Prezidentimiz va yoshlarning ochiq muloqotidan:
Yosh tadbirkor Abdurazzoqov Olloyorning 500 nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi.
@alisher_sadullaev
Yoshlar kuni arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qaroriga muvofiq, mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faol yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali hamda “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.
💐Yuksak e’tirof barchangizga muborak boʻlsin!
@alisher_sadullaev
Bundan keyin ham qizlarning ta’lim olishi, daromad topishi, sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.
•Jumladan, og‘ir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi. Ular ishga joylashib, oyoqqa turib olgunga qadar, ushbu uylarda 3 yil davomida bepul yashashi mumkin bo‘ladi;
•Hokimlarga ijtimoiy uylarning namunaviy loyihasini qilib, qurilishni boshlash topshirildi;
Sog‘ligi tufayli ishga qatnay olmaydigan qizlarning yashab turgan xonadonida masofaviy ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi. Bundan tashqari, uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.
Magistral yo‘llar bo‘yida 50 mingta ko‘chma savdo nuqtalari tashkil qilinib, yoshlarga ijaraga beriladi. Bunda, dastlabki 6 oyda yoshlarga ijara haqi va soliqdan imtiyoz beriladi.
Jamg‘arma hokimlar bilan birgalikda 14 ta tumanni tanlab, “to‘rtinchi sanoat” kasblariga o‘qitish markazi ochadi va to‘liq jihozlab beradi:
•Ushbu markazlar yosh tadbirkorlarga 1 yil imtiyozli davr bilan 10 yilga ijaraga beriladi. Markazlarning o‘quv dasturlari xalqaro standartlarga moslashtiriladi;
•Jamg‘arma Surxondaryo tajribasi asosida har bir viloyatda bittadan Yoshlar sanoat zonasida sanoat binolari quradi;
•Bu joylar “sanoat ipotekasi” asosida yuqori qiymat yaratadigan loyihalar uchun yoshlarga 7 yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan beriladi. Bunda yoshlardan birinchi yil uchun to‘lov undirilmaydi.
@alisher_sadullaev
Endilikda, IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi:
•Ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi;
•IT park tomonidan IT kompaniyalardagi kabi tibbiyot, sport va ofisdan foydalanishi uchun ularga “ijtimoiy karta” beriladi;
•Yoshlarni ushbu sohaga jalb qilish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi.
@alisher_sadullaev
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga chet tili bo‘yicha milliy sertifikat (CEFR) olishda qo‘lda yozish imkoniyati bo‘lmaganlarga kompyuterda imtihon topshirish sharoiti yaratiladi.
Yoshlarni fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan bog‘liq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim joriy qilinadi.
Shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berildi.
Birgina ta’lim kreditidan 151 ming yoshlar foydalandi. Ehtiyojmand oiladan bo‘lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so‘m ajratildi. Natijada oliy ta’limda qamrov 9 foizdan 42 foizga, oliygohlar soni esa 77 tadan 212 taga yetdi.
⚡️Bugun yoshlar uchun ko'p yangilik va imkoniyatlar e'lon qilinadi. Yetkazganiga shukr, O'zbekiston va uning Prezidenti yoshlarning rivoji uchun hamma imkoniyatlarni ishga solishga tayyor. Eng muhimi, mehnat qilishdan, ilm ortidan harakat qilishdan hech ham to'xtamaylik.
Читать полностью…O‘zbekistonda ilk marotaba “Butunjahon yoshlar festivali 2024” doirasidagi tadbirlar Samarqand shahridan boshlandi.
Festivalda ta’lim, innovatsiya, IT, biznes, media, madaniyat, san’at, sport kabi yo‘nalishlarda seminar va uchrashuvlar o‘tkazilishi hamda ularda nufuzli spikerlar qatnashishi rejalashtirilgan.
✨Har bolaning o‘z orzusi bor
Rangin dunyo go‘zalligini ko‘rish imkoniyati afsuski hammada ham mavjud emas. Ayniqsa, orzulari osmon lekin ko‘rish imkoniyati cheklangan bolajonlar o‘z niyat va istaklarini tasavvurlarida bunyod etishadi.
🌎 ORZU loyihasi aynan shu kabi murg‘ak qalblilarning tasvirlarga ko‘chgan tasavvurlarini Butunjahon yoshlar festivali doirasida o‘tkaziladigan ko‘rgazmada namoyish etmoqchi.
Ushbu xayriya ko‘rgazmasidan tushgan mablag‘lar bolalarning ko‘rish qobiliyatini tiklashga yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara o‘tkazdilar.
Mamlakatimiz rahbari oliy martabali mehmon va rasmiy delegatsiyaning barcha a’zolarini dildan qutlab, Mo‘g‘uliston Prezidentining ilk davlat tashrifi O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishda yangi sahifa ochishini alohida ta’kidladi.
Muzokaralar davomida mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, sport va yoshlar sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kelishib olindi.
Kuni kecha, Namangan viloyati Chortoq tumaniga borganimda “Stanford” o‘quv markazi rahbari Bekzod bilan ko‘rishdim.
Bekzod faoliyatini oddiy repetitorlikdan boshlab keyinchalik o‘quv markazi ochdi hamda bugungi kunda filiallar sonini 5 taga yetkazdi. Shuningdek, 4000 nafardan ortiq yoshga bilim berib kelayotgan o‘quv markaz bugun 120 ga yaqin hamyurtimizni ish bilan taʼminladi.
Bunday shijoatli, bilimli va intiluvchan yoshlar sabab bugun mamlakatimizda minglab yoshlar bilimli bo‘lmoqda. Bekzodning esa ishlariga omad tilayman!
⚡️Ayni damda Yangiqo'rg'on tumani, Gaznon mahallasi yetakchisi Asadbek Umaraliyevning taklifiga binoan chekka hududga keldik.
Bolalar kutubxona so'rashdi, shuningdek ularga chet tillari oromgohiga yo'llanmalar berdik. Hunarmand yoshlarning tadbirkorlik loyihasi uchun maxsus buyurtmalar berib qaytdik.
Safarimiz davom etadi.
⚡️O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyani yoqadimi?
YouTube'da birinchi bo‘lib monetizatsiyani yoqqan mutaxassis Jan Weichers Toshkentda ertaga bepul master-klass o‘tib beradi. Uzoq yillik tajribaga ega mutaxassislar kontent orqali daromad topish borasida tajribalarini ulashishadi.
Bepul master-klassga ishtirok etish uchun o‘z joyingizni band qiling: forms.gle/BRvPTK4yfzQNwFvy6
💬 Mavzu: Kreativ iqtisodiyot, YouTube'da monetizatsiya yoqish va kontent yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlash
🕔 O‘tkaziladigan vaqt: shanba, 29-iyun soat 14:00
📍 Manzil: Yoshlar ijod saroyining 1-zali
Yoz mavsumida “Yangi O‘zbekiston vatanparvar yoshlari” dasturi asosida 2 million yoshlar sport va vatanparvarlik tadbirlari bilan qamrab olinadi.
Har bir viloyatdagi bittadan Barkamol avlod markazida “Kreativ sanoat parklari” tashkil qilinib, ularga IT park rezidentlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.
Yoshlarni katta daromad keltiradigan kasblarga o‘rgatish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha ham katta o‘zgarishlar bo‘ladi.
•Buning uchun har yili 100 million dollar ajratiladi. Investisiya vazirligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi Yoshlar agentligiga o‘tkaziladi;
•Eng ko‘p ish o‘rni yaratgan, fidoyi yosh tadbirkorlar jamg‘arma kengashiga kiradi. Jamg‘arma rahbarini ham ushbu yoshlarni o‘zi saylaydi;
•Jamg‘arma, yoshlarning eng yaxshi 500 ta loyihasini tanlab oladi va ularga “biznes paket” qilib beradi, loyihani tayyor biznesga aylanib, daromad keltirishgacha barcha jarayonida ko‘maklashadi, bozorini topadi.
@alisher_sadullaev
Endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi:
•Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi o‘qigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi.
•Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan o‘qishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi.
•Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.
@alisher_sadullaev
Yangi o‘quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik liseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali yetti yilda AQSHning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar yoshlarimiz bitirdi.
– Qilsa bo‘larkan-ku! Eng muhimi, yoshlarimizni yangi-yangi g‘oyalari ko‘p. Ularga faqat e’tibor va sharoit kerak,- dedi Prezident.
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshiradi hamda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi.
@alisher_sadullaev
30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan bir guruh yoshlar "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlandi. Jumladan, ulardan ayrimlari:
Xushvaqtova Mo‘tabar Safar qizi - Ijtimoiy tarmoqlardagi “Urikguli” ekologik blogi asoschisi, Toshkent shahri;
Eshonqulov Muhammadali Olimjon o‘g‘li - “Yuksalish” nodavlat taʼlim muassasalari taʼsischisi;
Yusupova Aysanem Azatovna - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi, kinoaktrisa;
Xasanov Xayitboy Xisenjonovich - So‘x tumani “Sarikanda” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Farg‘ona viloyati;
Mullodjanova Munisa Axmadjonovna - O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi loyiha menejeri;
Ismatov Mirshoxid Rivojiddin o‘g‘li - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi "Loyihalar boshqaruvi markazi" nodavlat notijorat tashkiloti videomontajchisi;
Neʼmatov Miraziz Mirali o‘g‘li - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Tanlanganlar” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri;
Xoliqova Guliraʼno Yulchiboy qizi - Rishton tumanidagi "Xoliqov Yo‘lchiboy" fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati;
Ollaberganova Muyassarxon Davlatboy qizi - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali 1-bosqich magistranti, Xorazm viloyati;
Pardayev Ulmasjon Dovurpulat o‘g‘li - Muborak tumani “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Qashqadaryo viloyati;
Nabixonova Masturaxon Ibrohimxon qizi - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Namangan davlat pedagogika institutidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, Namangan viloyati;
Xudoyberdiyev Shahzod Farxodovich - Sho‘rchi tumani yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati.
📋To'liq ro'yxat
@alisher_sadullaev
Millionlab muxlislarni birlashtirgan o‘yin afsonalari O‘zbekistonda
Viloyatlarda bo‘lgan safarlarimiz chog‘ida sportga mehr qo‘ygan, ayniqsa futbolsevar yoshlar bilan ko‘p suhbatlashamiz. "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi "DXX kubogi" musobaqalarida ishtirok etgan va g‘olib bo‘lgan jamoalarda to‘p surib mahallasi uchun kichik futbol infratuzilmasi yutib olgan yoshlarimizni his tuyg‘ulari hamon esimda. Shularni inobatga olib, Yoshlar oyligi doirasida barcha futbol muxlislari uchun jamoamiz va hamkorimiz "BMB Holding" kompaniyasi bilan sovg‘a tayyorlaganmiz.
Jahon futboli yulduzlari, Jahon chempionati, Chempionlar ligasi, Italiya A seriyasi va Germaniya Bundesligasi g‘oliblari mamlakatimizdai. Dida, Panuchchi, Zakkardo va Serjinio singari braziliyalik va italiyalik sobiq o‘yinchilar yoshlarimiz bilan muloqot uchun O‘zbekistonga kelamoqdalar.
Dida - Braziliya terma jamoasining sobiq darvozaboni, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UEFA chempionlar ligasi g‘olibi.
Kristian Panuchchi – Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi, “Real” va "Milan" jamoalari bilan ikki marta UEFA chempionlar ligasi g‘olibi.
Kristian Zakkardo – Italiya terma jamoasining sobiq aʼzosi, o‘ng qanot himoyachisi, jahon va Bundesliga chempioni.
Serjinio – Braziliya terma jamoasining sobiq aʼzosi, yarimhimoyachi, jahon chempioni, ikki karra «Milan» klubi bilan UEFA chempionlar ligasi g‘olibi.
Albatta, mazkur afsonaviy futbolchilarni mamlakatimizga taklif qilish va yoshlar bilan muloqot qilishlarida bizga yaqindan ko‘mak bergan BMB Holding kompaniyasi rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz.
Millionlar o‘yini muxlislari 29 - iyun soat 15:00da ko‘rishguncha.
Manzil: Yoshlar ijod saroyi
Men o‘zbekistonlikman — qonimda g‘alaba!
Milliy olimpiya terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlayotgan sport muxlislari, qaror qabul qiluvchilar, fikr yetakchilari va barcha-barcha aynan shu g‘oya ostida birlashgan millatdoshlarimiz sportchilarimizni ruhlantirmoqda.
30-iyun — Yoshlar kunida premyerani kuting!
@alisher_sadullaev
⚡️Farg'ona tumani, Obod mahallasi
Yoshlar yetakchisi Islomjon Muhammadjonov taklifiga binoan keldik.
Yetakchimiz mahalla yoshlarining haqiqiy jonkuyari. Batafsil videoda ko'ring.
⚡️Ayni vaqtda Andijondagi koreys tilini o'qitishga ixtisoslashgan "Bright Future" markazidamiz.
Читать полностью…⚡️Vodiy viloyatlariga xizmat safarimiz boshlandi. Ayni paytda Namangandamiz.
Kuzatuvchilarimiz ichida Namangan, Andijon, Farg'ona yoshlari bormi va qanday takliflaringiz bor?