Farzandingiz yoki do'stlaringiz professional shaxmatni bepul o'rganishini xohlaysizmi?
👉🏻Izoh yozish va shaxmat darslarini boshlash uchun:
https://youtu.be/N28xw2UyQDk
♟Shaxmat ixlosmandlari uchun uzoq kutilgan yangilik. 5 karra O'zbekiston chempioni, xalqaro shaxmat ustasi Bobur Sattorovdan shaxmat bo'yicha Strategiya darslari boshlandi.
Shaxmatni o'rganayotgan va shaxmatchi tanishlaringizni izohlarda belgilang. 3 nafar eng yaxshi izoh egalariga "Uzchess" tomonidan maxsus professional shaxmat doskalari sovg'a qilinadi!
@alisher_sadullaev
Doʻstlar, xabar berganimizdek bugundan mahalla yoshlari o’rtasida an’anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumiga start berildi.
Ochilish marosimida respublikamizning 14 ta hududi va 208 ta tuman (shahar)laridan bir vaqtning oʻzida 89 ming nafar yosh onlayn ulanib, barcha O’zbekiston yoshlari ishtirokida besh tashabbus olimpiadasining 2024-yilgi mavsumiga start berildi.
Eslatib o’tamiz, mahalla yoshlari o’rtasidagi “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumi doirasidagi tanlov va sport musobaqalar mart oyidan dekabr oyiga qadar 5 bosqichda (mahalla-sektor-tuman (shahar) -hududiy-respublika) oʻtkaziladi.
Do‘stlar, fikr va mulohazalaringiz biz uchun muhim!
Yoshlarga nemis tilini o‘rgatish imkoniyatlarini kengaytirish, nemis tilini o‘rgatuvchi o‘quv markazlari va repetitorlarni qo‘llab-quvvatlash, bu borada ularning takliflarini o‘rganish hamda hamkorlikni mustahkamlash maqsadida SO‘ROVNOMA o‘tkazmoqdamiz.
Marhamat so‘rovnomani to‘ldirib, yoshlarga nemis tilini o‘rgatish tizimini takomillashtirishga o‘z hissangizni qo‘shing.
So‘rovnomani to‘ldirish uchun ushbu havolani bosing.
P.S. Mazkur so‘rovnomani nemis tilini o‘rgatayotgan o‘quv markazlari va repetitorlarga ulashing.
⚡️G'alabaaaaaaaa!
Nodirbek Abdusattorov Praga-2024 shaxmat festivali g'olibiga aylanib, live reytingda jahonning 4-raqamli shaxmatchisiga aylanib oldi.
E'tiborlisi, so'nggi tur oldidan Nodirbek eng yaqin ta'qibchisi bo'lgan eronlik shaxmatchi Parham Maghsoodlooga qarshi o'yinda matonatli g'alabaga erishdi. Aynan shu sifat unga oldingi turnirlarda biroz yetishmayotgan edi. Vanihoyat u hali yana bir tur, ya'ni oxirgi 9-tur bo'lishiga qaramasdan turnir g'olibiga aylandi. So'nggi turda qanday natija bo'lishidan qat'iy nazar Nodirbek chempionlikni saqlab qolaveradi.
Yana bir muhim yangilik, Nodirbek live reytingda jahonning 4-raqamli shaxmatchiga aylanib oldi. Bu endi jiddiy sakrash, do'stlar. Nodirbek shaxmat olamida O'zbekiston nufuzini oshirishda davom etmoqda.
Barakalla, Nodirbek! Ustozlaringga, ota-onangga katta rahmat. Biz sen bilan faxrlanamiz.
Chempionlik taqdirini hal qilgan o'yinni ushbu havola orqali ko'rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/live/S3xws7RqxsM?si=GmtSRcldBftBFOJL
@alisher_sadullaev
⚡️ Yoshlarni nemis tiliga o'qitish bo'yicha o'quv markazlari bilan hamkorlik loyihalarini kengaytirmoqchimiz. Avval ham ishlab kelayotgan edik, lekin sifat va son bo'yicha tashabbus va takliflar bor. Ichingizda soha vakillari bormi?
O'qituvchi, o'quvchi yoki nemis tilidan ta'lim berayotgan til markazlari? Qanday fikrlaringiz bor?
Izohlarda fikrlaringizni bildirsangiz.
@alisher_sadullaev
⚡️“Yosh kitobxon” tanloviga roʻyxatdan oʻtish boshlandi
Millionlab yoshlarni kitobxonlik yo‘lida birlashtirib, iqtidor egalarini kashf etayotgan “Yosh kitobxon” tanlovi uchun @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali arizalar 1-sentabrga qadar qabul qilinadi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
10-14 yosh
15-19 yosh
20-30 yosh
Barcha kitobxon yoshlarga omad tilaymiz! Ro‘yxatdan o‘ting 👉@yoshkitobxon_bot
@alisher_sadullaev
“Yosh kitobxon” tanlovining g’olibi Muhammadfozil Ismoilov.
Muhammadfozil hozirga qadar “Zakovat” intellektual o’yinida uchinchi va birinchi o’rin sohibi hamdir!
@alisher_sadullaev
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga tashrifi davomida Amudaryo ustidan o‘tuvchi temir yo‘l va avtomobil yo‘li qo‘shma ko‘prikning ochilish marosimida ishtirok etdilar.
Mazkur yo’l orqali avtomobilda 2 soat, temir yo’l orqali yuk tashishda 6 soat vaqt tejaladi.
Shaxmat boʻyicha tarixda ilk bor, Oʻzbek oʻgʻloni dunyoning TOP-10 taligidan joy oldi!
⚡️Davlatimiz rahbari “Yoshlarimizni mashina berib bo’lsa ham kitob o’qitamiz” degan g’oyani ilgari surgan edi.
Aslida bu nafaqat yoshlarimiz uchun balki, ularning ota-onalari uchun ham katta motivatsiya. Farzandi kitob o’qiyotganini, bilim olayotganini ko’rish har bir ota-onaning eng katta orzularidan biridir. Haqiqatdan bu tashabbus, real hayotga ko’chib millionlab yoshlarimizning kitob o’qishiga sabab bo’ldi.
Yana bir “Yosh kitobxon” 10-14 yosh toifasidagi g’olib Samarqandlik qizimiz Muhammadiyeva Nargiza Ulmas qizi bugun o’z ota-onasing va o’qituvchilarining ta’lim-tarbiyasining natijasini ko’rsata oldi.
Millatimizda Nargizadek kitobxon qizlar ko’payishini tilab qolamiz!
#kitobxon_millat
@alisher_sadullaev
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Yoshlar va biznesni qo’llab quvvatlash” yilida yoshlar bandligini ta’minlash hamda chet tillarini o’qitish bo‘yicha bir qancha tashabbuslarni ilgari surdilar.
Xususan, xususiy kurslarda o‘qib, “C-1” va “B-2” darajasi sertifikatini olish xarajatlari hamda olti oylik o‘qish puli ham to‘lab beriladi. “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali 1 million nafar o‘g‘il-qiz xorijiy tillarga bepul o‘qitiladi.
“Ustoz” loyihasi doirasida 250 ming nafar yoshlar marketing, reklama, elektron savdo, IT-dizayner kabi 30 ta zamonaviy kasbga o‘rgatiladi. “Har bir mahalladan 2 nafar dasturchi” loyihasi belgilandi.
Bu yil yoshlarga 60 ming 500 gektar yer ajratilishi belgilandi. Shuningdek, yoshlar o’rtasida “Yosh tadbirkor” tanlovlari o‘tkazilib, g‘olib bo‘lgan biznes loyiha va g‘oyalar egalari xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.
@alisher_sadullaev
Prezidentimiz Qozon shahrida “Kelajak o’yinlari” birinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida o’zbek tilida nutq so’zladi.
Davlat rahbari O’zbekiston 2026 yilda “Kelajak o’yinlari” musobaqasiga mezbonlik qilishga tayyorligini bildirdi.
@alisher_sadullaev
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig`ilishi bo'lib o`tmoqda.
Yig`ilish davomida imkoniyati cheklangan bolalar boradigan 112 ta maktab va 74 ta bog`chadagi ta'lim dasturini qayta ko`rib chiqish, maktablarni inklyuziv ta'limga moslashtirish dasturini amalga oshirish muhimligi ta'kidladi.
Nogironligi boʻlganlar uchun Sportni rivojlantirish assotsiatsiyasi tashkil etiladi. Paralimpiya qo`mitasi, tegishli sport federatsiyalari, O`zbekiston maxsus olimpiadasi Assotsiatsiya tarkibiga kiradi.
Assotsiatsiya nogironligi bor shaxslarni mahalladan boshlab ommaviy sportga jalb qilish bilan shug`ullanadi va “Besh tashabbus” doirasida sport musobaqalarini o`tkazib boradi.
Yevropaning rivojlangan davlatlaridan ishchilarga buyurtma bor, nomzodlarga qoʻyilgan talab - til bilish. Ammo, Andijonda chet tilini yaxshi biladigan 1,5 mingga yaqin yoshlar bor, xolos. Shu sababli, 5 ming yoshlarni davlat va xususiy markazlarda kasb va tilga o‘qitish, 1 ming nafar o‘rta tibbiyot xodimini Germaniyaga maqsadli tayyorlash muhimligi qayd etildi.
Germaniyaning "Papenbur" kompaniyasi vakillari bilan hamkorlikda yoshlarni nemis tiliga o‘qitish, Germaniyada kasbiy taʼlim olish (ausbildung) dasturi bo‘yicha loyihalar muhokama qilindi.
Bugungi kunda "Papenburg" kompaniyasida 80 nafarga yaqin o‘zbekistonlik yosh kasbiy (ausbildung) taʼlim olmoqda.
Muhokamalarimizda yozgi taʼtilda 10 nafar o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilarini "Papenburg" kompaniyasiga tashrifini tashkil etish, nemis tilini o‘rganayotgan yoshlar uchun kasbga yo‘naltirilgan video darsliklarni tayyorlashda hamkorlik qilishi masalalari ko‘rib chiqildi.
2023-yilda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan nemis tili o‘quv kursi xarajatlari qoplab berilgan 10 nafar yosh ushbu kompaniyada kasbiy taʼlim olishmoqda.
💐Muhtarama onaxonlarimiz, munis opa-singillarimiz! Qutlug‘ bayramingiz muborak bo‘lsin!
🤚Qadrli yoshlar, Sizlar uchun yangiliklarimiz bisyor!
Joriy yilning, 10-mart sanasidan boshlab mahalla yoshlari o’rtasida an’anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumiga start berilmoqda.
Sizlar uchun yana bir yangilik— ilk bor Besh tashabbus olimpiadasi doirasidagi har bir loyihalar o'z sohasining eng kuchli va yetuk mutaxassislari tomonidan qo'llab-quvvatlanadi:
—Madaniyat va san’at yo'nalishida Sharifjon Abdullayev (Konsta);
—Sport yo'nalishida Asalya Saparbayeva (Littos);
—IT yo'nalishida Xasan Karimov (Kibersport bo‘yicha Osiyo chempioni);
Kitobxonlik va intellektual yo'nalishida Javlon Jovliyev (“Qo‘rqma” kitobi muallifi);
Kasblar tanlovi yo‘nalishida Taxmina Turdaliyeva (Arxitektor);
Paralimpiyada yo‘nalishida Asila Mirzayorova (Paralimpiya chempioni).
💐O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori hamda “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoni e'lon qilindi.
Taqdirlangan xotin-qizlarimiz orasida:
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani “Gara guri” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi Jonibekova Xusniyobonu Ergashvoy qizi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan;
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani «Do‘stlik" mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi Mamatmo‘minova Iqbol Erkin qizi "Kelajak bunyodkori" medali bilan;
Navoiy viloyati Uchquduq tumani "Do‘stlik" mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi Xudoyberdiyeva Malika Valijon qizi "Kelajak bunyodkori" medali bilan taqdirlandi.
Avvalo xotin-qizlarimizni, xususan vatanimiz ravnaqi yo‘lida maʼnaviy-intellektual salohiyatini namoyon etayotgan ushbu yoshlar yetakchilarini yuksak mukofotlar bilan tabriklaymiz!
Kun.uz loyihasi tomonidan "Yosh kitobxon"da g'oliblikni qo'lga kiritgan Samarqandlik singlimiz Nargiza Muhammadiyeva haqida videoreportaj tayyorlanibdi.
⚡️Hozirgina Nodirbek Abdusattorov Polshalik raqibi ustidan g'alabaga erishib, live reytingda dunyoning 5-raqamli shaxmatchisiga aylanib oldi.
Shubhasiz, Nodirbek ushbu natijalari bilan O'zbek shaxmati nufuzini butun dunyo bo'ylab yana bir pog'onaga ko'tarmoqda. Nodirbek, baraka top. Ota-onangga rahmat.
@alisher_sadullaev
Xorijdagi olimlarimiz, san'at sohasi namoyondalari, tadbirkorlar, turli sohalardagi ekspert va mutaxassislar — O‘zbekistonning umumiy inson kapitalini namoyish etuvchi muhim resurslardir. Albatta chet elda o‘qiyotgan yoshlar, xususan, davlat grant dasturlari va boshqa imtiyozlar tufayli dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan talabalar ham shular jumlasidandir.
"O‘zbekistonlik" — shunday diasporalarimiz hikoyalari orqali ular bilan aloqani rivojlantirishga hissa qo‘shuvchi loyihalardan biri.
Ushbu loyiha ustida ishlagan jamoa oxirgi oylarda AQSHda bo‘lib turkum video kontent mahsulotlari suratga oldi. Yaqin kunlarda bir-biridan qiziq kontent e‘tiboringizga havola etiladi.
🔥Nodirbek Abdusattorov tarixni qaytadan yozmoqda.
🇺🇿Nodirbek "Prague Chess Festival 2024" turnirining 3-turidagi dramatik bahsda mezbon shaxmatchi David Navarani taslim qildi. 2 kun oldin birinchi bor eng yuqori reytinga ega TOP-10 shaxmatchi qatoriga kirib rekord o'rnatgan Nodirbek, o'z rekordini o'zi yangilab hozirgi live reyting jadvalida TOP-8 pog'onagacha ko'tarildi.
⚡️O'zbek yigiti bunday yuqori marrani zabt etgani bizni cheksiz quvontirdi.
🤝Nodirbekka bundan keyingi yuqori marralarni zabt etishida faqat omad tilab qolamiz.
uzchesss">YouTube | Instagram | Telegram | uzchess?_t=8gH7dABw04w&_r=1">Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS
Mironshoh kitob o'qib, otasiga Cobalt avtomashinasini sovg'a qildi
🏆 Superturnir Chexiya 2024
Chexiya poytaxti Pragada 27-fevraldan 7-martgacha "Praga shaxmat festivali 2024" bo'lib o'tadi. Mazkur turnirda o'rtacha 2710 reytingiga ega bo'lgan shaxmatchilar qatnashadi. Hamyurtimiz 🇺🇿 Nodirbek Abdusattorovda hozirda FIDE 2744 (live reytingi 2750) yaqinlashgani yanada quvonarli. Bu Nodirbekning faoliyatidagi eng yuqori reytingidir.
Turnir 9 ta turdan iborat. "Prague Masters 2024" turniri bugun boshlanadi. Birinchi tur uchun juftliklar e'lon qilindi.
Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi boshlig’i lavozimida faoliyat yuritgan Polvonov Sardor Maqsudovich Xorazm viloyati Xiva tumaniga hokim etib tayinlandi.
“Yosh kitobxon” tanlovining bugungi kunga qadar 10-14, 15-19 yosh toifasidagi final bosqichlari g'oliblari aniqlangan edi. Bugun esa, 20-30 yosh toifasidagi final bosqichi yakunlandi
1- o‘rin – Soliyeva Gulxayo Mirzaakbar qizi 335,6 ball (Toshkent shahar) – Prezident sovg‘asi Cobalt avtomobili bilan;
2-o‘rin – Abdrimova Feruza Azamatovna 330,4 ball (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) – 50 million so‘m pul mukofoti bilan;
3-o‘rin – Diyorova Fazilat Mamasaid qizi 314,3 ball (Surxondaryo viloyati) - 30 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Shuningdek, final bosqichining qolgan barcha qatnashchilari 10 million so‘mdan pul mukofotini qo‘lga kiritdilar.
📚Aziz yoshlar sizlarning kitob bilan do'st tutingan holda bugungi erishgan gʻalabangiz muborak boʻlsin!
@alisher_sadullaev
“Yosh kitobxon” tanlovining 10-14 yosh toifasidagi final bosqichi yakunlandi
🥇1- o‘rin – Muhammadiyeva Nargiza Ulmas qizi 417,4 ball (Samarqand viloyati) – Prezident sovg‘asi Cobalt avtomobili bilan;
🥈2-o‘rin – Mansurjonova E’zoza Jasur qizi 387 ball (Namangan viloyati) – 50 million so‘m pul mukofoti bilan;
🥉3-o‘rin – Sharopova Halima Sherali qizi 379 ball ( Buxoro viloyati) – 30 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, barcha final bosqichi qatnashchilari 10 million so‘mdan pul mukofotini qo‘lga kiritdi.
📚Aziz yoshlar yillar davomidagi harakat, izlanish va bilimingiz bilan erishgan g‘alabangiz muborak bo‘lsin! Yuqori yosh toifasidagi “Yosh kitobxonlar” musobaqasi davom etmoqda
@alisher_sadullaev
⚡️ Bundan bir yilcha oldin Prezidentimizga chet tillarini 1 million nafar yoshga bepul o'rgatish bo'yicha "Ibrat farzandlari" loyihasini taqdimot qilgan edik. Loyiha jadid bobolarimiz xotirasini tiklash va ularning ishlarini davom ettirishni maqsad qilgan edi. O'sha paytda bu g'oyaga ishonish qiyin edi, lekin Prezidentimiz jamoamizga qattiq ishonishlarini va harakat qilsak bu marrani zabt etish mumkinligiga bizni ishontirgan edilar.
Oradan qariyb bir yil o'tdi, loyiha rahbari Rustam Qoriyev Andijonlik faol yoshlar bilan muloqotda natijalar (ayni vaqtda 800 ming yoshlar bepul ta'lim olishmoqda) va rejalar haqida Prezidentimizga axborot berdilar. Eng xursand bo'ladigani, Prezidentimiz "meni ham hayajon bosadigan payt bo'lar ekan" deganlarida jamoa kayfiyati va rejalari karraga oshib ketdi.
Endigi marra million! Oldindan o'nlab katta loyihalar yoshlarimiz uchun tayyor. Millat sha'ni va nufuzi bizning qo'limizda. Harakatdan to'xtamaylik!
@alisher_sadullaev
Yig‘ilishda Andijon viloyatida yoshlarning ta’limdan keyingi bandligini ta’minlash va mehnat bozoriga tayyorlash masalasi Andijonda ham dolzarb ekani qayd etildi.
Yangi tizimga ko‘ra, 10-11 sinf o‘quvchilariga aniq, tabiiy va chet tili fanidan birini chuqur o‘rganish yoki ishchi va IT kasblarga o‘qish imkoni yaratiladi.
Mutasaddilarga 16 ta tuman va shaharda bittadan maktabni tanlab, bu tizimni joriy qilish topshirildi.