alisher_sadullaev | Unsorted

Telegram-канал alisher_sadullaev - Alisher Sadullaev

203948

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida • Yoshlar ishlari agentligi direktori • Oliy Majlis Senati a’zosi • O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Subscribe to a channel

Alisher Sadullaev

⚡️Prezidentimiz yoshlar uchun yana bir muhim qarorga imzo chekdilar.

Qaror qaysi sohalarni rivojlantirishga bag'ishlangan deb o'ylaysiz?

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyani yoqadimi?

YouTube'da birinchi bo‘lib monetizatsiyani yoqqan mutaxassis Jan Weichers Toshkentda ertaga bepul master-klass o‘tib beradi. Uzoq yillik tajribaga ega mutaxassislar kontent orqali daromad topish borasida tajribalarini ulashishadi.

Bepul master-klassga ishtirok etish uchun o‘z joyingizni band qiling: forms.gle/BRvPTK4yfzQNwFvy6

💬 Mavzu: Kreativ iqtisodiyot, YouTube'da monetizatsiya yoqish va kontent yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlash
🕔 O‘tkaziladigan vaqt: shanba, 29-iyun soat 14:00
📍 Manzil: Yoshlar ijod saroyining 1-zali

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Bu yigitni taniganlar bormi?

Yaxshi yigit, mukofot muborak bo'lsin.

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Yoz mavsumida “Yangi O‘zbekiston vatanparvar yoshlari” dasturi asosida 2 million yoshlar sport va vatanparvarlik tadbirlari bilan qamrab olinadi.


•Maktab, kollej, texnikum, oliygoh sport zallari va kutubxonalari, stadion va basseynlar mahalla yoshlariga xizmat qilishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi;

•Shuningdek, jamoaviy sport o‘yinlari, shaxmat, stol tennisi, badminton, yakka kurash, suzish bo‘yicha tuman, viloyat hokimlari, vazirlar kubogi o‘tkaziladi;

•Mutasaddilarga mahallalarda, maktab, texnikum, oliygoh, sihatgoh va oromgohlar zallarida, parklarda kitobxonlik, she’rxonlik, raqs, musiqa va kino kunlarini tashkil qilish topshirildi.

Har bir istirohat bog‘i, sayilgoh va xiyobonlarga bepul wi-fi o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Har bir viloyatdagi bittadan Barkamol avlod markazida “Kreativ sanoat parklari” tashkil qilinib, ularga IT park rezidentlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.


“Kreativ sanoat parklari” oliygohlar va yirik ishlab chiqaruvchilarga biriktiriladi. Bu parklar yosh tadbirkorlar, ilm va biznes o‘rtasida muloqot maydonchasi bo‘ladi.

Jamg‘arma bu yerdagi yoshlarning startaplariga uch yilga 100 million so‘mgacha ssuda beradi.

Ushbu yosh tadbirkorlarga faoliyatini kengaytirish va aylanma uchun keyinchalik 100 million so‘m imtiyozli kredit beriladi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Yoshlarni katta daromad keltiradigan kasblarga o‘rgatish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha ham katta o‘zgarishlar bo‘ladi.

•Buning uchun har yili 100 million dollar ajratiladi. Investisiya vazirligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi Yoshlar agentligiga o‘tkaziladi;

•Eng ko‘p ish o‘rni yaratgan, fidoyi yosh tadbirkorlar jamg‘arma kengashiga kiradi. Jamg‘arma rahbarini ham ushbu yoshlarni o‘zi saylaydi;

•Jamg‘arma, yoshlarning eng yaxshi 500 ta loyihasini tanlab oladi va ularga “biznes paket” qilib beradi, loyihani tayyor biznesga aylanib, daromad keltirishgacha barcha jarayonida ko‘maklashadi, bozorini topadi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi:

•Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi o‘qigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi.

•Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan o‘qishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi.

•Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Yangi o‘quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik liseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi.


Bu dasturlar asosida sertifikat olgan o‘quvchilar o‘sha oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi.

Yoshlarimiz xorijiy oliygohlarda o‘qish uchun matematika, ingliz tili va ilmiy fikrlash bo‘yicha “SAT” imtihonini topshirmoqda. Bu testlarda 75 foizdan yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar chet elni eng nufuzli oliygohlariga grant yutayapti.

- Endi bunday yoshlarni o‘zimizni oliygohlarga ham grantga qabul qilamiz, - dedi Prezident.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali yetti yilda AQSHning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar yoshlarimiz bitirdi.


Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish doirasida o‘tgan to‘rt yilda:


- “Oilaviy tadbirkorlik” dasturlari doirasida 13,5 trillion so‘m kredit ajratilib, 1 million yosh band bo‘ldi;

- “Yoshlar daftari”dan 107 ming o‘g‘il-qizlarimizga 338 milliard so‘m subsidiya berildi;

- 205 ta “Yoshlar sanoat zonasi”da 2,5 trillion so‘mlik 1,2 ming loyiha ishga tushdi.

Yaratilgan sharoitlar hisobiga, biznesini “nol”dan boshlab, hozirda aylanmasini million dollardan oshirgan 1,5 ming nafar yoshlarimiz bor.

– Qilsa bo‘larkan-ku! Eng muhimi, yoshlarimizni yangi-yangi g‘oyalari ko‘p. Ularga faqat e’tibor va sharoit kerak,- dedi Prezident.


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshiradi hamda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan bir guruh yoshlar "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlandi. Jumladan, ulardan ayrimlari:

Xushvaqtova Mo‘tabar Safar qizi - Ijtimoiy tarmoqlardagi “Urikguli” ekologik blogi asoschisi, Toshkent shahri;

Eshonqulov Muhammadali Olimjon o‘g‘li - “Yuksalish” nodavlat taʼlim muassasalari taʼsischisi;

Yusupova Aysanem Azatovna - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi, kinoaktrisa;

Xasanov Xayitboy Xisenjonovich - So‘x tumani “Sarikanda” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Farg‘ona viloyati;

Mullodjanova Munisa Axmadjonovna - O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi loyiha menejeri;

Ismatov Mirshoxid Rivojiddin o‘g‘li - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi "Loyihalar boshqaruvi markazi" nodavlat notijorat tashkiloti videomontajchisi;

Neʼmatov Miraziz Mirali o‘g‘li - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Tanlanganlar” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri;

Xoliqova Guliraʼno Yulchiboy qizi - Rishton tumanidagi "Xoliqov Yo‘lchiboy" fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati;

Ollaberganova Muyassarxon Davlatboy qizi - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali 1-bosqich magistranti, Xorazm viloyati;

Pardayev Ulmasjon Dovurpulat o‘g‘li - Muborak tumani “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Qashqadaryo viloyati;

Nabixonova Masturaxon Ibrohimxon qizi - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Namangan davlat pedagogika institutidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, Namangan viloyati;

Xudoyberdiyev Shahzod Farxodovich - Sho‘rchi tumani yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati.

📋To'liq ro'yxat

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Millionlab muxlislarni birlashtirgan o‘yin afsonalari O‘zbekistonda

Viloyatlarda bo‘lgan safarlarimiz chog‘ida sportga mehr qo‘ygan, ayniqsa futbolsevar yoshlar bilan ko‘p suhbatlashamiz. "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi "DXX kubogi" musobaqalarida ishtirok etgan va g‘olib bo‘lgan jamoalarda to‘p surib mahallasi uchun kichik futbol infratuzilmasi yutib olgan yoshlarimizni his tuyg‘ulari hamon esimda. Shularni inobatga olib, Yoshlar oyligi doirasida barcha futbol muxlislari uchun jamoamiz va hamkorimiz "BMB Holding" kompaniyasi bilan sovg‘a tayyorlaganmiz.

Jahon futboli yulduzlari, Jahon chempionati, Chempionlar ligasi, Italiya A seriyasi va Germaniya Bundesligasi g‘oliblari mamlakatimizdai. Dida, Panuchchi, Zakkardo va Serjinio singari braziliyalik va italiyalik sobiq o‘yinchilar yoshlarimiz bilan muloqot uchun O‘zbekistonga kelamoqdalar.

Dida - Braziliya terma jamoasining sobiq darvozaboni, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UEFA chempionlar ligasi g‘olibi.

Kristian Panuchchi – Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi, “Real” va "Milan" jamoalari bilan ikki marta UEFA chempionlar ligasi g‘olibi.

Kristian Zakkardo – Italiya terma jamoasining sobiq aʼzosi, o‘ng qanot himoyachisi, jahon va Bundesliga chempioni.

Serjinio – Braziliya terma jamoasining sobiq aʼzosi, yarimhimoyachi, jahon chempioni, ikki karra «Milan» klubi bilan UEFA chempionlar ligasi g‘olibi.

Albatta, mazkur afsonaviy futbolchilarni mamlakatimizga taklif qilish va yoshlar bilan muloqot qilishlarida bizga yaqindan ko‘mak bergan BMB Holding kompaniyasi rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz.

Millionlar o‘yini muxlislari 29 - iyun soat 15:00da ko‘rishguncha.

Manzil: Yoshlar ijod saroyi

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Men o‘zbekistonlikman — qonimda g‘alaba!

Milliy olimpiya terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlayotgan sport muxlislari, qaror qabul qiluvchilar, fikr yetakchilari va barcha-barcha aynan shu g‘oya ostida birlashgan millatdoshlarimiz sportchilarimizni ruhlantirmoqda.

30-iyun — Yoshlar kunida premyerani kuting!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Farg'ona tumani, Obod mahallasi

Yoshlar yetakchisi Islomjon Muhammadjonov taklifiga binoan keldik.

Yetakchimiz mahalla yoshlarining haqiqiy jonkuyari. Batafsil videoda ko'ring.

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Ayni vaqtda Andijondagi koreys tilini o'qitishga ixtisoslashgan "Bright Future" markazidamiz.

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Prezidentimiz va yoshlarning ochiq muloqotidan:

Yosh tadbirkor Abdurazzoqov Olloyorning 500 nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Yoshlar kuni arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qaroriga muvofiq, mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faol yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali hamda “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.

💐Yuksak e’tirof barchangizga muborak boʻlsin!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Bundan keyin ham qizlarning ta’lim olishi, daromad topishi, sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

•Jumladan, og‘ir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi. Ular ishga joylashib, oyoqqa turib olgunga qadar, ushbu uylarda 3 yil davomida bepul yashashi mumkin bo‘ladi;

•Hokimlarga ijtimoiy uylarning namunaviy loyihasini qilib, qurilishni boshlash topshirildi;

Sog‘ligi tufayli ishga qatnay olmaydigan qizlarning yashab turgan xonadonida masofaviy ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi. Bundan tashqari, uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Magistral yo‘llar bo‘yida 50 mingta ko‘chma savdo nuqtalari tashkil qilinib, yoshlarga ijaraga beriladi. Bunda, dastlabki 6 oyda yoshlarga ijara haqi va soliqdan imtiyoz beriladi.


•Bu yil 60 ming gektar yer yoshlarga ajratildi. Endilikda har bir viloyatda 2 tadan tumanda Yoshlar kooperatsiyasi tashkil qilinadi, ularga kerakli texnika, uskunalar va urug‘lik yetkazib beriladi;

•Tadbirkorlar ham yoshlar uchun bunday loyiha qilaman desa, jamg‘arma ularning kredit foizini qisman qoplab beradi. Ushbu maqsadlarga ham 10 million dollar ajratiladi;

•Shuningdek, dehqonchilikni yangidan boshlagan 150 ming yoshlarga tajribali fermerlar va usta dehqonlar biriktirilib, serdaromad va eksportbop mahsulotlar yetishtirishga o‘rgatiladi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Jamg‘arma hokimlar bilan birgalikda 14 ta tumanni tanlab, “to‘rtinchi sanoat” kasblariga o‘qitish markazi ochadi va to‘liq jihozlab beradi:

•Ushbu markazlar yosh tadbirkorlarga 1 yil imtiyozli davr bilan 10 yilga ijaraga beriladi. Markazlarning o‘quv dasturlari xalqaro standartlarga moslashtiriladi;

•Jamg‘arma Surxondaryo tajribasi asosida har bir viloyatda bittadan Yoshlar sanoat zonasida sanoat binolari quradi;

•Bu joylar “sanoat ipotekasi” asosida yuqori qiymat yaratadigan loyihalar uchun yoshlarga 7 yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan beriladi. Bunda yoshlardan birinchi yil uchun to‘lov undirilmaydi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Endilikda, IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi:

•Ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi;

•IT park tomonidan IT kompaniyalardagi kabi tibbiyot, sport va ofisdan foydalanishi uchun ularga “ijtimoiy karta” beriladi;

•Yoshlarni ushbu sohaga jalb qilish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga chet tili bo‘yicha milliy sertifikat (CEFR) olishda qo‘lda yozish imkoniyati bo‘lmaganlarga kompyuterda imtihon topshirish sharoiti yaratiladi.


Yoshlarimiz xalqaro olimpiadalarni nazariy qismida har doim yuqori natijalarga erishadi. Lekin, laboratoriya mashqlarini bajarishda amaliy ko‘nikmalar kam bo‘lgani uchun pastroq ball olayapti.

Endi, Prezident maktablari agentligi qoshida “Olimpiadalarga tayyorlash markazi” ochilib, maxsus laboratoriyalar bilan jihozlanadi. Xalqaro olimpiadada qatnashuvchi terma jamoa reja asosida ushbu markazda tayyorgarlik ko‘radi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Yoshlarni fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan bog‘liq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim joriy qilinadi.


Davlatimiz rahbari ushbu sharoitlarni karra-karra ko‘paytirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdilar.

Mamlakatimiz jadal rivojlanishi uchun bizga “to‘rtinchi sanoat inqilobi” kasblari juda muhimligi qayd etildi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berildi.


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot boshlandi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganini ta’kidladilar.

Birgina ta’lim kreditidan 151 ming yoshlar foydalandi. Ehtiyojmand oiladan bo‘lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so‘m ajratildi. Natijada oliy ta’limda qamrov 9 foizdan 42 foizga, oliygohlar soni esa 77 tadan 212 taga yetdi.


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Bugun yoshlar uchun ko'p yangilik va imkoniyatlar e'lon qilinadi. Yetkazganiga shukr, O'zbekiston va uning Prezidenti yoshlarning rivoji uchun hamma imkoniyatlarni ishga solishga tayyor. Eng muhimi, mehnat qilishdan, ilm ortidan harakat qilishdan hech ham to'xtamaylik.

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

O‘zbekistonda ilk marotaba “Butunjahon yoshlar festivali 2024” doirasidagi tadbirlar Samarqand shahridan boshlandi.


Forum doirasida, 18 ta xorijiy davlatlarning Yoshlar siyosatiga mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralarining rahbarlari va xodimlari, delegatsiya a’zolari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Musulmonlar idorasi rahbarlari, faol yoshlari ishtirokida “Ommalashtirishga arzigulik g‘oyalarni kashf eting!” mavzusida yuzma-yuz uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.  

Festivalda ta’lim, innovatsiya, IT, biznes, media, madaniyat, san’at, sport kabi yo‘nalishlarda seminar va uchrashuvlar o‘tkazilishi hamda ularda nufuzli spikerlar qatnashishi rejalashtirilgan.  


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

✨Har bolaning o‘z orzusi bor

Rangin dunyo go‘zalligini ko‘rish imkoniyati afsuski hammada ham mavjud emas. Ayniqsa, orzulari osmon lekin ko‘rish imkoniyati cheklangan bolajonlar o‘z niyat va istaklarini tasavvurlarida bunyod etishadi.

🌎 ORZU loyihasi aynan shu kabi murg‘ak qalblilarning tasvirlarga ko‘chgan tasavvurlarini Butunjahon yoshlar festivali doirasida o‘tkaziladigan ko‘rgazmada namoyish etmoqchi.

Ushbu xayriya ko‘rgazmasidan tushgan mablag‘lar bolalarning ko‘rish qobiliyatini tiklashga yo‘naltiriladi.


📍
Barchangizni 27-30-iyun kunlari “Toshkent Fotosuratlar uyi”da kutib qolamiz!

#YoshlarKuni #YouthDay #ORZU

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara o‘tkazdilar.

Mamlakatimiz rahbari oliy martabali mehmon va rasmiy delegatsiyaning barcha a’zolarini dildan qutlab, Mo‘g‘uliston Prezidentining ilk davlat tashrifi O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishda yangi sahifa ochishini alohida ta’kidladi.

Muzokaralar davomida mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, sport va yoshlar sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kelishib olindi.


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Kuni kecha, Namangan viloyati Chortoq tumaniga borganimda “Stanford” o‘quv markazi rahbari Bekzod bilan ko‘rishdim.

Bekzod faoliyatini oddiy repetitorlikdan boshlab keyinchalik o‘quv markazi ochdi hamda bugungi kunda filiallar sonini 5 taga yetkazdi. Shuningdek, 4000 nafardan ortiq yoshga bilim berib kelayotgan o‘quv markaz bugun 120 ga yaqin hamyurtimizni ish bilan taʼminladi.

Bunday shijoatli, bilimli va intiluvchan yoshlar sabab bugun mamlakatimizda minglab yoshlar bilimli bo‘lmoqda. Bekzodning esa ishlariga omad tilayman!


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Ayni damda Yangiqo'rg'on tumani, Gaznon mahallasi yetakchisi Asadbek Umaraliyevning taklifiga binoan chekka hududga keldik.

Bolalar kutubxona so'rashdi, shuningdek ularga chet tillari oromgohiga yo'llanmalar berdik. Hunarmand yoshlarning tadbirkorlik loyihasi uchun maxsus buyurtmalar berib qaytdik.

Safarimiz davom etadi.

Читать полностью…
Subscribe to a channel