aprelquyoshi | Unsorted

Telegram-канал aprelquyoshi - .......

4

so...

Subscribe to a channel

.......

Joker nega odam o'ldirdi va to's-topolonlarga sabab bo'ldi, uning bir maqsadi bormidi, masalan, yovuz insonni o'ldirish orqali jamiyatga yaxshilik yoki to'polonlar orqali odamlarga nimadir anglatish?

Yo'q, uning hatto kuchi ham, maqsadi ham yo'q, uning bir g'oyasi ham yo'q.

Unda nega?

Film davomida bilishimiz mumkinki, Joker kimsasiz odam, uning na bir do'sti bor, na bir sevgilisi, bor odami bu onasi ammo u ham ruhiy kasal. Jokerni hech kim hurmat qilmaydi, e'tibor ham qilmaydi, psixologi ham uni tinglaydi-yu eshitmaydi. Ko'chada kulgili qiliqlari orqali reklama bannerini aylantirib biroz quvonch olib keladigan narsasidan hatto besabab kaltak ham yeydi.

Nega odam o'ldirdi ?

E'tibor!

Shu orqali o'ziga e'tibor tortdi, hamma u haqida gapirdi, ba'zilar undan qo'rqar ham bo'ldi, andak kuch his qildi, ta'sir kuchini.

Asli barchasini shu uchun qildi, u yerda tashlab ketgan otadan olinadigan qasos ikkinchi planda.

Nega odamlar bu filmni yoqtirishdi.

Chunki barchamiz e'tibor xohlaymiz, qanchalik yolg'iz qolishni, yolg'izlikni sevishimizni tilda aytsak ham tub-tubimizdan (ba'zan o'zimiz anglamagan holda balki) e'tibor, diqqat, bizni tinglashlarini istaymiz.

(Atrofimizdagilarni tinglaylik) deb yozmoqchi edim, ammo bu judayam og'ir.

Читать полностью…

.......

Tolstoy o'zini jamiyatga nisbatan o'qituvchi o'laroq ko'radi
Dostoyevskiy esa jamiyatning bir a'zosi sifatida uni ko'rsatadi

Читать полностью…

.......

Hozirgina Öğretmen (o'qituvchi) serialini ko'rib tugatdim

Boshida deyarli barcha narsa Money heist (O'zbek tiliga Qoğoz bino bo'lib) serialini eslatsa-da urg'uning boshqaligi bilan farqlanarkan.

Bir inson o'z joniga qasd qilsa bunga uning ojizligi deb uni ayblashga haqqimiz bormi?

Social media, atrofda hammaning yolg'onga ergashib bir qizni gunohkor qilinishi Rüyaning suicide ga olib keldi.

Ammo buning ortida mahalliy gangsterlar turganini va Rüyaning sinfdoshlaridan foydalanganini o'rganganga Akifbey nafaqat 12- "A" sinfiga, balki butun ijtimoiy tarmoqqa dars berishni niyatlab butun sinfni asirga oldi va maktabni bo'mba bilan to'ldirib chiqdi.

Serialda yoqqan narsa Akifbeyning Rüya ishida hissasi bo'lgan har bir o'quvchini tek tek ruhiy zo'riqish orqali pushaymon qildirishi va tushuntirishi bo'ldi.

Yo'q, u hech kimni qiynamadi, faqat har birini haqiqatga yuzlashtirdi.

Birinchi daqiqalardayoq Tolstoyning "...ularning ruhini uyg'otish kerak" gapi bilan boshlangan serial oxirigacha intrigani zo'r ushladi

Читать полностью…

.......

Kirish bepul
Manzil ( Fotoğraflar Evi
Istiqbol street, 4
https://yandex.com/maps/org/140069598344)

Читать полностью…

.......

Sizif toshni qanday olib chiqdi

Shunchaki, maqsadidan kechdi, boshida bir isyon, bir orzula olib chiqishga intildi, har dumalab ketganda g'ayrat bilan intildi. Faryod qildi, asli Xudolarning istagi shu emasmidi Sizifga, qiynalish, afsuslanish.
So'ng kechdi. Hech narsani kutmasdan asta dumalatdi, bu safar tosh huddi o'zi yurib ketayotgandek harakatlandi.

Menga shu hayotning haqiqatidek ko'rinyapti.

Biz oldimizga turli maqsadlar, istaklar qo'yamiz, har bir muvaffaqiyatsizlikda azob chekamiz,
İroda deymiz, matonat deymiz, xatolar tajriba deymiz, yakunda azob chekayotgan yana biz, xo'sh, maqsadga erishdik ham mayli, keyinchi, yana yangi pag'onalar, yangi tepaliklar oldimizdan chiqadi.
Umr shu toshni dumalatish bilan o'taveradi, faqat uning shakli-hajmi o'zgarib turadi, xolos.

Erk deymiz, isyon deymiz (Go'ram shunday deydi), mencha erk, isyon asli boshqa narsa.

Hozir miyamdagi tushunganlarimni yozolmayapman, yozganimni qayta o'qisam qandaydir dekadentlik ufuryapti, lekin bu unday emasda miyamda
Masalan, maqsadsiz yasha demoqchi bo'lmayapman, maqsad bilan ham. Qandaydir o'rtalik, isyon qil demoqchi bo'lmayapman, hammasiga rozi bo'l deb ham
Shunchaki, o'zing yarat. Hayotingdaki har neni o'zing tanla, o'zing istagandek yashaki, istaganing amalga oshmasa siqilib o'tiradigan bo'lma.
Orzulashni, kutishni bas qil.

Читать полностью…

.......

Our misery will never end

Читать полностью…

.......

Hujayra yomon sharoitda yashab qolishga intiladi, qulay muhitda esa ko'payadi. U vaqtni yengish uchun bo'linishni afzal bildi, har bir bo'linish va ko'payishda u kuchayib boradi - Hujayra o'zida bilim olib o'tadi.
İkki toshni bir biriga urish orqali olov hosil qilgan odam avlodi hozirda kosmosda suzib yuribdi. Shunday ekan inson aqli cheklangan degan gapni og'iz ko'pirtirib aytmang, uning aqli emas, vaqti cheklangan. Hujayralar esa uni yengib o'tadi.

Читать полностью…

.......

Liftdan chiqishing bilan)

Читать полностью…

.......

Дустларим, деб таълим берарди у бизга, бизнинг миллатимиз улар газеталарда бизни ишонтирмоқчи булишаётгандек, ростдан ҳам, "қайта туғилган" бўлса, ҳали мактабда, қандайдир немис петершуласида немис китобини ўқиб, ўзининг асрий немис дарсини такрорлаб ўтирибди, немис муаллими эса қачон керак бўлса, шунда уни чўккалатади. Немис муаллим бор бўлсин, уни мақтайман; лекин аниқроғи шуки, ҳеч нима рўй бермаган ва ҳеч бир нарса "қайта туғилмаган", олдин қандай булса шундай давом этяпти худойимнинг ҳимоятида. Менимча, Россияга шунинг ўзи етади, Pour notre sainte Russie. Бунинг устига, ушбу барча славянчилик ва миллатчилик бари янги деб айтиш учун ҳаддан ортиқ эскилик қилади. Биз ўз меҳнатимиз билан яшашни билмаймиз. Қандайдир "қайта туғилган жамоат фикри" деб намунча чўзилишяпти ҳе йўқ, бе йўқ шундай ўзи бирдан осмондан тушибдими. Фикр ҳосил қилиш учун энг биринчи меҳнат, ўз меҳнатинг, ишда ўзинг намуна бўлишинг, ўз амалиётинг зарурлигини наҳотки улар тушунмайдилар! Текинга ҳеч нарса бўлмайди. Меҳнат қилайлик, ўз фикримизга эга бўлайлик. Биз ҳеч қачон меҳнат қилмаганимиздан кейин, биз учун бошқалар шу пайтгача ўрнимизга ишлаб келганлар фикр ҳосил этажаклар, яъни мен яна ўша-ўша Европани назарда тутаман, бизнинг икки юз йиллик муаллимларимиз - немисларни назарда тутаман. Бунинг устига Россия бу - буюк англашилмовчилик, биз уни ўзимиз, немисларсиз ва меҳнатсиз ҳал этолмаймиз. Мана йигирма йилдирки, мен бонг ураман ва меҳнатга чорлайман!

Читать полностью…

.......

Podcastlarda Jinsiy aloqa mavusi haypga aylanyapti

Читать полностью…

.......

Bazilarning muvaffaqiyatsizligi odamni hursand qiladi-ya
Menda ham shunday, odatda kibrli-dimog'dor deb bilgan odamim yutqizgan joyda qarsak chalgim keladi.

Hozir eski tanishlar qo'g'iroq qilib nima bilan band ekanligimga qiziqadi, atay shu savolini tashlab ketib boshqalariga javob yozsam, bu savolga javob berishni istamayotganimni tushunmasdan yo atay qayta so'raydi.
Ochig'i, kimdirlar o'zini ko'rishni istagan joylarga har doim erishib kelib, hozirda amalda hech narsa qilmayotganimni aytish erish tuyuladi.
Nega dars bermaysiz, nega davlat ishiga kirmayapsiz, ahir sizda falon falon narsalar bor-ku

Nega tushunmaysan ahmoq, istamayman, men sen emasman deb baqirgim keladi.

Keyin muvaffaqiyatsiz odam deb bilmasin deb, indamayman. Ochig'i shu

Hozir esa shu narsani yengmoqchi bo'lib yuribman.
O'zim qo'llasin

Читать полностью…

.......

Yana absurdga qaytdim

Bu link Kamyuning Sizif haqida asotiriga olib boradi. Qisqa esse, absurdning mazmuni ochib berilgan

Undan keyin Xurshid Do'stmuhammadning "Donishmand Sizif" asari bor, bu absurdga sharq odamining qarashidir.

Kecha Kamyu essesini o'qiyotib bazi fikrlar kelgandi, tong otishi bilan esimdan chiqib ketibdi.
Xurshid Do'stmuhammadni ham o'qib keyin to'liq o'z qarashlarimni yozarman balki.

Garchi absurd tushunchasi "ma'nosizlik" deyilsa ham Kamyu shu absurdda ma'no topadi va uni maslakka aylantiradi. Barchasini boricha qabul qilish, ortiqcha his bilan munosabat bildirmaslik, muhimi o'zni bo'ysunuvchi maqomiga tushirib qo'ymaslik - ruhiy jihatdan.

Читать полностью…

.......

Olti tarafi ko'zgu bo'lgan xona bu miyam, har bir xursandchiligim, har bir g'amim sababi o'zimman, o'zim o'zimga rahmon, o'zim o'zimga shayton
Zotan bu yashashimni osonlashtiradi, biroq bazan baland bir binodan qulagan-u lekin o'lmagan odam holiga tushiradi

Lekin bugun o'zimni tushunaman, nima istashimni yaxshi bilaman, hech narsa istamay qolganimda esa depressiya bostirib kiradi. Yaxshiki, u ko'chmanchi, keladi, bosadi, keragini oladi va ketadi, boshingda bir umr yashamaydi.

O'zimga shukr.

Читать полностью…

.......

İnson hamma narsani qabul qilishi mumkin-u yashirlgan yolg'onni bilib qolganda bunga ko'z yumish qanchalar qiyin va nega qiyin?

Bir inson boshqasini aldar ekan, o'sha "boshqa"ning o'ziga ham ishonmaydi

Bu nimasi bo'ldi?

İnson qachon aldaydi
O'zini qabul qilolmaganda, o'zini yetarlicha sevmaganda, o'zini hurmat qilmaganda

Читать полностью…

.......

Sharq individuallikni qoralaydi
Sharq avomga ergashib ahmoq bo'lishiningni istaydi

Ozgina ajralib harakat qilishing seni Mersoga, "Yovvoyi"ga aylantiradi va o'ldiradi.

Читать полностью…

.......

Men kimman

Arosat

The first albom

Читать полностью…

.......

Qorni birinchi marta ko'rishyapti

Читать полностью…

.......

Öğretmen kutsaldır ana gibi
Öğretmen kutsaldır baba gibi

Читать полностью…

.......

Raskolnikov u kampirni nega o'ldirdi va nega bundan vijdon azobi chekib buni tan oldi ?

Sabablar bor, masalan, moliyaviy qiynalgani uchun universitetni tashladi, kambag'alligi uchun singlisi bir boy yigitga turmushga chiqmoqchi, Raskolnikov esa kampirni o'ldirish, pullarini olish (buni personaj balki o'g'irlik deb bilmas) orqali yuqoridagi muammolarga yechim topishi mumkin.
Yana biri, sudxo'r, odamlarga foiz evaziga pul berib qarzdor qiladigan, faqatgina zarazli inson deb hisoblayotgan Raskolnikov uni o'ldirish jamiyatga faqatgina foyda keltiradi deb o'ylashi. Ya'ni, ko'proq o'zini jamiyat qo'riqchisi yoki qahramondek, jamiyatni to'g'ri yo'lga soladigan insondek ko'rgisi, his qilgisi keldi. Biroq jinoyatni qilib bo'lgach bundan aziyat chekishni boshladi, nega, chunki Raskolnikov xarakterida jamiyatni yetaklaydigan/to'g'rilaydigan odamlarga xos hislatlar yo'q edi.

Umuman, uning azoblanishiga olib kelgan narsa o'zida yo'q xarakterga xos harakat qilishi edi.
Agar bir bosiq, vazmin, sovuqqon tabiatli bo'lganda edi, bir sudxo'r o'limi uni bu qadar qiynamasdi.

Читать полностью…

.......

Zigmund Freid manabu yerda Dostoevskyni shaxsiyatini ajoyib psixanaliz qilib chiqqan. Agar siz psixonalizga qiziqsangiz, tushunsangiz o'qing, juda ajoyib. Ha aytgancha bu esse +18 va buni sizlarga Avatarlar o'zbek tiliga tarjima qilgan.


Esseda Dostoevsky asarlar personajlari o'zgacha tasvirlashi bilan uning shaxsiyatini analiz qiladi. Yani Dostoevsky asarlarida personajlar gunohkor va vijdonli, otasi bilan ayol talashadi(ota qotili) , sevmagan insoniga o'ta darajada mehribon.
Shu bilan bir qatorda Dostoevskyni epilepsiya bilan og'riganini ham ko'rib chiqadi.

Читать полностью…

.......

Karamazovlar asarining yuqor darajada baholanishiga ko'plab sabablar bor, ulardan biri İvan Karamazov personajidir.
İvan ratsional fikrlaydigan inson bo'lib, falsafa va teologiyada chuqur ilm sohibi, bir turishda Xudosizdek ko'rinadi. Atrofdagilar ham shunday deb biladi. Ammo menda u angnost o'laroq xotira qoldirgan. İvan adolatsiz, iflos dunyoda har neni bilguvchi mehribon va shafqatli Xudo borligiga shubha qiladi. Shu bilan birga Xudosiz bu dunyoda hamma narsa aralashib-ahloqsizlashib ketishidan xavfsiraydigan, shu bilan birga o'z qarashlaridan voz kecholmay qiynalayotgan bir xarakter. Dinga ko'ra yomon ishlar qilgan odamlar jahannam orqali jazolanadi. İvanni qiynagan narsa nega o'layotgan bolalar va aybsiz insonlar uchun jazo sistemasi bu dunyoda ishlamaydi, nega yomon insonlar bu hayotda go'zlacha umr kechiradi.
Asarda ateist o'laroq tasvirlangan İvan bir joyda Xudoni bor bo'lishini istashini, lekin ko'rgan adolatsizliklardan keyin nigilizmga evrilganini gaplaridan bila olamiz. İvan kabi fikrlaydiganlar har narsani bilgan, har narsani ko'rgan, so'ngsiz qudrat sohibining bu adolatsizliklarga qanday ruhsat berayotganini tushunmay qiynalishadi.
Alyoshaga esa , "Tangi bormi yo'qmi, degan hayolni aslo boshingga keltirma deya o'git beradi.

Qisqasi juda ichki ziddiyatlarga boy personaj.

Читать полностью…

.......

Rick and Morty seriali ko'rgan inson sezadiki Rick bir niglist xarakterli personaj. Bazi sahnalardan yaqqol seziladiki, u baxtsiz.
Kuyovi Jerry esa qarama qarshi ravishda baxtli, u hayotga hech bir savol bermaydigan, bilishga intilmaydigan, shunchaki yashaydigan odam.

Bazi istisnolarni hisobga olmaganda Yer ham faqat shu ikki xaraterli insonlardan iboratdek.

Читать полностью…

.......

Bu link orqali Belinskiyning o'sha xatini o'zbekchada o'qish mumkin
Xatda rus xalqining ahvoli hech bo'yalmasdan aytib tashlanadi

Читать полностью…

.......

Tolstoyda qandaydir kambag'al insonga nisbatan achinish ko'raman, Nexlyudivni Katyushaga munosabati, balki Tolstoy o'zining boyligi bilan uyalar
Dostoyevskiyda bu sezilmaydi, qandaydir borligicha, u yerda achinish hissi yo'qdek, zotan Dostoyevskiy butun umr moliyaviy qiynalib o'tgan

Читать полностью…

.......

Bolasini uydan haydavoradigan yoki o'zicha dars bo'ladi deb vaqtinchalik kirgizmaydigan ota-onalarga tushunmayman, shu yoshga yetib hali ham farzand tarbiyalashni bilmagan ekansan nima qilardilaring tug'ib, senlarni bir kechalik kayflaring ortidan bir bola naq do'zaxga tushib keldi-yu senlar bir umrlik majburiyatlaringni his qilmayapsanlar.

Albatta, meni qarashim, ya'ni farzand o'z tug'ilishini o'zi hal qilmagan ekan, ota-ona bir umr bo'ynida majburiyat bilan o'tadi. Lekin bu bolada ota-onaga nisbatan cheksiz huquqlar bor bo'lib, majburiyati yo'q ekanligini anglatmaydi.

Читать полностью…

.......

Bizda "egoizm"ni o'ta salbiy ma'noda qabul qilishadi, bir kun darsda ustozning qaysidr savoliga eng yaxshi hislat egoistlik deganimda kursdoshim "egositlik???" deb qarab qolgandi.
Asli jamiyatda nima qattiq qoralansa o'shanga moyillik yoki zohiran shunday-u tashqarida yashiriladigan hislat ko'pchilikda bo'ladi. Hamma yomonlaydi ammo o'zi bilib bilmay shunday bo'ladi.
Ammo "ego'ni sevishimiz kerakligini ochiq aytilishi, tushuntirilishi lozim deyman. Birinchi o'zim, keyin boshqalar. Jamiyat baxtliligi mendan boshlanadi, oila farovonligi mendan boshlanadi.
Eng avvalda o'zini sevgan boshqalarni seva oladi.

Gulimdan ham shuni so'rayman, avval o'zingni sev, o'zingni avayla, atrofingda hamma voqea-kimsalar o'tkinchi, voz kechilmaydigan inson o'zingsan.

bu mustaqil harakatlar-qarorlar va uning oqibat-majburiyatlariga yetaklaydi. Avomga ergashib kim bo'ldik, kim bo'lamiz?!

Shunday tanishlar hammada bo'lsa kerak, oilasini qarorlaridan chiqolmaydi, mustaqil bir yoqqa ketolmaydi, tag'in uyidagilardan doshnom eshitib o'tirishga majbur. Qo'lingdan bir ish kelmaydi, go'lsan balosan deydiyu, o'zi bir ish qilishiga ruhsat bermaydi yokida bolaligidan kimdir nimadir buyurmasa bir ish qilolmaydigan qilib tarbiyalab qo'ygan. Bundaylarning egosiga electroshocker bilan urish kerak.

Ammo shunis ham borki, sening egoing mening egoim chegarasida to'xtaydi.

....

Читать полностью…

.......

Brem Stokerning 1897-yilda yozilgan "Drakula"sini o'qib chiqdim. Asar huddi qirol Artur kabi tarixda o'tgan real shaxs atrofida paydo bo'lgan qo'rqinchli rivoyatlar asosida yozilgan.
O'qilishi ravon, butun roman kundaliklar, gazeta yangiliklari va o'zaro xat almashinuvlar orqali bayon etiladi.

Drakula o'tmishda Usmonlilar qo'lida asir bo'lgan va keyinchalik ularga qarshi kurashgan qadimiy Transilvaniya Grafi, uning tegrasida to'qilgan mish-mish va qonli hikoyalar Drakulani yaratgan.

(U haqida batafsil )

Читать полностью…

.......

Odatda, ko'plikda yozgan hamma narsa(m)imiz o'zi(m)mizga qaratilgan bo'ladi

Читать полностью…

.......

Bularni nomini qara : İblislar, Drakula, Dahriyning ibodati, bay bay bay

Читать полностью…

.......

Xivada o'zim turgan hostelni mapdan tomosha qilyotgandim, keyin Orolda joylashgan arvoh shahar esga tushib qoldi, o'sha yoqlarga borgim kelib ketdi
Orol-7 --sovetlar davrida qurilgan maxfiy bakteriologik izlanishlar olib borilgan shahar, Orol o'rtasiga qurilgan, to'rt taraflama tabiiy mudofaa, biroq orol qurigach ochiq sahroda turibdi.
Mustaqillikdan so'ng tashlab qo'yilgan.

Bu haqida batafsil

Читать полностью…
Subscribe to a channel