Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkent atrofida "yashil belbog’” barpo etish doirasidagi daraxt ekish tadbirida ishtirok etdi.
@alisher_sadullaev
⚡️Obunachilarimiz orasida Turk tilini biladiganlar ham bormi?
Kecha, yaqin do'stimiz Abdullah Eren janoblari bilan uchrashuv o'tkazgan edik. Yoshlarimiz uchun juda foydali bir loyiha yuzasidan kelishib oldik.
Yaqin oylarda Turkiyaning eng yaxshi universitetlariga muhandislik, sun'iy idrok, turizm hamda boshqa sohalarda o'qish uchun yuzlab to'liq grantlar e'lon qiladigan bo'ldik.
Shuningdek, @ibratfarzandlari loyihasi orqali turk tilini o'rgangan 30 nafar yoshlar uchun Turkiya bo'ylab bepul sayohat ham tashkil etadigan bo'ldik.
Do'stim va akam Abdullahbeyga hamkorlik uchun samimiy minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.
Ko'p yasha O'zbekiston, ko'p yasha Turkiye.
⚡️Do'stlar, Samarqandda xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga o'qitadigan qaysi o'quv markazlariga borsak bo'ladi?
Bizga, tashabbuskor va zamonaviy yondashuvlar bilan ishlayotgan markazlarni topishda ko'maklashing.
Izohlarda ularning kuchli taraflari va markaz nomini yozib qoldiring.
⚡️El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha o‘rganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida Prezidentimiz 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.
@alisher_sadullaev
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisida qatnashmoqda va bir qator masalalarga to’xtalib o’tmoqda.
O‘tgan davrda 25 mingdan ziyod xususiy bog‘cha, 70 ga yaqin nodavlat oliygohi tashkil etilib, qamrov maktabgacha ta’limda – 74 foizdan, oliy ta’limda esa – 39 foizdan oshdi.
Ijtimoiy xizmatlar tizimida ham katta islohotlar bo‘lmoqda. Barcha hududlarda “Inson markazlari” ochilib, ijtimoiy xodimlar tomonidan bevosita mahallalarda aholiga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.
Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida azmu shijoatli sportchilarimiz chinakam rekord natijalarni qayd etib, jami 39 ta medal, jumladan 18 ta oltin medalni qo‘lga kiritdilar.
“O‘zbekiston tarixida ilgari hech qachon bo‘lmagan bunday yutuqlar barchamizga yangi kuch-g‘ayrat baxsh etishi tabiiydir”, - dedi davlatimiz rahbari.
@alisher_sadullaev
⚡️Bugun O’zbekiston milliy terma jamoamiz JCH-2026 saralash bosqichida Shimoliy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O’yin 19-noyabr Toshkent vaqti bilan 17:00 da Ventyan shahrida "Lao" stadionida boshlanadi. Mazkur o’yin “Sport tv” orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi.
✊Omad yigitlar, biz sizga ishonamiz!
@alisher_sadullaev
⚡️Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangi tarkibdagi birinchi majlisi bo'lib o'tmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so'zlamoqda.
➖Markaziy saylov komissiyasining faoliyati sezilarli kuchaygani, professional saylov organlari tashkil etilgani saylovlarning haqqoniy ruhda o‘tishida muhim rol o‘ynadi.
➖Prezidentimiz saylovlar qonunchilik talablari va xalqaro standartlarga to‘la mos holda o‘tishini ta'minlagan barcha darajadagi saylov komissiyalari, xususan, Markaziy saylov komissiyasiga alohida rahmat aytdi.
➖Saylovlar natijasida Qonunchilik palatasi tarkibi qariyb 60 foizga yangilanib, 87 nafar yangi deputat saylandi.
➖Deputatlarning 11 nafari 35 yoshgacha, ilk bor yoshlar parlamentining 2 nafar vakili Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi. Ayniqsa, deputatlarning 38 foizini ayollar tashkil etgani mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
➖Tariximizda ilk bor nogironligi bo‘lgan fuqaromiz Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi. Bu – parlamentimizni tom ma'noda inklyuziv organga aylantirish, ushbu qatlam manfaatlarini yanada keng ifoda etish yo‘lida navbatdagi muhim qadam bo‘lgani e'tirof etildi.
➖Yangi tarkibda 63 nafar deputat qayta saylangani esa parlament ishida uzviylik va professionalizmni ta'minlashga xizmat qilishi qayd etildi.
@alisher_sadullaev
Yoshlar bilan uchrashuvimiz erkin va samimiy muloqot tarzida kechdi.
⠀
Biz ularning orzu-maqsadlari va kelajak rejalari haqida gaplashdik.
⠀
Bugungi kunda xalqimizning ham, Prezidentimizning ham ko‘nglida yoshlarga nisbatan katta ishonch va umid bor.
⠀
Qadrli yoshlar, sizlarni katta hayot, butun O‘zbekiston kutib turibdi.
⠀
—
Наша встреча с молодёжью прошла в свободной и искренней атмосфере.
⠀
Мы поговорили о мечтах, целях и планах молодых людей на будущее.
⠀
Сегодня и наш народ, и наш Президент возлагают большие надежды и доверие на молодёжь.
⠀
Дорогая молодёжь, вас впереди ждёт большая жизнь, вас ждёт вся страна!
⚡️Nodirbek Magnus Karlsenga qarshi dona surmoqda
♟Shu kunlarda 17-noyabrga qadar Hindistonning Kalkutta shahrida 6-Tata Steel Chess India turniri bo'lib o'tmoqda.
Ayni vaqtda, 9-tur doirasida Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenga qarshi dona surmoqda.
Avvalgi o'yinidagi holat esingizdami? Hamyurtimiz Nodirbekni barchamiz online efirda qo'llab quvvatlaylik.
➡️O'yinni jonli efirda tomosha qilish uchun havola: https://youtube.com/live/7NugLRBfL-M?feature=share
@alisher_sadullaev
Bugun “UzEkspoMarkaz” milliy ko’rgazma majmuasida “InnoWeek-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasidagi Yoshlar Akademiyasi Assambleyasi bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunda respublikamizning barcha hududlarda joylashgan 64 ta oliy ta’lim muassasalarida “Yoshlar Akademiyasi lideri” tizimi tashkil etilib, ilmiy innovatsion faoliyatda salmoqli yutuqlarga erishgan lider talabalar orasidan saylandi. 2025-yilda yana 21 ta OTM da “Yoshlar Akademiyasi lideri” tizimi yo'lga qo'yish belgilab olindi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 14 nafar Yoshlar Akademiyasining hududiy liderlari faoliyati yo’lga qo’yilgan.
Yoshlar Akademiyasi Assambleyasi oliy ta’lim muassasalari va hududlarda ilmiy innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan takliflar, tashabbuslar va g’oyalar muhokama qilinadi.
Tadbir yakunida ilmiy-innovatsion tadbirlar faol ishtirokchilari hamda tanlovlar g‘oliblari munosib taqdirlandi.
@alisher_sadullaev
Kurash – g‘alabaga halol yo‘l!
🖐Har bitta mahalladan saralangan kuchli kurashchilar bugun Toshkent shahardagi Universal sport saroyida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi kurash bo‘yicha “Bosh prokuror kubogi” musobaqasining hal qiluvchi final bahslari kuch sinashdi.
👏Ayniqsa, Prokuratura xodimlari va g’oliblarga zamonaviy sport maydonchasi qurib beradigan Sport Vazirligiga ham alohida minnatdorchilik bildiramiz.
Shiddatli bahslarda tomoshabinlar hayajon va jo‘shqin hayqiriqlar bilan mahalla yoshlarini qo‘llab-quvvatlashdi!
Atmosfera esa, ajoyib 🔥
@alisher_sadullaev
⚡️@mutolaaxona tayyorlagan bayram marafoni tayyor ekan!
Qaysi spiker bilan muloqotni kutmoqdasiz?
Qanday savollaringiz bor spikerlarga?
@mutolaaxona
⚡️Qoraqalpog’istonda yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot
✅Bugun Qaxramon Qo‘chqorovich Quranboyev, Otabek Abdurashidovich Hasanovlar bilan Nukus shahridagi Yoshlar markazida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishgan holda, Yoshlar media markazida mutaxassislar bilan suhbatlashib, ularning taklif va fikrlarini qo’llab-quvvatlashni bildirdik.
➖Shundan so’ng qoraqalpog’istonlik yoshlar bilan erkin va samimiy suhbat doirasida 300 nafarga yaqin yoshdan 30 dan ortiq taklif hamda murojaatlar bildirildi.
➡️Misol uchun, Qural Atabaev axborot texnologiyalar sohasida xizmat ko’rsatish va malaka oshirish bo’yicha amaliy yordam so’radi. Biz Quralni O’zbekistondagi eng tajribali kompaniyalar bilan bog’lab qo’ydik.
➡️Shuningdek, yoshlar tomonidan eng nufuzli universitetlarida tahsil olish va bu uchun amaliy ko’nikmalarni o’rganish maqsadida “El-yurt umidi” jamg’armasi o’quv-seminarlarini tashkil etish yuzasidan takliflarni berishdi.
➡️Xususan yosh fermerlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida ularning innovatsion g’oyalari tanlovini tashkil etish hamda O‘zbekistondagi eng yaxshi brendlarni Qoraqalpog‘istonga jalb etish masalalari ko‘tarildi.
➡️Ayniqsa, ko’ngilli yoshlar kunning eng dolzarb mavzularidan bo‘lgan ekologiya masalasida yangi loyihalarni boshlash maqsadida amaliy yordam so‘rasa, o‘z shaxsiy brendini yaratmoqchi bo‘lgan yosh dizayner, ishbilarmonlar xorijda malaka oshirishlari uchun yordam so‘rab, ishsiz tengdoshlariga o‘rnak hamda ko‘plab yoshlar bandligini ta'minlashini ishonch bilan gapirdi.
✊Yoshlarning zakovat, kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.
@alisher_sadullaev
Assalomu alaykum, do'stlar, biz Nukus shahridamiz.
Qoraqalpog'istonlik yoshlar bilan ochiq muloqotimiz 12:00da Nukus shahridagi ixtisoslashtirilgan Al-Xorazmiy maktabida bo'lib o'tadi.
Uchrashuv barcha uchun ochiq hamda ro'yxatdan o'tish shart emas.
⚡️Yoshlar uchun yana bir imkoniyat!
⏳24-noyabr soat 10:00 da Xalqlar do'stligi saroyida "25 yoshgacha biznes boshlaganlar" forumi bo'lib o'tadi. Forumda Startup loyihalari tanlovi hamda "Top Menejer Auksioni" bo'lib o'tadi.
Men ham ushbu tadbirda Spiker sifatida ishtirok etaman, sizlarni ham ushbu forumga taklif qilaman.
Forumda ishtirok etish uchun;
➖Pastdagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting;
➖Kelajakdagi maqsadingizni 1 ta gap bilan ifodalab bering;
Ro'yxatdan o'tish muddati: 🗓23-noyabr, ⏰18:00.
https://forms.gle/By5EixHmcH4HWs668
Manzil: Xalqlar do'stligi san'at saroyi
⚡️Yoshlar uchun zo'r imkoniyat!
Respublika bo'ylab "Registan" LC 1000 nafar iqtidorli yoshlarga IELTS grantlarini taqdim qilishmoqchi (jami 3,1 mlrd so'mlik grant).
Batafsil: /channel/Registan_LC/18113
Albatta, biz yoshlarga bunday grantlar taqdim etilayotganidan juda xursandmiz.
⚡️Yaqinda, Namangan viloyati, Chortoq tumanidagi "Stanford" o'quv markazi ham 800 million so'mlik grant e'lon qilishgandi. Eng muhimi, o'rganuvchilarga "Spark" avtomobilini ham sovg'a qilishmoqchi.
Batafsil: /channel/stanfordschooluz/95827
Yana qaysi o'quv markazlari grantlar e'lon qilishini xohlar edingiz?
⚡️Obunachilarimiz orasida Samarqandlik yoshlar ham bormi?
Qaysi shahar/tumandansiz? Yoshlar uchun qanday taklif va fikrlaringiz bor? Qaysi o'quv markazida chet tillari yoki zamonaviy kasblarni o'rganasiz?
Bugun Samarqandlik yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazishni reja qilayapmiz.
Bugun 12:00da viloyat yoshlar markazida Sizni kutamiz.
Prezidentimiz Abdulla Aripov nomzodini deputatlar muhokamasiga taqdim etdi.
Prezident Yangi O‘zbekistonimiz yangi parlamenti bilan birga o‘z taraqqiyotining hal qiluvchi bosqichiga qadam qo‘yayotganini ta’kidladi. Bu yangi davrda kechagi talab va mezonlar bilan, eskicha ishlab bo‘lmasligi qayd etildi.
Shu bois Hukumat o‘z faoliyatini mutlaqo yangicha asosda tashkil etishi kerak, buning uchun unga kuchli rahbar, ya’ni, Bosh vazir zarur.
Davlatimiz rahbari bu masalani atroflicha o‘ylab, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodini ko‘rsatishga qaror qilganini aytdi.
Abdulla Aripov katta tashkilotchilik salohiyatiga ega bo‘lgan, ijro hokimiyati tizimida boy bilim va tajriba orttirgan, mas’uliyatni doimo chuqur his etadigan rahbar ekani ta’kidlandi.
Ushbu nomzod bugun Hukumat oldiga qo‘yilgan, ko‘lami va miqyosi benihoya katta bo‘lgan muhim vazifalarni hal etishda Vazirlar Mahkamasi faoliyatini samarali tashkil qilishi, Hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlarini birlashtirib, yagona maqsad sari safarbar eta olishiga ishonch bildirildi.
@alisher_sadullaev
O’zbekiston A guruhda o’rnini saqlab qoldi
Bugungi g’alaba biz uchun muhim edi. O’yinda ayniqsa jarima maydonchasi ichida qo’l bilan o’ynalgani uchun Umar Eshmurodovga qizil kartochka ko’rsatilgani va penalti belgilanishi, O’tkir Yusupov penaltini qaytargani haqiqiy drama bo’ldi!
Terma jamoamiz esa shundan so’ng 10 nafar futbolchi bilan o’ynadi va ishonchli g’alabaga erishdi. G’alaba sabab O’zbekiston terma jamoasi 13 taga yetkazib olib, A guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o’tamiz uchrashuvdagi golga 44-daqiqada Abbosbek Fayzullayev mualliflik qildi.
Terma jamoa 7-tur uchrashuvini 2025-yilning 20-mart kuni qo‘shni Qirg‘izistonga raqiblik qiladi.
Barakalla, yigitlar!
@alisher_sadullaev
"Bundan keyin ham siyosat shunday bo‘ladi. Yoshlarni, ayollarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz!" — Shavkat Mirziyoyev
@alisher_sadullaev
O’zbekiston Respublikasi Prezidentning Oliy Majlis Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risidagi farmoniga ko’ra senatorlar etib tayinlanganlar.
Ziyo Azamat Hamid o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori;
Yo‘lchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna – Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti professori;
Ko‘chimov Abdusaid Ko‘chimovich – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori;
Rafiqov Qudratilla Mirsagatovich – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi;
Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori;
Safoyev Sodiq Solixovich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari;
Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori;
Turdiyev Sodiqjon – O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi boshqaruvi raisi;
Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi.
@alisher_sadullaev
Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Shavkatovna talaba-yoshlar bilan samimiy muloqot o’tkazdilar
Muloqotdan oldin Yoshlar ishlari agentligi jamoasi va uning atrofidagi juda ko‘plab tashabbuskor yoshlarning g‘oyalari bilan tanishdilar. Barcha loyihani qo‘llab-quvvatlashlarini va doimo kuzatib borishlarini ta'kidladilar.
Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqotda ularning fikrlarini eshitib, har bir berilgan taklifga alohida e'tibor qaratib, hayotga tatbiq qilish va ularni kelajakda qo‘llab-quvvatlash, talabalar bilan ochiq muloqot an'anaga aylanib doimiy tarzda o‘tkazilishini alohida aytib o‘tdilar.
Yurtimizdagi milliondan ortiq talabalarning takliflari, muammolari va ularning tashabbuslarini eshitish uchun bunday muloqot platformasi judayam zarur edi. Buning uchun Saida Shavkatovnaga alohida minnatdorchilik bildiramiz
@alisher_sadullaev
⚡️Bugun futbolni ko'ra olmadim. Hisob 2-2 bo'ldi, deyarli.
O'yinni qanday baholaysizlar?
Menimcha, durang yomon natija emas.
P.S. Mag'lubiyat shekilli. Durang ham qila olmadik.
3-2....
⚡️Bugun O’zbekiston milliy terma jamoamiz JCH-2026 saralash bosqichida Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O’yin 14-noyabr Toshkent vaqti bilan 21:15 da “Jassim bin Hamad” stadionida boshlanadi. Mazkur o’yin “Sport tv” orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi.
✊Omad yigitlar, biz sizga ishonamiz!
@alisher_sadullaev
Bugun ertalab xalqimizning umidi bo‘lgan yosh shaxmatchimiz, ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamovani samimiy kutib oldik. Uning bugungi yutuqlarida, albatta, otasi Akbar akaga alohida tahsin aytishimiz lozim.
Ayniqsa, Akbar akaning qizining har bir chempionatda yonida bo‘lib, doimo qo‘llab-quvvatlagani, mehnatini va vaqtini ayamagan holda barcha g‘alabalarga zamin yaratgani tahsinga loyiqdir.
Shuningdek, Nilufar Imomqo‘ziyeva va Javohir Bozorov ham chempionatda munosib ishtirok etib, xalqimizni g‘ururlantirishdi. Kelgusida ko‘plab iqtidorli yosh shaxmatchilarimizning jahon maydoniga chiqishiga umid qilamiz.
Afruza Hamdamovaning kelajakda kattalar (ayollar) o‘rtasida ham jahon chempioni bo‘lishini tilaymiz!
@alisher_sadullaev
Bugun bir videoni ko‘rib qattiq ta’sirlandim va sizlar bilan bo‘lishgim keldi.
G‘allaorollik singlimiz tuman markazidan 80 kilometr olisdagi “Jiydali” mahallasida o‘zidagi cheksiz imkoniyati, jasorati sababli bugungi kunda shu qishloq bolalari uchun o‘z uyida shinamgina kutubxona ochibdi. Bizni yana bir xursand qilgan holat G'allaorol tuman Yoshlar ishlari agentligi jamoasi esa, mazkur tashabbus uchun kitoblar to'plamlari sovg'a qilib, kutubxona fondini kengaytirishga yordam qilishibdi.
Nargiza ochgan “Umid” kutubxonasi nafaqat yoshlarni kitob o‘qishga qiziqtiradi, balki hayotdagi har bir sinovga duch kelgan insonlarga umid bag‘ishlaydi.
Kutubxona ochgan yana qaysi qahramonlarni bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring!
@alisher_sadullaev
⚡️Afruza Hamdamova shaxmat bo'yicha 16-yoshida allaqachon 2 karra jahon chempioni!
🇺🇿 Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida hamyurtimiz Afruza Hamdamova yana bir tarixiy natijaga erishdi!
🏆 Afruza Braziliyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatining 16 yoshgacha qizlar guruhida muddatidan avval g'alaba qozonib, 2 karra jahon chempioniga aylandi! Eslatib o'tamiz, 2023-yilda Hamdamova Italiyada o‘tkazilgan 14 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘lib, ayollar orasida O'zbekistonlik birinchi jahon chempioniga aylangandi.
👏Barakalla, Afruza! Ota-onangiz va ustozlaringizga rahmat!
⚡️Obunachilarimiz orasida Qoraqalpog'istonlik yoshlar ham bormi?
Qaysi shahar/tumandansiz? Yoshlar uchun qanday taklif va fikrlaringiz bor? Qaysi o'quv markazida chet tillari yoki zamonaviy kasblarni o'rganasiz?
Ertaga Qoraqalpog'istonda yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazishni reja qilayapmiz.