Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati telegram kanali Aloqa: @Alberuniyaloqabot
Davlatimiz rahbarining “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi mazmuni va yo’nalishlari qanday?
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatida ta’lim jarayonlari qanday tashkil etiladi?
Videoda ushbu savollarga mutaxassislarimiz batafsil javob bergan.
Bilimli, iqtidorli yoshlar, sizlarni Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatida kutamiz!
Maktab haqidagi barcha ma’lumot, yangiliklar ushbu kanalda: @alberuniyuzb
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati tashkil etildi
✅ Davlatimiz rahbarining PF-86-son qaroriga binoan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida yurtimiz ta'lim tizimida yangi bosqich hisoblangan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati tashkil etildi.
✨ Maktab to‘liq akademik, tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy jihatdan mustaqil davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti hisoblanadi.
⚡️ Maktab bitiruvchilariga davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma) bilan bir qatorda yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish imkoniyatini beruvchi xalqaro ta’lim dasturi diplomi (International Baccalaureate) beriladi.
🔹 Maktabning 10-sinf o‘quvchilari dunyoning nufuzli oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan qisqa muddatli o‘quv dasturlarida har yili bir marotaba qatnashishishi mumkin bo'ladi.
💫 Maktabda o‘quvchilar ingliz tilidan tashqari kamida yana bitta qo‘shimcha xorijiy tilga o‘qitiladi.
@alberuniyuzb
Garvardda o'qishni istaysizmi? Bu siz uchun yangi imkoniyat!
⚡️ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabul boshlandi.
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etilgan ushbu maktabga 2025/2026 o'quv yili uchun 60 nafar o'quvchi 9-sinfga ikki bosqichli saralash imtihoni orqali qabul qilinadi.
✅ Arizalar shu yilning 5-iyunidan 25-iyunigacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali qabul qilinadi.
📝Imtihon ikki bosqichda amalga oshiriladi.
🔹 Birinchi saralash bosqichda o'quvchilar matematika hamda ingliz tili fanlaridan 40 tadan test topshirig'ini bajaradi.
🔹 Ikkinchi bosqichda eng yuqori natija qayd etgan 300 nafar nomzod uchun Toshkent shahrida imtihon o'tkaziladi. Ular:
➖matematikadan 5 ta masala,
➖ingliz tilidan esa 4 ta yozma ish (esse) yozishlari talab etiladi.
🎗 Imtihonda eng yuqori natija qayd etgan 60 nafar o'quvchi maktabga qabul qilinadi. Darslar Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi binosida tashkil etiladi.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
@alberuniyuzb
"Президент иқтидорли фарзандлари" миллий дастури бошланади ва "Гарвардчилар мактаби" очилади.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X