amorfs | Unsorted

Telegram-канал amorfs - #AMORF'S

29

Amorf - yunoncha so'z bo'lib "shaklsiz" degan ma'noni anglatadi! Hammasi - hamma uchun va hamma narsa haqida! Aloqa : @amorfs_bot

Subscribe to a channel

#AMORF'S

Kanaldagi oxirgi postda ham ma’no bor ekan. Xuddi obunachilar bilan xayrlashgandek)

Читать полностью…

#AMORF'S

Mo so‘rovnomagayam bir yildan oshibdi)

Читать полностью…

#AMORF'S

#Nodir_ovozlar

Mirzohid Botirov
"Yangi Yil"

@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

#Nodir_ovozlar

📝"Gar muhabbat deganlari shunday bo'lsa,Endi boshqa sevishni ham xohlamaymiz..."

@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

#Nodir_ovozlar

📝Juraboyev Abdurahmon "Mayli,keting ortingizga qaramasdan..."

@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

#nega

Nega ba'zida quloqlar "qiziydi"?

Menimcha, quloqlarimiz qizarib, qizib ketishi hammamizda uchraydigan holat. Bunga nimalar sabab bo'ladi?!

Ko'pincha, bu hissiyot, ayniqsa, miyadagi va umuman boshga qon oqimining sezilarli darajada ko'payishi bilan bog'liq.

Ushbu jarayonga quyidagilar sabab bo'ladi:
• Haddan tashqari hayajon va xijolat.

• Murakkab masalalarni yechish.

• Sovuq qotib qolgan quloqlarni isitish.

Aytilganidek kimdir siz haqingizda eslagani sabab emas, quloqlar qizishiga)

@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

#iqtibos

Vaqt haqida bahs yurita yurita faylasuflar aziz vaqtlarini yo'qotib o'tishdi.

© Gyote

@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

#bugun

🗓 28-dekabr — Grigoriy taqvimida yilning 363-kuni. Yil yakuniga 3 kun qoldi.

📎 Xalqaro kino kuni;
📎 AQSH Ogayo shtatida Uilyam Sempl o‘zi yaratgan "saqich" uchun patent olgan (1869);
📎 Nemis fizigi V. Ryontgen birinchi bor "rentgen nurlari" kashfiyoti haqida ma’lumot bergan (1895);
📎 Tadqiqotchilar Ogyust i Lui Lyumyer Parijda o‘zlari kashf etgan - syomka qila oladigan apparatlari yordamida yozib olingan ilk kinometrajni ommaga namoyish etishgan (1895);
📎 O‘zbekiston xalq artisti Doni Zokirov tavallud topgan (1914)
📎 Shoir Erkin Vohidov tavallud topgan (1936)
📎 Jizzax viloyati tashkil etilgan (1973);
📎 Mustaqillik monumenti oldida "Baxtiyor ona" siymosi ifoda etilgan muazzam haykal qad rostlagan (2005)

@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

#iqtibos

Bir kishining o‘limi fojia, millionlab kishilarning o‘limi esa shunchaki statistika.

© Iosif Stalin

@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

#bugun

🗓 26-dekabr — Grigoriy taqvimida yilning 361-kuni. Yil yakuniga 5 kun qoldi.

🎁 Xalqaro sovg‘alar kuni;
📎 zahiriddin Muhammad Bobur 47 yoshida vafot etdi (1530);
📎 "Qirol Lir"ning ilk postanovkasi chiqdi (1606);
📎 Andijon viloyatida Ulug'nor tumani tashkil topdi (1973);
📎 Hindistonning sobiq bosh vaziri Indira Gandi qamoqdan ozod qilindi (1978);
📎 UELSlik futbolchi Aaron Remzi tavallud topdi (1990);
📎 SSSR rasman tugatildi (1991);

@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

#nega

Nega ayollar kirpiklarini bo'yaganda og'zini ochishadi?

Pardoz qilganingizda sizda ham shunday jarayon kuzatiladimi), bugun shunga to'xtalamiz.

Bu odat yoki o'rganib qolishdan emas, shunchaki boshimizni orqaga tashlaganimizda bo'yin muskullarimiz qisqarishi sabab yuzaga keluvchi hodisadir. Shu sabab pastki jag'ning harakatchanligi uchun mas'ul bo'lgan mushaklar tinch holatda qoladi va og'iz ochiladi. Mexanizm chaynash harakatlaridan biroz farq qiladi.

Boshingizni sal orqaga tashlang va bo'yinning old qismidagi mushaklarni butunlay bo'shashtiring va o'zingiz sinab ko'ring.)

@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

#iqtibos

Bu dunyoda o‘lim va soliqlardan boshqa hech narsa muqarrar emas.

© Benjamin Franklin, siyosatchi

@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

​​#bugun

🗓 24-dekabr — Grigoriy taqvimida yilning 358-kuni. Yil yakuniga 7 kun qoldi.

📎 Boshqirdiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni;
📎 Turk shoiri Tavfiq Fikrat tavallud topgan(1867);
📎 Ingliz fizigi Tomson tavallud topgan (1918);
📎 Saddam Husaynning Isroil Iroqning birinchi nishoni bo'lishini aytdi (1990);

@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

#nega

Nega klaviaturadagi harflar alifbo tartibida emas?

Oldinroq sızlar bilan kompyuter va telefondagi sonlar joylashuvi haqida gaplashgandik. Bugun esa harflar haqida gaplashamiz.

Nega klaviaturada harflar alifbo tartibida emas?! Bunga yozuv mashinkalari bilan sodir bo'lgan noqulayliklar sabab. Ya'ni yozuv mashinasida avval alifbo tartibida harflar joylashtirilgan. Yonma-yon joylashgan va ko'pincha ketma-ketlikda ishlatiladigan harflar terilganda yozuv mashinkasining bolg'achalari harakatlanishi noqulay va ilojsiz bo'lib qoladi. İnglizlar ushbu muammoni amaliy hal qilishga kirishadilar va natijada hozirgi klaviatura yaratiladi.

Avvaliga mashinkalarda keyin kompyuter va telefonlarda ushbu klaviaturadan keng foydalanishadi. Shunaqa gaplar)

@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

#Nodir_ovozlar

📝Farida Afro'z "Ey dil,seni nima qilay,nima qilsam og'rimaysan.?!

@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

Xudo xohlasa, 10 yilligini nishonlaymiz)

Читать полностью…

#AMORF'S

​​ХАЙРЛАШУВ

2020, яхши қол, хуш қол,
Азобли тўрт фасл алвидо сенга.
Умрим тақвимида тўксанг-да виқор,
Ҳатто бир лаҳзанг ҳам тушмас эсимга.
2020 эшигимни ёп

@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

​​Ko‘ngil ma’yus tortdi yilning so‘nggida,
Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.
Bugun kuppa-kunduz ko‘zim o‘ngida
Yana bir yoshimni o‘g‘irlading, qor.

Yangi yil, kelaver, qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo‘ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo‘qlab kelganingni o‘zi bir bayram
.

©️ Muhammad Yusuf


@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

#iqtibos

Odamlarni yutuq va muvaffaqiyatlaridan emas, xatolaridan o'rganish kerak.

© Jek Ma

@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

#iqtibos

Kuch hayvonlar uchun! Futbol o‘ynashimiz uchun bizga yahshi ishlaydigan bosh va to‘p zarur!

© Lui van Gal

@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

​​#xabarlarga_munosabatlar
#kun_xabarlari

1. Xitoyda o'rgimchaklarning yangi 5 ta turi aniqlandi.

Xitoyda yangi ovqat turlari aniqlandi, xullas.

❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️

2. Sevimli Arqadag' o'z qo'li bilan Qorbobo yasadi.

Shuncha xalqni "yasab" yurgani kammidi?

❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️
3. O'zbekiston xalqi Yangi yilni qor bilan kutib oladimi?

Boshida qor, bo'ynida qarz bilan kutib oladi))

❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️

4.Turkmaniston prezidenti dorivor shirinmiyani koronavirusga tavsiya etdi.

O'zingiz ham yeb turing, miyangiz yaxshi ishlarmidi shunda. Isiriq tugabdi shekilli-da, yangi dori topishibdi.

❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️

5. Gonkongda qiymati 6 mlrd dollarlik suv osti tunneli qurildi va u bepul.

O'zbekistonda uzunligi 7 km lik yangi yer usti metro yo'li qurildi.
Aytgancha, Toshkent Cityga kirish puli hali arzonlamadimi?

❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️

6.Turkiyada fohishalikka majburlangan o‘zbek ayollar ushlandi. Ular o‘ldirish bilan qo‘rqitilgan

O'lib ketgani yaxshi emasmidi bundan ko'ra?

❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️

7.O‘zbekistonga Rossiyadan sovuq havo oqimi kirib keladi

Charter reys bilan kelarmikan😂
Vey, havomizgayam aralashyaptimi endi Rossiya?

❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️

8.Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda nos tayyorlash va sotishni taqiqlashni taklif etmoqda.

Obboo, qo'yag'onglar endi, hamma yoqni virus bosib yotibdi, bular nosga yopishyapti. Savol: kannabisga ruxsat berilishi va nos ta'qiqlanishi orasida bog'liqlik yo'q a?

@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

#nega

Nega eski kitoblarning hidi shunchalik o'zgacha?

Online kitoblar va PDF variantlar ishlatilayotgan bizning zamonimizda qog'oz shakldagi kitoblar o'qishning o'zgacha gashti borligini, faqatgina, asl kitobxonlar anglay oladi.

Qog'oz ishlab chiqarish birmuncha mashaqqatli ish. Yog'och asosan sellyulozali tolalar va ular orasidagi bo'shliqlarni to'ldiruvchi lignindan tashkil topadi. Lignin qog'ozga sariqlikni beradi, shuning uchun uni ishlab chiqarish paytida olib tashlash maqsadga muvofiqdir.

Avvalgi texnologiyalar buni samarali bajarishga imkon bermagan, shuning uchun qog'oz sarg'ish va yumshoq bo'lib chiqqan. Vaqt o'tishi bilan lignin parchalanib, hidli moddalar, shu jumladan, achchiq bodom hidi bilan benzaldegid hosil qila boshlagan.

Menimcha, issiq kofe va eski kitob hidiga hech nima teng emas)

@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

#Nodir_ovozlar

📝Xurshid Karim "Ayting,nimamiz bor, oxirat uchun?

@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

#iqtibos

Vaqt chegaralab berilgan, shu bois uni o‘zgalarning hayotida yashash orqali isrof qilib yuborma. Hech qachon boshqalarning fikridan kelib chiqib harakat qilma. Ularning manfaat ko‘zlangan g‘oyalari quliga aylanib, o‘zligingni yo‘qotib qo‘yma. Eng asosiysi, qalbing va ichki sezgingga quloq tut.

© Stiv Jobs

@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

#iqtibos

Tarixni o‘rganish aql yetukligi uchun eng yaxshi vosita, chunki aynan tarix orqali odamzotning turfa tajribalari haqidagi qaydlarga guvoh bo‘lishing, o‘sha qaydlarda o‘zing va yurtingga nafi tegadigan ko‘plab ibratli misollar va ogohlantirishlarni topishing, o‘tmishdagi yaxshi narsalarni o‘zingga namuna sifatida qabul qilib, nojoiz ishlardan tiyilishing mumkin.

© Tit Liviy

@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

#Nodir_ovozlar

📝Zulfiyaxonim "Bog'lar qiyg'os gulda"

@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

#nega

Nega "ko'karishlar" paydo bo'ladi?

Biror joyga qattiqroq urilsak yoxud kimdir chimchilab olsa) tanamizda ko'karish vujudga keladi. Xo'sh bu qanday ro'y beradi?!

Urishganda yoki jarohatlanganda shikastlanish joyida mayda qon tomirlari – kapillyarlar shikastlanadi. Ulardan qon oqib, atrofdagi yumshoq to'qimalarga, teri ostiga tarqaladi. Qonda juda ko'p gemoglobin mavjud bo'lib, unga yorqin qizil rang beradi va yangi ko'karishlar gemoglobin tufayli binafsha-qizil rangga ega.

Ma'lum vaqtdan so'ng oq qon hujayralari - leykotsitlar shikastlanish joyiga kela boshlaydi. Ular qon ketish joyini o'rab, yorilgan kapillyarlardan to'kilgan qon hujayralarini yo'q qilishni boshlaydilar.

Leykotsitlar gemoglobinni yo'q qilganda, ko'karganlarning rangi binafsharang-ko'kdan sariq-yashil ranggacha o'zgaradi, keyin butunlay yo'qoladi.

Kapillyarlarni ehtiyot qiling)

@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

#iqtibos

Pessimist har bir imkoniyatda qiyinchilik ko‘radi, optimist har bir qiyinchilikda imkoniyat ko‘radi.


© Uinston Cherchill

@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

​​#bugun

🗓 23-dekabr — Grigoriy taqvimida yilning 357-kuni. Yil yakuniga 8 kun qoldi.

📎 Meksikada Rediska kuni;
👂 Vincent van Gog o’z qulog’ini kesdi (1888);
📃 Atoqli shoir Asqad Muxtor tavallud topgan (1920);
🎙 Xonanda va Kino aktyor Samandar Hamroqulov tavalud topgan (1978);
🇳🇵 Nepalda monarxiya tugatildi (2007);
🇺🇿 Islom Karimov 7 yil muddatga uchinchi marta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi (2007);

@amorfs

Читать полностью…

#AMORF'S

​​#kun_xabarlari

1. «Zavod yonida gazning hidini hidlab yashayapmiz». Muborakdagi qishloq ahli gaz ta'minoti qayta tiklanishidan umidvor.

Xabar bo'yicha bajariladigan amaliy ish quyidagilardan iborat bo'ladi taxminan: yo aholiga protivogaz tarqatiladi yoki gaz hidini tashqariga chiqmaydigan qilishadi.
Jaa bo'lmasa aholini zavoddan uzoqroqqa "ixtiyoriy" ko'chirishadi.

2. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yilda Rossiyaga boradi.

Nima qilibdi shunga? Bu yangilik emas. Masalan, Byxoro amiri Olimxon ham tez-tez borib-kelib turgan Rossiyaga. Xudoyorxon bo'lsa bir yo'la ko'ch-ko'roni bilan ketgan u yoqqa))

3.FIFA sobiq rahbari millionlab mablagʻlarni oʻzlashtirishda ayblanmoqda.

Bejizga futbol millionlar o'yini emas-da.

4.Andijonda mansabdorlar 260 mln soʻmlik gaz quvurlarini “yeb yuborgani” aniqlandi..

Ee oshqozoning zanglagurlar))

5.Ha, shunaqa boʻlishi ham mumkin: Samarqand viloyatida ikki sutka davomida 74 soat “svet” boʻlmadi. Bunda MET javobgarlikni HETga, HET esa METga yuklamoqda.

It itga, u esa quyrug'iga, eski hammom- eski toz xullas, ha mayli, uka, shamni yoqvor, fonar zaryadi tugadi))

6.Olimlar qadimgi odamlar sovuqdan omon chiqish uchun uyquga keta olganini aniqladi.

Xuddi bizning qishloqlardagi odamlarga o'xshashgan ekanda a unda🤔

7.Qarshi shahrining ayrim hududlari olti soatlab elektrsiz qoldi.

Eee, uzr, men yangilik tashlayotgandim a, esdan chiqibdi.
Boshqa xabarlarga o'tamiz.

8. AES bo‘yicha shartnoma tayyor, texnik jihatlar qoldi” — Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi.

Demak hali hech narsa tayyor emas.

9. Sut narxlari qimmatlashmoqda: sabab va oqibatlar.

Sigirlar ko'p o't yeb qo'yyapti.

10. O‘zbekistonda vaksinani birinchi bo‘lib keksalar, shifokorlar, o‘qituvchilar va tarbiyachilar oladi.

Hokim va deputatlar ham olishsin, "ketsa" birga ketishadi-da

@amorfs

Читать полностью…
Subscribe to a channel