Xalqaro grantlar(hozircha faqat matematika bo`yicha) va ularga tayyorgarlik bo`yicha websayt
Deyarli bir oydan buyon matematika fanidan yosh talabalarimizni xalqaro darajaga ko`tarish maqsadida sinov tayyorgarliklari olib boryapmiz. Barcha uchun foydali bo`lishi uchun tayyorgarlik materiallari va foydali grantlar linklari bo`lgan va muhim maslahatlar-u kerakli kitoblar haqida ma'lumotlar berilib boriladigan bir websayt ham yaratildi:
https://sites.google.com/view/grantsforuzbeks-math/
Ushbu sayt hozircha faqat matematik yoshlar uchun, keyinchalik boshqa yo`nalishlarda ham shunday ishlar olib borishga harakat qilamiz. Alloh xayrli qilsin!
Ma'lumot uchun: sayt asta-sekinlik bilan to`ldirib boriladi, kamchiliklar uchun oldindan uzr so`raymiz!
@karimraximov
Ergodiklik nazariyasi va dinamik sistemalar yozgi maktabi doirasida 15-iyul soat 13:40 dan-15:40 gacha xoxlovchilar uchun kichik imtixon bo`lib o`tadi. Natijalarga qarab 8 tagacha qatnashchi ICTP tomonidan maxsus pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Imtixon savollari @ENDS2021_1 telegram kanalida e'lon qilinadi. Savollar "Ergodiklik nazariyasiga kirish" va "Kompleks dinamik sistemalar" kurslaridan bo`lib umumiy 6 ta masala beriladi. Tanlovga bakalvr, magistr va doktorant(phd)lar qatnashishi mumkin.
@ENDS2021_1
Navbatdagi Zoominar
28-mart yakshanba kuni soat 14:00 da navbatdagi Zoominar bo`lib o`tadi. Unda Germaniyaning Myunster Universiteti doktoranti Shoxrux Ibragimov "Machine Learning. Artificial Neural Networks" mavzusida ma'ruza qiladi hamda "Ergodiklik Nazariyasi va Dinamik Sistemalar" yozgi maktabi tashkilotchilari yozgi maktab haqida ma'lumot berishadi. Barcha qiziquvchilar qatnashishi mumkin!
@karimraximov
MathForum Notes 1/2021
"Darajali qatorlarning nisbati va ularning ba'zi tadbiqlari"
by @jonibek-abdullayev
-------------------------------------------
MathForum Notes ning 2021 dagi birinchi artikli chop etildi. Artikl uchun @jonibek-abdullayev
ga alohida tashakkur 👏. O'ylaymiz-ki, ushbu artikl ham sizga ma'qul bo'ladi.
- MathForum Notes 2021: https://mathforum.ihubmathuz.org/mathform-manbalari/mathforum-notes-2/mathforum-notes-2021/
- to'g'ridan-to'g'ri yuklab olish uchun: https://mathforum.ihubmathuz.org/wp-content/uploads/2021/03/2021-1_Darajali_qatorlarning_nisbati_va_tadbiqlari.pdf
---------------------------------------------------
MathForumga a'zo bo'lishni unutmang!
@mathuz_ihub
" Ergodiklik nazariyasi va Dinamik sistemalar" yozgi maktabiga qatnashing.
2021-yil 12-16-iyul kunlari xorijdagi matematiklarimiz tashkilotchiligida O'zbekistondagi matematik talabalar, magistr va phdlar uchun "Ergodiklik nazariyasi va Dinamik sistemalar" nomli onlayn(+offline) yozgi maktab o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu yozgi maktabda zamonaviy matematikaning dolzarb yo'nalishlari bo'yicha 2 ta kurs o'qitiladi:
1. Ergodiklik nazariyasiga kirish.
2. Kompleks dinamik sistemalariga kirish.
To'liq ma'lumot yozgi maktab saytida:
https://sites.google.com/view/ends2021
Maktabga qatnashmoqchi bo'lsangiz quyidagi linkka registratsiya qiling:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScK5SkSUv69MZAnHippSxKHiXpDFyEazd5ZjYu1GSqqkV88Bw/viewform?vc=0&c=0&w=1&flr=0&gxids=7628
Unutmang bizda ilm berish doimo tekin!
@karimraximov
Bugun Zoominar!
Eslatib o'tamiz 13:50 da navbatdagiz Zoominarimiz bolib o
tadi. Unda xorijdagi yosh olimimiz Mahmudov Mirmuxsin Ma'ruza qiladi. Zoominarga kirish linki:
...
@analizningnostandartmasalalari
Kutib oling bizning talabalar olimpiadasi uchun birinchi kitobchamiz. Ushbu kitobda 2020 yilda o'tkazilgan UZMSL va Nabla olimpiadalari jamlangan. Marhamat vaqtingizni bekorga sarflamang va miyangizni charxlab turing!!!
Kamchiliklar bo'lsa mualliflarga murojaat qilishingizni so'raymiz.
Ushbu kitobni tijoriy maqsadda ishlatish qatiyan ta'qiqlanadi!!!
Mathforum manbalari:
https://mathforum.ihubmathuz.org/mathform-manbalari/ihubmathuz-books/
@analizningnostandartmasalalari
Endi, har yilgi artikllar yig'ib boriladi, hozircha, MathForum Notes deb nom berdik.
https://mathforum.ihubmathuz.org/mathform-manbalari/mathforum-notes-2/
Yuqoridagi linkda MathForum Notes 2020
ga kirib ko'rishingiz mumkin.
-----------------------------------------------
Note larga maqola emas, ko'proq kichik artikl, yoki qo'llanma sifatida qarashingizni so'ragan bo'lar edik. Kuchli taqriz qilinmaydi, ba'zi typo yoki kamchiliklar ham bo'lishi mumkin (doim to'g'irlashga harakat qilamiz), har xil multilingual terminlardan, so'zlardan foydalanilgan bo'lishi mumkin, maqsad - shunchaki forumlardagi ba'zi discussionlarni bir xil mavzu ostida yig'ib kichik artikl sifatida boshqalar foydalanishi uchun ham qulaylashtirish. PDF versiyasini yuklab olgan holda print qilib foydalanish imkoniga ega bo'lamiz.
O'ylaymiz-ki, MathForum Notes da artikllar contenti tez orada yanada kengayadi!
@mathuz_ihub
IMC 1994 masalalari,
Universitet talabalari uchun Forumda discuss qilishga yaxshi imkoniyat. Masalalar va yechimlariga o'z fikrlaringizni bildiring.
@analizningnostandartmasalalari
Ajoyib yangilik!
MathForumda endi olimpiadalar ostida ularning pdf versiyalari ham joylanib boriladi.
Xuddi yuqoridagidek, alohida pdflar joylashtiriladi. Xohlagan paytingizda yuklab olishingiz mumkin bo'ladi!
@mathuz_ihub
Funksional tenglamalar bo'yicha yangi marafonni boshlaymiz! Xohlovchilarni ishtirok etishga chorlab qolamiz.
https://mathforum.ihubmathuz.org/community/olimpiada/functional-equations-funksional-tenglamalar-marathon/
@mathuz_ihub
Dirixle teoremasi bo'yicha fikrlar bo'lsa:
https://mathforum.ihubmathuz.org/community/discuss_research/what-i-know-the-dirichlets-theorem-on-arithmetic-progressions-english-uzbek/
Analytic number theory ga qiziquvchilar uchun ham foydali bo'ladi.
@mathuz_ihub
Bugungi Zoominarga kirish linki:
https://ruhr-uni-bochum.zoom.us/j/97893269129?pwd=T1plMHhINmN0T3lKRmRLVlV3bjJYZz09
Zoominar 20 minutdan keyin boshlanadi!!!
@analizningnostandartmasalalari
Webinarimiz (zoominar) davom etadi. Keyingi, 6-zoominar ni tez orada to'liq annons qilamiz.
Zoominar shu shanba kuni (21.11.2020) soat 14:00 (Tashkent time) ga rejalashtirilgan. Barchaga qatnashishni tavsiya qilamiz. Siz uchun juda foydali bo'ladi!
Bu galgi speaker: Ibrokhimbek Akramov (Institute of Applied Analysis, Ulm University, Germany)
Talk mavzusi: Euler equations (Eyler tenglamalari)
@analizningnostandartmasalalari
"Ergodiklik nazariyasi va dinamik sistemalar" yozgi maktabi doirasida 15-iyul, payshanba kuni, Soat 15:55 da Italiyaning Trieste shahrida joylashgan Xalqaro nazariy fizika markazi (ICTP) Professori Stefano Luzzatto "Physical Measures" mavzusida ma'ruza qiladi. Undan tashqari ushbu ma'ruzada ICTP markazi faoliyati ham tanishtirib o`tiladi. Barcha qiziquvchilar qatnashishi mumkin. Quyidagi zoom link orqali ma'ruzani kuzatishi mumkin:
Topic: Professor Stefano Luzzatto, Ergodic theory
Time: Jul 15, 2021 16:00 Islamabad, Karachi, Tashkent
Join Zoom Meeting
https://univ-lille-fr.zoom.us/j/92706988384?pwd=VThMeGt3YmRZQ0N5TkM3bW9FK1pWUT09
Meeting ID: 927 0698 8384
Passcode: 596266
#ENDS2021
Ergodiklik nazariyasi va Dinamik sistemalar yozgi maktabida ro`yxatdan o`tish yakuniga yetdi. Yozgi maktabda 100 dan ortiq qatnashchi ro`yxatdan o`tdi.
Yozgi maktab dasturi va qo`shimcha malumotlarni https://ends2021.ihubmathuz.org/ saytidan olishingiz mumkin. Qo`shimcha malumotlar yaqin orada ro`yxatdan o`tganlar elektron pochtalariga yuboriladi.
@karimraximov
Olimpiadaga qiziquvchi talabalar diqqatiga
Turkmanistonda onlayn o'tkaziladigan
Open Mathematical Olympiad for University Students olimpiadasiga qatnashishga taklif qilaman.
Olimpiadaga yakkalik va jamoaviy qatnashishingiz mumkin. Ikki holat uchun ham olimpiada saytida registratsiya qilishingiz lozim bo'ladi:
Deadline for registration 24.04.2021
Official site of olympiad:
https://iuhd.edu.tm/competition/45
@karimraximov
#ENDS2021
" Ergodiklik nazariyasi va Dinamik sistemalar" yozgi maktabi sayti test rejimidagi saytdan haqiqiy saytga ko`chdi:
ends2021.ihubmathuz.org
Bundan keyin barcha yangiliklar ushbu saytda e'lon qilib boriladi. Hozirgacha registratsiya qilganlar ro`yxati ham yangilandi va saytimizda e'lon qilindi. Kirib ko`ring va saytimizga baho bering, takliflaringiz bo`lsa biz bilan bog`laning!
PS: Bu sayt uchun alohida registatsiya qilishingiz shart emas, avvalgi registartsiyangiz yetarli!!!
@karimraximov
MathForum Notes 2/2020
"Musbat hadli qatorlarning yaqinlashish alomatlari"
by @laziz-abdullaev
O'tgan yilning yuklanmay qolgan soni. Endi .pdf versiyasini ham yuklab olishingiz mumkin (yuklab olish tugmasi orqali). O'ylaymiz-ki, ushbu artikl ham sizga ma'qul bo'ladi... 🤗
- Mathforum Notes 2020 👉
https://mathforum.ihubmathuz.org/mathform-manbalari/mathforum-notes-2/mathforum-notes-2020/
- to'g'ridan-to'g'ri yuklab olish uchun 👉 https://mathforum.ihubmathuz.org/wp-content/uploads/2021/02/2020-2_musbat_hadli_qatorlarning_yaqinlashish_alomatlari.pdf
@mathuz_ihub
Yosh matematiklar uchun navbatdagi zoominarimiz 07.02.2021 yakshanba kuni soat 13:55 da boshlanadi. Unda hozirda Italiyaning ICTP markazida ta'lim olayotgan Maxmudov Mirmuxsin ma'ruza qiladi. Barcha qiziquvchilarni zoominarga qatnashishga taklif qilamiz.
Zoominarga kirish linki yakshanba kuni soat 13:45 da e'lon qilinadi.
@analizningnostandartmasalalari
Misol uchun, yuqoridagi link orqali MathForum Notes 2020/1 , ya'ni 2020 ning birinchi artiklini topishingiz mumkin. Bu Dirixle teoremasi bo'yicha qilgan forumimiz asosida yaratilgan. 16/12/2020
da saytga chop etilgan.
Hozircha ba'zi kamchiliklari bo'lishi mumkin, kichik taqrizdan keyin (typo larni tekshirish kerak) xatolarini to'g'rilab yana upload qilamiz. Kichik na'muna tariqasida yuklab ko'rsatdik.
----------------------------------
Har qanday kamchilik uchun Forumdagi mavzu linki orqali muhokama qilishingiz mumkin. Shu bilan xatolar ham tez to'g'rilanadi.
Fikrlaringiz, yoki takliflaringiz bo'lsa Forumda bildirishingiz mumkin. Bularning barchasi MathForumdagi matematiklar tomonidan qilinadi, ya'ni birorta ma'sul shaxs yoki boshqaruvchi yo'q. Forum a'zolari o'zlari hal qilaveradi, qanday shaklda, qanaqa ko'rinishda va nimalar haqida muhokama qilishni. Forumga a'zo bo'ling, siz ham ushbu jarayonni bo'lagiga aylanasiz. Eng muhimi, bilimlaringizni oshirishingizga ham yordam beradi!
@mathuz_ihub
https://mathforum.ihubmathuz.org/community/ilmiy_ish_karim_rakhimov/
Ushbu forumda nostandart masalalar berib borishni boshladim. Har xil teoremalarni tahlil qilishni va shogirdlar bilan shug`ullanishni shu forumda yo`lga qo`yishni niyat qilganman. Kiring, registratsiya qiling va fikr bildirib o`zingizni ko`rsating!!!
@karimraximov
👆👆👆
Uzbekistan TST - xalqaro olimpiadaga saralash masalalari. Yechimlar va mulohazalar uchun pdf ichidagi linkga murojaat etishingiz mumkin.
Ushbu 2015 va 2019 yilgi masalalarni MathForumga kiritganligi uchun MathForum useri @abdushukur
ga minnatdorchilik bildiramiz!
----------------------------
MathForumda faol ishtirok eting!
@mathuz_ihub
7-Zoominar dasturi👆. Navbatdagi zoominarimiz 12.12.2020 shanba kuni soat 13:55 da boshlanadi. Zoominarga kirish linki shanba kuni soat 13:30 da e'lon qilinadi.
@analizningnostandartmasalalari
Dirixle teoremasi: oxirgi paragrafda teoremaning o'zini ham isboti bor, to'liq bo'ldi.
Roadmap ga ko'ra biz nima qildik:
- Dirixle qatorlarini ozgina bo'lsada o'rgandik, unga qo'shib Riman zeta funksiyasini ham ba'zi xossalarini;
- Tub sonlar to'plamlari uchun analitik zichlik kiritdik, keyin arifmetik progressiyada tub sonlar cheksiz ko'pligi uning analitik zichligini 0 dan kattaligiga ekvivalentligiga keltirdik!
- L-funksiyalarni o'rgandik, buning uchun oldin modular character kerak edi, shu boisdan character theory va repn theory ga kichik kirish qildik.
- L-funksiyalarda oxirgi muhim qadam L(1,\chi ) ning non-trivial character uchun noldan farqliligi edi, uni keltirib chiqardik (muhim qadam);
- va oxirida, yuqoridagilardan foydalanib, arifmetik progressiyadagi tub sonlarning analitik zichligi haqiqatdan >0 ligini ko'rsatdik.
-----------------------------------------------------
Demak, boshlang'ich hadi va ayirmasi o'zaro tub bo'lgan arifmetik progressiyalarda (butun sonlar) tub sonlar cheksiz ko'p ekan! ☺️
https://mathforum.ihubmathuz.org/community/discuss_research/what-i-know-the-dirichlets-theorem-on-arithmetic-progressions-english-uzbek/
Agar qiziquvchilar bo'lsa, muhokamaga qo'shiling.
@mathuz_ihub
6-zoominar, yozib olingan videosi:
https://m.youtube.com/watch?v=xn1myVV3iN4
Speaker: Ibrokhimbek Akramov
Talk mavzusi: Euler equations (Eyler tenglamalari)
@analizningnostandartmasalalari
21.11.2020 soat 14:00 da navbatdagi Zoominarimiz bo`lib o`tadi. Zoominar dasturi bilan tanishing. @analizningnostandartmasalalari
Читать полностью…Assalomu alaykum. Biz kelishgan holda endi olimpiadalar bilan bog'liq ishlarga aralashmaslikka qaror qildik, olimpiadaga tayyorgarlik qilmoqchi bo'lganlar
http://mathforum.ihubmathuz.org
saytida bemalol tayyorgarlikni davom ettirishingiz mumkin. Bu kanalda biz faqat ilmiy ishlar va xorijdagi matematiklarimiz ishtirokida webinarlarni davom ettiramiz.
Abror Pirnapasov
Xakimboy Egamberganov
Karim Raximov
@analizningnostandartmasalalari