#imtihon_natijalari
#ikkinchi_bosqich
#Prezident_maktablari
📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 2-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!
⚡️ Joriy yilning 31-iyul kuni o‘tkazilgan 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.
➡️Imtihon natijalari Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasida e'lon qilindi:
https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-admissions-test-results-july-2023
Agentlikning rasmiy sahifasidan
Prezident maktabiga tayyorlov guruhlarimizga tez orada qabul boshlanadi!
@ALGORITM_MAKTABI
#infografika
#qabul_2023
⚡️TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIGA 2023/2024-OʻQUV YILI UCHUN KIRISH IMTIHONLARI TOʻGʻRISIDA HUDUDLAR KESIMIDA INFOGRAFIKA
❗️Barcha hududlarda bosqichma-bosqich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi filiallari ochilishi rejalashtirilgan. Bundan xulosa qilish mumkinki, agar kelayotgan oʻquv yili yakunida qaysi hududlarda tashkil qilinsa, shu hududlardagi 5-10-sinf oʻquvchilari qabul qilinadi.
Yuqori sinfda tahsil olayotgan oʻquvchilar uchun yana bir imkoniyat!
Tayyorgarlikni hozirdanoq boshlang!
@ALGORITM_MAKTABI
Ibn Sino maktabiga kirish imtihonlari natijalari
_______________
Ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlov darslari —
@ALGORITM_MAKTABI
Al-Xorazmiy maktabiga kirish imtihonlari natijalari
_______________
Ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlov darslari —
@ALGORITM_MAKTABI
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#Prezident_maktablari
📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!
✔️ Joriy yilning 15-iyul kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.
❗️Imtihon natijalarini quyidagicha aniqlashingiz mumkin:
✅ portal.piima.uz saytining "Qabul 2023" bo'limi "Natijalar" oynasidan "Prezident maktabi natijalari" bo'limida ID raqamingizni kiritish orqali – https://portal.piima.uz/page/ps1
✅Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali:
https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2023/
✅Talabgorning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Президент мактаблари: Келажак таълими ёки синган умидлар маскани
Бугун “Президент мактаблари”га имтиҳон бўляпти. Минглаб, ўн минглаб болалар кўзлари жавдираб натижа кутишяпти. Ўринлар сонига талабгорлар нисбати даҳшатли – 1/170! Бу 98 фоиз бола ҳар қанча иқтидорли бўлмасин руҳи синишини англатади.
Ҳар қандай мамлакатнинг энг асосий капитали билимли инсонлар эканлиги аллақачон исботини топган. Шунингдек, ўз келажагини ўйлаган ҳар бир давлат иқтидорли фарзандларига алоҳида таълим беришга, истиқболли кадрлар заҳирасини яратишга ҳаракат қилади.
Ўзбекистон ҳам бу борада истисно эмас. Мамлакат бўйлаб “Президент мактаби” номи остидаги таълим масканлари ташкил этилганида, уларга катта ресурслар сарфланганида айнан эзгу мақсадлар кўзланганига шубҳа йўқ. Зеро давлат раҳбарининг ўзи ҳам бу борада “Бу мактаблар намуна бўлади ва келажакда умумтаълим масканларининг иш сифати ошишига хизмат қилади” дея таъкидлаганди.
Чиндан ҳам шундай – маълум ҳудудда бир мактаб жуда зўр бўлса, унга энг ақлли болалар йиғилса, таълим бўйича услублар яратилса ва охир оқибат билимли авлод етишиб чиқса, бошқа мактабларга ўрнак бўлиши мумкин.
Аммо... Доимгидек ўша аммо пайдо бўлади. Бизда ҳар қандай нуфузли масканга жойлашиш ўзига хос шафқатсиз пойгага айланиб кетади. Олдинку ишга жойлашишда ёши катталар, олий ўқув юртларига киришда эсини таниган ёшлар талашишарди. Энди эса бу жараёнга болалар ҳам қўшилишди ва катта эҳтимол билан ўзларининг дастлабки қақшатқич ҳамда бутун умр ёдда қоларли мағлубиятларини қабул қилиб оладилар.
Айтишингиз мумкин – мураккаб танланиш жараёнида энг иқтидорлилар саралаб олинишининг нимаси ёмон, ахир имтиҳонлардан мақсад ҳам шуку! Шубҳасиз ҳақсиз. Лекин бунчалик нисбатда эмасда биродар. 1 болани ажратиб олиш учун 169 болани билимсизга чиқариш қайси мезонга тўғри келади? Энг даҳшатлиси – 170 ота-онанинг ичидан битта уддабурро чиқиб, ҳаммасини “эски” усулда ҳал қилиб қўймаслигига сизда кафолат борми? Ёки Ўзбекистон коррупциядан буткул ҳоли масканга айланиб бўлдими?
Шукрки, “Президент мактаблари”га жойлашишда пора аралашган ҳолатлар ҳақида ҳали эшитмадик, эшитмайлик ҳам. Лекин барибир қайси виждон билан бирини танлаб олишда 169 нафарининг кўксидан итара оламиз? Ахир улар ҳам шу масканга имтиҳон топшириш учун келар экан, нимагадир ишонишган, қайсидир даврада илғор юришган, ота-онаси, устозининг ишонгани бўлишган.
Бирга 169 талабгорга ишонмаганларга бундан ҳам зўр факт бор: Фарғона вилоятида бу кўрсаткич 229 тага, Андижон вилоятида эса 267 тага тўғри келяпти экан. Шунчаки даҳшат! Кичикроқ маҳалланинг бир мактаб боласи тўлиғича имтиҳондан йиқилиб қайтиб кетишини тасаввур қиляпсизми?
Масаланинг иккинчи томони ҳам бор: “Президент мактаблари”га тайёрлаш аллақачон улкан индустрияга айланиб улгурди. Ҳар қандай ўқув маркази пештоқига бу ҳақда катта қилиб ёзиб реклама қилиняпти. Ота-она топган-тутганини сарфлаб ҳали дуруст ўйнаб кулмаган гўдакларни йиллаб тайёрлашяпти. Яъни бу имтиҳонга келиш шунчаки ўзини синаб кўриш эмас – бола учун ўзига хос ҳаёт-мамот курашига айлантириляпти. Натижа эса аниқ – бирга бир юз етмиш!
Танқид қилмоқ осон, ечим бермоқ қийин дейдилар. Муаллиф ҳам ечим таклифига қийналиб турибди. “Президент мактаблари” ишлаши керак, иқтидорли болалар алоҳида таълим олиши ҳам зарур амалиёт. Шу билан бирга сифатли таълим учун танловни ҳам кенгайтирмоқ зарур. Токи ота-она учун бир йўналиш принципиал масалага айланмасин, бола эса юксак билими билан ҳам кўнгли ўксиб қолмасин.
Аброр Зоҳидов
@ALGORITM_MAKTABI
#prezident_maktabi
#qabul_2023
📣DIQQAT, E’LON 📣
📆 Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 15-iyul kuni boshlanadi!
📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.
📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:
1️⃣-bosqich: Matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
2️⃣-bosqich: Tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo'yicha 40 ta topshiriq hamda ingliz tili fanidan 40 ta savol (test shaklida)
🌐Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
❗️Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz.
Agentlikning rasmiy sahifasidan olindi.
@ALGORITM_MAKTABI
#muhim_eslatma
#qabul_2023
❗️Prezident maktabiga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga
Prezident maktablari bilan Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari har xil kunlarda o‘tkaziladi.
Shu sababli, Prezident maktabiga hujjat topshirgan bo‘lsangiz, Ixtisoslashtirilgan maktablarga ham alohida hujjat topshirishingiz talab etiladi.
Agentlikning rasmiy sahifasidan olindi
@ALGORITM_MAKTABI
Prezident maktablarida ham boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlib, ushbu rasmdan qaysi hududdagi maktabga nechanchi sinfga oʻquvchi qabul qilinishi mumkinligini koʻrishingiz mumkin.
@ALGORITM_MAKTABI
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#20_iyun_10_iyul
⏰ Agentlik tizimidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.
📆 Ushbu arizalarning 22-iyun soat 18:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.
😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.
🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.
@ALGORITM_MAKTABI
📣 FARZANDINGIZ ENDI TOSHKENTDA YASHAB YAPON TA`LIM USLUBIDA TA`LIM OLISHINI XOHLAYSIZMI ❓
🔥 Unda ushbu kursimiz aynan siz uchun
➡️ SOROTOUCH - Zamonaviy planshetlar📱 vositasida mental arifmetikani yangicha usulda o'rganish uchun
ishlab chiqilgan ham zamonaviy ham
qiziqarli o`yinlardan iborat 🧩 ilova bo'lib,
bunda farzandingiz mustaqil ravishda
mental arifmetika hisob kitobini soniyalarda hisoblashni
yuqori darajada o'zlashtiradi.
‼️ JDUKids : Farzandining Xalqaro darajada ta`lim olishini
xohlagan har qanday ota - ona uchun eng yaxshi tanlov 👇
☎️ ( +99890) 995 - 18 - 68
📍 Qoratosh korzinka 2-qavat/ 8- xona
/channel/jdukid
#shaxsiy_fikr
Xususiy maktab haqidagi reklamalani juda ko’p kuzatyabman. Maktab asoschilari “uzoq yillik tajribamiz asosida yangi, sifatli ta’lim beradigan maktab ochishga qaror qildik” deyishyabdi. Lekin o’zlari 30 yosh atrofidagi yigitlar, hayron qoldim, qayerdan buncha tajriba yig’gan bo’lishlari mumkin?
Xususiy ta’limga yaqinda ruhsat berilgan bo’lsa, bular yoki bakalavrni bitirishi bilan maktab ta’limi bo’yicha 3-4 proyekt qilishgan, yoki ta’lim sohasida PhD lari bor, yoki magistrni tugatib biroz maktabda direktor o’rinbosari bo’lib ishlab, 1-2 marta bitiruvchilar chiqarib tizim va boshqaruvni muammosini ko’rganlar bo’lsa kerak deb o’yladim. Keyin bilsam, ko’pchilik yillar davomida 10-15 ta abiturientni yig’ib, universitetga kirish fanlaridan repititorlik qilishgan ekan!
Bekzod Zokirov ijtimoiy sahifasidan.
Sizning fikringiz qanday?
@ALGORITM_MAKTABI
@ALGORITM_MAKTABI
2021-2023-yillarda tashkil etilgan hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar roʻyxati:
https://portal.piima.uz/userfiles/files/Hududiy%20IXM/IXM.pdf
TEZKOR TAYYORLOV KURSLARI!
Farzandingiz Prezident maktabiga yoki hududingizdagi ixtisoslashtirilgan maktabga yuqori ball bilan kirishini xohlaysizmi?
Koʻp yillik tajribaga ega Algoritm ustozlari yordam beradi!
OFLAYN: Toshkent shahrida haftada olti kun 10:00 dan 17:00 gacha kuchaytirilgan tayyorlov;
ONLAYN: Telegram va ZOOM orqali haftada olti kun matematika va olti kun ingliz tili darslari!
⚠️ Kurslarimizga qiziqqanlar ushbu guruhga qoʻshilib batafsil ma’lumot olishi mumkin:
/channel/+GE2ckFMzZ9U0Zjli
Ustozlarimiz orasida aynan ixtisoslashtirilgan maktabda ishlaydigan matematika oʻqituvchisi ham bor!
Oʻqitishimizga shubha qilsangiz @ALGORITM_YUTUQLARI kanalini koʻrib chiqing!
Bogʻlanish:
@Algoritm_admin
Rasmiy kanalimiz:
@ALGORITM_MAKTABI
⚡️Янги ташкил этилган 166 та Ихтисослаштирилган мактаб ва мактаб-интернатларига квота доирасида аниқ фанлар йўналиши бўйича 5-синфга, табиий фанлар йўналиши бўйича 7-синфга қабул қилинади.
Ҳужжатлар ОНЛАЙН шаклда ariza.piima.uz сайти орқали қабул қилинади.
Қуйидаги ҳужжатлар топширилади:
— туғилганлик тўғрисидаги гувоҳномаси;
— фотосурати (охирги 2 ойда олинган);
— баҳолар табели нусхаси (директор томонидан тасдиқланган);
— ота-онаси ёки унинг ўрнини босувчи шахснинг паспорт маълумотлари ва телефон рақамлари (доимий ишлаб турган телефон рақамлари) аниқ ва бехато киритилиши лозим.
Имтиҳон босқичлари:
— Аниқ фанлар йўналиши учун: математика фанидан (30 та топшириқ), инглиз тили фанидан (15 та топшириқ)
— Табиий фанлар йўналиши учун: табиий (sceince) фанларидан 30 та топшириқ (тест шаклида), инглиз тили фанидан 15 та топшириқ (тест шаклида)
Имтиҳон натижалари Агентликнинг расмий веб-сайтида эълон қилинади.
Манба: Ўқитувчи канали
@ALGORITM_MAKTABI
#imtihon_natijalari_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
🔔 IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!
📆 Joriy yilning 28-29-30-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.
✅ Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:
🤖 @natijalar_2023_1_bot
🤖 @natijalar_2023_2_bot
🤖 @natijalar_2023_3_bot
🤖 @natijalar_2023_4_bot
🤖 @natijalar_2023_5_bot
‼️ ESLATMA! Natijalarni bilish istagida bo'lgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda so'rov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifasidan olindi
@ALGORITM_MAKTABI
OTA-ONALARGA!
Ixtisoslashtirilgan maktablar uchun imtihon natijalari e’lon qilindi. Oʻqishga qabul qilingan omadli 120 oʻquvchi va ularning oilasida bugun bayram. Lekin shu bolalar kabi bilim sohibi boʻlgan minglab bolalar bugun ma’nan sinishi mumkin. Bunga yoʻl qoʻymaslik kerak.
Oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilarni tabriklaymiz! Manfaatli boʻlsin! Kelajakda ularga berilgan imkoniyatlardan foydalanib, xalqqa, jamiyatga foyda keltirishlariga duo qilamiz!
Qabul qilinmagan oʻquvchilar esa xafa boʻlmasin! Tushkunlikka tushmasin! Ota-onalardan shu masalada e’tiborli boʻlishlarini soʻraymiz. Oʻzingiz kayfiyatsiz oʻtirsangiz, bolangiz yana-da kayfiyatsizlanadi.
Ba’zi onalarimiz hissiyotga boy boʻlishadi, bugungi natijalardan keyin ham yigʻlab oʻtirgan onajonlar bordir.
Yana ba’zilar ochiqchasiga farzandini koyib oʻtirishadi: farzandi ancha pul sarf qilib oʻqitgan pulini oqlamaganini aytib murgʻak va hali muvaffaqiyatsizlik ta’mini endi his qilayotgan yosh bolasini urishib beradi.
Ba’zi ota-onalar esa adolat yoʻqligini yoki farzandining ilmsiz va uquvsizligini pesh qilib, farzandini qoʻshimcha kurslarda oʻqitishni toʻxtatadi.
Aslida mana shu haqiqiy muvaffaqiyatsizlikdir!
Farzandingizning hayoti, kelajagi oldinda, Alloh Taolo har bir insonni oʻziga xos xususiyatlari, ijobiy jihatlari, qobiliyatlari bilan yaratgan. Shunday ekan, farzandingiz uchun ushbu muvaffaqiyatsizlik ham aslida bir xayrdir!
HURMAT BILAN, FARZANDINGIZ GʻAMXOʻRI
@ALGORITM_MAKTABI
Mirzo Ulugʻbek maktabiga kirish imtihonlari natijalari
_______________
Ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlov darslari —
@ALGORITM_MAKTABI
📣 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI E’LON QILINDI!
❗️Joriy yilning 25-26-iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi, Abu Ali ibn Sino nomidagi va Mirzo Ulug'bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.
✅ Imtihon natijalarini quyidagicha aniqlashingiz mumkin:
➖ portal.piima.uz saytining "Qabul 2023" bo'limi, "Natijalar" oynasi, "Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar" sahifasi orqali;
➖ Biroz vaqtdan so'ng, talabgorning ariza.piima.uz saytidagi Shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali.
Agentlik rasmiy sahifasidan.
_______________
Ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlov darslari —
@ALGORITM_MAKTABI
Kecha Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichida 1-smenada ishlatilgan test topshiriqlari 2-smenada ham aynan qaytarilgani, Prezident maktablariga oʻquvchilarni tayyorlash bilan shugʻullanadigan markazlar 1-smenada testga kirgan oʻquvchilardan testlar haqidagi maʼlumotlarni yigʻib olib, 2-smenada kiradigan oʻquvchilariga yodlatishgani aytilmoqda. Ayrim test topshiriqlari ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqalgan.
Shu oʻrinda rasmiylarga savollar:
1. 1 va 2 smenada aynan bir xil test topshiriqlari ishlatilganligi haqidagi iddaolar qay darajada asosli?
2. 1 va 2 smenada test topshirganlarning ballari taqsimoti, oʻrtacha ballari, moda va medianalari qay darajada farq qiladi?
3. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan test topshiriqlariga (agar bu topshiriqlar haqiqatda imtihonda ishlatilgan boʻlsa) berilgan toʻgʻri javoblar koʻrsatkichi (xususan , 2-smena uchun) boshqa test topshiriqlarining shunday koʻrsatkichlaridan qay darajada farq qiladi?
“Jalilov. Qaydlar” kanalidan olindi.
@ALGORITM_MAKTABI
#imtihon_2023
#prezident_maktablari
❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
📆 Prezident maktablari imtihonlarining birinchi bosqichi 15-iyul kuni boshlanishini ma’lum qilamiz.
🗣Imtihonlar 3 smenada – 08:00, 12:00 va 17:00 da bo‘lib o‘tadi.
📁 Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlar talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma tarzida yuborildi.
✅Talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 yarim soat oldin tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.
📝 Ma’lumot uchun, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichida Matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida) beriladi.
Agentlikning rasmiy sahifasidan olindi
@ALGORITM_MAKTABI
#qabul_2023
#10_iyulgacha
❗️PREZIDENT MAKTABLARINING BO'SH O'RINLARIGA HAMDA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB INTERNATLARIGA QABUL UZAYTIRILDI
⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari hamda Prezident maktablarining bo‘sh o‘rinlariga o‘qishga hujjatlar qabuli, ko‘p sonli ota-onalarning talablariga binoan, joriy yilning 10-iyul kuniga qadar uzaytirildi.
- Prezident maktablariga qabul faqat 4-sinfdan 5-sinfga o’tayotgan o’quvchilar uchun 30-iyunda yopiladi. Qolgan bo’sh o’rinlarga qabul 10-iyulga qadar uzaytiriladi.
- Ijod maktablariga qabul 30-iyunda to’liq yopiladi.
- Ixtisoslashtirilgan maktablarning barchasiga qabul 10-iyulga qadar uzaytiriladi.
Agentlik rasmiy sahifasidan olindi.
@ALGORITM_MAKTABI
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#20_iyun_10_iyul
⏰ Agentlik tizimidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.
📆 Ushbu arizalarning 25-iyun soat 18:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.
😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.
🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.
Agentlikning rasmiy sahifasidan olindi.
@ALGORITM_MAKTABI
#oʻquvchilar_boʻsh_oʻrinlariga
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
❗️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish uchun qabul davom etmoqda.
📌YUQORIDAGI RASMLARDA BOʻSH OʻRINGA EGA HUDUDIY IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR ROʻYXATI BERILGAN.
📝 Ushbu bo‘sh o‘rinlarga qabul Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida e’lon qilinmoqda.
📆 Bo‘sh o‘rinlarga hujjatlarni joriy yilning 30-iyuniga qadar ariza.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.
@ALGORITM_MAKTABI
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2023
#20_iyun_10_iyul
📢 DIQQAT E'LON!
❗️TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARI 2023-2024-O‘QUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!
📩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga ko‘plab ota-onalar tomonidan Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli yuzasidan bo‘layotgan murojaatlardan kelib chiqib, Agentlik rejalashtirilganidan oldinroq yaʼni 20-iyundan – 10-iyulga qadar Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabulini ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirilishini maʼlim qilamiz.
❓Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning:
➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.
❓Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
✅ 2023-2024-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari:
• Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
➖ aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinfiga;
• Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
➖ aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga;
• Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining
➖ tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga qabul qilinadi.
🕊Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#prezident_maktabi
#ochiq_eshiklar_kuni
⚡️ Agentlik tizimidagi Jizzax shahridagi Prezident maktabi "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.
Ochiq eshiklar kunida:
➖ Maktab hayoti,
➖ Dars jarayonlari,
➖ To‘garaklar,
➖ Sport musobaqalari hamda maktab faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
🗓 17-IYUN
⏰ 08:00 dan 14:00 gacha
Manzil: Jizzax shahar, Sayiljoyi MFY, Istiqlol ko‘chasi, 13-uy
📌 Ro'yxatdan o'tish uchun: +998722215919
@ALGORITM_MAKTABI
❓Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar ham obroʻli maktablarmi?
⚠️Koʻpchilik ota-onalar yuqoridagi savolni hayolidan oʻtkazgan boʻlsa ajabmas. Koʻp yillik shu sohadagi tajribamizdan kelib chiqib shu savolga javob berishga harakat qilamiz.
❗️Ixtisoslashtirilgan maktablar garchi Prezident maktablaridek darajada ta’lim sifatiga ega boʻlmasa ham, oddiy maktablardan bir necha omillar sabab ustunligini saqlab kelmoqda:
1️⃣ Oʻqituvchi-pedagoglar turli me’zonlar asosida saralab ishga qabul qilinadi;
2️⃣ Oʻquvchilar aniq yoki tabiiy fanlar yoʻnalishida imtihon asosida olinadi;
✅ Yuqoridagi ikki omil sabab kuchli raqobat va ilm muhiti paydo boʻlib, oʻquvchilar yuksalishida eng muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
3️⃣ Ushbu maktablarga boʻlgan alohida e’tibor sabab, ularning moddiy-texnik bazasi doimiy ravishda yaxshilanib boradi;
4️⃣ Xalqaro standart bo‘yicha aniq va tabiiy fanlarga yo‘naltiriladi.
5️⃣Darsliklar, ta’lim metodikasi agentlik tizimidagi Prezident maktablari bilan bir xil bo‘ladi. Ixtisoslashtirilgan maktablar katta sinflarida amaliyot o‘tash, 2-til o‘rganish va qiziqishlariga ko‘ra to‘garaklarga qatnash imkoniyati bo‘ladi.
‼️ Shunday ekan, Hech ikkilanmasdan, ushbu maktablar uchun harakatni boshlang, bunda farzandingiz faqat yutadi!
🔝 Agar qisqa muddatda natijaga erishishni istasangiz, bizning ustozlar tayyor:
/channel/+GE2ckFMzZ9U0Zjli
⭐️Ushbu maktablarga qabul haqida bu yerda: LINK
Rasmiy kanalimiz:
@ALGORITM_MAKTABI
📣 2023-2024-o‘quv yilida 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-, 11-sinflarga o‘quvchilar qabuli bo‘ladigan yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
📝 RO‘YXAT
❗️ Eslatib o‘tamiz, yangi tashkil etiladigan ushbu maktablarga
➖ aniq fanlar yo‘nalishi bo'yicha 5-,6-,7-,8-,9-,10-,11-sinflarga;
➖ tabiiy fanlar yo‘nalishi bo'yicha 7-,8-,9-,10-,11-sinflarga qabul qilinadi.
@ALGORITM_MAKTABI
@ALGORITM_YUTUQLARI
#prezident_maktabi
#ochiq_eshiklar_kuni
⚡️ Nukus shahridagi Prezident maktabi "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.
Ochiq eshiklar kunida:
➖ Maktab hayoti
➖ Dars jarayonlari
➖ To‘garaklar
➖ Sport musobaqalari hamda maktab faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
🗓 9-IYUN
⏰ 14:00
Manzil: Nukus shahri, Olmazor ko'chasi, 1ª uy.
📌 Ro'yxatdan o'tish uchun: (61) 224 90 21
@ALGORITM_MAKTABI
#ilm_fan #qiziqarli
Sayyoramizning eng soʻnggi olingan suratlaridan.
Goʻzallikni koʻrib zavqlaning. Oʻzingizni qayerdaligingizni topib koʻring.
@ALGORITM_MAKTABI
@ALGORITM_YUTUQLARI