alisher_sadullaev | Unsorted

Telegram-канал alisher_sadullaev - Alisher Sadullaev

203948

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida • Yoshlar ishlari agentligi direktori • Oliy Majlis Senati a’zosi • O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Subscribe to a channel

Alisher Sadullaev

⚡️Hayotimda birinchi marta kitobxonlik uchun xayriya qilishim.

Albatta, hozircha, 10 ming so'm xayriya qildim, chunki "mutolaa" loyihasida hali xayriya pullari qaysi kitoblarni audiolashtirish yoki epub shakliga keltirish ko'rsatilmagan ekan. Shunchaki, umumiy loyihani qo'llab-quvvatlash uchun xayriya qilish imkoniyati ham bor ekan.

Shunday bo'lsa ham yangi tajriba asosida shaffof hamda xalq ko'magi bilan ham ko'plab kitoblarni audiolashtirish va epub shakliga keltirishda o'z hissamni qo'shishga qaror qildim.

To'g'ri, xayriya har kimning o'z ishi, bunga sizlarni da'vat qilish niyatim yo'q, shunchaki bir kichik yangilikni sizlar bilan bo'lishdim.

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️IT sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

• Endi, barcha sohada sun’iy intellekt texnologiyalari keng joriy qilinadi. IT parkda sun’iy intellekt markazi ochiladi;

• Bu yo‘nalishda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Loyihalarni moliyalashtirish uchun 50 million dollar ajratiladi;

• Startaplarni “oyoqqa turgʻazish” uchun
venchur jamgʻarmalar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Buning uchun IT park ham 10 million dollarlik jamgʻarma tashkil qiladi;

• Shuningdek, startap xorijdan olib kelgan har 1 dollar investitsiyasiga davlat ham 1 dollar resurs beradi. Startap ishlanmalarini patentlash va savdo belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish kabi xarajatlarni davlat qoplab beradi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

•Tarmoqlarni rivojlantirishga berilgan mablagʻdan 200 million dollari eksportoldi moliyalash uchun yoʻnaltiriladi;

•Shundan, 50 million dollari bank kreditlari uchun kafillikka beriladi. Bu mablagʻlar hisobidan bir yil ichida qoʻshimcha 1 milliard dollar eksport boʻladi;

•Transport vazirligiga yuk tashish ruxsatnomalaridan foydalanish tizimi oshkoraligini oshirish topshirildi;


•Bunda, “E-logistika” platformasi ishga tushirilib, eksportchilar uchun qaysi korxonada qancha ruxsatnoma borligini koʻrish, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish imkoni yaratiladi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

•Endi davlat jalb qilgan mablagʻlarni yirik korxonalarga berish amaliyotidan bosqichma-bosqich voz kechilishi taʼkidlandi.

•Bunday mablagʻlarni berish ikki yil ichida kamida 40 foizga qisqaradi. Banklar buning hisobidan kamida 30 trillion soʻmni xususiy biznesga yoʻnaltiradi;

•Ikkinchi yoʻnalish – biznesni infratuzilma, yer va energiya bilan taʼminlash.


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Endilikda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashda barcha banklar va mikromoliya tashkilotlari ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.


Mikrokreditlar miqdori 3 karra oshirilib, 300 million so‘mga yetkaziladi. Bunda kreditning 100 million so‘mgacha bo‘lgan qismiga garov talab qilinmaydi;

•Bu maqsadga bir yilda 10 trillion so‘m beriladi;

•Endi Tadbirkorlik kompaniyasining filiali har bir viloyatda tashkil qilinadi;

•Kompaniya kafilliklari yaxshi kredit tarixi va yuqori barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlarga beriladi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Bu yilning oʻzida tadbirkorlarning tovar aylanmasi oʻtgan yilga nisbatan 25 foizga koʻpayib, 986 trillion soʻmga yetdi.

•Yillik aylanmasi 10 milliard soʻmdan 100 milliard soʻmgacha boʻlgan oʻrta korxonalar 2 karra koʻpaydi.

•Aylanmasi 100 milliard soʻmdan ortiq yirik korxonalar esa 2 ming 200 tadan oshdi. Bu ham oʻtgan yilga nisbatan 2 baravar koʻp boʻldi.

Soliq, bank, moliya, butun iqtisodiyot kompleksi “mahallabay” va “mijozbay” ishlashni boshlagani natijasida oldin zarar bilan ishlagan 16 ming korxona yarim yilda 6,5 trillion soʻm foydaga chiqdi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Sizlar yangilik yaratishdan, tashabbus koʻrsatishdan charchamanglar. Sizlarni qoʻllab-quvvatlashga, yanada qulay sharoitlar yaratib berishga men doim tayyorman!”


Nukusda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi.

Bugungi uchrashuvda 40 dan ziyod vatanparvar, ishbilarmon biznes vakillari ishtirok etmoqda.

Kuni kecha ilgʻor biznes vakillaridan 37 nafari orden va medallar bilan, 104 nafari “Faol tadbirkor” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari ularni chin dildan tabriklab, fidokorona mehnati uchun oʻz nomidan, butun xalqimiz nomidan samimiy minnatdorlik bildirdi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Sizlarning ishli bo‘lganingizni, ko‘zingizdagi ishonchni ko‘rib, xursand bo‘ldim. O‘zi mening eng katta maqsadim shu - xalqimni rozi qilish, baxtli ko‘rish.

Prezidentimiz tashrif davomida Kegeyli tumanidagi Juzimbag‘ mahallasida bo‘lib, shu yerda dehqonchilik qilayotgan yigit-qizlar bilan suhbatlashdilar.

Yoshlarning takliflari asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun sovutkichli ombor qurish, ehtiyojmand yigit-qizlarning to‘ylari va shartnoma to‘lovlariga ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdilar.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Qoraqalpog‘iston aholisiga qulay sharoitlar yaratib berish uchun respublika byudjetidan yil yakunigacha qo‘shimcha 100 milliard so‘m berilishi belgilandi.

•Kelgusi yilda Qoraqalpog‘istonda ijtimoiy soha va infratuzilma uchun 1 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratish reja qilingan. Xususan, 24 ta maktab, 5 ta bog‘cha, 7 ta tibbiyot muassasasi quriladi va ta’mirlanadi;

•Sanoat zonalari va yirik ishlab chiqarish ob’yektlariga infratuzilma olib borishga 353 milliard so‘m yo‘naltiriladi;

Qoraqalpog‘istonning imkoniyatlarini to‘liq ishga solish maqsadida hududni rivojlantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosi ustidan nazorat Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva va Prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov zimmasiga yuklatildi.


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida ikki yil ichida 40 mingga yaqin qoraqalpog‘istonlik yoshlar o‘qitildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Kegeyli tumanidagi Juzimbag‘ ovulida uzumchilik bilan shug‘ullanayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

Davlat dasturlari doirasida yo‘l, suv, ijtimoiy ob’yektlar qurilishi va mahalla infratuzilmasiga 11 trillion so‘m ajratildi. Bog‘cha qamrovi 28 foizdan 84 foizga oshdi. Yangi 21 ta maktab qurildi, yana 243 tasi to‘liq ta’mirlandi.

To‘rtko‘l, Qo‘ng‘irot va Chimboy tumanlarida qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etildi. O‘tgan davrda tibbiyot muassasalariga 300 milliard so‘mlik 1,5 mingdan ziyod asbob-uskunalar yetkazildi, yil yakunigacha yana 141 milliard so‘mlik tibbiy anjomlar beriladi.


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Oramizda yosh tadbirkorlar yoki tadbirkorlik loyihalarini boshlamoqchi bo'lgan yoshlar bormi?

Qoraqalpog'iston, Xo'jayli tumanidamiz. Yosh tadbirkor Yusufbek 400 nafarga yaqin ishchi o'rinlari yaratgan. Baliqchilik koperatsiyalari orqali yoshlarni ish bilan ta'minlamoqda.

Izohlarda batafsil video lavhalar qoldiraman.

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Yosh kitobxonlarga ham 3ta elektromobil!

“Yosh kitobxon”
tanloviga 3 ta yosh toifasi bo'yicha (10-14; 15-19; 20-30) 3 ta elektromobil qo'yiladi!

Eng yaxshi kitoblarni o'qib, siz nafaqat yangi bilimlarga ega bo'lish, ilm-fan rivojiga o'z hissangizni qo'shish, balki mukofot sifatida elektromobilni qo'lga kiritishingiz mumkin.

Tanlovning 2024-yilgi mavsumi tez orada start oladi @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘ting!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Jonli muloqotimiz boshlandi.

👉/channel/alisher_sadullaev?livestream

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Aziz yoshlar, bugun telegram orqali jonli muloqot qilsak nima deysizlar? Qaysi mavzudagi imkoniyatlar bilan tanishmoqchisiz? Qanday savollaringiz bor?

Izohlarda yozib qoldirsangiz, savollarga muloqotda javob beramiz. Savollarni berishda e'tiborli bo'ling chunki batafsil yozilgan savollarga javob beramiz.

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

🥇Bahodir Jalolov – ikki karra Olimpiya oʻyinlari chempioni!

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Beshinchi yoʻnalish – biznes uchun toʻsiq va gʻovlarni yanada qisqartirish

Soliq toʻlamaganlik uchun tadbirkorga jinoyat ishi qoʻzgʻatishga asos boʻladigan miqdorni 2 baravargacha oshirish taklif qilindi;

•Ochiq muloqot yakuni bilan “Qoraqalpogʻistonda biznes qiling” dasturi qabul qilinishi belgilandi;

•Soʻng davlatimiz rahbari tadbirkorlarning amaliy taklif va tashabbuslarini tinglab, ular bilan fikr almashdilar.

Hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar, hech narsadan cho‘chimang. Biling, ortingizda Prezident turibdi!”-dedi davlatimiz rahbari muloqot yakunida.


@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

• Mutasaddilarga vatandoshlarimiz bilan yaqindan ishlab, ular bilan “savdo va investitsiya boʻyicha maslahatchi” sifatida hamkorlik qilish, ularning taklif, tashabbus va loyihalariga koʻmaklashish topshirildi;

Energetika, neftgaz, kimyo, metallurgiya, temir yoʻl kabi tarmoqlardagi yirik korxonalar 2-3 yillik buyurtmalarini kooperatsiya portaliga oldindan joylashtiradi.

•Mahalliy korxonalar esa ushbu buyurtmalar asosida yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi. Ularning loyihalariga dastlabki bosqichda 100 million dollar yoʻnaltiriladi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️ Endilikda tadbirkor auksiondan yer sotib olganda unga qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblash bekor qilinadi.

•Toshkent shahri va viloyat markazlarida sotilgan yer boʻyicha xarid summasini uch yilgacha, qolgan hududlarda besh yilgacha, 4 va 5-toifa tumanlar uchun esa oʻn yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi. Endi tadbirkorlar darhol toʻlov qilaman desa, 20 foizgacha chegirma beriladi;

•Shuningdek, yirik loyihalarda yer qiymatini tadbirkor ustav fondiga davlat ulushi sifatida kiritishi mumkin boʻladi. Tadbirkor istagan paytda bu ulushni oʻzi sotib olishi mumkin. Bu orqali shu yilning oʻzida tadbirkorlar ixtiyorida 3 trillion soʻm qoladi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

•Mikromoliya xizmatlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash davom ettiriladi. Ularga joriy yildagi 1,6 trillion so‘mga qo‘shimcha 1 trillion so‘m resurs ajratiladi

•Shu bilan birga, ustav kapitali kamida 50 milliard so‘m bo‘lgan mikromoliya banklarini tashkil etishga ruxsat beriladi;

•Ushbu banklar kredit portfelining kamida 70 foizi kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi;

•Mikromoliya tashkilotlari tomonidan tadbirkorlarga xorijiy valyutada xizmat ko‘rsatish va litsenziya asosida to‘lov tashkiloti sifatida faoliyat yuritishga ruxsat beriladi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Prezident tadbirkorlik uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish bo‘yicha muhim yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

•Birinchi yo‘nalish – kichik va o‘rta biznes uchun moliyaviy resurslarni ko‘paytirish;

•O‘tgan yili kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun yangi tizim joriy qilingan edi. Biznesni rivojlantirish banki va Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etilib, yil boshidan 35 mingdan ortiq tadbirkorlarga jami 3,5 trillion so‘m mikrokreditlar ajratildi;

•Bundan tashqari, “Biznesga birinchi qadam” dasturi bo‘yicha tadbirkorlikni endi boshlayotgan 115 ming aholiga 1 trillion so‘mlik mikroqarzlar berildi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Bugungi kunda 100 tadan ortiq ishchisi bor korxonalar 3 mingga yaqinlashib, ulardagi ish o‘rni bir yilda 440 mingga ko‘paydi.

•Xususiy sektorda 5 million so‘mdan ko‘p maosh oladigan ishchilar 1 milliondan oshdi. Shundan 370 mingi 10 million so‘mdan ziyod oylik oladi;

•Bular tadbirkorlarimiz “soyada” ishlashdan ko‘ra qonuniy faoliyat, sog‘lom raqobatni manfaatli deb bilayotganidan dalolat;

•Tadbirkorlik reytingida “A” va “B” – yaxshi toifaga kiruvchi korxonalar 91 mingga ko‘paydi, yana 170 ming korxona “D” – eng yomon toifadan chiqarildi. Buning hisobiga soliq tekshiruvlari o‘tgan yilga nisbatan 2 karra, jumladan, kameral tekshiruvlar 3 karra qisqardi;

•Shu davrda yirik soliq to‘lovchilar tushumlari 10 foizga, viloyat darajasidagi korxonalarda 25 foizga, tuman tadbirkorlari to‘layotgan soliqlar 40 foizga o‘sdi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Birozdan so‘ng Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlanadi.

Qoraqalpog‘istonda yurtimizning barcha hududlaridan 300 ga yaqin tadbirkor va investorlar to‘plandi. Shuningdek, muloqotda xorijda biznesini yo‘lga qo‘ygan yana 40 dan ziyod vatandoshlarimiz ishtirok etadi. Hududiy studiyalardan 3 mingga yaqin biznes vakillari qatnashadi.

Davlatimiz rahbari tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish bo‘yicha muhim yangi tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Ko‘rib turibsizlar, qoraqalpoq zaminida yashab, ishlayotgan odamlarning ertasi bugunidan yaxshi bo‘lishi uchun katta marralarni olganmiz.

Maqsadimiz bitta – azaldan do‘st-qardosh, og‘a-ini, quda-anda bo‘lib yashayotgan o‘zbek va qoraqalpoq oilalarining tinch va farovon, baxtli hayotini ta’minlash.

Qoraqalpoq zaminida el-yurt uchun o‘zini ayamasdan mehnat qilishga bel bog‘lagan insonlar, ko‘zi yonib, kelajakka talpinib turgan azmu shijoatli yoshlar ko‘pligi, faqat ularning yo‘lini ochib berish, ezgu g‘oya, tashabbus va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash zarurligi qayd etildi.


“Ilgari ham aytganimdek, o‘zbek va qoraqalpoqning tarixi ham, taqdiri ham bir. Va men ishonaman, bizning yorug‘, baxtli kelajagimiz ham albatta bir bo‘ladi”,—dedi Prezident so‘zining yakunida.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Qoraqalpog‘istonda Mahallalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil qilinib, 452 ta mahallaning har biriga 500 million so‘mdan ajratildi.

Buxoro – Nukus – Beynov yo‘nalishidagi 240 kilometr magistral yo‘l yaqin kunlarda ishga tushishi ma’lum qilindi;

•So‘nggi yetti yilda Orol dengizining qurigan tubida 1,9 million gektarda o‘rmonzorlar barpo etildi. Natijada, hududning o‘rmon bilan qoplanish darajasi 19 foizdan 35 foizga yetdi;

•Ekotizimni yaxshilash, sho‘rlangan, suvsiz muhitda yangi nav va urug‘larni yaratish uchun Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi tashkil etildi;

•Yaqinda tasdiqlangan qishloq xo‘jaligini iqlimga moslashtirish dasturiga ko‘ra, Orolbo‘yida iqlim o‘zgarishi oqibatini yumshatishga 80 million dollar beriladi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Bugun, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyuradi.

Safar davomida sanoat korxonalari, IT va ijtimoiy soha obyektlarini ko‘zdan kechirish, mahallalarda aholi hayoti bilan tanishish rejalashtirilgan. Yangi majmualar ishga tushirilib, navbatdagi loyihalar boshlanadi.

20-avgust kuni Nukus shahrida O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan muloqoti bo‘lib o‘tadi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Kitobxonlar uchun yana bir ajoyib yangilik.

"Akademnashr" nashriyoti bilan hamkorlikda bolajonlarimiz uchun yana bir mega loyiha ishga tushadi. Yodingizda bo'lsa "jajji akademik" nomli jurnal bo'lardi. Endi ana o'sha jurnalni yangilangan, kitobcha shaklida chop etmoqchimiz.

Bu kitobchalar bolalarimizning ilm-fanga qiziqishini orttirish, unga mehr qo'yishi uchun ilk qadamlarimizdan.

Qaysi kitobcha Sizda qiziqish uyg'otdi? Yoki qaysi sohalar qo'shilishini xohlar edingiz?

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Kitobxon yoshlar uchun super yangilik bor!

Lekin yangilikni e'lon qilishdan avval, bir savolim bor?
Obunachilarimiz ichida kitobxonlar ko'pmi o'zi?
Qaysi kitoblarni o'qiyapsiz?
Qaysi tanlovlarga qatnashyapsiz?

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Tez orada jonli muloqotimiz boshlanadi (19:40). Birinchi navbatda izohlardagi savollarga javob beriladi. Keyin texnik imkoniyatlardan kelib chiqib jonli efirda savol berish imkoniyati ham beriladi.

Muloqotda ushbu havola orqali ishtiok etishingiz mumkin:/channel/alisher_sadullaev?livestream

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Oltin avlod 12-avgust kuni O‘zbekistonga yetib keladi va tantanali kutib olinadi

Parijda o‘tgan 2024-yilgi yozgi Olimpiadada tarixiy natija ko‘rsatib, O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan, yurt bayrog‘ini ko‘klarga ko‘targan mamlakatning oltin avlodi 12-avgust kuni kunning ikkinchi yarmida O‘zbekistonga yetib keladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan, chempionlar Toshkent aeroportida (terminal-3) tantanali kutib olinadi.

Olimpiada davomida O‘zbekiston delegatsiyasidagi har bir sportchining chiqishlarini vatandoshlarimiz o‘zgacha hayajon va intiqlik bilan kuzatib borishdi. Ularning g‘alabalarini esa juda yuqori kayfiyatda nishonlashdi.

Shunday ekan, chempionlarni munosib kutib olish maqsadida mas’ullar zarur tayyorgarliklarni ko‘rishmoqda. Videoda chempionlarning korteji shahar bo‘ylab harakatlanadigan yo‘nalish ko‘rsatib berilgan.

Rasmdagi doira shaklida belgilangan nuqtalarda esa yurtdoshlarimiz xavfsizlik chora-tadbirlariga qat’iy rioya qilgan holda chempionlarni g‘alabalar bilan qutlashlari mumkin.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

🤩2-kumush medal!

⚡️Taekvondo bahslari finalida terma jamoamiz a’zosi Svetlana Osipova fransiyalik Alteya Loren bilan o’tgan bahsi kumush medal bilan yakunlandi. Bu ham yaxshi, albatta!

Olg’a O’zbekiston!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…
Subscribe to a channel