Bugun-Ilm maskanining Nuri, xat san’ati ila bizga ilm va sakinat bergan Ustozimizning tavallud ayyomlari.
Alloh ularni dunyoda aziz qilganidek, oxiratda ham azizlar qatorida qilsin🤲🏻
Naqadar Go’zal va hissiz manzara…🥀
Prezident, hatto arzimas bir hokim oldida telefonini butkul o’chirib, ro’parasidagi “kimdir”ga bor e’tiborini beradigan bu mavjudotlar, Robbisi huzurida qay ahvolda…
Syomka qilish,kontent yaratish, maqtanish payida…Astag’firulloh.
Kun kelib haj va umra “moda” bo’lishi, “pantovka” bo’lishi hech kimning hayoliga ham kelmagandi.
Alloh barchaga tavfiq-u iymon bersin🤲🏻
P.s. Fikrlar subyektiv, qo’shilishga majbur emassiz!
Uzbekskiy pont
•Avval ro’molni qoralab,majburlab yechtirishdi…keyin moda qilishdi…endi esa, Ibodat pontga aylandi…
Umra- nafl ibodat. Qaytaram IBODAT! moda yo pantovka qiladigan narsa emas.
•Alloh seni loyiq ko’rib chaqirdimi? Ibodatingni qil,duoyingni qil,mag’firat so’ra. Ruhingga singib ketgan matohni qo’y,yaqinlaringga maqtanish, nima yeb nima ichganingni ko’rsatishni bas qil!
U senga chet el sayohati emas -KA’BATULLOH
Allohning makoni,ibodat makoni.
•Safardan qaytganda poyondoz yozib kutib olish-u yana qandaydir bemano marosimlarni aytmasa ham bo’ladi. O’zbeklardan boshqa hech qaysi xalqda bu darajada dinni “pont”ga aylantirish yo’q.
•Nafl ibodat- Robbisi va nafs orasida bo’ladigan, qanchalik yashirin bo’lsa, shunchalik darajasi ortadigan ibodat.
Og’zidan sigaret tushmagan yigitlarning Umraga ketvomman,ibodatga ketvomman deb davrada sigaret tutatib turishiku aqlga sig’maydi…
Bu mavzuda qancha gapirilsa ham kam…satrlar ojiz…
Қадр кечасида ухлаб, янги йил кечасида то тонга қадар бедор бўлган бу уммат, жудолигу-хорлиги сабабини сўрамай қўяверсин!!!🥀
يا مقلب القلوب ثبت قلوبنا على دينك 🤲🏻
Tayyorgarlik tugadi,imtihon fursati yetdi.
Bu imtihonning hayajonliligi shundaki, u sinfimiz, yoshimiz yo familiyamiz bo’yicha chaqirmaydi…Tanlamasdan,to’sattan chaqiradi. 🥀
(Alloh imtihonimizda sahl bersin,rahmati ila chaqirsin🤲🏻)
ДУШМАНГА ҚАРАТА ҚИЛИНАДИГАН ДУО
(اللهُمَّ مُنْزِلَ الْكِتَابِ، سَرِيْعَ الْحِسَابِ، اِهْزِمِ الأَحْزَابَ، اللَّهُمَّ اهْزِمْهُمْ وَزَلْزِلْهُمْ ).
Китоб нозил этувчи, ҳисобни тез қилувчи эй Аллоҳ! (Душман) гуруҳларини мағлуб эт. Эй Аллоҳ! Уларни мағлуб эт ва зилзила-саросима сол.
(Муслим ривояти).
Дўст оғир кунда билинади
Саудия Арабистони Қизил денгиздаги USS CARNEY ҳарбий кемаси билан биргаликда ўтган пайшанба куни Ямандан Ҳусий қуролли ташкилоти томонидан учирилган ракеталардан бирини уриб туширди.
Ушбу ракеталар Исроил томон йўл олганлиги сабабли Саудия Арабистони Исроилга ҳужум қилишнинг олдини олди.
Bunday bid’atlar faqatgina bizda. Ular yo’qolish o’rniga borgan sari ildiz otib bormoqda…
Nafl ibodat-savob uchun qilinadigan ibodat,ko’z-ko’z qilish uchun emas!
Alloh shunday ne’mat berdimi bas, hamd ayting,ibodatingizni qiling va savobidan umid qiling. Shu oxiratingiz uchun yetarli. Millionlab pul sarflab,vaqtni zavol qilib "el qatori” dasturxon so’lmaganingiz, kartej qilib uyga qaytmaganingiz,oformleniyasiz uyga kirmaganingiz uchun so’ralmaysiz ishoning.
Zamirida kibr-u havo yashiringan ortiqcha dabdaba va manmanlikdan yiroq bo’ling. Umraga-ku borib kelamiz,keyingi sarf harajatlarni nima qilamiz?-deb ibodatdan chetlanayotgan insonlar ham talaygina.
Bularni tushunish uchun biznikilarga yana qancha vaqt kerak🤷🏻♀️
Musulmonmiz deymiz-u, amallarimiz qay ahvolda…qalblarimiz kimlarga ergashgan…?
استغفر الله
Qiyomat kuni “yangi yilimiz” shafoat qilarmikin?!
Hammaga yaxshi ko’rinaman deb urinma! Chunki hamma har xil tomondan qaraydi,o’z aqliga yarasha fikrlaydi…
Читать полностью…Bolalarni bu ahvolga solgan VAXSHIY sionistlarni Alloh ikki dunyoda alamli azob ila azoblasin!!!
Qo’l qo’vushtirib jimgina o’tirgan biz nodonlarga O’zi rahm qilsin.
Mazlum falastinliklarga nusrat yog’dirsin. Amin🤲🏻
Poyondoz solib kutib olishchi?aytmasa ham bo’ladigan darajada bachkanalik.
Insonlarning manmanligi va o’zi uchun to’qib chiqarayotgan qiyinchiliklari haqida yozib ham,gapirib ham tugatib bo’lmaydi…
Alloh hammamizga hidoyat va tavfiq bersin🤲🏻
Zero, Haq yo‘lida kim senga bir harf o'rgatmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado aning haqin yuz ganj ila.
Bayramingiz muborak USTOZ.💐💐💐
t.me/arabicart_uz