🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi. Muhokama guruhimiz: @chat_andijon_yoshlari Murojaat uchun: @andijon_yoshlari_bot Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: https://myurls.co/and
#oav_nigohida
🇺🇿 "Yoshlar daftari - imkoniyatlar daftari”
TV: Andijon TRK
#xushxabar
💫 Andijonlik baxshi yigit super finalda
🎵 Ayni kunlarda Qoraqalpog’iston Respublikasi Bo’zatov tumanida bo’lib o’tayotgan “Yoshlar ovozi” tanlovining respublika bosqichida ishtirok etayotgan andijonlik yosh baxshi - Ramazon Boyqo’chqorov finalda muvaffaqiyatli ijro bilan qatnashib, super finalga yo’l oldi.
✨Ramazonga omad tilashda davom etamiz!
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
📍Andijonlik yoshlar Bo’zatovda
🎵 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Yoshlar ovozi” tanlovining respublika bosqichiga start berildi. Unda mamlakatimizning 14 ta hududidan saralangan yosh ijrochilar ishtirok etmoqda.
🇺🇿Tanlovning hududiy bosqichida g’olib bo’lgan 10 nafar andijonlik yoshlar ham ayni kunlarda tanlovning final bosqichida qatnashish uchun Qoraqalog’iston Respublikasi Bo’zatov tumaniga yetib borgan.
💫 Andijonlik yosh iqtidor egalariga respublika bosqichida munosib ishtirok, omad va zafar tilaymiz!
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
I Respublika bolalar forumi o‘tkaziladi!
Joriy yilning 19-23-may kunlari O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan I Respublika bolalar forumi bo‘lib o‘tadi.
⚡️ Forum doirasida seminar-treninglar, tanlovlar, sport musobaqalari, madaniy dasturlar tashkil etiladi. Shuningdek, ishtirokchilar taniqli soha mutaxassislari bilan uchrashish, vazir va rahbarlarga o‘z tashabbus hamda g‘oyalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
🙋 Forumda ishtirok etish istagini bildirgan 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ariza topshirishi mumkin:
- Ta’lim yo‘nalishi;
- Imkon yo‘nalishi;
- Madaniyat va san’at yo‘nalishi;
- Ekologiya yo‘nalishi;
- Media yo‘nalishi;
- Sport yo‘nalishi;
- Liderlik va jamoani shakllantirish yo‘nalishi;
- IT yo‘nalishi.
📝 Arizalar 15-may kuniga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi: forms.gle/emxSwZvY1tL3FJVAA
Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun!
Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi "Zakovat" intellektual o'yinining mahalla bosqichlariga start berildi.
⏰ 11-15-may kunlari "Zakovat" intellektual o'yinining mahalla bosqichlari bo'lib o'tadi. Unda 18 yoshga to'lgan 31 yoshdan oshmagan mahalla yoshlaridan iborat jamoalar ishtirok etadi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
🔶#ibrat_farzandlari
🔶#mutolaa
♟#uzchess
👨💻#ustoz_ai
🇺🇿Tuman, shaharlarda Yoshlar ishlari agentligining yoshlarga xorijiy til, shaxmat va zamonaviy kasblarni oʻrgatishni, kitobxonlikka keng jalb qilishni maqsad qilgan loyihalari targ’iboti tashkil etilmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
⭐️"Jasorat maktabi"ning navbatdagi mavsumi yakunlandi
⏰ 10 kun davom etgan "Jasorat maktabi" loyihasi andijonlik 100 nafar yoshning Vatanga boʻlgan mehrini, kelajakka qo'ygan maqsadlarini yanada yuksaltirdi.
📍 Andijon shahridagi harbiy qismda "Jasorat maktabi"ni oʻtagan yigitlarga loyiha davomida olgan bilimlari va orttirgan tajribalarini tasdiqlovchi maxsus sertifikat topshirilib, oʻz oilalari bagʻriga kuzatib qoʻyildi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
#oav_nigohida
🎗"Sharaf lentasi" targʻibot tadbiri
TV: Andijon TRK
🎗Xotira va qadr tadbiri boʻlib oʻtdi
💫 Andijon shahridagi Xotira maydoni bugun faxriy harbiylar, jamoat faollari, yoshlar bilan gavjum. Sababi bu maydonda bugun "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, "Motamsaro ona" haykali poyiga gul qoʻydi.
💫 Urush qatnashchilari ismlari qayd etilgan zarhal kitobni varaqlar ekan barchaning qalbida bugungi tinch va osoyishta Vatanni asrash, erk uchun jonini fido qilgan buyuk ajdodlarimizga munosib farzand boʻlish hissi chulgʻadi. Andijonlik faol yoshlar ham qalbida gʻurur va shukronalik bilan oʻtganlar xotirasiga yuksak hurmat va ehtirom koʻrsatdilar.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
⭐️"Jasorat maktabi"ning navbatdagi mavsumi yakunlandi
⏰ 10 kun davom etgan "Jasorat maktabi" loyihasi andijonlik 100 nafar yoshning Vatanga boʻlgan mehrini, kelajakka qo'ygan maqsadlarini yanada yuksaltirdi.
📍 Andijon shahridagi harbiy qismda "Jasorat maktabi"ni oʻtagan yigitlarga loyiha davomida olgan bilimlari va orttirgan tajribalarini tasdiqlovchi maxsus sertifikat topshirilib, oʻz oilalari bagʻriga kuzatib qoʻyildi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
“Xotira – abadiy, qadr – muqaddas!”
🎗Yoshlar ishlari agentligi jamoasi 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni qutlaydi!
Bu kun xotiralari – Ikkinchi jahon urushi oqibatlarini unutmaslikka, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetish hamda Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.
🇺🇿Tinchligimizga ko‘z tegmasin!
#9mayXotiravaqadrlashkuni
Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
🎖Millat qahramonlari - yoshlar ardogʻida
📆 Marhamatlik Iminjon ota Temirov Ikkinchi jahon urushi janglariga kirganda endigina 16 yoshda edi. Umrining 8 yilini urush maydonlarida oʻtkazgan qahramonimiz bugungi yoshlar uchun haqiqiy ibrat maktabi.
🏠Bir guruh marhamatlik faol yoshlar Iminjon ota xonadonida boʻlib, u bilan dildan suhbat qurdilar. Xalqimizning azaliy qadriyati boʻlgan xashar uyushtirib, boboning oltinga teng duosini oldilar.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
🇺🇿 Vatan qahramonlari yoshlar ardog'ida
➡️ Urushning qonli jangohlarida Vatan tinchligi va ozodligi yo'lida mardonavor jang qilgan bobolarimiz bugun yosh avlod uchun chinakam qahramon, tirik tarix va hayot maktabi.
➡️ Urushning achchiq zarbalariga dosh bergan qahramonimiz- paxtaobodlik Umarali xoji ota Otaboyev ham bugun yoshlar ardog'ida. Uni yo'qlab kelgan har bir yoshga o'zining hayot yo'llaridagi tajribasi, pand-u nasihatlari bilan vatanni sevishni, tinchlikni asrashni ta'kidlashdan charchamaydi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
💫 Ajdodlarga yuksak hurmat avlodlarning vazifasi
🇺🇿 Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik ajdodlarimizning bemisl jasorati orqali erishilgan ozodlik sabablidir.
🎗 Baliqchi tumanida o'tkazilgan xotira va hurmat tadbirlarida yoshlarga taqilgan sharaf lentalari yana bir bor ajdodlar yodini eslashga chorladi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
🇺🇿Tinchlik hukm surgan yurtda shukronalik nafasi
🎗Andijonlik faol yoshlar tomonidan aholi gavjum joylarda sharaf lentasi taqish aksiyasi o'tkazilmoqda.
🎗 Aksiyalar yurtdoshlarimiz qalbida vatanga muhabbat, tinchlikka shukronalik va kelajakka ishonch tuyg'ularini uyg'otish maqsadida barcha tuman, shaharlarda, mahallalarda tashkil etilmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
⚽️ Futbol musobaqalari davom etmoqda
🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi DXX kubogi uchun oʻtkazilayotgan futbol musobaqalari davom etmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
⚽️ Futbol musobaqalari davom etmoqda
🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi DXX kubogi uchun oʻtkazilayotgan futbol musobaqalarining saralash oʻyinlari davom etmoqda.
🏆 Buloqboshi tumanida ham musobaqalar qizgʻin tus olgan. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o’tgan jamoalar sektor bosqichlarida g’oliblik uchun to’p surishmoqda.
📍 Musobaqalar barcha tuman, shaharlarda davom etadi.
🎵“Bo‘zatov iqtidorlarni kashf etadi”
📹Bo‘zatov FEST – “Yoshlar ovozi” festivalining tantanali ochilish marosimidan to‘liq video rolik
#beshtashabbusolimpiadasi #yoshlarovozi
Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
🏃🏽♂️Yengil atletika musobaqasining Marhamat tuman bosqichi bo'lib o'tdi
🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalarining yengil atletika turi bo’yicha Marhamat tumani bosqichi bo'lib o'tdi.
📍 Unda musobaqaning sektor bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan 24 ta jamoa tarkibida jami 96 nafar yigit-qizlar ishtirok etdilar.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
🏁Yengil atletika musobaqalarining tuman, shahar bosqichlariga start berildi
🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalarining yengil atletika turi bo’yicha tuman, shahar bosqichlariga start berildi.
📍 Jumladan, Buloqboshi tumanida ham mazkur musobaqalarning sektor boqichlarida g’oliblikni qo’lga kiritgan ishtirokchilar o’rtasida tuman bosqichi o’tkazildi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
#oav_nigohida
#no_comment
🇺🇿 "jasorat maktabi" loyihasi
TV: Andijon TRK
O‘tganlarni xotirlash, hayot bo‘lganlarni yo‘qlash o‘zbek xalqining azaliy an’analaridandir
🎗9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan andijonlik yoshlar yetakchilari va faol yoshlar Gumbaz mahallasi hududidagi qabristonda xashar uyushtirdilar.
#9mayXotiravaqadrlashkuni
Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
#oav_nigohida
#no_comment
🎗"Sharaf lentasi" targʻibot tadbiri
TV: Andijon TRK
✨Inson qadri-ulugʻ, xotirasi-abadiy
💫 Oʻtganlarni xotirlash, hayot boʻlganlarni yoʻqlash oʻzbek xalqining azaliy anʼanalaridandir. "Xotira va qadrlash kuni" arafasida Andijon tumani yoshlar yetakchilari va faol yoshlar Gumbaz mahallasi hududidagi qabristonda xashar uyushtirdilar.
💫 Shundan soʻng ushbu mahallada yashovchi Afgʻon urushi qatnashchisi Ravshanbek Oʻrinboyev holidan xabar olinib, xashar ishlari uning xonadonida davom ettirildi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
🇺🇿 Farzandlari baxtli yurtda tinchlik zavqi
🎗Ajdodlardan meros qolgan ozod Vatan
Avlodlarning koʻzlariga nur sochmoqda.
Bugun ular koʻksida bayroq qadalgan,
Hurriyatning nafasini ulashmoqda.
🎗Vatan, hurlik, erk-u nomus janglarida
Zafar quchgan gʻalabaning nashʼasi bu.
Bolalarning koʻzlariga baxt toʻldirgan,
Yuraklarga ingan sharaf tasmasi bu.
#9mayXotiravaqadrlashkuni
#sharaflentasi
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
💻 Buloqboshi tumanida oʻquv-seminari tashkil etildi
🤝 Ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida joriy yilda Buloqboshi tumanida 707 nafar yoshga 106 gektar yer dehqonchilik uchun ajratilgan boʻlib, bugungi kunda yoshlar ushbu yerlardan foydalanishni boshlagan.
🏃 Qishloq xoʻjaligi sohasi mutaxassislaridan tashkil topgan ishchi guruh aʼzolari tomonidan yer olgan yoshlar uchun oʻquv-seminari oʻtkazildi. Unda mutaxassislar yoshlarga yerdan samarali va oqilona foydalanish, ekinlarni parvarishlash va kasalliklardan himoya qilish boʻyicha zarur bilim va koʻnikmalar berdilar.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoev 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi
Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
📍 Andijon tumanida sayyor qabul o'tkazildi
➡️ Yoshlar muammolarini o'rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash va mavjud muammolarga yechim topish maqsadida Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan hududlarda sayyor qabullar o'tkazib kelinmoqda.
➡️ Navbatdagi sayyor qabul Andijon tumanida o'tkazilib, unda Andijon viloyati Yoshalr ishlari boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Izzatbek Nishonov tuman yoshlarining murojaatlarini o'rgandi. Barcha masalalar qayd etilib, qonun doirasida amaliy yordam berish bo'yicha zarur ishlar belgilab olindi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
✨Inson qadri ulug' - xotirasi abadiy
🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Boʻston bo‘limi tomonidan urush va mehnat faxriylari, ularning yaqinlari holidan xabar olindi.
🎗 "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan tashkil etilgan ushbu loyiha qahramonlarimizga urushning ayovsiz sahnalarini yana bir bor eslatgan bo'lsa, yoshlarimizga esa tinchlikni qadrlash va har bir soniyadan unumli foydalanashni o'rgatdi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube
🌲 Yer olib, bandligi taʼminlangan yoshlarga oʻquv-seminari oʻtkazildi
🤝 Paxtaobod tumanida bu yil 1133 nafar yoshga jami 170 gektar yer maydonlari dehqonchilik maqsadida foydalanish uchun ajratilib, ishsiz yoshlar bandligi taʼminlangan.
⚒ Bugun ushbu yoshlarga qishloq xoʻjaligi sohasi mutaxassislari tomonidan oʻquv-seminari tashkil etildi. Unda yerdan unumli foydalanish, unga qanday ishlov berish va zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish zarurligi, yerdan bir yilda 2-3 marta hosil olish uchun zarur chora-tadbirlar haqida batafsil tushunchalar berildi.
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube