Bugun allaqachon kechikdik, kecha boshlashimiz kerak edi!
🇺🇿 “Ta’lim – kelajak sarmoyasi” degan ezgu g‘oya jamiyatimizda katta harakatga aylanmoqda.
Yaqinda “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyati takomillashtirildi. Endi top-300 talik oliygohga kirganlar uchun o‘qish va yashash xarajatini qoplash tizimi yangi tartibda ishlay boshlaydi.
Eng avvalo, STEM yo‘nalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika), energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura, qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi kabi drayver sohalar uchun kvotalar bir necha karra oshiriladi.
Endilikda banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti beradi.
@alisher_sadullaev
🇺🇿 Joriy yil fevral oyida o‘tgan uchrashuvda yoshlar uchun 40 dan ziyod yangi tashabbuslar e’lon qilinib, qariyb 500 million dollar ajratildi.
Bu yil 35 milliard dollarlik 8 ming 300 ta loyiha ishga tushirilib, 292 mingta ish o‘rni yaratiladi. Yana 500 mingta ish o‘rni yaratadigan 83 milliard dollarlik loyihalar rejalashtirilgan.
Masalan, energetikada 20 milliard, neft-gaz va kimyoda 11 milliard, tog‘-konda 7 milliard, elektrotexnika va avtomobilsozlikda 4,5 milliard dollarlik minglab korxonalar ishga tushadi.
Ishlar boshlanishi bilan “yashil” iqtisodiyot, “yashil” energiya, raqamli geologiya, texnologik minerallar, bio-injeneriya yo‘nalishlarida minglab mutaxassislarga talab paydo bo‘ladi.
“Yangi texnologiyalar asrida kim yutadi? Faqat kreativ fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasblarni egallagan mutaxassislar.
Shijoatingizdan ko‘rib turibman, albatta siz, yoshlar bu korxonalarni boshqarib, katta-katta kashfiyotlar qilasizlar, ularga innovatsiyalarni olib kirasizlar!
Shu bois, hozirdanoq bunday loyihalarga kadrlar tayyorlashni boshlaymiz”,
🇺🇿🇺🇳O‘zbekiston – BMT: Yoshlar bilan ishlashda yangi bosqich
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev boshchiligidagi delegatsiyasi AQShda bo‘lib, BMT vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muloqotlar davomida o‘zbekistonlik yosh mutaxassislarni BMTning turli tuzilmalarida malaka oshirishlari va hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Nyu-Yorkdagi BMT Bosh qarorgohida “Mahalla instituti” mavzusida konferensiya o‘tkazilib, mahallaning 2030-yilgacha bo‘lgan Barqaror rivojlanish maqsadlariga hissa qo‘shayotgani e’tirof etildi. Gender tengligi, bolalar huquqlari va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi yutuqlar alohida ta’kidlandi.
Tashrif davomida Florida shtatida yashayotgan vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, Al-Buxoriy Islom markazi faoliyati yuqori baholandi.
Bu tashriflar O‘zbekistonning xalqaro hamkorlikdagi rolini mustahkamlab, mahalladagi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
@alisher_sadullaev
⚡️Yosh tadbirkorlar uchun zo‘r imkoniyat
Tilmoch.ai va AIsha asoschilari bilan uchrashib, AI bo‘yicha eng qimmatli ma’lumotlarni egallash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Uchrashuv ertaga Agentlik binosida bo‘lib o‘tadi.
Ishtirok etish uchun @yoshlarventures_reg_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting.
@alisher_sadullaev
🇺🇿🇹🇷ICYF Grand Youth Award 2025!
Istanbuldagi “Haliç” Universitetida bo‘lib o‘tgan “ICYF Grand Youth Award” marosimi islom dunyosi yoshlarini birlashtirgan muhim voqea bo‘ldi.
Marosimda Turkiya Prezidenti, janob Rejep Tayyip Erdo‘g‘anga yoshlar taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissalari uchun ICYF Grand Youth Award mukofoti topshirildi.
Shuningdek, mamlakatimiz delegatsiyasi Turkiya Yoshlar va Sport vaziri Osman Aşkın BAK, Turkiya Yoshlar jamg‘armasi rahbari İbrahim Beşinci hamda Türkiye İzcilik Federasyonu (TİF) rahbari Hasan D. Subaşı bilan yoshlar siyosatidagi hamkorlikni atroflicha muhokama qilishdi.
✊Ishonchimiz komil, bu tashrif ikki davlat yoshlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlab, ularga yangi imkoniyatlar eshigini ochadi!
@alisher_sadullaev
⚡️Bugun Stanford universitetiga boramiz. Universitetdagi armosfera hamda qiziqarli tajribalarni @stanford_kundaligi blogimda yoritib boraman.
Читать полностью…⚡️O‘zbekiston yoshlari uchun katta maqsadlar bilan Stanford Universitetining Executive dasturida o‘qishni boshlash uchun Kaliforniya Shtatining San-Fransisko shahriga yetib keldik.
Asosiy maqsad, Kremniy Vodiysi bilan aloqalarni mustahkamlash, yoshlarimizni dunyo darajasidagi kompaniyalarni qurish, yangi startaplar yaratishda Stanford bilan hamkorlik o‘rnatish.
Dastur gibrid shaklida 1 yil davom etadi, asosiy Stanford universitetidagi intensiv dastur taxminan bizning rejalarimiz bilan 2 oy davom etadi.
Hozircha Stanfordda olgan bilimlarimni sizlar bilan bo'lishib borish uchun @stanford_kundaligi blogini yurgizishni boshladim. Marhamat, obuna bo‘lib kuzatib borishingiz mumkin.
@alisher_sadullaev
Ўзбекистон спортининг ҳақли ютуғи: яратилган шароит, доимий эътибор, юксак маҳорат ва ғалабага ишонч миллионлаб футбол мухлислари, бутун халқимизнинг орзусини реал ҳақиқатга айлантирди.
—
Заслуженный триумф узбекского спорта: созданные условия, постоянная поддержка, профессионализм и вера в победу превратили мечту миллионов футбольных болельщиков, всего нашего народа в реальность.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
⚡️GOOOOL
86-daqiqada Eldor Shomurodov ikkinchi golga mualliflik qildi.
🇺🇿 Oʻzbekiston 2:0 Qatar 🇶🇦
@alisher_sadullaev
⚡️GOOOOL
28 daqiqada Azizbek Turg‘unboyev hisobni ochmoqda.
🇺🇿 Oʻzbekiston 1:0 Qatar 🇶🇦
@alisher_sadullaev
🇺🇿 Prezidentimiz futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yo‘lladi
Qadrli farzandlarim!
Avvalo, siz, azizlarni Osiyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etgan saralash o‘yinlarida chinakam jasorat va matonat namunasini ko‘rsatib, tom ma’noda ulkan g‘alabaga erishganingiz – Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Tabrikni batafsil o‘qing!
@alisher_sadullaev
⚡️Bugun tarix yaratilishi mumkin!
➖Bugun O’zbekiston milliy terma jamoamiz JCH-2026 saralash bosqichida BAA terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O’yin 5-iyun Toshkent vaqti bilan 21:00 da Abu-Dabidagi “Al Nahyan” stadionida boshlanadi. Mazkur o’yin “Sport tv” orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi.
✊Omad yigitlar, biz sizga ishonamiz!
@alisher_sadullaev
Aziz bitiruvchilar, hozirimiz va kelajagimiz egalari!
Bugun siz hayotingizdagi muhim bir bosqichni yakunlab, yangi yo‘l sari odimlayapsiz. Shunday muhim pallada, Aka sifatida sizlarga bir qancha hayotiy tavsiyalar tayyorlagan edim. Marhamat o'qishingiz mumkin:
1. Oila va munosabatlar:
Chinakam baxt — atrofingizda mehrli odamlar bo‘lsa paydo bo‘ladi. Oilangiz, do‘stlaringiz, ustozlaringiz va jamiyatingiz bilan bo‘lgan aloqalaringizni qadrlang. Muhabbat va hurmat asosida munosabatlar qurishga intiling. Yaxshi insonning eng katta boyligi — uning go'zal xulqidir.
2. Kasb va faoliyat:
Orzularingizga ergashing, bilim va mahoratingizni doim oshirib boring, "shunchaki" ishlamang. Kasbingiz sizning qiziqishlaringiz va qadriyatlaringiz bilan uyg‘un bo‘lsin. Ba’zan yo‘l murakkab bo‘lishi mumkin — lekin bu yo'lni tanlab har holda o'zga insonning hayotini yashamaysiz.
3. Sog‘liq:
Sog‘ligingiz — hayotingizning poydevori. Har kuni tanangiz va ruhingiz uchun foydali odatlarni tanlang: jismoniy faollik, sog‘lom ovqatlanish, yetarli uyqu. O‘zingizga g‘amxo‘rlik qilmasangiz, boshqa hech narsaga kuchingiz yetmaydi.
4. Shaxsiy rivojlanish:
Bilim izlang, yangi narsalarni o‘rganing, o‘zingizni sinang. Kitoblar, tajribalar, safarlar va muloqotlar sizni yanada kuchliroq qiladi. Ortiqcha dabdabadadan voz keching, ilm o'rganish oddiylikni, soddalikni yaxshi ko'radi. Sarmoyangizni to'g'ri yo'naltiring.
5. Boshqalarga foyda keltirish:
Bu dunyoga nafaqat olish, balki berish uchun ham kelganmiz. Bilimingiz, vaqtingiz, yoki yuragingiz bilan boshqalarga yordam bering. Siz hayoti o'zgarishiga sababchi bo'lgan insonlar — haqiqiy merosingiz bo‘ladi.
Faqat muvaffaqiyatga emas, mazmunli hayotga intiling.
@alisher_sadullaev
⚡️Yozgi oromgohlarda yoshlar “Ibrat farzandlari”, “Qizlar akademiyasi”, “Mutolaa” loyihalari bilan qamrab olinadi. 100 ming o‘quvchi uchun maktablarda “kunduzgi oromgoh” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
“Zakovat” intellektual o‘yinining maktab ligasi tashkil etiladi.
“Raqamli avlod” loyihasi doirasida kamida 50 ming yosh o‘qitilib, hududlarda IT va kibersport turnirlari o‘tkaziladi. Bunda “Raqamli avlod qizlari” loyihasi bo‘yicha tuman va viloyat tanlovlari o‘tkaziladi.
“Mening mahallam – mening faxrim” loyihasi doirasida ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 100 ming yosh volontyorlikka jalb qilinadi.
150 dan ortiq sun’iy, shuningdek, barcha tabiiy suv havzalaridan samarali foydalanish, bunda yoshlarning xavfsizligini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
“Yoshlar turizmi oyligi” o‘tkazilib, 1 million yoshlar uchun muzey va tarixiy obidalarga ekskursiyalar tashkil qilinadi.
@alisher_sadullaev
🇺🇿 “Garvardchilar” maktabi Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida faoliyatini boshlab yubordi.
Ushbu xalqaro maktabga bu yilgi 8-sinf bitiruvchilari orasidan 60 nafar o‘quvchi saralab olinadi va 3 ta yo‘nalishda o‘qitiladi. Kelgusida o‘quv o‘rinlari karrasiga ko‘paytiriladi.
Umuman, milliy dastur asosida har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchi seleksiya qilinib, Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi dunyoning nufuzli oliygohlariga tayyorlanadi.
Shundan kamida 300 nafari ehtiyojmand oila farzandlari bo‘ladi.
@alisher_sadullaev
⚡️Ertaga 30-iyun “Yoshlar kuni”!
- Bayram munosabati bilan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar e’lon qilinadi.
- Mehnati, harakati orqali muvaffaqiyatga erishgan ko‘p sonli yoshlar davlat mukofotlari bilan taqdirlanadi.
- Respublika bo‘ylab ishbilarmon, tadbirkor yoshlarning innovatsion loyihalari taqdimoti o‘tkaziladi.
- Va albatta, mamlakatimiz bo‘ylab yoshlar sayllari, bayramlar hamda tantanalar bo‘ladi.
Yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring, yangi imkoniyatlardan ham faol foydalaning.
Kirib kelayotgan “Yoshlar kuni” muborak bo‘lsin!
🇺🇿Prezidentimizning tegishli farmoniga asosan yurtimiz ravnaqiga o‘zining mehnati, bilim va shijoati bilan hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.
1. Toxirjonova Gulruxbegim Alisher qizi — O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi, ayollar o‘rtasida grossmeyster;
2. Qudratov Shoxrux Odil o‘g‘li — Samarqand shahridagi “Polyglot school” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori;
3. G‘oyibova Orzugul Umarovna — “TOP-100 Uni” loyihasi rahbari, “Ibrat farzandlari” nodavlat notijorat tashkiloti eksperti;
4. Rejavaliyev Jamshidbek Jasurbek o‘g‘li — Andijon shahridagi “Wester Group RJ” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori;
5. Abdixolikov Bobir Alisher o‘g‘li — Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
6. Tuksanov Parviz Abduraximovich — Buxoro shahridagi “Phoenix Academy” o‘quv markazining SAT imtihoni bo‘yicha tayyorlovchi-mutaxassisi, SAT imtihonidan 1600 ball sohibi;
7. Ochilova Maftuna Omonjon qizi — Urganch shahridagi “Nurli hayot” MFY yoshlar yetakchisi, “Yosh kitobxon” tanlovi g‘olibi;
8. Ismoilov Jamshidbek Rashid o‘g‘li — To‘rtko‘l tumanidagi “Navoiy” MFY yoshlar yetakchisi;
9. Adilova Farzona Alisher qizi — Jizzax shahri yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i;
10. Bo‘tayeva Gulasal Toshqul qizi — Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining 2-bosqich talabasi, IELTS 9 ball sohibi.
Davomini o‘qish...
👏Bu – yoshlarga bo‘lgan ishonch, mehnatga berilgan munosib e’tirof!
@alisher_sadullaev
⚡️Stanforddagi kun tartibimiz shunchaki super intensiv, bugun dastur 05:45 dan — 21:20 gacha davom etadi.
Dasturni batafsil ko‘rish: /channel/stanford_kundaligi/154
⚡️Ko'pchilik uchun juda qiziq savolga javob. Stanford Executive – sotib olsa bo'ladigan o'yinchoq emas.
Batafsil: /channel/stanford_kundaligi/151?single
⚡️O'zbekiston yoshlarining global bozordagi muvaffaqiyati haqida qiziq fikrlar.
@stanford_kundaligi
🇺🇿Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifini Qarshidagi “Alp texno servis” elektrotexnika korxonasi bilan tanishuvdan boshlandi.
Davlatimiz rahbari Qarshidan Shahrisabzga poyezdda ketayotib, qashqadaryolik faollar bilan samimiy muloqot bo‘ldi.
Shuningdek, Prezidentimiz Shahrisabzdagi ko‘p tarmoqli kardiologiya markazi faoliyati bilan tanishdi. Shundan so’ng Yakkabog’ tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivi, Shahrisabz tumanidagi “Miraki” xalqaro turizm markazi, “Hisorak” suv ombori yaqinida barpo etilgan kichik gidro elektr stansiyasi hamda agroturizm majmuasini ko’zdan kechirdi.
Bu tashrif Qashqadaryoga yangi ruh va imkoniyatlar olib keladi. Tashrif davom etmoqda.
@alisher_sadullaev
Onajonim – mehribonim 🌸❤️
Bugun onamlarning duolarini olgani Jizzaxga, uyimizga kelgandim. Odatda xizmat safari bilan uyga kirib o'tardim, lekin bugun astoyidil onamni ko'rgim keldi, rosa sog'ingandim.
Tushdan keyin hamma ishlarni tashlab onamga o'zimni bag'ishlagim keldi, bolalikni eslab, ularni to'yib quchoqladim, qalbim taskin topdi, orom oldim.
Ayni o'sha vaqtda bolalikdagi voqealar, bosib o'tilgan og'ir yo'l-u, sinovlar hammasi ko'z oldimdan o'tdi. Hammasi ko'z oldimdan o'tadiyu, onamning mehri, hokisorligi barchasini yuvib ketadi. Onalarimiz bor bo'lishsin, umrlari uzoq bo'lsin.
P.S. Aytgancha sizlarga bir yangilikni aytolmay yurgandim. Shu kunlarda Stanford universitetiga o'qishga jo'nab ketaman. Bu ham katta tajriba, hayotimdagi katta burilish. Hali ko'p yangiliklarni e'lon qilib boraman. Harakatlarimiz yoshlarimiz uchun manfaatli hamda xayrli bo'lsin.
⚡️GOOOOL
92-daqiqada Igor Sergeyev uchinchi golga mualliflik qildi.
🇺🇿 Oʻzbekiston 3:0 Qatar 🇶🇦
@alisher_sadullaev
#Faxr
🇺🇿Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Bunyodkor” stadioniga kelib, muxlislar bilan birga terma jamoamiz o‘yinini jonli kuzatmoqda.
Shuningdek, Slovakiya Bosh vaziri Robert Fiso hamda Bolgariya Prezidenti Rumen Radev ham davlatimiz rahbari bilan birga stadionda o‘yinni tomosha qilmoqda.
@alisher_sadullayev
🇺🇿Bugun O’zbekiston milliy terma jamoamiz JCH-2026 saralash bosqichining so‘nggi uchrashuvida Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
➖O’yin 10-iyun Toshkent vaqti bilan 18:45 da Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida boshlanadi. Mazkur o’yin MTRK tizimiga kiruvchi va barcha nodavlat telekanallar orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi.
✊Omad yigitlar, biz sizga ishonamiz!
@alisher_sadullaev
34 yillik orzu ro'yobga chiqdi!
Biz Mundialga boramiz 🇺🇿
Barakalla yigitlar!
Farzandining bilimi uchun bor mehrini ayamayotgan ota-onalarga chin yurakdan ta’zim qilaman. Shunday fidoyi ota-onalarga ega boʻlgan yoshlarga esa, bu mehrning qadriga yetishlarini samimiyat bilan soʻrab qolaman.
@alisher_sadullaev
⚡️Rivojlanish uchun foydali manbalar
1. Ibrat farzandlari — xorijiy tillarni bepul o‘rganish;
2. Mutolaa — kitoblarni audio va elektron formatda o‘qish;
3. Ustoz AI — zamonaviy kasblarni bepul o‘rganish;
4. Top100 Uni — dunyoning TOP universitetlariga tayyorlash;
5. Yosh kitobxon — bilimdonlar uchun kitobxonlik tanlovi;
6. UzChess — shaxmatni tez va oson o‘rganish;
7. Ibrate Debate — ingliz tilida debat sessiyalari;
8. Qizlar akademiyasi — xotin-qizlar uchun bepul ta’lim platformasi;
9. Qizlar ovozi — faol qizlarning tashabbuslari;
10. President Tech Award — eng yaxshi startaplar tanlovdan biri;
11. Digital Generation — dasturlashni o‘rganing va dunyoni o‘zgartiring;
12. PhD sari qadam — xotin-qizlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;
13. WikiStipendiya — jahon internet tarmog‘idagi o‘zbekcha ma’lumotlar;
14. 1000Kitob — eng sara adabiyotlarning o‘zbekcha tarjimasi;
15. iQtidorly — STEM fanlari bo‘yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash;
16. Yoshlar ovozi — yoshlar hayotiga bag‘ishlangan gazeta;
17. Bekvalola">Bek va Lola — bolajonlar uchun animatsion multserial;
18. BeruniySarguzashtlari">Beruniy sarguzashtlari — buyuk ajdodlarimiz tarixi;
19. yashilmakonuz">Yashil makon — ekologiyaga bag‘ishlangan milliy multfilm;
20. Yoshlar ovozi Bo‘zatov — iste’dodlarni kashf etuvchi musiqiy tanlov;
21. KhanAcademyUzbek">Khan Academy Uzbek — bepul onlayn videodarsliklar;
22. Xalqaro imtihon kompensatsiyasi — Xalqaro imtihon xarajatlarini qoplab berish
23. Work and Travel — talabalar uchun xorijda ishlash va sayohat qilish;
24. Yoshtadbirkorlar.uz — Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlash;
25. Yoshlar Ventures — kichik biznes va startap g‘oyalarni moliyalashtirish
26. Startap Garage — startapingizni barqaror biznesga aylantirish;
27. AloqaVentures — texnologik g‘oyalar va innovatsion kelajak sari yo‘l;
28. Kelajak kasblari — yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish;
29. SeeYoUzbekistan — O‘zbekistonning siz bilgan va bilmagan manzillar;
30. MilliyKaraoke">Milliy karaoke — Milliy qo‘shiqlarimizni karaokeda kuylang;
31. Yoshlar Akademiyasi — ilmiy-innovatsion g‘oyalar va startaplarni rivojlantirish.
Ushbu loyihalarning qaysi birida ishtirok etgansiz? Yoshlar uchun manfaatli yana qanday loyihalarni bilasiz? Izohlarda fikringizni qoldiring!
@alisher_sadullaev
“Garvardchilar maktabi” ochiladi
🇺🇿Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturini boshlash va “Garvardchilar maktabi”ni ochish bo‘yicha katta farmon imzolaganini aytdi.
Bu muassasa Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida tashkil etiladi. Bu yil 8-sinf bitiruvchilaridan 60 nafari saralab olinib, xalqaro maktabda “Top-10” oliygohlariga maqsadli tayyorlanadi.
Milliy dastur asosida maslahatchilar maktablardan har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchini tanlab olib, AQSHning Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi oliygohlariga tayyorlaydi.
Endilikda “Barkamol avlod” maktablari, “Yoshlar” sport jamiyati va O‘quvchi yoshlar markazi yagona tizimga birlashtiriladi. Bu markazlar to‘liq ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy va kreativ yo‘nalishlarda jihozlanadi. Ularda xorijiy tillar, sun’iy intellekt, dasturlash va animatsiya kabi yangi to‘garaklar ochiladi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Samarqand, Buxoro va Toshkentdagi “Barkamol avlod” markazlarida kamida 100 o‘rinli “Bolalar sayyohlik bazasi” tashkil etiladi. Har yili 1 million o‘quvchini O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga jalb qilish vazifasi qo‘yildi.
@alisher_sadullaev