andijonsardorlari | Unsorted

Telegram-канал andijonsardorlari - Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

216

🇺🇿 O‘zbekiston bolalar tashkiloti Andijon viloyat Sardorlar Kengashining rasmiy kanali (Andijon viloyati Sardorlar Kengashi Matbuot Xizmati) 📩Murojaat uchun: @odilov_088 🖋 @mannopoov

Subscribe to a channel

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

👋 Qadrli o'quvchilar!

👩‍💻 1-oktabr - Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda O'zbekiston bolalar tashkiloti Andijon viloyat bo'limi hamkorligida asfaltga rasm chizish tanlovi tashkil etilmoqda.

✅ Tanlov "Sizga ta'zimdamiz, aziz ustozlar!" shiori ostida 10-14 yoshdagi maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkaziladi. Unda qatnashish uchun tug'ilganlik haqidagi guvohnomangiz bilan tanlov o'tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan kechikmasdan yetib kelishingiz zarur.

🗺 Tanlov 28-sentabr kuni Andijon shahridagi Ekoparkda bo'lib o'tadi.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

😉Har yakshanba esdan chiqmasin

👩‍👩‍👦 Farzandingiz bilan dam olish kunlar borishingiz mumkin bo‘lgan manzillarni bilasizmi?

👦 O‘zbekiston bolalar tashkiloti jamoasi sizga bu borasida o‘z tavsiyalarini o‘rtoqlashadi.

🏞 Milliy park, istirohat va botanika bog‘lari.
🏦 Muzeylar va tarixiy joylar.
🦭 Hayvonot bog‘lari va akvariumlar.
🏊‍♀️ Suv havzalari va akvaparklar.
🎭 Bolalar teatrlari va kinoshoulari.
🏜Sahro va tog‘larga sayohatlar.

👦👧 Bolalar bilan birga vaqt o‘tkazish, ular bilan o‘ynash va suhbatlashish ularning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Farzandingizning ijtimoiy qobiliyatlari va emotsional holati yaxshilanadi.

👨‍👩‍👧‍👦 Dam olish kunlarini oilangiz va farzandlaringiz bilan o‘tkazing. Yangi xotiralar yarating... Oilaviy fotomarafonda ishtirok eting!

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

🤝 O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan Olmazor tumanidagi “Namuna” MFYda bolalar uchun bayram dasturi tashkil etildi.

🍓 100 dan ortiq bolalar ishtirok etgan ushbu bayram-tadbirida “Quvnoq estafeta”, “Mustaqillik mening tasavvurimda” rasmlar tanlovi, shaxmat va shashka musobaqalari tashkil etildi.


🏆 Tadbir yakunida tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etgan bolalar O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

🇺🇿 Ikki Olimpiya chempioni yana shohsupada!

🥇 Taekvondo WT bo’yicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya o’yinlari chempioni Ulug’bek Rashitov hamda boks boʻyicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya o’yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari finalida gʻalaba qozonib, ikki karra Olimpiya chempioni degan nomga sazovor boʻldi!

🏆 Oʻzbekiston bolalar tashkiloti nomidan sportchilarimizga ulkan zafarlar tilab qolamiz!

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

⚡️Bugun (2-avgust) 18:00da "Bek va Lola" loyihasining taqdimoti hamda yoshlar ishlari agentligining animatsiya va bolalar adabiyoti sohasidagi loyihalar taqdimoti bo'lib o'tadi.

Taqdimot onlayn (rasmiy youtube sahifamizda) va oflayn (Respublika yoshlar ishlari agentligi binosi) tarzda bo'lib o'tadi.

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

⚡️Bolalarni sport to‘garaklariga necha yoshdan bergan maʼqul?

⚽️ Futbol - 10-11 yosh

🏀 Basketbol - 10-12 yosh

🏐 Voleybol - 10-12 yosh

🎾 Tennis - 7-9 yosh

🤼 Kurash (barcha turi) - 10-12 yosh

🏃‍♂️Yengil atletika - 10-12 yosh

🏒 Xokkey - 10-11 yosh

🏓 Stol tennisi - 7-9 yosh

🤸Sport gimnastikasi

👨‍🦱 o‘g‘il bolalar 8-9 yosh

👱‍♀️ qiz bolalar 7-8 yosh

🚲 Velosport - 12-13 yosh

🥊 Boks - 12-14 yosh

🏸 Badminton - 10-12 yosh

Shaxmat - 9-12 yosh

🏊 Suzish - 7-8 yosh

🏋️‍♀️ Og‘ir atletika - 13 yosh


🕊Telegram📱Instagram📱Facebook

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

⚡️“Oromgohda bolajon”

🇺🇿O’zbekiston Bolalar tashkiloti Andijon viloyati sardorlari “Bog’ishamol” oromgohidagi dam oluvchilar bilan bir kunini maroqli o’tkazishdi🤩

💡Andijon tumanining so’lim tabiati bag’rida Andijon sardorlari bolalar uchun seminar-u,qiziqarli treninglar o’tkazishdi. Ularda ham liderlik qobiliyatini shakllantirish uchun guruhlarga bo’linib loyihalar tashkil etildi!

🔥Yoz-sardorlar bilan o’tadi soz🤩

Bizni kuzating:
Telegram 📱 Instagram

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

🇺🇿O‘zbekistonlik qiz nemis tili bo‘yicha Butunjahon olimpiadasida g‘olib bo‘ldi.

🇩🇪Germaniyaning Gettingen shahrida o‘zbekistonlik Rayyona Ibrohimova nemis tili bo‘yicha Butunjahon olimpiadasida g‘olib bo‘ldi. Mazkur olimpiadada 62 davlatdan o‘quvchilar ishtirok etdi. Rayyona Ibrohimova birinchi o‘rinni bangladeshlik Mahek Xon va shimoliy makedoniyalik Ana Kotevska bilan bo‘lishdi.

Yosh o‘quvchilar orasida nemis tili bo‘yicha bilim va ijodkorlikni baholovchi tanlovda “kumush” va “bronza” Meksika, Italiya, Slovakiya, Polsha va Britaniya vakillariga nasib etdi. Rayyona 16 yoshda bo‘lib, kelajakda Germaniyada nemisshunoslik yo‘nalishida tahsil olib, tarjimon bo‘lishni rejalashtirgan.

🏆Ushbu g‘alaba bilan hamyurtimiz Rayyonani Oʻzbekiston bolalar tashkiloti jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

0️⃣0️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣

SUPER YANGILIK ESHITISHGA TAYYORMISIZ?

🇺🇿 Tez kunda Oʻzbekiston bolalar tashkiloti tomonidan navbatdagi mega loyiha boʻlib oʻtishi rejalashtirilmoqda!

Buning uchun, Siz azizlardan bolalar uchun qiziqarli boʻlgan va ular sevib oʻqiydigan 🔝5️⃣ kitoblarni izohlarda yozib qoldirishingiz soʻraladi...


🕊Telegram📱Instagram📱Facebook

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

Хонобод шаҳри Сизни кутмоқда
•••••••••••••
Андижондаги “Дунё садолари” фестивалида дунё юлдузлари Жони, Жаҳ Кхалиб ҳамда Инна иштирок этади.

Саҳифа: @sh_abdurahmonov

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

Telegram orqali muloqotimiz 17:30da boshlanadi.

👉/channel/alisher_sadullaev?livestream

Mavzu: o'zbek va xorijiy tillarni rivojlantirish, o'quv markazlari bilan hamkorlik, "Kelajak kasblari" loyihasini davom ettiramizmi?

Muloqotda, yoshlar yetakchilari, hududiy agentlik rahbarlari, o'quv markazi rahbarlari va "Kelajak kasblari" doirasida kasb o'rganmoqchi bo'lgan yoshlar ishtirok etishadi. Muloqotimiz barcha uchun ochiq.

Izohlarda mavzuga doir savollarni qoldirsangiz, ularga javob berishga harakat qilamiz.

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

“Oromgohda bolajon”

O’zbekiston Bolalar tashkiloti Andijon viloyati sardorlari “Shifokor” oromgohidagi dam oluvchilar bilan bir kunini maroqli o’tkazishdi🤩

Buloqboshi tumanining so’lim tabiati bag’rida Andijon sardorlari bolalar uchun seminar-u,qiziqarli treninglar o’tkazishdi. Ularda ham liderlik qobiliyatini shakllantirish uchun guruhlarga bo’linib loyihalar tashkil etildi!

Yoz-sardorlar bilan o’tadi soz🤩

Bizni kuzating:
Telegram 📱 Instagram

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

Bek va Lola.

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi tomonidan O‘zbekiston bolalari uchun milliy qahramonlar loyihasi yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu loyiha qahramonlari “Bek va Lola” ismli opa-ukalar. Qisqa metrajli musiqiy multserialning davomiyligi 4-5 daqiqani tashkil etadi. Multfilm 3D va 2D grafikasi asosida tayyorlangan bo‘lib, har bir qism uchun alohida mavzular tanlab olingan.

📹Tez kunda loyiha premyerasi bo‘lib o‘tadi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi 32 yoshda!

🎆 Bugun davlatimiz timsolini o'zida aks ettirgan ramzlardan biri - O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilinganiga 32 yil to'ldi!

👫 O‘zbekiston bolalar tashkiloti jamoasi ushbu sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni qutlaydi!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

🔊 Jonli muloqot boshlanmoqda!

⚡️ Takliflaringiz va gʻoyalaringizni biz bilan oʻrtoqlashishga tayyormisiz?

Telegram| Instagram| Facebook

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

🇺🇿 O‘zbekiston bolalar tashkiloti haqida endi o‘zbekcha Vikipediya orqali ham bilib olishingiz mumkin!

📱 Bugun O‘zbekiston bolalar tashkiloti jamoasi tomonidan o‘quvchilar uchun muhim bo‘lgan ma'lumotlarni o‘zida jamlagan “O‘zbekiston bolalar tashkiloti” maqolasi Vikipediya'ga joylandi.

👋 Ushbu maqola orqali siz O‘zbekiston bolalar tashkiloti, tarixi, maqsadi, vazifasi, shiori, faoliyati va loyihalari haqida qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lishingizga ishonamiz!

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

🤝 O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan Olmazor tumanidagi “Namuna” MFYda bolalar uchun tashkil etilgan bayram dasturidan navbatdagi video lavha.

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev O‘zbekiston bolalar tashkilotining istiqboldagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

✨O'zbekiston bolalar tashkiloti Jizzax viloyat boʻlimi tomonidan yangi tanlov.

🔹
Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan "Oʻzbekcha pinterest" nomli online rasmlar tanloviga start beramiz.

🔹Loyihada Oʻzbekiston milliyligini aks ettiruvchi fotosur’atlarni @jizzaxsardorlari profiliga yuboring va tanlovda ishtirok eting tanlov gʻoliblari estalik sovgʻalari bilan taqdirlanadilar.

Gʻoliblar mustaqillik bayrami arafasida ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi.

#jizzaxyoshlar #jizzaxsardorlari #ozbekchapinterest #bolalartashkiloti

👉 Murojaat uchun

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

⚡️ Avvalroq Oʻzbekiston bolalar tashkiloti tomonidan navbatdagi mega loyiha tashkil etilayotgani haqida aytgan edik.

Kanal obunachilari tomonidan bolalar uchun qiziqarli boʻlgan va ular sevib oʻqiydigan 🔝5️⃣ kitob aniqlandi:

1️⃣ “Dunyoning ishlari” Oʻtkir Hoshimov (12 ta ovoz)
2️⃣ “Shum bola” Gʻafur Gʻulom (11 ta ovoz)
3️⃣ “Kichkina shahzoda”Antuan de Sent-Ekzyuperi (10 ta ovoz)
4️⃣ “Garri Potter” Joan Rouling (9 ta ovoz)
5️⃣ “Sariq devni minib” Xudoyberdi Toʻxtaboyev (9 ta ovoz)


🔶 Tez kunda ushbu kitoblar yuzasidan viktorina hamda videoroliklarni eʼtiboringizga namoyish etamiz!

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

🎞️ O’zbekiston Bolalar tashkiloti Andijon viloyati sardorlari “Oromgohda bolajon” loyihasidan video lavha.

Bizni kuzating:
Telegram 📱 Instagram

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

🇺🇿 Hurmatli Prezident!

Sizni bugungi tavallud ayyomingiz bilan barcha O‘zbekiston bolalari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz! Sizning mamlakatimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida qilayotgan buyuk ishlaringiz hamisha e’tirofga sazovor!

O‘zbekiston bolalar tashkiloti nomidan Sizga uzoq umr, baxt-saodat hamda ulkan zafarlar tilab qolamiz!

O‘zbekiston bolalarini qo‘llab-quvvatlashingiz, amalga oshirayotgan islohotlaringiz biz yosh avlod kelajagi yanada porloq bo‘lishi uchun muhim va ahamiyatlidir!

Sizning bizga yaratib berayotgan cheksiz imkoniyatlaringizdan minnatdormiz!


Hurmat bilan,
O‘zbekiston bolalar tashkiloti

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

🇺🇿 O‘zbekiston bolalar tashkiloti volontyorlarni izlamoqda!

🎇 Turli loyihalar, tanlovlar va bayram tadbirlarida biz bilan bir safda ishtirok etishga nima deysiz?

👫 Unda Bolalar tashkilotining ko‘ngilli volontyorlar jamoasiga qo‘shiling!

✏️ Bog‘lanish uchun quyidagi telegram manzil orqali xabar yoʻllang.

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

#Bugun_Tuģilgan_Kun

📌 Bugun 15-iyul O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi raisi Tangirqulov Akmaljon Abdulhay o‘g‘lining tavallud ayyomi.

🎂 Shu munosabat bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Akmaljon Tangirqulovni tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Akmaljon Abdulhayovichga sihat salomatlik, kelgusidagi ishlariga omad va zafarlar yor bo‘lishini tilaydi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram 📱 Instagram

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

🇺🇿 O'zbekiston yoshlari yetakchisi, tavallud ayyom muborak!

💫 Bugun Yoshlar ishlari agentligi direktori Sa'dullayev Alesher Zafarovichning tavallud ayyomlari. Shu munosabat bilan butun Andijon sardorlari nomidan yurtimiz yoshlariga har tomonlama o'rnak va ibrat bo'lib kelayotgan O'zbekiston yoshlari yetakchisini samimiy muborakbod etamiz!

💫 Vatan taraqqiyoti, yoshlar kelajagi va ravnaqi uchun amalga oshirayotgan ishlaringizda ulkan omad va zafarlar tilaymiz!

✨ Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

⚡️Vanihoyat Bek va Lola dunyo yuzini ko'rishga tayyor.

Milliy qadriyatlarimiz ustiga qurilgan, bolalarimizga ta'lim, odob qoidalarini o'rgatishga va vatanparvarlik g'oyalarini ilgari suruvchi multfilmimiz tayyor.

Tez kunlarda farzandlaringiz bilan YouTube tarmog'i orqali premyerani kuzatishingiz va har kunlik rejangizga Bek va Lola qo'shib qo'yishingiz mumkin. Loyiha ustida o'zimizning qorako'zlar mehnat qilishmoqda. Ularning maqsad va rejalari ulkan.

#bekvalola #milliyqadriyatlar #multfilm

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

🎉 O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan yangi loyihaga start berilmoqda!

💡 Bu loyiha bolalar uchun o‘ta qiziqarli va manfaatli bo‘lishiga ishonamiz!


🕊 Telegram  📱 Instagram  📱 Facebook

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

🇺🇿 O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga rasmiy madhiya yaratildi.

📑 “Men o‘zbekistonlikman – qonimda g‘alaba” shiori ostida futbol bo’yicha olimpiya terma jamoasiga rasmiy madhiya yaratildi.

🏆 Mamlakatimiz tarixida ilk bor Olimpiada yo’llanmasini qo’lga kiritgan futbol bo’yicha terma jamoamiz aynan shu shior ostida Parij-2024 maydonlarida bellashadi.

🏆 Terma jamoamiz va barcha olimpiyachilarimizga bo‘lajak yirik musobaqada katta zafarlar yor bo‘lsin!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

🔝 O‘zbekiston bolalar tashkiloti Boshqaruv Kengashi raisi bilan boʻlgan ovozli suhbatda bildirilgan TOP-10 loyihalar bilan tanishing!

🎁 Eslatib oʻtamiz, ushbu 10 nafar gʻoya mualliflari esdalik sovgʻalari va tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.

✅ Kelgusi uchrashuvga qadar siz ham oʻz gʻoyalaringiz ustida puxta tayyorgarlik koʻring va sovrindorlar safidan joy oling!

/channel/xasanboy_nabiyev

Читать полностью…

Andijon Sardorlari / rasmiy kanal

👋🏻 Salom bolajonlar!

⛱ Yozgi taʼtildagi vaqtingizni nimalarga sarflayapsiz? Sizda qanday gʻoyalar bor? Bolalar tashkiloti jamaosidan nimalarni kutyapsiz?

⏰ Ertaga, 23-iyun kuni soat 18:00 da O'zbekiston bolalar tashkilotining rasmiy telegram kanalida Bolalar tashkiloti Boshqaruv Kengashi raisi bilan boʻladigan jonli suhbatda ishtirok eting!

🎁 Ushbu suhbatda oʻzining kreativ va sara tashabbus hamda takliflarni bildirgan 10 nafar bolalar maxsus esdalik sovgʻalari hamda tashakkurnoma bilan taqdirlanadi!

😉 Ertangi suhbatda ishtirok etasizmi? Izohlarda yozib qoldiring...

/channel/xasanboy_nabiyev

Читать полностью…
Subscribe to a channel