aprelquyoshi | Unsorted

Telegram-канал aprelquyoshi - .......

4

so...

Subscribe to a channel

.......

From tomorrow I am going to stop speaking in uzbek totally with my Miskolc friends and roommate.
I am still making mistakes in my speech, in conversations, and sometimes I even struggle with fluency in English, so after thinking a lot and lot, I've come to this idea to solve my problem.
☹️

Читать полностью…

.......

Har doimgidek sur'atlar comment da

Читать полностью…

.......

Birinchi Exhibiton ni ham o'tkizib oldik

Читать полностью…

.......

Aytgancha qor yoqqandi
Commentga Yevropa qoridan lavhalarni qoldiryapman

Читать полностью…

.......

Shu depressiya kelib ketishi yomon, o'zimni huddi nima istashini bilmayotgan go'dakdek his qilaman bu payt. Nimalar kelib ketmaydi-ya hayolga. Ammo uni olib yurish yomon, tap o'ylab o'tirmasdan kimgadir yorilish kerak, bo'lmasa bu holat uzoq davom etadi.

Читать полностью…

.......

Bilasanmi, bu fucking adult's time
Bu vaqtda hammasidan oʻtamiz, men hammasidan deganda rostdan ham hamma narsani nazarda tutdim
Nima uchun hanuz tirikman, garchand istagan narsalarimni koʻrib boʻlgan boʻlsam ham, nimadir qiziq, ertaga nimadir sodir boʻlishi qiziq
Balki ertangi kursdoshim bilan morning running dir

Hammani oʻz muammosi bor, shuning uchun harakat qilaman hech kimga hech narsa demaslikka, ahir meni qanday ham mummoyim boʻlishi mumkin toʻgʻrimi, ahri men qayerdadir qayerdandir uzoqmanmanku
Va men shuncha payt majburiyatsiz yashadimku, huddi majburiyati yoʻq odamdek, va oʻzi menda qandaydir majburiyat bormi

Umuman olganda toksik insonlardan, talabchanlardan, men istagan narsani koʻrolmayotganlarimdan uzoq boʻlishga urinyapman. Bizdan har doim kutishadi, shu payt aytging keladi, why should I pay attention for you, what did you give me, where were you when I felt myself not well.
Va shu zayin mening ham eshitish qobilyatim soʻnib boryapti, ortiq chiday olmay qolyapman, chunki oʻzimda anchagina yetarlidek.

Shuning uchun yaxshisi hozirni unutib qoʻymasligimiz muhimroqdek.
As you know, we have only moments, if you lose it, like waiting for something, definitely you will lose everything in your life, that's why my wish is to have a good time in your moments.

Men uje 25ga qarab ketyapman, qanchalik tez, va bundan keyingi yillar ham shundayin tez oʻtishiga ishonaman. Siz ham qariyapsizlar, sezyapsizlarmi?

Akam qiz farzandli boʻldi va ismini Yasmin qoʻydik as my wish


I love all of them you guys, please pay attention to your moments, we are getting old so fast

Читать полностью…

.......

O'sha mashhur - Harari

Читать полностью…

.......

Har shanba Miskolcdagi o'zbek lobbiysining yig'ilishi bor, bizni xonada bo'ladi. Menimcha hammamiz shu kunni intiqlik bilan kutamiz, chunki uyni eslatadigan ovqatlar pishiramiz. Ana mana deb ko'p narsani o'rganib oldim, ayolimni qo'li shirin bo'lishini istardim, nah, endi o'zimni qo'lim shirin. Kun sayin o'sib boryapmiz har tomonlama😁
Sur'atlar commentda)

Читать полностью…

.......

Butun oy Murokami bilan)

Читать полностью…

.......

Gulag haqida o'qiyotgandim, kitob Anne Applebaum tomonidan to'liqligicha biografiyalar, arxiv hujjatlari asosida yozilgan ekan. Hozirgi kelgan joyimda GULAGdagi mahbuslarning tabaqalanishi haqida gap ketyapti. Ya'ni avvalo u yerda restoran, do'kon, teatr faoliyat yurtgan ekan, faqat bular odatiy sovet do'konalaridan ikki barobar qimmat va faqat puldorlar uchun xizmat qilgan. Shuningdek, ilm-fanga xizmat qiladiganlar uchun ham oddiy mahbuslarga nisbatan yaxshiroq sharoitlar qilingan. Bular balki keyingi yillarda o'zgargandir, buni keyinroq aniqlashtiraman, aytmoqchi bo'lganim bu hayotdagi har qanday vaziyat va holatdan yo cho'ntagimiz yo aqlimiz olib chiqib ketadi, degan gap.

Читать полностью…

.......

Univeristet yangi kelganlarga o'zaro va campusni tanishtirish uchun uch kun turli o'yinlar tashkil etdi. Mentor tizimi yaxshi yo'lga qo'yilgan ekan, bitta millati venger va bitta international student biriktirildi, ular simcard olishim, registratsiya jarayonim va boshqalarga yordam berib kelishyapti. Faqat bir narsa:
Toshkentda bemalol hech kim bilan gaplashmasdan yura olardim yoki bir ikta odam bilan chiqishvolib ular bilan vaqt o'tkizaverardim. Lekin bu yerda hamma extrovert, biron joyga borish, kelish, o'yin jarayonida hamma bilan suhbatlashishga majbur bo'lyapman. Busiz huddi odamoviga o'xshab qoladigandekman. İngliz tili bilan kelgunimcha shugʻullanmaganligim uchun biroz qiyin boʻlyapti, fikrimni yetkazish, boshqalarning aksent bilan gapirganini tushunish. Lekin kundan kunga yaxshilanib boryapti, yaxshiyamki.
Nihoyat shu yerda o'z qobig'imdan chiqishga majbur bo'larkanman.
Kunlar yaxshi o'tyapti.

Читать полностью…

.......

Sheralini "eski do'stlar"ini eshitib ketyapman

Читать полностью…

.......

Qishloq odamini o'ldirish kerak deganda naqadar haq ekanlar.

Читать полностью…

.......

Toshkent o'zining tirbandliklari-yu tiqilinchlari bilan ezib yuboradi, ertalab dushga navbat, keyin tiqilinch metro, so'ng qaytish yana shu. Hafta oxiri shahardan chiqib qaytib kelish ham probka. Odamlarning ratsional harakatidan qochishga urinasan kishi, ertalab yarim soat erta turasan, ishdan chiqib vaqtni o'tkizib keyin metroga tushasan, toqqa esa hafta o'rtalarida chiqasan. Bayramlarni yo erta yo o'tib ketganidan so'ng nishonlaysan.
Xullas, borgan sari o'zidan bezillatib boryapti. Nimadir o'zgarishini hatto umid ham qilmayapman. Shaxsiy mashina esa battar boshog'riq.

Читать полностью…

.......

Are you wannabe one Of them?

Читать полностью…

.......

Shu odam meni Miskolcga maqtab maqtab chaqirib olgan

Читать полностью…

.......

Kosice, Slovakiyaga sayohat

Kechqurun ko'pchilik boradigan bo'lib turgandik, ammo bir kun avval bilet tugab qoldi, so'ng boshqa variantini topdik, ammo u qolganlarga qimmatlik qildi va ular safimizdan tushib qoldi. Kechasi bilan titkilab judayam arzon yo'nalishni topdik: o'zimizning shahardan Vengriyaning Slovakiyaga eng yaqin poyezd stansiyasigacha oylik chiptamiz borligi uchun bepul, so'ng o'sha stansiyadan Kosice, Vengriyaga 3 yevro bilan o'tib oladigan bo'ldik.
Xullas tongda 3 o'zbek yo'lga chiqdik, ammo kulgili voqealar boshlandi 😆
Bizning poyezd kelgandan so'ng qarasak hamma bitta vagonga chiqyapti, to'lib ketgandir deb o'ylab keyingi vagonga chiqib o'tirib oldik. Ikki daqiqadan so'ng, bizdan oldingi vagon uzilib yurishni boshladi, Shoxruh aka qaranglar poyezd ketyapti, degandan so'ng angladik nega hamma bitta vagonga chiqayotganini. Biz poyezdimizdan qolib ketdik.
So'ng ikkinchi poyezdni kutib, o'sha orqali Vengriya chegara stansiyasiga yetib oldik. U yerdan Slovakiya tomon poyezdga chiqqanimizda birinchi klass vagonga o'tirib olibmiz, boz ustiga bizni biletga o'rindiq kiritilmagan, ya'ni tik ketishimiz kerak. Tekshiruvchi kelganda undan so'radik, u ruhsat berdi (Buni yozganim qaytishda ikki kishini joy bo'lsa ham o'tirmasdan kelganini ko'rdim).
Kosicega yetib oldik, qadimiy binolar, go'zal antiqa magazinlar, cherkov, tosh yo'llar.
Turkish kabab topib, durum deganidan yeb oldik, nega mahalliy ovqatdan yemadik, bilmayman. Qorin judayam ochligiga Turkish kabab degan so'z ko'zga boshqacha ko'rinib kettimiyey. Ovqatlanib chiqsak qor yog'ishni boshladi, bu yanada atrofni romantik qildi. So'ng aylanish, aylanish, aylanish, esdalik antikvar qo'l, kitob va o'rtog'imga kichkina narsa oldim. Ichimliklar va tez pishar ovqatlar yarmarkasi bo'layotgan ekan, issiq issiq ichib oldik, birinchisini nimaligini bilmadim, ya'ni ichida nimalar borligini, bilganim cherry deb yozilgandi, lekin tami shirin, huddi asal qo'shgandek, shuningdek yoqimli nordon tami bor edi. Aniq bilib olganim issiq vino edi.
Yana aylanish, aylanish, so'ng qaytishga harakat boshladik, saytdan qarasak 15 minutdan keyin poyezd yurarkan, keyingisi 2 soatdan so'ng, shuning uchun shoshildik. 3 minut qolgan, lekin internet, wifi ishlamay qolgani uchun bilet ololmay halakmiz ham shoshilib ketyapmiz, shuncha shoshilib Moldovaga ketadigan poyezd yonidan chiqib olibmiz, keyin yana pastga tushib Vengriyaga ketadigan poyezd tomon ketdik, poyezd allaqachon yurishi kerak edi, Shoxruh aka yugurib konduktorni to'xtatib qoldi, so'ng biz ham chiqib oldik. Keyin bilet muammosi....

Shunaqa narsalar qilib uyga kelib oldik. Yaxshi sarguzasht bo'ldi. Tajriba ortdi 🙂

Читать полностью…

.......

Keyin mahalliy galereyaga ham borgandik

Читать полностью…

.......

Nihoyat menimcha ish va o'qishni balanslashtira olyapman. Bundan oldingi paytlar ish vaqtining tartibsizligi, shuningdek professorlar ham dars vaqtini o'zgartiraverganidan ko'nikolmay, tayyorlana olmay (ahir oxirgi daqiqada matnni ochib o'qishga o'rganib qolganman) stressga tushayotgandim. Hozir yaxshi.
Boshqa meni kayfiyatimni ko'tarayotgan narsa 20 kundan so'ng o'qish tugaydi va qishki ta'til. Sayohatlar davri.

Читать полностью…

.......

Yozgan narsangdan shunchaki awkward tuyulgan textni omib tashlasang , mana shunday togʻdan bogʻdan kelgan matn paydo boʻladi 🦦

Читать полностью…

.......

Jin ursin, 3 kundan buyon quyosh yo'q
Kafiyat ham bulut.

Читать полностью…

.......

Xonim, chuchvara, qayish qilishni o'rgandim😂

Читать полностью…

.......

52 yoshda ham rashkni saqlab qolgan ekanlar,

Читать полностью…

.......

Bilasan(siz)mi, men endi o'zimning joyimda ekanligimni his qilyapman.
Bir oyda eng kamida 3 kunni depressiyada o'tkazadigan bola mana 28 kunki yuqori kayfiyatdaman, garchand biroz sog'liqda muammo bo'lgan bo'lsa ham bu kayfiyatga ta'sir o'tkazmadi.

Qo'limga darslar curriculumini olganimda namuncha ko'p degandim, naq 8 ta edi, keyin bilsam bazi fanlarimiz semestr davomida 2 yoki 3 marta in person o'tilarkan, qolgan vaqt platforma orqali.
Ilgari kursdoshlar bilan o'tirib dars qilishni, mavzu doirasida bahslar qilishni istardim.
Hozir ayni shu narsalar kechyapti, Dekart, Kant, Loklarning insonning identifikatsiyasi bo'yicha fikrlarini tortishyotibmiz.
Bu yerda jamoaviy ishlarga urg'u ko'p berilarkan, yokida odamlar o'zlari chaqirarkan, yig'ilaylik bazi narsalarga tushunmayapman deb aytisharkan.
Bu yerda har kimning shaxsiyati hurmat qilinishidan hursandman. Diniy kelib chiqish hech ham muammo bo'lmayotgani quvontiradi.
Hozircha Venger va Xitoylik do'stlarimni xonasida mehmon bo'ldim, ularning milliy taomlaridan ta'tib ko'rdim.
Hech tennis o'ynamasdim, hindlar bilan bosib yotibman hozir.
Ularni bemalol o'zbekchada so'kish mumkin, kulib turaverishadi, g'ing deyishmaydi.
Tailandlik kursdoshim bor, birinchi bergan savolim sen rostdan ham ayol kishisan-a, deganim bo'lgandi, rossa kulishibmiz.

Faqat o'qiyotgan matnlarim murakkablik qilyapti, lug'atga murojaat qilaverish tinkani quritvoryapti. Lekin ingliz tilini bilmaydigan xitoylik kursdoshimga qarab, nah, Im good, Im good))

Bugun uchta o'zbek yig'ilib osh qildik, o'zimizni qozondan topolmaganimiz uchun kastrolkada qildik, o'xshamadi, yayraganimiz qoldi.

Kartamdagi raqamlar ham kamayib bomoqda, keyingi 2 haftani ichida ishlashni boshlasam kerak

Hozircha shu gaplar, o'zing(iz)dachi?

Читать полностью…

.......

https://youtu.be/J73kvTdqyuY?si=6aUfiVhbPDplRv8A

Читать полностью…

.......

Toshkentdan Miskolcgacha

31-avgust kuni kechasi kvartirada chemodanimni yig'gach Dostonni moshinasida yotishga qaror qildik, asli men chiqqunimcha soat tungi ikki bo'lgandi, 3 soat ikkala o'rtoq gaplashib chiqdik. Tonggi 5larda birga uchayotgan sherigim kelgach airaportga yo'l oldik, muomala o'zbek ishchisiga xos, samolyotga ham chiqib oldik. Odam ko'p emas edi, shuning uchun bemalol oyina yonidagi joyimni yonimda ketayotgan qizaloqqa berib o'zib 1-qatorga o'tib oldim. Novcha odamga oyoq uzatishga kengroq joy bo'lmasa qiyin. Qo'ndik ham. Sherik qizlarni o'sha yerdagi mehmonxonada qoldirdik, yuklari ko'p edi. Biz esa sherigim bilan Budapeshtga yo'l oldik. Bilet chiqarib beradigan aparatdan iktadan bilet olgandik, bittasi airaportdan shaharga, ikkinchisi shahar ichiga. Shahar ichida bitta avtobusni adashtirganimiz uchun beltimiz tugab qoldi, keyin qaytishga va boshqa yana bir avtobusga chiqishga togri keldi, bilet ololmadik, naqd pul bersak olmadi. So'ngra Miskolcga ketadigan poyezdga chiqdik, taksi ushlab bron qilgan xonamizga keldik. Shu yo'l davomida bironta Ingliz tilini biladigan odamga duch kelmadik, yo'l so'rab inglizcha gapirsam vengercha javob qaytarishdi. Hostel egasi ham faqat vengercha gapirdi. Lekin amalladik. Offline map yuklab olgandim, shu va Google translater bolmaganda bilmadim qanday qiyin bo'lardi.

Butun yo'lni sarguzasht sifatida qabul qilganim uchun kayfiyatim chog' o'tdi, sherigim yosh, endi maktabni bitirib buyoqqa kelgani uchunmi ko'p asabiylashar, kayfiyati tez tushib ketdi. Ammo xonamizga kirib bitta dushdan so'ng charchoqlari chiqib ketdi.

Ertga universitetimiz yotoqxonasiga yo'l olamiz. Aytgancha hostelda millati qozoq, Mongoliyalik qardoshni uchratib qoldik. O'zbek va qozoq inglizchada gaplashyapmiz)))

Читать полностью…

.......

Uydagi anorlar kesildi, men ketgach quvonch-u qayg'ularimni ko'rgan, berkitgan xonam ham buziladi. Vaqt taqozosi, farzandlar ulg'ayishi uyni o'zgartishga majbur qildi. Shu yo'sinda hamma hammasi o'zgarib boraverar ekan. Ilgari otam o'tirgan uyni buzmayman, degan odamni eshitsam tushunmasdim, endi his qilyapman.

Читать полностью…

.......

Kutilmalarga nisbatan negativligim kuchli, har doim dastlab o'xshamasa nima qilish haqida o'ylayman. Bu tushkunlikka tushishimni oldini oladi. Kecha passportingiz tayyor deb qo'ng'iroq qilishganda darrov nega tez chiqdiykan, viza urishmadimikan deb, agar shunday bo'lsa qaysi hujjatlarni to'g'rilashim kerak ekan deb yo'lma yo'l o'ylab bordim. Yaxshiki, ortiqcha harakat va xarajatga o'rin qolmadi. Yevropa eshiklarini nihoyat o'z oshuftasiga ochdi. Bu bir yil avval o'xshaganda edi, qanday hursand bo'lardim. Hozir esa negadir ichimda faqat "hayriyat" degan tushuncha.
Har ko'zlovning amalga oshishida o'z vaqti bor ekan.

Читать полностью…

.......

Odamlarga o'zlari istagan narsani berish menimcha soddalik ham, ikkiyuzlamachilik ham emas. Kimdir e'tibor, kimdir maqtov, kimdir hurmat, kimdir sevgi istaydi. Hamma ham bunga haqilidir. Yoqmasa ham buni bersak bizdan nima ketadi?!

Odamlarga nisbatan nafrat bilan yashash hayotimizni faqatgina og'irlashtiradi, xolos.

Harakat qilyapman shunga, hech kimdan nafratlanmaslikka, kimnidir yomon ko'rib yurmaslikka.

Читать полностью…

.......

You have been selected

Читать полностью…
Subscribe to a channel