Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati telegram kanali Aloqa: @Alberuniyaloqabot
📣 TAYINLOV
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining Matematika fani o‘qituvchisi
🔹 Umidjon Abdullajonov
🗞 TA’LIM DARAJASI:
🎓 Bakalavr (with distinction) – The University of Arizona, AQSH (Statistika va Data Science, 4.0 GPA out of 4.0)
📘 Kichik mutaxassisliklar: Computer Science, Matematika, Yapon tili
🌐 ISH TAJRIBA VA YUTUQLARI:
🔸 AQSHda Calculus fanidan o‘qituvchilik tajribasi
🔸 Matematika fanidan xalqaro hamda milliy olimpiadalar g'olibi
🔸 Tadqiqot ishlari: Machine Learning, Asteroid xavflilik tahlili, daromad prognozi va boshqalar
🏅 STIPENDIYALAR VA YUTUQLAR:
🎖 “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi
🎖 Mu Sigma Rho – AQSH statistiklar faxriy jamiyati a’zosi
🎖 McLean & Peet matematika bo'yicha stipendiya tanlovlari g'olibi (Arizona universiteti)
🎖 AQSHda yapon tili musobaqasi 1-o‘rin (2025)
🎖 2021-yilda Arizona universitetida bo‘lib o‘tgan Calculus olimpiadasi g‘olibi
🎖Summa Cum Laude unvoni (universitetni 100 ball bilan bitirgani uchun)
@alberuniyuzb
📐Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab internatiga Matematika fanidan bo'ladigan yozma imtihon haqida ma'lumot:
📅 Imtihon yozma ish shaklida bo‘lib, 5 ta savolni o‘z ichiga oladi (60 daqiqa):
🔹 3 ta savol Algebra fanidan
🔹 2 ta savol Geometriya fanidan
Savollar o‘quvchilarning bilim darajasini baholashga qaratilgan bo'lib, javoblarda masalani to‘g‘ri yechish bilan birga, yechim usuli, asoslash va chizmalar baholash jarayonida inobatga olinadi.
📣 Barcha nomzodlarga omad tilaymiz!
Al-Beruniy Xalqaro maktab-internati siz uchun ilm-fan sari yangi imkoniyatlar eshigini ochadi!
@alberuniyuzb
🌐 AQSH Elchixonasi bilan strategik uchrashuv – global ta’lim sari imkoniyatlar kengaymoqda! 🇺🇿 🇺🇸
📍 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida AQSHning O‘zbekistondagi Elchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📌 Muhokama qilingan asosiy yo‘nalishlar:
🔹 Agentlik tizimidagi maktab bitiruvchilari uchun AQSH universitetlariga kirish jarayonida elchixona ko‘magi – vizalar uchun alohida intervyu oynalari, universitetlarga kirish talablari bo'yicha guest lecturelar;
🔹 IB (International Baccalaureate) dasturlarini ishlab chiqishda AQSH mutaxassislaridan uslubiy va amaliy yordam;
🔹 Agentlik tizimidagi o‘qituvchilar uchun AQSHdagi yetakchi universitetlarda malaka oshirish dasturlari;
🔹 Iqtidorli o‘quvchilarni AQSHdagi yozgi oromgohlarga (summer camps) jalb qilish;
🔹 Elchixona ko‘magida AQSH ta’lim dasturlari, grantlar va stipendiyalar bo‘yicha axborot markazi tashkil etish;
📍Biz – bilimga, sifatli ta’limga va global imkoniyatlarga yo‘l ochamiz!
@alberuniyuzb
#Tayinlov
Gibbons Leon Damian — Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining akademik direktori lavozimiga tayinlandi.
✅ Leon Damian — dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan London School of Economics and Political Science (LSE) hamda University of Plymouthda tahsil olgan.
✨ U xalqaro ta’lim sohasida 13 yillik tajribaga ega bo‘lib, Boku, Moskva va London shaharlaridagi nufuzli xalqaro maktablarda faoliyat yuritgan hamda IB (International Baccalaureate) dasturini joriy etish bo‘yicha boy tajribaga ega.
🎗Leon Damianga yangi lavozimida ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
@alberuniyuzb
#imtihon_2025
🤩 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga birinchi bosqich kirish imtihonlari mamlakatimizning 13 ta hududida bo‘lib o‘tdi.
Yurtimiz ta’lim tizimida yangi bosqich hisoblangan ushbu maktabga kirish uchun 16 532 ta talabgor o‘quvchidan ariza kelib tushgan.
Ma’lumot uchun: birinchi bosqich sinov jarayonlari matematika va ingliz tili fanlaridan (har bir fan bo‘yicha 40 ta topshiriqdan iborat test shaklida) tashkil etildi.
📹Bugungi kun jarayonlaridan lavha
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🎥 IMTIHON BOSHLANDI!
📍 Samarqand viloyatidagi imtihon markazidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri lavhalar!
Bugun Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga kirish bo‘yicha birinchi saralash bosqichi imtihoni boshlandi!
🕡 Soat 06:30 dan boshlab nomzodlar imtihon hududiga kelib, ro‘yxatdan o‘tmoqda.
🆔 Har bir ishtirokchi o‘zining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi va ruxsatnomasi bilan tartibli ravishda navbatda turib, imtihon xonalariga yo‘naltirilmoqda.
📦 Imtihon xonalari tayyor, mas’ul shaxslar o‘z o‘rnida. Jarayon qat’iy tartib asosida va shaffoflikka amal qilgan holda tashkil etilmoqda.
📣 Imtihon jarayonlaridan muntazam xabardor bo‘lish uchun bizning rasmiy kanalga obuna bo‘ling:
👉 @alberuniyuzb
🎯 Nomzodlarga omad tilaymiz!
📚 Bilim – kelajak kaliti!
🔑 Bugungi qadam – orzular sari yo‘lning boshlanishi!
🌐 AQSH Elchixonasi bilan strategik uchrashuv – global ta’lim sari imkoniyatlar kengaymoqda! 🇺🇿 🇺🇸
📍 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida AQSHning O‘zbekistondagi Elchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📌 Muhokama qilingan asosiy yo‘nalishlar:
🔹 Agentlik tizimidagi maktab bitiruvchilari uchun AQSH universitetlariga kirish jarayonida elchixona ko‘magi – vizalar uchun alohida intervyu oynalari, universitetlarga kirish talablari bo'yicha guest lecturelar;
🔹 IB (International Baccalaureate) dasturlarini ishlab chiqishda AQSH mutaxassislaridan uslubiy va amaliy yordam;
🔹 Agentlik tizimidagi o‘qituvchilar uchun AQSHdagi yetakchi universitetlarda malaka oshirish dasturlari;
🔹 Iqtidorli o‘quvchilarni AQSHdagi yozgi oromgohlarga (summer camps) jalb qilish;
🔹 Elchixona ko‘magida AQSH ta’lim dasturlari, grantlar va stipendiyalar bo‘yicha axborot markazi tashkil etish;
📍Biz – bilimga, sifatli ta’limga va global imkoniyatlarga yo‘l ochamiz!
@alberuniyuzb
#Vakansiya
🌟Ta'lim sohasida yangi yutuqlarga erishishni istaysizmi!
Bu-aynan siz uchun imkoniyat!
Prezidentimizning shaxsan tashabbuslari bilan tashkil etilgan "Prezident iqtidorli farzandlari" loyihasi doirasida tashkil etilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati, Sizni o‘zining professionallar jamoasiga taklif etadi.
🔎 Biz - Xorijda ta'lim olgan va amaliy tajribaga ega bo'lgan yuqori malakali va fidoyi pedagoglarni ishga taklif qilamiz.
Maktabda quyidagi fanlardan darslar ingliz tilida o’tiladi:
* Fizika
* Kimyo
* Biologiya
* Matematika
* Kompyuter texnologiyalari
* Xalqaro siyosat
* Biznes boshqaruvi
* Iqtisod
* San’at va madaniyat
* Tadqiqot
* Ingliz tili
Quyidagi fanlardan darslar o’zbek tilida o’tiladi:
* Ona-tili va adabiyoti
* O‘zbekiston va jahon tarixi
Ikkinchi xorijiy til sifatida o'tiladigan Fransuz va Nemis tili o'qituvchilari uchun ham bo'sh ish o'rinlari mavjud
🎓 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
✔️IELTS 7.5 va undan yuqori darajadagi ingliz tili sertifikatiga ega bo'lishi
✔️ Kamida magistr darajasi (tegishli mutaxassislik bo'yicha)
✔️ 2 yildan ortiq pedagoglik tajribasi
✔️ 9–11-sinf o‘quvchilari bilan ishlashda yondashuv va murabbiylik mahorati
✔️ O‘quvchilarni xalqaro imtihonlar va dunyoning TOP-10 talik universitetlariga tayyorlash bo'yicha tajribasi
✔️Xorijning nufuzli TOP-300 talik Universitetlarida tahsil olgan bo’lishi ✔️IB dasturi asosida ta'lim bera olish malakasi
💼 Biz sizga nimalarni taklif qilamiz?
🔹 Yuqori va barqaror maosh
🔹 Mamlakatdagi eng iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash imkoniyati
🔹 Zamonaviy va ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan sinfxonalar
🔹 Xalqaro Bakalavriat (IB) dasturi asosida dars berish imkoniyati
🔹 Ijodkorlik, tashabbus va erkin pedagogik metodikalarni qo‘llab-quvvatlaydigan muhit
🔹 Kasbiy o‘sish, xalqaro tajriba almashuvi va doimiy malaka oshirish imkoniyatlari
📨 Arizalar 2025-yil 15-iyulgacha qabul qilinadi.
📎 Hujjatlar ro‘yxati:
* Ingliz tilidagi yangilangan CV
* Ma'lumotnoma (obyektivka) oxirgi 3 oyda tushilgan rasm bilan
* Ingliz tili sertifikati (IELTS 7.5+, TOEFL iBT 109+) yoki unga tenglashtirilgan sertifikatlar)
* Bakalavr va Magistratura diplomlarining nusxasi
* GRE (75+), GMAT (75+), SAT (1300+), TESOL, CELTA kabi sertifikati borlarga ustunlik beriladi
📥 https://job.piima.uz/send-cv manziliga hujjatlaringizni yuboring
📲Savollaringizni esa quyidagi Telegram botga yuboring: @BeruniyHireBot
“Garvardchilar” maktabi Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida faoliyatini boshlab yubordi.
Ushbu xalqaro maktabga bu yilgi 8-sinf bitiruvchilari orasidan 60 nafar o‘quvchi saralab olinadi va 3 ta yo‘nalishda o‘qitiladi. Kelgusida o‘quv o‘rinlari karrasiga ko‘paytiriladi.
Umuman, milliy dastur asosida har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchi seleksiya qilinib, Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi dunyoning nufuzli oliygohlariga tayyorlanadi.
Shundan kamida 300 nafari ehtiyojmand oila farzandlari bo‘ladi.
©️ Bugun, Yoshlar kunida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan.
@alberuniyuzb
“Garvardchilar maktabi”ga qabul yakunlanishiga 1 kun qoldi
💥 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga o'qishga arizalar qabuli 25-iyun soat 23:59 ga qadar davom etadi.
✅ Bu yil 8-sinfni tugatib, 9-sinfga o'tgan o'quvchilar maktabga o'qishga ariza topshirishlari mumkin.
✨ Maktab o'quvchilari xalqaro darajadagi ta'lim olishadi. Bitiruvchilarga nufuzli universitetlarga o‘qishga kirish imkoniyatini beruvchi xalqaro ta’lim dasturi diplomi (International Baccalaureate) beriladi.
📝 Maktabga my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali o'qishga ariza topshirishingiz mumkin.
🔹Aloqa: @Alberuniyaloqabot
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
@alberuniyuzb
Eng ko'p so'ralayotgan savollarga javoblar
❓Savol: Maktab-internatining 1-bosqich saralash imtihonlariga qancha vaqt ajratiladi?
✅Javob: 1-bosqich imtihonlariga matematika faniga 90 daqiqa, ingliz tiliga 40 daqiqa beriladi.
❓Savol: Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga hujjat topshirish uchun o'quvchilarning baholariga qanaqa talab qo'yiladi?
✅Javob: Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga hujjat topshirish uchun nomzodlarning baholariga hech qanday talab qo'yilmaydi.
✅ Maktabga o'qishga ariza topshirish 25-iyungacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
🔹Aloqa: @Alberuniyaloqabot
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
@alberuniyuzb
Eng ko'p so'ralayotgan savollarga javoblar
❓Savol: Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga nechanchi sinfdan o'qishga qabul qilinadi?
✅Javob: Maktab-internatiga faqat shu yil 8-sinf bitirib, 9-sinfga oʻtganlar qabul qilinadi.
❓ Savol: Maktabga imtihon savollari qaysi tilda bo'ladi?
✅Javob: Birinchi bosqich imtihonlari o'zbek va ingliz tillarida bo'ladi.
❓Savol: Maktab-internatiga 1-bosqich imtihonlari qaysi fanlardan bo'ladi va necha daqiqa vaqt ajratiladi?
✅Javob: 1-bosqich imtihonlari matematika va mantiqiy fikrlashdan (90 daqiqa) va ingliz tili fanidan (40 daqiqa) bo'ladi.
✅ Maktabga o'qishga ariza topshirish 25-iyungacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
🔹Aloqa: @Alberuniyaloqabot
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
@alberuniyuzb
“Garvardchilar maktabi”ga o'qishga ariza topshirish bo'yicha video-yo'riqnoma
✅ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga ariza.piima.uz sayti orqali onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-yo'riqnoma taqdim etilmoqda.
✅ Shuningdek, tez orada my.gov.uz portali orqali ariza topshirish bo‘yicha video-yo‘riqnoma ham e’lon qilinadi.
🔹Aloqa: @Alberuniyaloqabot
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
@alberuniyuzb
❓Yangi ochilgan Al-Beruniy xalqaro maktab-internatiga kirish tartibi qanday?
Yaqinda “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturini boshlash va “Garvardchilar maktabi”ni ochish bo‘yicha katta farmon imzolangan edi.
Bu muassasa Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida tashkil etilgandi.
🗓 5-iyundan ushbu maktabga arizalar qabuli boshlandi.
❓Maktabga kimlar qabul qilinadi?
Bu yil 9-sinfga boradigan (8-sinfni tugatgan) 60 nafar o‘quvchi imtihon asosida qabul qilinadi.
❓Kirish imtihonlari qanday tartibda o‘tkaziladi?
Imtihon ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi:
1⃣-bosqichda o‘quvchilar matematika hamda ingliz tili fanlaridan 40 tadan test topshirig‘ini bajaradi.
2⃣-bosqichda eng yuqori natija qayd etgan 300 nafar nomzod uchun Toshkent shahrida imtihon o‘tkaziladi. Ulardan quyidagilar talab etiladi:
🔹 matematikadan 5 ta masala yechish;
🔹 ingliz tilidan 4 ta yozma ish (esse) yozish.
Imtihonda eng yuqori natija qayd etgan 60 nafar o‘quvchi maktabga qabul qilinadi. Darslar Toshkent shahrida, Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab binosida tashkil etiladi.
📥 Arizalar 25-iyungacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali qabul qilinadi.
📞 Murojaat uchun: @piima_admission_chatbot
Call-markaz: 1206 yoki +998781137789
👉 @xushnudbek 👈
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatida o'qish pullikmi?
⚡️ Al-Beruniy maktabi davlat umumta'lim muassasasi hisoblanganligi sababli unda tahsil olish bepul.
💥 Bundan tashqari maktab internat shaklida bo'lgani uchun o'quvchilar yotoq va 5 mahal ovqat bilan ham ta'minlanadi.
✅ Ariza topshirish 25-iyungacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
❗️Eslatib o'tamiz, maktabga 8-sinfni bitirib, 9-sinfiga o'tgan o'quvchilar o'qishga ariza topshirishlari mumkin.
🔹Aloqa: @Alberuniyaloqabot
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
📣 TAYINILOV
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining Global siyosat va iqtisod fani o'qituvchisi
🔹 Dr. Saidakbar Asqarov
🗞TA’LIM DARAJASI:
🎓 PhD – Syracuse University, AQSH (Atrof-muhit va migratsiya siyosati)
🎓Magistr – GRIPS, Yaponiya (Davlat siyosati va iqtisodiyot)
🎓Magistr – Manchester University, Buyuk Britaniya (Inson huquqlari va global siyosat)
🎓 Bakalavr – Xalqaro huquq yo‘nalishi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
🌐 ISH TAJRIBA VA YUTUQLARI:
🔸 O‘zbekiston hukumati va xalqaro tashkilotlarda 10+ yillik ish tajribasiga ega
🏅 Stipendiyalar:
🎖 Chevening (Buyuk Britaniya)
🎖 Young Leaders’ Program (Yaponiya)
🎖 “El-yurt umidi” (O‘zbekiston)
🎖 Roscoe Martin & CACI (AQSH)
📌 Dr. Saidakbar Asqarov – xorijiy, ilmiy-amaliy va professional tajribaga ega, zamonaviy fikrlovchi ustoz.
📣 Al-Beruniy xalqaro maktabi — bu yerda kelajak yetishadi!
@alberuniyuzb
📢 Al-Beruniy nomidagi Xalqaro maktab-internatiga kirish imtihonining 2-BOSQICHI haqida
🔹 Fanlar: Matematika va Ingliz tili
🔹 Shakl: Yozma ish shaklida
Ingliz tili bo‘yicha yozma ish imtihonlari Buyuk Britaniyaning British Council tashkiloti bilan
hamkorlikda o‘tkaziladi.
🔍 British Council vakillari testlarni tuzish, imtihonni o'tkazish, javoblarni tekshirish va natijalarni e'lon qilish uchun mas'uldir:
✍️ Yozma ish quyidagi 4 qismdan iborat bo‘lib, o'quvchilarni yozish va fikrlash qobiliyati baholanadi.
(50 daqiqa):
1. Word-level writing (around 3 minutes) – Short responses to five simple messages.
2. Short text writing (around 7 minutes) – One response of
20–30 words to a basic prompt.
3. Three short responses (around 10 minutes) – Informal replies of 30–40 words each to simulated forum-style questions.
4. Formal essay (around 30 minutes) – A structured response of 220–250 words to an opinion-based question.
Test bo'yicha yo'riqnoma bilan tanishing.
@alberuniyuzb
#imtihon_2025
📹Imtihon jarayonlaridan lavha
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzatib boring.
@alberuniyuzb
Ommaviy axborot vositalari va biz
@alberuniyuzb
📍 NAVOIY VILOYATI — SARALASH IMTIHONI JARAYONIDAN FOTO LAVHALAR
Bugun Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga kirish bo‘yicha birinchi saralash bosqichi imtihonlari davom etmoqda.
📚 Imtihon joylari to‘liq tayyorlangan, mas’ullar jarayonni tartibli va shaffof o‘tkazmoqda. Barcha ishtirokchilarga teng imkoniyat yaratilgan.
👉 @alberuniyuzb ga a’zo bo‘ling!
🎓 Nomzodlarga omad tilaymiz!
🔑 Imkoniyat eshiklarini o'z qo'lingiz bilan oching!
#AlBeruniy #SaralashImtihoni #Navoiy_viloyati
NOMZODLAR DIQQATIGA!❗️❗️❗️
📅 Ertaga bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan saralash imtihoni soat 8:00da boshlanadi.
🕡 Ishtirokchilar imtihon joyiga 06:30 da yetib kelishlari so‘raladi.
🆔 Imtihonga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asli va imtihon ruxsatnomasi bilan kelishingiz lozim.
💻 Imtihon ruxsatnomasini ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetingizdan yuklab olishingizni so‘raymiz.
📞 Agarda, imtihon ruxsatnomasini yuklab olishda muammoga duch kelsangiz, 1206 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling, yoki ertaga test joyidagi mas’ullardan ruxsatnomani chiqarib berishini SO‘RANG! (Yoningizda tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma
bo‘lishi shart).
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati jamoasi Sizlarga ertangi birinchi-saralash bosqichi imtihonida muvaffaqiyatli ishtirok etishingizni tilaydi.
🎯 Imkoniyat eshiklarini ochish o‘z qo‘lingizda!
🔑 O‘z bilim va salohiyatingizni namoyon qiling, orzuyingizdagi ta’lim sari BIRINCHI QADAMNI TASHLANG!
🎓KELAJAK SIZDAN BOSHLANADI! ✨
@alberuniyuzb
“Garvardchilar maktabi”ga saralash imtihoni o'tkaziladigan manzillar
✅ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga 1-bosqich saralash imtihoni 12-iyul kuni Respublikamizning 13 ta hududida o'tkaziladi.
⬇️ Quyida imtihon manzillari bilan tanishishingiz mumkin:
🔹Andijon viloyati - Andijon olimpiya va paralimpiya STT markazi maneji 1-bino
🔹Buxoro viloyati - Semurg' sport majmuasi binosi
🔹Farg'ona viloyati - Farg'ona olimpiya va paralimpiya zahiralari STT markazi 1-sport zali va Farg'ona olimpiya va paralimpiya zahiralari STT markazi 2-sport zali
🔹Jizzax viloyati - Jizzax olimpiya va paralimpiya STT markazi sport majmuasi 1-sektor
🔹Namangan viloyati - Namangan davlat texnika universiteti, 2-sport zali
🔹Navoiy viloyati - Bilim va malakalarni baholash agentligi Navoiy viloyati bo'limi binosi
🔹Qashqadaryo viloyati - Qarshi olimpiya va paralimpiya STT markazi voleybol zali
🔹Qoraqalpog'iston Respublikasi - Qoraqalpoq davlat universiteti sport saroyi
🔹Samarqand viloyati - Samarqand sport o'yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi basketbol zali va Samarqand sport o'yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi qo'l to'pi zali
🔹Sirdaryo viloyati - Bilim va malakalarni baholash agentligining Sirdaryo viloyati bo'limi binosi
🔹Surxondaryo viloyati - Termiz olimpiya va paralimpiya STT markazi 1-sport zali va Termiz olimpiya va paralimpiya STT markazi 2-sport zali
🔹Toshkent shahri - O'zekspomarkaz Milliy ko'rgazmalar majmuasi (1-pavilon) va O'zekspomarkaz Milliy ko'rgazmalar majmuasi (2-pavilon)
🔹Xorazm viloyati - Yoshlik sport majmuasi manej binosi
Bugun “Garvardchilar maktabi”ga qabulning soʻnggi kuni
❗️ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabul bugun soat 23:59 da yakunlanadi.
📣 Maktabning 1-bosqich saralash imtihoni 12-iyul kuni 13 ta hududda tashkil etiladi.
🗣Birinchi bosqich imtihoni Matematika va ingliz tili fanlaridan har bir fan boʻyicha 40 ta topshiriqdan iborat test shaklida tashkillashtiriladi.
⏰ Bunda Matematika fani topshiriqlarini yechish uchun 90 daqiqa, Ingliz tili fani topshiriqlari uchun 40 daqiqa vaqt ajratiladi.
✅ Birinchi bosqich saralash imtihoni natijalari asosida 300 nafar eng yuqori koʻrsatkichga ega nomzod saralab olinadi va ikkinchi bosqichga tavsiya etiladi.
📩 Imtihondan 3 kun oldin ruxsatnomani yuklab olish uchun sms-xabarnoma arizada kiritilgan telefon raqamingizga yuboriladi.
📍Ruxsatnomada imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti koʻrsatilgan boʻladi. Ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin boʻladi.
📨 Shaxsiy kabinet havolasi: https://ariza.piima.uz/application/cabinet
@alberuniyuzb
📣 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabul uzaytirildi!
🌐Koʻplab yoshlarning talab va istaklariga binoan “Garvardchilar maktabi” nomi bilan tanilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga oʻqishga arizalar qabuli 3-iyul sanasiga qadar uzaytirildi.
📥Oʻqishga arizalar my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
❗️Eslatib oʻtamiz, maktabga shu yil 8-sinfni bitirib, 9-sinfga oʻtgan oʻquvchilar qabul qilinadi.
@alberuniyuzb
“Garvardchilar maktabi”ga qabul yakunlanishiga 2 kun qoldi
💥 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga o'qishga arizalar qabuli 25-iyun soat 23:59 ga qadar davom etadi.
✅ Bu yil 8-sinfni tugatib, 9-sinfga o'tgan o'quvchilar maktabga o'qishga ariza topshirishlari mumkin.
✨ Maktabning 10-sinf o'quvchilari har yili dunyoning nufuzli oliygohlarida tashkil etiladigan amaliyotlarga yuboriladi.
📝 Maktabga my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali o'qishga ariza topshirishingiz mumkin.
🔹Aloqa: @Alberuniyaloqabot
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
@alberuniyuzb
“Garvardchilar maktabi”ga saralash imtihoni savollaridan namunalar
📝 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati uchun o'tkaziladigan saralash imtohonida Ingliz tili fanidan olinadigan savollardan namunalar.
📖 Bunda siz 3 ta darajadagi savol namunalarini ishlashingiz va saralash imtihoniga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.
✅ Maktabda o'qishga ariza topshirish 25-iyungacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
🔹Aloqa: @Alberuniyaloqabot
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
@alberuniyuzb
“Garvardchilar maktabi”ga saralash imtihoni savollaridan namunalar
📝 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati uchun o'tkaziladigan saralash imtohonida Matematika va mantiqiy fikrlashdan olinadigan savollardan namunalar.
📖 Bunda siz 3 ta darajadagi savol namunalarini ishlashingiz va saralash imtihoniga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.
✅ Maktabda o'qishga ariza topshirish 25-iyungacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
🔹Aloqa: @Alberuniyaloqabot
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
@alberuniyuzb
Prezident iqtidorli farzandlari tashabbusi bo'yicha taqdimot tadbiri o'tkazildi
✅ Xabaringiz bor, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati Prezident iqtidorli farzandlari tashabbusining bir qismi hisoblanadi.
✨ Kecha o'tkazilgan tadbirda “Garvardchilar maktabi” ya'ni Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati haqida ham batafsil ma'lumot berildi.
✅ Maktabda o'qishga ariza topshirish 25-iyungacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
🔹Aloqa: @Alberuniyaloqabot
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
📢 Eʼlon: Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga birinchi bosqich saralash imtihonlari spetsifikatsiyasi eʼlon qilindi!
📝 Ushbu hujjatda imtihon savollari qanday manbalarga asoslanishi, savollar turlari va ularni baholash mezonlari haqida batafsil maʼlumot berilgan.
📚 Maktabga tayyorgarlik ko‘rayotgan barcha nomzodlar va ularning ota-onalari ushbu spetsifikatsiya bilan albatta tanishib chiqishlari tavsiya etiladi.
✅ Maktabga o'qishga ariza topshirish 25-iyungacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
🔹Aloqa: @Alberuniyaloqabot
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
Top-10 talik universitetlarga kirish uchun yangi imkoniyat!
💥 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatida respublikamiz va dunyo tajribasining eng ilg‘or yutuqlarini o‘zida mujassam etadigan zamonaviy o'quv dasturlari asosida ta'lim beriladi.
✨O‘quvchilar dunyoning yetakchi universitetlariga muvaffaqiyatli kirish uchun tayyorlanadi.
✅ Ariza topshirish 25-iyungacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
@alberuniyuzb