"Tibbiyot xodimlari kuni"
munosabati bilan
she'riy
bayram tabrigi
Tibbiyot xodimlari
Borki, dillar xotirjam,
Topar shifo yosh-qari,
Har so‘zi jonga malham.
Sog‘liging boyligingdir,
Bunda hayot mujassam.
(naqorat)
Tibbiyot xodimlari,
Sog‘lik posbonlarisiz,
Har yurakning gavhari,
Sara marjonlarisiz.
🎹🎹🎹🎹🎹🎹🎹🎹🎹
Tanangda sog‘lik bo‘lsa,
Kuch-u madorlari bor,
Dard atalmish yovga g‘ov,
Azim chinorlari bor.
Demak, umr yo‘lingni
Yoz-u bahorlari bor.
(naqorat)
Tibbiyot xodimlari,
Sog‘lik posbonlarisiz,
Har yurakning gavhari,
Sara marjonlarisiz.
🎹🎹🎹🎹🎹🎹🎹🎹🎹
Elning shifo ahlidek
Hamrohi, sirdoshi bor,
Sog‘-u omon bo‘ling deb,
Chorlagan yo‘ldoshi bor,
Buyuk ibn Sinoning
Haqiqiy izdoshi bor.
(naqorat)
Tibbiyot xodimlari,
Sog‘lik posbonlarisiz,
Har yurakning gavhari,
Sara marjonlarisiz.
🎹🎹🎹🎹🎹🎹🎹🎹🎹
Bugun bayram, tantana,
Bugun dillarda surur,
Borligingiz bag‘ishlar
Har bir ko‘ngilga g‘urur,
Barchani shu kunlarga
Yetkazganingga shukur.
(naqorat)
Tibbiyot xodimlari,
Sog‘lik posbonlarisiz,
Har yurakning gavhari,
Sara marjonlarisiz.
🎹🎹🎹🎹🎹🎹🎹🎹🎹
Akram Shams
TEPAQO‘RG‘ON
Otam o‘sgan
ulug‘ qishloq bu,
Onam o‘sgan
ulug‘ qishloq bu,
Har qadami
qutlug‘ qishloq bu,
Buyuk qo‘rg‘on
Tepaqo‘rg‘onim.
Odamlari
dilkash, mehribon,
Bir-biriga
do‘st-u qadrdon,
Arzir, agar
fido qilsang jon,
Buyuk qo‘rg‘on
Tepaqo‘rg‘onim.
Bir yon daryo,
Bir tomoni soy,
Bir yon buloq-
bag‘ishlar chiroy,
Ulug‘ zotlar
qo‘nim topgan joy,
Buyuk qo‘rg‘on
Tepaqo‘rg‘onim.
Yosh-u qari
mehnati go‘zal,
Qo‘li ochiq,
himmati go‘zal,
Qayga borsa,
hurmati go‘zal,
Buyuk qo‘rg‘on
Tepaqo‘rg‘onim.
Har qadamda
aytar salovat,
Tildan tushmas
Qur'on, tilovat,
Shu emasmi
baxt-u saodat?!
Buyuk qo‘rg‘on
Tepaqo‘rg‘onim.
Biri dehqon,
biri savdogar,
Har odamda
turfa xil hunar,
Deyishadi:
''Hunardan unar'',
Buyuk qo‘rg‘on
Tepaqo‘rg‘onim.
Ustalari
uy qilar bunyod,
Ziyolisi
aylar kashfiyot,
Shunday go‘zal
bu yerda hayot!
Buyuk qo‘rg‘on
Tepaqo‘rg‘onim.
Shoirlari
she'r yozsa burro,
Hofizlari
qilganda ijro,
Quloq tutib
lol qolar dunyo,
Buyuk qo‘rg‘on
Tepaqo‘rg‘onim.
Har bir ko‘cha
maftunkor makon,
Birisi ''BOG‘'',
birisi ''BO‘STON''
''ANJIRZOR''dir
dovrug‘i doston,
Buyuk qo‘rg‘on
Tepaqo‘rg‘onim.
Haftasiga
to‘rt marta bozor,
Har qadamda
baraka bisyor
Har hovlisi
misoli gulzor,
Buyuk qo‘rg‘on
Tepaqo‘rg‘onim.
Tarovati
jilvasi ham bor,
Bog‘i to‘la
mevasi ham bor,
O‘ziga xos
shevasi ham bor,
Buyuk qo‘rg‘on
Tepaqo‘rg‘onim.
Qizlari bor
misli oyjamol,
Chaq-chaqlashib
to‘qishar ro‘mol,
Mehnat qilar
hamisha halol,
Buyuk qo‘rg‘on
Tepaqo‘rg‘onim.
Yigitlarin
ahdi butundir,
Shijoati
shahdi butundir,
Lafzi butun,
baxti butundir,
Buyuk qo‘rg‘on
Tepaqo‘rg‘onim.
Orzularga
qanot boylagan,
Dilga o‘chmas
olov joylagan,
Mustafoni
shoir aylagan,
Buyuk qo‘rg‘on
Tepaqo‘rg‘onim.
Aytaversam,
tugamaydi so‘z,
Aytmay desam,
unamaydi so‘z,
Tilagim shu:
ko‘z tegmasin, ko‘z,
Buyuk qo‘rg‘on
Tepaqo‘rg‘onim.
Siz ham keling,
Do‘st-u qadrdon,
Mehmon bo‘ling,
ey, ahli iymon,
Dunyoda eng
mustahkam qo‘rg‘on,
Buyuk qo‘rg‘on
Tepaqo‘rg‘onim.
Akram Mustafo Shams
🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢
Kanalimizga a'zo bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
👉@AKROM_SHAMS👍👍👍
Gul qizim, gulgun qizim,
Xushzabon, shirin so'zim,
Baxtingni ko'ray o'zim,
Tilimda duo-oyat.
Alp yigitga yor bo'lding,
Suyukli dildor bo'lding,
Ko'zmunchoq, tumor bo'lding,
Baxting kuldi nihoyat.
Qaynonangni onam de,
Hamdard-u hamxonam de,
O'zingiz bir olam de,
Eshitmayin shikoyat.
Hech zarda qilma, bolam,
Bag'rimni tilma, bolam,
Arazlab kelma, bolam,
Qilma bunday jinoyat.
Oilam deb ol nafas,
Ko'rganlar qilsin havas,
Baxting butun bo'lsa, bas,
Shuning o'zi kifoyat.
Olloh yorug' yuz bersin,
Halol non-u tuz bersin,
Shirin o'g'il-qiz bersin,
O'zi qilsin himoyat.
Shirin qilgin oshingni,
Otma alam toshingni,
Ko'rsatma ko'zyoshingni,
Eng to'g'ri yo'l-- hidoyat.
Yuragingda or bo'lsin,
Yuzingda bahor bo'lsin,
Tangrim madadkor bo'lsin,
Go'zal qizim INOYAT.
Qayg'u ko'rma hech qachon,
Bo'lgin doim sog'-omon,
Senga dildan armug'on,
Bu ajoyib hikoyat.
KUZ
To‘nim gohi kaltaroq,
Gohida uzun keldi.
Vaqt bunchalar shoshqaloq,
Qirqinchi kuzim keldi.
Subhidam, nahorimmas,
Jonimga madorimmas,
Yashnagan bahorimmas,
Qirqinchi kuzim keldi.
Baxt quyoshim kulguncha,
Orzularim unguncha,
Ko‘zim ochib yumguncha,
Qirqinchi kuzim keldi.
Torayib borar olam,
Keksayib borar onam,
Ma'yus tortdi dilxonam,
Qirqinchi kuzim keldi.
O‘tdi yoshligim olov,
Sochimga qo‘ndi qirov,
Yugurib, yelib darrov,
Qirqinchi kuzim keldi.
Umrim o‘tib ketyapti,
Fursat mag‘lub etyapti,
Yana nelar kutyapti,
Qirqinchi kuzim keldi.
Ko‘nglim, aslo siqilma,
Tur o‘rningdan, yiqilma,
O‘ksima, gina qilma,
Qirqinchi kuzim keldi.
Balki zo‘r qadrim bo‘lib,
Iftixor, faxrim bo‘lib,
Eng yaxshi davrim bo‘lib,
Qirqinchi kuzim Keldi.
Hali aytar so‘zim bor,
Ortda qolar izim bor.
Sakson, to‘qson, yuzim bor,
Qirqinchi kuzim keldi.
Akram Shams
DILLAR
TUTASHGAN
MANZIL
Kanalimizga a'zo bo‘ling!
👇👇👇👇👇
@AKROM_SHAMS
ONAM BILAN SUHBAT
She'rlaringni o‘qidim, bolam,
Qoyil qilib yozibsan juda.
Kuyga solib kuylabdi hofiz,
Ta'sirlanib ketdim avjida.
Bari ma'qul, ayniqsa menga,
Vatanni madh etganing yoqdi.
O‘xshatibsan uni jannatga,
Ko‘zlarimdan yoshlarim oqdi.
Do‘st haqida yozganing bor-ku,
O‘qib yig‘lar har inson ko‘ngli.
Shu she'ringni uch marta
aytsam,
Yodlab oldi ukangning o‘g‘li.
Esingdami bog‘imizdagi
Kattagina ikki tup gilos.
Bir she'ringda ko‘zim tushgandi,
Yor labiga qilibsan qiyos.
Ishq haqida yozibsan yonib,
O‘qib, visol bog‘larin kezdim,
Bevafoning jafolari-yu,
Ayriliqning azobin sezdim.
Uyimizda uzum bor-charos,
Pishadi-yu yumshab ketadi.
O‘sha charos sen aytganingdek,
Yor ko‘ziga o‘xshab ketadi.
Ko‘chamizni tor deb nolibsan,
So‘zlaringdan rosa kulibman.
Ko‘chamizning torligini men,
Shuncha yashab, endi bilibman.
O‘qib-o‘qib zerikmadim hech,
Turfa mavzu, turfa sarlavha.
Tortaverdi e'tiborimni,
She'ringdagi har bitta lavha.
Takror-takror o‘qir ekanman,
Faxrlandim, juda quvondim.
Hali mashhur bo‘lib ketasan,
Yuragimdan shunga ishondim,
Hali seni taniydi olam,
Savlat to‘kib qadam bosasan.
Ey Mustafo, ey shoir bolam,
Men haqimda qachon yozasan?
DILLAR
TUTASHGAN
MANZIL
Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇
@AKROM_SHAMS
***
Shafqat kutma, nogohon,
Fursat mag‘lub etgaydir.
Orzusiga begumon,
Xudo degan yetgaydir.
Yiroq ketsa dard-alam,
Quvonch dilda bo‘lib jam,
Omad kulib tursa ham,
Xudo degan yetgaydir.
Qaro ko‘zlar g‘animat,
Nurli yuzlar g‘animat,
Shirin so‘zlar g‘animat,
Xudo degan yetgaydir.
Vafo qilib ahdiga,
Chiqib iymon taxtiga,
Ikki dunyo baxtiga,
Xudo degan yetgaydir.
Akram Shams
Kanalimizga a'zo bo‘ling!
👇👇👇👇👇
@AKROM_SHAMS
KECHA
Dilni zor etding kecha,
Beqaror etding kecha.
Uch kun o‘tmay sog‘indim,
Arazlab ketding kecha.
Ko‘nglim vayrona aylab,
Zor-u giryona aylab,
Meni devona aylab,
Arazlab ketding kecha.
Ey, qoshlari kamon yor,
Qalbimdasan hamon, yor.
Sensiz holim yomon yor,
Arazlab ketding kecha.
Men oshig‘i bedoring,
Yurak so‘rar diydoring.
Yo‘qmi o‘zga ozoring?
Arazlab ketding kecha.
Ey, jafokash hurliqo,
Nima qilsin Mustafo?
Yoqmadimi she'rim yo?
Arazlab ketding kecha.
Akram Shams
Kanalimizga a'zo bo‘ling!
👇👇👇👇👇
@AKROM_SHAMS
Yangi qo‘shig‘imiz
siz uchun!
🎤 Anan Murodov
ijrosida
🗞 So‘z muallifi:
AKRAM SHAMS
👉/channel/AKROM_SHAMS
Bayramga bayramona
tuhfa.
"CHAVANDOZ"
🎤 Anan Murodov
ijrosida tinglang!
📝 She'r muallifi:
AKRAM SHAMS
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
👇👇👇👇👇👇👇👇
/channel/AKROM_SHAMS
🎤 MUHAMMADJON MA'RUPOV ijrosida
"BIR KECHADA"
📝 AKRAM SHAMS she'ri
🎹 SHAHBOZ BOTIROV
musiqasi
Kanalinimizga obuna bo‘lishni
unutmang!
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
/channel/AKROM_SHAMS
🎤Aziz Abdulloh
💜"NEGA"💜
🗞 Akram Shams she'ri
🎹 Shahboz Botirov musiqas
Kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang! 👇👇👇👇👇i
👉/channel/AKROM_SHAMS
Barchangizga JUMA muborak!
Robbim o‘zi qo‘llasin. Iymonimizni butun, rizqimizni ulug‘, toleyimizni baland aylasin!
👉/channel/AKROM_SHAMS
Ассалому алайкум!
Мана 2021 йилнинг хам охирги хафтаси, кунлари, дакикалари, сониялари утиб бормокда....
Бу йилда ушалмаган энг эзгу орзу ниятларимизга келаётган йилда эришиб юрайлик!
Хар доим мартабангиз бунданда улуг булсин, олингу олдирманг, иззатда, хурматда, обруда булинг!
Хамиша оилангизда мехр окибат, севги мухаббат, бахт саодат хукм сурсин!
Фарзандларингиз хар доим сизга факат рахмат, хурмат, обру э'тибор олиб келадиган булишсин!!!
Ота - онангизни умрларига Аллохим умр , согликларига соглик кушсин !!!
Бундан юкори чуккиларни забт этиб , олга кадам ташлаб юринг!!!
Аллохим бераридан колдирмасин.
Келаётган янги йил оилаларимизга бахт, омад, тинчлик, хотиржамлик олиб келсин !!!
ЯНГИ 2022 ЙИЛИНГИЗ.
МУБОРАК БУЛСИН !!!
Tez kunda kutilgan klip
💜💜PREMYERASI💜💜
🎤Javohir Erkinboyev
❤️ SUYUKLIGIM ❤️
So‘z muallifi:
@AKROM_SHAMS
Klip muallifi: @Bek4518
Sardorbek Baxriddinov
31-dekabr 17:00 da
tomosha qiling!
@nevomusic
@nevomusic
@nevomusic
@AKROM_SHAMS
Prezident Talabalari
📜 So'z Muallifi: Akrom Shams
🎵 Bastakor: Javohir Erkinboyev
🖥 Musiqa bezakchi: Qodirjon Mahmudov
🎙Ijrochilar:
Javohir Erkinboyev
Gulnoza Valijanova
Shahboz O'rinboyev
Murodjon Abduraimov
Diyorbek Baratov
Obuna bo‘lish uchun
👇👇👇👇👇👇👇👇
👉@AKROM_SHAMS
G‘ANIMAT
Qo‘llaringda davlat-u dunyo,
Yoningda ko‘p ulfat-u oshno,
Lekin ey do‘st, unutma aslo,
Otang bilan onang g‘animat.
Baxting kulsa, suyungan o‘sha,
Gar yiqilsang, kuyingan o‘sha,
Duosini olgin hamisha,
Otang bilan onang g‘animat.
Mol-u davlat vafosi bo‘lmas,
Yolg‘on dunyo o‘tkinchi havas,
Yolg‘iz qo‘yma bir zum, bir nafas,
Otang bilan onang g‘animat.
Sal kechiksang, hayallasang gar,
Yo‘ling poylab, intizor kutar,
Olamda eng bebaho gavhar,
Otang bilan onang g‘animat.
Do‘st-u yoron topilgay bisyor,
Davr-u davron topilgay bisyor,
Axtarsang ham topilmas zinhor,
Otang bilan onang g‘animat.
Kech bo‘lmasdan ochgin ko‘zingni,
Darig‘ tutma shirin so‘zingni,
Bor, bag‘riga otgin o‘zingni,
Otang bilan onang g‘animat.
Akram Shams
Qo‘shiq aytib tolmang, xofiz,
ona yurtning bag‘rida,
Ming hayotiy hikmat yashar
qo‘shig‘ingiz barida,
Kuylasangiz, bulbullar ham
jim turishar narida,
Ko‘ngillarni xushnud aylab,
kuylayvering, xofizim.
'FERUZAXON'' kelin bo‘ldi,
tanda jonni kuydirib,
''BEVAFO QIZ'' yig‘lab ketdi,
jonimizdan to‘ydirib,
'GULBADAN''ga oshiq bo‘ldik,
dilga ''ARMON'' to‘ldirib,
Ko‘ngillarni xushnud aylab,
kuylayvering, xofizim.
Ko‘ngil ekan, goh ''ADASHDIM'',
oshiq bo‘lib Layliga,
''SUYGANIM YOR BO‘LDI'' netay,
ko‘nib zamon zayliga,
''BARCHINOY''ning to‘ylarida
''YOMG‘IR'' yog‘sin mayliga,
Ko‘ngillarni xushnud aylab,
kuylayvering, xofizim.
''PULI YO‘QNING QADRI
HAM YO‘Q''
Shundan qalbi vayronman,
Boringda bag‘rini ochgan
do‘stlarga men ''HAYRONMAN'',
''ONAJONIM'' izlarini
ko‘zga surtgan o‘g‘lonman,
Ko‘ngillarni xushnud aylab,
kuylayvering, xofizim.
Akram SHAMS
Kanalimizga a'zo bo‘ling!
👇👇👇
👉@AKROM_SHAMS👍
UZILMASIN
Qo‘llaringdan omad
tutsa ham,
Havolanma, yashnasa
bog‘ing.
Boshing osmon qadar
yetsa ham,
Uzilmasin yerdan
oyog‘ing.
Kibr-u havo keltirmaydi
naf,
O‘tkinchidir har qanday
chog‘ing.
Bo‘lsa hamki dunyo
sen taraf,
Uzilmasin yerdan
oyog‘ing.
Bir kun ochar asl
yuzingni,
Soxta rang-u, soxta
bo‘yog‘ing.
Kamtarin tut doim
o‘zingni,
Uzilmasin yerdan
oyog‘ing.
Mol-u dunyo qilgaymi
vafo?
Bilki, nafsing-xavfli
yarog‘ing.
O‘z-o‘zingga aylama
jafo
Uzilmasin yerdan
oyog‘ing.
Ezgulikdan bo‘lsin
iborat,
Anglaganing, olgan
sabog‘ing.
Hamroh bo‘lsin vijdon,
diyonat,
Uzilmasin yerdan
oyog‘ing.
She'rim o‘qib, aziz
qadrdon,
Uyilmasin qosh-u
qabog‘ing.
Axir umr-sinov,
imtihon,
Uzilmasin yerdan
oyog‘ing.
Bahra olib ash'or,
so‘zingdan,
Muxlislarga to‘lsa
har yog‘ing,.
Ey, Mustafo, ketma
o‘zingdan,
Uzilmasin yerdan
oyog‘ing.
Akram Shams
DILLAR
TUTASHGAN
MANZIL
Kanalimizga a'zo bo‘ling
👇👇👇👇👇
@AKROM_SHAMS
MUALLIM
Yurtning tayanch, madori,
Yuksak tarbiya, ta'lim.
Kelajak bunyodkori,
Davring keldi, muallim.
Shuncha xo‘rlanding, yetar,
Boshingni mag‘rur ko‘tar,
Xalq sendan najot kutar,
Davring keldi, muallim.
O‘yla, izla, yel, yugur,
Ilming gavhar, so‘zing dur,
Vatanning ertasin qur,
Davring keldi, muallim.
Yengilmas kuch-qudrat bo‘l,
Shijoat bo‘l, shiddat bo‘l,
Yosh avlodga ibrat bo‘l,
Davring keldi, muallim.
To‘lib tosh nur-ziyoga,
Yurtni tanit dunyoga,
Ta'zim sendek fidoga,
Davring keldi, muallim.
Namoyon qil hikmating,
Darig‘ tutma xizmating,
Topding qadr-u qimmating,
Davring keldi, muallim.
Jonni qiyna, chek zahmat,
Tinim bilma, qil mehnat,
Yurtboshimga ming rahmat,
Davring keldi, muallim.
Donolarni yetishtir,
Daholarni yetishtir,
Bu eng sharafli ishdir,
Davring keldi, muallim.
Jim turmoqqa yo‘q ruxsat,
Senikidir bu fursat,
Endi o‘zingni ko‘rsat,
Davring keldi, muallim.
Ey, jonkuyar, pok vijdon,
Ey, fidoiy chin inson,
Mana, senga zo‘r imkon,
Davring keldi, muallim.
Mustafo bilib aytar,
Shodlikka to‘lib aytar,
Hamma jo‘r bo‘lib aytar,
Davring keldi, muallim.
Akram Mustafo Shams
DILLAR
TUTASHGAN
MANZIL
Kanalimizga a'zo bo‘ling!
👇👇👇👇👇
@AKROM_SHAMS
SHUKUR AYTING
Onasizlik og'ir dard ekan,
Armon ekan shirin diydorlar.
Bag'ringizni tilmasdan tikan,
Shukur ayting, onasi borlar.
Suyunsangiz, suyungan o‘sha,
Yiqilsangiz, kuyingan o‘sha.
Duosini oling hamisha,
Shukur ayting, onasi borlar.
Ozor bermang ko‘ngliga zinhor,
Yo‘lingizga qilmang intizor,
Kecha-kunduz, takror va takror,
Shukur ayting, onasi borlar.
Ona borki, yashnagay olam,
Ona borki, dilni ezmas g‘am,
Shohmi, gado, kim bo‘lsangiz
ham,
Shukur ayting, onasi borlar.
Onalarning poyida jannat,
Har so‘zida yashaydi hikmat,
Ta'zim qiling, ko‘rsating hurmat,
Shukur ayting, onasi borlar.
Sizga mehri yorligi uchun,
Doim madadkorligi uchun,
Yoningizda borligi uchun,
Shukur ayting, onasi borlar.
To‘ylar ko‘rib yursin, deb onam,
Davr-u davron sursin, deb onam,
Mustafoga qo‘shilib siz ham,
Shukur ayting, onasi borlar.
Onasizlik og‘ir dard ekan.
↘↘↘↘↘↘↘↘↘
DILLAR TUTASHGAN MANZIL
Kanalimizga a'zo bo‘ling!
👇👇👇👇👇
@AKROM_SHAMS
***
Oyyuziga dildorginam,
Ro‘molini parda qilar.
Jamolingni ko‘ray desam ,
Oyyuzligim zarda qilar.
Ibo bilan berkitadi,
Ohudayin ko‘zlarini.
Kelmang deya qo‘rqitadi,
Darig‘ tutib so‘zlarini.
Ko‘chasidan ketolmayin,
Yo‘llarida giryonaman.
Visoliga yetolmayin,
Majnun kabi devonaman.
O‘z holiga qo‘yarmidim,
Aytmasa dil rozini yor.
Bir kun o‘zi chalib berar,
Yoqimli ishq sozini yor.
Akram Shams
Kanalimizga a'zo bo‘ling!
👇👇👇👇👇
@AKROM_SHAMS
SHOSHMA
Akram SHAMS
Chiroylisan, ey, zebo-sanam,
Yuzlaring oy, qoshlaring qalam,
O‘zingdirsan yakka-yagonam,
Alvido, deb ketmoqqa shoshma.
Shaydoyingman, devonang
o‘zim,
Yonib kuygan parvonang o‘zim,
Yolg‘izlatib qo‘yma, yolg‘izim,
Alvido, deb ketmoqqa shoshma.
Kulgularing jonimga darmon,
Hijronlarda aylama sarson,
Ketsang, yig‘lar qalbimda
armon,
Alvido, deb ketmoqqa shoshma.
Tirikman, sen borliging uchun,
Yuragimga yorliging uchun,
Hech narsa yo‘q vaslingdan
ustun,
Alvido, deb ketmoqqa shoshma.
Yangi taronamiz
siz uchun!!!
"DADAJONIM"
🎤 Muzaffar Hamdamov
ijrosida
🗞 So‘z muallifi:
AKRAM SHAMS
👉/channel/AKROM_SHAMS
🎤 MUZAFFAR HAMDAMOV
ijrosida tinglang!
"AYLAMA NOZ"
📝 AKRAM SHAMS she'ri
🎹 SHAHBOZ BOTIROV
musiqasi
Kanalinimizga obuna bo‘lishni
unutmang!
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
/channel/AKROM_SHAMS
🎤 Aziz Abdulloh
💜"NEGA"💜
🗞 Akram Shams she'ri
🎹 Shahboz Botirov
musiqasi
Kanalimizga obuna
bo‘lishni unutmang!
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
👉/channel/AKROM_SHAMS
Siz uchun yangi tarona👍
💜 "NEGA" ❤️
🎤Aziz Abdulloh
ijrosida tinglang!
🗞 She'r muallifi:
AKROM_SHAMS
🎹 Musiqiy sayqal:
Shahboz Botirov
👍 Do‘stlaringizga ham ulashing!
👉Kanalimizga obuna
bo‘lishni unutmang!
👇👇👇👇👇👇👇👇
/channel/AKROM_SHAMS
🎬Yangi klip premyerasi
❤️SUYUKLIGIM💜
🎤Javohir Erkinboyev
ijrosida tinglang!
🗞She'r muallifi:
AKROM_SHAMS
🎬 Klipmaker:
Sardorbek Bahriddinov
Kanalimizga obuna bo‘lishni
unutmang!
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
/channel/AKROM_SHAMS
Мелодий 2021 йил, Жума билан бошланиб Жума билан тугамоқда
✨Кунларнинг султони Саййид-ул айём ҳаджул масокин яна бир Жума кунига насиб қилган "Аллоҳ" таолога ҳамду санолар бўлсин!
2021 йилнинг сўнги ЖУМА си Муборак бўлсин ЯҚИНЛАРИМ❗️
(NAMANGANLIKLAR👇)
➥ https://telegram.me/joinchat/AAAAAD1YJZWk068RypXHMA
Javohir Erkinboyevda Tez kunda Yangi klip primyerasi Suyukligim
Klipmeykir Sardorbek ukam
@bek4518
https://t.me/joinchat/AAAAAEqQQCTTmoQAIu1lcA
🎤Javohir Erkinboyev
Barcha yurtdoshlarimizga Mustaqilligimizning 30 yilligi MUBORAK
🎵 Bayraming Muborak O'zbekistonim ⚡️
♻️Admin @Javoguruhi
📌 Kanalga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEqQQCTTmoQAIu1lcA
+998937765656
+998337765655