alisher_sadullaev | Unsorted

Telegram-канал alisher_sadullaev - Alisher Sadullaev

203948

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida • Yoshlar ishlari agentligi direktori • Oliy Majlis Senati a’zosi • O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Subscribe to a channel

Alisher Sadullaev

Muloqotimiz boshlandi. Marhamat quyidagi link orqali muloqotda ishtirok etishingiz mumkin:

👉 /channel/alisher_sadullaev?livestream

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Muloqotimiz 19:00da boshlanadi.

Ushbu havola orqali unda ishtirok etishingiz mumkin: /channel/alisher_sadullaev?livestream

Taklif va fikrlaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin. Eng yaxshi g'oyalarni o'qib eshittiramiz yoki jonli efirga ulashimiz mumkin.

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Avvalroq ertaga Toshkent viloyati yoshlari bilan muloqot qilamiz deb yozgan edim.

11:30da Yangiyo'l tumani, "G'alaba" mahallasida,

15:00da Chinoz tumani, ixtisoslashtirilgan maktab binosida,

Muloqot ochiq tarzda o'tkaziladi. Ro'yxatdan o'tish shart emas. Izohlarda yozib qoldirsangiz, tashkilotchilar tomonidan qo'shimcha ma'lumotlar berib boriladi.

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Ertadan Toshkent viloyati yoshlari bilan mavjud va yangi loyihalar, yoshlarning taklif hamda fikrlarini tinglash maqsadida joylarda muloqotlarimiz boshlanadi.

Siz qaysi tumanlarda yoshlar bilan muloqotlar bo'lishini xohlar edingiz?

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Obunachilarimizga yana bir muhim savol

Qaysi o'quv markazida zamonaviy kasb yoki chet tillarini o'rganasiz? Qancha ko'p markazlar bo'lsa shuncha yaxshi.

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Omadimiz keldi. Rahmat, yigitlar. Omad bizni tark etmasin. Keyingi o'yinlarda, og'ir o'yinlarda ham g'alaba nasib qilsin.

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Bugun O’zbekiston milliy terma jamoamiz JCH-2026 saralash bosqichida BAA terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O’yin 15-oktyabr Toshkent vaqti bilan 19:00 da “Bunyodkor” stadionida boshlanadi. Mazkur o’yinni “Sport tv” orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi.

Omad yigitlar, biz sizga ishonamiz!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

#tayinlov

Xojiyev Nodirbek Toirovich - O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar, Nodir Xojiyev Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan.

Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Xojiyev Nodirbekni yangi mas’uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️ Mutolaadan yana bir shedevr!

"Kichkinda shahzoda" hujjatli filmining premyerasi:
👉https://youtu.be/OfWI3jds690?si=zA2yoJPTsKNx770A

Kitobni o'qiganlar bormi?

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Eron bilan durang ham yomon emas. VAR zo'r ishladi. Qizil kartochka bizga katta ustunlik bermadi, ayniqsa endshpilda. Eng muhimi raqiblar tepishi mumkin bo'lgan penalti VAR tomonidan inobatga olinmagani bo'ldi. Yutkazmaslik ham aslida bir g'alaba, faqat hozircha.

P.S. Agar o'yin oxirida penalti berilganida, hozir umuman durang ham orzu bo'lardi, Shuning uchun keyingi o'yinlarni yutishni o'ylash kerak. Gap tamom.

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Avvalroq sizlarga zamonaviy kasblarni to'liq bepul o'rgatadigan "Ustoz AI" loyihasi, mobil ilovasi xabar qilgan edik. Bugungi kunga kelib, ushbu mobil ilovani Android va iOS orqali 83 ming martadan ko'p yuklab olindi.

⚡️Bugun esa sizlarga yana bir yangilikni e'lon qilamiz. "Ustoz AI" loyihasini web platformasini ham ishga tushirdik. Bu esa, talabalar va o'quvchilar uchun zo'r imkoniyat. Endi OTM va maktablarda ham web platforma orqali bemalol foydalanish mumkin bo'ladi.

👉Marhamat: https://www.ustoz.ai/

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Tekinga o‘qib, yuqori daromadli ishga ega bo‘ling!

Jahon iqtisodiy forumi tomonidan dunyoda masovafiy ish joylari 2030 yilgacha 25 foizga o‘sishi kutilayapti. Ushbu masofaviy ishlarda ishlab, yuqori daromad topish uchun TEKINGA chet tillari va zamonaviy IT texnologiyalarini o‘rganing:

- Tekinga IT texnologiyalarini School21da Toshkentda va Samarqandda bemalol o‘qishingiz mumkin (boshqa viloyatdagilarga esa yotoqxona bor): https://21-school.uz/

- Tekinga Yandex dasturlash maktabida Toshkent, Samarqand va Urgenchda ham o‘qishingiz mumkin: https://codingschool.yandex.uz/

- Tekinga Ingliz va boshqa chet tillarini Ibrat Farzandlari loyihasi orqali o‘rganing: /channel/ibratfarzandlari

- Ingliz tilini B2 va undan yuqori darajada bilgan yoshlarimiz esa IT sertifikatini TEKINGA olishlari mumkin (o‘qish va sertifikat olish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi): /channel/shshermatov/553

- ITni TEKINGA o‘qishning boshqa imkoniyatlari ham bor: /channel/shshermatov/574 https://code.org/ https://www.khanacademy.org/

- Linkedinda profil yaratib yarim milliondan ortiq masofadan ishlash mumkin bo‘lgan vakansiyalarga topshiring: /channel/shshermatov/552

- yoki IT Park residentlariga ishga kiring: /channel/itmarket_uz

Manba

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Muhim savol

"Bek va Lola" multfilmini ko'rdingizmi?

YouTubeda 2 oy ichida multfilmlar allaqqachon deyarli 1,4 mln marta ko'rildi. Kuni kechi 3-seriya ham e'lon qilindi.

Kelgusi seriyalar qanday mavzuda bo'lishini xohlar edingiz?

3-qism 👉 https://youtu.be/0SNmQet5Nys?si=8egBfbGILFSaTrFr

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Nufuzli olimpiada g'oliblari munosib kutib olinadi va taqdirlanadi

➖Iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi. Buning uchun xalqaro darajada fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi.

➖Rag‘batlantiriladigan xalqaro fan olimpiadalari soni 18 tadan 22 taga yetkaziladi.

➖Bunda nufuzli xalqaro olimpiadada oltin medalь olgan o‘quvchiga – 170 million so‘m, kumush medalga – 102 million so‘m, bronza medalь uchun – 68 million so‘m mukofot puli beriladi.

➖Shu bilan birga, ana shu o‘quvchilarning o‘qituvchilari 50 milliondan 150 million so‘mgacha mukofotlanib, ularga bir yilda 100 foizlik ustama olish imkoni yaratiladi.

➖Ilk bor xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar jamoasi rahbarlarini ham rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan farzandlarimizni tantanali kutib olib, ularni ham qahramonlar sifatida e'zozlab, xalqimizga tanitish zarurligi ta'kidlandi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Ta'limda sifat va raqobatni ta'minlash uchun raqamlashtirish darajasi oshiriladi.

➖O‘tgan 5 yilda 13 ming 500 dan ortiq kompyuter sinf xonalari 200 mingta zamonaviy kompyuter bilan ta'minlandi. Kelgusi yil yana 2 mingdan ziyod kompyuter sinflari yangilanadi, bunga byudjetdan 400 milliard so‘m beriladi.

➖Ana shu kompyuterlarga elektron ta'lim kontentlari yuklanib, bolalar uchun mustaqil ta'lim olish imkoniyati oshadi.

➖O‘quvchilar murrakab konsepsiyalarni oson o‘zlashtirishi uchun aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha virtual laboratoriyalar yangi o‘quv yilidan boshlab bunday laboratoriyalar har bir viloyatda 10 tadan maktabda tashkil etiladi.

➖Shuningdek, maktab tizimida o‘qituvchi o‘z imkoniyati va yutuqlarini, yangi ishlanmalarini e'lon qilishi uchun yagona onlayn platforma yaratiladi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Xalqaro sport ustasi Bobur Sattarov O'zbekiston shaxmat federatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga tayinlandi

Xalqaro shaxmat akademiyasida federatsiyaning navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi. Unda federatsiya mas'ullari, shaxmatchilar, murabbiylar hamda hududiy studiyalardan shaxmat faollari ishtirok etdilar. Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Xalqaro sport ustasi Bobur Sattarov O'zbekiston shaxmat federatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga tayinlandi.

Biz Bobur Sattarovga mazkur mas'uliyatli lavozimda omad va zafarlar tilab qolamiz.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Bugun kechroq telegram orqali onlayn muloqot qilsak nima deysizlar?

Zamonaviy kasblar va chet tillarini o'qitish yuzasidan muloqot qilsakchi?

Birinchi, "O'zbekiston o'quv markazlari forumi" mavzusini ham muhokama qilib olsak bo'ladi!

Qanday fikrlar, do'stlar?

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

🇨🇳 🇺🇿Xitoy O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini e’tirof etmoqda

O‘zbekiston - Xitoy o’rtasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan Lanchjou partiya qoʻmitasi kotibi, Gansu provinsiyasi doimiy partiya qoʻmitasi aʼzosi Chjan Syaosyan boshchiligidagi Xitoy delegatsiya vakillari bilan O’zbekiston mahallalari uyushmasida Uyushma raisi Qahramon Quronboyev, Ma'naviyat va ma'rifar markazi direktori Otabek Hasanov bilan birgalikda qator masalalarni keng muhokama qildik.

➖Xususan, O’zbekiston mahalla tizimidagi islohotlar, Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “mahalla yettiligi” faoliyati xususida mehmonlarga ma’lumot berildi.

“O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tashkil etilganiga ko‘p bo‘lmadi, ammo natijalar ancha salmoqli, yutuqlar katta. Shu bois sizning tajribangizni o‘rganishimiz va buni provinsiyamizda keng tadbiq etishimiz joiz, deb o‘ylayman” – deya ta’kidlab o‘tdi delegatsiya rahbari Chjan Syaosyan.


🔍Tashrif davomida mehmonlar Jizzax va Samarqand viloyatlaridagi mahallalar faoliyati bilan yaqindan tanishishadi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Endi loyihani e'lon qilsam.

So'nggi yillarda o'quv markazlari shiddat bilan rivojlandi. Minglab yangi markazlarda xorijiy tillar hamda zamonaviy kasblar o'rgatilmoqda.

Prezident qarori bilan endi eng yaxshi o'quv markazlarini aniqlash, ularni rag'batlantirish va rivojlanishlari uchun, ayniqsa zamonaviy kasblarni o'qitishlari uchun yangi imkoniyatlarni muhokama qilishimiz zarur.

Maqsad millionlab yoshlarni global darajadagi mutaxassislarga aylantirish va O'zbekiston iqtisodiga hissa qo'shish.

Shu sababli hududlarning birida, (marhamat variantlar beringlar, balkim avvalo har bir hududda tashkil etib, keyin Respublika darajasida tashkil qilarmiz) "Birinchi O'zbekiston O'quv Markazlari Forumi" tashkil qilsak. Eng kuchli markazlarni bir joyga to'plasak, yangi tajribalarni muhokama qilsak. Ayniqsa, yoshlarimiz uchun katta grantlar e'lon qilsak, ularga bepul master-klasslar tashkil etib bersak. Qaror chiqaruvchilar bilan muloqot maydoni tashkil etsak, yangidan-yangi takliflar yuzaga chiqar edi. Katta netvorking markazini ham tashkil qilgan bo'lar edik.

Nima deysizlar, do'stlar? Yana qanday takliflaringiz bor?

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Yoshlarni zamonaviy kasb va chet tillariga o'qitish bo'yicha yana bir katta tashabbusni ilgari surmoqchimiz.

O'quv markazlari va yoshlarning fikrlari juda muhim.

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚽️Gooooooool!

🇺🇿Oʻzbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Otabek Shukurov 76-daqiqada penalti hisobida BAA 🇦🇪 milliy terma jamoasi darvozasiga ilk golni kiritdi.

Omad, yigitlar!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya tanlovi g'oliblarii e’lon qilindi!

➖2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovida munosib qatnashgan va yuqori ball to‘plagan 411 nafar yoshlar “Jamg‘arma stipendianti” deb e’tirof etildi.

➖Jamg‘arma ma’lumotlariga ko‘ra, stipendiantlarning 95 foizi Buyuk Britaniya, AQSH, Italiya, Avstraliya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy kabi rivojlangan davlatlarning nufuzli universitetlarida ta’lim olishadi.

➖Quvonarlisi shundaki, 60 foizga yaqin yoshlarimiz STEM (ilm-fan, texnologiya, muhandislik, matematika), IT (axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt), muhandislik va ishlab chiqarish, tibbiyot va farmatsevtika, arxitektura va dizayn kabi yo‘nalishlarda ta’lim olishni rejalashtirmoqdalar.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Londonda o'zbek shaxmatchilari sovrin jamg'armasi 1 million AQSH dollari bo'lgan turnirning finalida dona surishmoqda. Nodirbek Abdusattorov hamda Javohir Sindarovlar dunyoning eng kuchli shaxmatchilari bilan jamoaviy final bahslarini boshlashdi. Kim g'olib bo'lishini jonli efirda @uzchesss bilan kuzatib borishingiz mumkin.

👉https://www.youtube.com/live/NwDgFe_rio0?si=_T5vxFKUDM7_Iu3D

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Temurbek Adhamov tomonidan asos solingan “Lola animation” multfilm loyihasi ertaga Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida yopiq premyera o’tkazadi.

Ishonamanki, Lola animation nafaqat o’zbek xalqi uchun multfilmlar tayyorlaydi, shu bilan birgalikda xalqaro darajadagi multfilmlarni ommaga taqdim etadi. Menga ma’lum qilishlaricha, multfilmlar “5.1 Dolby Digital” formatda ovozlashtirilgan bo’lib, keyingi hafta oxirlarida ommaga taqdim etiladi.

Ko’proq ma’lumotni loyiha telegram kanali orqali olishingiz mumkin

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Bugun O’zbekiston milliy terma jamoamiz JCH-2026 saralash bosqichida Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O’yin 10-oktyabr Toshkent vaqti bilan 19:00 da “Bunyodkor” stadionida boshlanadi. Mazkur o’yinni “Sport tv” orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi.

Omad yigitlar, biz sizga ishonamiz!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Zamonaviy kasblarni o'rganayotgan yoshlar uchun yana bir ajoyib yangilik bor!

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Bugun, 4-oktabr kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining navbatdan tashqari Konferensiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda hududlardan saylangan delegatlar, Federatsiya a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, shaxmat ustalari, murabbiylar hamda faxriylar ishtirok etdi.

Konferensiya kun tartibiga binoan O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining yangi tahrirdagi ustavi tasdiqlandi va Federatsiyaning yangi rahbarlari saylandi.

Xususan, shaxmat faxriysi Sindarov Komil Oydinovich – O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisining o‘rinbosari, Yoshlar ishlari agentligi direktori Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li – O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Aripov Abdulla Nigmatovich – O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi lavozimiga saylanishdi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Prezidentimiz yana bir muhim masalaga e'tibor qaratdi:

➖“Siz, hurmatli ustozlar maktab o‘quvchilaridan “Men qanday kasb egasi bo‘lmoqchiman?” degan mavzuda insholar, yozma ishlar olasizlar. Lekin, o‘quvchilar yozgan ana shu ishlar tahlili bilan kimdir shug‘ullanyaptimi?

➖Respublika va viloyat kesimida farzandlarimiz qaysi kasblarni eng ko‘p tanlashmoqda?

➖Eng muhimi, bolalarimiz tanlayotgan kasblarga kelajakda mehnat bozorida talab bo‘ladimi o‘zi?”

➖Bolalarning yozma ishlarini chuqur tahlil qilib, ularning orzu va intilishlarini aniqlab, mustaqil hayotga to‘g‘ri yo‘naltirish asosiy vazifa bo‘lishi kerakligi ta'kidlandi.

➖Mutasaddilarga maktab o‘quvchilari o‘rtasida turli mavzularda insholar, yozma ishlar tanlovlarini o‘tkazishni muntazam yo‘lga qo‘yish va ularning tahlili bo‘yicha yangi tizim yaratish topshirildi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Davlat bog'chalari raqamlashtiriladi

➖Xususiy bog‘chalar kabi 6 ming 800 ta davlat bog‘chalarida ham davomat, to‘lovlar, oziq-ovqat xarajatlarini shakllantirish to‘liq raqamlashtiriladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, shu tariqa yiliga 10 foiz mablag‘ tejaladi.

➖Iqtisod qilingan pullar “Ta'limni rivojlantirish” jamg‘armasiga yo‘naltirilib, maktablarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash va mahoratli o‘qituvchilarni rag‘batlantirishga sarflanadi.

1 mingta umumta'lim muassasasida Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablardagi baholash tizimini joriy etish boshlandi.

➖Lekin, ularning 300 tasida moddiy-texnik baza talabga mutlaqo javob bermaydi. Viloyat, tuman va shahar hokimlari oldiga ushbu 300 ta maktabni joriy ta'mirlash, jihozlash ishlarini olti oy muddatda yakunlash vazifasi qo‘yildi.

➖Bundan buyon hududlarning birinchi rahbarlari faoliyatiga baho berishda ta'limning sifati, maktablardagi sharoit, o‘qituvchilarning qadr-qimmati asosiy mezonlardan biri bo‘lishi belgilandi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

"Aholi o‘sishi tufayli yiliga maktablarda – 120 mingta, bog‘chalarda – 30 mingta qo‘shimcha o‘ringa talab yuzaga kelmoqda

➖Kelgusi yili byudjetdan ajratiladigan 3 trillion 200 milliard so‘m hisobidan 375 ta maktab va 97 ta bog‘cha rekonstruksiya qilinadi va yangilari barpo etiladi.

➖Bundan tashqari, Islom taraqqiyot banki va OPEK jamg‘armasining 50 million dollar mablag‘i doirasida kelgusi 4 yilda 200 ta xususiy bog‘cha qurilib, yangi 30 mingta o‘rin yaratiladi.

➖Yangi yildan boshlab xususiy sektorda o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirish uchun maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 milliard so‘mgacha kredit ajratiladi. Kredit foizining asosiy stavkadan 1,5 barobar oshgan qismi byudjetdan qoplanadi.

➖Shuningdek, yangi quriladigan xususiy maktab binolari uchun kommunal xarajatlarning 50 foizi 5 yil muddatgacha byudjetdan to‘lab beriladi.

➖Tadbirkorlar o‘z hisobidan maktab qursa, unga ketgan xarajatlar foyda solig‘idan ikki yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlanadi", — dedi Prezident

@alisher_sadullaev

Читать полностью…
Subscribe to a channel