⚡️@mutolaaxona tayyorlagan bayram marafoni tayyor ekan!
Qaysi spiker bilan muloqotni kutmoqdasiz?
Qanday savollaringiz bor spikerlarga?
@mutolaaxona
⚡️Qoraqalpog’istonda yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot
✅Bugun Qaxramon Qo‘chqorovich Quranboyev, Otabek Abdurashidovich Hasanovlar bilan Nukus shahridagi Yoshlar markazida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishgan holda, Yoshlar media markazida mutaxassislar bilan suhbatlashib, ularning taklif va fikrlarini qo’llab-quvvatlashni bildirdik.
➖Shundan so’ng qoraqalpog’istonlik yoshlar bilan erkin va samimiy suhbat doirasida 300 nafarga yaqin yoshdan 30 dan ortiq taklif hamda murojaatlar bildirildi.
➡️Misol uchun, Qural Atabaev axborot texnologiyalar sohasida xizmat ko’rsatish va malaka oshirish bo’yicha amaliy yordam so’radi. Biz Quralni O’zbekistondagi eng tajribali kompaniyalar bilan bog’lab qo’ydik.
➡️Shuningdek, yoshlar tomonidan eng nufuzli universitetlarida tahsil olish va bu uchun amaliy ko’nikmalarni o’rganish maqsadida “El-yurt umidi” jamg’armasi o’quv-seminarlarini tashkil etish yuzasidan takliflarni berishdi.
➡️Xususan yosh fermerlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida ularning innovatsion g’oyalari tanlovini tashkil etish hamda O‘zbekistondagi eng yaxshi brendlarni Qoraqalpog‘istonga jalb etish masalalari ko‘tarildi.
➡️Ayniqsa, ko’ngilli yoshlar kunning eng dolzarb mavzularidan bo‘lgan ekologiya masalasida yangi loyihalarni boshlash maqsadida amaliy yordam so‘rasa, o‘z shaxsiy brendini yaratmoqchi bo‘lgan yosh dizayner, ishbilarmonlar xorijda malaka oshirishlari uchun yordam so‘rab, ishsiz tengdoshlariga o‘rnak hamda ko‘plab yoshlar bandligini ta'minlashini ishonch bilan gapirdi.
✊Yoshlarning zakovat, kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.
@alisher_sadullaev
Assalomu alaykum, do'stlar, biz Nukus shahridamiz.
Qoraqalpog'istonlik yoshlar bilan ochiq muloqotimiz 12:00da Nukus shahridagi ixtisoslashtirilgan Al-Xorazmiy maktabida bo'lib o'tadi.
Uchrashuv barcha uchun ochiq hamda ro'yxatdan o'tish shart emas.
⚡️Do'stlar, fikrlaringiz zarur!
Xabaringiz bor, O'zbekistonning barcha hududlarida "birinchi o'quv markazlari forumi"ga start bermoqchimiz. Tez orada ro'yxatdan o'tish uchun platforma ham ishga tushiriladi.
Ko'plab obunachilar menga qiziqarli takliflar yozib qoldirishgan. Misol uchun "yangi platforma orqali o'quv markazlari ajratadigan grantlarni yoshlarga bo'lib berish imkoniyatini qo'shish" taklifini berishgan. Shu yerda biz bu imkoniyat o'quv markazlarining ichki ishi bo'lgani uchun, qarorni o'zlari chiqarganlari afzal deb hisoblaymiz.
Buning ustiga, grant talablariga javob beradigan yosh sharoiti og'ir oila farzandi bo'lishi kerakmi yoki iqtidoriga qarab grant ajratilishi kerakmi bu qarorni ham markazlar qabul qilgani afzalroq, nazarimizda.
Aytgancha, yetakchi o'quv markazlar: Registon, Cambridge LC, Target, Najot ta'lim, Thompson school kabi brendlar ham allaqachon forumga tayyorgarlik ko'rishni boshlashganini bizga ma'lum qilishdi. Yosh va yangi o'quv markazlari uchun katta mahorat darslarini o'tib berishlarini ham ma'lum qilishdi.
Qisqasi, bizni ajoyib bir yangi hamjamiyat kutib turibdi. Tez orada ko'rishguncha.
P.S. Forumda o'qituvchilar, mustaqil repetitorlar va hattoki yoshlar ham ishtirok etishlari mumkin bo'ladi.
⚡️Andijon kubok sohibi
🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” uchun gandbol musobaqalarining final bosqichi o‘z yakuniga yetdi.
Natijalar bilan tanishing:
➡️1-o‘rin: Andijon viloyatining “Obod turmush” mahalla jamoasi;
➡️2-o‘rin: Jizzax viloyatining “Sovungarlik” mahalla jamoasi;
➡️3-o‘rin: Toshkent shahrining “Dilbuloq” mahallasi jamoasi.
➖“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o’tkazilgan gandbol bo’yicha barcha g’olib va sovrindorlarni yana bir bir tabriklaymiz! G’olib jamoa mahallasiga sport maydonchasi qurib beriladi.
✊G’alaba muborak bo’lsin!
@alisher_sadullaev
⚡️ Ayni vaqtda Andijon viloyatidamiz.
Obunachilarimiz ichida Andijonlik yoshlar ham bormi, bir jonli muloqot qilsak nima deysizlar?
Andijonda ham yoshlarimizga zamonaviy kasblarni, xorijiy tillarni o'qitish yuzasidan o'quv markazlari bilan muloqot qilmoqchimiz. Shuningdek, talabalar, yosh tadbirkorlar va tashabbuskor yoshlar bilan 16:00da Andijon davlat chet tillari institutida ko'rishib olmoqchimiz.
Savollaringiz bo'lsa, izohlarda mas'ullar javob berishadi. Uchrashuv hamma uchun ochiq, hech qanday ro'yxatdan o'tish shart emas.
P.S. Qaysi o'quv markaziga yoki yosh tadbirkorlar subyeklariga borsak bo'ladi?
⚡️Xizmat safari bilan vodiy viloyatlariga yetib keldik. Ayni vaqtda Farg'ona viloyatidamiz.
Farg'onada ham yoshlarimizga zamonaviy kasblarni, xorijiy tillarni o'qitish yuzasidan o'quv markazlari bilan muloqot qilmoqchimiz. Shuningdek, yosh tadbirkorlar va tashabbuskor yoshlar bilan kechga yaqin yoshlar markazida ko'rishib olmoqchimiz.
Savollaringiz bo'lsa, izohlarda mas'ullar javob berishadi. Uchrashuv hamma uchun ochiq, hech qanday ro'yxatdan o'tish shart emas.
⚡️Bugun kechroq bolalar tashkiloti faollari va ularning maktablardagi loyihalari yuzasidan muloqot qilsak.
Eng muhimi maktablardagi sardorlar hamda ularning rejalarini bir tinglasak.
Nima deysizlar?
⚡️Navoiy viloyati yoshlari oliygohga kirish bo‘yicha 1-o‘rinda
➖Yig'ilish davomida Navoiy viloyatini respublikamizning qoq markazida joylashgani, boy tabiiy resurslar, yetarli infratuzilma va inson salohiyatiga ega hudud - deydi Prezidentimiz.
➖Shuningdek, so‘nggi uch yilda navoiylik yoshlar oliygohga kirish bo‘yicha 1-o‘rinni egallab kelayotganligi, bog‘cha qamrovi esa 85 foizga yetib, respublikada 2-o‘ringa chiqqanini ta'kidlab o'tdi.
@alisher_sadullaev
⚡️Hozirgi kundagi eng dolzarb mavzulardan biri bu – ekologiya.
Bolajonlarimiz uchun yana bir katta sovg'a – "Yashil Makon" multserialini kutib oling. Juda katta bilim va qadriyatlarimiz ustiga qurilayotgan yana bir global loyiha. Nafaqat O'zbekiston balkim butun dunyo bolalari uchun tabiatni ardoqlash uni anglash yo'lida katta loyihani boshlayapmiz.
Multserial qahramonlari, Jasur, Binafsha, Metin (robot droid) va Zuzu (olmaxon) jasorat ko'rsatib tabiatni haqiqiy posbonlardek himoya qilishadi.
Marhamat, izohlar va ulashish orqali "Global Animation Group" jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan multserialni qo'llab-quvvatlang: https://youtu.be/06pN8vb5XiI?si=VQD_TqoL7HJJWQXh
Xizmat safari bilan Navoiy viloyatiga yetib keldik. Navoiy viloyatida yoshlarni zamonaviy kasblarga va xorijiy tillarga o'qitish bo'yicha o'quv markazlari bilan muloqot qilmoqchimiz.
Navoiylik yoshlar uchun katta marralar va takliflar bilan kelganmiz. Fikrlar va takliflarngizni izohlarda qoldirishingiz mumkin. Marhamat.
🇺🇿Abbosbek Fayzullaev Osiyoning eng yaxshi yosh o‘yinchisi bo‘ldi
⚡️Koreya Respublikasining Seul shahrida Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan qit'a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimida Abbosbek Fayzullayev "Osiyoning eng yaxshi yosh o'yinchisi" deb e'tirof etildi.
@alisher_sadullaev
⚡️Ko'plab kitobxon yoshlarning takliflariga binoan bugun 29-oktabr, 16:00da barcha mahalladagi yoshlar yetakchilari, tuman/shahar agentlik rahbarlari hamda hamkor tashkilotlar bilan "yosh kitobxon" tanlovi yuzasidan telegramda ochiq muloqot tashkil etamiz.
Hurmatli ota-onalar, aziz kitobxonlar tanlov yuzasidan savollaringizni izohlarda qoldiring, albatta muloqot davomida ularga javob beramiz.
Muloqotga ulanishi uchun: 👉/channel/alisher_sadullaev?livestream
⚡️Farzandlarimiz kelajagi, yurtimiz rivoji uchun va albatta yoshlarimiz uchun munosib nomzodlarga ovoz berdim!
Obunachilarimiz ovoz berishga ulgurishdimi yoki endi ovoz berasizmi?
⚡️Ajoyib xushxabar!
Ko'pchilik yoshlar xalqaro imtihon xarajatlarini qaytarib olishda muammolar yuzaga kelganini bizga ma'lum qilishgan edi. Bugun Xalq Banki mutasaddilari bilan hamkorlikda kompensatsiya to'lovlarini amalga oshirishni boshladik.
O'z o'rnida Xalq Banki vakillariga yoshlarni qo'llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Yoshlarimizni esa avvalo o'z ona tilimizni mukammal o'zlashtirib, shu bilan birga xorijiy tillar hamda xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijalarni qo'lga kiritishlariga tilakdoshmiz.
Eslatib o'tamiz,18 ta xalqaro imtihon tizimlarida ham yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini "Xazna" ilovasi orqali kompensatsiya qilib qaytarib olishlari mumkin.
Bugun bir videoni ko‘rib qattiq ta’sirlandim va sizlar bilan bo‘lishgim keldi.
G‘allaorollik singlimiz tuman markazidan 80 kilometr olisdagi “Jiydali” mahallasida o‘zidagi cheksiz imkoniyati, jasorati sababli bugungi kunda shu qishloq bolalari uchun o‘z uyida shinamgina kutubxona ochibdi. Bizni yana bir xursand qilgan holat G'allaorol tuman Yoshlar ishlari agentligi jamoasi esa, mazkur tashabbus uchun kitoblar to'plamlari sovg'a qilib, kutubxona fondini kengaytirishga yordam qilishibdi.
Nargiza ochgan “Umid” kutubxonasi nafaqat yoshlarni kitob o‘qishga qiziqtiradi, balki hayotdagi har bir sinovga duch kelgan insonlarga umid bag‘ishlaydi.
Kutubxona ochgan yana qaysi qahramonlarni bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring!
@alisher_sadullaev
⚡️Afruza Hamdamova shaxmat bo'yicha 16-yoshida allaqachon 2 karra jahon chempioni!
🇺🇿 Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida hamyurtimiz Afruza Hamdamova yana bir tarixiy natijaga erishdi!
🏆 Afruza Braziliyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatining 16 yoshgacha qizlar guruhida muddatidan avval g'alaba qozonib, 2 karra jahon chempioniga aylandi! Eslatib o'tamiz, 2023-yilda Hamdamova Italiyada o‘tkazilgan 14 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘lib, ayollar orasida O'zbekistonlik birinchi jahon chempioniga aylangandi.
👏Barakalla, Afruza! Ota-onangiz va ustozlaringizga rahmat!
⚡️Obunachilarimiz orasida Qoraqalpog'istonlik yoshlar ham bormi?
Qaysi shahar/tumandansiz? Yoshlar uchun qanday taklif va fikrlaringiz bor? Qaysi o'quv markazida chet tillari yoki zamonaviy kasblarni o'rganasiz?
Ertaga Qoraqalpog'istonda yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazishni reja qilayapmiz.
⚡️Meni @mutolaaxona loyihasining marketing bo'limi jamoasi Jasurbek Anvarov onlayn mutolaa marafoniga taklif qilishdi. Albatta, ishtirok etamiz, Xudo xohlasa.
"To'yga borsang, to'yona bilan bor deganlaridek" onlayn mutolaa marafoni ishtirokchilari;
1. 1000 nafar faol ishtirokchilar, 1 tadan ajoyib bir kitob, imzosi bilan taqdirlanishadi
2. 100 nafar faol ishtirokchilarga mutolaa premium sovg'a qilinadi
Eslatma, marafonda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish kerak ekan.
Farg’onada yoshlar bilan ochiq muloqot
✅ Bugun Farg‘ona viloyatida yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazdik. Muloqotda yoshlarning takliflari, muammolari va tashabbuslari o‘rtaga tashlandi.
➖Xususan, Qahhorova Gulxumor “Language Art” o‘quv markazini ochib, oyiga 200 nafar yoshlarni o‘qitishni maqsad qilganligini bildirdi. Shuningdek, olis So‘x tumanidan tashrif buyurgan Zafar Jalolov So‘xda o‘quv markazlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘z taklifini bildirdi. Ushbu tashabbuslar ma’qullanib, zarur yordam ko‘rsatilishi belgilandi.
➡️ Ochiq muloqot davomida ko‘plab yoshlar zamonaviy kasblar, xorijiy tillarni o‘rganish va ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha qator muhim takliflarni berdilar.
@alisher_sadullaev
Joylardagi Bolalar tashkiloti sardorlari o'z jamoalari va loyihalari bilan ushbu havola orqali muloqotda ishtirok etishlari mumkin: 👉/channel/alisher_sadullaev?livestream
Albatta, faol bo'ling. Birgina taklifingiz minglab bolalarga foyda keltirishi mumkin. Muloqotimiz 19:00da boshlanadi.
Marhamat: /channel/alisher_sadullaev?livestream
⚡️Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputatligiga saylangan yoshlarimiz bilan tanishing;
1. Yuldashev Oybek Baxodir o‘g‘li (O‘zLiDeP) - Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarma boshlig'i;
2. To‘xtamurodov Bexzod Toir o‘g‘li (Adolat SDP) - Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi;
3. Joldasova Shaxnoza Batirovna (O‘zMTDP) - Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi;
4. Musurmonov Otabek Sobirjon o‘g‘li (O‘zLiDeP) - Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati boshqarma boshlig'i;
5. Ismailov Adxambek Baxramovich (O‘zLiDeP) - Xorazm viloyati Xalq deputatlari kengashlari huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlarini qo'llab-quvvatlash bo'ycha Jamoat fondi direktori;
6. Xolmahamatova Shaxnoza Baxtiyor qizi (O'zLiDeP) - Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati (qayta saylandi).
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputatligiga saylangan yoshlarimizni tabriklab, yoshlar manfaatlarini Parlament darajasida qo'llab-quvvlatlash yo'nalishidagi faoliyatlariga omad tilaymiz!
@alisher_sadullaev
⚡️2025-yil Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili” deb e’lon qilinadi.
➖Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilishda 2025-yilni Navoiy viloyatida "Alisher Navoiy yili" deb e'lon qilish taklif qilindi.
➖“Yashil makon” loyihasi doirasida viloyatning shahar va tumanlari, qishloqlarida Navoiy bobomizga atab yangi bog‘lar, so‘lim xiyobonlar, yashil hududlar tashkil etiladi.
➖Shuningdek, quriladigan Yangi O‘zbekiston bog‘ida Alisher Navoiyga bag‘ishlab memorial muzey tashkil etiladi.
@alisher_sadullaev
⚡️Do'stlar, yoshlar uchun yana bir mega loyihamiz e'lon qilishga tayyor. Ayniqsa, tabiatimizni asrashda, uni qadrlashga qo'yilgan katta qadamlarimizdan biri.
Bu safar qaysi mavzuga atalgan loyihani yo'lga qo'ydik deb o'ylaysiz?
⚡️Obunachilarimiz soni juda tez ko'paya boshladi. Bu "yosh kitobxon" tanlovi tufaylimikan)
Ertaga barcha mahallalarda tanlov boshlanadi. Umid qilamizki, mahalladagi yoshlar yetakchilari ham yoshlar ham tanlovda yaxshi tayyorgarlik ko'rishgan.
Faqat omad yor bo'lsin!
⚡️ "Yosh Kitobxon" tanlovi yuzasidan muloqotimiz boshlandi.
Marhamat havola orqali suhbatimizga qo'shiling: /channel/alisher_sadullaev?livestream
30-oktabr kuni yoshlarning eng sevimli tanlovlaridan biri "yosh kitobxon" tanlovi barcha mahallalarda start oladi.
Kitobxonlar tayyormisizlar? Mahallalardagi yoshlar yetakchilari tayyormisizlar?
Bir hammamiz yig'ilib, barcha masalalarni jonli muloqotda muhokama qilib olsak nima deysizlar?
⚡️Bugun xorijlik mehmonlar va yoshlarimiz bilan ochiq muloqot tashkil etdik.
Ko'pchilik yoshlarning Ustozlari Quronboyev Qahramon Qo'chqorovich hamda Ikramov Adham Ilhamovich bilan birgalikda mahalla yettiligi, ommaviy sportni rivojlantirish hamda yoshlar uchun yangi loyihalarni muhokama qildik.
Ayniqsa, xorijlik mehmonlardan Pokiston Bosh Vazirining yoshlar ofisi taqdimoti ham yuqori saviyada tashkil etildi.
Qiziq savol, Siz loyihalarimizning qaysi birida ishtirok etgansiz yoki rejangiz bor?
Obunachilarimiz ichida "yosh kitobxon" tanloviga tayyorlanayotgan yoshlarimiz bormi?
Bu mavsum g'oliblarga elektromobillar berilishi nazarda tutilgan!
Tanlov yuzasidan telegram orqali jonli muloqot tashkil etsak nima deysizlar?
Tanlov yuzasidan qanday savol va takliflaringiz bor?