alisher_sadullaev | Unsorted

Telegram-канал alisher_sadullaev - Alisher Sadullaev

203948

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida • Yoshlar ishlari agentligi direktori • Oliy Majlis Senati a’zosi • O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Subscribe to a channel

Alisher Sadullaev

“Turk Dunyosi Yoshlar Poytaxti” forumida Turkiy davlatlar yoshlari va ushbu mamlakat yoshlarining birdamligi, hamkorligi va do’stligi haqida o’z fikrlarimni aytib o’tdim.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

IBRAT Camp ning bahorgi 1-mavsumiga start berildi

Top-100 talik
universitetlarga kirish istagidagi yoshlar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi mutlaqo bepul oromgohga yo’l olishdi.

Eng iqtidorli yoshlarnigina o’zida jamlagan oromgoh ishtirokchilariga omad tilab qolamiz.

Ular kelgusida dunyoning eng kuchli universitetlarida ta’lim olib, yurtimiz rivojiga hissa qo’shishiga ishonamiz!

@ibratfarzandlari

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Bugun qizlarim Sadiaxon, Hamidabonular va turmush o’rtog’im Hafiza bilan birgalikda referendumda ishtirok etdik. Bu jarayon qizlarimning O’zbekistonda sifatli ta’lim olib ulg’ayishi, sog’lom va muvaffaqiyatli shaxs sifatida kamol topishiga kafolat berayotgani bilan ham biz uchun juda ahamiyatli.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Do‘stlar, endi rus tilini ham qiziqarli va bepul o’rganish mumkin. Bu imkoniyatni do’stlaringiz va yaqinlaringizga ham yetkazing.

Rus tilidan 1-dars;
Rus tilidan 2-dars;
Rus tilidan 3-dars;
Rus tilidan 4-dars;
Rus tilidan 5-dars;
Rus tilidan 6-dars;
Rus tilidan 7-dars;
Rus tilidan 8-dars;
Rus tilidan 9-dars;
Rus tilidan 10-dars;

Darslarni boshlash 👉 https://youtube.com/playlist?list=PLkREkayoYCyKU9nkSEzZXtg0XudlQ7tKM

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Davlatimiz rahbari bu yil Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshirilishini aytib o’tdi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Bugun Saudia Arabistoni Iqtisodiyot va rejalashtirish vazirining yoshlar masalasi bo’yicha maslahatchisi Othman Almoamar bilan uchrashdik.

Hamkasbim O’zbekistonlik yoshlarni Saudiya Arabistonida o’tkaziladigan navbatdagi MISK Global forumiga taklif qildi.

Shuningdek, hamkorlikda yoshlarni iqtisodiy va ijtimoiy qo’llab-quvvatlash yuzasidan tadqiqotlar o’tkazishni ham kelishib oldik.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

AQShning Nyu-York shahrida, BMTning “ECOSOC” yoshlar forumi boshlanish arafasida. O’zbekiston delegatsiyasi ham muloqotlarda ishtirok etishga tayyor.

#ECOSOC #youth #UN #newyork

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

O’zbekistonning BMTdagi doimiy vakili, elchi Bakhtiyor Ibragimov bilan joriy yilning 25-27 aprel kunlarida Nyu-York shahrida bo’lib o’tadigan yoshlar forumidan oldin samimiy muloqot o’tkazdik. Baxtiyor aka bilan yoshlar orasida BMT tizimidagi tashkilotlarga qiziqish kundan-kunga oshib borayotgani va xalqaro maydonda ham O’zbekistonning yoshlar bilan ishlash tajribasi o’rganilayotganini muhokama qildik. Ertaga oldimizda muhim uchrashuvlar va nutq bor, albatta ular haqda ham batafsil ma’lumot berib borishga harakat qilaman.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️ BMTning iqtisodiy va ijtimoiy yoshlar kengashida O’zbekiston vakili sifatida ishtirok etish uchun AQShning Nyu-York shahriga xizmat safari bilan yo’l oldik.

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Rasman: O‘zbekistonda Ramazon hayiti 21-aprel kuni nishonlanadi

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Do‘stlar, bugundan xalqaro sport ustasi XM Bobur Sattarovning shaxmatni noldan boshlab o'zbek tilida mutlaqo bepul o’rganish imkoniyatini beruvchi 1-10 darslarini e'lon qilamiz:

1-dars - Shaxmat taxtasi
2-dars - Rux bilan tanishuv
3-dars - Fil bilan tanishuv
4-dars - Farzin bilan tanishuv
5-dars - Shoxning xususiyatlari
6-dars - Ot bilan tanishuv
7-dars - Piyodalar bilan tanishuv
8-dars - Donalarining terilishi
9-dars - Shox berish
10-dars - Mot haqida

👉 Shaxmat yangiliklari @uzchesss

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Joriy yilning, 15-aprel sanasidan “Amir Temur izdoshlari” harbiy-vatanparvarlik spartakiadasi doirasida tanlovlarga start beriladi!

— “Yosh gvardiyachi” ;

“Yoshlar va qonun” ;

“Shunqorlar” ;

"To'maris izdoshlari tanlovi" .

Eslatma:
Yuqoridagi tanlovlar bilan batafsil tanishish uchun tanlov nizomlari bilan tanishib olishingizni tavsiya etamiz!

Ro’yxatdan o’tish uchun: @Spartakiadauz_bot

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️ Ibrat tillar oromgohining yangi mavsumini sizga mutlaqo yangicha yondashuv bilan taqdim etmoqchimiz: loyiha yanada sayqallanib, mazmun jihatdan mustahkamlandi.

Bu safar biz jalb qilgan katta tajribali mutaxassislar qatnashchilarga TOP 100ta universitetlarga kirish uchun tayyorgarlik ko'rish bo'yicha amaliy bilimlar beradilar.

Nima dedingiz? Qatnashasizmi? Munosib nomzodlarga bu xabarni ulashing.

Ro'yxatdan o'ting!

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning topshirig‘i bilan “Togg” brendi ostida ishlab chiqarilgan birinchi milliy elektromobil Shavkat Mirziyoyevga topshirildi. Prezident elektromobil ruliga o‘tirib, uni haydab ko‘rdi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Joriy yilda 300 ming yoshlarning xususiy markazlarda til o‘rganish xarajatlariga 100 milliard so‘m ajratiladi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Ayni damda Turkiyaning Istanbul shahrida oʻtkazilayotgan “Turk Dunyosi Yoshlar Poytaxti” forumida  Alisher Saʼdullayev boshchiligidagi Oʻzbekiston yoshlar delagatsiyasi ham ishtirok etmoqda. Forum davomida Turkiy davlatlar Bosh Kotibi Qubanichbek Omaraliyev bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi BMTning iqtisodiy va ijtimoiy yoshlar kengashi doirasida yuqori darajada bir qancha muzokaralar o’tkazdi. Xususan, BMT Bosh kotibining Yoshlar bo‘yicha maxsus vakili Jayatma Vikramanayake xonim bilan BMTning Yoshlar Strategiyasi-2030 dasturi hamda AQSH Davlat departamentining yoshlar masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abby Finkenauer bilan hamkorlik loyihalari yuzasidan kelishib olindi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Bugun O‘zbekistonda referendum kuni (30.04.2023)

O
voz berish soat 08:00 dan boshlab soat 20:00 ga qadar davom etadi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Do‘stlar, o'tgan safar xalqaro sport ustasi XM Bobur Sattarovning shaxmatni noldan boshlab o'zbek tilida mutlaqo bepul o’rganish imkoniyatini beruvchi 1-10 darslarini e'lon qilgan edik. Bu safar sizlarga 11-24 darslarni taqdim qilamiz:

11-dars - Rakirovka
12-dars - Shaxmatda durang
13-dars - Mag'lubiyatdan qochish
14-dars - Murakkab vaziyatdan durrangacha
15-dars - Pot
16-dars - Hujum va himoya
17-dars - Sipohlar narxi
18-dars - Etika qoidalari
19-dars - Farzin va ruh mot qilishi
20-dars - 2 ta ruh bilan mot qilish
21-dars - Farzin bilan mot qilish
22-dars - Rux bilan mot qilish
23-dars - Ikki fil bilan mot qilish
24-dars - Fil va ot mot qilish


👉 Shaxmat yangiliklari @uzchesss

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Tashqi savdoni erkinlashtirish hamda investorlarga qulay sharoit yaratib berish borasidagi navbatdagi muhim qadamlar:

— Investorlar uchun 7 mingdan ziyod xomashyo va tovarlarga bojxona bojlari bekor qilindi;

— ijro hokimiyati tizimida byukratiyani kamaytirib vazirliklar soni 61 tadan 28 taga keltirilgani;

— Davlatning biznesni tartibga solishga qaratilgan 500 ta funksiyasi bekor qilingani, yana 70 ta funksiyasi xususiy sektorga davlat-xususiy sheriklik va autsorsing asosida o’tkazilganligi hamda 132 ta litsenziya va ruxsat berishga oid xujjatlar bekor qilingani, 33 tasi bo’yicha xabardor qilish tartibi kiritilganligi;

— Qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi 12 foizga tushirilgani, eksportchi korxonalarga 7 kun ichida qaytarilishi va boshqa ko’plab investorlar uchun qulaylik yaratiladigan zamin yaratishda davom etayotganligi to’g’risida Yurtboshimiz ma’lumot berib o’tdilar!

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Prezident farmoni bilan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni ishga olgan korxonalarga to‘langan ijtimoiy soliqni qoplab berish amaliyoti 2023-yil 1-maydan – 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.

Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan 7-oydan boshlab qoplab beriladi.

Ushbu imkoniyat budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada to‘lovchilarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Mazkur imkoniyat haqida batafsil ma’lumot

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Xalqaro imtihon tizimlari: 2021-yil 1-maydan buyon xorijiy tillar bo'yicha qaysi hududlar eng ko'p kompensatsiya olgan?

Tahlillarimizga ko'ra, jami 18 turdagi xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijalarga erishgan yoshlarga 24,4 mlrd so’m imtihon xarajatlari kompensatsiya to'lab berilgan. Toshkent shahri, Buxoro va Farg'ona viloyatlari esa yoshlarga eng ko’p kompensatsiya to’langan viloyatlar qatorida.

Eslatib o'tamiz, 18 ta xalqaro imtihon tizimlarida ham yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini "Xazna" ilovasi orqali kompensatsiya qilib qaytarib olishlari mumkin. Yuklab oling: iOS | Android

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Do‘stlar, avvalroq ingliz tilidan sizlar uchun 1-10, 11-20, 21-30, 31-40, 41-50 hamda 51-60, 61-70, 71-80, 81-90, 91-100, 101-110 darslarni e’lon qilgandik. Bugun 111-darsdan 120-darsgacha taqdim etmoqchimiz! Avvalgi darslarni ko’rib bo’lgansiz, deb umid qilamiz)

Ingliz tilidan 111-dars;
Ingliz tilidan 112-dars;
Ingliz tilidan 113-dars;
Ingliz tilidan 114-dars;
Ingliz tilidan 115-dars;
Ingliz tilidan 116-dars;
Ingliz tilidan 117-dars;
Ingliz tilidan 118-dars;
Ingliz tilidan 119-dars;
Ingliz tilidan 120-dars.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

O'zbekiston U-20 terma jamoasi Argentina U-20 terma jamoasiga qarshi o'ynaydi

Argentinada 20-maydan 11-iyungacha start oladigan futbol bo’yicha U-20 jahon chempionatiga qur’a tashlash natijalari yakuniga koʻra barcha jamoalar oʻz raqiblarini bilib oldi. Unda amaldagi Osiyo chempioni O’zbekiston U-20 terma jamoasi, Argentina, Gvatemala hamda Yangi Zelandiyaga qarshi to'p suradi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Erta tongdan motivatsiya! Uyda, yo’lda yoki xizmat safarida, vatanda yoki xorijda bo’lganlar uchun KONSTAdan yangi ijod mahsuli. Izohlarda fikrlaringizni kutaman, albatta do’stlaringizga ham ulashing.

Soundtrackni YouTubeda ko’rish: https://youtu.be/EMDhqk8VHlE

👉 @alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

#tilimiz_uchun #repost

⚡️ Vanihoyat Oʻzbekcha Vikipediya Markaziy Osiyoda birinchi o’ringa chiqdi!

Oʻzbek tilidagi maqolalar soni 233 mingdan oshib, butunjahon Vikipediyalar tizmasida 45 oʻringa koʻtarildi. Shu bilan birga, qozoqcha Vikipediyani ortda qoldirib, Markaziy Osiyodagi vikipediyalar ichida birinchi oʻringa chiqdi. Eng muhimi sifat va mazmun birinchi o’rinda saqlanib qolmoqda.

Erishilgan natija bilan barcha oʻzbekcha Vikipediya foydalanuvchilarini tabriklaymiz.
Bu natija ortida juda katta yoshlar jamoasining mehnati va Prezidentimizning o’zbek tiliga bo’lgan e’tiborlari turibdi.

Harakatga qo’shilish 👉 /channel/wikistipendiya

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Do‘stlar, avvalroq ingliz tilidan sizlar uchun 1-10, 11-20, 21-30, 31-40, 41-50 hamda 51-60, 61-70, 71-80, 81-90, 91-100 darslarni e’lon qilgandik. Bugun 101-darsdan 110-darsgacha taqdim etmoqchimiz! Avvalgi darslarni ko’rib bo’lgansiz, deb umid qilamiz)

Ingliz tilidan 101-dars;
Ingliz tilidan 102-dars;
Ingliz tilidan 103-dars;
Ingliz tilidan 104-dars;
Ingliz tilidan 105-dars;
Ingliz tilidan 106-dars;
Ingliz tilidan 107-dars;
Ingliz tilidan 108-dars;
Ingliz tilidan 109-dars;
Ingliz tilidan 110-dars.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

⚡️Do‘stlar, avvalroq ingliz tilidan sizlar uchun 1-10, 11-20, 21-30, 31-40, 41-50 hamda 51-60, 61-70, 71-80, 81-90 darslarni e’lon qilgandik. Bugun 91-darsdan 100-darsgacha taqdim etmoqchimiz! Avvalgi darslarni ko’rib bo’lgansiz, deb umid qilamiz)

Ingliz tilidan 91-dars;
Ingliz tilidan 92-dars;
Ingliz tilidan 93-dars;
Ingliz tilidan 94-dars;
Ingliz tilidan 95-dars;
Ingliz tilidan 96-dars;
Ingliz tilidan 97-dars;
Ingliz tilidan 98-dars;
Ingliz tilidan 99-dars;
Ingliz tilidan 100-dars.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Joriy yildan boshlab yoshlar oʼrtasida “Kasb-hunar olimpiadalari” oʼtkaziladi

Davlatimiz rahbari raisligida oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida joriy yildan boshlab yoshlar oʼrtasida “Kasb-hunar olimpiadalari” oʼtkazilishi taʼkidlandi.

Misol uchun, oshpaz, konditer, stilist, dizayner, hunarmandlar oʼrtasida olimpiada oʼtkaziladi va gʼoliblarga ustaxonalar qurib beriladi, zarur dastgohlar olib beriladi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Alisher Sadullaev

Joriy yilda yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish uchun 100 milliard so‘m ajratiladi

“Yoshlar daftari” jamg‘armasi yoshlarni ko‘proq kasbga, tadbirkorlikka o‘rgatib, bandligini ta’minlashga xizmat qilishi kerak bo‘lsa-da, hokimlar atigi 10 foiz mablag‘ni bandlikka yo‘naltirgan, “Yoshlar daftari” orqali ko‘rsatiladigan 25 ta yordamning 5 tasidan foydalanmoqda. Shu sababli:

- endi yoshlarga kasbga o‘qish, mehnat quroli, urug‘-ko‘chatga subsidiya kabi turdosh xizmatlardan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkoniyati yaratiladi;

- urug‘ va ko‘chat uchun 2,5 million so‘m o‘sha hududdagi urug‘-ko‘chat xo‘jaliklaridan sotib olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi;

- “Yoshlar daftari” bilan ishlashda yoshlarni animatsiya, dizayn, logistika operatori, gid kabi zamonaviy kasblarga o‘qitishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Bu tizim bilan maktablarning 10-11-sinf o‘quvchilari ham qamrab olinadi;

- bundan buyon “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘ining kamida 40 foizi aynan kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltiriladi;

- joriy yilda zamonaviy kasblarga o‘qitish uchun 100 milliard so‘m ajratiladi va kamida 25 ming nafar yosh o‘qitiladi. Ehtiyojga qarab, bunga yana mablag‘ ajratiladi.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…
Subscribe to a channel