquq asoslari" darsligining mavzular loyihasi qizg'in muhokama etildi.

📞Sifatli, o'quvchilar uchun yengil qabul qilinadigan, o'quvchi va o'qituvchilarga o'zaro manfaatli bo'lgan darslikni tayyorlashga muvaffaq aylasin. 

👍Telegram |💬Facebook
🌐Onlayn murojaat

Читать полностью…

Akmal Sodikov

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

RAMAZONNING ILK KECHASI

Zilzilamas…
Sening qayg‘ung yeb,
Boshing uzra turar U qoim:
Saharlikka uxlab qolma deb
Turtib qo‘ydi mushfiq Xudoyim.

Qara,
Yerga malaklar indi,
Bedor qalbga qilgaylar havas.
Xudoyim-ku uyg‘otdi, endi
Ko‘zni ochib uxlamasang bas…

Nodir JONUZOQ


🇺🇿Solih amallarga muvaffaq aylasin. Amallarimizni qabul qilsin.

🌐Onlayn murojaat

👍Telegram |💬Facebook

Читать полностью…

Akmal Sodikov

🥹Bir qarashda ayol kishiga "kuchsiz", deb yondashish mumkin.

🥳Lekin haqiqatda ayol kishi qahramon.

Katta harflar bilan, o'chmas oltindan yozilishi lozim bo'lgan
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤.

😀Axir kim ham dam olish va ta'tillarsiz, ustiga-ustak "oyliksiz" butun umrini oilasiga, uy-ro'zg'or ishlariga qimmatli umrini sarflardi.

🙏Bu faqat qizlarimiz, ayollar, opa-singillar, onalar. Ularni faqat shu kunda emas, doim ardoqlab, mehnatlarini qadrlashga muvaffaq qilsin.

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Nega darslik va qonun normalari ikki xil?!

👍Telegram |💬Facebook
🌐Onlayn murojaat

📞+998971086699

Читать полностью…

Akmal Sodikov

👋Hammamizning ustimizdan jumaning barokotlari yog'ilib tursin.

🩹 @huquqshunoslik_maktabi

Читать полностью…

Akmal Sodikov

"Siz abadiy bo'lish uchun yaratilgansiz. ...boradigan joyingiz abadiydir". ("Qalbining davosi" kitobidan)

Imom G'azzoliy bilan darslarimiz davom etmoqda.
Shuningdek, bugun ko'p yillardan beri orzu qilgan kitobni yakunladik.

Tarbiya berib, harf o'rgatgan volidamizning umrlari va baxtlari ziyoda bo'lsin.
Ta'lim bergan rahmatli ustozimiz Abdulbosit Mansurovning joylari jannatning bir bog'chalaridan bo'lsin!

@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Barcha vatan himoyachilarini tabriklayman.

Bayramlarni doim tinchlikda nishonlash nasib etsin.

@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Ommaviy huquq fakulteti "A" potok talabalari ishtirokida musobaqa bo'lib o'tdi. Musobaqada "EMERALD" jamoasi go'lib bo'ldi. Yil sarhisobi bo'yicha ham "EMERALD" jamoasi birinchilikni qo'lga kiritdi. Qolgan barcha jamoalarni hamda talabalarni so'nggi dars kuni bilan tabriklab, katta hayotga ilk qadamlari muvaffaqiyatli bo'lishini tilab qolaman.

@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Yana bir tezis xorijda nashr etildi.

Sentabr oyining yakunlarida Tatariston Respublikasiga tashrif buyurib, ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashgan edik.
Unda qonun ijodkorligini raqamlashtirish bo'yicha chiqish qilgandik.
Bir necha kun oldin to'plam tayyor bo'lib, nashr etilibdi. Shu to'plamda e'lon qilingan tezisni Siz, azizlar, bilan baham ko'rishni istab, shu yerga joylab qo'ydim.

👇🏻Quyida tezisning to'liq matni.

#ilm_tarqatib

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Ulfat og'aning taklifiga binoan 27-oktyabr kuni TDYU Ixtisoslashtirilgan filialda "Davlat mexanizmi" mavzusi bo'yicha ma'ruza o'tildi. Juda fayzli o'tdi, menimcha. Endi haqiqiy bahoni talabalar beradida....

@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Tarjimon Master loyihasi bo'yicha eng muhim ma’lumotlar:

🚀Loyihaning maqsadi

📚Ta'sis hujjatlari

👅Tarjima qilish tillari

🧮So’zlar miqdorini aniqlash

👨‍🏫Tarjimonlar

✅Tarjima sifati

⌛️Tarjima muddatlari

💸Tarjima narxlari

👀 Review xizmati

🤝Bizning mijozlarimiz

👩🏻‍🎓Tarjima qilingan avtoreferatlar

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

The most important information about the project:

🚀Purpose of the project

📚Institutional documents

👅Translation languages

🧮Determine the number of words

👨‍🏫Translators

Translation quality

⌛️Translation deadlines

💸Translation prices

👀 Review service

🤝Our clients

👩🏻‍🎓Translated abstracts

#tarjima #перевод #translation
#texnik #технический #technical
#tarjimon #переводчик #translator
#dissertatsiya #диссертация #thesis
#antiplagiat #антиплагиат #antiplagiarism
#Ilmiy_maqola #Научная_статья #scientific_article

➡️Buyurtma uchun: @Tarjimon_Admin
➡️To order: @Tarjimon_Admin

Join @Tarjimon_Master

Читать полностью…

Akmal Sodikov

🙏🏻Assalomu alaykum

😇Eng zahmatli ish bilan shug'illanuvchi, fidokor ustoz va murabbiylarni tabriklaymiz!

O'quvchi va shogirdlarning yutuqlaridan doim masrur va yuzingiz yorug' bo'lishini tilab qolamiz.

🇬🇧🇬🇧🇬🇧🇬🇧🇬🇧🇬🇧🇬🇧🇬🇧

😇Congratulations to the most laborious and hardworking teachers and coaches!

We wish that you will always be proud of the achievements of students and apprentices.

🇷🇺🇷🇺🇷🇺🇷🇺🇷🇺🇷🇺🇷🇺🇷🇺

😇Поздравляем самых трудолюбивых педагогов и тренеров!

Желаем, чтобы вы всегда гордились достижениями учеников.

#tarjima #перевод #translation
#Ilmiy_maqola #Научная_статья #scientific_article

Aloqa uchun: ➡️ @Tarjimon_Admin
Cвяжитесь с нами: ➡️ @Tarjimon_Admin
Contact us: ➡️ @Tarjimon_Admin

👉🏿@Tarjimon_Master👈🏿

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Detektiv Janob Sinchkov rukni g'oliblari

Kul rang “Shevrole”

🏆🏆🏆 - G'oliblar 👇🏾

1. Shohzod Temirov
2. Abror Zohidovich
3. Jakhongir Ovulov
4. Azimov Shohimardon
5. Farmonov Ozod
6. Sulaymonov Shuxrat

👆🏻Dastlabki to'g'ri javobni bergan 6 obunachimiz.

Demak, aniq javob:

Janob Sinchkov mashina kapotiga suyanganda u hali sovumaganligini sezib, mashina haydalganligi hamda egasi kalitni yo'qotib qo'ydim deb yolg'on gapirayotganligini aniqlagan.

#sinchkov
@Akmaltosh

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Oldin ham EMI loyihasi haqida yozgan edim.

Bir necha kun oldin mazkur loyiha bo'yicha sertifikatlar va sovg'alarni qabul qilib oldik.

Quyida to'liq ma'lumot olishingiz mumkin. 👉🏿 https://telegra.ph/Ozbek-tilida---Na-russkom-yazyke-03-24-4

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Benksining "O'yin o'zgaruvchisi" (Game changer) deb nomlangan superqahramon hamshiraning rasmini Christies 16,8 million funt sterlingga (taxminan 23 million dollar) kim oshdi savdosiga qo'ydi - bu rassom uchun rekord.

Daromadning barchasi xayriya tashkilotlari va kasalxonalarga yordamga sarflanadi.

Shu olingan daromaddan 800 ming oylikka ishlayotgan o'zbek hamshiralariga ham berishsa yaxshi bo'lardi, harna...

#news
@Akmaltosh

Читать полностью…
Subscribe to a channel