🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi. Muhokama guruhimiz: @chat_andijon_yoshlari Murojaat uchun: @andijon_yoshlari_bot Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: https://myurls.co/and
🎓4 yillik grant, har oy 1 million so‘m stipendiya va noutbuk…
⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, TIFT universiteti va KHISO olimpiada maktabi hamkorlikda bitiruvchi o‘quvchilar uchun mantiqiy matematika bo‘yicha yilning eng katta sovrin jamg‘armali olimpiadasini tashkil etadi!
🟢Onlayn saralash bosqichi 21-22-23 iyun kunlari maxsus platformada bepul o‘tkaziladi.
🟢Saralangan o‘quvchilar iyul oyida TIFT universitet binosida oflayn olimpiadada ishtirok etadi.
🏆G‘olib va ishtirokchilarni juda ko‘plab sovg‘alar kutmoqda. Batafsil videoda tanishing!
📝Hoziroq yilning eng katta loyihasiga ro‘yxatdan o‘ting: @tiftolympiad_bot
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
📢 Andijonlik yoshlar, galakonsertga marhamat!
⚡️ "Yoshlar oyligi" doirasida viloyat galakonserti Andijon shahrining qoq markazidan Sizlarni chorlamoqda. Estradamizning yorqin yulduzlari, xalqimiz sevgan xushovoz xonandalar ishtirokidagi shou-konsert dasturimiz barcha andijonliklarni xursand qilishiga ishonamiz.
⏰ Shunday ekan, 20-iyun soat 19:30da Andijon shahar Navoiy shoh ko'chasi (viloyat hokimligi ro'parasi)da tashkil etiladigan galakonsertga bachani taklif etamiz. Kutilgan galakonsertning kutilmagan lahzalarini ko'rishga shoshiling.
✅ Konsert mehmonlari:
😎Jahongir Poziljonov
😎Shohrux REP
😎Shohruxxon
😎“Benom” guruhi
😎Sevinch Javliyeva
😎Otabek Mirzaxolov
😎Javlon Shodmonov
😎Oybek Teshaboyev
😎Ne'mat Atamurodov
😎Dili.Me
💯 Kirish mutlaqo bepul.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
“Yosh qutqaruvchi” musobaqasining respublika bosqichi bo’lib o’tdi
⭐️Yoshlarni favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish, o‘z o’zini himoya qilish va boshqalarga ko‘mak berish borasidagi bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o’tkazib kelinayotgan “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining respublika bosqichi bo’lib o’tdi.
Musobaqalarning bu yilgi respublika bosqichiga Andijon viloyati mezbonlik qildi. 2 kun davomida o’tkazilgan musobaqalarda mamlakatimizning 14 ta hududidan umumta’lim maktablari hamda professional ta’lim muassasalari o’quvchilaridan iborat 28 ta yosh qutqaruvchi jamoalar 5 ta shart asosida bellashdilar.
⭐️Qizg’in hamda adrenalinga boy o’tgan respublika bosqichi yakunlarida faxrli o’rin egalari va nominatsiyalar doirasida g’olib deb topilgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib rag’batlantirildi.
Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
O'zbekistonda davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi o'zgarmoqda.
Endilikda:
— kirish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq 2 bosqichli bo'ladi, ya'ni avval imtihonlar o'tkaziladi, so'ng OTM, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shakli tanlanadi;
— davlat buyurtmasi parametrlarini davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinadi;
— kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar sohalariga ustuvorlik beriladi.
Kirish imtihonlari oldidan abituriyentlar uchun foydali #infografika tayyorladik. Unda yurtimizdagi mavjud OTMlar haqida ma’lumotlar aks etgan.
YUKSALISH HARAKATI
Uzchess loyihasi jamoasining Andijon boʻylab safari davom etadi
🏆Meni yut 500 ming ol chellenji ertaga yana 3 ta manzilda o'tkaziladi.
1. Madaniyat qishlog’i 11:00
2. Buloqboshi tumani , Neftchilar shaharchasi 15:00
3. Andijon shahar, Ecopark 18:00
👉Bugun kela olmaganlar, 500 ming yutish uchun yana 3 ta imkoniyatingiz bor)
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
#oav_nigohida
🏆 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi DXX kubogi uchun futbol hamda mini futbol musobaqalarining Ulug'nor tumani final bosqichi va taqdirlash marosimi tafsilotlari
TV: Andijon TRK
#oav_nigohida
🏆 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi DXX kubogi uchun futbol hamda mini futbol musobaqalarining Andijon shahar final bosqichi va taqdirlash marosimi tafsilotlari
TV: Andijon TRK
📢 "Kokand University" Andijon filialida 2024/2025 o'quv yili uchun qabul boshlandi!
✅ Cheksiz imkoniyatlar taqdim etiladigan oliygohda kelajakni biz bilan quring!
✅ Ta'lim yo‘nalishlari:
😄Davolash ishi;
😄Farmatsiya (turlari bo‘yicha);
😄 Pediatriya ishi;
😄Maktabgacha ta'lim;
😄Boshlang‘ich ta'lim;
😄Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili, ingliz tili, rus tili);
😄Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha);
😄Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha);
😄Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
😄Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha);
😄Kompyuter injiniringi ("Kompyuter injiniringi", "AT-Servis", "Axborot xavfsizligi", "Multimedia texnologiyalari")
😄Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
✅ Onlayn ro‘yxatdan o'ting.
❔ Axborot-maslahat markazi
📞 Tel: +998742002222
🎓 "Kokand University" Andijon filiali - ta'lim va amaliyot uyg‘unligi.
☢️ Eslatib o'tamiz, universitetga qabul jarayonida mahallalardagi yoshlar yetakchisi tavsiyasiga ega bo'lgan abituriyentlarga alohida chegirma mavjud!
Bizning sahifalarimiz:
🔹Instagram 🔹Facebook 🔹Telegram 🔹Youtube
🔥 Paxtaobod tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi vorkout musobaqalarining tuman bosqichi o’tkazildi.
💪Unda 18-30 yosh toifasida sektor bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritgan yoshlar qatnashib, viloyat bosqichi yo’llanmasi uchun bellashdilar.
Bizning sahifalarimiz:
🔹Instagram 🔹Facebook 🔹Telegram 🔹Youtube
🇺🇿 DXX kubogi Andijon shahar bosqichi final bellashuvlari va taqdirlash marosimi o’tkazildi
⚽️ Unda mini futbol (yigitlar, qizlar), katta futbol (yigitlar) musobaqalarining sektor bosqichlarida g’oliblikni qo’lga kiritgan 12 ta jamoa ishtirok etib, viloyat bosqichi yo’llanmasi uchun maydonda to’p surdilar.
🏆Musobaqa yakunida Andijon shahar hokimi, sektor rahbarlari gʻolib va sovrindorlarga medal, diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalarini topshirdilar.
Bizning sahifalarimiz:
🔹Instagram 🔹Facebook 🔹Telegram 🔹Youtube
✨ “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining respublika bosqichi yakunlandi
🇺🇿Andijon viloyati mezbonlik qilgan ushbu musobaqalarda 2 kun davomida yurtimizning barcha hududlaridan musobaqaning hududiy bosqichlarida g’olib bo’lgan umumta’lim maktablari va professional ta’lim muassasalari o’quvchilaridan iborat 28 ta jamoa o’zaro bellashdi.
🏆Musobaqalarning yakuniy taqdirlash marosimi Andijon shahridagi Yoshlar markazida tashkil etilib, unda faxrli o’rin egalari va nominatsiyalar doirasida g’olib deb topilgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib rag’batlantirildi.
Barcha suratlarni ko'rish uchun buyerga bosing
Bizning sahifalarimiz:
🔹Instagram 🔹Facebook 🔹Telegram 🔹Youtube
✨Andijonda “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining respublika bosqichi bo’lib o’tmoqda.
🇺🇿Unda yurtimizning barcha hududlaridan musobaqaning hududiy bosqichlarida g’olib bo’lgan umumta’lim maktablari va professional ta’lim muassasalari o’quvchilaridan iborat 28 ta jamoa o’zaro bellashmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
🔹Instagram 🔹Facebook 🔹Telegram 🔹Youtube
#oav_nigohida
🏆 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi DXX kubogi uchun futbol hamda mini futbol musobaqalarining Bo'ston tumani final bosqichi va taqdirlash marosimi tafsilotlari
TV: Andijon TRK
#Qabul_2024
🎓 Hurmatli abuturientlar sizlarni eng soʻngi moddiy texnika bazasiga ega boʻlgan TOSHKENT XALQARO MOLIYAVIY BOSHQARUVI VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI oʻz bagʻriga chorlaydi. Zamonaviy ta'lim dargohida zamonaviy bilim oling.
➡️ Ta'lim shakllari:
😄Kunduzgi.
😄Sirtqi.
➡️ Ta'lim:
Bakalavir
Magistratura.
➡️ Yo'nalishlar:
😄 Iqtisodiyot
😄 Bank ishi va audit
😄 UOS (Hons) Buxgalteriya xisobi va moliya
😄 Moliya va moliyaviy texnologiyalar
😄 Xalqaro munosabatlar
😄 Menejment
😄 Soliqlar va soliqqa tortish
😄 Turizm
😄 Pedogogika
😄 Filologiya va tillarni oʻqitish
😄 Oʻzbek tili va adabiyoti
😄 (B.A) koreys filologiyasi
😄 Tarix
😄 Jismoniy madaniyat
😄 Arxitektura
😄 Matematika
😄 Geodeziya, kartografiya va kadastr
😄 Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari.
📱 Universitet rasmiy sahifasi
📞 Qabul bo'limi bilan bogʻlanish:
+998949559229
+998958029229
+998951279229
📍 Manzil: Andijon shahar, "Mumtoz" savdo markazi.
Bizning sahifalarimiz:
🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Telegram 🔹Youtube
#oav_nigohida
📋 "Intilganga imkon bor".
📝 Maqola bilan to'liq tanishish
🌍 Internet nashri: www.uza.uz
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
🏆 Final sari bir qadam
🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi vorkout musobaqalarining Andijon viloyat bosqichi o'tkazildi. Unda musobaqalarning tuman, shahar bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan 16 nafar yigitlar final bosqichi yo'llanmasi uchun o'zaro bellashdilar.
💪 Turnik hamda brusda tortilish mashqlarini belgilangan talablar darajasida bajarib, eng yuqori natijani qayd etgan 3 nafar ishtirokchi musobaqalarning respublika bosqichiga yo'llanmaga ega bo'ldilar.
Eslatib o'tamiz, vorkout musobaqalarining respublika bosqichi iyul oyida Andijon viloyatida bo'lib o'tadi.
#dayjest
📅 Yakunlanayotgan hafta davomida Andijon yoshlari hayotidagi muhim voqealar tafsiloti bilan tanishing.
Bizning sahifalarimiz:
🔹Instagram 🔹Facebook 🔹Telegram 🔹Youtube
💫 Paxtaobodda bayram shukuhi
🧒 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni Paxtaobod tumani, Madaniyat qishlog’ida qo’shaloq bayramga aylandi. Sababi bugun ushbu qishloq bolajonlari, yoshlar va aholi uchun madaniyat va istirohat bog’i rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, bog’ hududida mo’jazgina kutubxona faoliyati yo’lga qo’yildi.
🎡Bog’ ochilishi besh tashabbus festivali bilan davom etdi. Unda madaniyat va san’at, sport hamda kitobxonlik loyihalari tashkil qilinib, yuzlab yoshlar qamrab olindi. Iqtidorli yoshlar hmda taniqli san’atkorlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bayram ishtirokchilariga yanada ko’tarinkilik ulashdi.
🏆Festival doirasida Madaniyat qishlog’idagi mahalla yoshlari o’rtasida “Andijon viloyati hokimi kubogi” musobaqasi tashkil etilib, musobaqa yakunida g’olib va sovrindor jamoalar viloyat hokimining qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
🌗Kun davomida o’tkazilgan tadbirlar aholi va yoshlarning bugungi kunidan mamnunligi, chekka hududlardagi yoshlarga berilayotgan e’tiborning yuksak darajada ekanligini yana bir bor eslatib o’tdi.
🖼 Barcha suratlarni ko'rish uchun buyerga bosing
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
🤝 Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.
Ko‘zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan Yangi O‘zbekiston farzandlari ham ana shunday ulkan g‘amxo‘rliklar og‘ushida voyaga yetmoqda.
🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi jamoasi bugungi sana munosabati bilan yurtimizdagi barcha bolajonlarni samimiy tabriklaydi!
💐Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!
Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
#sarhisob
🇺🇿 Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi axborot xizmatining may oyidagi faoliyati tahlili
📱 Ijtimoiy tarmoqlardagi maqolalar soni 160 ta.
Shundan:
📷Fotohisobot - 116 ta
📹Videorolik - 38 ta
🟤#live - 6 ta
🤵 OAVdagi chiqishlar soni 38 marotaba
Shundan:
🇺🇿“O’zbekiston-24” kanalida - 4 marotaba
📺“Yoshlar” kanalida - 2 marotaba
🎬Andijon TRKda - 27 marotaba
🌐 uza.uz saytida - 5 marotaba
🤝 Shu o’rinda, biz bilan hamkorlikda faoliyat olib borayotgan OAV vakillariga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
🇺🇿 Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi matbuot xizmati
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook 📱Telegram 📱Youtube
#oav_nigohida
🏆 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi DXX kubogi uchun futbol hamda mini futbol musobaqalarining Xo'jaobod tumani final bosqichi va taqdirlash marosimi tafsilotlari
TV: Andijon TRK
#oav_nigohida
✅ Andijon viloyati mezbonlik qiligan "Yosh qutqaruvchi" musobaqasining respublika bosqichi
TV: O'zbekiston-24
Mehnatdan kelsa boylik...
📑Bugun 16 mingdan ziyod andijonlik yoshlar dehqonchilik sirlarini puxta egallagan mirishkorga aylanishmoqda. Davlat rahbarining 153-sonli Qaroriga muvofiq ishsiz yoshlarga ajratilgan 15 sotixli yer maydonidan bir yilda 2-3 martagacha hosil olish mumkin. Andijonlik yoshlar allaqachon ilk hosilni yig’ish arafasida turibdi.
Buloqboshi tumani, Toshkechik mahallasida ham ushbu qaror asosida 37 nafar yoshga 15 sotixdan unumdor yerlar ajratilgan bo’lib, yoshlar tomonidan bu yerlarga kartoshka, loviya, bulg’or, tarvuz kabi sabzavot va poliz ekinlari ekilgan. Mahalla yoshlarining mehnatsevarligi, yerga bergan mehri sabab bugun ekinlar hosilga kirgan.
Ko’zlangan maqsad esa yuqori. Yerdan olingan foyda dasturxonlar to’kinligi va oila daromadining oshishiga sabab bo’lishi aniq.
🇺🇿 “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining respublika bosqichi taqdirlash marosimidan eng qaynoq lahzalar
Bizning sahifalarimiz:
🔹Instagram 🔹Facebook 🔹Telegram 🔹Youtube
💻 Yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminari o'tkazildi
🏃 Shahrixon tumani Yoshlar ishlari bo'limi xodimlari hamda “Yoshlar oromgohi”da o‘quv-seminarlarda o'qib kelgan yoshlar yetakchilari tomonidan tumandagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi.
👮♂️ Unda yoshlarga yer ajratish, liderlik qobiliyatini shakllantirish, vaqtdan unumli foydalanish, huquqbuzarlikka moyilligi bor yoshlar bilan tizimli ishlash, yoshlar murojaatlari, besh tashabbus loyihalari, “Yoshlar daftari” tizimidan maqsadli foydalanish kabi bir qator yo‘nalishlarda ma'lumot va uslubiy ko'nikmalar berildi.
Bizning sahifalarimiz:
🔹Instagram 🔹Facebook 🔹Telegram 🔹Youtube
✨ Mehnatdan kelsa boylik...
👫 Bugun 16 mingdan ziyod andijonlik yoshlar dehqonchilik sirlarini puxta egallagan mirishkorga aylanishmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi 153-sonli Qaroriga muvofiq ishsiz yoshlarga ajratilgan 15 sotixli yer maydonidan bir yilda 2-3 martagacha hosil olish istagidagi yoshlar allaqachon ilk hosilni yig'ish arafasida.
🌲 Buloqboshi tumani, Toshkechik mahallasida ham ushbu qarorga ko'ra 37 nafar yoshlarga 15 sotixdan unumdor yerlar ajratilgan bo'lib, yoshlar tomonidan bu yerlarga kartoshka, loviya, bulg'or, tarvuz kabi sabzavot va poliz ekinlari ekilgan. Mahalla yoshlarining mehnatsevarligi, yerga bergan mehri sabab bugun ekinlar hosilga kirgan.
📈 Ko'zlangan maqsad esa yuqori. Yerdan olingan foyda dasturxonlar to'kinligi va oila daromadining oshishiga sabab bo'lishi aniq.
Bizning sahifalarimiz:
🔹Instagram 🔹Facebook 🔹Telegram 🔹Youtube
#oav_nigohida
🏆 DXX kubogi uchun Andijon tumanida o’tkazilgan futbol hamda mini futbol musobaqalarining final va taqdirlash marosimi
TV: Andijon TRK
#oav_nigohida
🤝 Yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar baliqchilik yosh tadbirkor Sardorbek Turdialiyev misolida.
TV: O'zbekiston-24
#xushxabar
📢 Bo’zatovdan gapiramiz
🎵 ”Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Yoshlar ovozi” tanlovining respublika bosqichida opera yo’nalishi 23-30 yosh toifasida ishtirok etayotgan andijonlik Shohida Nurmatova finalda hakamlar hay’atining e’tirofiga munosib ijro etib, super finalga yo’l oldi.
💫 Andijonlik yoshlarning muvaffaqiyatlari bardavom bo’lsin!
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube