aprelquyoshi | Unsorted

Telegram-канал aprelquyoshi - .......

4

so...

Subscribe to a channel

.......

Partizan italyanlarning "Bella ciao"si kuylanayotganiga ham chorak asr kam 100 yil bo'lay deb qoldi, shu vaqtgacha ko'plab versiyalari chiqqan, yildan yilga yosharib zamon shayliga moslashib boryapti, lekin mazmun-sehri hanuz o'sha.

Nafasiy Sherali Jo'rayevning qo'shig'ini remake qilganda ko'pchilik uni ustidan kulgandi, biroq men o'sha payt bilgandim shunday qo'shiq bor ekanligini. Demakki, Nasafiy tanitdi menga o'sha "sochlaringni sariqqa, bo'yab nima qilasan"ni.

Shuning uchun eski qo'shiqlar remodernizatsiya qilibganda ularni qo'llab quvvatlagan yaxshi, ayni shu insonlar ularni tirik qolishiga yordam beradi

Ozodbek ham bir paytlar g'azallarni kuyga solib yangi jon ato etayotgandi...

Читать полностью…

.......

Факт ва назария, эволюция

Фактларни ўзаро боғлайдиган, улар нима учун шундайлигини тушунтирадиган фараз етарлича тасдиқланса, назария деб аталади. Бирор назария инкор қилинса, факт инкор бўлмайди, шунчаки ўрнига янги назария керак бўлади.

Эволюция факт, дарвинизм эса ўша факт қандай механизм асосида кечишини тушунтирадиган назариядир. Организмларнинг вақт ўтиб ўзгаргани ҳақидаги қараш аввал-бошда фараз эди. Аммо бугун бу инкор қилиб бўлмас фактга айланган, ўзгаришни тасдиқловчи далиллар кўплигидан табиат музейлари тўлиб тошиб кетган. Фақат бу ўзгариш қандай кечганини тушунтириш керак, бунга эса назария лозим. Бугунги кунда бу борадаги энг кучли назария дарвинизмдир (табиий танланиш назарияси)

Популяция ичидаги вариацияларнинг табиий танланиши, танланган хусусиятларнинг эса ирсий ўтиши асосида кечадиган адаптация турлар эволюциясини изоҳлайди. Шу маънода дарвинизмнинг қачондир инкор қилиниши, барибир, эволюцияни инкор қилмайди.

Ҳатто диндорлар яхши кўрадиган “Intelligent design” (ID) ҳам эволюцияни умумий даражада буткул инкор қилмайди, балки дарвинистик механизмлар орқали айрим ўта мураккаб органик бирликлар (irreducibly complex) вужудга келмаслигини таъкидлайди, эволюциянинг мақсадсиз, тасодифий йўналганлигини инкор қилади, яъни фактни эмас, назарияни инкор қилади. Яъни ўзгаришлар бўлган, аммо бошқарилмайдиган эмас, балки қандайдир ақлли зотнинг аралашуви билан. Ана шу жиҳати ID’ни псевдофанга айлантириб қўйган, чунки ўша ақлли зотнинг ўзини илмий текшириш имкони йўқ.

Ақли бошида одам эволюцияни инкор қилмайди. Аввал аниқлаштириб олиш керак: дарвинизм нима, эволюция нима. Ламаркизм ҳам эволюцияни изоҳлайди, аммо у дарвинизм эмас, бошқа назариядир.
Эволюция инкорчиларининг кўпчилиги дарвинизм билан ламаркизмнинг фарқига бормайди, табиийки, илмий назария нималигини ҳам билмайди.

@khurshidyuldosh

Читать полностью…

.......

Fikrning subyektiv yoki obyektivligi

Fikr subyektiv bo‘ladi, qachonki uning to‘g‘riligini boshqa odam yoki odamlar tekshirib ko‘rish imkoni bo‘lmasa. Masalan, menga biror narsa chiroyli ko‘rinsa, hech kim u haqiqatan ham menga chiroyli ko‘ringan yoki yo‘qligini tekshira olmaydi. Bu masalada yagona avtoritet, ishonchli manba o‘zimman. Yo‘q, senga boshqacha ko‘rinyapti, deb hech kim qarshi chiqa olmaydi. Fikrning subyektivligi uning xatoligiga dalolat qilmaydi, shunchaki uni obyektiv tekshirish imkoni yo‘qligini bildiradi. Ya’ni fikr subyektiv ekan, demak, u xato, demaslik kerak.

Subyektiv fikr omma fikriga aylanishi mumkin, agar fikr egasi o‘ta nufuzli shaxs yoki hokimiyat egasi bo‘lsa. Aksar diniy qarashlar subyektiv fikrning ommalashuvi natijasida paydo bo‘lgan.
Subyektiv fikr egasi o‘z fikrini obyektiv deb da’vo qilsa, u yo din yoki biror g‘ayriilmiy qarashga aylanadi.

Subyektiv fikr yomon narsa emas, agar boshqalar uni tekshirish yo‘lini topsa, obyektiv "fikr"ga evrilishi va "bilim" deb atalishi ham mumkin. (Bilim va fikr o‘rtasidagi farq ham shu). Fikr xato bo‘lishi ham, to‘g‘ri bo‘lishi ham mumkin. Nima bo‘lganda ham, subyektiv fikrning subyektivligini doim yodda tutish kerak. Uni barvaqt bilim deb e’lon qilish adashishning va adashtirishning yanada chuqurlashuviga sabab bo‘ladi.

Fikr aytilganda, savol berish kerak: uning to‘g‘riligini tekshirish imkoni bormi? Bu yerda tekshirish kengroq ma’nodadir. Ya’ni qandaydir tajriba o‘tkazish, ko‘rish, ushlash, hidlashgina emas, kuchli mantiqiy izchillik ham tekshiruv bo‘lishi mumkin, agar hech bir aqli solim odam o‘sha mantiqni inkor qila olmasa. Masalan, matematik isbotlangan mulohazalar to‘g‘riligini tajribada tekshirish shart emas, uni shunchaki rad qilish imkonsiz. Shu ma’noda empirik va matematik (apriori) mulohazalar subyektiv emas. Ammo estetik, badiiy, hissiy-emotsional munosabatlar aksaran subyektivdir va ularga bilim emas, fikr deb qarash kerak.

Odam fikr bildirishi uchun u to‘g‘ri bo‘lishi shart emas. Fikr to‘g‘ri bo‘lishi shart degan talablar shunchaki fikr aslida nima ekanligini farqlamaslikdandir.

@khurshidyuldosh

Читать полностью…

.......

Cheksiz tolerantlik balosi

Va

Tolerant bo'lmaslik balosi

Читать полностью…

.......

AROSAT

Nima bo'ladi bir marta
Olayotgan nafasimga to'liq ishonsam?
Nima bo'ladi men seni sevsam
Sen meni
O'ylamay hech qanday shubha,
Gumon,
Ayriliq va kelajakni?
Nima bo'ladi
Hozir yozayotganimni
Poylayotgan odamdan berkitmasam shu daftarimda.
Va uyalmasam o'zdan, o'zlikdan.
Nima bo'ladi bir lahza
Men o'zimni mukammal odam deb e'lon qilsam,
Nima bo'ladi sen qilsang o'zingni e'lon?
Ayt, sevgim, nima bo'ladi,
Bir lahza inson bo'lganimiz haqqi ishonsak hammasiga?
Bir lahza hammasiga qodir bo'lsak
Va bizda bo'lsa hammasi
Bir lahza to'yib nafas olsak
To'yib-to'yib
Dunyoga  ilk kelgan chaqaloq
Birdan o'pkasi ochilib yig'lagan kabi
Nima bo'ladi bir lahza
Yo to'liq siddiq
Yo batamom inkor bo'lsak?
Nima bo'ladi
To'liq yo xudo
Yo shayton bo'lsak?
Shaytonni qo'y,
Xudo bo'lsak -
Qodir bo'lsak bariga
Va qodirlikdan yumshasa dil, xotira,
Erisa qayg'u, ko'z yosh va quyosh.
Rahmdil va shaffof bo'lsak -
Yo'q, biz bunga tomon bormaymiz.
Odamlar, siz borolmaysiz,
Sevgilim, sen borolmaysan -
Na Xudoga tomon to'liq,
Na shayton tomon qoim.
Do'stlarim, arosatdasiz.
Na orzuga to'liq baxsh emas,
Na qayg'udan erib tushmagan ko'zi.
Na to'liq ishonchdasan
Bugun bor bo'lganingga
Hayotingga
O'rningga
Na to'liq inkordasan -
Qo'rquv, shubha o'ygan ichingni
Na to'liq davodasan
- chopqilillab turib ketsang,
Na jahannam tubida -
Og'riq bo'lib qiron solsang dunyoga.
Do'stlarim, arosat ado qiladi,
Do'zax darvozasin oldi - arosat.
Yaxshisi, o'zingni bir- bor tashlang do'zaxga
Yoning, surin soling, dod deding
Bir bor to'liq dunyoni buzib
Dod deng,
O'ting bir tomonga,
Betaraf bo'lmang,
Hayot mudom taraf tutmoq,
Qalb mudom taraf,
Bir bor taraf tuting
Do'zaxning tarafi bo'lsa ham bir bor.
Bir bor yoning, og'ring,
Xushxabardir og'riq ham farishtalardan.

Goʻra

Читать полностью…

.......

Ajib yangi dunyo haqida sevimli youtoberim Barış Özcan tomonidan teran sharxlangan video
Ovoz Turk tilida, subtitile ingliz tilida

Читать полностью…

.......

Game of Thrones S02 E03 🔥❤

One of the greatest and most beautiful dialogues ever

Lord Varys: Power is a confusing thing, my lord...
Do you like puzzles??

Tyrion: Why, will you tell me one??

Varys: Three great men are sitting in one room (a king, a priest, and a rich man). Between them stands a mercenary with a sword. Each man resorts to it to kill the other two.
Who lives and who dies??

Tyrion: It depends on the mercenary!!

Lord Varys: Really??
He has no crown, no gold and no protection from the gods

Tyrion: But he has the sword, the power of death and life

Lord Varys: But if the power of the sword rules, why do we pretend that the king has all the power??
When Ned Stark lost his head... who was really responsible??
Joffrey??
Executioner??
Or something else??

Tyrion: In the end I decided I didn't like puzzles

Lord Varys: Power lies where people believe it. It is an illusion, a shadow on the wall. A very small man can reflect a large shadow.

Читать полностью…

.......

Bir paytlar yaxshi bir inson gaplari bilan chuqur dars berib qo'ygandi:
"Nima talab qilayotganing va aytayotgan gaplaringga e'tibor qil, har birini izohlasam boshingga osmon yiqiladi"

Har bir erkinlikni cheklaydigan, ishonchsizlikka qurilgan munosabat toksikdir.

Читать полностью…

.......

Ertaga Turkiyada tanilgan tarixchi olim Ahmet Şimşirgil Sharqshunoslik universitetiga kelarkan, uning o'zbek tiliga o'girilgan "Amir Temur" asari taqdimoti bo'lib o'tadi.
Uchrashuv ikki qismdan iborat.

O'tinglar, o'sha yerda bo'lamiz

Читать полностью…

.......

Xorazmga ketishdan avval shu filmni tomosha qilgandim, va qaysidir ma'noda sayohatga ruhlantirgandi - Minimalizm: muhim narsalar haqida hujjatli film. Quyida undan olgan 5 muhim g'oyamni yozyapman:

Keraklilik: Ular (minimalistlar) faqat o'zlari uchun juda muhim bo'lgan narsalarni saqlashadi va vaqtlarini o'zlari uchun eng qadrli bo'lgan mashg'ulotlarga sarflashadi.

Kamroq - ko'proqdir: Minimalistlar kamroq narsaga ega bo'lish yanada to'liqroq va mazmunli hayotga olib keladi, deb hisoblashadi. Ularda nimadir kamroq bo'lsa, kamroq stress, kamroq tashvish bo'ladi, deyishadi.

Moddiyatdan tajribaning afzalroq ekanligi: Minimalistlar tajribani moddiy narsalardan ko'ra ko'proq qadrlashadi. Sayohat, kontsertlar va yaqinlar bilan vaqt o'tkazish kabi tajribalarga pul sarflash, uni moddiy narsalarga sarflashdan ko'ra foydaliroq, deb hisoblashadi.

Kamroq bilan yashash: Minimalistlar kamroq narsa bilan yashaydi. Ular keraksiz yoki foydalanmaydigan narsalardan tashlab yuborishadi. Kamroq narsalar bilan o'zlarini qulay his qiladilar.

Oddiy narsalarda quvonch topish: Minimalistlar hayotdagi oddiy narsalarni qadrlashadi. Ular yaqinlari bilan vaqt o'tkazish, tabiat qo'ynida bo'lish va o'z ehtiroslariga ergashishdan zavqlanishadi.

Filmda minimalizmni qabul qilgan turli odamlar, jumladan tadbirkorlar, rassomlar va hatto sobiq Uoll-strit brokeri bilan intervyu berilgan. Minimalizm ularga qanday qilib baxtli va qoniqarli hayot kechirishga yordam bergani haqidagi hikoyalari bilan o'rtoqlashadilar.

Minimalizm - bu kam - ko'proq degan fikrga asoslangan turmush tarzi. Bu haqiqatan ham muhim bo'lgan narsalarga e'tibor berishdir.

Men o'zimda minimalizm elementlari ko'proq ekanligini his qildim, siz-chi?

Читать полностью…

.......

Qaytishda Xorazmlik yigit bilan suhbatlashib qoldim, undan qizlarning oiladagi o'rni haqida so'radim, ya'ni, turmushga chiqishda qizning roziligi qay darajada olinadi deb.
Aytdiki, qiz erga tegishni istamasa majburlashmaydi, ahir ular odatda bir marta turmush qura oladilar, shuning uchunmi Xorazmda ajralishlar soni kam.

Oilada qizlarning o'rni balandligi barcha o'g'uz xalqlariga xos xususiyatmi, deymanda

Читать полностью…

.......

Great stories that every wall say to you

Читать полностью…

.......

Xiva va Urganch haqida

Icha qal'ada o'zimni o'sha muazzam davrda yurgandek his qildim, ayniqsa ertalab 7da poyezddan tushganim uchun shahar juda tinch va mahobatli edi. Shahar Buxoro va Samarqand yashirgan narsalarni bera oldi.
Obidalar ichi aksessuarlar bilan to'ldirib tashalmaganligi, muzey sifatida foydalanilishi hursand qildi.
Tashqaridan qal'a mahobatini ko'rarkanman, shuni ichida sivilizatsiya qaynagani, imperiya qurilgani jo'shqinlantiradi.

Har ikki shaharda yo'llar tekkis, ozoda.
Urganchdagi shahar bo'ylab o'tgan kanaldan unumli foydalanishgan, kengaygan joyida orolcha qurishib istirohat bog'iga aylantirishibdi.

Va yana meni quvnatgani, Xorazmliklar yashashni bilishadi.
Har tarafda juftliklar, muhimi hech kim hech kimga halaqit ham, e'tibor ham berishmayapti, yoshlik gashtini surishyapti.

Читать полностью…

.......

Olimpiyadaga tayyorlanganimda memoriy obidalarni ham o'rgangandim, o'sha payt judayam ko'rgim keladigani shu masjid edi, yozilishi bo'yicha mingta ustun turli bezaklarda o'xshashsiz naqshlangan, shuningdek turli tomondan mehrobga qaralganda ustun ularni to'sib qo'ymasdi. Rost ekan

Читать полностью…

.......

Ochiq osmon ostidagi muzey

Читать полностью…

.......

* * *

Odamlar hayotga yuzlashadilar,
Ming oʻy bilan uygʻonadilar,
Ularni tong yuzlashtirmaydi–
Tirikchilik tashvishi tortqilaydi
Yoqalaridan...
Odamlar yuzlari ajinga toʻladi,
Koʻzlarini qisib qaraydilar atrofga,
Buning bari quyoshdan emas–
Nomlanmagan gʻamlar bezovtaligidan...
Odamlar kuladilar baralla,
Qoʻllarini tizzalariga urib kuladilar,
Yuzlari ayanchdan bujmayadi,
Ularni baxtdan kuldi demang –
Hech qachon boʻlmagan
Xotirjamlikni eslab kuladi ular.
Odamlar –
baxtli koʻrinadi,
omadli koʻrinadi,
quvnoq koʻrinadi,
Siz istagan jami sifatlarda koʻrinadi,
Aslan – shunday bir ilinjda yashaydi ular!

Dilrabo

Читать полностью…

.......

"..saatler boyunca başka saatleri bekleriz"

Emil Cioran

Читать полностью…

.......

DAAD mentorimiz Qudratxója ko'p savollarga googledan qarab ko'rdizmi, youtubega yozsangiz chiqadi deb javob beradi. Bazan o'zim ham savol yozayotganimda shu qilig'i esimga tushib ketib, savolimni o'chirib yuboraman.
Bizga o'zi shu hislat kerak, savollarga javobning o'zini emas uni qanday topish yo'lini berganimiz maqul.

Читать полностью…

.......

Xristianlikda protestantlik vujudga kelayotganda, uning namoyandalari dinni emas undagi odamlarni tanqid qilishgan va asl nasoralikka qaytishni istashgan. Keyingi davrda dinning oʻziga oʻtilgan va oxirda koʻrib turibmiz: xristianlik choʻkdi, nomiga turibdi xolos desa ham boʻladi.

Bizda koʻpchilik aytadigan "islom mukammal, musulmonlar nomukammal, xolos, bir musulmonni koʻrib islomga baho berma" gapi bizda ham birinchi bosqichga oʻtilgandek koʻrinib ketyapti.

Shuning uchun an'analar masalasida mutaasib boʻlgan ham balki yaxshi, chunki uni isloh qilishga urinib tub asosni yemirib qoʻyishimiz mumkin.

Tepada koʻpdan koʻp dahriyona gaplar yozganim bilan islomni yaxshi koʻraman, unda men sevgan insonlar bor. Din qanday paydo boʻlganligi haqidagi ma'lumotlar, Kitobdagi paradoksal holat va real dunyo bilan toʻgʻri kelmaydigan joylarini anglamasimdan avval islomda yupanch topardim, endi esa Oqdengizga suicide haqida gapirib o'tiribman.

Qo'llaydiganim, fundamentlarimiz darz ketmasligi kerak, umum qilib olganda jamiyat dinsiz yashay olmaydi, biri ketsa yuza o'zgartirib boshqasi keladi. Tabiatan odam hamisha yuqori kuch yupanchiga muhtoj (bu fikrda to'xtashimga Den Brown va Oldos Xaksli sabab)

Читать полностью…

.......

#kun

https://telegra.ph/Nega-boshqalarning-aqliga-ergashmaslik-kerak-08-06

Читать полностью…

.......

Jonga tegmadimi,
Janob shoirlar,
saroy,
qullar,
sevgi,
gullar va hasham?
Sizdeklar ijodkor sanalsa agar,
U holda tupurdim sanʼatiga ham.

Vladimir Mayakovskiy

Читать полностью…

.......

Bernardnikiga o'xshash xarakterli insonlar bor, balki ko'p...

Читать полностью…

.......

Beshak biling, bu dunyo, borcha eldin o‘taro,
Inonmag‘il molinga, bir kun qo‘ldin ketaro.
Oto-ono, qarindosh, qayon ketti, fikr qil.
To‘rt ayog‘lig‘ cho‘bin ot, bir kun sanga yetaro.

Dunyo uchun g‘am yema, Haqdin o‘zgani dema,
Kishi molini yema, sirot uzra tutaro.
Ahli ayol, qarindosh, hech kim bo‘lmaydur yo‘ldosh,
Mardona bo‘l g‘arib bosh, umring yeldek o‘taro.
Qul Xoja Ahmad toat qil, umring bilmom necha yil,
Asling bilsang, ob-u gil, yana gilga ketaro.

Ahmad Yassaviy

Читать полностью…

.......

Menga ham tanish tushkunlik, yolg′izlik bir necha kunlik
Depressiya qilar ustunlik, ba'zan, xayolga kelar yakunlash (tavba)
Ba′zan chekvording keladi, ketvorging keladi
Telefon jimligi miyani teshadi, ba'zan uni otvorging keladi

Buni hech kim bilan bo'lisholmisan
Hech kim bilan ko′risha olmisan (yo′q)
Tinchgina yasholmisan (yo'q)
Hech kimga ishonmisan

Bir do′stim yo'qdek xuddi
Yomonmanmi shuncha?
Degan savol qiynidi
Tushkunlikdan o′tguncha

•••
Men bilan birga o′rgan
Sen bilan bir xil dardim


©Konsta

Читать полностью…

.......

ЕРГА КЎМИЛГАН ИСЛОМ

Кўп ўқидим, кўп изландим ва ҳар доим ўзимдан сўрардим, нега Ислом жуғрофияси бу аҳволда, дея. Милодий 680-йилнинг 10-октябрида Карбалода буюк бир қатлиом бўлган эди. Қатлиом, ислом жамиятини илдизига болта урганди. Зеро, Севгили Пайғамбаримиз с.а.в. нинг невараси Ҳазрати Хусайин ва унинг ёнидаги 72 нафар яқини, Амавий Араб Ислом Давлатининг ҳалифаси Язиднинг аскарлари тарафидан Карбалода қонхўрларча қатл килинганида Исломнинг тугилганига эндигина 70 йил бўлган эди.

Тасаввур қиляпсизми, эндигина 70 йил бўлган бир дин ва бу дин Пайғамбарининг энг севган невараси, яна у пайғамбарга иймон келтирганлар тарафидан шафқатсизларча ўлдирилди. Ҳа, ислом бу фожианинг ҳам дини бўлиб қолди. Ислом Карбало чўлига Ҳазрати Хусайин билан бирга кўмилган мазлум ва маҳзун дин бўлиб қолди.

Ҳақиқат шуки, золимлар Карбалода фақатгина Ҳазрати Хусайиннинг вужудини эмас, Ислом тимсолини ҳам ерга кўмишди. Ўша куни Ислом 73 марта ўлдирилди. Хусайин 73 шахиднинг бири эди. Қолганлари эса унинг ака-сингиллари, болалари, жиянлари, ва биродарлари эди.

Ўлдирилган Ислом қандай дин эди ва нега қатл қилинди? Амавийлар Карбало шахидлари тимсолида Исломни ўлдиришни нима учун бу қадар орзу қилишди? Ваҳоланки, улар ҳам диндорликни ва ислом динига иймон келтирганмиз, дея иддао қилишарди. Улар тарихга Пайғамбаримиз с.а.в. нинг энг яқинлари қотили, деб ёзилди, аммо бизнинг наздимизда улар ислом динининг ҳам қотилидир.

Буни тушуниш учун исломнинг беш шартини билиш керак. Ҳа, ислом беш устун асосига қурилганди. Илк шарт Адолатдир. Иккинчиси – омонат, учунчиси – аҳлият, тўртинчиси – маслаҳат, бешинчиси истишора, яъни машваратдир.

Ҳайрон қолдинггизми? Сиз, намоз, рўза, ҳажни санайди ҳозир деб кутиб тургандингиз, шунақами? Йўк, улар исломнинг шарти эмас. Шарт шундай нарсаки, у бўлмаса, у тамсил қилаётган система ҳам бўлмайди.

Адолат бўлмаса ислом бўладими? Омонатга ҳиёнат бўлсачи? Иш ўз аҳлига берилмасачи, яьни аҳлият бўлмаса? Халқ билан маслаҳат қилинмасдан, халқ манфаатига асосоланмасдан ислом бўладими? Маслаҳат, ҳурфикр бўлмаса, шуарога истишора қилинмасдан ислом қоим бўла оладими?

Ҳа, дедилар, бу беш шарт булмаса ҳам ислом бўлвуради, дейишди. Намозингни ўқи, аммо Муавиянинг, Язиднинг адолатсизлигига бош кўтарма, эътироз қилма! Рўза тут, аммо йўқсилларнинг, очларнинг аҳволи сени қизиқтирмасин. Давлат арконларининг ҳашаматига, люксига аралашма! Ҳажга бор, Каъбани зиёрат қил, аммо ҳурфикрлари сабаб золим ҳукмдорлар тарафидан қамоқхоналарда чиритилган, шаҳид қилинган Имоми Аьзам, Абу Ҳанифаларни, чўлга сургун қилиниб ўлдирилган Абу Зарр Ғифорийларни, қилич билан боши кесилган Нужр бин Адийяларнинг хунини сўрама!

Ҳа, шунақа дейишди!

Аллоҳдан бошқага қул бўлма деган, золимга қарши кураш, деган муқаддас намози бодатини салкам иқтидор соҳибларига итоат ҳолига олиб келишди. Бу бузишларни, рўза, ҳаж, закотда ҳам қилдилар. Аллоҳ, эҳтиёжингдан бошқасини фақирга бер, дейди аммо улар буни қирқдан бирга тушурдилар.

Саройлар қурди, сарват тўпладилар. Эздилар, йўқсилларнинг қонини ичди, иликларини эмдилар. Ўзлари дунё неъматларига кўмилдилар, аммо фақирларга фақат жаннат орзусини қолдиришди. Чунки ҳаклилар, Мухаммад с.а.в. нинг динини ер билан яксон қилиб ўрнига янги дин ишлаб чиқдилар.

Илоҳиётчи ва ёзувчи Жамил Қилич
Марзия Иброҳим таржимаси

Facebook'dan olindi

Читать полностью…

.......

Bizni chuchvaramiz italyanlarni "to'rto'rito"si bilan bir xil ekan

Читать полностью…

.......

Life is this .
I like this '

Читать полностью…

.......

Nima deb o'ylaysizlar, erotika estetik tushunchami?

Читать полностью…

.......

Tasodiflarga to'la odamman-da ))
Isroillik ayol bilan tanishib qoldim mehmonxonada
Nonushta vaqti biroz gaplashdik va meni so'raydigan narsam aniq!))

Uyam sal uzoqdan olib keldi, qizi Zarafshonga kelin bo'lgan ekan, shundan bilib olaver mening munosabatim qanday bu urushga, dedi.
Yana aytishicha, Isroil ichida hamma aholi ham Netanyahuni qo'llamaydi, Falastinga nisbatan harakatlarga qarshilar ham ko'p, lekin nachora, degandek bo'ldi.

Eh, ular uje ketishyotgan vaqtga kelibman-da

Читать полностью…

.......

Samarqanddaman
Yana 9 soatlik yo'l
Yo'l davomida Haruki Murakami asari asosida olingan "Drive my car" kinosini ko'rdim
Biroz Go'ramdan she'rlar o'qidim
"Millat"ni eshitdim

Yana chuqur hayollar egallab oldi, odatda mana shunaqa uzoq yo'llar arzimas narsalarga ko'p o'ralashib, ko'p vaqt sarf qilib qo'yayotganimni tushuntiradi.

Tag'in "Karamazovlar"ni o'qigim kelib qoldi

Читать полностью…
Subscribe to a channel