⚡️Avvalroq “Ibrat farzandlari”da til o‘rganib, 30 ga yaqin o‘quvchiga taʼlim berayotgan kuzatuvchimiz haqida yozgandim. Shundan so‘ng Xurshida opa bilan, berayotgan taʼlim jarayonidan yaqindan tanishish maqsadida yashash joyiga borganmiz va o‘rganganmiz. Hozirda esa, Xurshida opada 50 dan ortiq o‘quvchi taʼlim olmoqda.
Videolavhada ko‘rishimiz mumkinki, Xurshida opani maqsad va orzusi o‘quv markazini ochish, mohir, namunaviy pedagog tadbirkor bo‘lib yetishishdir. Yoshlar ishlari agentligi esa, mazkur orzularni ro‘yobga chiqarib, Xurshida opani o‘z yo‘lini topishlariga yordam qilib boramiz.
Xurshida opa kabi matonatli va o‘z ustida ishlashdan to‘xtamaydiganlar ko‘paysin! Biz esa loyihamiz insonlarning ilmiy rivojlanishiga hissa qo‘shayotganidan mamnunmiz✊
@alisher_sadullayev
Buxoroda DXX kubogi final uchrashuvi chinakam yoshlar bayramiga aylandi
Buxoro sport majmuasida o'tkazilgan DXX kubogi final uchrashuvi musoboqalari yorqin lahzalarga boy tarzda o'tdi.
Yakunda Peshku tumani g'alabasi bilan tugagan final musobaqasida g'olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
@alisher_sadullaev
⚡️ Sizlarga xabar berganimizdek, “Kelajak kasblari”ning 2-mavsumiga start berganmiz!
Bugungi kunga qadar, yoshlardan 2 188 ta ariza kelib tushgan bo’lsa shundan, 768 tasi tasdiqlangan, 598 tasi rad qilingan hamda 822 tasi ko’rib chiqilmoqda.
O’quv markazlardan 325 ta ariza qabul qilingan bo’lsa, shundan 65 tasi tasdiqlanib, 50 ta o’quv markazga davomat tizimi o’rnatilgan va 15 tasida o’rnatilmoqda. 36 ta ariza ko’rib chiqilmoqda hamda 224 ta ariza rad qilingan.
Shuningdek, @kelajakkasblari_bot dan bugungi kunda 3 288 nafar yoshlar foydalanmoqda.
Asosiy maqsad, yoshlarimiz sifatli ta’lim olishlari uchun shart - sharoitlar yetarli bo’lishini ta’minlashdir.
Ariza topshirish uchun havola: https://yoshlardaftari.uz/applications/create/center?service_id=8
@alisher_sadullaev
Volontyorlarga o’z volontyorlik takliflarini amalga oshirish uchun mablag’ ajratiladi!
✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 5 ta eng yaxshi volontyorlik loyihalari tanlab olinib, ularni amalga oshirish uchun BHMning 200 baravarigacha mablag‘ ajratiladi.
Sizning ham volontyorlik yo‘nalishidagi loyihalaringiz bo’lsa, hoziroq yoshlarportali.uz orqali ariza yuboring
Arizalar joriy yilning 10-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.
Batafsil
@alisher_sadullaev
Xorijiy tillar bo’yicha yuqori natija erishgan yoshlarga 30 mlrdan ortiq summa qoplab berildi.
2021-yil 1-maydan 5 turdagi, 2022-yil 1-yanvardan 13 turdagi (jami 18 turdagi) xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab berilmoqda. Bugunga qadar mazkur tizim orqali 17 460 nafar yoshning imtihon xarajatlari qoplab berildi va bu qariyb
30,3 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda.
E’tiborlisi, mazkur tizimda kompensatsiya olgan qizlar soni bu safar ham yigitlar sonidan ko‘p. Ayol-qizlarimiz 9 489 nafarni, yigitlar esa 7 975 nafarni tashkil etmoqda.
@alisher_sadullaev
⚡️ "Ibrat Camp - Top 100 universities" loyihasining 1-yozgi mavsumi yakunlandi. Oromgohning yopilish marosimida ishtirokchilar bilan fikr almashdik.
Global makonni ilm bilan zabt etishni maqsad qilgan bu yoshlarning salohiyati juda kuchli, maqsadlari aniq ekani meni juda quvontirdi. Ishonamanki, ular kelgusida nafaqat O’zbekiston, balki dunyo taraqqiyotiga ham hissa qo’sha oladigan kadrlar bo’lib yetishadi.
Aytgancha, oromgoh bepul. Til bilsangiz bo’lgani. “Ibrat farzandlari”da esa tilni ham bepul o’rganishingiz mumkin!
@alisher_sadullaev
Qonunlarni, odamlarni mensimaydigan, ularga qo‘pol munosabatda bo‘ladigan, byurokratiya va korrupsiya balosiga berilgan har qanday rahbar bilan – u vazir yoki hokim bo‘ladimi, boshqa mas’ul vazifadagi amaldor bo‘ladimi – salbiy harakatlari bilan davlat obro‘siga putur yetkazayotgan bunday kishilar bilan uzil-kesil xayrlashamiz! Ularning o‘rniga bilimli, Vatan va xalq tashvishi bilan yashaydigan yosh-yosh yigit-qizlarni qo‘yamiz — Shavkat Mirziyoyev
@alisher_sadullaev
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining O‘zbekiston Respublikasi saylangan Prezidentining lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi boshlandi. Tantanali marosimni “O‘zbekiston 24” telekanalida va quyidagi havolalar orqali jonli efirda tomosha qiling:
Youtube
Facebook
@alisher_sadullaev
Vanihoyat darslar boshlandi!
🎉 Va'da - va'da! YouTube sahifamizda 300K bo'lganimiz munosabati bilan til ixlosmandlari uchun uzoq kutilgan — IELTS darslariga start beramiz.
Ushbu darslar orqali siz IELTS imtihoniga oson va bepul tayyorlanishingiz mumkin. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!
👉 Darslarni tomosha qilish
P. S. IELTS sertifikatini olib, nima qilmoqchisiz? 😎
@ibratfarzandlari
“Kelajak kasblari” loyihasining 2-mavsumida kutilayotgan yangiliklar, rejalar hamda natijalar bilan kengroq tanishtirish maqsadida muloqot o’tkazishni rejalashtirdik.
Jonli efirni tomosha qilish uchun:
Youtube: https://www.youtube.com/live/W9mOMi0jhdo?feature=share
@alisher_sadullaev
Erta tongdan mahallamiz yoshlari bilan prezidentlik saylovida ishtirok etdik va o’zimiz uchun munosib nomzodga ovoz berdik. Saylov uchastkalaridagi navbat, faollik va yoshlarimizning bu saylovdagi ishtiroki ochig’i odamni quvontiradi!
Siz ham o’z konsitutsion huquqingizdan foydalanib, saylovda ovoz bering!
@alisher_sadullaev
⚡️ Paralimpiya sportchilaridan yoshlarimiz uchun katta motivatsiya. Matonatli sportchilarimiz harakat va mehnat orqali hech kimdan kam emasligingiz va aslo qolishmasligingizni isboti bilan ko’rsatib berishgan.
#respect #hurmat
@alisher_sadullaev
⚡️Qadrli til ixlosmandlari, yoshlar, sizlarga qulaylik yaratish maqsadida “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasidagi barcha darslar havolalarini bir e’londa jamladik!
🇬🇧 Ingliz tilini 0 dan oʻrganish
🇷🇺 Rus tilini 0 dan oʻrganish
🇺🇿 Oʻzbek tilini 0 dan oʻrganish
🇺🇿 Oʻzbek tilini 0 dan oʻrganish (ingliz)
🇹🇷 Turk tilini 0 dan oʻrganish
🇩🇪 Nemis tilini 0 dan oʻrganish
🇩🇪 Nemis tilidan intensiv darslar
🇪🇸 Ispan tilini 0 dan oʻrganish
🇮🇹 Italyan tilini 0 dan oʻrganish
🇫🇷 Fransuz tilini 0 dan oʻrganish
🇨🇳 Xitoy tilini 0 dan oʻrganish
🇯🇵 Yapon tilini 0 dan oʻrganish
🇹🇷 Turk tili so'zlashuv
🇰🇷 Koreys tilini 0 dan oʻrganish
🇸🇦 Arab tilini 0 dan oʻrganish
🇮🇳 Hindiy tilini 0 dan oʻrganish
🇬🇧 Ingliz tili so'zlashuv
Marhamat, zavq bilan chet tillarini bepul o’rganing.
@ibratfarzandlari
⚡️Andijonlik matonatli singlimiz Zarina Madrahimova ota-onasining ishonchi uchun erishayotgan yutuqlari haqida
#matonat #yoshlar
@alisher_sadullaev
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigi
#yoshlik #yoshlarkuni #yoshlarbilan
@alisher_sadullaev
🇺🇿 66 yoshingiz muborak bo’lsin, janob Prezident!
O’zbekistonimizning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, yurtimizning barqarorligini mustahkamlash yo’lidagi betinim harakatlaringizda sizga kuch-quvvat tilaymiz. Yoshlarga bildirayotgan ishonchingizni albatta oqlaymiz, yosh avlodning rivojlanishi uchun har jabhada yaratilayotgan imkoniyatlar uchun minnatdormiz!
@alisher_sadullaev
⚡️YouTuber’lar uchun maxsus darslar!
Bugungi kunda YouTube platformasida kreativ va mazmunli kontentlarga ehtiyoj har doimgidan ham ko’proq. Ammo sifatli kontent qilish har doim ham foyda yoki manfaat olib kelmaganligi sababli, tez daromad qilish yoki tez obunachilar ko’paytirish maqsadida sifatsiz kontent — “musor” yoki “trash”lar ham ko’payib ketyapti.
Agentlik jamoasi sifatli va kreativ kontent yaratuvchilarini qo’llab-quvvatlash maqsadida “YouTube - O’zbekiston” loyihasini boshladi.
Mazkur loyiha orqali “YouTube”ga qanday qilib video yuklashdan tortib, YouTube kanalda monetizatsiya funksiyasini yoqishga qadar o’rgatib kelinmoqda.
Marhamat, “YouTube kanalga monetizatsiyani ulash” darsini hoziroq tomosha qiling: https://youtu.be/g592M0d7Y-I
@alisher_sadullaev
⚡️Bugun xalqaro shaxmat kuni
Bizni xursand qilgan yangilik esa boshqasi. Bugun maktab o’quvchilari o’rtasidagi Osiyo chempionatida naqd 37 dona medalni yutib olgan kelajagimiz — O’zbekiston bolajonlaridir (12ta oltin, 9ta kumush va 16ta bronza). Bu hali g’alaba qozonganlari, ularning ortida yana minglab iqtidor egalari ulg’ayib kelishmoqda. Olg’a, O’zbekiston!
@alisher_sadullaev
⚡️ O‘zbekiston terma jamoasi CS:GO bo‘yicha Osiyo chempioniga aylandi
Ushbu g‘alaba jamoaga Jahon chempionati yo‘llanmasini taqdim etdi.
Eng qizig’i ular yaqinda “besh tashabbus olimpiadasi”g’oliblariga ham aylanishgan edi.
@alisher_sadullaev
Izohsiz…
Matonatli ona va yana boshqa shunday o’n minglab o’rganuvchilarning izohlaridan biri. Bilim olishingizda yordamchi bo’layotganimizdan faqat va faqat faxrlanamiz.
Marhamat: ibratfarzandlari" rel="nofollow">https://youtube.com/@ibratfarzandlari
@ibratfarzandlari
Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishdi
@alisher_sadullaev
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlariga murojaat qildi:
“Aziz o‘g‘il-qizlarim, bugun tarixning o‘zi, zamonning o‘zi sizlarning oldingizda beqiyos imkoniyatlar ochmoqda.
El-yurt koriga avvalo kim yaraydi? Albatta, sizlar! Yangi O‘zbekistonni, Uchinchi Renessansni kim barpo etadi? Albatta, sizlar! Yurtimiz, xalqimizni kelajakda kim rozi qiladi? Albatta, sizlar!
Xalqimiz, Vatanimiz sizlarga ishonadi.
Sizlar O‘zbekiston tarixiga oltin harflar bilan yoziladigan buyuk ishlarni amalga oshirishga qodirsiz.
Yoshlik – g‘animat, vaqt – g‘animat, fursat borida otni qamchilang! Davlatimiz, xalqimiz yaratib berayotgan imkoniyatlarning qadriga yeting! Dunyoga o‘z so‘zingizni ayting!
Izlanish va intilishdan aslo to‘xtamang! Baxt va omad doimo sizlarga yor bo‘lsin!”
@alisher_sadullaev
Qoraqalpog’iston Respublikasiga xizmat safarimiz davomida “Kelajak kasblari” loyihasi yuzasidan o’quv markazlari bilan hamkorlik natijalarini o’rgandik. Natijalar yomon emas, ammo hali oldinda rivojlanish uchun katta imkoniyatlarimiz bor.
Ushbu videoni yuqori sifatda quyidagi havola orqali ko’rishingiz mumkin: https://fb.watch/lLV8NiwDKi/?mibextid=qC1gEa
@alisher_sadullaev
⚡️ Bugun tabrik yo’llagan va bizni eslagan barcha do’stlarim, yaqinlar va Ustozlarga rahmat. Aslida 29 yil oldin Yaratgan menga dunyoga kelish omonatini inom etgani hamda otam va onamning mehri bilan ulg’ayganimni — eng katta baxtim deb hisoblayman. Sizlarga ham baxt-saodat va muvaffaqiyatlar tilab qolaman.
@alisher_sadullaev
⚡️"Kelajak kasblari" loyihasining 2-mavsumiga start berildi
Loyihamizning 2-mavsumi uchun 50 dan ziyod eng yaxshi markazlar saralab olinib, ularga davomat tizimlari o‘rnatildi. Tasdiqlangan markazlar bilan viloyat boshqarmalarimiz yuridik hamkorlikni yo'lga qo‘yishdi.
1.Ushbu mavsumda yoshlarimizdan o'z vaqtida darslarda ishtirok etishi kerak va buni davomat tizimi to'liq nazorat qiladi. Bir oyda sababsiz 6 marta darslarni qoldirgan yoshlarga subsidiya ajratilishi to'xtatiladi.
2.Yoshlarimiz uchun loyiha haqida batafsil ma'lumot beruvchi @kelajakkasblari_bot ham ishga tushishini ma'lum qilamiz. Shuningdek ushbu bot orqali loyiha ishtirokchilari uchun turli testlar ham ulashib boramiz.
⚡️ Ariza topshirish uchun havola: https://yoshlardaftari.uz/applications/create/center?service_id=8
#kelajakkasblari #2_mavsum
@alisher_sadullayev
O’zbekistonlik yosh shaxmatchilarimiz G’arbiy Osiyoda tengsiz!
⚡️Qirg'iziston Respublikasining Issiqko'l hududida bo'lib o’tayotgan 8-18 yoshlilar o’rtasida shaxmat chempionatida standart yo’nalishda yosh shaxmatchilarimiz 5 ta oltin,
2 ta kumush, 3 ta bronza medalni qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o'rinni qayd etishdi.
@alisher_sadullaev
⚡️ "Ibrat Top 100" Xorijiy tillar oromgohi ishtirokchilari 2 bosqichli murakkab tanlov asosida saralandi. Dunyoning eng nufuzli 100 ta universitetiga kirmoqchi bo'lgan eng bilimdon va intiluvchan yoshlarning 276 tasi IELTS'dan 7.5, 89 tasi 8.0, 12 tasi 8.5 ballni qo'lga kiritgan. Shubhasiz, ushbu oromgoh yurtimizning turli burchaklaridagi til bilimdonlarini bir joyga jamlay oldi.
@alisher_sadullaev
2024/2025 o‘quv yilidan OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi — Prezident qarori
@alisher_sadullaev
⚡️Bugun 30-iyun, 18:00da “Yoshlar”, “MY5” va “Renessans TV” kanali orqali yoshlar kuniga bag’ishlangan tantali bayramni kuzatishingiz mumkin.
Bayramimiz yana bir bor muborak bo’lsin, aziz yoshlar!
@alisher_sadullaev
🏆 Yarim final!
🔥 Bugun Osiyo kubogi U-17 ning yarim finalida 🇺🇿 Oʻzbekiston - 🇰🇷 Janubiy Koreyaga qarshi oq-koʻk libosda oʻynaydi
🗓 O’yin 29-iyun soat 19:00 da (Toshkent vaqti bilan) Bangkok shahrining “Patum Tani” stadionida start oladi.
@alisher_sadullaev