⚽️Gooooooool!
🇺🇿Oʻzbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov KXDR milliy terma jamoasi darvozasiga ilk golni kiritdi.
✊Omad, yigitlar!
@alisher_sadullaev
🌐 O‘zbekiston “Inklyuziv ijodkorlik – o‘zgargan voqelik” shiori ostidagi Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumani (WCCE 2024)ga mezbonlik qiladi.
2–4-oktabr kunlari ijodkor olam vakillari Toshkentda Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumanida to‘planadilar.
Ushbu noyob anjuman dunyoning 80 dan ortiq mamlakatidan qariyb 2000 ga yaqin madaniyat va san’at dunyosi namoyandalari, rassomlar, novatorlar, siyosatchilar va tadbirkorlarni jamlaydi.
Konferensiya O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan Indoneziya Turizm va kreativ iqtisodiyot vazirligi, BMTning Savdo va rivojlanish (YUNKTAD) hamda Jahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
📍СAEx
✍️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
https://wcce.uz/ru/registration
Instagram | Facebook | X
🥇6-oltin medal!
F41 klassida yadro uloqtirish bellashuvlarida ishtirok etgan yurtdoshimiz Boburjon Omonov 14.32 metr natija qayd etib, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida oʻzi oʻrnatgan rekordni yangiladi va ikki karra Paralimpiyada chempioni bo’ldi.
🇺🇿Delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 6 ta oltin. 4 ta kumush va 4 ta bronza.
@alisher_sadullaev
Beshinchi oltin medal!!!
Yorqinbek Odilov nayza uloqtirish bahslarida 50.32 metr natija bilan 1-o’rinni qo’lga kiritdi!
✊🏼Yashang, Yorqinbek!
@alisher_sadullaev
Mustaqillik bayrami muborak bo’lsin!
Mustaqillik nafaqat imtiyoz, balki sizning qarorlaringiz va harakatlaringiz uchun mas’uliyatdir. Bu kun yangi yutuqlar va shaxsiy rivojlanishlar uchun ilhom manbai bo’lsin.
@alisher_sadullaev
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev nutqi davomida:
“Yurtimizda dunyodagi nufuzli oliygohlarning filiallarini ochib, O‘zbekistonni yirik ta’lim markaziga aylantirishni maqsad qilganmiz.
Yoshlarimiz yetakchi xorijiy universitetlarda tahsil olib, tajriba orttirib, Vatan ravnaqi yo‘lida xizmat qilishga bel bog‘laganlar. Buning uchun ularga “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yanada qulay imkoniyatlar yaratamiz.
Ayniqsa, xotin-qizlarning bilim olishlari, kasb egallashlariga alohida e’tibor qaratishimiz lozim.
Men hurmatli ota-onalarga qarata aytmoqchiman: qizlaringizni o‘qiting, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishlarida ularga ko‘makchi bo‘ling!
Ulug‘larimiz aytganlaridek, o‘g‘il bolani o‘qitsak, bir kishi savodli bo‘ladi. Qiz bolani o‘qitsak, butun oila, butun jamiyat bilimli bo‘ladi!” - dedi Prezidentimiz
@alisher_sadullaev
🌳"Shahidlar xotirasi" maydonida qatag'on qurbonlari eslanib, ularning haqqiga duolar o'qildi.
Prezidentimiz tomonlaridan ularning nomini abadiylashtirish va yoshlarimizga tarixni ko'proq anglatish uchun ko'plab loyihalarni amalga oshirish tashabbuslari ilgari surildi.
@alisher_sadullaev
⚡️Asila Mirzayorova paralimpiya terma jamoamizga birinchi oltinni olib keldi.
Barakalla, Asila! Ota-onangizga, ustozlaringizga rahmat.
🔥Nodirbek Abdusattorov "Sinquefeld Cup"da qancha pul ishlab topdi?
Keyingi safar albatta faqat birinchi o'rinni qo'lga kiritishni tilaymiz.
Tez orada Budapeshtda bo'lib o'tadigan shaxmat olimpiadasidan oldin, jamoa a'zolarining yaxshi formada ekanligi albatta quvonarli holat.
Shu kunlarda menga bir masalada murojaatlar ko'paydi.
Aniqroq aytsam, "xalqaro imtihon tizimlari bo'yicha kompensatsiya qaytarib olishda muammolar bo'lmoqda" deyishmoqda.
Misol uchun "IELTS" imtihonidan yuqori ball olganlar, kompensatsiya pulini olishda kechikish borligini bildirishgan.
Siz ham kompensatsiya olishingizda shunday muammolarga duch keldingizmi?
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan DXX kubogining futbol bo‘yicha finalida Qashqadaryo viloyati, Koson tumanining Arabxona mahallasi jamoasi 1-o’rinni egalladi.
O‘yinning birinchi bo‘limida Qashqadaryo jamoasi 1:0 hisobida oldinga chiqdi va ushbu natijani oxirigacha saqlab qoldi.
Natijalar bilan tanishing:
1-o‘rin: Qashqadaryo viloyati;
2-o‘rin: Toshkent viloyati;
3-o‘rin: Andijon viloyati.
🔥 Abu-Dabida katta g'alabalarga yaqinmiz
Faqat olimpiada chempionlariga aniqlik va omad kerak. Shaxsan o'zim ham jonli efirga qo'shilmoqchiman.
Savollaringizni jonli efirda kutib qolaman.
👉 https://www.youtube.com/live/8dBzN1ixoXI?si=Xe-lFX5HMpuRFb2n
⚡️Parijda hammasi qanday bo'lgan edi?
G'oyaga nechi baho🔥
Supermariochi do'stlarimizga jo'natib qo'yamiz)
#supermario #superpeople #creative #uzbekistan #olympicgames #paris2024
#Diqqat_tanlov📣
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Vazirlik va idoralar hamkorligida ijodkorlar o‘rtasida Respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilinadi
Mazkur tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:
🎥 “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik”
🎼 “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq”
🔖 “Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r”
⚡️Beshinchi yoʻnalish – biznes uchun toʻsiq va gʻovlarni yanada qisqartirish
•Soliq toʻlamaganlik uchun tadbirkorga jinoyat ishi qoʻzgʻatishga asos boʻladigan miqdorni 2 baravargacha oshirish taklif qilindi;
•Ochiq muloqot yakuni bilan “Qoraqalpogʻistonda biznes qiling” dasturi qabul qilinishi belgilandi;
•Soʻng davlatimiz rahbari tadbirkorlarning amaliy taklif va tashabbuslarini tinglab, ular bilan fikr almashdilar.
Hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar, hech narsadan cho‘chimang. Biling, ortingizda Prezident turibdi!”-dedi davlatimiz rahbari muloqot yakunida.
⚡️Bugun O’zbekiston milliy terma jamoamiz JCH-2026 saralash bosqichida KXDR terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O’yin 5-sentyabr Toshkent vaqti bilan 19:00 da “Bunyodkor” stadionida boshlanadi. Mazkur o’yinni “Sport tv” orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi.
✊Omad yigitlar, biz sizga ishonamiz!
@alisher_sadullaev
🇺🇿 Oʻzbekistonda endi zamonaviy kasblarni toʻliq bepulga oʻrgatadigan dastur bor
🤩 “Ustoz AI” mobil ilovasida zamonaviy kasblar bilan fanlarni bepul oʻrganishingiz mumkin.
Dasturda bilimingizni mustahkamlash uchun maxsus testlar yeching.
🪙 Testlarni yechib, ballar toʻplang va peshqadamlar safida boʻling. Kelajakda esa UstozCoin bilan sovgʻalarni sotib oling.
Kursni bitirib, Prezident farmoni asosida davlat dasturiga kiritilgan loyihaning oliy sertifikatini qoʻlga kiriting.
Zamonaviy kasb va fanlarni bepul oʻrganing: Android va iOSЧитать полностью…
Qadrli yurtdoshlar! Mustaqillik bayrami munosabati bilan sizlarni samimiy tabriklayman. Bu muhim kun biz uchun yurtimizning erkinligi, tinchligi va taraqqiyoti ramzi hisoblanadi.
Aziz yoshlar, hurmatli hamkasblar! Yurtimizning ravnaqini ta’minlashda ko‘rsatgan mehnatingiz va fidoyiligingizni yuqori baholayman.
Birgalikda erishgan yutuqlarimiz va oldimizdagi maqsadlarimiz bizni yanada kuchliroq va yagona qiladi. Oʻylaymanki, har birimizning sa’y-harakatimiz, tashabbusimiz yurtimizning rivojiga xizmat qilmoqda.
Barchangizga sog‘liq, baxt, tinchlik va yangi yutuqlar tilayman. Bayramingiz muborak bo‘lsin!
🥇O’zbekistonda 4-oltin medal!
Asad Toshtemirov — oltin medal sohibi! Yurtdoshimiz para taekvondo bahslarida barcha raqiblari ustidan g’alaba qozonib, delagatsiyamiz hisobiga to’rtinchi oltin medalni olib keldi!
👏Barakalla, Asad!
@alisher_sadullaev
Biz endi 37 millionlik katta xalqmiz.
O‘zbekiston hozirgi kunda aholi soni bo‘yicha jahondagi eng yirik 40 ta davlatdan biri hisoblanadi.
Bu raqamni islohotlarimiz, mehnatimiz, bilim va qobiliyatimiz bilan katta salohiyatga aylantirishimiz kerak.
Dengizga chiqish imkoniyatimiz cheklanganini inobatga olib, e’tiborimizni kreativ sohalarga qaratishimiz, ularni jadal rivojlantirishimiz zarur. Jahonda kreativ sanoat mahsulotlari eksportidan yiliga milliardlab dollar daromad topayotgan mamlakatlar ko‘p.
Binobarin, shunday mahsulot ishlab chiqarishga bel bog‘lagan ijodkor ishbilarmon-larimizni, ayniqsa, yoshlarimizni har tomonlama rag‘batlantiramiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
@alisher_sadullaev
Davlatimiz rahbari O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligiga bag’ishlangan bayram tantanalaridagi nutqida O‘zbekistonning barcha yoshlariga murojaat qildi:
“Qadrli o‘g‘il-qizlarim, mamlakatimiz istiqboli, barcha ezgu niyatlarimiz ijobatini biz avvalo sizlarning timsolingizda ko‘ramiz.
Kelajakda turli sohalarda ulkan yutuq va zafarlarga erishib, yurtimizni dunyoga yanada keng tarannum etishingizni istaymiz.
Marrani baland oling, siz buyuk ishlarga qodirsiz!
Hamisha o‘z kuchingiz, qat’iyat va salohiyatingizga ishoning!
Davlatimiz, xalqimiz, Prezident sizlarni bu yo‘lda doimo qo‘llab-quvvatlaydi, har qanday yordamni ayamaydi”. - dedi Prezident
@alisher_sadullaev
⚡️Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillariga davlat mukofotlarini topshirdilar.
Bugun halol mehnati, fidoyiligi va vatanparvarligi bilan e'tirof etilgan barcha davlat xizmatchilarini samimiy qutlaymiz!
Jumladan, yoshlar bilan ishlash bo'yicha respublika komissiyasi raisi, ko'plab yoshlarning ustozi Qahramon Qo'chqorovichni ham yoshlar jamoasi nomidan muborakbod etamiz!
@alisher_sadullaev
🇺🇿Parijda o’zbek qizi rekord o’rnatdi.
⚡️Para yengil atletika bo'yicha ayollar o'rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bahsida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Asila Mirzayorova dastlabki urinishidayoq 5,22 metr natija qayd etib, ushbu yo'nalishda Paralimpiya o'yinlari rekordini o'rnatdi.
🇺🇿Ma’lumot uchun. ushbu yo'nalishda avvalgi Paralimpiya o'yinlari rekordi 1996-yil Atlantada o'tkazilgan o'yinlarda ispaniyalik Ortiz Ochistkaga tegishli edi - 5,07 m.
@alisher_sadullaev
⚡️Bugun, Koʻksaroy qarorgohida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Parij Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashdilar.
Yaqinda Prezident farmoni bilan 33-yozgi Olimpiada o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlari, ularning murabbiylari hamda sport delegatsiyamiz aʼzolaridan bir guruhi mukofotlangan edi.
Bugungi marosimda davlatimiz rahbari ushbu yuksak mukofotlarni o‘z sohiblariga tantanali topshirdilar.
Olimpiadada mamlakatimiz ishtirokchi davlatlar orasida umumjamoa hisobida 13-o‘rinni, Osiyo qitʼasida 4-o‘rinni, turkiy va islom mamlakatlari hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan edi.
Davlat xavfsizlik xizmati kubogi futbol musobaqalarida 3 ta yo'nalishda ham vohalik yoshlar g'alaba qozonishdi!
Mini futbol o’yinlarida: Erkaklar yo’nalishida: Qamashi tumani 3 karra 1-o’rin sohibi;
Xotin-qizlar o’rtasida: Qarshi shahar “Gungong” mahallasi jamoasi;
Katta futbol bo’yicha: Koson tumani “Yuqori arabxona” jamoasi.
🇺🇿 O'zbek shaxmatchilaridan ajoyib g'alabalar!
Nodirbek Yakubboyev Abu-Dhabi Masters turnirida biror marotaba mag'lubiyatga uchramagan holda, 9 turdan 7 ochko to'pladi. Nodirbek g'oliblik bilan birgalikda 30000$ni ham o'ziniki qilib oldi.
Yana bir yurtdoshimiz Shamsiddin Vohidov ham 7 ochko to'plagan bo'lsada, qo'shimcha natijalar bo'yicha 3-o'rin hamda 8000$ pul mukofotini qo'lga kiritdi.
✊🏼 Barakalla, Yigitlar!
@alisher_sadullaev
⚡️Oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yili 9-sentyabr, dushanba kunidan boshlanadi.
⚡️Akademik litseylarda esa yangi oʻquv yili 4-sentyabr, chorshanba kunidan boshlanadi.
⚡️Maktablarda esa yangi oʻquv yili 4-sentyabr, chorshanba kunidan boshlanadi.
@alisher_sadullaev
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan “Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” koʻrik-tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari eʼlon qilindi va taqdirlandi.
Loyihalar tashabbuskorlari platforma orqali ariza yuborib, “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi ishtirokchisiga aylangan boʻlishi tanlovning asosiy sharti sifatida belgilandi.
Tanlovga kelib tushgan loyihalarni baholashda mahallalarda yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan biznes loyihalarga ustuvorlik berildi.
Hududiy bosqichlarda gʻolib va sovrindor boʻlgan 42 ta loyihaga 7 mlrd. 560 mln. soʻmlik kreditlar ajratildi.
@alisher_sadullaev
⚡️Hayotimda birinchi marta kitobxonlik uchun xayriya qilishim.
Albatta, hozircha, 10 ming so'm xayriya qildim, chunki "mutolaa" loyihasida hali xayriya pullari qaysi kitoblarni audiolashtirish yoki epub shakliga keltirish ko'rsatilmagan ekan. Shunchaki, umumiy loyihani qo'llab-quvvatlash uchun xayriya qilish imkoniyati ham bor ekan.
Shunday bo'lsa ham yangi tajriba asosida shaffof hamda xalq ko'magi bilan ham ko'plab kitoblarni audiolashtirish va epub shakliga keltirishda o'z hissamni qo'shishga qaror qildim.
To'g'ri, xayriya har kimning o'z ishi, bunga sizlarni da'vat qilish niyatim yo'q, shunchaki bir kichik yangilikni sizlar bilan bo'lishdim.
⚡️IT sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
• Endi, barcha sohada sun’iy intellekt texnologiyalari keng joriy qilinadi. IT parkda sun’iy intellekt markazi ochiladi;
• Bu yo‘nalishda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Loyihalarni moliyalashtirish uchun 50 million dollar ajratiladi;
• Startaplarni “oyoqqa turgʻazish” uchun venchur jamgʻarmalar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Buning uchun IT park ham 10 million dollarlik jamgʻarma tashkil qiladi;
• Shuningdek, startap xorijdan olib kelgan har 1 dollar investitsiyasiga davlat ham 1 dollar resurs beradi. Startap ishlanmalarini patentlash va savdo belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish kabi xarajatlarni davlat qoplab beradi.
@alisher_sadullaev