🇺🇿Konstitutsiya kuni
Biron davlat o'zini mustaqil hisoblashi uchun Konstitutsiya albatta bo'lishi kerak. Shundagina bu davlat mustaqil bo'ladi.
O'zbekiston ham 32 yil oldin o'z Konstitutsiyasiga ega bo'lgan. Shundan beri mustaqilligimiz saqlanib kelmoqda.
Buyog'iga ham shunday bo'lsin!
Barchani bayram bilan tabriklayman!
Haqiqiy bayram ertaga bo'lsa kerega dam olish kuni bo'lgani uchun:)
P.s. InshaAlloh keyingi hafta 2025-yilgi GKS-U University track javoblari chiqishi mumkin. Agar Jumaga hech narsa chiqmasa undan keyingi haftaga cho'zilishi ham mumkin...
@allimtv
🇰🇷Favqulotda holat bekor qilindi
Koreyada favqulotda holat e'lon qilinganidan 6 soat o'tib bekor qilindi.
Parlament spikeri boshchiligida "Favqulotda holatni bekor qilish" qonuni qabul qilindi. 190 senator yoqlab bergan bu qonun orqasidan Prezident favqulotda holatni bekor qildi.
Rasm manbasi: jtbc youtube kanali
P.s. Endi Prezidentni bu ishi orqasidan hukumatda katta o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Eng qizig'i endi boshlanadi shekilli. Mayli hammamiz tinch bo'laylik!
@allimtv
🇰🇷Koreyani kashf et 2024! O'yin va madaniyat ila!
Gangnam xalqaro markazi chet elliklar uchun Koreya milliy o'yinlarida qatnashib va Golden Bell Quiz tanlovida ishtirok etishga taklif qiladi.
Kimlar uchun: Koreyada yashovchi barcha chet elliklar
Tadbir sanasi: 14-dekabr, 13:00 dan 17:00 gacha
Manzil: Irwon Eco Park (Daechung metro bekatidan 700 metr uzoqda joylashgan)
Tadbirga ro'yxatdan o'tish havolasi: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeXmXKSldJA3WsR0uzQ4RClQxXKazxJFyKlnQDjROnwI6LXlA/viewform?pli=1
Eng birinchi ro'yxatdan o'tgan 100 ta odam bu tadbirda qatnashishi mumkin. Shoshiling:)
Golden Bell Quiz tanlovida ishtirok etmasdan turli-tuman Koreys milliy o'yinlari va boshqa ko'ngilochar programalarda qatnashmoqchi bo'lsangiz havola orqali ro'yxatdan o'tish shart emas.
Shunchaki 14-dekabr kuni tadbir bo'ladigan joyga borsangiz bo'ldi:)
P.s. Shunaqa tadbirlarda qatnashib, unutilmas xotiralar va ajoyib tajriba olish qanchalik yaxshi. Chunki bularni O'zbekistonda ola olmaysiz.
@allimtv
🇺🇿🇰🇷KOICA dan 2025-yilgi magistratura uchun grant
KOICA ofisi 2025 yil uchun uzoq muddatli magistratura dasturlari bo‘yicha birinchi qabulni e’lon qiladi.
Talab qilinadigan hujjatlar
- KOICA ariza shakli
- Xalqaro pasport nusxasi
- Ish joyidan rasmiy xat
Ariza topshirish jarayoni
1. KOICA ko‘rsatmalari va universitet dasturlari haqidagi ma’lumotlarni yaxshilab o‘rganing.
2. Ariza shaklini to‘ldiring.
3. Barcha hujjatlarni PDF formatida quyidagi manzilga yuboring: koica.sp@gmail.com
-Ish joyingizdan rasmiy tavsiyanoma talab qilinadi. Agar sizning bo‘limingiz Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligidan KOICA stipendiya dasturi haqidagi rasmiy xatni olmagan bo‘lsa, bizga murojaat qiling, shunda biz sizning tashkilotingizga yoki bo‘limingizga rasmiy xat yuboramiz.
Ariza topshirish muddati: 2024-yil, 24-dekabrgacha
Talablar va moslik shartlari
- Kimlar qatnashishi mumkin: faqat davlat xizmatchilari va davlat sektori xodimlari.
- Barcha hujjatlar ingliz tilida taqdim etilishi kerak.
- Ism xalqaro pasportdagi ismingiz bilan bir xil bo‘lishi shart.
- Ariza shaklida universitet va dastur nomini aniq ko‘rsating.
- KOICA ko‘rsatmalari va dastur haqidagi ma’lumotlarni diqqat bilan o‘rganing.
- Ariza shakllarini ko‘rsatmalarga muvofiq to‘ldiring – to‘liq bo‘lmagan arizalar qabul qilinmasligi mumkin.
- KOICA ariza shaklining 4-qismiga rasmiy muhr qo‘yilishi shart.
Muhim eslatma: 2025-yil uchun ikkinchi qabul yilning ikkinchi yarmida o‘tkaziladi. Bu oldingi yillarning qabul jadvalidan farq qiladi.
2025-yilgi stipendiya dasturlari haqidagi ma’lumotlarni quyidagi havoladan yuklab olishingiz mumkin:
[https://www.koica.go.kr/ciat/7815/subview.do](https://www.koica.go.kr/ciat/7815/subview.do)
Aloqa uchun ma'lumotlar
- Elektron pochta: koica.sp@gmail.com
- Telefon: +998-90-045-4228
Manba: KOICA telegram kanali
P.s. Mana sizlarga va'da qilingan KOICA granti. Ariza topshirishga shoshilinglar:)
#grant #koica #magistratura #phd #koreya
@allimtv
🇰🇷Hyundai Elevatordan qishki malaka oshirish
Kimlar uchun:
1) Koreya universitetida o'qiyotgan yoki bitirgan
- Ingliz, Arab, Ispan yoki Xitoy tilini yaxshi biladigan
- Aniq fanlar yo'nalishida o'qidigan yoki bitirganlar uchun
Sohalar:
1) Savdo bo'limi (Ish joyi Seulda)
2) R&D markazi (yo'nalishga qarab Seul yoki Chungjudagi ish joyi)
Malaka oshirish muddati: 20-yanvardan 28-fevralgacha (to'liq ish kuni)
Hujjat topshirish muddati: 8-dekabrgacha
Hujjat topshirish va to'liq ma'lumot uchun havola: http://careers.hyundaigroup.com
P.s. Qishni Koreyaning eng katta konglameratlaridan birida malaka oshirib o'tkazish uchun ajoyib imkoniyat:)
@allimtv
GKS magistr va PhD ga hujjat tayyorlash
Tez orada 2025-yilgi GKS bakalavr University track javoblari chiqadi. InshaAlloh bu yil ham O'zbekistondan ko'proq odam grant yutsin.
Noyabr oyi tugayotgani esa 2025-yilgi GKS magistratura, PhD ga hujjat topshirish yaqinlashayotganini bildiradi:)
GKS magistratura va PhD ga hujjat topshirish Hudoxohlasa 2025-yil, fevral oyini boshida boshlanadi.
O'tgan yili bakalavrda 4-bosqichida o'qib, yozni o'qishni bitiradiganlarga ham GKS magistraturaga hujjat topshirishga imkoniyat berilgan.
Bu yil ham shunday bo'ladi deb umid qilaman.
Shuning uchun bakalavr 4-bosqichda o'qiyotganlar ham hozirdan hujjatlarini tayyorlashlari mumkin.
Hozirdan qaysi hujjatni tayyorlasa bo'ladi?
- 1) Diplom apostili va notariusdan tasdiqlash
- 2) Tug'ilganlik haqida guvohnoma apostili va notariusdan tasdiqlash.
Yuqoridagi 2 hujjat Ingliz tilida bo'lmasa birinchi bu hujjatlarni Ingliz tiliga tarjima qilib, so'ngra apostil qilinadi.
Bu ishlarni qayerda qilsa bo'ladi?
- Notariusda qilsa bo'ladi. Notariusga borganda shunchaki bu hujjatni tarjima qilib tasdiqlab, keyin apostil qilib beringlar deb aytinglar. Chet elga yoki Koreyaga o'qishga topshiraman desangiz o'zlaridan qo'shimcha yana bir nimalar qilib berishni xohlab qolishlari mumkin. Yoki o'qishga topshirish uchun har bir hujjatga ikkita apostil qilish kerak deyishlari ham mumkin. LEKIN 2 ta apostil qilish kerak emas!
Qaysi hujjatlar kerak emas?
- Ota-ona zags qog'ozi kerak emas! Hali ham GKS uchun bu hujjatni kerak deb aytadiganlar bor. LEKIN bu hujjat kerak emas!!!
Tug'ilganlik haqida guvohnomani o'zi yetadi! Buni yoniga ota-onani qizil pasporti yoki ID karta nusxasini qo'shsangiz bo'ladi. Zags qog'ozi kerakmas.
(Bir GKS nomzodi hujjatini tekshirib berishini so'raganida qarasam ota-ona zags qog'ozi va ularni tug'ilganlik haqida guvohnomasigacha apostil qildirgan ekan. Pulni bekorga sarf qilgan bundaylarga achinaman...)
Bakalavr 4-bosqichida o'qiyotganlarda diplom yo'qku. Ular nima qiladi?
- Ular o'z baholari haqida hujjatni 4-bosqich 1-semestrgacha apostil qildirishlari mumkin.
Agar diplom va baholar hujjatida nomzodning umumiy o'rta bahosi (GPA) ko'rsatilmagan bo'lsa bu haqida ham o'qishdan hujjat olib, apostil qildirish kerak bo'ladi.
Hozircha shu, qolgan ma'lumotlar bilan ham bo'lishaman Hudoxohlasa😊
P.s. GKS magistraturaga topshirmoqchi bo'lganlar uchun GKS R&D yo'nalishini yaxshilab o'rganib chiqishni maslahat beraman. Aniq fanlar va IT yo'nalishida o'qiyotganlar uchun bu yo'nalishda juda ko'p o'rin beriladi. (O'tgan yili 300 ta o'rin berilgan). Va yaxshi tomoni bu o'rinlar davlatlar orasida taqsinlanmagan. Bemalol hamma hujjat topshirishi mumkin. Bu yo'nalishda hatto KAIST ga ham kirish mumkin:)
@allimtv
🇰🇷🇺🇿2025 GKS-U Embassy track javoblari
2025-yilgi GKS-U Embassy track 2-bosqichi javoblari e'lon qilindi.
O'zbekiston uchun 2 ta odam g'olib bo'libdi. Yutganlarni tabriklaymiz.
NIIED g'oliblar hujjatlarni tanlangan universitetlarga yuborgan. 20-dekbargacha universitet 2-bosqich g'oliblariga qabul qilinganlik yoki qabul qilinmaganlik haqida habar yuborishi kerak. Shunga emailni tekshirib turinglar! Agar shu sanagacha sizga universitetdan email kelmasa ular bilan bog'laning.
2-bosqichdan o'tganlar qaysi universitetni tanlagani haqida 27-dekabrgacha gksselection@korea.kr emaili orqali NIIED ga habar yuborishlari kerak.
(Qanday javob yozish important notes faylida kelgan. Yaxshilab o'qib chiqing!)
Qolgan barcha muhim ma'lumotlarni 2025 GKS-U Important Notice faylidan o'qib ko'ringlar!
P.s. Bu yil rejadagidek 2 ta odam Embassy track dan o'tdi. Umid qilamizki keyingi yili ko'proq odam grant sohibi bo'ladi! Lekin aytishlaricha endi kutishga tushadigan nomzod bo'lmas ekan. Shuncha kutib oxirida GKS yutmasligi ham mumkinligi uchun:(
InshaAlloh oy oxirigacha University track javoblari ham chiqadi!
@gksallim
🇰🇷Ishga: DL E&C ishga qabul qiladi
Koreyaning DL E&C kompaniyasi injinerlik yo'nalishi bo'yicha diplomga ega va 2025-yil fevral oyida diplom oladigan talabalarni ishga taklif qiladi.
Injinerlikni aynan qaysi sohalari uchun ishga taklif qilishayotganligini rasm va quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin.
Ishga kirish talablari:
1) Dipomga ega bo'lish (yoki 2025-yil fevralda olish)
2) Sohaga mos yo'nalishda o'qish
3) TOPIK 4-daraja yoki undan yuqori sertifikat egasi bo'lish
4) E-7 viza olishda muammosi yo'qlar
Hujjat topshirish: 18-noyabrgacha.
To'liq ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun: https://dlenc.recruiter.co.kr/career/jobs/34716
Ishga qabul qilinganlar vaqtinchalik ishga olinib, 2 yildan so'ng doimiyga o'tishlari mumkin.
Ishga qabul qilish tartibi: Hujjat topshirish - AI imtixoni - Suhbat (2 bora) - Viza o'zgartirish.
P.s. Injinerlik yo'nalishini o'qib, ish izlab yurganlar uchun yaxshi imkoniyat. Bu ishga Mustaqil Hamdo'stlik davlatlariga kiruvchi davlatdan kelib, Koreyada o'qiyotgan hamma topshirsa bo'ladi. Harakat qilib qoling:)
@allimtv
🇺🇿Sharqshunoslikda uchrashuv
Bugun soat 14:30 da Sharqshunoslik universitetda "GKS granti haqida uchrashuv" bo'lib o'tadi.
Bu uchrashuvda GKS granti haqida hamma ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Uchrashuvda "O'zbekiston GKS talabalari uyushmasi"dan Dilfuza Abbosova va men Ibragimov Sadulla (Allimt admini) ma'lumotlar beramiz:)
Shunga vaqti borlar bemalol kelishi mumkin deb o'ylayman.
Manzil Sharqshunoslik universiteti asosiy binosi 1-qavat.
P.s. Universitetlarda bunaqa uchrashuvlar yana bo'ladimi yo'qmi bilmayman. Shunga qimmatli ma'lumotlar quruq qolib ketmang😉
@allimtv
🇺🇿Maktab o'quvchilari uchun grant
Kimlar uchun: 2007-yil 1-fevraldan, 2009-yil, 31-dekabrgacha tug'ilgan o'g'il bolalar.
Toshkent shaxrida maktabda o'quvchi va maktabni bitirganlar uchun!
TOPIK 1-daraja yoki bundan baland darajasi egasining grantni qo'lga kiritish imkoniyatlari ko'proq.
Grant qoplaydigan harajatlar: O'qishga kirish puli, o'qish puli( 3 yilga), turar joy (yotoqxona) va ovqat harajatlari. Ta'tilda O'zbekistonga kelib ketish harajatlari ham qoplanadi.
O'qish muddati: 2025-yil 1-martdan - 2028-yil 29-fevralgacha (3 yil)
Grantga hujjat topshirish muddati: 18-noyabrgacha (Toshkentdagi Koreys tili markazi 2-qavat 210-xona)
Kerakli hujjatlar:
1) Shahar xalq ta'limi boshqarmasidan tavsiyanoma;
2) Maktab, kollej yoki litesy direktori (nomzod o'qidigan joy) dan tavsiyanoma;
3) 9-sinfni bitirganligi haqida hujjat;
4) 6, 7, 8-sinf tabel baholari
5) Tibbiy ma'lumotnoma (086 forma)
6) Agar mavjud bo'lsa TOPIK I yoki bundan yuqori imtixonni topshirgani haqida sertifikat (majburiy emas)
7) Koreyada o'qish haqida ariza
8) Shaxsiy ma'lumotlarni taqdim etishga rozilik hujjati
9) Xorijga chiqish pasporti nusxasi
10) 3x4 rasm 1 dona
1-dan 5-gacha bo'lgan hujjatlarni Koreys tiliga tarjima qilib, notariusdan tasdiqlatish kerak.
7 va 8-hujjatni tashkec.uz saytidan saqlab olib, to'ldirish kerak
Nomzodlarni tanlash yo'li:
20-noyabr 10:00 - 11:00 da imtixon va 11:10 - 12:00 da suhbat bo'ladi.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun: khanvp@mail.ru Telefon: +71 2918182
Manba: Koreys tili markazi telegram kanali
P.s. Maktab o'quvchilari uchun bu juda yaxshi imkoniyat! Lekin faqat Toshkent uchun berilgani g'alati.
@allimtv
🇺🇿Magistr va PhDga elektron viza
Bunaqasini eshitganmisiz?
Men yaqinda eshitdim. Koreyaning sanoqli universitetlariga kirishda bunday imkoniyat bor ekan.
Ulardan biri Janubiy Koreyaning Kangwon universiteti.
Elektron vizaga hujjat topshirayotganda:
1) Ota-ona yillik daromadi hujjati;
2) Elchixonaga viza uchun hujjat topshirganda bir oylik KDB bank hisobi hujjati kerak emas
3) IELTS bandlari bo'yicha baholar ham ahamiyatsiz
Kamiga bu Kangwon universitetining Global business fakultetiga birgina suhbat orqali o'qishga kirish imkoniyati ham bor ekan.
Bu Koreyaga ketishni xohlaganlar uchun ajoyib imkoniyat.
Suhbat qilish uchun onlayn yoki Toshkentga kelishiz shart emas.
Ular suhbat olish uchun o'zlari viloyatga borishar ekan.
Batafsil ma'lumot uchun:
/channel/sam_inter_silk_road
Shoshiling, ro'yxatdan o'tish vaqti kam qolgan!
Post reklama sifatida qo'yildi. Tanish bilishchilik asosida:)
P.s. Koreyaga o'qishga ketishni xohlovchilar uchun yaxshi imkoniyat. Kangwon universiteti Koreyada eng yaxshi 50 talikka kiradi.
@allimtv
🇺🇿Kangwon universitetidan notiqlik san'ati tanlovi
Koreys va Ingliz tilini biladiganlar uchun tanlov.
Mukofot puli (Ikki til uchun alohida):
1 - o'rin uchun 300 $
2 - o'rin uchun 200 $
3 - o'rin uchun 100 $
Tanlov muddati: 3-noyabrgacha
Kimlar uchun: 11-sinf o'quvchilari, Abiturient, bakalavr yoki magistratura talabalari (yoki o'qishni bitirganlar)
Muhim: Koreyadagilar, yoki Koreyada yashaganlar bu tanlovda qatnasha olmaydi. Ingliz tilida chet elda o'qiganlar ham.
Tanlov mavzulari: (Koreys Tilida)
1. Mening fikrimdagi Koreya
2. Koreyadagi mashhur joylar
3. Koreya madaniyatining ijobiy va salbiy tomonlari
4. Koreya va O'zbekiston o'rtasidagi o'xshashlik va farqlar
5. Mening orzuim
Tanlov mavzulari: (Ingliz Tilida)
1. Power of Education
2. The advantages and disadvantages of studying abroad.
3. Social Media: A blessing or a Curse
4. The importance of Kindness
5. Finding Passion and Purpose in Life
Xohlagan mavzuingizni tanlab 1 yoki 2 daqiqalik video olib, ariza to'ldirayotgan yuklashingiz kerak.
Ariza to'ldirish havolasi: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfvcdyDMjZiJdt9JsH9kd9f1HBbVhTl6_10EKwu-2s6aU_rQA/viewform
1-bosqich javoblari 6-noyabr kuni e'lon qilinadi. Final 11-noyabr Samarqandagi Kangwon Foundationda bo'lib o'tadi. To'liq ma'lumot uchun:
https://knuf.uz/
Savollar uchun: +998 95 263 07 00
Telegram id : @KNUFTALKS
Manba: Kangwon National University Foundation sayti
P.s. Shunaqa tanlovlar ko'paygani yaxshida. Raqobat bo'lsa, iqtidorlar ko'payadi degandek nima dedingiz?
@allimtv
🇺🇿🇰🇷O'zbekistonlik g'olib!
Bu yilgi 26 - Kyunghee universiteti notiqlik san'ati tanlovi 1-o'rin sohibi O'zbekistonlik yurtdoshimizga nasib etdi.
17-oktabr kuni Kyunghee universiteti "Crownhall" zalida bo'lib o'tgan final bosqichida 11 ta davlatdan 16 nafar ishtirok etdi.
Ular orasida O'zbekistonlik Akbarov Azamat 2- o'rinni oldilar (최우수상 - 1 000 000 won mukofot puli).
Buni eshitib juda hursand bo'ldim. 2 yil oldin men Quiz on Korea saralashida g'olib bo'lganimda Azamataka meni televideniyaga chaqirib "Foreign languages" kanalida intervyu olgandilar. 2 oydan keyin Koreyada final bosqichida g'olib bo'lganimda tomoshabin sifatida meni qo'llab turgan edilar.
Shuning uchun ularni g'olib bo'lganlarini eshitib, juda quvondim. InshaAlloh kelgusida ham shunday O'zbekistonlik g'oliblar ko'payaversin!
Rasm manbasi: Yonhap news sayti
P.s. Azamataka bu tanlovga Allimtv dagi e'lonni ko'rib ro'yxatdan o'tgan ekanlar. Bu menga yana ham ilhom baxsh etib, shunaqa tanlovlarni sizlar bilan ko'proq ulashishga kuch beradi:)
@allimtv
🇰🇷🇺🇿Allimtv admini Koreyada:)
Assalomu alaykum. Bu habarni sizlar bilan ertaroq bo'lishmoqchi edim lekin ishlar shunaqangi ko'payib ketdiki endigina vaqt topdim.
Shunday qilib aylanib yana Koreyaga kelib qoldim.
Bu safar ishxona yubordi. Koreyada o'quv-mashg'ulotini o'tash uchun. Mashg'ulotlar tugab ham qoldi😅
O'zi Koreyaga kelib, Iteawondagi O'zbek oshxonasida GKS grantini yutgan o'quvchilarim va boshqalar bilan uchrashuv ham qilmoqchi edim.
Lekin mashg'ulotlar sababli hech narsaga ulgurmadim. Hatto dam olish kunlari ham men 5 yil ko'rgan Seulni ko'rsatamiz deb rosa aylantirishdi😅
Amallab shu videoni sizlar uchun olishga muvaffaq bo'ldim:)
https://youtu.be/GFcNcT-a2Dk
P.s. Bu hafta oxirigacha O'zbekistonga qaytaman chunki mashg'ulotlar tugashiga oz qoldi. Uchrashuv qilish esa juda qiyinga o'xshidi:(
@allimtv
🇺🇿🇰🇷Koreyaga tekin sayohat imkoniyati
Koreya tashqi ishlar vazirligi "Ayol, tinchlik va havfsizlik" mavzusida rasm va insholar tanlovini e'lon qiladi.
1-o'rin g'olibi uchun Koreyaga borib kelish samalyot bileti va 2 kunlik turar joy bilan ta'minlanadi (Taqdirlash marosimida qatashish uchun)
Tanlov muddati: 11-noyabrgacha
Tanlovda qatnashish uchun havola: https://awp-contest.kr/event/2024-event/
Kimlar uchun: 19 yoshdan 34 yoshgacha bo'lgan barcha (Koreya va O'zbekiston, yoki boshqa davlatdagi barcha)
Insho: "Tinchlik va havfsizlikni ta'minlashda ayolning o'rni" degan mavzusida 1 000 gacha so'z bilan Ingliz yoki Koreys tilida insho yozish.
Rasm: "Ayol, tinchlik va havfsizlik" mavzusiga mos quyidagi 3 kichik mavzulardan birini tanlab rasm chizish.
1) Tinchlik va havfsizlikni ta'minlashda ayolning o'rni
2) Havfsizlik bo'yicha qonun 1325 ni qabul qilinganini 25 yilligi
3) Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni saqlash faoliyati
G'oliblar uchun:
1 - o'rin 1 500 000 won (bilet va turar joydan tashqari)
2 - o'rin 1 000 000 won
3 - o'rin 500 000 ( 2 ta qatnashchi yoki guruhga)
Bu tanlovda guruh bo'lib qatnashsa ham bo'ladi. Bir guruhda 2 ta a'zo bo'lishi mumkin.
P.s. Bu yil hali ham Koreyaga borish imkoniyati bor. Insho yozishga ustalar va rasm chizishga ustasi faranglar uchun ajoyib imkoniyat!
@allimtv
🇰🇷Ishga: Melatone Koreya sifat nazorati bo'limi
Koreyaning Melatone kompaniyasi sifat nazorati bo'limiga chet elliklarni ishga oladi.
Talablar:
1) Koreya universitetida 4 yillik bakalavr yoki bundan yuqori daraja diplom sohibi
2) 2025-yil fevral oyida bakalavrni tamomlovchi
3) Koreys tilini yaxshi biluvchi (Biznes yuritish darajasi)
4) Viza olishda muammosi yo'q va chet el safariga bora oluvchi
5) Elektronika, Ximiya yoki mashinasozlik yo'nalishi talabasi
6) Uzoq muddat ishlash niyati bor chet ellik
Ish haqida ma'lumot havolasi:
http://melatone.co.kr/bbs/board.php?bo_table=board1&wr_id=18
Ishga topshirish muddati: Loyiq nomzod chiqqunicha
Bu ishga qiziqqanlar o'z rezyumelarini ds.lee@melatone.net emailiga yuborishlari mumkin.
Ish haqida:
Dushanbadan Jumagacha soat 08:00 dan 17:00 gacha ish.
3 oylik malaka oshirishdan so'ng baholash natijasiga qarab doimiy ishga o'tish mumkin.
P.s. Ish qidirayotganlar uchun yana bir imkoniyat. Faqat soha chegaralangan ekan:)
@allimtv
🇰🇷Koreyada favqulotda holat e'lon qilindi!
Tezkor habar!
Koreyada favqulotda holat e'lon qilindi.
Prezident Yoon Seok Yeol shaxsan o'zi televideniya orqali bu habarni e'lon qildi.
Odatda bunday holat urush paytida bo'ladi.
Lekin Koreya hozir urush holatida emas.
Batafsil ma'lumot berishga harakat qilaman!
Koreyadagilar uchun: Ko'chaga chiqqanda ehtiyot bo'linglar. Favqulotda holatda harbiylar barcha nazoratni o'z qo'liga olishi mumkin. Voqealar rivojini kuzatib boramiz.
Rasm manbasi: Yonhapnews
P.s. Koreyada iqtisod qiyin ahvolda edi. Bunisi endi o'lgani ustiga tepgan bo'lishi mumkin. Hammasi yaxshilikka bo'lsin!
@allimtv
🇰🇷Koreyadagi chet ellik talabalar uchun ish izlash platformasi
Kichik va o'rta biznez, Venchur kompaniyalarni qo'llab-quvvatlash vazirligi Koreya universitetlarida ta'lim olayotgan chet elliklar uchun bepul ish izlash platformasini yaratdi.
Endi Koreyada ta'lim olayotgan chet elliklar talabalar bu platformada o'z rezyumelarini yaratish orqali ish topishlari mumkin.
Vazirlik tomonidan yaratilgan platforma bo'lgani uchun kuchli havfsizlik choralari va yaxshi natijani kutsa bo'ladi deb umid qilaman.
Koreyada ta'lim olayotgan yurtdoshlarimiz platformani sinab ko'rishlari mumkin!
Platforma havolasi: https://k-work.or.kr/main/main.do
P.s. Ish topishga qiynalayotganlar uchun bu yaxshi yangilik. Qanchalik ko'p Koreya kompaniyalari bu platformadan foydalanishini esa vaqt ko'rsatadi!
@allimtv
🇺🇿🇰🇷TOPIK javobini tekshirish (TOPIK 96, PBT)
Bugun 11:00 da 96-TOPIK PBT imtixoni javobini tekshirish boshlanadi.
Javobni tekshirish uchhun
https://www.topik.go.kr/TWMYPG/TWMYPG0060-001.do - shu havolaga kirishingiz kerak.
Yuqooridagi saytga kirib, javobni tekshirish(비회원 시험정보 -> 성적확인) degan joyni bosasiz.
Bu yerda siz
1) TOPIK raqami - 회차선택(96-imtixon),
2) Tug'ilgan yil, oy, kuningizni - 생년월일
3) Imtixonga registratsiya raqamingizni - 수험번호 ya'ni rasmli blankada yozilgan 12 ta sonli raqamni kiritishingiz kerak.
Bularni kiritgandan so'ng qidirish(검색)ni bossangiz bo'ldi.
P.s. Soat 11:00 da TOPIK javobini ko'raman deb ovora bo'lmang. Sayt qotib, buralib qolgan bo'ladi. Tinchgina soat 1 yoki 2 lardan keyin kirsela bemalol javoblarni tekshirasila. Tekin maslahat😁
#topik #koreya #javob
@allimtv
🇺🇿TATU talabalariga KOICA granti
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan KOOKMIN universiteti (Janubiy Koreya) birgalikda Biznes IT yo'nalishi bo'yicha magistratura va PhD uchun KOICA grant dasturlarini e'lon qiladi.
Talab qilinadigan hujjatlar:
- Ariza formasi;
- Diplom va baholar ilovasidan nusxa, GPA > 80%;
- Shaxsiy ma'lumot (Personal statement) va
O‘quv rejasi (Study plan) ;
- Tavsiyanoma (Recommendation letter);
- IELTS 6.5 +;
- Pasport nusxasi.
Qoplab beriladigan xarajatlar:
- O‘qish to‘lovi;
- Yotoqxona;
- Ikki tomonga aviachiptalar;
- Tibbiy sug‘urta;
- Oylik stipendiya
Hujjatlar qog'oz ko'rinishida, A bino, 2-qavat, 226-xonada qabul qilinadi.
Muddat: 2024-yil, 20-dekabr.
Hujjatlari talabga javob beradigan nomzodlar 25-dekabr kuni suhbatga chaqiriladi.
Eslatma: ushbu grant dasturi TATU va uning hududiy filial talaba va ustozlari uchun!
Manba va arizani yuklab olish uchun: /channel/tuituz_official
P.s. KOICA ning shunaqa grant beradigan loyihalari borgan sari ko'paymoqda. Faqat GKS ga kunimiz qolmagani ham yaxshia nima dedingiz😉
@allimtv
🇺🇿II Koreys tili olimpiadasi (saralash)
O'tgan yilgi Koreys tili olimpiadasi muvaffaqiyatli o'tgani uchun bu yil ham olimpiada o'tkazishga qaror qilinibdi.
(Uzun quloq gaplarga qaraganda olimpiada g'oliblari Koreyaga bepul borib-kelishlari ham mumkin bilishimcha:)
Olimpiada sanasi: 1-dekabr 14:00 dan 16:00 gacha
Joyi: Viloyatda joylashgan maktablarda, keyinchalik saytda e'lon qilinadi.
Ro'yxatdan o'tish sanasi: 28-noyabrgacha
Ro'yxatdan o'tish va imtixon joyini bilish havolasi: korean-contest.softgo.uz
Kimlar uchun:
1) Koreys tilini biladigan, 9-11-sinf o'quvchilari
2) Ishtirokchi o'z maktabi direktoridan olimpiadada qatnashish uchun tavsiyanoma olishi kerak (tavsiyanoma shakli yuqoridagi saytda bor, ro'yxatdan o'tish paytida yuklab olishingiz mumkin)
Olimpiadaning saralash bosqichida Toshkent shaxri, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlardan 10-15 nafardan eng yuqori baxo olganlar Respublika bosqichida ishtirok etishlari mumkin.
Manba: Koreya Respublikasi ta'lim markazi telegrami
P.s. Bu yil GKS bakalavr grantini yutgan bola, o'tgan yili shu olimpiada g'olibi bo'lgan edi. Shuning uchun bu olimpiada qatnashib, eng yaxshilardan (balki g'olib bo'lish nasib qilar) bo'lish sizga katta foyda beradi. Afsus biz paytda bunday narsalar yo'q edi😅
@allimtv
🇺🇿Ishga: Xorazmda 1 kunlik tarjima
19-noyabr kuni Xorazmda 1 kunga tarjimon kerak. (Xorazmda turadigan odam kerak, o'sha yerda ko'rishib bir kun tarjimaga yordam berish kerak)
Koreys-O'zbek tiliga.
Mavzu IT ta'lim.
To'lov 100-150$ (tajribaga qarab).
@sadulla91 telegrami orqali habar berishila mumkin.
Maqul kelgan nomzod bilan suhbat qilinadi va rezyumeni yuborish so'raladi.
P.s. KOICA ishi bo'yicha tarjimon qidiryapmiz, Xorazmda yordam beradiganlar bormi?:)
@allimtv
🇺🇿🇰🇷97-TOPIK imtixoni
Ertaga O'zbekistonda 2024-yilgi eng oxirgi TOPIK imtixoni bo'lib o'tadi.
Imtixonda mayda narsalarni ham ko'zdan qochirmasdan, fikrni bir joyga jamlashga harakat qilishni maslahat beraman. E'tiborsizlik eng katta dushman.
16 yildan beri TOPIK imtixoni topshirayotgan odamdan ozginayu-sozgina maslahatlar:
1) Vaqtni to'g'ri taqsimlang
2) E'tiborli bo'ling
3) Mayda narsalarga chalg'imang
4) Bitta savol ustida o'ylanib qolib ko'p vaqtingizni yo'qotmang!
Rasm manbasi: Topik imtixoni rasmiy telegram kanali
P.s. InshaAlloh barcha o'zi kutgan natijaga erishsin! Mabodo o'xshamasa yana imkoniyat bo'ladi:)
#topik #97 #imtixon #koreystili
@allimtv
🇰🇷BUSA jamoasidan shaxmat bellashuvi
Busandagi O'zbek talabalari uyushmasi (BUSA) Koreyadagi hamyurtlarimizni shaxmat maydonida kuch sinashishga taklif qiladi.
Qachon: 17-noyabr, 10:00 dan 15:00 gacha
Manzil: Silla universiteti Xalqaro binosi 424-xona (국제관)
Ro'yxatdan o'tish sanasi: 15-noyabrgacha
Ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://forms.gle/T9FgHC6qeaiuNHtF8
Tanlov g'oliblariga:
1-o'rin uchun 200 000 won
2-o'rin uchun 150 000 won
3-o'rin uchun 100 000 won mukofot pullari beriladi.
Manba: BUSA telegram kanali
P.s. Koreyadagi hamyurtlarimiz shunday tadbirlar orqali birlashtirish juda yaxshi. Bu orqali ona yurt sog'inchini bosish mumkinmi deymanda nima deysiz?
@allimtv
🇰🇷2025-yilgi LG CNS xalqaro malaka oshirish
+Doimiy ishga kirish imkoniyati bilan!
LG kompaniyasi DX Engineer larni ishga qabul qiladi. Chet ellik xodimlar turli-tuman loyihalarda qatnashib, Koreya va chet eldagi vakolatxonalarda ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi.
Kimlar uchun:
1) Koreya universitetlarida bakalavr yoki undan yuqori daraja diplomi bor yoki 2025-yil Fevral oyida bitiradiganlar
2) Koreys tilidan TOPIK 4 yoki undan yuqori darajasi borlar
3) D-2 yoki malaka oshirishda ishlay oladigan vizasi bor va E-7 vizaga almashtira oladiganlar.
+ albatta shu sohani o'qiganlar bo'lishi kerak.
Ishga qabul qilish tartibi: Ariza to'ldirish - Kodlash testi - 1-suhbat - malaka oshirish - yakuniy intervyu va baxolash - doimiy ish o'rniga taklif qilish.
Ishga hujjat topshirish muddati: 11-noyabrgacha.
Hujjat topshirish havolasi: https://careers.lg.com/app/job/RetrieveJobNoticesDetail.rpi?jobNoticeId=402894
Malaka oshirish muddati: 2-yanvardan 28-fevralgacha. 8 haftalik malaka oshirishdan keyin yakuniy suhbat bo'lib o'tadi.
P.s. Ish qidirayotgan IT sohasidagilar uchun yaxshi imkoniyat. Koreyaning 3 ta gigant kompaniyalaridan birida ish tajriba orttirish oltinga teng bo'ladi:)
@allimtv
🇺🇿2 oylik tarjima ishi bo'yicha
Bu postni tagiga rezyume qabuli tugagani haqida yozib qo'ygandim, lekin hali ham rezyumelar kelishda davom etmoqda😅
Rezyume qabuli kecha tugadi. Menga kelgan hamma rezyumelarni Koreya tomonga yubordim.
Ularga maqul kelgan odamlar bilan bog'lanishib, suhbat qilishligini aytishdi.
Agar rezyume yuborgan bo'lsangiz ham sizga habar kelmasa, demak ularga ma'qul kelmagan bo'lasiz...
P.s. Qaysi omadli(iqtidorli) nomzodga bu ish nasib qilishini bilmadim. Ammo ularga faqat tilni yaxshi biladigan emas, tibbiyotdan habari bor odam kerakga o'xshaydi.
Shunday ishlar chiqsa yana qo'yib turing deganlardan bitta 👍 kutib qolamiz)
@allimtv
🇺🇿2 oylik tarjima ishi
Koreyalik hamshiraga tarjimon kerak.
Kimlar uchun: Koreys tilini yaxshi bilib, og'zaki tarjima yaxshi qila oladiganlar uchun. (Tibbiy bilimi bo'lsa yana yaxshi)
Muddati: 4-noyabrdan 2-yanvargacha (2 oy muddatga)
Ish tartibi: Dushanbadan Jumagacha, soat 09:00 - 17:00 gacha.
Ish joyi: Toshkentdagi "Bolalar tibbiyot markazi"
Oylik: 2 500 000 won (1, 818 USD dollar - 1 oy uchun shuncha. 2 oyga qancha bo'lishini hisoblab olarsila😁)
Rezyumeni @sadulla91 telegramiga yuborishingiz mumkin!
Bu faqat 2 oylik ish!
P.s. Men rezyumelarni kerakli odamga yuboraman. Ular o'ziga kerakli nomzodni tanlab, habar beradi. Rezyumeda emailni albatta yozing!
UPD: Rezyume qabul qilish to'xtatildi, hammaga rahmat. Qabul qilingan rezyumelar Koreya tomonga yuborildi. Kerakli nomzod bilan ular o'zi bog'lanib, suhbat qilishadi.
@allimtv
🇰🇷DMZga sayohat
Koreyadagilar uchun!
DMZ bu Shimoliy va Janubiy Koreya chegarsidagi harbiylardan holi hudud.
Bu yerni tabiati juda chiroyli deyishadi(o'zim ham bormaganman😅).
Koreyaning xalqaro yoshlar tashkiloti shu yerga sayohat uyushtirayotgan ekan.
To'lov 40 ming won.
Lekin buni ichiga: transport, tushlik va ichimliklar, kanatga chiqish va boshqa joylarga kirish bileti harajatlari kiradi.
Sayohat sanasi: 9-noyabr ertalabki 7 yarimdan kechki 6 gacha
Yig'ilish joyi: Seul metrosining Habjeong bekati.
Shu sayohatga bormoqchi bo'lganlar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdMOkYR_QglKGdhWblBU6asKzlBcZvRDlfMbgOziD7ydY_GOQ/viewform
Faqat chet ellik talabalar uchun(til kursida o'qidiganlar ham bora oladi).
Joylar cheklangan: 30 nafar
P.s. Agar DMZ ga o'zingiz borsangiz bundan ham ko'p pul ketishi mumkin. Sayohat qilishni yoqtiradiganlar uchun bu yaxshi taklif:) Shunaqa sayohatlaga bora olmaganim armon bo'p qolgande😅
@allimtv
🇺🇿O'zbek tili bayrami
Barchani O'zbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman. Nasib bo'lsa bu kuni ham dam olish kuni bo'ladi deb umid qilaman. (Koreyada Koreys tili bayrami dam olish kuni hisoblanadi). O'zbek tilining o'rni bundan ham mustahkam bo'lishi uchun qo'ldan kelgancha harakat qilaylik.
Allimtvdagi barcha ma'lumotlarni O'zbek tilida olib borishga harakat qilaman. (Bu orqali tilimizning muhimligini ta'kidlashga harakat qilaman) To'g'ri ba'zida imloviy xatolar o'tib ketadi, lekin "ko'zi o'tkiz obunachilar" buni topib olishadi:)
Shunday obunachilarga yana bir bor rahmat aytib qolaman:)
P.s. Xilma-xilligi uchun Rus tilida ma'lumot joylashni ham o'ylab qo'yganman, lekin hozircha buni yo'lga qo'ya olmadim. Buni yo'lga qo'yish foydali bo'larmikan?
@allimtv
🇺🇿🇰🇷96-TOPIK imtixoni
Ertaga O'zbekistonda 2024-yilgi to'rtinchi TOPIK imtixoni bo'lib o'tadi.
Imtixonda mayda narsalarni ham ko'zdan qochirmasdan, fikrni bir joyga jamlashga harakat qilila.
16 yildan beri TOPIK imtixoni topshirayotgan odamdan ozginayu-sozgina maslahatlar:
1) Vaqtni to'g'ri taqsimlang
2) E'tiborli bo'ling
3) Mayda narsalarga chalg'imang
4) Bitta savol ustida o'ylanib qolib ko'p vaqtingizni yo'qotmang!
Rasm manbasi: Topik imtixoni rasmiy telegram kanali
P.s. InshaAlloh barcha o'zi kutgan natijaga erishsin! O'tgan safargi TOPIK dan men kutgan natija chiqmadi😅
#topik #96 #imtixon #koreystili
@allimtv