Mana, darsim payti yomon koʻrasizlar, ko'rishga koʻz, otishga oʻq yoʻq boʻladi. Yillar oʻtadi, keyin tushunib yetasizlar. Hech bir harakatim bejizga emas. Sizlarga oddiy koʻringan dars ortida necha yillik mehnat, pedagogik tajriba yotibdi...
Bunaqa yomon koʻrib, keyin tushunib yetuvchi abituriyentlarim rosa koʻp. Odatda ular 2-3 baʼzan 4-5 yildan keyin sekingina oʻzimga aytishgan...
Yodda saqlang: hech bir ustoz oʻquvchisiga yomonlik ravo koʻrmaydi. Doimo yaxshilik xohlaydi.
@Amirov0215_tarix
Xalq Xalq dengizdir, xalq to‘lqindir, xalq kuchdir,
Xalq isyondir, xalq olovdir, xalq o‘chdir...
Xalq qo‘zg‘alsa kuch yo‘qdirkim, to‘xtatsin,
Quvvat yo‘qkim, xalq istagin yo‘q etsin.
Xalq isyoni saltanatni yo‘q qildi,
Xalq istadi, toj va taxtlar yiqildi...
Xalq istagi — ozod bo‘lsin bu o‘lka, Ketsin uning boshidagi ko‘lanka.
Bir qo‘zg‘alur, bir ko‘pirar, bir qaynar,
Bir intilur, bir hovliqar, bir o‘ynar. Yo‘qlikni-da, ochlikni-da yo‘q etar,
O‘z yurtini har narsaga to‘q etar...
Butun kuchni xalq ichidan olaylik, Quchoq ochib xalq ichiga boraylik!
Maktab darsliklarining bepul tarqatilishi haqidagi Prezidentimiz ko'rsatmasini eshitib Cho'lponning ushbu sheʼri esimga tushib qoldi.
@Amirov0215_tarix
#Abituriyentlarga
Butun Respublika boʻyicha abituriyentlar diqqatiga!
Abituriyentlarni tarix va huquq fanlaridan yangi oʻquv yiliga roʻyxatga olishni boshladik.
Ustoz: O'rol Amirov
+998 90 900 75 40
Repetitorlik staji 9 yil.
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Hamid Olimjon metrosi, "Darxon" oʻquv markazi
@Amirov0215_tarix
#tarix
#Amirov
#Abituriyentlarga
Mavzu: ATAMALAR
1. Mikrolit – mayda tosh qurollar;
2. Chopper – bir tomoni urib oʻtkirlangan qoʻpol tosh qurollar;
3. Xandaq – suv toʻldirilgan chuqur;
4. Ossuariy – zardushtiylik dinidagi maxsus sopol tobutchalar, suyakdonlar;
5. Satrapiya – Ahamoniylar va Salavkiylar davlatlarida viloyat;
6. Qulovuz – yoʻlboshlovchi;
7. Akinak – xanjar;
8. Sagaris – oybolta;
9. Agema – makedoniyaliklarning sara otliq gvardiyasi;
10. Spitamana – avesto tilida “Spentamana” – “Muqaddas ruh” ma'nosini beradi. Zardushtning qavmining nomi Spitama bo'lgan.
© O'rol Amirov
P.s: foydalanganda muallif va manbani saqlagan holda foydalaning!
@Amirov0215_tarix
#tarix
#Amirov
#Abituriyentlarga
Mavzu: Qadimgi dunyo tarixidagi yurtimiz hududlarida joylashgan yodgorliklar, shahar va qal'alar (2022-yilgi nashr)
1️⃣ O'rta Osiyoda eng qadimiy toshdan yasalgan mehnat qurollari topilgan hududlar:
1) Farg'ona vodiysidagi Selungur;
2) Toshkent viloyatidagi Ko'lbuloq.
2️⃣ O'rta paleolit davri makoni – Boysun togʻidagi Teshiktosh g'ori.
3️⃣ So'ngi paleolit davri makonlari topilgan joylar:
1) Samarqand shahri;
2) Toshkent viloyatidagi Ko'lbuloq;
3) Farg'ona vodiysi.
4️⃣ Mezolit davri makonlari:
1) Obishir (Farg'ona vodiysi);
2) Qoʻshilish (Toshkent vohasi);
3) Machay (Surxondaryo viloyati).
5️⃣ Bronza davri manzilgohlari:
1) Xorazm viloyati;
2) Buxoro viloyati Qorako'l tumani Zamonbobo manzilgohi;
3) Surxondaryo vil. Muzrabotdan Sopollitepa, Sherabodga yaqin joydan Jarqo'ton manzilgohlari.
6️⃣ Mil.avv. VII – VI asrlarda rivojlangan shaharlar:
1) Afrosiyob (Samarqand shahri);
2) Ko‘ktepa (Zarafshon vohasi);
3) Yerqo‘rg‘on va Uzunqir (Qashqadaryo vohasi);
4) Ko‘zaliqir (Xorazm);
5) Qiziltepa (Surxondaryo vohasi).
7️⃣ Qadimgi Baqtriya davlati shaharlari - Afrosiyob, Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo‘rg‘on.
8️⃣ Qadimgi Xorazm davlati shahri - Koʻzaliqir.
9️⃣ Ahamoniylar davrida mil.avv. VI – IV asrlarda daryolar vohalaridagi hunarmandchilik markazlari sifatida rivojlangan qadimiy shaharlar:
1) Ko‘ktepa (Zarafshon);
2) Daratepa (Qashqadaryo);
3) Xumbuztepa va Ko‘zaliqir (quyi Amudaryo vohasi).
🔟 Salavkiylar davlatidagi madaniyat markazlari - Baqtra, Maroqanda, Marg‘iyona Antioxiyasi (Marv), Termiz.
1️⃣1️⃣ Sirdaryo boʻyida joylashgan shahar va qal’alar:
1) Kurushkat (Kiropolis) – Kir II asos solgan;
2) Aleksandriya Esxata – Xoʻjand shahri yaqinida Makedoniyalik Aleksandr tomonidan qurilgan.
1️⃣2️⃣ Yunon-makedonlar davrida qurilgan qal’alar:
1) Kampirtepa qal’asi – Termiz yaqinidagi Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan;
2) Uzundara qal’asi – Boysun togʻlarida joylashgan;
3) Oyxonim shahri – Baqtriyada joylashgan qadimgi yunon shahri.
1️⃣3️⃣ Qadimgi Xorazmning shahar va qal’alari:
1) Xiva, Jonbosqal’a, Bozorqal’a – ulug‘vor va muhtasham binokorlik ishlari amalga oshirilgan
2) ibodatxonalar qurilgan qal’alar – Qoʻyqirilganqal’a (mil. avv. III asrda qurilgan mustahkam istehkom) va Oqchaxon qal’a (mil. avv. II–I asrlarga tegishli Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi qal’a)
3) Tuproqqal’a - Milodiy II–III asrlardagi shohona shahar – Xorazm hukmdorlarining qarorgohi;
4) Oybo‘yirqal’a - mil.avv. V–IV asrlar tegishli qal’a, xum sirtiga bitilgan yozuv namunasi topilgan;
1️⃣4️⃣ Qangʻ davlati yodgorliklari:
1) Qanqa shahar-qal’asi (Qangʻdiz, Bityan) – Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanida joylashgan;
2) Shoshtepa yodgorligi mil.avv. II asrda qurilgan.
1️⃣5️⃣ Davan davlati shaharlari – Ershi, Shoʻrabashat, Axsikent, Uchqoʻrgʻon.
1️⃣6️⃣ Kushon davlati yodgorliklari – Xolchayon, Ayritom, Zartepa, Dalvarzintepa, Eski Termiz (Qoratepa, Fayoztepa), Surxko‘tal (Afg‘onistondagi Qunduz shahri yaqinida) va Kampirtepa (Termiz yaqinida).
© O'rol Amirov
P.s: foydalanganda muallif va manbani saqlagan holda foydalaning!
@Amirov0215_tarix
So’nggi bor 1918-yili Qo’qonda Turkiston Muxtoriyati harbiy noziri Ubaydulla Xo’jayev tarafidan tashkil etilgan harbiy paradda kuylangan marsh oradan 104 yil o’tib, 2022-yili O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik bayramida qayta ijro etildi.
Mustaqillik bayrami barchamizga muborak boʻlsin!
@Amirov0215_tarix
#Tinchlik_bolsin
Ukraina xalqi 2019-yil prezident saylovlarida adashmagani ayni paytda isbotini topmoqda. U baʼzi prezidentlarga oʻxshab qochib ketmadi. AQSh taklif berganida ham Kiyevdan tashqariga ketmasligini maʼlum qildi. Ukraina - Rossiya urushi qanday natija bilan tugashidan qatʼiy nazar Volodimir Zelenskiy davlati tarixiga qahramon boʻlib qoladi.
@Amirov0215_tarix
🏆 “O'rol Amirov (@Amirov0215_tarix) kanalidan #Har_payshanba_DTM deb nomlangan 30 talik test (8 jahon tarixi asosida)” testidagi eng yuqori natijalar
🖊 30 ta savol
⏱ Har bir savolga 1 daqiqa
🤓 112 kishi testda qatnashdi
🥇 @Avazbek_Boyqobilov_Toyirovich – 30 (4 daqiqa 14 soniya)
🥈 @madalbekov1987 – 28 (5 daqiqa 49 soniya)
🥉 @HAFIZOV_006 – 27 (4 daqiqa 41 soniya)
4. @Um1rqul – 26 (3 daqiqa 34 soniya)
5. Adham Panjiyev – 26 (6 daqiqa 11 soniya)
6. 𝙄𝙨𝙡𝙖𝙢𝙗𝙚𝙠 𝘿𝙖𝙧𝙮𝙖𝙗𝙖𝙚𝙫 – 26 (6 daqiqa 53 soniya)
7. Tairova Aziza – 25 (4 daqiqa 52 soniya)
8. @Golib_0709 – 23 (5 daqiqa 51 soniya)
9. Hasanboy – 22 (4 daqiqa 51 soniya)
10. Шохрух Гайратович – 21 (4 daqiqa 50 soniya)
11. Haydarov Abror – 20 (5 daqiqa 38 soniya)
12. @Liza05_16 – 19 (6 daqiqa 55 soniya)
13. ..NIGINA.. – 18 (7 daqiqa 24 soniya)
14. Fazliddin Turdimurodov – 18 (8 daqiqa 26 soniya)
15. Azizbek Xudoyberdiyev – 16 (5 daqiqa 30 soniya)
16. Abror – 16 (6 daqiqa 20 soniya)
17. 𝒊𝒔𝒔_𝒎𝒂𝒊𝒍𝒐𝒗𝒂 – 15 (5 daqiqa)
18. Shohida Yassoqova – 15 (8 daqiqa 42 soniya)
19. أنا أحب رسول الله – 14 (4 daqiqa 1 soniya)
20. Abdullayeva N – 13 (6 daqiqa 56 soniya)
🎲 “O'rol Amirov (@Amirov0215_tarix) kanalidan #Har_payshanba_DTM deb nomlangan 30 talik test (8 jahon tarixi asosida)” testi
🖊 30 ta savol · ⏱ 1 daqiqa
Top-10 likka kirmagan-u, to'g'ri javob yozganlar har 10 ta savoldan so'ng umumiy jadvaldan o'z o'rnini ko'rib olishadi.
Читать полностью…#Zakovatchi_muarrix_3
5⃣0⃣-savol:
Oʻtgan asrda "bu ish" Rossiyada 1 marta, Braziliyada 1 marta, O'zbekistonda 2 marta sodir boʻlgan. Braziliyada 1960-yil Juselino Oliveyra "bu ish"ni qilgan boʻlsa, Rossiyada "bu ish" 1918-yilda Lenin davriga toʻgʻri keladi. Oʻzbekistonda qaysi yillarda "bu ish" qilinganini Sovet davri tarixida oʻqigansiz. Kimning tashabbusi bilan bo'lganini ham.
DIQQAT SAVOL: siz menga qaysi ishligini emas, kimning tashabbusi bilan bo'lganini yozib bering.
Javob variantingizni ism-familiyangiz bilan birgalikda @Amirov0215 ga yuboring.
Javoblar 19-fevral 21:00 gacha qabul ...
@Amirov0215_tarix
#tarix
#Amirov
#Kayfiyat_uchun
Parodiya
Abituriyentlar! Qani, otlaning darhol,
Barchaga yetarli kitob, test, savol.
Aslo ikki qilmang ustozning so'zin,
Tunda kitob o'qing-u, tongda test yeching.
G'aflatda qoldiring DTMni har kez,
Lekin chekinmoqni o'ylamang hargiz.
Dunyoda bo'lmagan, bo'lmaydi hech ham,
TALABALIK ta’midan shirinroq bir ta’m.
Asl versiya muallifi: Xendrik Vitboyning o'g'li
Parodiya muallifi: O'rol Amirov
@Amirov0215_tarix
Top-10 likka kirmagan-u, to'g'ri javob yozganlar har 10 ta savoldan so'ng umumiy jadvaldan o'z o'rnini ko'rib olishadi.
Читать полностью…#Zakovatchi_muarrix_3
4⃣9⃣-savol:
1990-yillarda Namibiya davlati oʻz pul birligi - 10, 20, 50, 100, 200 lik "Namibiya dollari"ni muomalaga chiqargan. Bu qogʻoz pullarning hammasining old tomonida XX asrning boshlarida vafot etgan bir shoirning portreti tasvirlangan edi. Siz bu shoirni taniysiz, hatto uning she'rini ham darslikda oʻqigansiz.
DIQQAT SAVOL: bu shoirning ism-familiyasini yozib bering.
Javob variantingizni ism-familiyangiz bilan birgalikda @Amirov0215 ga yuboring.
Javoblar 18-fevral 21:00 gacha qabul
@Amirov0215_tarix
Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II 2022-yil 8-sentabr kuni vafot etdi.
****
1926-yil 21-aprelda tug'ilgan Qirolicha 1952-yildan beri ingliz taxtida edi. Bu muddatda 16 nafar bosh vazir almashdi (G. Vilson 2 marotaba). Yelizaveta II taxtga chiqqan paytda bosh vazir Uinston Cherchill boʻlgan boʻlsa (63-bosh vazir), hozirgi Britaniya bosh vaziri - 47 yoshli Liz Truss xonim 3 kun oldin Buyuk Britaniyaning 78-bosh vaziri etib saylangandi.
****
Britaniya Qirolichasi vafotining e'lon qilinishi va uni dafn qilinishining senariysi 2017 va 2021 yillarda nashrlarda e'lon qilingan. Bunga ko'ra, uning dafn marosimi 10 kunlik senariydan iborat.
***
Elizavetta II ning tadqiqotchilar tomonidan tuzilgan va Muhammad payg'ambarga borib taqaladigan shajarasi:
Shajara
Elizaveta II, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi (BQ) qirolichasi
Jorj VI, BQ qiroli
Jorj V, BQ qiroli
Eduard VII, BQ qiroli
Viktoriya, BQ qirolichasi
Eduard, Kent va Stratxarn gersogi
Jorj III, Buyuk Britaniya (BB) qiroli
Frederik, Uels shahzodasi
Jorj II, BB qiroli
Jorj I, BB qiroli
Sofiya, Gannover valiahd malikasi
Elizaveta, Bogemiya qirolichasi
Jeyms I/VI, Angliya, Irlandiya va Shotlandiya qiroli
Mariya, shotland qirolichasi
Jeyms V, shotland qiroli
Margaret Tyudor, shotland qirolichasi
Elizaveta, Angliya qirolichasi (York)
Eduard IV, Angliya qiroli
Richard Plantagenet, York gersogi
Konisborglik Richard, Kembrij grafi
Izabella Peres, York gersoginyasi
Mariya Xuana de Padilla, Kastiliya malikasi
Mariya Fernandes de Enestrosa, Kastiliya zodagoni
Aldonza Ramires de Chifontes, Kastiliya malikasi
Aldonza Gonsales Jiron
Sancha Rodriges de Lara
Rodrigo Rodriges de Lara
Sancha Alfonses, Kastiliya malikasi
Zaida (Izabella)
Mo‘’tamid ibn Abbos, Sevilya podshohi
Abbos II Mo‘’tamid, Sevilya podshohi
Abu Qosim Muhammad ibn Abbos, Sevilya podshohi
Ismoil ibn Quraysh
Quraysh ibn Abbos
Abbos ibn Amir
Amir ibn Aslan
Aslan ibn Amir
Amir ibn Itlaf
Itlaf ibn Naim
Naim II Lahmiy
Naim Lahmiy
Zahro bin Husayn
Husayn ibn Hasan
Hasan ibn Ali — Muhammad alayhissalomning nabirasi
@Amirov0215_tarix
#tarix
#Amirov
#Abituriyentlarga
Mavzu: Qadimgi dunyo tarixidagi hukmdorlar (2022-yilgi nashr)
Misr:
1) Menes
2) Yaxmos
3) Tutmos II
4) Tutmos III
5) Tutanxamon
6) Xufu (Xeops)
7) Xafra
8) Menkaura
Mesopotamiya:
1) Gilgamish (Uruk podshosi)
2) Sargon I (Shumer-Akkad podshosi)
3) Xammurapi (Bobil podshosi)
4) Navuxodonosor II (Bobil podshosi)
Ossuriya:
1) Ashshurbanapal
2) Nin
Midiya:
1) Kiaksar
Ahamoniylar davlati
1) Kir II
2) Kambiz II
3) Doro I
4) Kserks
5) Artakserks
6) Doro III
© O'rol Amirov
P.s: foydalanganda muallif va manbani saqlagan holda foydalaning!
@Amirov0215_tarix
#Fikrlarim
Hamma internet tarmoqlarida super-kontrakt narxining 10% arzonlashganiga xursand boʻlib, bosh kiyimini osmonga otmoqda. Shundan xursand boʻlishimiz kerakmi?
Menimcha, yoʻq! Super-kontrakt tizimini qayta koʻrib chiqish kerak:
- o'tish balldan 4 ballgacha boʻlgan dastlabki qismi qoldirib, qolganini mutlaqo bekor qilish kerak;
- 56,7 balldan past natija ko'rsatgan abituriyentlarni OTM eshigiga yaqinlashtirmaslik kerak.
DTM testlarini shaffof qilamiz deb bong uramiz-u, bu tarafdan o'qishga kira olmaganlarni 60 ball olsa ham, 30 ball olsa ham pulini olib o'qishga qabul qilaveramiz.
DTM tomonidan test sinovlarining o'tkazilishidan asl maqsad bilimlilarni saralab olishmi yoki puli borlarni qonuniy yoʻl bilan oʻqishga kiritishmi?
Mantiqsiz qarorlar oxirgi yillarda juda koʻpayib ketmoqda. Ta'lim tizimimiz islohotlarga muhtoj...
Shunaqa paytlarda "Yerni to'xtating tushib qolay", deging keladi...
© O'rol Amirov
@Amirov0215_tarix
Ushbu rasmlarda koʻrib turgan topilmalarning bari 2022-yilning oʻzida Uzundara yodgorligidan topilgan ashyoviy manbalar hisoblanadi.
Uzundara yodgorligi 6 sinf Qadimgi dunyo tarixi kitobiga kiritilgan yodgorliklardan biridir.
@Amirov0215_tarix
Bugun 2-sentabr - O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning xotirasi kuni.
2017-yildan buyon ushbu xotira kuni o'tkazilib kelinmoqda. Birinchi prezidentimiz vafot etganiga 6 yil boʻlibdi.
@Amirov0215_tarix
Assalomu alaykum.
Hammaga xayrli kun.
Yaqin kunlarda faoliyatimizni yana davom ettiramiz...
@Amirov0215_tarix
#PREZIDENTLAR
🇺🇦 Volodimir Zelenskiy. Ukrainaning 6-prezidenti
1978-yil 25-yanvarda Ukrainaning Krivoy rog shahrida ukranialik yahudiy oilasida tugʻilgan. Ota-onasi hayot, oilali, 2 nafar farzandi bor.
2000-yil Kiyevdagi Iqtisodiyot universitetining huquqshunoslik boʻyicha diplomini olgan boʻlsa ham, biror marta bu sohada ishlamagan. 2003-yilgacha KVN da oʻynagan, faoliyati davomida 30 fan ortiq tele loyihalarda boshlovchi, 20 dan ortiq film va kinolarda aktyor boʻlib ishtirok etgan, 15 tacha serial va kinolarda ssenariy muallifi, 20 dan ortiq kino va seriallar ishlab chiqargan, 2015-2018 yillar davomida Volodimir Zelenskiy “Xalq xizmatchisi” serialida Ukraina prezidenti etib saylangan tarix o‘qituvchisi Vasiliy Goloborodko rolini o‘ynagan. 2019-yil prezident saylovlarida aynan shu "Xalq xizmatchisi" partiyasi nomidan ishtirok etib, amaldagi prezident Pyotr Poroshenko ustidan g'alaba qozongan.
© Oʻrol Amirov
@Amirov0215_tarix
#ukraina
Otto fon Bismarkning bir mashhur iborasi bor: ayiqni uyasidan chiqarishning yuz xil usulini bilan, lekin uyasiga qaytaga kirgizishning bironta yo'lini bilmayman...
Voqealarni boshidan kuzatib kelayapman. Shaxsiy fikrim: Vladimir Zelenskiy hokimiyati ag'darilsa kerak. Chunki Kiyev biqinidagi (16 km ) harbiy aeroport ruslar qoʻlida va u yerga yuzlab askarlar yuborilmoqda.
Qog'ozdagi sanksiyadan koʻra, amaliy harakat qilinmasa, Ukraina Putin armiyasi tomonidan toʻliq anneksiya qilinadi.
Shu yil kuzda 70 yoshga kiradigan ayiq inidan chiqdi. Ayni paytda u katta tavakkal qildi.
@Amirov0215_tarix
Bugun payshanba.
18:30 da #Har_payshanba_DTM boʻyicha 30 talik test joylayman.
Darslik 8 jahon tarixi.
#tarix
#Amirov
#ABITURIYENTLARGA
Mavzu: 7-sinf O'zbekiston tarixi darsligidagi poytaxtlar, hududlarning markazlari va qarorgohlar
🏰 Tuproqqal'a - III asr o'rtalarida Xorazm davlatining poytaxti bo'lgan;
🏰 Kat shahri - milodiy 305-yildan boshlab afrig'iy shohlarining poytaxti bo'lgan;
🏰 Balx shahri - V asrda Kidariylar davlatining poytaxti, keyinchalik Toxariston hokimligining poytaxti bo'lgan;
🏰 Varaxsha va Poykant - bu shaharlar Eftaliylar davlatining poytaxtlari bo'lgan;
🏰 Oltoy - Turk xoqonligining markazi bo'lgan;
🏰 O'tukan vodiysi - Sharqiy turk xoqonligining poytaxti shu yerda bo'lgan;
🏰 Yettisuv - VI asrning 80-yillari oxiridan VII asrning birinchi choragigacha G'arbiy turk xoqonligining qarorgohi shu yerda bo'lgan;
🏰 Choch shahri - ilk o'rta asrlarda Choch hokimligining markazi shu yerda bo'lgan;
🏰 Tunkat - Eloq hokimligining markazi shu yerda bo'lgan;
🏰 Choch viloyati - VII asrning birinchi choragida G'arbiy turk xoqonligining qarorgohi shu viloyatga ko'chirilgan;
🏰 Marv shahri - VII asrning o'rtalaridan to IX asrning birinchi yarmigacha Xuroson mintaqasining markazi bo'lgan;
🏰 Som qal'asi - "Oq kiyimlilar"ning boshlig'i Muqannaning qarorgohi bo'lgan;
🏰 Damashq shahri - Arab xalifaligida Umaviylar sulolasi davrida 749-yilgacha poytaxt bo'lgan;
🏰 Bag'dod shahri - Arab xalifaligida Abbosiylar davrida poytaxt bo'lgan;
🏰 Suyob shahri - Qarluqlar davlatining poytaxti bo'lgan;
🏰 Yangikent shahri - O'g'uzlar davlatining poytaxti bo'lgan;
🏰 Nishopur shahri - Tohiriy hukmdor Abul Abbos Abdulloh davridan boshlab Xuroson mintaqasining poytaxti bo'lgan;
🏰 Samarqand - Nasr Somoniy davrida Movarounnahrning markazi bo'lgan;
🏰 Buxoro shahri - Ismoil Somoniy davrida Movarounnahr va Xurosonning poytaxti bo'lgan;
🏰 G'azna shahri - turkiy G'aznaviylar davlatining poytaxti bo'lgan;
🏰 Bolasog'un shahri - avval Sharqiy Qoraxoniylar davlatining, so'ngra Qoraxitoylar davlatining poytaxti bo'lgan;
🏰 Samarqand shahri - XI - XII asrlarda Movarounnahrdagi Qoraxoniylar davlatining poytaxti bo'lgan;
🏰 Ko'hna Urganch (Gurganch) - Ma'muniylar va Anushteginiylar sulolalari davrida Xorazmshohlar davlatining poytaxti bo'lgan;
🏰 Tabriz shahri - Jaloliddin Manguberdining Ozarbayjon hududida barpo etayotgan davlatining poytaxti bo'lgan;
🏰 Elsuvi (Ili) daryosi bo'yi - bu hududda 1224-yilda tashkil etilgan Chig'atoy ulusining boshqaruv o'rdasi joylashgan;
🏰 Xo'jand shahri - Movarounnahr noibi Mahmud Yalavochning qarorgohi shu shahar bo'lgan;
🏰 Robiya saroyi - Mahmud Tarobiy qo'zg'olon ko'targan davrida uning qarorgohi Buxorodagi shu saroy bo'lgan;
🏰 "Qarshi" saroyi - Chig'atoy xoni Kebekxonning qadimgi Nasaf shahri yonida qurdirgan saroyi;
🏰 Samarqand shahri - Amir Temur davlatining poytaxti bo'lgan;
🏰 Hirot shahri - Amir Temur tomonidan Shohruxga suyurg'ol qilib berilgan yerlar markazi;
🏰 Tabriz shahri - Amir Temur tomonidan Mironshohga suyurg'ol qilib berilgan yerlar markazi;
🏰 Sheroz shahri - Amir Temur tomonidan Umarshayxga suyurg'ol qilib berilgan yerlar markazi;
🏰 G'azna shahri - Amir Temur tomonidan nabirasi Pirmuhammadga suyurg'ol qilib berilgan yerlarning dastlabki markazi;
🏰 Balx shahri - XIV asr o'rtalarida Amir Husayn qarorgohi, keyinchalik Amir Temur tomonidan nabirasi Pirmuhammadga suyurg'ol qilib berilgan yerlarning ikkinchi markazi;
🏰 Xonbaliq - o'rta asrlarda Xitoyning poytaxti;
Muallif: O'rol Amirov
(@Amirov0215)
T.me/Amirov0215_tarix
#Zakovatchi_muarrix_3
5⃣0⃣-savolning javobi: Fayzulla Xoʻjayev
Izoh:
Gap bu yerda poytaxt koʻchirish haqida ketmoqda edi. Braziliyada Juselino Oliveyra 1960-yili Rio de Janeyrodan Brazilia shahriga poytaxtni koʻchirgan boʻlsa, Rossiyada Lenin davrida 1918-yil Sant-Petrburgdan Moskvaga koʻchiradi. Bizda esa oʻtgan asrda ikki marta poytaxt koʻchirilgan: 1925- va 1930-yillarda. 1930-yil sentabrda Samarqanddan Toshkentga Fayzulla Xoʻjayev koʻchirgan edi.
Toʻgʻri javob berganlar:
1⃣ Ataqulov Behruz 🥇
2⃣ Jaloliddinov Umidjon 🥈
3⃣ Ne'matullayev Bilolbek 🥉
4⃣ Xo'jamiyorov Azizbek
5⃣ Panjiyev Adham
6⃣ Narzullayeva Odinabonu
7⃣ Sultonov Xusan
8⃣ Zoitov Abduhalim
9⃣ Munavvarov Javohirxon
🔟 O'ljayev Shexroz
Javob variantini yuborgan barcha tarixchilarga eʼtibor uchun tashakkur
👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏
#tarix
#Amirov
#Abituriyentlarga
Mavzu: Pullar
Oʻzbek xalqida “pul – jigardan boʻlgan” degan ibora mavjud. Keling, pullarning nomlanishi haqida tarix darsliklaridagi faktlarni qarab chiqamiz.
1️⃣ Mesopotamiyada kumush quymasi pul oʻrnida ishlatilgan;
2️⃣ Fors podsholigida Doro I davrida “darik” zarb qilingan;
3️⃣ Oʻrta Osiyoda dastlabki tanga-pullar mil.avv. V – IV asrlarda tarqalgan;
4️⃣ Vizantiyada oʻrta asrlarda “numisma” deb atalgan pul ishlatilgan;
5️⃣ Xitoyda VII asrda “syan” deb atalgan pul zarb qilingan;
6️⃣ Xitoyda Yuan sulolasi davrida qogʻoz pul ishlab chiqarilgan;
7️⃣ Somoniylar davlatida “dirham” va “fals” deb atalgan pullar muomalada bo’lgan;
8️⃣ Chigʻatoy ulusida Kebekxon “kepaki” nomini olgan “dinor” va “dirham” deb atalgan tangalar zarb qildirgan;
9️⃣ Mirzo Ulugʻbek 1428-yilda fulusiy pullar islohatini oʻtkazgan, bu xalq orasida “fulusi adliya” ya’ni “adolatli chaqa” nomini olgan;
🔟 Buxoro amirligida pullar “tilla”, “tanga” nomlari bilan atalgan;
1️⃣1️⃣ Qoʻqon xonlaridan Norboʻtabiy – “fals”, Olimxon – “dinor”, Umarxon – “dirham” deb nomlangan tangalar zarb qildirishgan;
1️⃣2️⃣ Yaponiyada Meydzi islohotlari davrida “iyena” deb nomlangan pul zarb qilingan;
1️⃣3️⃣ Buyuk Britaniyada pul birligi “funt-sterling” deb ataladi;
1️⃣4️⃣ Germaniya pul birligi XX asr boshida “marka” deb atalgan;
1️⃣5️⃣ Qozogʻistonda 1993-yil noyabrda milliy valuta – “tenge” muomalaga kiritilgan;
1️⃣6️⃣ Oʻzbekistonda 1993-yil 1-noyabrda “soʻm-kupon” muomalaga chiqarilgan boʻlsa, 1994-yil 1-iyuldan hozirgi milliy valutamiz - “soʻm” muoamlaga kiritilgan;
1️⃣7️⃣ Ukrainada 1996-yilda “grivna” deb atalgan valuta muomalaga kiritilgan;
1️⃣8️⃣ Yevropa Ittifoqida (Buyuk Britaniyadan tashqari) 2002-yilda yagona valuta – “yevro” joriy qilingan;
1️⃣9️⃣ Laos pul birligi “kipa” deb ataladi;
2️⃣0️⃣ Indoneziya pul biriligi “rupiya” deb ataladi;
2️⃣1️⃣ Hindiston pul birligi ham “rupiya” deb ataladi;
2️⃣2️⃣ Turkiya pul birligi hozirda “lira” deb ataladi;
2️⃣3️⃣ Meksika pul birligi “peso” deyiladi;
2️⃣4️⃣ Rossiya Federatsiyasida pul birligi “rubl” deb ataladi.
Muallif: O'rol Amirov
(@Amirov0215)
@Amirov0215_tarix
Chavandozlar! Qani, otlaning darhol,
Barchaga yetarli o‘q-dori, qurol.
Aslo ikki qilmang sardoming so‘zin,
Tunda yo‘l bosing-u, tongda o‘q uzing.
G‘aflatda qoldiring dushmanni har kez,
Lekin chekinmoqni o‘ylamang hargiz.
Dunyoda bo‘lmagan, bo‘lmaydi hech ham,
G‘alaba ta’midin shirinroq bir ta’m.
Xendrik Vitboy
@Amirov0215_tarix
#Zakovatchi_muarrix_3
4⃣9⃣-savolning javobi: Xendrik Vitboy
Izoh:
Namibiya Afrikadagi davlat. Afrikalik va
XX asrning boshlarida vafot etgan shoirni izlash kerak edi. Xendrik Vitboy 1905-yil vafot etgan.
To'g'ri javob berganlar:
1⃣ Berdiboyev Ulug'bek 🥇
2⃣ O'ljayev Shexroz 🥈
3⃣ G'aniyev Mardon 🥉
4⃣ Temirova Saidabonu
5⃣ Fayzullayev Azizbek
6⃣ Ataqulov Behruz
7⃣ Mardonqulov Mizrob
8⃣ Nasriyev Behruzbek
9⃣ O'razaliyev Abror
🔟 Sardor Hazrat
Javob variantini yuborgan barcha tarixchilarga eʼtibor uchun tashakkur
👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏
@Amirov0215_tarix
#tarix
#Amirov
#Abituriyentlarga
Mavzu: Banklar
1⃣ Bank soʻzi italyancha “banko” – “kursi, sarrof doʻkonidagi oʻrindiq” nomidan olingan;
2⃣ Dastlabki banklar XIV – XV asrlarda Italiyaning yirik shaharlarida paydo boʻlgan;
3⃣ XV asrda zamonaviy koʻrinishdagi ilk bank – Genuyadagi Avliyo Georgiy banki paydo boʻlgan;
4⃣ XIX asrning ikkinchi yarmida Argentinaning Buenos-Ayres shahrida Milliy bank ochilgan;
5⃣ 1889-yilda ingliz monopolisti Reyter Eronda “Shahonshohbank” ochishga erishdi;
6⃣ XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rossiyada “Peterburg xalqaro banki”, “Azov-Don” va “Rus-Osiyo” mamlakat hayotida yetakchi rol oʻynay boshlaganlar;
7⃣ Stolipin agrar islohatida dehqonlarga davlat va pomeshiklarga qarashli yerlari sotib olishlari uchun “Dehqonlar banki” orqali yordam berish koʻzda tutilgan;
8⃣ XX asr boshida Avstriya-Vengriyada ssuda kapitali Venadagi yirik banklarda toʻplangan;
9⃣ XX asr boshida Fransiyada uchta, AQSHda ikkita gigant banklar vujudga kelgan;
1⃣0⃣ Chor Rossiyasi davrida Oʻrta Osiyo davlat banki Toshkentda ochilgan;
1⃣1⃣ Chor Rossiyasi davrida Rossiya davlat bankining boʻlimi Buxoroda ochilgan;
1⃣2⃣ Rossiya-Osiyo bankining boʻlimi Yangi Urganchda ochilgan;
1⃣3⃣ Sibir savdo bankining boʻlimi Yangi Urganchda ochilgan;
1⃣4⃣ 1909-yilda Rossiya-Osiyo banki va Madiyorov-Baqqolov kapitalini birlashtirgan "A-Meta" sindikati tashkil etilgan;
1⃣5⃣ 1918-yil 22-fevralda Qoʻqon shahrida Rus-Osiyo banki binosida bolsheviklar va mahalliy aholi vakillari oʻrtasida “tinchlik shartnomasi” imzolangan;
1⃣6⃣ 2006-yilda Jahon bankining prognoziga koʻra, 2025-yilga kelib Hindiston iqtisodiyoti dunyoda Xitoy va AQShdan soʻng uchinchi oʻringa chiqishi mumkin;
1⃣7⃣ 2017-yil 3-avgust kuni ijodkor ziyolilar bilan bo‘lgan uchrashuvida bir qator madaniy muassasalarga homiy tashkilotlar belgilab berildi. Shu yo‘nalishda Xalq banki bilan Yozuvchilar uyushmasining “Do‘stlar klubi” tashkil etildi;
1⃣8⃣ Shavkat Mirziyoyev 2017-yil BMTning 72-sessiyasiga borgan payti Jahon banki prezidenti Jim Yeng Kim bilan uchrashdi;
1⃣9⃣ Bankrotlik holati:
2001-yil Argentina,
1876-yil Usmonli davlati;
2⃣0⃣ Bankirlar:
Amerikalik Charlz Daues,
Nemis bankiri Simens.
Muallif: O'rol Amirov
(@Amirov0215)
@Amirov0215_tarix