Quvada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Fargʻona viloyatiga tashrif buyuradi.
Tashrif davomida hudud sanoati va infratuzilmasining rivojlanishi, mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, yangi yirik loyihalarga start berish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
@alisher_sadullaev
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi va qator tashkilotlar vakillaridan iborat delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi qizg’in uchrashuvlarga boy boʻlmoqda ulardan:
• Delegatsiya a’zolari Lanjou investitsiya va savdo forumida ishtirok etib, unda Oʻzbekistondagi mahalla tizimi, "yettilik" faoliyati namoyish etildi;
• O‘zbekiston delegatsiyasi Butun Xitoy sanoat va savdo federatsiyasi, tadbirkor ayollar savdo palatasi ijrochi prezidenti Chjao Sinszu boshchiligidagi xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashdilar;
• Chjao Sinszu Xitoy tomoni O‘zbekistondagi biznes muhitiga doimo ishonch bilan qarashini, hamkorlikda yangi loyihalarni boshlashga tayyorligini bildirdi;
• Lanjou investitsiya va savdo xalqaro koʻrgazmasida Oʻzbekiston pavilyoni bilan ishtirok etdi;
• Delegatsiya a’zolari Pekin shahridagi Oʻzbekiston elchixonasida vatandoshlar bilan uchrashdilar. Dunyo mamlakatlari bilan olib borilayotgan konstruktiv siyosat natijasida xorijiy davlatlarda ta'lim olayotgan oʻzbekistonlik yoshlar soni ortib bormoqda.
• Uchrashuv erkin, samimiy boʻlib oʻtdi. Vatandoshlarimiz oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Muammolar oʻz vaqtida hal etilib, mas’ullarga kerakli topshiriqlar berildi.
Aziz do'stlar, bir masalada yordamingiz kerak.
O'zbekistonda salohiyatli (eng kuchli) yosh tadbirkor sifatida kimlarni bilasiz. Qaysi sohada? Qancha ishchi o'rni yaratgan? Istiqboli qanday?
Muloqotimiz boshlandi. Yaqin daqiqalarda suhbat boshlanadi.
👉/channel/alisher_sadullaev?livestream
⚡️Bugun loyihalar yuzasidan muloqot qilsak nima deysizlar?
Mavzu: o'zbek va xorijiy tillarni rivojlantirish, o'quv markazlari bilan hamkorlik, "Kelajak kasblari" loyihasini davom ettiramizmi?
9 yoshli dasturchi bolakay mavzusi qizg'in muhokama bo'layapti.
"Ko'pchilik men ham uddalay olardim yoki bu oddiy ish-ku, bizga ham shunday sharoit qilib bering" deb yozishmoqda.
⚡️Shulardan kelib chiqib menda bir taklif bor. Umuman, telegramda sun'iy intellekt xizmatlari va boshqa kreativ xizmatlar ko'rsatadigan eng zo'r bot yaratadigan yoshlar uchun ochiq Respublika chempionatini o'tkazsak(Hackatons). 100 nafar g'oliblarga o'qish xarajatlari, stipendiyalar yoki ofis sharoitlarini yaratib bersak, kerak bo'lsa maxsus oromgohlarda eng zo'r mutaxassislar tomonidan ularni o'qitsak nima deysizlar?
Ko'pchiligimiz "yoshlar uchun ko'rishga arzirli kinoseriallar kam, deyarli yo'q" deb ta'kidlaymiz. Aynan shu gapni bir guruh yosh ijodkorlar ham yaqinda qabulimga kelishganda aytishgandi.
Ularga javoban "shu seriallarni o'zinglar olinglar, biz yordam beramiz degandim". Chunki har doim men yoshlarning yechimning bir qismi ekanligi, ba'zan katta-katta og'riqli muammolarni yoshlarning o'zlari mustaqil yecha olishlariga ham ishonaman.
Xo'sh, natija nima bo'ldi? Menga ham bu juda qiziq. Yosh ijodkorlar o'zlari tasvirga tushirgan veb-serialning "trailer"ini e'lon qilishibdi.
Bahoni men emas, Sizlar beringlar. Izohlarda ilk taassurotlaringizni bo'lishing. Yaxshimi, yomonmi yosh ijodkorlar mehnatiga baho bering. Sizlardan umidimiz katta.
Serialni ko'rish va izoh yozib qoldirish uchun: https://youtu.be/SS91CzHnhug?si=CO1R8z_HEh7BKZMe
⚽️ Yuragida o‘ti bor, futbolsevar yoshlar va barcha o‘zbekistonliklar uchun maxsus #qonimdagalaba chellenji e’lon qilindi!
Mukofot jamg‘armasi: 500,000,000 so‘m!⚡️
Chellenjda qatnashish shartlari:
1. Futbol mavzusida 1 daqiqadan oshmagan video suratga oling.
2. Uni #qonimdagalaba heshtegi bilan Instagram tarmog‘iga joylang.
3. Shoshiling: videolar 20-iyulgacha qabul qilinadi.
🏆 Sportchilar, jamoatchilik faollari, media sohasi vakillaridan iborat hay'at eng yaxshi 10 ta videoni saralab oladi.
Aynan shu TOP 10 videoning har biri uchun 50,000,000 so'm mukofot beriladi!
👉 Chellenj haqida to‘liq ma'lumot 👈
Omad! Futbol bo‘yicha Olimpiya terma jamoamizni munosib qo‘llab-quvvatlaylik!💪
Prezidentimiz va yoshlarning ochiq muloqotidan:
Yosh tadbirkor “Cambridge” o’quv markazi rahbari Jahongir Po’latovning biznesda erishgan natijalari davlat rahbari tomonidan e’tirof etildi. Oʻquv markazida hozirda 10 ming dan ziyod yoshlar til oʻrganishmoqda.
Shuningdek, “Cambridge” oʻquv markazi “Kelajak kasblari” loyihasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan boʻlib, oʻquv markazining 10 ga yaqin filliallarida 1 164 nafar yoshlarga ingliz tili boʻyicha taʼlim berishga erishildi.
@alisher_sadullaev
⚡️ Sizlarga bir yangilik aytmasam bo'lmaydi!
Bolalar uchun milliy qahramonlar loyihasi ustida ish boshladik.
Tanishing, Bek va Lola.
Multfilmning asosiy g'oyasi nima haqida deb o'ylaysizlar? Global darajaga chiqa olamizmi?
⚡️Ovozli suhbatimiz boshlandi:
Savollarni aniq va tushunarli tarzda izohlarda yozib qoldiring.
👉/channel/alisher_sadullaev?livestream
Ertaga yoshlar bilan telegram kanali orqali muloqot o"tkazmoqchiman?
Qanday mavzu/soha tanlaymiz? Izohlarda javoblaringizni kutaman.
Aziz yoshlar!
Bilimli, isteʼdodli, oʻzining kuchi va salohiyatiga ishonib, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning istiqboli albatta yorugʻ boʻladi. Biz Oʻzbekiston yoshlarini ana shunday ezgu fazilatlar sohiblari etib tarbiyalash uchun bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.
Hech qachon unutmang, sizlar yoshlikning har bir daqiqasini gʻanimat bilib, doimo bunyodkorlik va ijodkorlik hissi bilan, Vatanga cheksiz mehr va sadoqat tuygʻusi bilan yashasangiz albatta kam boʻlmaysiz.
30 iyun – Yoshlar kuni muborak bo'lsin!
@alisher_sadullaev
Prezidentimiz korteji Farg’ona shahrida aholi turar joy massivlari tomonga yo’naldi.
@alisher_sadullaev
Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov va yoshlar o‘rtasida bo'lib o'tgan uchrashuv davomida “Ibrat farzandlari“ loyihasi orqali xorijiy tillarni o‘rganayotgan yoshlar bilan suhbat o'tkazilib, fikrlar almashildi.
Viloyat hokimi yoshlarning taklif va muammolarini tinglab, chet tillarini yaxshi o‘zlashtirgan yoshlarni ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rish uchun mas’ullarga topshiriq berdi.
@alisher_sadullaev
Yana bir o'zbekistonlik jahon chempioni
Marsel Shayusupov Serbiyaning Belgrad shahrida imkoniyati cheklangan shaxmatchilar o'rtasidagi jahon chempionatida klassik bahslarda chempion bo'ldi. Shu yo'nalishdagi 3-o'rin esa yana bir hamyurtimiz Sardor Turg'unboyevga nasib etdi.
Klassikada jahonda tengsiz deb topilgan Marsel blits bahslarida ham munosib ishtirok etib, bronza medallariga sazovor bo'ldi.
✊🏼Barakalla, yigitlar! Biz siz bilan faxrlanamiz!
@alisher_sadullaev
Ovozli suhbatimiz texnik sabab tufayli yakunlandi. Lekin savollarga izohlarda javob berishga harakat qilaman.
Читать полностью…Telegram orqali muloqotimiz 17:30da boshlanadi.
👉/channel/alisher_sadullaev?livestream
Mavzu: o'zbek va xorijiy tillarni rivojlantirish, o'quv markazlari bilan hamkorlik, "Kelajak kasblari" loyihasini davom ettiramizmi?
Muloqotda, yoshlar yetakchilari, hududiy agentlik rahbarlari, o'quv markazi rahbarlari va "Kelajak kasblari" doirasida kasb o'rganmoqchi bo'lgan yoshlar ishtirok etishadi. Muloqotimiz barcha uchun ochiq.
Izohlarda mavzuga doir savollarni qoldirsangiz, ularga javob berishga harakat qilamiz.
⚡️Vanihoyat Bek va Lola dunyo yuzini ko'rishga tayyor.
Milliy qadriyatlarimiz ustiga qurilgan, bolalarimizga ta'lim, odob qoidalarini o'rgatishga va vatanparvarlik g'oyalarini ilgari suruvchi multfilmimiz tayyor.
Tez kunlarda farzandlaringiz bilan YouTube tarmog'i orqali premyerani kuzatishingiz va har kunlik rejangizga Bek va Lola qo'shib qo'yishingiz mumkin. Loyiha ustida o'zimizning qorako'zlar mehnat qilishmoqda. Ularning maqsad va rejalari ulkan.
#bekvalola #milliyqadriyatlar #multfilm
Kecha 9 yoshli bolakay tomonidan yaratilgan sun'iy intellekt yordamida ishlaydigan bot haqida o'qib qolgandim.
Albatta, bot hali mukammal bo'lmasa ham bu bolakayning katta ishlarni amalga oshira olishiga umidvormiz. Shu sababli, biz uning ota-onasiga shuni ma'lum qilmoqchimiz.
"Farzandingizning barcha o'qish va rivojlanishi uchun kerak ta'lim xarajatlarini qoplashga hamda uni loyihani davom ettirishi uchun kuchli jamoa va ofis sharoitlari bilan ta'minlashga tayyormiz".
@alisher_sadullaev
Ba'zan loyihalar ko'pligidan e'lonlar 3 kunlab kechikib ketadi. Yuzlab eng zo'r yosh mutaxassislar katta loyihalarni ham qo'rqmasdan amalga oshirishidan zavq olaman.
Kuni kecha milliy kontentni rivojlantirish doirasida yana bir yangi ijod mahsuli e'lon qilindi.
Yangi loyihamiz Sizlarga qiziqmi?
“Yosh eksportchilar" loyihasiga start berildi!
- Siz qishloq xo‘jaligi sohasiga qiziqasizmi?
- Chet tili bo'yicha B2 darajangiz bormi?
- Siz kelajagingizni aynan shu sohada ko'rasizmi?
Agar javoblaringiz "Ha" bo‘lsa, sizda dunyoga chiqish imkoniyati bor!
Siz avvalo seminarda qatnashish uchun ro'yxatdan o'tasiz, shundan so'ng seminar treninglarni yaxshi o‘zlashtirib tamomlasangiz, respublikamizda faoliyat olib borayotgan eksport korxonalarga biriktirilib doimiy ish bilan ta’minlashingiz mumkin.
🔗Loyihada roʻyxatdan oʻting
Loyiha: Yoshlar ishlari agentligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Oʻzbekiston yosh fermerlari Kengashi hamda Ibrat farzandlari hamkorligida amalga oshirilmoqda.
🌎 Qo‘shaloq bayram: o‘zbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni 300 000 dan oshdi!
🌎 Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o'tkazilayotgan "WikiStipendiya" marafoni uchinchi mavsumi doirasida o'zbekcha vikipediyadagi maqolalar soni 259 mingdan 300 mingtaga yetdi.
🌎 Shuningdek, jahon vikireytingida o'zbek tili 42-o'rindan 40-o'ringa ko'tarildi.
@alisher_sadullaev
Endi suhbatlarni mavzularga bo'lib o'tkazamiz. Misol uchun, keyingi suhbatimiz "chet tillarini o'rganish va o'rgatish" mavzusiga bag'ishlanadi.
Nima deysizlar? Yoki boshqa sohani tanlaymizmi?
⚡️Aziz yoshlar, Sizlar bilan ochiq muloqotimiz 19:30da boshlanadi.
👉/channel/alisher_sadullaev?livestream=40a29044a0eb2c5933
Ayni daqiqalarda, Poytaxtimizdagi “Humo arena” sport saroyida 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo'lib o'tmoqda.
Sizlarni bugungi bayram bilan yana bir bor tabriklab, o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadlarga erishishdabarchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, omad va zafarlar tilayman—dedi Prezident oʻz tabrigida.
Shaxsan Prezidentimizdan yoshlar kuni uchun maxsus!
Barchasi uchun katta rahmat, janob Prezident.
P.S. sevimli iqtibosingizni izohlarda qoldiring, aziz yoshlar.
⚡️Prezidentimizning tegishli qaroriga ko‘ra Yoshlar uchun quyidagi yangi imkoniyatlar joriy etildi:
1. Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha (ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari) C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarning oʻqish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi;
2. 2024-yil 1-sentabrdan yoshlarning (nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari) xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi;
3. Oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi;
4. Ota-onalar va o‘quvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yiladi;
5. Xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o‘rgatish bo‘yicha dunyoning yetakchi markazlari, oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yiladi hamda ularning xalqaro ta’lim standartlariga mos ta’lim dasturlari “Ibrat farzandlari” va “Ustoz” loyihalariga tatbiq etiladi;
6. Olis va chekka hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi eng yuqori ko‘rsatkichga ega 100 ta xususiy o‘quv markazining ta’lim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara to‘lovi xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi;
7. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining sinf xonalarini ta’lim jarayonidan bo‘sh vaqtda kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi bilan xususiy o‘quv markazlariga berishga ruxsat etiladi.
⚡️Shuningdek qarorga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklandi:
1. Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish jarayonlarini takomillashtirish, talab yuqori bo‘lgan chet tillarini mukammal o‘zlashtirish uchun sharoitlarni kengaytirish;
2. Xorijiy tillarni o‘qitish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi YATTlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari ushbu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, sohadagi muammolarni muntazam ravishda tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha takliflar tayyorlash;
3. Xususiy o‘quv markazlari reytingini shakllantirish hamda reytingda yuqori o‘rinni egallaganlarni rag‘batlantirish;
4. Yoshlar orasida kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganishni targ‘ib qilish, ushbu yo‘nalishdagi ijtimoiy loyihalar, ko‘rik-tanlov va olimpiadalarni tashkil etish.
@alisher_sadullaev