Ushbu sahifa O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning 2023 yil 24-maydagi 02-07/4090-sonli xulosasi asosida tayyorlandi. Sahifalarimizdagi materiallardan ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi.
#KUN_OYATI
Bir «namozxonlar»ga vayl bo'lsinki. Ular namozlarini unutuvchilardir.
(Ma'un surasi, 5-6-oyat)Shayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
#BIR_SHINGIL__TAFAKKUR
QUR’ONGA ZARAR BERISH IMKONSIZ
✅ “Yo’q! U (Qur’on) ilm berilganlar KO’KSIDAGI ochiq-oydin oyatlardir …” (“Ankabut” surasi, 49-oyat)
👉 Yoqish, yirtish va oyoqosti qilish bilan Qur’onga hech kim zarar yetkaza olmaydi!
👉 Axir, Qur’on faqat varaqlarda va kitoblarda saqlanmaydi!
👉 Qur’on eng ishonchli joyda saqlanadi!
✅ Alloh taolo Qur’onni himoya qilishni O‘z zimmasiga olgan.
❗️ Uni muhofaza qilish uchun esa olimlarning KO’KSI – QALBini tanlagan.
✅ Ha, Alloh taolo Qur’onni olimlarning qalbida saqlaydi.
‼️ Axir, insonning qalbidagi narsani kim ham o‘zgartira oladi?! Inson qalbidagi ilmga kim ham zarar yetkaza oladi?!
✅ Darhaqiqat, Alloh taolo Qur’onni eng ishonchli joyda saqlagan!
❗️ Shu bois Qur’onga zarar berish mutlaqo imkonsiz!
Abdulloh Abdulmajid tayyorladiShayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
#ALQURAN_SADOSI
“Baqara” surasi, 26-29-oyatlar | Abdulloh qori Fayzulloh Maxdum
📚 "Imon va kufr zarbul masali"
Bu oyatlarda Alloh taolo pashshani zarbul masal qilib, mo'min va imonsizlarni sinaydi. Alloh taolo bu zarbul masal orqali kimlarni zalolatga boshlashini ushbu oyatlarda bilib olasiz.
Tarjimasi:
26. Albatta, Alloh chivin yoki undan ustunroq narsani misol keltirishdan uyalmas. Iymon keltirganlar, albatta, u Robbilaridan kelgan haqligini bilurlar. Ammo kufr keltirganlar: «Alloh bu misoldan nimani iroda qildi?» – derlar. U o`sha bilan ko`pchilikni zalolatga ketkizar va ko`pchilikni hidoyatga solar. U o`sha bilan faqat fosiqlarnigina zalolatga ketkizar.
27. Ular Allohning ahdini bog`langanidan so`ng buzadigan, Alloh bog`lanishga buyurgan narsalarni kesadigan, yer yuzida fasod qiladigan zotlardir. Ana o`shalar yutqazuvchilardir.
28. Allohga qanday kufr keltirasizlar? Va holbuki, jonsiz edingiz, U sizga jon berdi, so`ngra joningizni oladir va yana tiriltiradir va sizlar Unga qaytajaksizlar.
29. U sizlar uchun yer yuzidagi barcha narsani yaratgan Zot. So`ngra osmonga yuzlandi va ularni yettita qilib to`g`riladi. Va U har bir narsani biluvchi Zotdir.Shayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
#KUN_OYATI
Yo'q! Balki sizlar shoshar dunyoni yaxshi ko'rasizlar.
(Qiyomat surasi, 20-oyat)Shayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
#BIR_SHINGIL__TAFAKKUR
OXIRAT UCHUN SABR
✅ Rasululloh ﷺ Fotima roziyallohu anhoning huzuriga kirdilar.
👉 Fotima roziyallohu anhoning egnida tuya junidan to‘qilgan (yupun) kiyim bor edi ...
👉 Fotima roziyallohu anho qo‘llari bilan tegirmonda un tuyar edi ...
👉 Fotima roziyallohu anho bolasini emizar edi ...
✅ Rasululloh ﷺ qizini bu holatda ko‘rib, ko‘zlariga yosh oldilar va shunday dedilar:
❕ “Ey qizim! Dunyoning achchig‘iga oxiratning halovati uchun sabr qiling!”
✅ Shunda Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi:
❕ “Va tezda Robbing senga ato qiladir va sen rozi bo‘lasan” (“Zuho” surasi, 5-oyat).
©️ Abu Hafs an-Nasafiy rahimahulloh
Abdulloh Abdulmajid tayyorladiShayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
#KUN_OYATI
Kahf va bitik egalarini Bizning ajoyib oyat — belgilarimizdan deb o'yladingmi?!
(Kahf surasi, 9-oyat)Shayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
#KUN_OYATI
Senga Qur'onni badbaxt bo'lishing uchun nozil qilganimiz yo'q.
(Toha surasi, 2-oyat)Shayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
#juma_muborak
ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ ٱلَّذِيٓ أَنزَلَ عَلَىٰ عَبۡدِهِ ٱلۡكِتَٰبَ وَلَمۡ يَجۡعَل لَّهُۥ عِوَجَاۜ (1)
O`z bandasiga kitob nozil etgan va unda hech bir egrilik qilmagan Allohga hamd bo`lsin.
(Kahf surasi,1-oyat)Shayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
#BIR_SHINGIL__TAFAKKUR
MASHAQQAT VA YENGILLIK
“Bas, albatta, bir qiyinchilik bilan osonchilik bordir. Albatta, bir qiyinchilik bilan osonchilik bordir” (“Sharh” surasi, 5-6-oyatlar).
✅ Agar taqdiringizga bir mashaqqat yozilgan bo’lsa, bilingki:
👉 Taqdiringizda mashaqqatdan so’ng ikkita yengillik ham bordir.
✅ Rasululloh ﷺ xursand holatda kulib, shunday deganlar: “Bitta mashaqqat ikkita yengillikni aslo enga olmaydi” (Hokim rahimahulloh rivoyati).
Abdulloh Abdulmajid tayyorladiShayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
#KUN_OYATI
Albatta, osmonlaru yerda mo'minlar uchun oyat(belgi)lar bordir.
(Josiya surasi, 3-oyat)Shayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
#TILOVAT
Kafirun surasi | Imom Hishom rivoyatidaShayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
#BIR_SHINGIL__TAFAKKUR
JANNATNING IQLIMI
✅ “… U yerda (jannatda) quyoshni ham, sovuqni ham ko’rmaslar”(“Inson” surasi, 13-oyat).
👉 Ushbu oyatdagi “sovuq” so’zi “zamhariyr” (زمهرير) deb ataladi. Mujohid rahimahulloh bu so’zni shunday izohlagan: “Zamhariyr” (زمهرير) – qattiq sovuq”.
✅ Jannatning havosi naqadar rohatbaxsh!
✅ U yerda saratonning kuydiruvchi issig’i ham yo’q, qahraton qishning izg’irin sovug’i ham yo’q!
Abdulloh Abdulmajid tayyorladiShayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
#KUN_OYATI
«Bizga Allohning O`zi yetarli va U qanday ham yaxshi vakil»
(Oli Imron surasi, 173-oyat)Shayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
#ALQURAN_SADOSI
“Baqara” surasi, 25-oyat | Abdulloh qori Fayzulloh Maxdum
📚 "Mo'minlar uchun jannat bashorati"
Usbu oyatda imon keltirib, solih amal qilganlar uchun jannatda hozirlab qo'yilgan ne'matlar bayon qilingan.
Tarjimasi:
25. Iymon keltirgan va solih amallar qilganlarga ular uchun ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar borligining bashoratini ber. Qachonki ularning mevasidan bahramand bo`lsalar, bundan avval ham rizqlangan edik, derlar. Ularga o`xshash narsalar berilgandir. Ularga u yerda pokiza juftlar bor va ular u yerda abadiy qolurlar.Shayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
#AZON_DARSLARI
Azon saboqalari | 10-dars | Shayx Alijon qori
📹 YouTube kanalimizda quyidagi link orqali tomosha qiling:👇
https://youtu.be/kWTYw1WtiPg
Qiroat imomlari 11-suhbat | Imom Abdulloh ibn Omir al-Yahsibiy ash-Shomiy rahimahulloh
Suhbatni to'liq holda YouTube sahifamizda
24.11.2022 sanada soat 12:00 da quyidagi link orqali tomosha qiling:👇
📹 https://youtu.be/A3MhHXfLJLsShayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
#KUN_OYATI
Yo'q! Vaqtiki, yer zilzilaga tushib, parcha-parcha bo'lib ketsa.
(Fajr surasi, 21-oyat)Shayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
QUR’ON MUTOLAASI
✅ Xohish bo’lsa, imkon topiladi …
✅ Qur’on mutolaasi!
✅ Vaqt sarflashimiz uchun bundan ham savobliroq amal bormi?!
👉 Qur’on mutolaasi – imon alomati!
👉 Qur’on mutolaasi – mustahkam qo’rg’on!
👉 Qur’on mutolaasi – bitmas ajru savob!
👉 Qur’on mutolaasi – ulug’ farishtalar maqomiga erishish imkoniyati!
👉 Qur’on mutolaasi – sakinat, barakot va rahmat manbai!
👉 Qur’on mutolaasi – shafoat sababchisi!
👉 Qur’on mutolaasi – dunyodagi azizlik!
👉 Qur’on mutolaasi – jannat darajalarida yuksalish!
👉 Qur’on mutolaasi – Alloh huzuridagi xos maqomga erishish!
👉 Qur’on mutolaasi – havas qilsa arzirli amal!
✅ Shunday ekan, avvalo Allohning roziligi uchun Qur’on o’qing!
✅ Vaqt ajrating, imkon toping, ko’proq Qur’on o’qing!
❗️Yana takrorlayman! Xohish bo’lsa, imkon topiladi!
©️ Abu FansurullohShayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
Bir kunda 10 ming talabaga Qur'ondan dars beradigan qiroat imomiShayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
#QURON_XATTOT_NIGOHIDA
”ALQURAN.UZ”DA IJOD VAQTI
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu shunday rivoyat qiladi: “Kim 19 ta zaboniy (azob farishtalari)dan Allohning yordami ila najot topishni istasa, “Bismillahir rohmanir rohiym”ni o’qisin. Chunki bu kalima ham 19 ta harfdan iborat. Alloh bu kalimaning har bir harfini mazkur zaboniylarning har biri uchun bir to’siq qiladi”.
“Buxoriy” xatida yozilgan “BASMALA”ning go’zalligidan baxra oling!
Endilikda “QUR’ON XATTOT NIGOHIDA” rukni ostida xattotlik namunalari e’tiboringizga taqdim qilib boriladi. Ushbu lohiyada xattot Abduvohid Abduvosiqovning ijod namunalari berib boriladi.
Ma’lumot uchun:
Abduvohid Abduvosiqov Sharqshunoslik universitet, “Arab filologiya” fakulteti, 3-kursda tahsil oladi. Hozirda “Buxoriy”, “Riqo”, “Kufiy” va “Suls” xat turlarining sir-sinoatlarini Ustoz Islom Muhammad xattotdan ta’lim olmoqda.Shayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
#AZON_DARSLARI
Azon saboqalari | 12-dars | Shayx Alijon qori
📹 YouTube kanalimizda quyidagi link orqali tomosha qiling:👇
https://www.youtube.com/watch?v=Ohy4FVlPkeY
#TILOVAT
Kahf surasi | Shayx Alijon qori
👉 https://youtu.be/EbofleQajew
#ALQURAN_SADOSI
🗣Baqara surasi | 142-162-oyatlar | Ilyos qori Ibn o'g'liShayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
#Ilyos_qori_audio
Baqara surasi, 124-141-oyatlar
Ilyos qori Ibn o'g'liShayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
“ALQURAN” mobil ilovasining “Qur’on” bo’limidagi yangilikShayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
#KUN_OYATI
Ular behuda narsalardan yuz o`girguvchilardir.
(Mu'minun surasi, 3-oyat)Shayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
Shayx Alijon qoridan go'zal tilovat
1-rakat: Fotiha surasi, Hashr surasi 22-24-oyatlar
2-rakat: Fotiha surasi, Ixlos surasiShayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
#BIR_SHINGIL__TAFAKKUR
JAHANNAMNING IQLIMI
✅ “Mana buni tatib tursinlar, qaynoq suv va “G’OSSAQ”ni” (“Sod” surasi, 57-oyat).
👉 Jahannam azoblari tasvirlangan ushbu oyatdagi “G’OSSAQ” so’zi bir nechta ma’nolarga ega. Jumladan, Mujohid rahimahulloh bu so’zni shunday izohlagan: “G’OSSAQ” – izg’irin sovuq”.
👉 Biz bu hayotda his qilib, ozor chekadigan sovuq Jahannamning birgina nafasi, xolos (Imom Buxoriy rahimahulloh rivoyati).
✅ Jahannamning iqlimi naqadar azobli!
✅ U yerning havosi qaynoq issiq va izg’irin sovuqdan iborat!
Abdulloh Abdulmajid tayyorladiShayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
#KUN_OYATI
Albatta, biz ustingga og'ir so'zni tashlarmiz.
(Muzzammil surasi, 5-oyat)Shayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇
#KUN_OYATI
Va ruku' qiluvchilar bilan ruku' qiling.
(Baqara surasi, 43-oyat)Shayx Alijon qori rasmiy
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
sahifalari👇