asaxiybooks | Unsorted

Telegram-канал asaxiybooks - Asaxiy Books

21187

🚚 Butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi 📦 Buyurtma va savollar uchun: @asaxiybot 📍Do‘kon manzili: https://asaxiyuz.taplink.ws/ 📥 Takliflar bo‘yicha: mirazizmirtolibov@mail.ru

Subscribe to a channel

Asaxiy Books

Asaxiyning 3 ajoyib kitobi 99 000 so‘m?


“Uchtasi birda va chegirma narxda” to‘plamini Asaxiy Books do‘konlaridan xarid qiling. To‘plamni barcha filiallarimizdan chegirma bilan olishingiz mumkin.

Filiallarimiz manzili va ish vaqti:
📍Asaxiy Books Novza
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: Muqimiy koʻchasi, 142/1

📍 Asaxiy Books Kitob olami
Ish vaqti: 09:00 - 23:00
Manzil: Mustaqillik shoh ko‘chasi, 6

📍 Asaxiy Books Kamolon
Ish vaqti: 10:00 - 18:00
Manzil: Bunyodkor ko'chasi, 8B

📍Asaxiy Books Panorama
Ish vaqti: 10:00 - 20:00
Manzil: 41.320328,69.262226,16z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.320328!4d69.262226">Alisher Navoiy koʻchasi, 11A

📍 Asaxiy Books Beruniy
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: Talabalar ko‘chasi, 16D

📍 Asaxiy Books Farhod bozori
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: 41.2871646,69.1872334,16z/data=!4m2!3m1!1s0x38ae89f983a69edd:0x427c98bf5dbae658?hl=ru-uz">Lutfiy koʻchasi, 75PP+VV9

📍Asaxiy Xalqlar do‘stligi
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: 41.309483,69.2407111,17z/data=!3m1!4b1!4m4!3m3!8m2!3d41.309483!4d69.243286?entry=ttu">Furqat ko’chasi, 15A

To‘plamdagi kitoblardan birortasi o‘zingizda bo‘lsa, do‘konlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashtirib olishingiz mumkin.

Onlayn buyurtma: asaxiy.uz/u/669602f15ebb9

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Asaxiy Books Kitob olami filialiga qanday borish mumkin?

🥰 Kitobxonlarimizning sevimli maskaniga aylangan “Kitob olami” filialimiz oʻzbek, rus, ingliz tillaridagi kitoblar, kanselyariya mahsulotlari va sovgʻabop takliflar bilan toʻla. Doʻstlar va yaqinlar bilan kelib kitoblar qurshovida boʻling, kutamiz.

Video orqali doʻkonga borish yoʻlini bilib oling va Asaxiyning bu filialiga ham tashrif buyuring.

Ish vaqti: 09:00 - 23:00
Telefon raqam: 90 036 06 45
Manzil: Mustaqillik shoh ko‘chasi, 6

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Audio va elektron kitoblar mutolaasini yaxshi koʻrasizmi? Unda Asaxiy Books ilovasini sinab koʻring💁‍♀️

Video orqali ilovani yuklab olish va ro‘yxatdan o‘tishni haqida bilib oling. Bu mobil ilova audio va elektron kitoblarning keng assortimentini, qulay tinglash va oʻqish tajribasini taqdim etadi.

Ming gapirgandan bir foydalanib koʻrgan yaxshi, yuklab oling va mutolaani boshlang:
🔗 Google Play
🔗
App Store

Elektron va audio kitobning qanday afzalliklari bor? Fikrlaringiz bilan izohlarda bo‘lishing.

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Haftalik reyting bilan tanishamizmi?

Oʻtgan hafta davomida eng koʻp sotilgan 5 kitob bilan tanishing:
1-oʻrin: Atom odatlar
2-oʻrin: Mahorat
3-oʻrin: Rejali ayol
4-oʻrin: Molxona
5-oʻrin: Diqqat

P.S. Reyting www.asaxiy.uz sayti va Asaxiy Books doʻkonlari orqali sotilgan kitoblar asosida shakllangan.

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Sevimli kitoblaringizga yangi hamroh tayyorlang🔖

Oson, qiziqarli va chiroyli xatchoʻplarni oʻz qoʻllaringiz bilan yasashni istaysizmi? Unda bu tasvirlar siz uchun.

Ijodkor kitobxonlarimizga “bookmark” tayyorlashni oʻrgatuvchi video tayyorladik. Tomosha qiling, oʻrganib oling va siz ham yasab koʻring✔️

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

"Mahorat"da dunyoning turli burchaklaridan keltirilgan misollar va tahlillar orqali mahoratga yetishish jarayoni nima ekani tushuntiriladi. Asar har qanday sohada ustalik darajasiga erishish uchun zarur bo'lgan bosqichlar va yondashuvlarni aniq va mufassal bayon etadi.

Robert Grin o'zining izlanishlari va tarixiy shaxslarning hayotiy tajribalarini o'rganib, mahorat darajasiga erishishning universalligi va vaqt sinovidan o'tgan qadriyatlarini ochib beradi.

Asar ikki qismdan iborat:
1. Mahoratga erishishning umumiy jarayoni,
2. Konkret taktikalar va strategiyalar.

"Mahorat"ning diqqatga sazovor tomoni shundaki, u oddiy nasihatlar yoki yuzaki ko'rsatmalardan uzoq, o'quvchini teran fikrlashga undaydigan, amaliy maslahatlar hamda psixologik tushunchalarni taklif etadi. Har bir bob o'quvchini o'zini chuqurroq tahlil qilishga va o'z sohasidagi mohir kishilardan koʻproq oʻrganishga undaydi.

Shuningdek, kitobda mahoratga erishishdagi to'siqlar va psixologik kurashlar haqida ham soʻz boradi. Ustalik sari intilishdagi qiyinchiliklar va tinimsiz mehnat uzviyligidagi kamchiliklar yoritilib, ularni yengish yo'llari ko'rsatiladi. Robert Grin muvaffaqiyatga erishish yo'lida fikrlash va mashaqqatli mehnatning ahamiyatini qayd etadi.

Umumiy qilib aytganda, "Mahorat" – istalgan kasb yoki sohada mahoratga erishish istagida bo'lgan, shuningdek, shaxsiy o'sish va o'z ustida ishlash uchun ilhom kerak bo'lgan kishilar uchun qoʻllanma desak boʻladi.

Grin oʻquvchilarga eng mahoratli shaxs darajasiga yetishishda yordam beradigan quyidagi yoʻl-yoʻriqlarni taklif etadi:

1. O'z sohangizni tanlash: Sizga yoqqan narsalar va qiziqishlaringizni tahlil qilish orqali sizga mos keladigan yo'nalishni topish.

2. Mentorlik: Ustoz-shogirt munosabati orqali tajribali rahbarlardan bilim va ko'nikmalar olishning ahamiyati.

3. Chuqur amaliy mashg'ulot: Uzoq muddatli ustuvorlikni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan chuqur amaliyot va izlanishlar orqali mahoratni yoki hunarni takomillashtirish.

4. Sabr-toqat va mashaqqatli mehnat: Mahoratga erishish oson emasligi va bu jarayon sabr-toqat va juda ko'p mehnat talab qilishini tushunish.

5. Ijodkorlik: Bilmingiz va ko'nikmalaringizni yanada noyob va yangilik yaratish yo'llari bilan birlashtirish.

6. Ijtimoiy va psixologik to'siqlar bilan muomala: Kitobda ta'kidlanishicha, mahoratga erishish yo'lidagi eng katta to'siqlardan biri - bu bizning psixologik cheklovlarimiz va ularni qanday yengishni bilmasligimizdir.

7. O'z sohangizda yangi yo'llarni kashf qilish: Hamma yoʻllar kashf etib boʻlingan degan fikrdan qochish. Oʻz sohangizda yangidan kashfiyotlar qilish va yangi yo'llarni yaratish uchun ilhomlanish.

Umuman olganda, "Mahorat" o'quvchilarga aniq strategiyalar va hayotiy misollar yordamida ularning kuchli tomonlarini rivojlantirish va o'z sohalarida ustalik darajasiga erishish uchun ko'rsatmalar beradi.

🕊Telegram 📱Instagram

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bu yerda siz ham bo'lishingiz mumkin! 😇

Endi Shoxista, Sardor, Ibrohim, Shohjahonning ota-onasi farzandlarining natijasi bilan faxrlanishadi. Chunki:

• Shoxista NYU Shanghai universitetiga 100% lik grant yutdi. Bu degani xalqaro universitetda bepul ta’lim oladi 🔥

• Sardor FLEX — AQSh’da almashinuv asosida ta’lim olish dasturini yutdi. Bu haqida intervyu ham olganmiz 😎

• Ibrohim 9-sinfdayoq IELTS 8,0 natijani, Shohjahon esa 8-sinfda 7,5 ballni qo‘lga kiritdi 🥳

🤗 Siz ham faqatgina maktabda o'qish orqali shunday natijalarga erishishingiz mumkin.

Buning uchun esa munosib joyni tanlash va tanlovingizni ota-onangizga aytish kifoya)

🔗 Rahimov School qabuliga ro'yxatdan o'ting:
https://bit.ly/asaxiybooks-rahimovschool

📞+99878113-00-05

📍Filiallar Toshkent va Farg'onada

@RahimovSchool

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bu doʻkonda Asaxiyning boshqa filiallariga oʻxshamagan muhit bor✨


Asaxiy Beruniy filialiga tashrif buyurdingizmi? Bu doʻkonimizda nafaqat kitoblar, balki ajoyib kanstovarlar, smartfon va ommabop gadjetlar ham sotiladi. Bir doʻkonga kirib ham kitob, ham texnika olish mazza boʻlsa kerak-a?)

Keling sinab koʻramiz va sizni filialda kutamiz:
• Ish vaqti: 09:00 - 22:00
• Manzil: Talabalar ko‘chasi, 16D

P.S. video orqali yangi filialimizdagi assortiment bilan tanishishingiz mumkin

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Asaxiy yangiligi — bizda yana bir filial ish boshlaydi🥳

Sizga yaqinroq boʻlishni, doimiy sifatli xizmat va ajoyib mahsulotlar taklif qilishni yoqtiramiz. Shu sabab tez orada yana bir filialimiz ish boshlaydi.

Asaxiy Xalqlar doʻstligi filiali — siz yaxshi koʻradigan kitoblar, texnika va gadjetlar birlashgan maskan boʻlishiga ishonamiz.

Tez kunda ochilish marosimi haqida maʼlumotlar bilan boʻlishamiz. Yangi joyda sevimli mehmonimiz boʻling, sizni kutib qolamiz🥰

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Asaxiy.uz mijozlari uchun yana bir qulaylik: olib ketish nuqtalarigacha yetkazish bepul

Endi www.asaxiy.uz sayti orqali istalgan mahsulotni xarid qilib bepul yetkazish imkoniyatidan foydalanish mumkin. Buning uchun yetkazish usulini tanlayotganda Fargo, UzPost va Asaxiy punktlarini belgilang va qulaylikdan foydalaning.

📌Taklif yirik texnikalar, gadjetlar, smartfon, kitoblar va boshqa barcha tovarlarga amal qiladi.

Oʻzingizga yaqin olib ketish nuqtasini aniqlash: asaxiy.uz/uz/page/delivery-points
Mahsulotlar katalogi va buyurtma uchun: www.asaxiy.uz

@asaxiyuz

Читать полностью…

Asaxiy Books

Endi qaysi kitobni oʻqisam ekan?


Bir kitobni yakunlab keyingi mutolaa uchun kitob tanlash sizni ham oʻylantiradimi? Unda bu maslahatlar siz uchun.

Oʻqish uchun keyingi kitobni tanlash boʻyicha bir nechta tavsiyalar keltirdik, tanishib chiqing va sinab koʻring. Eng muhimi — mutolaadan toʻxtamang😇

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Asaxiydan navbatdagi yangilik?!

Mijozlarini oʻylab doimiy izlanishda boʻlgan Asaxiy sizga yana yangilik tayyorlamoqda🤫

Taxminlar uchun izohlar qismi ochiq)

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Iyul oyining ilk haftasida eng koʻp sotilgan 5 kitob🏆

1-oʻrin: Atom odatlar — 50 000 so‘m
2-oʻrin: Zukkolar va landavurlar — 60 000 so‘m
3-oʻrin: Mahorat90 000 so‘m 70 000 so‘m
4-oʻrin: Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi — 90 000 so‘m
5-oʻrin: 1984 — 50 000 so‘m

Reyting hafta davomida www.asaxiy.uz sayti va Asaxiy Books do‘konlari orqali sotilgan kitoblar asosida shakllangan.

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Barcha buyurtmalarni uygacha bepul yetkazamiz 📦

Dam olish kunida siz oila va yaqinlar davrasida bo‘ling, kerakli buyumlarni biz uyingizga olib borib beramiz. Bugun 23:59gacha qilingan barcha buyurtmalar, kitoblar, texnika, gadjet va boshqa tovarlar bepul yetkaziladi.

📌 Aksiya www.asaxiy.uz saytida mavjud barcha mahsulotlarga amal qiladi.
📌 Buyurtmalar O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazib beriladi.


Imkoniyatdan foydalaning va foydali xaridlar qiling 👉 www.asaxiy.uz

Читать полностью…

Asaxiy Books

Kimga shunday kitobdan kerak?

Izohlarda qo‘l ko‘taring-chi)🙋‍♀️🙋‍♂️

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Turli mavzudagi qiziqarli kitoblar sotuvga keldi, ko‘rib chiqamizmi?

▪️Seljuk O‘zyurt: Kitobchi - 59 000 so‘m
▪️Agata Kristi: Katta to‘rtlik - 45 000 so‘m
▪️Agata Kristi: Rojer Ekroydning sirli qotili - 45 000 so‘m
▪️Gabriel Garsia Markes: Ulug‘ onaning janozasi - 39 000 so‘m
▪️Abdulfattoh Abu G‘udda: Ulamolar nazdida vaqtning qadri - 49 000 so‘m
▪️Murod Muhammad Do‘st: Lolazor - 69 000 so‘m
▪️Janni Rodari: Jelsomino Yolg‘onchilar mamlakatida - 25 000 so‘m

Yangiliklarni ko‘rib chiqing va shaxsiy kutubxonaga moslarini ro‘yxatingizga yozib qo‘ying) Kitob nomi ustiga bosish orqali ular haqida ma'lumot olishingiz mumkin.

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Chegirmali toʻplam soʻraganlar, shu yerdamisiz? Siz uchun ajoyib taklif tayyorladik🤩

Uchtasi birda va chegirma narxda:
1. Jyul Vern: Kapitan Grant bolalari
2. Barbara Oukli: Raqamlar uchun yaralgan idrok
3. Jon G. Miller: SOS! Savol ortidagi savol

Narxi: 145 000 soʻm
Chegirma bilan: 99 000 soʻm
Yetkazish: Oʻzbekiston boʻylab bepul

Bu kitoblar sizga shaxsiy javobgarlik va samarali oʻzlashtirish usullarini oʻrgatadi hamda ajoyib sarguzashtga chorlaydi.

Toʻplamni eng qulay narxda oʻzingizga va yaqinlarga sovgʻa qiling: asaxiy.uz/u/669602f15ebb9

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Smartfonlarni Asaxiydan uyingizdan chiqmasdan xarid qiling.

Eng ommabop smartfonlarga 15-21-iyul kunlariga narxlar:

1. Смартфон Xiaomi Redmi Note 13 Pro 8/256GB Midnight Black - 3 099 000 So'm
2. Honor 200 Lite 5G 8/256 GB Black - 3 699 000 So'm
3. iPhone 15 Pro 128GB Titan - 12 499 000 So'm
4. Samsung Galaxy S24 Ultra 12/256 GB Gray - 12 159 000 So'm
5. Honor X8b 8/256 GB Green - 3 069 000 So'm
6. Xiaomi Redmi Note 13 6/128GB Black - 2 199 000 So'm
7. Xiaomi Redmi 13C 4/128GB Black - 1 579 000 So'm
8. Samsung Galaxy A55 8/128 Awesome iceblue - 4 099 000 So'm
9. TECNO Spark Go 2024 3/64GB Gravity Black - 1 169 000 So'm
10. Honor X9b 5G 8/256GB Black - 3 839 000 So'm


Aksiya va chegirmalarni o'tkazib yubormang: @asaxiyuz

Читать полностью…

Asaxiy Books

Юй Хуа: Яшамоқ

Ўғлимни тупроққа топширишим керак эди, бироқ ундан ажрала олмаётгандим. Ота-онамнинг қабрлари пойига чўкдим ва Ючинни бағримга босдим, уни ерга қўёлмаётгандим. Аста елкамга суядим, юзлари ҳам қотиб қолганди, худди елкамда бир парча муз тургандек гўё ....

Кечки шамол баргларни тўзғитар, ўғлимнинг танаси қировдан нам бўлиб улгурган эди. Бугун эрталаб мактабга кетаётгандаги ҳолати кўз олдимда шундоққина турибди: югургилаб борар экан, елкасидаги сумкаси бир юқорига, бир пастга сакрарди. Ючин энди бир оғиз ҳам сўз айта олмаслигини ёки мактабга ялангоёқ чопиб бормаслигини ўйлаш юрагимга тиғдек ботарди. Йиғлайвериб кўзимнинг ёши қуриб қолди ....


Муқова: Юмшоқ
Нашриёт: Ҳузур
Нарх: 69 000 сўм
Саҳифа: 280 бет

Кўз ёшларни соғинганлар "Яшамоқ"ни ўқисин: asaxiy.uz/u/66920d346a59e

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Kitobxonlar qachon kitob oʻqishiga qarab ham turlicha boʻladi.

Baʼzilar kunduzi mutolaa qilishni afzal koʻrsa, boshqa kitobxonlarimiz tun qorongʻisida kitob oʻqishni yoqtirishadi.

🌓 Siz odatda qaysi payt mutolaa qilasiz? Kunduzi yoki kechasi? Izohlarda yozib qoldiring.

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Buni eng irodasizlar ham eplay oladi!


🚬 Oson, ogʻriqsiz, iroda kuchisiz, gipnoz yoki dorilarsiz chekishni tashlash mumkinmi? Albatta!

Soʻzimiz isbotini real hikoyada oʻqing:
https://telegra.ph/Sogliqni-saqlash-vazirligi-maglub-boldi-07-11

Oson yo‘l - asaxiy.uz/u/668fa5027dbc7

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Podkastlarni Asaxiy Books ilovasida tinglang!

Rivojlanish uchun podkastlar tinglashingizni bilamiz, shu sabab yana bir yangilik bilan xursand qilamiz.


🎧 Endi Asaxiy Books ilovasi orqali podkastlar ham tinglashingiz mumkin. Mobil ilovaga oʻting, podkastlar qismini koʻrib chiqing va tinglashni boshlang.

Katalog kundan-kunga boyib boradi, kuzatishda davom eting.

Ilovani yuklab olish:
🔗 Google Play
🔗
App Store

Qanday podkastlar ilovada boʻlishini istaysiz? Izohlarda yozib qoldiring👇

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Oʻtmas arra ham daraxtni kesoladi, ammo bunga koʻp vaqt ketadi.


Arrasini oʻtkirlamoqchi boʻlganlar uchun — “Savdo sanʼati

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Soʻragan kitoblaringiz endi #yanada_arzon

Bir paytda bir nechta kitoblar uchun chegirmalar berildi, shaxsiy kutubxonangizga yetib kelmaganlarga buyurtma qoldirishingiz mumkin:
▪️Robert Grin: Hokimiyatning 48 qoidasi - 89 000 so‘m 79 000 so‘m
▪️Sharl Lui Monteske: Qonunlar ruhi haqida - 75 000 so‘m 65 000 so‘m
▪️Imom Zarnujiy: Ilm olish sirlari - 49 000 so‘m 39 000 so‘m
▪️Fotih Duman: Men. Bas qil, ey nafs - 69 000 so‘m 59 000 so‘m
▪️Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Iymon - 59 000 so‘m 49 000 so‘m
▪️Ahadquli Xolmuhammad o‘g‘li: Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti - 39 000 so‘m 27 000 so‘m
▪️Ahadquli Xolmuhammad o‘g‘li: Haqiqiy omad kaliti yoxud Savdogarlar ustozi 2 - 39 000 so‘m 29 000 so‘m
▪️Bugun bomdod o'qidingizmi?! - 35 000 so‘m 29 000 so‘m

P.S. Fargo, Asaxiy va UzPost olib ketish punktlarigacha yetkazish bepul

Kitoblar nomi ustiga bosib buyurtma qoldiring va yoqimli narxda xarid qiling.

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Sevgi izhor qilish uchun “seni sevaman” deyish shart emas.

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Asaxiy Books Novza filialida ish kuni qanday boshlanadi?

Novza filialimiz ish kuni kitoblarni tartibga keltirish, yangi kitoblarni javonlarga joylash va doʻkonni kitobxonlarimiz kelishiga tayyorlash bilan boshlanadi. Yaxshisi kun qanday boshlanishini oʻzingiz videoda koʻring va bilib oling)

🎈 Asaxiy Books Novza filiali
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Telefon raqam: 90 035 06 45
Manzil: Muqimiy koʻchasi, 142/1

Siz Novza filialimizga tashrif buyurganmisiz? Izohlarda yozib qoldiring👇

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Asaxiy Books kitoblari ulgurji narxda!

Biznes egalari va savdo bilan shugʻullanuvchilar uchun maxsus taklif. Siz Asaxiy Books loyihasi doirasida nashr etilgan kitoblarni ulgurji narxda olib, oʻz savdo nuqtalaringizda sotishingiz mumkin.

Ulgurji savdo boʻyicha murojaat:
@NX_001 / +998 91 310 56 58

Postni kerakli odamlarga yuborib qoʻyavering)

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

ASMR video kitobxonlarga yoqadimi?

Asaxiy Booksning ajoyib premyerasi “Mahorat” kundan-kunga oʻz kitobxonlarini topmoqda. Shu kitob uchun ASMR video tayyorladik, tomosha qiling va kitobni his qiling🫠

“Mahorat” qattiq muqovada va koʻzga zararsiz qogʻoz rangida chop etilgan. Ilk 2 oylikning chegirmasidan foydalanib xarid qilishingiz mumkin: asaxiy.uz/s/t3dcw1qzxtbowbiu

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

​​Hammamiz har kuni pul sarflaymiz va shu orqali kimningdir boyib ketishiga xizmat qilamiz.

Devid Bax, Jon Devid Mann – "Latte omili"

Bu kitobning mutolaasi bir doʻstimning muammolaridan xabar topishim bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Ancha qarzga botib qolibdi. Mana shu kitobni oʻqisa va amal qilsa shunday boʻlmasmidi deb oʻylab qoldim. Kitobdagilar bir qarashda juda oddiyday tuyuladi. Biroq uning oddiyligi ish berishiga toʻsqinlik qilmaydi. Insonning hayotini odatda juda oddiy gʻoyalar oʻzgartiradi.

Misol uchun maktabni zoʻrgʻa tamomlagan oʻsha doʻstim bundan besh-olti yil burun, hali oliy maʼlumotli oʻqituvchilar 2 million ham oylik olmaydigan paytlarda 5-6 million oylik olardi. Maʼlumot uchun, oʻsha paytlarda qishloq joyda ikki million oylikka bemalol roʻzgʻor qilish mumkin edi. Olti yil davomida har oy 1 milliondan pulni jamgʻarib borsa hozir qoʻlida 72 million puli boʻlardi.

Biroq koʻpchilikka bu imkonsizday tuyuladi. Chunki bizning xarajatlarimiz daromadlarimizga muvofiq oʻsib boradi. Qancha koʻp pul topsak shuncha koʻp sarflay boshlaymiz. Xarajatimiz daromadimizdan oshganida esa har oy maosh olishimizga qaramay qarzga botamiz. Kishi bir qarzga botsa undan chiqishi qiyin boʻladi.

Albatta, deyarli barcha qachondir boyib ketaman deb oʻylaydi. Birdaniga katta biznes boshlash, lotereyadan yutish, xazina topib olish, qizlar boy erga tegvolish kabi yoʻllar bilan toʻkin hayotni umid qilaveradi. Biroq statistikaga yoki yon-atrofimizga qarasak odamlarning deyarli barchasi maoshdan maoshgacha ishlashini koʻrasiz. Kimdir 2 million oladi, kimdir esa 20 million. Biroq jamgʻarishni bilmasa 2 million va 20 million oladigan kishi oʻrtasida farq yoʻq. Chunki kun kelib ishsiz qolsa ikkisining ham qoʻlida hech vaqo qolmaydi.

Haqiqatga tik qarab, koʻpchilik baribir maoshga yashashini hisobga olsak, bu kitobni hamma oʻqib chiqishi kerak. Undagi oddiy haqiqatlarni anglab, amalga tadbiq qilsa oʻrtacha maosh bilan ham kun kelib bemalol erkin va boy boʻlish mumkin. Hatto boylikka qiziqmasangiz ham oʻzi nima uchun va kim uchun ishlayapman, mehnatim evaziga arzirli narsa olyapmanmi kabi savollar bilan toʻqnashasiz. Boylik bu eng qimmat mashinada yurib, eng qimmat kiyimlarni kiyish, eng qimmat joylarda ovqatlanish emas. Boylik bu erkinlik. Misol uchun siz bir kuni tongda uygʻongach ishga borgingiz kelmasa, shartta oilangizni olib bir oyga xorijga ketolmasangiz yoki uyda bir oy oyoqni choʻzib yotolmasangiz yillar davomida nega va kim uchun ishladingiz? Sizga maosh berayotgan odam yoki tashkilotni boy qilish uchunmi? Butun umr ishlab ham qariganda pensiyaga yoki farzandining qoʻliga qarab qolganlar kammi atrofingizda?

Jamgʻarish bu oʻzingizni toʻrt yoqdan siqish emas. Shunchaki siz uchun eng muhimlari nimaligini aniqlab olishingiz va faqat shularga pul sarflashingiz kerak. Odamlarning koʻpi aslida oʻziga kerak boʻlmagan narsalarni sotib olish uchun oʻzlari yoqtirmaydigan ishlarda ishlashadi. Oddiy haqiqatlarni sodda tilda tushuntirgani va amalda qoʻllasa real foyda beradigan usullarni taklif qilgani uchun bu kitobni hammaga tavsiya qilsa boʻladi. Kitobda bosh qahramon sifatida ayol kishi tanlangani bejiz emas, zero ayol kishi uchun moliyaviy erkinlik juda muhim. Keyingi post shu haqida boʻladi.

@salimov_blogi

Читать полностью…

Asaxiy Books

Хадича Кубро Тонгар: Болаларимиз билан тортишмайлик

👫 Ҳар бир бола ота-онаси уни тушуниши, истаклари, шахси ҳурмат қилинишини истайди. Шунингдек, ота-оналар ҳам барча ҳаракатлари жигарбандлари келажаги учун эканини англатишни истайдилар. Хадича Кубро Тонгарнинг мазкур китобида 0 ёшдан 18 ёшгача бўлган фарзандлар билан тўғри муносабат ўрнатиш усуллари ҳақида тушунчалар берилади.

✍️ Муаллиф мулоқот ўрнатиш услубларини бола ривожланиши даврига кўра ўзига хос тарзда: дастлабки, иккинчи ва учинчи олти йиллик каби қисмларга бўлиб ўрганади. Муаммони ҳал қилишда мақсадли хатти-ҳаракат ва ечимлар таҳлил қилинади.

Муқова: юмшоқ
Нашриёт: Янги Аср Авлоди
Нарх: 45 000 сўм
Саҳифа: 192 бет

Тинч, сокин ва хотиржам оила шакллантиришни истайдиганларга тавсия этилади: asaxiy.uz/u/6688c9d7a3bef

@asaxiybooks

Читать полностью…
Subscribe to a channel