Tarix fanini oʻrganishning bir emas, bir nechta usuli, turli xil darajadagi testlar , asosiysi saviyali audatoriya istaysizmi ?
Tarix sohasida bir guruh Repetitorlar shunday ajoyib😊 loyihaga asos solishdi.
Marhamat, kanalga kirib , oʻzingiz baho bering :
KANAL :https://t.me/joinchat/AAAAAFlAH7zsFMe17Wcf7Q
#tarix
Ferdinand Rixtgofen. Germaniyada 1833-1905-yillarda yashagan. Nemis geologi, geografi va sayohatchisi, geomorfologiyaning asoschisi. 1877-yilda "Buyuk Ipak yo'li" atamasini fanga kiritgan.
@Amirov0215_tarix
#ABITURIYENTLAR
Tarix fanidan asosiy va majburiy bloklar bo'yicha tayyorgarlik ko'rish istagidagilarni o'quv kurslarimga taklif etaman.
Ko'ngillilar +998 90 900 75 40 raqamiga murojaat qiling. Yoki tayyorgarlik ko'rish istagidagi bo'lgan abituriyentlar bo'lsa xabar bering!
Repetitorlik faoliyatim 8 yil!
O'quv markazi manzili: Toshkent shahar Chilonzor tumani, Mirzo Ulug'bek metrosi yonida.
@Amirov0215_tarix
#tarix
Mark Tulliy Sitseron. Rim Respublikasi davrida mil. avv. 103-yil - mil.avv. 43-yillarda yashagan. Rimlik notiq, faylasuf, siyosatchi. Sezar o'ldirilgach, ma'lum vaqt Rim rahbari bo'lgan. "Yurt otasi" nomini olgan dastlabki shaxslardan biri hisoblanadi. Sitseron Gerodotga "tarix otasi" degan nom bergan.
@Amirov0215_tarix
#Bilasizmi?
Buyuk Britaniyadan tashqari quyidagi davlatlarning ham "Ost-Indiya" nomli o'z savdo kompaniyalari bo'lgan.
1600-yil Buyuk Britaniyada tashkil etilgan;
1602-yil Niderlandiyada tashkil etilgan;
1616-yil Daniyada tashkil etilgan;
1628-yil Portugaliyada tashkil etilgan;
1664-yil Fransiyada tashkil etilgan;
1722-yil Avstriyada tashkil etilgan;
1731-yil Shvetsiyada tashkil etilgan.
👍 bilardim
✊ endi bildim
@Amirov0215_tarix
#hikmat
"Бир эркак болаларини олиб, ўйингохга келибди. Бу ерда гольф ўйини ўтказилар, у ўғилларини илк бор томоша учун етаклаб олганди. Чипта олиш учун кассага яқинлашиб сўрабди:
- Чипта неча пул туради?
- Олти ёшдан катталар учун уч доллар, унгача эса бепул. Хўш, нечта берай?
- Кичигим уч ёшда, каттам еттида. Демак, 2 та чипта оламиз, мана сизга олти доллар.
Чиптачи кулиб дебди:
- Жаноб, агар катта ўғлингизни олти ёш деганингизда мен бунга ишонган ва сиз пулингизни тежаб қолган бўлардингиз. Ахир кўпчилик шундай қилади. Олтими, еттими, болаларни фарқлаш қийин.
- Тўғри, сиз пайқамасдингиз. Лекин ўғлим биларди-ку? Атиги уч доллар деб уни ёлғонга ўргатишни истамадим…"
Yarim soatlar oldin xuddi shunga o'xshash holatning guvohi bo'ldim. 118-avtobusda uyga qaytayotsam bir ayol uch nafar bolasi bilan avtobusga chiqdi. Birinchi va ikkinchilari maktab o'quvchilari, kichkinasi bog'cha yoshida.
Ayol o'zi va katta bolasi uchun yo'l haqi to'lab, ikkinchi va uchinchisiga to'lamayman, hali yosh dedi. Konduktor ham ikkinchisiga to'lang, u 7 yoshdan oshgan dedi. Ayol esa 1000 so'm bilan boyib qolarmiding... shu kabi dahanaki tortishuv bo'ldi. Biroz tortishuvdan so'ng ayol ikkinchisiga ham yo'l kira to'ladi. Men tortishuv markazida bo'lgan haligi bolakayga qaradim, taxminan 4-5-sinflarda o'qiydi.
Uyga kelib, huquqiy asos izladim, balki konduktor planni bajarish uchun atay pul olgandir, yangi yil bo'lganiga bugun kam tushum bo'lgandir deb o'yladim. Va topdim. ( https://lex.uz/docs/-246740?ONDATE=01.06.2018 4-bob 42-raqamli bandga qarang) bu yerda 7 yoshgacha bepul yurish aytilgan ekan.
Men ayolni ayblamoqchi emasman, bu yerda tortishuv sababi huquqiy bilimimiz yetarli emasligida deb bildim. Men ham lex.uz dan qonunni o'qimagunimcha necha yoshdan yo'l kira to'lashni bilmas edim. 7 yoshmi yo 8 yosh? Balki 10 - 12 yoshdir?
Barchasiga yechim huquqiy bilimimizni oshirishdir. Xullas, shogirdim kanalini tavsiya qilaman: @Dilshodbek_law
@Amirov0215_tarix
#Hikmat
Tanqid haqida ibratli hikoya
Bir shogird uzoq fursat mashhur rassomning qo‘lida ta'lim olibdi va kasb mahoratini egallab olgach, ustozidan oq fotiha berishni so‘rabdi.
- Ijozat bersangiz, men ham mustaqil ish boshlasam, o‘rganganlarimni amalda tadbiq etsam…
Ustoz javob beribdi:
- Sen mening eng yaxshi shogirdimsan, juda ko‘p narsani o‘rganding. Ammo mustaqil ish boshlashingdan oldin so‘nggi maslahatim bor. Buning uchun borgin-da, eng yaxshi rasmingni chizib kel!
Shogird ustozining oldidan mamnun holda chiqib, bor mahorati bilan zo‘r rasm chizibdi. So‘ng uni ustozining oldiga olib kelibdi. Ustozi rasmni ko‘rib, shogirdiga topshiriq beribdi:
- Endi shu suratni shaharning eng gavjum joyiga olib borib ilib qo‘y va yoniga qizil qalam qo‘yib, shu satrlarni yoz: «Rasmga e'tirozi borlar qizil qalam bilan o‘sha e'tiroz o‘rniga belgi qo‘ysin!»
O‘z rasmining mukammalligiga shubha qilmagan shogird ustozining aytganini bajaribdi va ikki kundan so‘ng ko‘z yosh bilan qaytib kelibdi:
- Ustoz, mendan rassom chiqmaydi! Qarang, eng mukammal deb hisoblagan rasmim ham odamlarga yoqmabdi.
Ustoz qarasa rasmning hamma joyiga qizil bilan chizib tashlangan, qizil qalam tegmagan joyi yo‘q hisobi. Shunda shogirdini ovutish uchun ustoz yana bitta topshiriq beribdi.
- Endi qizil qalamlarni o‘chirib tashlagin-da, shu rasmni o‘sha gavjum joyga yana ilib qo‘y, ammo bu safar rasmning yonida qizil qalam emas, mo‘yqalam bilan ranglar idishini qoldir va shu satrlarni yoz: «Rasmga e'tirozi borlar mo‘yqalam bilan o‘sha e'tirozni tuzatib qo‘ysin!»
Shogird chiqib ketibdi. Bir kun, ikki kun, bir hafta, bir oy vaqt o‘tibdi. Ammo rasmga bironta odam o‘zgartirish kiritmabdi. Shogird buni tushuna olmay turganida ustozi unga so‘nggi maslahatini ilinibdi:
- Ko‘rdingmi! Odamlar shunaqa, tanqid qilish so‘ralsa hamma o‘zini shu kasb mutaxassisi hisoblaydi, ammo tuzatishga kelganda hammalari jim bo‘lishadi.
Unutma, biron narsani tanqid qilishdan avval o‘rniga nima bera olishing mumkinligini o‘yla. Yo‘qsa, tanqid qilma!
(C) Internetdan olindi
@Amirov0215_tarix
#tarix
O'zbekistonda yillarning nomlanishi
1991-yil "Alisher Navoiy yili"
1992-yil "Hamshiralar yili"
1993-yil "Ahmad Yassaviy yili"
1994-yil "Mirzo Ulug'bek yili"
1995-yil "Ibn Sino yili"
1996-yil "Amir Temur yili:
1997-yil "Inson manfaatlari yili"
1998-yil "Oila yili"
1999-yil "Ayollar yili"
2000-yil "Sogʻlom avlod yili"
2001-yil "Onalar va bolalar yili"
2002-yil "Qariyalarni qadrlash yili"
2003-yil "Obod mahalla yili"
2004-yil "Mehr-muruvvat yili"
2005-yil "Sihat-salomatlik yili"
2006-yil "Homiylar va shifokorlar yili"
2007-yil "Ijtimoiy himoya yili"
2008-yil "Yoshlar yili"
2009-yil "Qishloq taraqqiyoti va faravonligi yili"
2010-yil "Barkamol avlod yili"
2011-yil "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili"
2012-yil "Mustahkam oila yili"
2013-yil "Obod turmush yili"
2014-yil "Sogʻlom bola yili"
2015-yil "Keksalarni eʼzozlash yili"
2016-yil "Sogʻlom ona va bola yili"
2017-yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"
2018-yil "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili"
2019-yil "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"
2020-yil "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"
2021-yil "“Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"
@Amirov0215_tarix
#Hikmat
ШАПАЛОҚ...
Бир йигит бўлган экан. Ота-онаси анча пулдор одамлар экан ва уни чет элга ўқишга юборишибди. Узоқ вақт чет элда ўқиган ҳалиги бола қайтиб келганда бироз ўзгариб қолибди. У ўзини ниҳоятда замонавий деб ҳисоблар ва отасининг намоз ўқишини кўрганда гўёки ачингандек қараб турар экан. Бунинг сабабини сўрашса:
— Ҳаммаларингиз кап-катта одамсизлар, қилаётган ишларингиз ёш болаларга ўхшайди. Умуман кўрмаган нарсага қанақа қилиб сиғинасизлар ҳайронман, — дебди.
— Ўғлим, бу динга ота боболаримиз ҳам амал қилишган.
— Нима бўлибди? Сизлар замондан анча орқада қолибсизлар. Чақиринг, ўша энг катта домлаларингизни, бир мот қилиб қўяй. Агар ҳақиқатдан менинг саволларимга жавоб бера олса бошқа гап.
Излаб-излаб, охири бир олим одамни олиб келишибди.
— Кимсиз? Менинг саволларимга жавоб бера оласизми?
— Мен Аллоҳнинг бир қулиман. Иншооллоҳ, саволларингизга қўлдан келганча жавоб беришга ҳаракат қиламан.
— Бу саволларимга чет элда катта олимлар ҳам жавоб топиша олишмаган.
— Аллоҳ қодир қилса, ҳеч гап эмас.
— Менда учта савол бор:
1. Худо борми? Бор бўлса, унинг шаклини кўрсатинг.
2. Тақдир нима?
3. Агар шайтон оловдан яралган бўлса, нега охиратда у дўзахда оловга ташланади? Бу унга азоб бермайди-ку, шуни Худо олдиндан ўйлаб кўрмаганми?
Кутилмаганда олим йигитнинг бетига шапалоқ тортиб юборибди. Ҳалиги йигит кутилмаган зарбадан ўзини йўқотиб қўйибди ва:
— Нега урдингиз? Саволларимдан шунчалик аччиқландингизми? — деб, сўрабди.
— Йўқ, ўғлим, хафа бўлмадим, — жавоб берибди олим, бу шапалоқ сенинг учала саволингга жавобдир
— Тушунмадим
— Ҳозир сени урганимда оғриқ ҳис қилдингими? — деб, сўрабди олим
— Албатта, ҳис қилдим
— Демак, сенингча, оғриқ мавжуд, шундайми?
— Ҳа
— Ундай бўлса, унинг шаклини кўрсата оласанми?
— Йўқ, кўрсата олмайман.
— Бу менинг биринчи жавобим. Биз Аллоҳнинг шаклини англай олмасак ҳам. Унинг борлигини ҳис қиламиз. Кеча кечқурун, мен сени уришимни тасаввур қилганмидинг?
— Йўқ.
— Умуман, бирор кун менинг сенга айнан бугун шапалоқ уришимни билганмидинг ёки ўйлаганмидинг?
— Йўқ.
— Бу тақдир, — давом этибди олим, — сени шапалоқ билан урган қўлим нимадан иборат?
— Теридан
— Сенинг юзинг-чи?
— У ҳам теридан.
— Теридан иборат бўлган қўлим билан, сенинг теридан иборат юзингга урганимда нимани ҳис қилдинг?
— Оғриқни
— Демак, агар Аллоҳ хоҳласа, оловдан иборат бўлган дўзах ўти оловдан яралган шайтон учун оғриқ беришга қодир бўлади, — деб сўзини тугатибди олим.
Шундай қилиб олим бир шапалоқ билан йигитнинг учта қийин саволига жавоб берган экан...
Ps: shunchaki shu hikoya hozir esimga tushib ketdi.
@Amirov0215_tarix
#tarix
Yosinobu Tokugava! Yaponiyada 1837-1913-yillarda yashagan. Bu shaxs Yaponiyadagi Tokugava sulolasining 15- va oxirgi syoguni hisoblanadi. 1867-yil 10-yanvardan 1868-yil 3-yanvargacha syogun bo'lgan. Maktab darsligida bu inson haqida "imperator Mutsixito foydasiga taxtdan voz kechgan Tokugava sulolasining oxirgi syoguni", deb ma'lumot berilgan.
@Amirov0215_tarix
#murojaat
Muhtaram kuzatuvchilar, kanallar va guruhlar adminlari.
Kanalimdagi ma'lumotlardan foydalangan paytda muallif nomini yozib qo'ying yoki manbani ko'rsating. Oxirgi haftalarda bir qator kanallarni kuzatib chiqdim. Ba'zilari muallifni yozmagan, ba'zilari esa muallif deb o'z ismini yozib qo'ygan. G'alati emasmi birovning mehnati mahsulini uyalmay men yozdim deyish? Bet bormi o'zi? Ikki metrlik chuqur kovlab, mualliflik huquqini o'sha yerga yotqizib ustidan tuproq tortib yuborayapsizlar! Shu ma'lumotdan auditoriyangiz uchun foydalandingizmi, marhamat qilib muallifini ham ko'rsatib qo'ying!
Hamma ham emas, ba'zilar postlarimdan foydalanib, muallif deb ism familiyamni yozib qo'ygan. Rahmat shularga. O'zini hurmat qilgan inson birovning mehnatini ham qadrlaydi. Men ham qayerdandir post olsam o'sha kanal, guruh nomini yoki muallif ismi yoki taxallusini keltirib o'taman. Sababi o'sha ma'lumotni yozgan odamning kuzatuvchisi bo'lganim va hurmati yuzasidan.
Qandaydir taqiq qo'ymayapman, bemalol foydalanaveringizlar, axir bilim hammaniki. Faqat dilni xira qiladigan joyi "mualliflik huquqi, manba" degan joyiga "nimadir" bo'lib qolayapti. So'rayotgan joyim "manba"ni saqlagan holda foydalansak nur ustiga a'lo nur bo'lardi. Men qabrimga olib ham ketmayman bu narsalarni.. faqat bu dunyoda qilgan yaxshi ishlarimiz qoladi. Hazrat Navoiy aytganidek:
"Hunarni asrabon netgumdir oxir,
Olib tuproqqami ketgumdir oxir"
Tarixchi pedagog: O'rol Amirov
@Amirov0215_tarix
#ABITURIYENTLARGA
8-sinf jahon tarixi darsligida nomi keltirilgan sulolalar (4-qism)
🇮🇶 Eronda hukmronlik qilgan sulolalar ⬇️
1⃣ "Safaviylar" - bu sulola hokimiyatda 1502-1736-yillarda turgan. Hukmdorlari Ismoil Safaviy I, Taxmasp I, Abbos I, Sulton Husayn, Taxmasp II;
2⃣ "Zendlar" - bu sulola 1758-1796-yillarda Eronni boshqargan;
3⃣ "Qojarlar" - bu sulola 1796-1925-yillarda Eronni boshqargan. Dastlabki vakili Og'o Muhammad.
######################
🇦🇫 Afg'onistonda hukmronlik qilgan sulolalar ⬇️
1⃣ "Durroniylar" - bu sulola Afg'onistonni 1747-1826-yillarda boshqargan. Hukmdorlari Ahmadshoh, Shuju;
2⃣ "Barakzaylar" - bu sulola 1826-yilda hokimiyatni egallagan. Dastlabki vakili Do'st Muhammadxon.
######################
🇹🇷 Turkiyada hukmronlik qilgan sulola ⬇️
1⃣ "Usmonlilar" - bu sulola hokimiyatda 1299-1922-yillarda bo'lgan. Yangi davrda hukmronlik qilgan sultonlardan biri Sulton Salim I.
@Amirov0215_tarix
#ABITURIYENTLARGA
8-sinf jahon tarixi darsligida nomi keltirilgan sulolalar (2-qism)
🇷🇺 Rossiyada hukmronlik qilgan sulolalar: ⬇️
1⃣ "Ryuriklar" - bu sulola 1598-yilgacha jami 700 yil hokimiyatda bo'lgan. Sulola vakillari Ivan IV Grozniy, Fyodor Ivanovich.
2⃣ "Romanovlar" - bu sulola 1613-1917-yillar davlatni boshqargan. Sulola vakillari Mixail Fyodorovich Romanov, Pyotr I, Aleksandr I, Nikolay I.
######################
🇩🇪 Germaniyada hukmronlik qilgan sulolalar: ⬇️
1⃣ "Gabsburglar" - 1437-1806-yillarda Muqaddas Rim imperiyasini boshqargan. Jumladan uning tarkibidagi Avstriyani (hukmdori Frans II) ham boshqargan;
2⃣ "Gogensollernlar" - Brandenburg nomi ostida bo'lgan hududni, keyin 1701-yildan Prussiyani boshqara boshlagan. Bu sulola vakillari Fridrix I, Fridrix II.
######################
🇨🇳 Xitoyda hukmronlik qilgan sulolalar: ⬇️
1⃣ "Min" - bu sulola hokimiyatda 1368-1644-yillarda turgan.
2⃣ "Chin" - manjurlarning chin (sin) sulolasi Xitoyni 1644-1911-yillarda boshqargan. Dastlabki vakili Shunchji.
@Amirov0215_tarix
#tarix
Pyotr I. 1672-yil Moskvada tug'ilgan va 1725-yil Sant-Peterburgda vafot etgan. 10 yoshida taxt meros qoladi. Uning nomidan davlatni 1682-1689-yillarda Yelena Alekseeyevna regent sifatida boshqargan. 1689-yil mustaqil boshqara boshlagan. 1721-yil Rossiya imperiyasiga asos solgan!
@Amirov0215_tarix
#tarix
Ivan IV Vasiliyevich.
1530-yil Moskvada tug'ilgan.
1533-yilda (3 yoshida) Rus yerlarining Buyuk knyazi etib saylangan. Buyuk knyaz nomida 14 yil davlatni boshqargan. 1533-1538-yillarda yosh davlat rahbarining regenti o'z onasi - Yelena Glinskaya bo'lgan. 1547-yil podsholik tojini kiygan va sar deb atala boshlangan.1584-yil Moskva shahrida vafot etgan. Jahon tarixida Ivan Grozniy nomi bilan mashhur!
@Amirov0215_tarix
Ушбу харитада қачонлардир Буюк Британия мустамлакаси бўлган давлатларнинг мустамлакадан қутилган йиллари келтирилган.
Manba: "Qiziqarli_xarita" kanali
@Amirov0215_tarix
#murojaat
Muhtaram kuzatuvchilar, kanallar va guruhlar adminlari.
Kanalimdagi ma'lumotlardan foydalangan paytda muallif nomini yozib qo'ying yoki manbani ko'rsating. Oxirgi haftalarda bir qator kanallarni kuzatib chiqdim. Ba'zilari muallifni yozmagan, ba'zilari esa muallif deb o'z ismini yozib qo'ygan. G'alati emasmi birovning mehnati mahsulini uyalmay men yozdim deyish? Bet bormi o'zi? Ikki metrlik chuqur kovlab, mualliflik huquqini o'sha yerga yotqizib ustidan tuproq tortib yuborayapsizlar! Shu ma'lumotdan auditoriyangiz uchun foydalandingizmi, marhamat qilib muallifini ham ko'rsatib qo'ying!
Hamma ham emas, ba'zilar postlarimdan foydalanib, muallif deb ism familiyamni yozib qo'ygan. Rahmat shularga. O'zini hurmat qilgan inson birovning mehnatini ham qadrlaydi. Men ham qayerdandir post olsam o'sha kanal, guruh nomini yoki muallif ismi yoki taxallusini keltirib o'taman. Sababi o'sha ma'lumotni yozgan odamning kuzatuvchisi bo'lganim va hurmati yuzasidan.
Qandaydir taqiq qo'ymayapman, bemalol foydalanaveringizlar, axir bilim hammaniki. Faqat dilni xira qiladigan joyi "mualliflik huquqi, manba" degan joyiga "nimadir" bo'lib qolayapti. So'rayotgan joyim "manba"ni saqlagan holda foydalansak nur ustiga a'lo nur bo'lardi. Men qabrimga olib ham ketmayman bu narsalarni.. faqat bu dunyoda qilgan yaxshi ishlarimiz qoladi. Hazrat Navoiy aytganidek:
"Hunarni asrabon netgumdir oxir,
Olib tuproqqami ketgumdir oxir"
Tarixchi pedagog: O'rol Amirov
@Amirov0215_tarix
#ABITURIYENTLARGA
8-sinf jahon tarixi darsligidagi XVII asrning ikkinchi yarmi bilan bog'liq ma'lumotlar
1⃣ Ichki siyosiy tarqoqlik XVII asrning ikkinchi yarmida Germaniyani Yevropaning kuchli davlatlari qo'lida qo'g'irchoqqa aylantirib qo'ygan;
2⃣ XVII asrning ikkinchi yarmida Shimoliy Amerikadagi mustamlakalarda birinchi manufakturalar paydo bo'ldi;
3⃣ XVII asrning ikkinchi yarmidan Amerikadagi mustamlaka bozorlarini egallash uchun kurashga Angliya va Fransiya qo'shilgan;
4⃣ Yevropaning kuchli davlatlari o'rtasidagi raqobatchilik kurashi
XVII asrning ikkinchi yarmi va butun XVIII asr mobaynida davom etdi. Bu kurash maydoni Afrika qit'asi, ayniqsa, G'arbiy va Markaziy Afrika bo'ldi;
@Amirov0215_tarix
#ABITURIYENTLARGA
8-sinf jahon tarixi darsligidagi XVI asrning ikkinchi yarmi bilan bog'liq ma'lumotlar
1⃣ XVI asrning ikkinchi yarmidan Yevropaning savdo chorraxalari Shimoliy dengiz qirg'oqlariga ko'chgan;
2⃣ XVI asrning ikkinchi yarmi - XVII asrning boshlarida ispan dengizchilari Tinch okeani havzasiga bir nechta ekspeditsiyalar uyushtirishgan;
3⃣ XVI asrning ikkinchi yarmida Angliyada kalvinizm asosida puritanlik mazhabi shakllangan;
4⃣ XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab Germaniyada iqtisodiy tushkunlik boshlangan. Bu holat Germaniyaning 300 dan ortiq mayda-mayda knyazliklarga bo'linib ketganligi oqibati edi.
@Amirov0215_tarix
Assalomu alaykum, qadrli kuzatuvchilar! Barchangizni kirib kelgan yangi yil bilan tabriklayman! Baxt, omad, sog'lik va eng muhimi oilaviy xotirjamlik hamrohiz bo'lsin! Kelayotgan 365 kun barchamizga barokatli, saodatli kelsin! Ota-onalar farzandlarning baxt-u kamolini ko'rishsin! Ilmli abituriyentlar o'qishga kirsin, o'qishga kirgan talabalar esa o'z sohasining yetuk fidoyisi bo'lishsin! O'z juftini izlayotganlar juftini topib, to'ylar qilishsin, shu kanalda ham to'ylar bo'lsin😁
Yangi yil muborak bo'lsin! 🌲❄️
P. S. Shu kanalda to'ylar bo'lsin deganlardan bitta layk))
@Amirov0215_tarix
Демак бошладик!
Мен ҳуқуқшуносман. Адвокат ёрдамчиси ва давлат ташкилотида юрисконсул лавозимида ишлайман. Шу билан бирга магистратура талабасиман.
Шу туфайли ҳам менга асосан ҳуқуқий саволларнинг жавобини сўраб мурожаат қилишади. Ўрганган билимим орқали кимгадир фойдам тегаётганидан ҳурсанд бўламан албатта!
Кўп саволлар жуда оддий кўплари оддий эмас. Жавоб беришдан қочмайман, буни менга оғирлиги ҳам йўқ.
Лекин ҳа деб балиқ бергандан кўра балиқ тутишни ўргатган яхшироқ. Шундай эмасми!?
Шу туфайли бир лойиҳа бошладим.
Мақсадим:
- ҳеч кимни вақтини исроф қилмаслик;
- жамиятимизнинг ҳуқуқий саводхонлигини яна ҳам ошириш;
- ҳар кимда бирор ҳуқуқий низога ва ўз ҳақ-ҳуқуқига оид масалалар юзасидан ўзи мустақил ечим топа оладиган кўникма шаклланишига ўз ҳиссамни қўшиш.
Бунинг учун ўзимиз ўрганган, синовдан ўтган, қизиқарли ва бевосита ўзларингиз ҳам иштирок этадиган усулдан фойдаланмоқчиман.(Фақат бир томонлама инфо олинаверса самара яхши бўлмайди.)
Бу усулдан фойдаланишим учун ҳозирча фақат телеграмда имконият бор экан.
Сизларга заррача бўлса ҳам фойдам тегса ҳурсанд бўламан.
Ҳуқуқни ўрганмоқчи бўлган барчани таклиф қиламан.
Шунингдек, блоггер ва фаолларни бу ишни тарғиб қилишларини сўраб қоламан!
Бизнинг манзил: t.me/Dilshodbek_law
#tarix
Jak Fransua-Shampolyon. Fransiyada 1790-yil tug'ilgan va 1832-yilda vafot etgan. Fransuz sharqshunosi, tilshunos olim. Kam umr ko'rgan bo'lsa-da bir nechta akademiyalar a'zosi bo'lgan. 1822-yilda Misr iyerogliflarini o'qigan. Misrshunoslik asoschisi hisoblanadi.
@Amirov0215_tarix
#tarix
Piter Breygel. 1526-yilda Gollandiyada tug'ilgan va 1569-yilda Belgiyada vafot etgan. "Dehqon" laqabi bilan mashhur bo'lgan golland rassomi. Hozirda 45 ta rasm uniki deya tan olingan. 43 tasi 12 ta davlatning turli muzeylarida joy olgan. Shulardan biri barchamizga tanish bo'lgan 1563-yilda chizilgan "Bobil minorasi" rasmi. Surat hozirda Vena shahri san'at tarixi muzeyida saqlanmoqda.
@Amirov0215_tarix
#tarix
6-sinf tarix darsligi mualliflaridan biri, ustoz tarixchi, tarix fanlari doktori, professor, akademik Sagdullayev Anatoliy Sagdullayevich "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlanibdilar. Tabriklaymiz!
Manba: O'zbekiston tarixi (historians) kanali
@Amirov0215_tarix
#Maqollar
📋📋 Xitoy xalq maqollari 📋📋
1⃣ Yoqutga sayqal berilmasa — u mulk bo‘lmaydi, odam o‘qimasa — inson bo‘lmaydi.
2⃣ O‘rganish — oqimga qarshi suzish, bir daqiqa to‘xtasang orqaga oqizib ketadi.
3⃣ Oshqovoq mutlaqo yumaloq bo‘lmaydi, odam ham mutlaqo mukammal bo‘lolmaydi.
4⃣ Uch kun kitob o‘qimasang — so‘zing qo‘pollashadi, uch kun yozmasang — qo‘ling zaiflashadi.
5⃣ Tug‘ilish bilan odam bo‘lmaysan, o‘rganish bilan odam bo‘lasan.
6⃣ Kitob o‘qishdan ortiq huzur yo‘q, bolalarga ta’lim berishdan afzal yumush yo‘q.
7⃣ Sevimli xotin qaynonasini hurmat qiladi, yaxshi farzand — ustozini.
8⃣ Bitta shox bilan o‘t yoqish qiyin, yolg‘iz bolani tarbiyalash mushkul.
9⃣ Uch yil tinmay saxovat qilsang — kamchilik biladi, qachondir bir yomon ish qilib qo‘ysang — butun dunyo biladi.
🔟 Bolani erkalatish uni o‘ldirish bilan baravar; faqatgina olovli tayoqdan tarbiyali bolalar chiqadi.
@Amirov0215_tarix
#tarix
Otto fon Bismark. Germaniyada 1815-yilda tug'ilgan va 1898-yilda vafot etgan. Prussiya kansleri. Bo'linib yotgan Germaniya davlatlarini birlashtirishda izchil siyosat olib borgan. Birlashtirishda u "temir va qon" iborasini aytgan. 1871-1890-yilarda Germaniyadagi 2-imperiyada reyxkansler lavozimida ishlagan. Uning eng mashhur laqabi "Temir kansler". U yoshligida o'qib yurgan paytlari 27 marta duellarda qatnashib, bir marta va yagona jarohat olgan. O'sha jarohat yuz qismida bo'lib, chandiq qolib ketgan. Shundan keyin uni "Chandiq yuzli kansler" deb ham atashgan.
@Amirov0215_tarix
#ABITURIYENTLARGA
8-sinf jahon tarixi darsligida nomi keltirilgan sulolalar (3-qism)
🇮🇳 Hindistonda hukmronlik qilgan sulolalar ⬇️
1⃣ "Lo'diylar" - 1451-1526-yillarda Dehli sultonligi boshqargan. Oxirgi vakili Ibrohim Lo'diy.
2⃣ "Boburiylar" - 1526-1858-yillarda boshqargan. Sulola vakillari Bobur, Humoyun, Akbarshoh, Jahongir, Shohjahon, Avrangzeb Olamgir, Bahodirshoh II;
3⃣ "Sur" - bu qabila vakillari 1540-1555-yillarda Hindistonda hukmronlik qilgan. Dastlabki vakili Sherxon;
######################
🇯🇵 Yaponiyada hukmronlik qilgan sulola ⬇️
1⃣ "Tokugava" - bu sulola 3-syogunlik sulolasi bo'lib, 1603-1867-yillarda Yaponiyani boshqargan. Dastlabki vakili Tokugava Ieyasu, 8-vakili Yosimune.
######################
🇰🇷 Koreyada hukmronlik qilgan sulola ⬇️
1⃣ "Li" - bu sulola yangi davrda Koreyani boshqargan. Hukmdorlari Qirol Yongjo, Qirol Kojon ( Li Sze Xvan)
@Amirov0215_tarix
#ABITURIYENTLARGA
8-sinf jahon tarixi darsligidagi nomi keltirilgan sulolalar (1-qism)
🇬🇧 Angliya (Buyuk Britaniya) dagi sulolalar: ⬇️
1⃣ "Tyudorlar" - 1485-1509-yillar hukmronlik qilgan. Genrix VII Tyudor, Genrix VIII Tyudor, Yelizaveta I shu sulola vakillari hisoblanadi;
2⃣ "Styuartlar" - 1603-1649-yillarda boshqargan va 1660-yilda bu sulola qayta taxtga kelgan. Bu sulola vakillari Yakov I, Karl I , Karl II, Yakov II.
3⃣ "Oranyelar" - 1688-1714-yillarda hukmronlik qilgan. Bu sulola vakillaridan biri Willem van Oranye.
4⃣ "Gannoverliklar" - bu sulola hokimiyatda 1714-yildan to XIX asr boshlarigacha turgan. Dastlabki hukmdori Georg I hisoblanadi.
######################
🇫🇷 Fransiyada hukmronlik qilgan sulolalar: ⬇️
1⃣ "Burbonlar" - bu sulola hokimiyatda 1792-yilgacha, 1814-1815-yillar va 1815-1830-yillarda turgan. Sulola vakillari Lyudovik XVI, Lyudovik XVIII va Karl X.
@Amirov0215_tarix
#Kaypiyat_uchun
Parodiya
Abituriyentlar! Qani, otlaning darhol,
Barchaga yetarli kitob, test, savol.
Aslo ikki qilmang ustozning so'zin,
Tunda kitob o'qing-u, tongda test yeching.
G'aflatda qoldiring DTMni har kez,
Lekin chekinmoqni o'ylamang hargiz.
Dunyoda bo'lmagan, bo'lmaydi hech ham,
TALABALIK ta’midan shirinroq bir ta’m.
Asl versiya muallifi: Xendrik Vitboyning o'g'li
Parodiya muallifi: O'rol Amirov
@AMIROV0215_TARIX
#ABITURIYENTLARGA
8-sinf jahon tarixi darsligida mavzu matnidan tashqari keltirilgan asarlar va filmlar
1⃣ "O'n besh yoshli kapitan" - Jyul Vern asari;
2⃣ "Yer markaziga sayohat" - Jyul Vern asari;
3⃣ "Kolumb" - Buyuk geografik kashfiyotlarga oid badiiy film;
4⃣ "Meros" - Italiya Uyg'onish davri vakillariga bag'ishlangan badiiy film;
5⃣ "Tyudorlar" - Angliya tarixiga oid serial;
6⃣ "Motsart" - kompozitor Volfgang Amadey Motsart haqidagi film;
7⃣ "So'nggi samuray" - Yaponiya tarixiga oid badiiy film;
8⃣ "Yulduzli tunlar" - Pirimqul Qodirov romani;
9⃣ "Syogun" - Yaponiya tarixiga oid badiiy film;
1⃣0⃣ "Chingizxonning oq buluti" - Chingiz Aytmatov qissasi;
1⃣1⃣ "Qalb ko'zingni och" - Jaloliddin Rumiy asari;
1⃣2⃣ "Qabrdagi gulchambar" - Piter Abraxams asari;
@Amirov0215_tarix