alimov_blogi | Unsorted

Telegram-канал alimov_blogi - Alimov blogi

87

Diniy savollar uchun: 🌐 Savollar.islom.uz 📞 78 150 33 44 ____________________________________________ Omadbek Alimov | Tadbirkor Ushbu blogda oʻz hayotiy tajribam, fikrlarim va muvaffaqiyat sirlarini sizlar bilan baham koʻraman

Subscribe to a channel

Alimov blogi

Amal, hikmat, sevgi

Amal qiluvchi musulmon dinini sevadi.

Nega?

1. Ortiqcha savollarsiz itoat qilgan ishlarini barchasi oxir oqibatda o'zi uchun foydali bo'lib chiqyapti. Buning uchun yana savob ham olyapti.

2. Bomdod paytlari turgani uchun vaqti barakaliroq, fikrlari teranroq bo'lyapti.

3. Ro'za tutgani sababidan nafsini boshqarishi osonlashyapti, juda kam narsa bilan yashay olishini tushunib yetyapti.

4. Nomahram bilan yolg'iz qolmagani uchun, turli fitnalar, shubhalar, tuxmatlardan uzoq bo'lyapti.

5. Ichish, chekishdan o'zini tiygani uchun, jigari, miyasi, o'pkasini sog'lom saqlab qolyapti.

6. Omonatdor bo'lgani sababidan, odamlar u bilan ishonib birga sherik bo'lyapti, ish qilyapti, mansabini ko'taryapti.

7. Ehson qilgani uchun ichki xotirjamlik paydo bo'lyapti, daromadiga baraka kiryapti, oliy maqsad shakllanyapti.

8. Rostini gapirgani uchun xurmati oshyapti, do'stlari saralanyapti, mijozlari ko'payayapti.

Muslim amallaridan aslida Allohning roziligini xohlagandi, lekin buning ortidagi eng ko'p foydani ham o'zi olyapti. Bu biz anglab yetgan hikmatlar, anglab yetmaganimiz qancha hali.

@alimov_blogi

Читать полностью…

Alimov blogi

Inson qachon ulg’ayadi?

Shu savolni bugun jamoamiz bilan bir muddat muhokama qilgandek bo’ldik. O’zim ham keyin shu haqida nimagadir chuqurroq o’ylab qoldim. Men qachon ulg’aydim?

Ota-onasi olamdan o’tishi, moliyaviy qiyinchiliklar ko’rish, xiyonat yoki shu kabi og’riqlar insonni ulg’aytiradi deyishadi. Balkim, ammo men hayotimizda sodir bo’layotgan muammolar emas aksincha, ulardan chiqargan xulosalarimiz bizni ma’naviy ulg’aytiradi, hayotga boshqacharoq qarashga o’rgatadi deb o’ylayman. Muammoning o’zi haqida ko’p o’ylash esa sizni ulg’aytirishdan ko’ra kasal qilish ehtimoli katta.

To’g’ri xulosa qilishni o’rganganda…

Shunda inson ulg’ayishni boshlaydi. 30-40 ga kirgan 17-18 yoshli odamlarni ko’rganmisiz, ya’ni yoshi 30-40 dan oshgan bo’lsada 18 yoshli bola singari fikrlaydi. Ular o’sha 18 yoshida ilm olishdan to’xtagan, hayotga nisbatan xulosa qilish qobiliyati shakllanmay qolgan.

Jismoniy ulg’ayish o’zidan-o’zi bo’ladi. Biz ma’naviy yetuklikka intilishimiz kerak. Menimcha shunday.

@alimov_blogi

Читать полностью…

Alimov blogi

Bismillahir Rohmanir Rohim !!!

Читать полностью…

Alimov blogi

Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vassallam haqlarida:

1. U zotning barcha gunohlari kechirilgan bo'lsada tunlari bilan oyoqlari ishib ketgunicha namoz o'qib chiqar edilar va buning sababi so'ralganida "Men shukr qiluvchi banda bo'lmaymi?" der edilar.

2. U zot hech qachon ayollariga hurmatsizlik ko'rsatmas edilar.Agar uylarida bo'lganlarida uyda taom bo'lmay qolsa "Men bugun ro'za tutaman" der edilar.

3. U zot hali dunyoga kelmaslaridan otalarini yo'qotganiga qaramay, yosh bolaliklarida onalarini, U zotga bir necha yil g'amxo'rlik qilgan bobolarini yo'qotganiga qaramay, olti farzandlarini o'z qo'llari bilan tuproqqa qo'yganlariga qaramay bizga sabrli bo'lishni va Allohga iymonimiz bo'lishini ta'lim berdilar.

4. U zotni haqoratlashdi,mazah qilishdi,jarohatlar yetkazishdi,toshbo'ron qilib quvib chiqarishdi. Shunga qaramasdan odamlar "Ularni duoibad qiling" deyishganida "Men lanatlovchi emas, Olamlarga rahmat qilib yuborilganman dedilar.

5. U zot bizni ko'rmay turib biz uchun ko'z yosh to'kkanlar va qiyomat kuni har kim "Nafsim, Nafsim, Nafsim" deb turganida, U zot bizga shafoatchi bo'ladilar va faqatgina U zot bizga qayg'urib "Ey Robbim! Ummatim, Ummatim, Ummatim" deydilar.

6. Bizning habibimiz Muhammad sollallohu alayhi vassallamga salovot aytinglar zero aytgan salovotingiz U zotga farishtalar tomonidan yetkaziladi

Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad

Читать полностью…

Alimov blogi

Baraka bu - kutilgan narsadan ko’prog’iga erishishdir

Ushbularni qilish hayotingizga baraka olib kiradi InshaAlloh:

• Sadaqa.Ya’ni faqatgina pul ulashish emas, tabassum ham sadaqadir. Insonlarga ko’proq mehr, yordam bering.

• Rostgo’ylik.Payg’ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vassallam:“Kim bizni aldasa bizdan emas.”, - deganlar.

• Tarozida to’g’ri bo’lish. Doimo birovni haqqiga rioya qiling.

• Omonatdorlik. Faqatgina moddiy narsalarda emas, birovning sirini, sizga ishonchini ham omonat deb bilish.

• Va’daga vafo. Va’da berib, uni bajarmaslik munofiqlik alomatlaridan biridir.

• Shukur qilish. Biz cheksiz ne’matlar ichidamiz. Ne’matni Alloh rozi bo’ladigan yo’lda sarflash esa uning shukridir.

• Istig’for va tavba. Doimiy istig’for va tavbada yuring. Umringiz qachon poyoniga yetishini bilmaysiz.

• Silai rahm. Oila a’zolaringiz va yaqinlaringiz holidan xabardor hamda muruvvatli bo’ling.

• Hasaddan yiroq bo’lish. Hasad qalb kasalligidir. Insonlarga hasad qiladigan inson o’z hayotidan hech rozi bo’lmaydi.

• Halol kasb qilish. Halol luqma duoning, ibodatlarning ijobat bo’lish kalitidir.

@alimov_blogi

Читать полностью…
Subscribe to a channel