⚡️"Zukko kitobxon" tanlovining sentabr oyi uchun kitoblar ro’yxati!
Eng muhimi, ushbu tanlovda yoshidan qat'iy nazar barcha ishtirok etishi mumkin.
📚Siz ham ishtirok etmoqchimisiz? @kitobxontestbot orqali hoziroq roʻyxatdan oʻting!
Tanlov nizomi bilan tanishing
@alisher_sadullaev
Matbuot anjumaniga taklif etamiz!
🔶 Bugun 7-sentabr soat 12:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “2023-yilgi Besh tashabbus olimpiadasining 2-mavsumi” yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
✅ Ishtirok etishni istagan barcha jurnalist va blogerlarni anjumanga taklif etamiz.
@alisher_sadullaev
Shu yilning 25-sentabr – 1-oktabr kunlari “WeekieHogwarts” oromgohi tashkil etiladi.
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan “WikiStipendiya” loyihasining “WeekieHogwarts” oromgohida qatnashish orqali siz bir qator imkoniyatlarni qo‘lga kiritishingiz mumkin.
Jumladan:
✓ zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni bepul o‘rganish imkoni;
✓ hech qanday to‘lovlarsiz IELTS imtihonini topshirish;
✓ OTMlar uchun to‘lov summasini davlat tomonidan qoplab berilishi kabilar. Bundan tashqari, loyiha g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishadi.
Ishtirok etishni xohlovchilar batafsil ma’lumotni shu yerdan olishlari mumkin.
@alisher_sadullaev
Joriy yilning 7 – 10-sentabr kunlari Xiva shahridagi “Ichan Qalʼa” majmuasida Xalqaro Etnosport festivali ilk marotaba tashkil etiladi.
Xalqaro Etnosport festivali doirasida:
3 ta jahon chempionati (bahodirlar oʻyini va tosh koʻtarish, mas restling, oʻzbek jang sanʼati);
6 ta sport turlari boʻyicha (turon yakkakurashi, kurashi, bel olish va uch kurashi, ot sporti turlari, kamondan otish va qushlar ovi) boʻyicha koʻrgazmali chiqishlar;
12 ta milliy xalq oʻyinlari (kim oladiya, yelkada kurash, chillak, mindi, xoʻrozlar jangi, qarmoqcha, oq terakmi — koʻk terak, toʻptosh, oʻrtaga turish, haykal, xamir patir, lanka) boʻyicha koʻrgazmali oʻyinlar;
Mazkur tadbirlarga 63 ta davlatlardan jami 1884 nafar, shundan 928 nafar xorijiy, 956 nafar mahalliy mehmonlarning ishtiroki kutilmoqda.
Barchangizni, chinakam yoshlar festivalida kutib qolamiz!
@alisher_sadullaev
🇺🇿Biz birlashsak – Vatanmiz!
Bugun Jadid bobolarimiz orziqib kutgan ona diyorimiz Mustaqilligiga 32 yil to’ldi. Tarixdan ma’lum, istiqlol orzusi yo’lida, erk va ozodlik kurashlarida necha necha ajdodlarimiz jon olib jon berishgan. Bu sana uzoq va intiqib kutilgan sana! Shubhasiz, uni qadrlash va qimmatini teran anglab yetish har birimizning farzandlik burchimizdir.
Aziz yurtdoshlar, barchangizga jonajon O’zbekistonimiz Mustaqilligining 32 yilligi qutlug’ bo’lsin! Istiqlolimiz mangu, istiqbolimiz abadiy bo’lsin!
@alisher_sadullaev
Davlatimiz rahbari Ko’ksaroyda mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan taqdirlanganlarga davlat mukofotlarini topshirdi.
Eng quvonarlisi, 2 ta bolani o’z qaramog’iga olgan Qo’qon shahridagi “Sobir Abdulla” mahalla yoshlar yetakchisi Berdiyeva Oysanamning taqdirlanganlar orasida borligidir.
@alisher_sadullaev
⚡️Magistratura natijalari e’lon qilindi
Talabgorlar natijalarni http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
@alisher_sadullaev
Kelgusi yilda Investitsiya dasturi doirasida maktablar qurilishiga
3 trillion so’m ajratiladi. Buning hisobiga 150 ming yangi o’quvchi o’rni yaratiladi.
Shuningdek, kam quvvatda ishlayotgan 61 ta kollej binosi o’rnida maktablar tashkil etilib, 42 ming o’quvchi o’rni yaratiladi.
Xususiy sherikchilik asosida kelgusi yilda 50 ta (35 ming o’quvchi o’rni) maktab qurilish ishlari boshlanadi.
Tadbirkorlarga xususiy maktab tashkil qilish uchun kreditning 7 foiz qismi byudjetdan qoplab beriladi. Yer maydonlari esa, faqat maktab qurish uchun maqsadli auksionga chiqariladi.
Natijada, kelgusi yilda 250 ming yoki o’tgan yilga nisbatan 2 karra ko’p o’quvchi o’rni yaratiladi.
Xususan, 2024-yilda 50 ta, 2025 yilda kamida 100 ta maktabni xususiy sheriklik asosida qurish vazifa etib belgilandi.
@alisher_sadullaev
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida maktablarda ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish hamda o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tmoqda.
Bugungi kunda 70 ming o’rinli 350 ta xususiy maktab tashkil etildi. Ayniqsa, Toshkent shahri va Farg’ona viloyatida salmog’i ancha yuqori ekanligi ta’kidlandi.
Bu yil maktablarda dars berish uchun 500 nafar xorijiy til o’qituvchilari olib kelindi. Kelgusi yilda esa, yana 1,5 ming mutaxassis olib kelish reja qilingan.
Yangi o’quv yilida maktablarni kompyuter sinflari bilan jihozlashga respublika byudjetidan 200 milliard so’m, mahalliy byudjetlardan 200 milliard so’m ajratish belgilandi.
@alisher_sadullaev
⚽️ Bugun Davlat xavfsizlik xizmati kubogi finali.
Bu yil 250 mingdan ortiq yoshlarni qamrab olgan mazkur turnirning finalchilari:
▶️ Futbol bo’yicha (yigitlar)
Navbahor (Toshkent viloyati) — Turon (Jizzax)
▶️Mini-futbol bo’yicha (yigitlar)
Qamashi (Qashqadaryo) — Yangi Hayot (Toshkent viloyati)
▶️Mini-futbol (qizlar)
Nafis (Samarqand) — To’maris (Xorazm)
Finalni tomosha qilish uchun bugun “Jar” stadioniga 18:00 da kelishingiz mumkin!
@alisher_sadullaev
🆕 My.gov.uz portalida yoshlar uchun yana bir qulaylik yaratildi
❗️Endilikda, xalqaro imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha xabarnoma olgan yoshlar yoki ularning ota-onalari bank kassalariga borib navbat kutishiga aslo hojat yo‘q.
💻Ular uchun my.gov.uz portalida yangi qulaylik yaratildi.
📱Shaxsiy kabinetga xalqaro imtihon xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha xabarnoma yoki SMS kelgach:
⏺“davlat xizmatini davom ettirish” tugmasi bosiladi;
⏺bank plastik karta raqami kiritiladi;
⏺“yuborish” tugmasi bosiladi.
📆 Talabgorga pul mablag‘i 1 bank kuni davomida (soat 9-00 dan 17-00 ga qadar) o‘tkazib beriladi.
👩💻Ma’lumot o‘rnida: 2021-yil 1-maydan 5 turdagi, 2022-yil 1-yanvardan 13 turdagi (jami 18 turdagi) xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab berilmoqda.
🔵Bugunga qadar mazkur tizim orqali 18 000 dan ortiq yoshning imtihon xarajatlari qoplab berildi.
@alisher_sadullaev
⚡️Respublikamizdagi ayrim maktablar bitiruvchilarining barchasi oliy ta’lim muassasalari talabasi bo‘ldi
Xususan:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani ixtisoslashtirilgan maktabi;
2. Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi;
3. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi;
4. Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktab internati;
5. Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining bitiruvchilari 100 foizlik natijani qayd etgan holda, barchasi OTMga o‘qishga qabul qilingan.
@alisher_sadullaev
Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.
Apellatsiya arizalari my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 31-avgustga qadar (10 kun) davom etadi.
Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2023-yil 24-avgustdan boshlanadi.
@alisher_sadullaev
⚡️“Ibrat Academy” bilan til o’rganayotganlar soni 107 mingdan oshdi
Yaqindagina yoshlarimizning til o’rganishini yanada qulaylashtirish uchun “Ibrat Academy” mobil ilovasini taqdim etgandik. Qisqa muddat ichida ilovadan til o’rganayotganlar soni qariyb 107525 tani tashkil etmoqda. Til kurslariga yozilganlar esa 204 mingdan ortdi. Bu degani har bir foydalanuvchi ilovadan kamida ikkita til o’rganayotganini anglatadi.
Yana bir quvonarli jihati “Ibrat Academy” O’zbekiston internet segmentida ta’lim bo’yicha eng ko’p yuklab olingan ilovaga aylandi va bu borada Duolingo’ni ham ortda qoldirdi!
Ilova taqdimotini ko'rish
Ilovani yuklab olish: Android | iOS
@alisher_sadullaev
Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumani "Koʻklam" mahallasida yashovchi ukamiz Qurbonov Sardor "Yoshlar daftari" tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazilib, 28 million soʻm mablag’ olib, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatib kelmoqda. Sardor hozirda ustaxonasida nafaqat o’zi balki oilasini ham bandligini ta’minlagan.
Biz esa yoshlarga “Yoshlar daftari” orqali yordam berishda davom etamiz.
@alisher_sadullaev
⚡️ Telegram orqali, xorijiy tillarni mutlaqo bepul, oson va kreativ usulda oʻrganing!
“Ibrat farzandlari”dan har bir til uchun alohida rasmiy telegram kanallar ochilgan. Ushbu kanallarda har bir til darsliklari va foydali ma'lumotlar berib boriladi. Oʻrganayotgan tilingiz kanaliga obuna boʻling.
👉 Havolani bosing: havola
🚀 @ibratfarzandlari
Ibratli oila “Ibrat farzandlari”dan xorijiy tillarni o’rganishmoqda.
Surxondaryo viloyati Sho’rchi tumanining eng chekka qishloqlaridan birida istiqomat qiluvchi “Hazratqulovlar” oilasining barcha a’zolari “Ibrat farzandlari” orqali xorijiy tillarni o’rganishayotgani quvonarlidir albatta. Loyiha chekka qishloqlarga nafaqat yetib borishi, balki katta qiziqish bilan o’rganishayotgani esa ko’zlangan maqsadlardan biridir.
Farzandlarim, mendan ko’rib ibrat olsin deyman. Bekorga “Ibrat farzandlari” emas, - deydi oila boshlig’i
@alisher_sadullaev
⚡️To‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi
2023/2024-o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdori davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlarda ham bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2022/2023-o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.
Shu bilan bir qatorda, 2023/2024-o‘quv yili tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.
2023/2024-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan, lekin tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga, istisno taraqasida yangi o‘quv yili boshlanishidan shartnomalar rasmiylashtirishga, shuningdek bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘laganlarni talabalar safiga qabul qilishga ruxsat berildi.
Shuningdek, yana bir yengillik – tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktyabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda.
@alisher_sadullaev
⚡️ “Ibrat Academy” bilan til oʻrganayotganlar soni 150 mingdan oshdi
Yaqindagina til oʻrganishni yanada qulaylashtirish uchun “Ibrat Academy” mobil ilovasi taqdim etilgan edi. Qisqa muddat ichida ilovadan til oʻrganayotganlar soni qariyb 150123 tani tashkil etmoqda. Til kurslariga yozilganlar esa 295 mingdan ortdi.
Ilova taqdimotini ko'rish
Ilovani yuklab olish: Android | iOS
@alisher_sadullaev
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasi boshlandi. Jonli efir https://www.youtube.com/watch?v=oWiihO7iUvQ
@alisher_sadullaev
Germaniyaning Dyusseldorf shahrida Rapid bo‘yicha FIDE jamoaviy jahon chempionati yakunlandi.
Musobaqada 36 ta jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoa 9 kishidan iborat. Oʻzbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Yan Nepomniachtchi, Yan-Krzysztof Duda, Uesli So, Vinsent Keymer, Pragnanandha R, Hou Yifan, Aleksandra Kostenyuk, Vadim Rosendan iborat WR Chess jamoasida ishtirok etdi. Ushbu yulduzli jamoa birinchi o‘rinni egalladi.
Chempionimiz Nodirbek Abdusattorov o‘z doskasida ham birinchi o‘rinni qayd etdi. Nodirbekni gʻalaba bilan tabriklaymiz!
@alisher_sadullaev
⚡️Tez kunlarda @ibratfarzandlari Akademiyasidan rasmiy sertifikatlar olish imkoniyati ham paydo bo'ladi. Endi A1-C2 darajalarini yakunlab, oltin, kumush yoki bronza nishonlarini ham qo'lga kiritish mumkin. Sovg'alar esa ko'p bo'ladi!
Eng bilimdon poliglotlarga qanday sovg'alar bersak bo'ladi, takliflar bormi?
@alisher_sadullaev
Yuqori sinflarda o’qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqarishi hamda 10-11-sinf o’quvchilariga “kimyo - biologiya”, “matematika - fizika”, “matematika - chet tili”, “ona tili va adabiyot - chet tili” fanlari ularning tanlovi asosida chuqurlashtirilib o’qitiladi.
Joriy o’quv yilidan maktab o’quvchilariga yod preparatlarini bepul tarqatish ishlari davom ettiriladi.
Yangi o’quv yilidan o’qituvchilikka qabul qilish tanlov asosida bo’ladi. Ilk bor qabul qilingan nomzodlar 1 yil o’qituvchi-stajyor bo’lib ishlaydi va yil yakuni bilan kasbiy sertifikat olishi lozim bo’ladi.
Direktorlar va o’rinbosarlari har besh yilda bir yilda bir marta sertifikatsiyadan o’tadi. Sertifikatsiyadan o’tgan direktorlar 50 foizga, o’rinbosarlar ish haqini esa 30 foizga oshirish topshirildi.
@alisher_sadullaev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Davronova Nodira Husan qizi - Yangiyer shahridagi “Shodiyona” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Sirdaryo viloyati
«Jasorat» medali bilan
Yusifboyev Muxammad Tangir o‘g‘li - Quyi Chirchiq tumanidagi “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Toshkent viloyati
«Shuhrat» medali bilan
Berdiyeva Oysanam Qodirjon qizi - Qo’qon shahridagi "Sobir Abdulla" mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Farg'ona viloyati
Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Bo'lajak chempionlar o'z vaqtida xordiq olishlari va eng yaxshi ustozlardan saboq olishlari butun dunyo darajasida muhim bo'lib kelgan.
Bu safar biz ham yangicha yondashuvda, Jahon va Osiyoda g'olib bo'lgan 200 nafar shaxmatchilarimizni ilk marotaba Yoshlar oromgohida birlashtirdik.
Ayni kunlarda, butun boshli oromgoh shaxmatchilar bilan to'la. Ular uchun eng malakali mutaxassislarimiz o'quv-mashg'ulotlar, turnirlar, master-klasslar o'tkazish uchun jalb etilgan. Bundan tashqari madaniy va sport musobaqalari ham tashkil etilmoqda.
O'ylaymanki, mamlakatimizdagi barcha yoshlarimizni qo'llab-quvvatlash uchun bunday oromgohlarni tez-tez tashkil qilib turishimiz kerak.
#oltinavlodlarimiz
@alisher_sadullaev
Bu yilgi imtihonlardan 754 ming 579 abituriyent o‘ta olmadi.
Jami 948 ming 486 edi, shundan 42 ming 655 davlat granti asosida, 150 ming 766 kontrakt asosida o’qishga qabul qilinishi belgilangan edi (jami 193 ming 421 nafar).
Eslatma: o’qishga kira olmagan bo’lsangiz, bundan tragediya yasamang. Oldinda Sizda yana ko’p imkoniyatlar bo’ladi, lekin shu davrda bilim olishdan, chet tillarini o’rganishdan va kasb-hunar egallashdan aslo to’xtamang.
Hozircha jamoamiz bilan Sizlarga ibratfarzandlari">chet tillarini bepul o’rganish imkoniyatini taqdim qilayapmiz, tez orada kasb-hunarlar va fanlar bo’yicha ham Sizga ko’mak beradigan loyiha ustida ishlamoqdamiz!
Vaqt g’animat, imkon borida yoshlik davringizda otni qamchilab, bilim egallang do’stlar, yanagi yil kuchliroq bo’lib qayting!
@alisher_sadullaev
1-kurs talabalari diqqatiga: yotoqxonaga joylashish uchun DXM yoki my.gov.uz orqali murojaat qilish mumkin
Hukumat qarori bilan Davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan.
Shunga koʻra, yangi joriy qilingan davlat xizmati bu yil davlat OTMga o‘qishga kirgan talabalarga Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali bepul elektron tarzda ariza yuborgan holda yotoqxonaga joylashish imkonini beradi. Arizalar 23 avgustdan qabul qilinadi.
Talabalar yotoqxonasiga joylashish uchun taqdim etilgan yo‘llanma 10 kunga amal qiladi. Shuningdek, ayrim toifadagi talabalar yotoqxonaga ustuvorlik asosida qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 2-kurs va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish an’anaviy tarzda amalga oshiriladi.
@alisher_sadullaev
⚡️Mandat chiqdi
2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.
➖ my.uzbmb.uz sayti orqali:
my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
➖ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytining “Bakalavr-2023” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
➖ SMS xabarnoma xizmati orqali:
5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
➖ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
➖ QR-kod orqali:
Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.
➖ Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
@alisher_sadullaev
Davlat OTMlarining talabalar turar joyiga onlayn joylashish imkonini beruvchi xizmat ishga tushirildi
2023/2024-oʻquv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan barcha abituriyentlar davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.
Eslatib oʻtamiz, mazkur xizmatdan 2023/2024-oʻquv yili uchun davlat OTMlariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilingandan soʻng foydalanish mumkin boʻladi. Boisi, platformada 1-bosqich talabalari haqidagi ma’lumotlar 2023-yil qabul parametrlariga muvofiq mandat natijalari asosida yangilanadi.
@alisher_sadullaev
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda Prezident yoshlarga motivatsiya berdi.
“Tadbirkorlik juda og‘ir. Ular bilan gaplashsangiz, eksport qilish, bozor topish azob deydi. Ular ko‘p o‘z ustida ishlaydi. Dunyoni kezib, o‘rganib keladi. Ularga ta’zim qilib, rahmat deyman.
Siz tadbirkorlarga havas qilib, har kuni o‘z ustingizda ishlang. Motivatsiya faqat bilim. Izlanishdan, o‘zingizni qiynashdan charchamang. Shunda Prezident sizni har doim qo‘llab-quvvatlaydi.”
@alisher_sadullaev