akmaltosh | Unsorted

Telegram-канал akmaltosh - Akmal Sodikov

-

Huquqshunos Akmal Sodikovning kanaliga xush kelibsiz! Bu yerda xorijiy davlatlar va O'zbekiston tajribasi tahlil etiladi. ©️Har doim ham oqimga qarshi suzib bôlmasada, unda tosh òynatish mumkin! https://t.me/Akmaltosh

Subscribe to a channel

Akmal Sodikov

Mansabdor shaxslar tomonidan jamiyat va davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazilgani aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi mansabdor shaxslari tomonidan o‘z mansabiga sovuqqonlik bilan qarash, xizmat vazifalariga loqaydlik bilan munosabatda bo‘lish, ish yurituvidagi ijro hujjatlarini asossiz tamomlash oqibatida fuqaro, jamiyat va davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazilgani aniqlandi.

Xususan, 202,9 mlrd so‘mlik 200 ta ijro ishida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan.


Jumladan, Byuroning tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan “S.B” MCHJdan davlat foydasiga 19 mlrd so‘mlik, “P.P” MCHJdan 179,2 mln so‘m soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari qonunchilik talablariga zid ravishda asossiz tugatilganligi natijasida ushbu soliq qarzdorliklari bugungi kunga qadar undirilmagan.

Shuningdek, “SCG” MCHJ dan 26,3 mlrd so‘m, “R.F.P.” MCHJdan 19,4 mlrd so‘m va “Ya.M.S.E.T” MCHJdan 1,7 mlrd so‘m davlat foydasiga soliq qarzdorliklarini undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari mazkur korxonalar faoliyat yuritib kelayotgan manzili aniq bo‘la turib, asossiz tamomlangan.

Shu kabi “P.E.E.S” MCHJdan undiruvchi “B.P.T” MCHJning foydasiga jami 1,9 mlrd so‘m, “M.S.” MCHJdan undiruvchi “S.” AJning foydasiga 1,1 mlrd so‘m qarzdorlikarni, qarzdor B.P.dan undiruvchi N.G.ning foydasiga 332 mln so‘m jinoyat natijasida yetkazilgan zararni, qarzdor  “M.T” MCHJdan davlat foydasiga 6,3 mlrd so‘m va 331 mln so‘m soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklar mavjud bo‘la turib, asossiz yakunlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan o‘rganish mobaynida to‘plangan hujjatlar asosida Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan
jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
——————
Agarda siz korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Дунё ва Охиратда сўраламиз.

@MubashshirAhmad

Читать полностью…

Akmal Sodikov

"Online yurist" guruhiga qabul boshlandi!

#Endi_yanada_arzon_va_yanada_samarali

📚9-sinf "Konstitutsiyaviy huquq asoslari" darsligini 1-darajali yurist, dotsent Akmal Sodikov bilan o'rganing.

🎯Mazkur guruhning afzalliklari👇🏻

📚Yuqori sifatdagi o'quv materiallari (taqdimotlar, qisqa materiallar v.b.)
🧩Quiz testlar (har bir darsda)
📝Kreativ vazifalar
🥷🏻Support teacher xizmati
⏰Qulay vaqt soati (19.00 da)
⏱️Darsning davomiyligi 1.5 soat
🔋24/7 support xizmati
🚀Professional yondashuv


⭐️Ilk dars 19-noyabrdan boshlanadi. Noyabr uchun to'lov 99 ming so'm.

Murojaat qiling👇🏻

@Xaknazarova_i

👉@Huquqshunoslik_maktabi

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Bugun yana safar munosabati bilan kichikroq masjidga kirdik:
Imomdan ta'sirli gap:

"Odamlarni rizosi uchun emas, Yaratganning roziligi uchun nima qilyapsiz?"

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Saylov tugashi bilan negadir shu hikoya *kelib tushdi.

Hikoya👇🏾

"Umid bermang"

Qattiq sovuq tushganda podshoh qasriga qaytdi. Ko‘zlari yupun kiyimdagi qari soqchiga tushdi...

Podshoh unga yaqinlashib:

- Sovuq qotmayapsanmi? - dedi.

Soqchi:

-Sovuq qotyapman, lekin, nailoj, issiq kiyimlarim shu, chidashdan o‘zga choram yo‘q.. - dedi.

Podshoh:

-Hozir qasrga kiraman. Xizmatkorlarimdan biriga tayinlayman. Senga issiq kiyim olib kelishadi,- dedi...

... Soqchi podshohning vaʼdasidan xursand bo‘ldi.

Ammo-biroq, podshoh qasrga kirishi bilan vaʼdasin unutdi.

Ertasi kuni tongda soqchini jonsiz holda topdilar.

Uning yonida qog‘oz, titroq qo‘llar bilan yozilgani ko‘rinib turgan xat bor edi...

... Unda

- "Ey shoh, har kecha qattiq sovuqlarga bardosh berardim. Lekin sening issiq kiyimlarni vaʼda berishing, quvvatimni sug‘urib oldi, meni o‘ldirdi", deb yozilgandi...

Xulosa har kimning farosat va fasohatidan kelib chiqadi.

*Saylov bo'yicha respublika trenerlaridan

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Saylovda oilaviy ishtirok etdik.

🫵Sizchi?

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Yozni kim bilan o'tkazdingiz?

Kuni kecha bir birodarimiz "Akmal, yozni kim bilan o'tkazdingiz?", - deb qoldi.
Do'stim har doimgidek kitoblarni nazarda tutgandi!

Menda yoz mualliflar jamoasi va Hallak akamiz bilan birga o'tdi.

Chunki 8-sinf "Davlat va huquq asoslari" darsligini yozishdik.
Vael Hallakning "The Origins and Evolution of Islamic Law" kitobini tarjimasi bilan shug'ullangan bo'ldik.

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Chor Rossiyasi bosqinchisi Mixail Skobelevning shunday gapi bor edi: «Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyati, san’ati, tilini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi adoyi tamom bo‘ladi...».

Offline kurslarga yozilish uchun👇🏾

@Sodikov_Admin

👉@Huquqshunoslik_maktabi👈

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Saylov bo'yicha mahorat darsi endi Toshkent tumani yetakchilari bilan.

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Saylov bo'yicha mahorat darsi

Bugun Olmazor tuman yoshlar yetakchilarining saylovga oid bilimlarini oshirishga ozgina hissa qo'shdik.

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Faqat va faqat qodir qilgani uchungina audiodarslarnI tayyorlab, yakunlay olganmiz.

🤲Natijasini ikki dunyo kòrish va quvonish nasib etsin.

Читать полностью…

Akmal Sodikov

"Ma'rifat" gazetasida OTM ga kirish imtihonlaridagi masala bo'yicha fikrlarimiz nashr etilibdi.

👉🏻http://marifat.uz/marifat/ruknlar/olii-talim/ADOLAT-HIMOYACHISI-BO-LISHNI-ISTAGANLAR-ADOLATSIZ-QOLMOQDA.htm

©️Tavsiya etaman: Akmal Sodikov

Читать полностью…

Akmal Sodikov

🔥BMBA ning munosbati olovga kerosin sepganday bo'ldi.

Kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro'yxatidagi izoh bilan qutilib qolishmoqchi ko'rinadi.

Aniq taxmin qila olaman, shu kabi savollarni huquqshunoslar tuzmagan.
Chunki, huquqshunos-ekspertlar ham sanksiyalarni yod olmaydi.


🔥Appelyatsiya bering. O'z huquqlaringizni himoya qiling. Hech bo'lmaganda, keyingi yilgi abituriyentlar uchun "yaxshilik" qilgan bo'lasiz.

©️To'g'risi, ashuro kuni bunday post yozishni xohlamagan edim. Biroq eng kuchli o'quvchilarimiz ham aynan sanksiyalarni deb, balki kontrakt bo'lib qolishi meni xavotirga solyapti. "Ota-onamga yordam qilaman", - deb yillar davomidagi tayyorgarlik va ishonchni bir kunda sindirishni BMBA dan o'rganish kerak.

Читать полностью…

Akmal Sodikov

🌙 ҲИЖРИЙ ​ЯНГИ ЙИЛИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!

📆 2024 йилнинг 7 июль куни – янги 1446 ҳижрий йил – Муҳаррам ойи бошланишининг 1 кунидир. Ашуро куни 2024 йилнинг 16 июль, сешанба кунига тўғри келади.

🤲 Аллоҳ таоло бошланган ушбу янги йилни Ислом уммати учун хайрли ва баракали қилсин. Ўзининг розилигини топадиган амалларда бардавом айласин.

🌐 @Xatirchimuslim

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Ilm-fan sohasida yana bir "farzandimiz" dunyoga keldi.

Bardavom yaxshilik va barokot bergan bólsin.

©Akmal Sodikov

Читать полностью…

Akmal Sodikov

G'azoda 2023-yil oktyabrdan buyon 16 mingdan ziyod bolalar o'lDIRildi.

Bizni avf et, yo rahmli zot. Biz hech bo'lmaganda boykot qilyapmiz.

Bu haqda dunyo va oxiratda so'ralamiz!

Читать полностью…

Akmal Sodikov

⚡️ "O'qituvchilar uchun huquqiy asoslash, tadqiqot va huquqiy hujjatlar yozishni o'qitish" mavzusidagi seminar-treningni yakunladik.

Regent Universiteti (AQSH) professori Jennifer Franklin xonimni rosa savollar bilan "savaladim" lekin.

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Husayn Buxoriy darslaridan olgan eng istilohim!

"Ilmni amali bilan, amalimizni ixlosi bilan bersin!"

Читать полностью…

Akmal Sodikov

⚡️ "O'qituvchilar uchun huquqiy asoslash, tadqiqot va huquqiy hujjatlar yozishni o'qitish" mavzusidagi seminar-treningda qatnashmoqdamiz

Regent Universiteti (AQSH) professori Jennifer Franklin IRAC metodologiyasiga kirish va uni o'qitish, muammoli vaziyatga mantiqiy yechim berish, talabalar bilan muzokaralar olib borish bo'yicha ma'lumot bermoqdalar.

Jennifer xonim "Legal writing" fanidan (bizning universitetda "Yuridik texnika" faniga to'g'ri keladi) mutaxassis ekanlar. Aynan meni soham bo'lganligi uchun opamiz bilan rosa suhbat olib bormoqdamiz. Kecha seminar oxirida mendan charchagani uchunmi "Savolaringiz uchun rahmat, juda qiziq bo'lyapti", - deb qo'ydilar.

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Tajriba va bilimni mustahkamlash uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'ldik...

🔥Trenerlarni savollar yomg'iri bilan rosa "shalobbo qildim". "Amerikamga tezroq qaytib olay", - deyishadi hali.😎

Nasib etsa, ertaga bu haqida alohida post qilamiz.

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Transport vazirligida saylov bo'yicha trening

Bugun rosa yugur-yugur kun bo'lyapti. Shuni orasida trening o'tib kelishga ham qodir qildi.

Читать полностью…

Akmal Sodikov

✅Bugun tongda o'rgangan eng muhim hikmat:

Kishi urug' singaridir. Unib-o'sish uchun o'zingni "nomsizlik"* yeriga ko'mish lozim. Shunda urug' ko'karadi, unib-o'sadi.

*nafsdan kechish

©️Ilmni amali bilan bergan bo'lsin.

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Kichik masjid imomidan katta ta'sirli gap!

Bugun safar bohona bir kichik masjidga "jumaga" kirdim.

Ma'ruzachi imom bir ta'sirli gap aytdi. Yig'lagim keldi...🥲

"Ummatga xayriyatingiz (yaxshiligingiz) tegyaptimi?"

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Duogo'ylar

Bir akamiz doim so'rashganda "Duogo'ylaring omonmi, sog'-salomatmi?!" - deb so'raydilar.

Akamiz ota-onamni nazarda tutadilar...

Haqiqatdan ham ota-onadan boshqa duogo'yimiz bo'lmasa kerak!!

Читать полностью…

Akmal Sodikov

TDYU bakalavriatiga ko‘zi ojiz fuqarolarni qabul qilish bo‘yicha og‘zaki imtihonda qatnashmoqdamiz.

💇‍♂Agar sur'atda mani topishga qiynalsangiz, #kal_challenge ga e'tibor bersangiz, bas!

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Chet el fuqarolarini TDYU ga kirish imtihonlari uchun videolar olmoqdamiz...

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Mard bir martta o'ladi,
qo'rqoq esa har kuni ...


@huquqshunoslik_maktabi kanali orqali shu yilgi kirish imtihonlarida BMBA tomonidan abituriyentlarning huquqlariga dahl qilinganligi haqida ko'p bora yozdik va amalda isbotlab ham berdik.

Bu masalada abituriyentlarning huquqlarini himoya qilishda vakillik qilish uchun mamlakatimiz Prezidentiga ham murojaat etdik.

Afsuski, menga va @Sodikov_Admin ga kelib tushgan ko'plab murojaatlarda taqdirga tan berish va qo'rqoqlik hissi sezilib turibdi.

Bir necha bor postlarimizda 21-avgustdan o'zingizning my.uzbmb.uz dagi profilingiz orqali apellatsiya berish kerakligi, uning natijasi ijobiy yoki salbiy bo'lishidan qat'iy nazar keyin sudga da'vo arizasi kiritish kerakligini tushuntirishimizga qaramasdan, takror va takror bir xil savollar kelaveradi.
🤯Masalan, "qachon, qanday qilib apellatsiya beraman, nima foydasi bor" va hokazo....

❗️Hurmatli abituriyentlar, postlarni diqqat bilan o'qing, qo'rqoqlik qilmang. 21-avgustni kutib turing. Ungacha OTM tanlang, duo qiling. Savobli ishlar qilib, o'qishga kirishga umid bog'lang.

🥷🏻2021-yilda o'zim DTM da (hozirgi BMBA) apellatsiya komissiyasi a'zosi sifatida ishlaganman. U paytda TDYU ga magistraturaga kirish testlari Davlat va huquq nazariyasi fanidan bo'lar edi.

Komissiya tarkibi test savollarini tuzishda qatnashmagan, qandaydir manfaatdorlikka ega bo'lmagan mutaxasislardan tuziladi. Yani ular sizga yaxshilik yoki yomonlik istamaydi. Ular betaraf, xolos.

Men ham o'sha yilda asosli bo'lgan savollar va munozarali javoblarga bal qo'shib berganman. Eng muhimi, abituriyent tegishli e'tirozini asoslab bersa bo'ldi, olam guliston.

Qisqasi, hurmatli abituriyentlar - ukalarim, singillarim, sizga va o'zimga bir maslahat - mard bo'laylik. O'zbek eli - mardlar yeri. Qo'rqo'q-yolg'onchilarning boshini qilichlar kessin.

©️Akmal Sodikov

Читать полностью…

Akmal Sodikov

https://youtu.be/6KNKnU8YxNk?si=YIVydWmYiM2r2SFe

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Huquqiy ong va huquqiy madaniyat mavzusini qisqacha tushuntirib berishga harakat qildik. Ilmingizni oshirishingizga umid qilib qolamiz.


https://youtu.be/6mqm3xR5Ah4

Читать полностью…

Akmal Sodikov

Gap mindeyda…. Men bir yil O’rusiyada, 3 yil janubiy Quriyada, 7 yil Amerikada ishladim, yashadim. Lekin dunyoning qayerida bo’lsam ham O’zbekistondagi musulmonlar qanday ibodat qilsa shunday ibodat qilaman, namozimni ham O’zbekistonning chekka qishlog’idagi bir chol qanday o’qisa birga-bir shunday o’qiyman.
Chunki men yoshligimda opoqdadalarimdan shunday o’rganganman.

Endi menikiday opoqdadasi bo’lmasa, ota-onasining yetarli ilmi bo’lmasa, qo’shnidan chiqib o’rganish mumkin bo’lmasa kimdan o’rganadi ?

Yoshlarning katta qismi pasport olar-olmas chetga ishlash uchun chiqib ketyapti, o’sha yerda kimdandir o’rganadimi?

Keyin namozni bizdan boshqacha o’qisa, malomat qilsak insofdan bo’ladimi?

Umuman dinini o’zgartirib xristian bo’lib ketsachi? Chetda cherkovlarda migrantlar uchun yaxshi takliflar berishyapti, bepul medidsina, bepul ovqat, ish-joy taklif qilishyapti. Dinini tanimay borgan bola shu haq din ekan deb o’ylab, o’sha dinga o’tib ketsachi?

Ertaga jamiyat ikkiga bo’linib qolmaydimi?

Ko’p kuzatganman, yaqinlarini tashlab yolg’iz safarga chiqqan odam boshida juda qattiq tushkunlikka tushib qoladi, shunda kimdir aroq-pivo ichib o’zini ovutsa kimdir xudojo’y bo’lib ibodat bilan ovunadi. Bilsa bilganini o’qiydi, bilmasa kimdandir o’rganadi. O’shanda unga kim uchrashini, nimani o’rgatishini nazorat qila olamizmi?
Shuning uchun ham bola pasport olguncha umumiy diniy tushunchaga ega bo’lib ulg’ayishi muhim emasmi?

Yana binnarsa! Safarga chiqqanlar juda yaxshi bilishadi, migrantlar ko’p boradigan joylarda fisqu-fasod, kayfu-safoning rang-barang turini taklif qilishadi. Maqsadlari siz qiyanlib topgan pullarni yana o’zlarida olib qolish. Yillar ishlab topgani kayfu-safosidan ortmagan, biri ikki bo’lmagan qancha yigitlarni men ham bilaman, siz ham bilasiz.

Shuning uchun dindor musofir yigitlar yurt uchun ko’proq foyda keltirishadi. Ular ko’proq pul jo’natishadi, vatanni qadrini bilishadi, yaqinlariga yordam qilishadi.
Asosiysi pulni befoyda sovurishmaydi.

Gap ko’p ko’mir oz.

© Ibrohim Muhammad

@MubashshirAhmad

Читать полностью…
Subscribe to a channel