ao_hududgaztaminot | Unsorted

Telegram-канал ao_hududgaztaminot - "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

7313

телефоны для связи: 1104, 712021104, 712000804, 104

Subscribe to a channel

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

#Ijtimoiy_faol  

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

"Yangiqo'rg'ontumangaz" gaz ta'minoti bo'limida “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali hamda uning hududiy bo'limlarida ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlashni yanada yaxshilash yuzasidan o‘quv seminari bo'lib o'tdi. Unda filialning nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo'limi mas'ul xodimlari, shahar, tumangaz bo'limlarining yetakchi mutaxassislari va "Yangiqo'rg'ontumangaz" gaz ta'minoti bo'limi mahalla gazchilari ishtirok etdi.

🫥Dastlab ishtirokchilar "Yangiqo'rg'ontumangaz" gaz ta'minoti bo'limi idorasining shart-sharoitlarini ko'zdan kechirishdi.

🫥 Seminar davomida, filial nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo'limining yetakchi mutaxassisi Jalolliddin Madraximov "Hududgazta'minot" AJ Boshqaruvi raisi virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarni mahalla gazchilariga yuborish hamda ijrosini ta'minlash tartibini batafsil tushuntirib o'tdi.

🫥 Filial nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo'limining yana bir yetakchi mutaxassisi Abrorbek Muradov esa normativ huquqiy va ijro intizomini mustahkamlashga oid hujjatlar yuzasidan mutaxassislar bilimini baholash bo'yicha viktorina savol-javoblarini o'tkazdi. Mazkur viktorinada savollarga ko'proq va aniq javob bergani uchun "Chortoqtumangaz" gaz ta'minoti bo'limi yetakchi mutaxassisi Bahromjon Xolmatovga faxriy yorliq berildi. Bundan tashqari munosib mehnatlari uchun murojaatlar bilan ishlash yo'nalishida "yashil hudud"ga kiritilgan Yangiqo'rg'on, Mingbuloq va Namangan tumani mas'ullariga filial direktorining tashakkurnomasi topshirildi.

🔥 "Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

🎙 Namangan shahar "Barkamol avlod" sport majmuasida "Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali Boshlang'ich kasaba uyushmasi tomonidan ishchi-xodimlar o'rtasida suzish musobaqasi tashkil etildi.

🎙 To'liq ma'lumotni "Oltin zamin" radiosining "Namangan yangiliklari" dasturida tinglashingiz mumkin.

🔥 "Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

Qarshi shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadal olib borilmoqda

Bu haqda “Qashqadaryo” telekanalining lavhasida batafsil so‘z bordi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

#birdamjamiyat

“Hududgaz Toshkent” GTF: “Quvnoq startlar” oilaviy sport musobaqasi o‘tkazildi

Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan Nurafshon shahridagi “Nurafshon Arena” sport majmuasida gaz ta’minoti filiali va bo‘limlarining xodimlari uchun “Quvnoq startlar” oilaviy sport musobaqasi o‘tkazildi.

Qiziqarli va murosasiz o‘tgan bahslarda:
1-o‘rinni A.Temirbayevlar jamoasi;
2-o‘rinni I.Sobirovlar jamoasi;
3-o‘rinni E.Eshmatovlar jamoasi egalladi.

G‘olib jamoalarga Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar taqdim etildi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasi

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram |📱 X | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

Andijon viloyatidagi “Qoʻrgʻontepa” GTShda maxsus-taktik oʻquv mashqlari tashkil etildi

Toifalangan obyektlarda texnogen halokatlarning oʻz vaqtida bartaraf etilishida toʻgʻri va tezkorlik bilan harakat qilish katta oʻrin tutishi bois bunga masʼul tashkilotlar xodimlari bu borada yuqori darajadagi tayyorgarlikka ega boʻlishlari zarur. Ana shu munosabat bilan “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filialining “Qoʻrgʻontepa” gaz toʻldirish shoxobchasida GTSh ishchilari ishtirokida favqulodda vaziyatlar roʻy berganda aholi va hududlarni muhofaza qilish boʻyicha maxsus-taktik oʻquv mashqlar tashkil etildi.

Unda favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Qoʻrgʻontepa tuman boʻlimi va hamkor tashkilotlar bilan birga sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinlarni oʻz vaqtida bartaraf etish, binodagi ishchilar va fuqarolarni evakuatsiya qilish, hududdagi yongʻinga qarshi suv taʼminotini oʻrganish, shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarligi va kasb mahorati sinovdan oʻtkazildi.

Yongʻin xavfsizligi xodimlari belgilangan tartib asosida harakat qilib, MAN rusumli maxsus avtotransport vositasida yuzaga kelgan shartli yongʻin oʻchirildi. Mashgʻulot yakunida bajarilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan xatolar muhokama qilindi. Unda ishchilarga yongʻinlarning oldini olish, yongʻin sodir boʻlganda toʻgʻri harakatlanish, odamlarning hayoti va sogʻligʻi uchun zarur boʻlgan boshqa tavsiyalar berildi.

Batafsil: https://hududgaz.uz/news?id=14496

“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram |📱 X | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

“Sirdaryotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 10 657 nafar iste’molchi suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadi. Bu haqida batafsil FM 90.6 radiosining yangiliklar informatsion dasturida ma'lumot berildi.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram |📱 X | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

“JIZZAX HAQIQATI” DA BIZ… 🗞

Jizzax haqiqati gazetasining navbatdagi sonida Jizzax viloyatining Mirzachoʻl tumanida
2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va aholini barqaror tabiiy gaz mahsuloti bilan ta’minlash borasida maqola chop etildi 🔥📊❄️

“Hududgaz Jizzax” GTF Matbuot xizmati


💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram |📱 X | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

Ehtiyojmand oilalar uchun davlat yordami

💵 Elektr va gaz to‘lovlari og‘irlik qilayotgan ehtiyojmand oilalarga har oylik kompensatsiya va 2025/2026-yilgi isitish mavsumi uchun bir martalik moddiy yordam ajratiladi!

🖋 Yangi qo‘llanma tayyorlandi – unda siz:

Kimlar yordam olish huquqiga ega?
Ariza qanday beriladi?
Kompensatsiya miqdori qanday hisoblanadi?
Qanday hollarda yordam berilmaydi?
kabi asosiy savollarga javob topasiz.

💻 Qo‘llanma aholining eng dolzarb savollariga javob berishga, tartib va mexanizmlarni sodda va tushunarli tarzda tushuntirishga qaratilgan.

↗️ Davlat yordamidan foydalaning, xarajatlaringizni yengillashtiring!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

Bugun, 26-iyul kuni Fargʻona viloyati Furqat tumanidagi "Furqat" GTSdan chiqqan yuqori bosimli gaz quvuriga yuk mashinasining shikast yetkazishi natijasida gaz sizib chiqish holati kuzatildi.

Natijada Furqat tumanidagi 10 841 ta aholi, 98 ta ulgurji isteʼmolchilarda, shuningdek, Dangʻara tumanidagi 1 200 ta aholi xonadonlarida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

Ayni vaqtda tuman gaz taʼminoti boʻlimining avariya brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

YOQILG‘I-ENERGIYA RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH DOIMIY NAZORATDA

“Surxondaryo” telekanalining “Vaqt” informatsion dasturida Qumqo‘rg‘on tumanida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z bordi.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram |📱 X | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

Президент Шавкат Мирзиёев аҳоли бандлигини таъминлаш ва касбий таълим тизимидаги янги ёндашувларга оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о новых подходах в системе обеспечения занятости населения и профессионального образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #bandlik #kasbiytalim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

✔️ "Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali Boshlang'ich kasaba uyushmasi tomonidan ishchi-xodimlar o'rtasida suzish musobaqasi o'tkazildi.

📹 “Namangan” telekanali orqali efirga uzatilgan quyidagi lavha Namangan shahar "Barkamol avlod" sport majmuasidan tayyorlangan.

🔥 "Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram |📱 X | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahri “Bogʻbon” MFYdagi oʻrta bosimli gaz quvurini yuk mashinasi urib yuborishi natijasida mazkur hududdagi 200 ta xonadonda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

Ayni vaqtda shahar gaz taʼminoti boʻlimining avariya brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

#matbuot_anjumani

"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali tomonidan OAV vakillari ishtirokida "Tabiiy gaz ta'minotida mahalla iste'mol nazorat-balansining joriy qilinishi. Davlatobod tumani "Yelxon" MFY misolida" mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi.


🔥 "Hududgaz Namangan" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram |📱 X | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

🎙 Namangan viloyati aholisi 2025 yilning I yarim yilligida 38683,2 tonna suyultirilgan gaz resursi bilan ta'minlandi.

🎙 Bu haqida "O'zbekiston 24" radiosi orqali batafsil ma'lumot berildi.


🔥 "Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti
filiali matbuot xizmati


💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram |📱 X | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

Andijon shahri “Sholdirama” MFYdagi ayrim xonadonlar Yaponiya texnologiyasi asosida gaz bilan ta’minlanmoqda

“Hududgazta’minot” AJ Boshqaruv raisi Andijon shahri “Sholdirama” MFYda joylashgan koʻp qavatli uylarda suyultirilgan gaz va havo aralashmasi orqali yoqilgʻi bilan taʼminlovchi Yaponiya texnologiyasini joriy etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, Jamiyat rahbari ta’minotdagi o‘zgarishlar borasida aholining fikr-mulohazalarini tingladi.

Mazkur loyiha doirasida Andijon viloyatida jami 6 ta koʻp qavatli uylarga “ITO Corporation” tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy texnologiyalar oʻrnatildi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

Andijon viloyatidagi “Qoʻrgʻontepa” GTShda maxsus-taktik oʻquv mashqlari tashkil etildi

“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filialining “Qoʻrgʻontepa” gaz toʻldirish shoxobchasida favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Qoʻrgʻontepa tuman boʻlimi va hamkor tashkilotlar bilan birga sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinlarni oʻz vaqtida bartaraf etish, binodagi ishchilar va fuqarolarni evakuatsiya qilish, hududdagi yongʻinga qarshi suv taʼminotini oʻrganish, shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarligi va kasb mahorati sinovdan oʻtkazildi.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram |📱 X | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruvi raisi Andijon viloyatida yoqilgʻi quyilish jarayonida baxtsiz hodisalarni oldini olish, yongʻin va sanoat xavfsizligi qoidalariga rioya etish masalalarini oʻrgandi

Andijon shahridagi xususiy korxonaga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida avtomobillarga gaz toʻldirish jarayonidagi xavfsizlik qoidalariga rioya etish, kompressorning ishlash tizimi va boshqa texnik masalalar boʻyicha tegishli mutaxassislar bilan suhbatlar qilindi. Shuningdek, gaz toʻldirish jihozlarining yaroqlilik va texnik hujjatlari, ularni oʻz vaqtida taftishdan oʻtkazish boʻyicha tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

💥💥💥 KORRUPSIYAGA "STOP" DENG

🗣 Korrupsiya — bu jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘ladigan, davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning asosiy sohalariga zarar yetkazadigan muammodir. U adolat, tenglik tamoyillarini buzadi, resurslarning noto‘g‘ri taqsimlanishiga olib keladi va eng yomoni, aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini so‘ndiradi. Shu sababli, bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb masala bo'lib kelmoqda. Xususan, "Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filialida ham bu borada ko'plab tadbirlar o'tkazilmoqda. Ana shunday yig'ilishlardan biri "Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filialida Boshlang‘ich kasaba uyushma raisi A. Sobirov hamda Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i A. Qobulov boshchiligida bo'lib o'tdi. Unda filial hamda uning hududiy bo'limlari xodimlari ishtirok etdi.

🗣Yig'ilish davomida, korrupsiya zarali illat ekani aytilib, barchani vijdonan to'g'ri ishlashga chaqirildi. Shuningdek, xodimlarning mehnat shartnomalari bekor qilinishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar, ayniqsa, mehnat majburiyatlarining qo‘pol buzilishi bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

🗣Korrupsiyaga qarshi kurashish - bu nafaqat qonunlar hamda davlat organlarining mas’uliyati, balki har bir fuqaroning vazifasidir. Jamiyatdagi barcha qatlamlar birgalikda harakat qilsa, mamlakatda adolat, barqarorlik, farovonlik ta’minlanadi.

🔥 “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram |📱 X | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

#Elon

“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali matbuot kotibi lavozimiga tanlov eʼlon qilinadi


“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritishni istovchi, masʼuliyatli va tashabbuskor mutaxassislarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar:

• Korxona faoliyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish;
• Matbuot bayonotlari, axborot, munosabat va maqolalar tayyorlash;
• Tadbirlarni media jihatdan yoritish, foto va video materiallar ishlab chiqish;
• Davlat va hududiy axborot siyosati doirasida kommunikatsiya ishlarini olib borish;
• Boshqarma va markaziy idora bilan axborot almashinuvini taʼminlash.

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

• Oliy maʼlumot (jurnalistika, filologiya, PR, yoki shu kabi sohalar boʻyicha);
• Oʻzbek va rus tilida ravon yozish va soʻzlash qobiliyati (boshqa tillarni bilishga ustunlik beriladi);
• Matn tayyorlash, tahrirlash va rasmiy uslubda yozish koʻnikmasi;
• Foto va videolarga ishlov berish dasturlaridan foydalana olish;
• Jamoa bilan ishlay olish, tashabbuskorlik va masʼuliyat;
• Jurnalistika va PR sohasida tajribasi bor nomzodlarga ustunlik beriladi.

Nomzodlardan rezyume va (agar boʻlsa) portfolioni info@hududgaz.uz elektron manziliga yuborish soʻraladi.

Arizalar qabul qilish muddati: 01.08.2025 ga qadar.

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

Ҳафтанинг энг муҳим воқеалари шарҳи: Электр энергияси ишлаб чиқаришни кўпайтириш, куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди. Давлатимиз раҳбари Жиззах вилояти ривожи билан танишди. Бандлик идоралари ислоҳоти: назоратдан иш берувчилар билан ҳамкорликка ўтиш.

Ҳәптениң ең әҳмийетли ўақыяларына шолыў: Электр энергиясын ислеп шығарыўды көбейтиў, гүз-қыс мәўсимине таярлық мәселелери додаланды. Мәмлекетимиз басшысы Жиззақ ўәлаятының раўажланыўы менен танысты. Бәнтлик уйымларын реформалаў: қадағалаўдан жумыс бериўшилер менен бирге ислесиўге өтиў

Обзор важнейших событий за неделю: Обсуждены наращивание производства электроэнергии и подготовка к осенне-зимнему периоду. Глава государства ознакомился с развитием Джизакской области. Реформа органов занятости: переход от надзорной модели к партнерству с работодателями.

Weekly review of the most important events: Discussions were held on increasing electricity production and preparing for the upcoming autumn-winter season. The Head of State reviewed the development of the Jizzakh region. The reform of employment bodies: a shift from a supervisory model to a partnership with employers.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

#FOTOREPORTAJ

“Hududgaz Qoraqalpog‘iston” GTF boshlig‘i va filial kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan ichki turizmni rivojlantirish maqsadida filialning bir guruh xodimlari Mo‘ynoq tumaniga sayohatga olib borildi.

✍️ “Hududgaz Qoraqalpog‘iston” GTF Matbuot xizmati

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram |📱 X | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

#IjtimoiyKompas_2

🎙 “Ijtimoiy Kompas” podkastining yangi soni efirda!

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakillari "#IjtimoiyKompas" podkastining navbatdagi sonida — energiya islohotlari davrida davlat tomonidan ehtiyojmand aholini qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida suhbatlashildi.

👮‍♂️ Podkast mehmoni: Ijtimoiy himoya milliy agentligi ijtimoiy to'lovlar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari — Farruh Pardayev.

🎬 Podkastda quyidagi masalalarga javob topasiz:

elektr va gaz uchun kompensatsiya ajratish tartibi;
qanday holatlarda fuqaroga kompensatsiya to‘lanmaydi?
Kompensatsiya olish jarayonida aholidan qanday hujjatlar talab etiladi?
2025–2026-yilgi isitish mavsumida davlat tomonidan yana qanday moddiy yordam turlari ko‘zda tutilgan?
Kompensatsiya to‘lovi bilan bir martalik moddiy yordam o‘rtasida qanday farq bor?

🤝 Davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralariga oid barcha savollarga javob toping!

🎬Podkastning to‘liq videosini bugun soat 20:00 da Youtube'dagi rasmiy sahifamizda e'lon qilinadi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

Ochiq muloqot: Energiya resurslaridan oqilona foydalanish

Jizzax telekanali “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali direktori o‘rinbosari B.Xoliqov ishtirok etdi. Dastur davomida gaz xo‘jaligida olib borilayotgan tejamkorlik ishlari, aholiga uzluksiz va xavfsiz gaz yetkazib berish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha so‘z yuritildi.

📝
“Hududgaz Jizzax” GTF Matbuot xizmati

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram |📱 X | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

Toshkent viloyati Zangiota tumani "Harakat" MFYdagi oʻrta bosimli gaz quvuriga yuk mashinasining shikast yetkazishi oqibatida gaz sizib chiqish holati kuzatildi. Natijada hududdagi 945 ta xonadonda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

Ayni vaqtda tuman gaz taʼminoti boʻlimining avariya brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

https://uza.uz/uz/posts/suyultirilgan-gaz-taminotida-etirozlar-bolmaydi_742435

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

“Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filialida ishchi-xodimlar uchun navbatdagi oʻquv seminar-treningi tashkil etildi

Dastlab, “Hududgaztaʼminot” AJ mutaxassis-ekspertlari tomonidan gaz taʼminoti sohasidagi soʻnggi yangiliklar boʻyicha axborotlar taqdim etildi. Seminar davomida onlayn boshqaruv tizimining ustunliklari hamda elektron gaz hisoblash uskunalarining texnik jihatdan toʻgʻri va soz holatda saqlanishi zarurligiga alohida urgʻu berildi.

Shuningdek, debitor qarzdorliklarni belgilangan tartibda undirish ishlarini jadallashtirish muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.

Seminar yakunlari boʻyicha xodimlarning kunlik va oylik onlayn vazifalarni bajarish holati asosida baholash mezonlari ishlab chiqilgani, bu esa faoliyat samaradorligiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi qayd etildi. Shu munosabat bilan, bu yoʻnalishda masʼuliyat bilan va sidqidildan mehnat qilish zarurligi yana bir bor eslatib oʻtildi.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram |📱 X | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

😊😊😊😊😊

#milliy_libos

Milliy liboslar har bir xalq tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u milliy o‘ziga xoslikni aks ettiradi.

🇺🇿Mamlakatimizda ko’p yillik tarixga ega, o’ziga xos milliy liboslar shakllangan. Milliy liboslarimiz nafaqat millatimiz ko’rki, balki ma’naviy mafkuramiz va dunyo tamaddunida tutgan o’rnimizni ham namoyon etadi.

"Bulung‘urtumangaz" va "Narpaytumangaz" gaz taʼminoti bo‘limlarida juma - milliy liboslar kuni!

"Hududgaz Samarqand" gaz taʼminoti filiali axborot xizmati

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram |📱 X | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

Milliy kiyimler – insan kórki, milliy maqtanıshımız.

“Hududgaz Qoraqalpoǵiston” gaz támiynatı filialı jámatı milliy kiyimler arqalı milliy úrip-ádetlerimizdi saqlaw, asırıp abaylaw hám hár bir insan qalbinde milliyligimizdi sáwlelendiriwge ózleriniń múnásip úleslerin qospaqta.

✍️ “Hududgaz Qoraqalpog’iston” GTF Málimleme xızmeti

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram |📱 X | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZTA'MINOT" AJ

“Hududgaztaʼminot” AJning oʻquv rejasiga muvofiq “Hududgaz Qashqadaryo” gaz taʼminoti filialida ishchi-xodimlar uchun navbatdagi oʻquv seminar-trening boʻlib oʻtdi

Dastlab, “Hududgaztaʼminot” AJ ning mutaxassis ekspertlari tomonidan gaz taʼminoti sohasidagi yangiliklar xususida maʼlumotlar berildi.

Shundan soʻng, online boshqaruv tizimining afzalliklari, EGHU ni texnik jihatdan soz holatda boʻlishini taʼminlash lozimligi taʼkidlandi.

Debitor qarzdorliklarni undirilishi yuzasidan belgilangan tartibda rejali ishlarni jadallashtirish muhimligi tushuntirildi.

Aloqada muammosi bor, maʼlumotlari toʻliq kiritilmagan isteʼmolchilarni dasturga kiritib borishini taʼminlash haqida soʻz yuritildi.

Tadbir soʻngida xodimlarning kundalik va oylik online topshiriqlarni bajarish yuzasidan baholash mezoni ishlab chiqilgani va bu faoliyat samaradorligiga taʼsir koʻrsatishi mumkinligi shu maqsadda bu yoʻlda sidqidildan mehnat qilish lozimligi alohida taʼkidlandi.

“Hududgaz Qashqadaryo” GTF matbuot xizmati

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram |📱 X | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…
Subscribe to a channel