⚡️ ANDIJONDA “UCH AVLOD” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
🇺🇿 Joriy yilning 9-yanvar kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi munosabati bilan Andijon shahrida joylashgan harbiy qismda “Kim vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” shiori ostida “Uch avlod” uchrashuvi o‘tkazildi.
✔️ Uchrashuv davomida so‘zga chiqqan faxriylar bugun milliy armiyamiz saflarida harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga va mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritib, yoshlarni mazkur imkoniyatlardan oqilona foydalanish lozimligini qayd etib o‘tdilar.
📌 Shundan so‘ng so‘zga viloyat “Ittifoq” sardori X.Nabiyev chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda el-yurt osoyishtaligini va tinchligini saqlash maqsadida xizmat qilgan keksa avlod vakillarini e’zozlash, ularning boy hayotiy tajribalaridan yoshlar ko‘proq foydalanish lozimligini ta’kidladi.
📝 Uchrashuv savol va javoblarga boy ruhda o‘tdi. Unda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
👮♂️👨💼👩💼 Uchrashuvda harbiy xizmatchilar, viloyat Sardorlar Kengashi a’zolari va faol yoshlar ishtirok etdilar.
🌐 Bizni kuzatib boring 👇👇👇👇
Telegram: @Yoshlarittifoqi_Andijon
Facebook:https://www.facebook.com/profile.php?id=100041740996783