⚡️Muhim savol
"Bek va Lola" multfilmini ko'rdingizmi?
YouTubeda 2 oy ichida multfilmlar allaqqachon deyarli 1,4 mln marta ko'rildi. Kuni kechi 3-seriya ham e'lon qilindi.
Kelgusi seriyalar qanday mavzuda bo'lishini xohlar edingiz?
3-qism 👉 https://youtu.be/0SNmQet5Nys?si=8egBfbGILFSaTrFr
Nufuzli olimpiada g'oliblari munosib kutib olinadi va taqdirlanadi
➖Iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi. Buning uchun xalqaro darajada fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi.
➖Rag‘batlantiriladigan xalqaro fan olimpiadalari soni 18 tadan 22 taga yetkaziladi.
➖Bunda nufuzli xalqaro olimpiadada oltin medalь olgan o‘quvchiga – 170 million so‘m, kumush medalga – 102 million so‘m, bronza medalь uchun – 68 million so‘m mukofot puli beriladi.
➖Shu bilan birga, ana shu o‘quvchilarning o‘qituvchilari 50 milliondan 150 million so‘mgacha mukofotlanib, ularga bir yilda 100 foizlik ustama olish imkoni yaratiladi.
➖Ilk bor xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar jamoasi rahbarlarini ham rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
➖Xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan farzandlarimizni tantanali kutib olib, ularni ham qahramonlar sifatida e'zozlab, xalqimizga tanitish zarurligi ta'kidlandi.
@alisher_sadullaev
Ta'limda sifat va raqobatni ta'minlash uchun raqamlashtirish darajasi oshiriladi.
➖O‘tgan 5 yilda 13 ming 500 dan ortiq kompyuter sinf xonalari 200 mingta zamonaviy kompyuter bilan ta'minlandi. Kelgusi yil yana 2 mingdan ziyod kompyuter sinflari yangilanadi, bunga byudjetdan 400 milliard so‘m beriladi.
➖Ana shu kompyuterlarga elektron ta'lim kontentlari yuklanib, bolalar uchun mustaqil ta'lim olish imkoniyati oshadi.
➖O‘quvchilar murrakab konsepsiyalarni oson o‘zlashtirishi uchun aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha virtual laboratoriyalar yangi o‘quv yilidan boshlab bunday laboratoriyalar har bir viloyatda 10 tadan maktabda tashkil etiladi.
➖Shuningdek, maktab tizimida o‘qituvchi o‘z imkoniyati va yutuqlarini, yangi ishlanmalarini e'lon qilishi uchun yagona onlayn platforma yaratiladi.
@alisher_sadullaev
Ustozlarga sanatoriy va dam olish maskanlariga yo'llanmalar 2 barobar oshiriladi
➖Kasaba uyushmalari federasiyasi kengashi har yili sog‘lig‘ini tiklash uchun sanatoriy va dam olish maskanlariga yuboriladigan o‘qituvchilar sonini 2 barobar oshirsa, maqsadga muvofiq bo‘lishi qayd etildi.
➖Rektorlar ham oliygohlarni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan professor-o‘qituvchilar uchun sihatgoh yo‘llanmalari sonini 50 foizga oshirishlari lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
➖Bir yil oldin maktab direktorlarini o‘qitish tizimi joriy etilgan edi. Bugungi kunda ulardan 1 ming 206 nafari menejerlik sertifikatiga ega bo‘ldi. Hozir ana shu direktorlarga ustama berilmoqda.
➖Endi bu amaliyot 2025 yil 1 sentyabrdan bog‘cha mudiralariga ham tatbiq etiladi va ularga har oyda 30 foizgacha qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
@alisher_sadullaev
Muallimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish albatta davom ettirilishi ta'kidlandi.
➖Kelgusi o‘quv yilidan xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish yo‘lga qo‘yiladi.
➖Sinovlarda 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglar qo‘shimcha 70 foiz ustama oladi.
➖Misol uchun, oliy toifali biologiya o‘qituvchisi o‘z fani bo‘yicha xalqaro sertifikati bo‘lsa – 50 foiz, direktor jamg‘armasidan 40 foizgacha va yangi talabga javob bersa, yana 70 foiz ustama oladi.
➖Shu tariqa uning umumiy oylik maoshi 4 million 500 ming so‘mdan 12 million so‘mga yetadi. O‘qituvchilar uchun 1 ming dollar maosh bugun real hodisaga aylanib borayotganini shu misolda yaqqol ko‘rish mumkin.
@alisher_sadullaev
Muloqot davomida Prezidentimiz o‘tgan 5 yilda maktab ta'limida, ta'bir joiz bo‘lsa, lokomotiv vazifasini bajaradigan 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
➖Ana shu maktablar dasturlari asosida tabiiy va aniq fanlar bo‘yicha zamonaviy darsliklar yaratilmoqda.
➖Eng muhimi, bu maktablar aniq samara bera boshladi. Ushbu maktablarni bitirgan 100 nafar yigit-qiz dunyoning TOP-100 oliygohlarida tahsil olmoqda.
➖Prezident maktablaridagi baholash tizimi hozir 500 ta umumta'lim maktabida qo‘llanmoqda. Baholashni samarali yo‘lga qo‘ygan 66 ta maktab jamoasiga 40 foizgacha ustama to‘lanmoqda.
➖Shuningdek, bu yilning o‘zida xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz 122 ta medalni qo‘lga kiritdi. Maktab bitiruvchilarini oliy ta'limga qamrab olish darajasi so‘nggi 7 yilda 4 karra oshdi.
➖Bu yil 310 ming nafar o‘g‘il-qizlarimiz oliygoh talabalari bo‘ldi. Ana shu yoshlarning qariyb yarmi qizlardir. Bunday natija ilgari hech qachon bo‘lmagan.
@alisher_sadullaev
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha vakillari bilan muloqot o‘tkazmoqda.
➖“Yangilangan Konstitutsiyamizda dunyodagi moʻtabar shaxs – o‘qituvchi maqomini alohida mustahkamlash, bu kasbni jamiyatdagi eng obro‘li ishga aylantirish mening necha yillik orzuyim, kerak bo‘lsa, armonim edi.
➖Biz mamlakatimizda yangi islohotlarni boshlagan birinchi kunlardan eʼtiboran ana shu og‘riqli masalani hal etishga – o‘qituvchilarni, bolalar va ayollarni majburiy mehnatdan xalos qilishga kirishdik. Qatʼiy iroda va intilish bilan bu noxush holatlar bugun tarixga aylandi.
➖Mana, bu yil “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildik. Konstitutsiyamizda belgilangan qoida endi ana shu qonun asosida ishlay boshlaydi.
➖Kimki o‘qituvchiga bosim o‘tkazib, uning kasb faoliyatiga daxli bo‘lmagan ishlarga, turli majlislarga jalb etmoqchi bo‘lsa, ana shu qonun asosida javobgarlikka tortiladi”, dedi Prezident
@alisher_sadullaev
🇺🇿 Vatan himoyasi muqaddas burch!
Yurt tinchligi va fuqarolarning farovon, osuda hayotini taʼminlash har bir mamlakatning strategik va eng muhim vazifalaridan biridir. Davlatimiz qudrati, hududiy yaxlitligi, tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishda maxsus xizmatlarning hissasi beqiyos.
Mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid Davlat siyosatining samarasi har bir yoshga ko‘mak bo‘lishida yoshlar bilan bir safda mehnat qilayotgan insonlar bugun kasb bayramlarini nishonlamoqdalar.
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy qutlaymiz!
📰Yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lidagi fidokorona mehnatlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz!
@alisher_sadullaev
Ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar diqqatiga!
Joriy yilning 24-sentabr kuni soat 12:30 da 45-Butunjahon shaxmat
olimpiadasi o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkent xalqaro aeroportida (“Terminal 2”) tantanali tarzda kutib olinadi.
Kutib olish tadbirida ishtirok etmoqchi bo'lganlar ro'yxatdan o'tish uchun o'zlari haqidagi tegishli ma'lumotlarni 24-sentabr soat 10-00 ga qadar Sport vazirligi Axborot xizmatiga yuborishlari so'raladi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
⚡️Ha, Fransiya bilan o'yinda ham yigitlarimiz qahramonlik ko'rsatishga yaqin. Yana Shamsiddin katta maydonga chiqib kelmoqda.
Qizlarimiz o'zbek shaxmat tarixida kuchli TOP 10 mamlakatlar safiga kirishi mumkin.
👉https://www.youtube.com/live/HG2-ekrRYt8?si=LAvtelkxvFoBW0DV
⚡️Vengriya poytaxti Budapeshtda davom etayotgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etayotgan yurtdoshlarimizni qo’llab quvvatlash maqsadida “Turonbank” ATB hodimlari, “Turonbank stipendiyasi” sovrindorlari hamda bir guruh iqtidorli yoshlar masofaviy tarzda qo’llab quvvatlash maqsadida “Fan zona” tashkil etishdi.
Hududlarda shaxmatchilarimizni shunday masofaviy tarzda qo’llab-quvvatlayotgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz!
O’zbekiston terma jamoalarimizga omad tilaymiz. Biz sizlarga ishonamiz !
@alisher_sadullaev
Prezidentimiz yana bir muhim masalaga e'tibor qaratdi:
➖“Siz, hurmatli ustozlar maktab o‘quvchilaridan “Men qanday kasb egasi bo‘lmoqchiman?” degan mavzuda insholar, yozma ishlar olasizlar. Lekin, o‘quvchilar yozgan ana shu ishlar tahlili bilan kimdir shug‘ullanyaptimi?
➖Respublika va viloyat kesimida farzandlarimiz qaysi kasblarni eng ko‘p tanlashmoqda?
➖Eng muhimi, bolalarimiz tanlayotgan kasblarga kelajakda mehnat bozorida talab bo‘ladimi o‘zi?”
➖Bolalarning yozma ishlarini chuqur tahlil qilib, ularning orzu va intilishlarini aniqlab, mustaqil hayotga to‘g‘ri yo‘naltirish asosiy vazifa bo‘lishi kerakligi ta'kidlandi.
➖Mutasaddilarga maktab o‘quvchilari o‘rtasida turli mavzularda insholar, yozma ishlar tanlovlarini o‘tkazishni muntazam yo‘lga qo‘yish va ularning tahlili bo‘yicha yangi tizim yaratish topshirildi.
@alisher_sadullaev
Davlat bog'chalari raqamlashtiriladi
➖Xususiy bog‘chalar kabi 6 ming 800 ta davlat bog‘chalarida ham davomat, to‘lovlar, oziq-ovqat xarajatlarini shakllantirish to‘liq raqamlashtiriladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, shu tariqa yiliga 10 foiz mablag‘ tejaladi.
➖Iqtisod qilingan pullar “Ta'limni rivojlantirish” jamg‘armasiga yo‘naltirilib, maktablarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash va mahoratli o‘qituvchilarni rag‘batlantirishga sarflanadi.
➖1 mingta umumta'lim muassasasida Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablardagi baholash tizimini joriy etish boshlandi.
➖Lekin, ularning 300 tasida moddiy-texnik baza talabga mutlaqo javob bermaydi. Viloyat, tuman va shahar hokimlari oldiga ushbu 300 ta maktabni joriy ta'mirlash, jihozlash ishlarini olti oy muddatda yakunlash vazifasi qo‘yildi.
➖Bundan buyon hududlarning birinchi rahbarlari faoliyatiga baho berishda ta'limning sifati, maktablardagi sharoit, o‘qituvchilarning qadr-qimmati asosiy mezonlardan biri bo‘lishi belgilandi.
@alisher_sadullaev
"Aholi o‘sishi tufayli yiliga maktablarda – 120 mingta, bog‘chalarda – 30 mingta qo‘shimcha o‘ringa talab yuzaga kelmoqda
➖Kelgusi yili byudjetdan ajratiladigan 3 trillion 200 milliard so‘m hisobidan 375 ta maktab va 97 ta bog‘cha rekonstruksiya qilinadi va yangilari barpo etiladi.
➖Bundan tashqari, Islom taraqqiyot banki va OPEK jamg‘armasining 50 million dollar mablag‘i doirasida kelgusi 4 yilda 200 ta xususiy bog‘cha qurilib, yangi 30 mingta o‘rin yaratiladi.
➖Yangi yildan boshlab xususiy sektorda o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirish uchun maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 milliard so‘mgacha kredit ajratiladi. Kredit foizining asosiy stavkadan 1,5 barobar oshgan qismi byudjetdan qoplanadi.
➖Shuningdek, yangi quriladigan xususiy maktab binolari uchun kommunal xarajatlarning 50 foizi 5 yil muddatgacha byudjetdan to‘lab beriladi.
➖Tadbirkorlar o‘z hisobidan maktab qursa, unga ketgan xarajatlar foyda solig‘idan ikki yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlanadi", — dedi Prezident
@alisher_sadullaev
Ustozlarga Prezident sovg'asi uy-joy beriladi
➖Shaxsan men ko‘pdan buyon “Ustozga ehtirom” nomli katta bir kitob yaratilib, ma’naviy hayotimizda jiddiy voqea bo‘lishini orzu qilaman.
➖Ta’kidlash kerakki, yuksak mahoratli, jonkuyar va talabchan o‘qituvchilar – bular ham xalqning, millatning noyob boyligi. Ularning har biri takrorlanmas shaxs. Ularning mashaqqatli, mas’uliyatli mehnati eng yuksak baho va rag‘batga munosib.
➖Shu bois “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga Prezident sovg‘asi sifatida uy-joy beriladi — dedi Prezident.
@alisher_sadullaev
Yetakchi o‘qituvchilarning ish haqiga 20 foiz ustama qo‘shiladi.
➖Abdulla Avloniy nomidagi institut pedagoglarda kasb mahoratini oshirishga mas'ul bo‘lishi belgilandi.
➖Institutning 12 ta hududiy markazini zamonaviy qiyofaga keltirish va jihozlash uchun yaqin 3 yilda byudjetdan har yili 50 milliard so‘m ajratiladi.
➖Hokimlarga joylardagi barcha malaka oshirish markazlarini zamonaviy qiyofaga keltirish topshirildi. Malaka oshirishda vazirlik, malaka oshirish markazi, maktab va bog‘chani bog‘laydigan vertikal tizim yo‘lga qo‘yiladi.
➖Bundan tashqari, joylarda 1 ming 300 ta tayanch maktab va 200 ta bog‘cha tanlab olinib, ulardagi yetakchi o‘qituvchilar yosh pedagoglar uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati”ni tashkil etadi.
➖Buning uchun yetakchi o‘qituvchilarning ish haqiga 20 foiz ustama qo‘shiladi.
@alisher_sadullaev
Davlatimiz rahbari muloqot davomida sohada amalga oshirilayotgan katta ishlar borasida ba'zi misollarni keltirdi.
➖O‘tgan 7 yilda ta'limni rivojlantirishga jami 216 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash uchun byudjetdan 19,5 trillion so‘m sarflanib, 6 mingta davlat maktabi va 3,5 mingta bog‘cha rekonstruksiya qilindi va yangidan qurildi.
➖Xususiy ta'limga keng imkoniyatlar yaratilayotgani tufayli xususiy maktablar soni 27 tadan 500 taga yetdi, nodavlat bog‘chalar 250 tadan 30 mingtaga ko‘paydi.
➖Bu moddiy resurslar birinchi navbatda intellektual-ma'naviy resurslar bilan to‘ldirilishi kerakligi, shundagina ta'limda sifat, samara bo‘lishi ta'kidlandi.
➖Intellektual-ma'naviy resurslar – bu avvalo o‘qituvchining bilim va tajribasi, mahorati, uning madaniy darajasi, ma'naviy saviyasi deganidir.
➖O‘qituvchilarga mahorati va erishgan yutuqlariga qarab to‘lanadigan ustamalar soni 3 tadan 17 taga oshirildi.
➖O‘z ustida astoydil ishlagan, xorijiy sertifikat olgan 6 ming o‘qituvchi 10 million so‘mdan ziyod maosh olmoqda. 2020 yilda bunday o‘qituvchilar 102 nafar bo‘lgan.
➖Albatta, bu hali yetarli emasligi, lekin ushbu raqam keyingi ikki yilda 5,3 barobar oshgani ta'kidlandi.
@alisher_sadullaev
⚡️Yoshlar ishlari agentligining milliondan oshiq yoshlarga 23 dan ziyod tillarni bepul o‘rgatib kelayotgan "Ibrat farzandlari" loyihasi rahbari Rustam Qoriyev Prezidentimiz tomonidan "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.
Bu e'tirof Yoshlar ishlari agentligining mamlakatimiz yoshlari uchun olib borayotgan loyihalariga munosib e'tirof deb hisoblaymiz.
Rustam Qoriyevni va boshqa shunday mukofotlanganlarni xalqimizni ma'rifatli qilishdagi ezgu ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
@ibratfarzandlari
Президент Шавкат Мирзиёевнинг шахмат бўйича Ўзбекистон терма жамоаси аъзоларига табриги
—
Поздравление Президента Шавката Мирзиёева членам сборной команды Узбекистана по шахматам
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ajoyib yangilik!
Bilganingizni ulashing va bepul sayohatga ega bo‘ling! 🇦🇿
Yoshlar ishlari agentligining WikiStipendiya loyihasi hamda Yurturofficial.uz sizni Ozarbayjonga bir haftalik bepul sayohat bilan taqdirlaydi! Buning uchun faqatgina O‘zbekcha Vikipediyaga O‘zbekiston haqida ma’lumot joylasangiz kifoya.
WikiNations oyligi 25-sentyabrdan 25-oktyabrgacha davom etadi. Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Sayohatga chiqish uchun bu yerda ro‘yxatdan o‘ting: @WikiNations_bot 🛫
Keling, tilimiz va madaniyatimizni birgalikda rivojlantiraylik!
#bilganingni_ulash
#tilimiz_uchun
@alisher_sadullaev
⚡️O'zbekiston butunjahon shaxmat olimpiadasida rasman kumush medal olishga juda yaqin.
⚡️Qizlarimiz esa 7-12-o'rinni raqiblar bilan bo'lishgan holda. O'zbek ayollari shaxmatida ham tarix yozishmoqda.
@uzchesss
Bugun yigitlarimiz xitoylik shaxmatchilarga qarshi dona surishadi. Xitoy terma jamoasi juda tajribali va intizomli jamoa, lekin ular ham hindistonlik shaxmatchilarga imkoniyatni boy berishdi. Ayniqsa, birinchi doskada o'ynagan Wei Yeining Gukesh Dommarajuga mag'lub bo'lgani umuman ortiqcha bo'ldi.
Bugun ham bizga oson bo'lmaydi. Yigitlar uchun katta sinov, faqat g'alaba kerak bizga. Shubhasiz, Xitoy bilan g'alabaga o'ynashning o'zi katta bosim, ammo boshqa imkoniyatimiz yo'q. Faqat g'alaba bizni qoniqtiradi.
Shu o'rinda shaxmat muxlislarining, yigitlarimizga, qizlarimizga ishongan har bir o'zbekistonlikning mehri va sabrini e'tirof etmaslikning ilojisi yo'q. Bir muncha vaqt oldin, "o'zbek shaxmatida jonli efirning ko'rishlar soni 200 mingdan oshadi desa" hatto tasavvur ham qila olmasdim. Lekin kecha muxlislar bu natijani ro'yobga chiqarishdi. Bu o'zbek shaxmat uchun katta voqeilik. Shaxmatni xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz o'rtasida ommalashayotganing isboti. Bu yo'lda mehnat qilayotgan OAV vakillari, ayniqsa joylardagi mahalla yetakchilari mehnatini aytib o'tmasam bo'lmasdi.
Bu jabhada mehnat qilayotgan @uzchesss jamoasining mehnatlarini alohida ta'kidlab o'tishim zarur. Jamoa a'zolari kechayu-kunduz shaxmat ixlosmandlari uchun kontent yaratishdan to'xtaganlari yo'q, ayniqsa Bobur Sattorov hamda Baxtiyor Jumayevlar shaxmat strimerlari uchun ustoz, kuzatuvchilar uchun haqiqiy shaxmat kumirlariga, jonkuyarlariga aylanib ulgurishdi. Loyiha rahbari Ulug'bek Ismatov o'z atrofiga to'plagan yosh va iqtidorli jamoa global chaqiriqlarga ham tayyor. Ularning kelajakdagi faoliyatlariga ham omadlar tilab qolaman.
Bugun ham shaxmatchi yigit qizlarimizni chin qalbdan qo'llab-quvvatlashingizga ishonib qolaman @uzchesss
⚡️Chempionlik taqdiri bugun hal bo'ladi
Shaxmatchilarimizga qanday fikrlar bilan motivatsiya bergan bo'lardingiz?
Eng sara fikrlarni jonli efirda o'qib eshittiramiz. Shaxmatchilarga ham yetkazamiz.
Siz ham jonli efirda hamyurtlarimizni qo'llab-quvvatlang:
👉https://www.youtube.com/live/B0z4UU19TeA?si=UruXigy5qAyF1yi3
⚡️Shaxmat olimpiadasi hal qiluvchi pallada!
O'zbekiston uchun olimpiada yo yakunlanishi yoki g'alaba qozonishimiz mumkin.
Eng hayajonli vaziyat. Oxirgi umid.
👉https://www.youtube.com/live/vZVXGEa-9wM?si=90JbFyrYq5LzLOKo