aprelquyoshi | Unsorted

Telegram-канал aprelquyoshi - .......

4

so...

Subscribe to a channel

.......

Sevgi baribir o'tkinchi narsa, oilaning keyingi bardavomligini faqatgina tushunish, do'stlik, o'zaro hurmat ushlab turadi.

Читать полностью…

.......

Bu qoʻshiq yoshidan oʻtib ketgan boʻlsamda yoqdi

Читать полностью…

.......

Sometimes I listen such songs to remember and feel my old time, but after all nothing change

Читать полностью…

.......

Baxt subyektiv narsa, har kimda u turfa akslanadi
Har kimning o'zicha bir baxti bor

Читать полностью…

.......

Tuxum barak yegim kelyapti
Yo'q, restoran yoki qandaydir eltuv orqali emas
Qo'lingdan, uyimda.

Читать полностью…

.......

Тезроқ иш топ, шу йил уйлантириб қўяман сен болани

Читать полностью…

.......

https://youtu.be/LPTKcovO2X0?si=qlVA96PC7uf7oPR_

Читать полностью…

.......

Keyin jadidlarga bag'ishlangan "Xotira yo'lagi"ga

Читать полностью…

.......

Zen rohibining oldiga bir odam kelib ta'limotingni menga tushuntir debdi, shunda rohib:
-ovqatlandingmi?
-ha
-bor unda idishingni yuv, degan ekan.

Asli shu edi Zen falsafasi, hayotga kelding, ulg'ayding, endi barini qabul qil va yashashda davom et.

Sen old money ga havas qilding, o'zingnikidan tushkunsan. Lekin asli yashayotgan sensan-da
Ular ertalab uyqudan zerikkanidan uyg'onishadi, sen esa majburiyatdan, ular bir tirik murdadek, yashab berishsa bo'ldi, hech ochlik, qiynoq, pulsizlik yo'q
Sen esa har kuni kurashga chiqasan, bir kun to'xtashing qaysidir kuni ikki barobar zo'riqishingga sabab bo'ladi, ammo sen kurashyapsan, tirik qolishga urinyapsan. Shudir asli yashash, asl ma'no. Ularga esa rahmim keladi.

Читать полностью…

.......

Uylangan bollarni stories yoki glavniyga qo'ygan rasmlarini ko'rish yoqadi va deyarli barchasida bir xil - u yerda kelin yo'q.
To'g'ri, bu ayolni qizg'onish yokida allaqanday harakat nomi bilan ataladigan holatdir, lekin meni kuldiradi bu.
Sen sur'atini qo'ygan ota-ona-aka-singil-sinfdosh-kursdoshingga uylanmayapsanku, nega to'y sur'atlarida kelin yo'q?
Yana kulgimni qistatadigani, kelin-kuyov bilan umumiy tushiladigan rasmlarda kelin yerga qarab turadi, ko'zlari kameraga qaramaydi.

Umuman, fun faqat kuyov va boshqalar uchun, kelin uchun emas

Читать полностью…

.......

Only boring people get bored

Читать полностью…

.......

​​Yohann Volfgang Gyote – "Faust"

Durdona asar. Bu kitob yengil-yelpi oʻquvchilar uchun emas, chinakam adabiyot ixlosmandlari uchun yozilganini muallif birinchi bobdagi teatr direktori, qiziqchi va shoir dialogida aytib oʻtadi.

"Jilvaning umridir bir lahza faqat, Avlodlarga qolur haqiqiy sanʼat" deb hisoblaydi shoir. Yengil asar yozishdan bosh tortadi. Direktor esa quyidagicha eʼtiroz bildiradi:

Yaxlit goʻsht beray deb oʻltirmang tolib,
Xalq yovgʻon boʻlsa ham rahmat aytadi.
Har kim choʻmichiga siqqancha olib,
Sizga qulluq qilib uyga qaytadi.
Yaxlitdan xalq uchun foyda yoʻq, beshak,
Baribir burdalab tashlar olomon.


Shoir esa bunga koʻnmaydi va mana shu jiddiy asar – "Faust" dunyoga keladi. Gyote bu asar ustida butun umr ishlaydi. Asarni yakunlaganda uning ilk boblarini tinglagan doʻstlari bu dunyoni tark etganini taʼkidlab oʻtadi.

Asar Xudo va shayton –Mefistofel bahsidan boshlanadi. Insonga aql-zakovat berish xato boʻlganini taʼkidlaydi shayton. Aynan aql tufayli uni mudom baxtsiz deb hisoblaydi. Chunki inson qanchalik aqlli boʻlmasin, hayvonlarga xos tabiiy ehtiyojlari hamon bor va bular bilan birga uning aqli mudom notinch. U har doim yangi muammolar oʻylab topadi va hech qachon oʻzidan qoniqmaydi. Ehtiyojlarning esa chek-chegarasi yoʻq.

Men istak otini tinmay qistadim,
Istagimga yetdim, yana istadim.


Faust shunday baxtsiz qahramon. U hayot lazzatlaridan ham, kitoblardan ham, boylikdan ham huzurlanolmay qolgan kishi. Mefistofel shu bandangni yoʻldan uraman deb Xudo bilan garov oʻynaydi. Xudo esa u men bergan idrok orqali sening makrlaringdan xalos boʻladi deydi.

Shu tarzda voqealar rivoji boshlanadi. Butun asar davomida Mefistofel va Faust turli davrlarda, turli joylarda namoyon boʻlishadi. Fikrlashishadi, bahslashishadi. Bu dialoglarda juda koʻp tarixiy voqealar, miflar, ramzlar tilga olinadi. Yaʼni yaxshigina fundamental bilimi yoʻq odamga voqealar va dialoglar tushunarsiz tuyuladi. Asarda koʻtarilgan mavzularni sanasak had-hisobi yoʻq, chunki fikrlovchi, teran aqlli inson butun hayoti davomida oʻylashi mumkin boʻlgan savollarning, toʻqnashishi mumkin boʻlgan muammolarning bari haqida gap boradi. Asardan butun umr ishlatib yurishga yetadigan iqtiboslar, hikmatli soʻzlar yigʻib olish mumkin.

Faqat bir narsa aniqki, zamon va makondan qatʼi nazar insonlarning baxt-u baxtsizligi, kamolotiyu pastkashligi doim bir xil. Hatto insonlarning qilmishlarini koʻrib "Oʻzni tashlar edim doʻzax oʻtiga, Agarda doʻzaxiy boʻlmasam oʻzim" deb yuboradi shayton. Oʻzi xristian dinidagi shayton juda murakkab obraz. "Men hargiz yomonlik tilab – Yaxshilik qilguvchi kuchning bir qismi" degan gapi uning "vizitkasi" boʻlib qolgan.

Asar davomida Gyote butun insoniyatga daxldor umumiy mavzularda fikr yuritsa, asar oxirida, kulminatsiyada uning shaxsiy xohishi, niyati bildiriladi. Ya'ni oʻsha davrdagi tarqoq nemis knyazliklari birlashishini istardi.

Kim – erk, hayot deb jang qilolsa har kun –
Erk-u hayot uchun oʻsha munosib.
Xuddi shunday mehnat, kurash va havas
Band aylasa – yosh-u keksa – har kimni,
Shunday kunda koʻrsam edi bir nafas
Ozod diyorimni, ozod xalqimni.
Shunda men aytardim baralla, shaksiz,
Toʻxta ey daqiqa, goʻzalsan hayot!


Bu dunyoda hech kim va inson yaratgan hech narsa abadiy emas.
Yaratmoq, ya'ni bor qilmoqdan maqsad –
Aslida, qaytadan yoʻq qilmoq faqat.

Shu bois biz  faqat muhabbat, yaxshilik, ezgulik ila, koʻngil xohishiga quloq solib umr kechirsak chinakam yashagan boʻlamiz. Butun hayotni moddiyat, nafs, boshqalar fikri, jamiyat talablariga sarf etishdan ayanchlisi yoʻq. Zero Faust tilidan aytilganiday:
Sevgining soʻngi bu – olamning soʻngi.
Yoʻq, sevgi mangudir,
Muhabbat mangu.


@salimov_blogi

Читать полностью…

.......

Men ham "Puankare" haqida 3 yil avval nimadirlar yozgan ekanman


Sterotiplarga qarshi ochilgan front yohud aqling bölsa uylanma

Ayrim kitoblar böladiki, ochib berish uchun, qahramonni gavdalantirish uchun reviewda köproq yozishga töğri keladi. Biroq söz bizning matematikka kelganda esa ortiqcha kalima xato. Personajimizni haqiqiy, jaydari, toza özbek desam yanglishmasman. An'analar, majburiyatlar, oila muammolaridan chiqib ketolmagan bechorahol. Asarni öqirkanman özim körib kelayotgan muhit, gap-sözlar, mushkulotlar, arzimas narsalarga öralashib qolishlarni kitob shaklida öqigandek böldim.
Albatta, asar nomiyoq öziga jalb qiladi, ösha mashxur bir mln. dollardan kechgan öziga xos xarakterga ega inson bilan bu personaj örtasida boğliqlik bormikan, deya qiziqadi odam. Sözlar ravon, til boyligidan unumli foydalanilgan, aynan shu jihatini "Sabo va Samandar"ga öxshatdim. Unda ham sözlar taktikasidan gözallik bilan foydalanilgandi.
Asar shubhasiz jahon adabiyoti standartlariga töliq javob beradi. Muqimiy janoblari "kalima uzun bölsa, mazasi qolmas" deganlaridek, maqsadimni bayon qilib qöya qolay.
"Puankare" menga nima berdi, nimalarni örgatdi:
• orzularingga boradigan yölni tösadigan, vaqtingni oladigan, chalğitadigan hamma narsadan voz kech;
• biror ishni qilishing kerak bölgani uchun, hamma shunday qilayotgani uchunmas, qölingdan kelgani uchun qil;
• ijtimoiy me'yorlarga amal qilsang, jamiyat sterotiplaridan tashqariga chiqishga qörqsang, tirikchilik bilan öralashib qolsang butun umring uvol ketadi;
• hayotda fikrlashingga, mulohazlaringga yondosh juft topolmasang, ösha gap, butun umring uvol ketadi;
• xullas, maqsadingdan, hayoting mazmunidan chekinma.

Sarlavhada satiradan foydalanildi, aybga buyurmaysiz. Xotima örnida esa, söngsöz:
..Bani bashar dunyoga kelib, tiriklikning sirli-sehrli, ilohiy tamaddun jarayoni boshlanibdiki, Hayot deb atalmish buyuk muallim Koinot sarvari bölmish har bir Odam oldiga bir-biridan murakkabroq, ayni paytda kulgli darajada öta jön sinoatlar gipotezasini qalashtirib tashlaydi: istaganingni tanlab ol-u, qisqagina davom etadigan umring davomida öz hayoting, kelajak kunlaring mohiyat-mazmuni bilan buni isbotla, İnson bölib yasha, İnson bölib qol. Shu ma'noda men qaysdir ma'noda hayotning özini mutafakkir Puankare deb bilaman..

Читать полностью…

.......

"Yolg'onlar shahri" va "Qo'rqinchli Tehron"dan keyin shakllangan kulrang sur'atga qo'shimcha jilo beruvchi ma'lumotlar bo'libdi

https://telegra.ph/QORQINCHLI-BOLMAGAN-TEHRON-07-16

Читать полностью…

.......

Qodiriy tegrasidagi Akrom Malik va boshqalarning posti

Akrom Malik
Tillaniso
Alimdjanov
Eldar Asanov
Habibulloh Beruniy
İlhom Salimov (bu ancha avval yozilgan)
Mirzohid

Читать полностью…

.......

Ota onaning o'zaro janjallari, farzandga qo'pol munosabat bolada travmalar hosil qilishini hammamiz bilamiz. Masalan, maktabni ushab qo'ygan yigitlarni aksari shunday oilalarni mahsuli. Oilada jabrlangan bola ko'chada o'chini boshqalardan oladi.
Vikinglarni ko'rayotib İvarning bunchalik daxshatligi va bezori sinfdoshlarimni eslab shularni o'ylab qoldim.
Boshqa ota-onalar yordam o'rniga, o'z farzandlarini ulardan ayirishga harakat qilishadi.

Va bazan intelekt darjasiga qarab farzand ko'rishni cheklash kerakmi deb qolaman, chunki ota ona nomiga nomunosiblar judayam ko'p.
Va bazan bazi odamlarnining shunchalik ahmoqligini ko'rganda hayolimga bu odam tug'ilmasdan 9 oy avval otasini qo'liga prezervativ berish kerak edi degan narsalar keladi.

Har doim farzand ko'rmayman deb kelaman, chunki uning javobgarligi, uning ma'suliyatini ko'tarishim kerakligi uni erkinliklarini cheklashimga olib kelishidan, shuningdek, u ham mendek keraksiz savollar bilan o'zini qiynab o'tishini istamayman. Lekin Youtube shorts da yosh bolachalar qatnashgan videolar ko'rib o'tiraman, judayam paradoksal.

Читать полностью…

.......

O'rtog'imni yoniga ketyapman, olam dardni uning yelkasidan olib o'zim ko'tarib yurish uchun...

Читать полностью…

.......

Twenty One Pilots
Sam Smith
Billie Eilish
Adele
Miley Cyrus

Ularning shu konsertlardagi chiqishlarini har kuni metroda ko'rib kelaman

So energyitic,.so hot and so lovely

Читать полностью…

.......

O'tgan yillar haqida yozgim, kulib eslagancha miriqqim kelyapti
Tegramda bo'lgan odamlardan go'zal xotiralar qolgan.
Va negadir barcha baxtli onlar o'tib ketgandek.

ular bilan bugun deyarli gaplashmayman, ular ham huddi men kabi - noligan

Men baxtli odamni ko'rmayapman

Bir kunim turfa kayfiyat bilan o'tyapti, hayotdan zavqlanib yashayotgan bilol kechga borib injiq cholga aylanib qoladi, ertalabki charchash abetda jo'shqinlikka, tushdagi optimist shomda pessimistga aylanadi.

Bularning sababini bilaman, yechimlarni ham, ammo yengolmayman.

Avval kimgadir havas qilardim, kimgadir taqlid qilgim kelardi
Hozir bo'm-bo'shman, ortiq hech kimning hayoti qiziq yoki erishiklik emas men uchun.,

Shunchaki o'zimman, bir o'zim.

Читать полностью…

.......

"The Master has own plans for you"

Rejalar chalkashib ketdi
Taqdir ishidan kulgim qistab o'tiribman

Читать полностью…

.......

Har kimki o'ziga savol bermasa u insonmas!

Читать полностью…

.......

Endi bizni mediada ham boshlandi, biz bor bo'lganda senlar yo'q eding deyish
Bu ahmoqqa ahmoqdek davranish

Hali birontamiz chiqib Odam Ato o'zbek bo'lgan demasak bo'ldi

Читать полностью…

.......

Keyin arxitektor, Toshkentdagi balet teatrini chizgan Shusevning ko'rgazmasiga

Читать полностью…

.......

Yevgeniy Onengin | Pushkin

Читать полностью…

.......

Dostoyevskiy ichida Iso yashaydi va Telba asarida ham Knyaz Mishkin uchun Iso prototipidan foydalangan
Ahir bir odam shunchalik pok bo'lishi mumkinmi?

Читать полностью…

.......

Plosslada Konsta haqida bazilar uchun to'g'ri keladigan gap aytildi, ya'ni Konsta avval o'rtog'im edi, hozir esa nimadirlarga erishgan va ukasiga maslahatgo'y aka ro'liga o'tib qoldi, shuning uchun men uni eshitgim kelmayapti.
Mening Tolstoyga bo'lgan munosabatim ham shunday, uni ushlashni istamayapman, menga Dostoyevskiy bergani kabi manzara kerak, yechimni o'zim topishim lozim.

Suhbatlarda ham shunday, kimdir menga nimadirlar qiling deyishni boshlasa ensam qotadigan bo'lib qolgan. Menga xulosalar emas, bayonlar kerak.

Balki adashyotgandirman, Akrom aka aytgandi, notoʻgʻri bo'lsa ham o'z g'oyang bo'lsin. Menimcha uning o'zi ham bunga qattiq amal qiladi.
Menga ham o'rgatilgani emas, o'zim o'rganganlarim yoqimliroq.

Читать полностью…

.......

​​Odam Ato va Momo Havo haqida bilasiz a? Dastlab odam loydan yaratilgan, soʻngra uning qovurgʻasidan Havo. Odam atoning birinchi xotini Lilit haqida esa koʻpchilik eshitmagan, har holda bizda shunday.

Odam Ato bilan bir vaqtda va oʻzi ham loydan yaratilgani bois Lilit unga boʻysunishni istamagan. Oʻzini u bilan teng koʻrgan. Shu harakati uchun uni feminizmning boshlanishi sifatida koʻrishadi. Afsonaga koʻra Odam Ato har doim ustunlikka intilgan, jinsiy aloqa vaqtida ham Odam har doim tepada boʻlishni istashini Lilit oʻzini yerga urish sifatida qabul qilgan va Xudoning yashirin ismini aytib oʻz ixtiyori bilan jannatdan qochgan. Jannatdan faqat shu ism bilangina chiqish mumkin edi. Jannatdan qochgan Lilit Qizil dengiz yaqinidagi bir gʻorda shayton va jinlar bilan koʻngilxushlik qilib yashaydi va yuzlab jinlarni dunyoga keltiradi. Qurʼonda jinlar haqida gap borgani va dunyoda ular biz bilan yonma-yon yashashi haqida xabaringiz bor. Hozirgi jinlar qayerdan paydo boʻlgani haqida bilib oldingiz.

Bu orada esa Odam jannatda juda zerikadi. Xudo unga boshqa xotin yaratadi. Odam uni xushlamaydi. Shundan soʻng Xudo Odamni uxlatib qoʻyib, qovurgʻasidan Momo Havoni yaratadi. Momo Havo xuddi Lilit qiyofasida yaratilgani uchun Odam uni qabul qiladi. Buning ustiga, Havo Lilit va Odam Ato kabi loydan emas, Odamning qovurgʻasidan yaratilgani uchun boʻysunuvchan edi.

Havo yaratilishidan oldin ham, keyin ham Odam Lilitni qoʻmsayveradi. Xudo uni qaytarish uchun uchta farishtani yuboradi. Ammo Lilit jannatga ham, Odam Atoga ham qaytishni istamaydi, u boshqa bir farishta bilan yashayotganini aytadi. Farishtalar agar u qaytmasa har kuni maʼlum bir miqdorda farzandlarini oʻldirishlarini aytishadi va shunday qilishadi ham. Farzand dogʻida kuygan Lilit alamini olish uchun ilon qiyofasida jannatga qaytadi va Havoni olmani yeyishga qiziqtiradi. Bundan keyini sizga maʼlum. Lilit Odam va Havo la'natlanmasidan burun oʻzi jannatni tark etgani uchun u oʻlimsizdir. Oʻsha alamini olish uchun Odam va Havodan tarqagan inson urugʻinining yangi tugʻilgan chaqaloqlarini oʻldirishga qasd qiladi. Afsonaga koʻra oʻgʻil bolalarni tugʻilganidan sakkiz kun oʻtib, qizlarni esa yigirma kun oʻtib oʻldirishga urinadi. Yahudiy va xristianlik dinida shu kunlarda bola qattiq qoʻriqlanadi. Bilsangiz, bizda ham chaqaloq tugʻilgach qirq kun yolgʻiz qoldirilmaydi, chillalik uyga begonalar kiritilmaydi.

Xullas, yahudiylik, xristianlik dinining baʼzi mazhablarida ishoniladigan, shumer, bobil, fors, turk mifologiyasida tilga olingan Lilit bizga maʼlum afsonalarning yetishmagan qismlarini toʻldiradi. U ilk isyon, ilk feminizm, ilk shahvat timsoli sifatida koʻriladi. Lilit oʻzbek tilidagi manbalarda faqat Gyotening "Faust"ida bir tilga olib oʻtib ketilgan.

@salimov_blogi

Читать полностью…

.......

La'natlar bo'lsinkim, biz har doim o'zimizni isbotlashga majburmiz!

Читать полностью…

.......

Kechqurun sovuq ko'chadan charchab qaytarkansan, seni issiq choy va go'zal ayoling emas uchta so'loqmondek xonadoshing kutib oladi
Naqadar qiyin bu bo'ydoqqa!

Читать полностью…

.......

Bulgakovning "İtyurak"ini tugatgandim, endi nega ityurak deb nomlanganiga tushunmayapman

Professor bir yaxshi itga yomon xulqli odamni miyasini ko'chirib o'tkazdi, shundan keyin biroz vaqtlar o'tgach it odamdek gapirib harakat qila boshladi, og'zidan so'kong'ich so'zlar tushmas, uydagi ayollar bilan yaqinlik qilmoqchi bo'lar, bir qutquchi odamni gapiga kirib Professorga qarshi borardi. Bu itning xulqi emas, yuragidan emas bu, bu boyagi o'lgan odamning miyasi orqali o'tgan xarakter edi

Shunda ham nega "İtyurak"?

Читать полностью…
Subscribe to a channel