31% chegirma beramiz
👨💻 Time, The Washington Post, Smithsonian Magazine, Amazon, BookPage, Science News, Bloomberg tomonidan eng yaxshi kitoblardan biri sifatida tan olingan “Kod Buzar. Jennifer Daudna, gen tahrirlash va insoniyat kelajagi” kitobi uchun 31 foizlik chegirma eʼlon qilamiz. Bu ilmiy-ommabop kitob sizga ilm-fan dunyosidagi qiziqarli va hayajonli sayohatni taklif qiladi.
😎 Uolter Ayzekson kitobda genetik kodni buzishga katta hissa qoʻshgan olim, Nobel mukofoti sovrindori Jennifer Daudnaning faoliyati, tadqiqotlari haqida hikoya qilar ekan, shu bahonada gen muhandisligi vujudga kelishi jarayonidagi murakkabliklar, axloqiy masalalar, olimlar oʻrtasidagi raqobatlar, ilmiy kashfiyot va ixtirolar qanday qilinishini oʻquvchiga qiziqarli shaklda soʻzlab beradi.
Kitob 3-fevralgacha 99 900 soʻm oʻrniga 69 000 soʻmdan sotuvda. Chegirmada xarid qiling va hayotimizda oʻzgarish qiluvchi CRISPR haqida bilib oling: asaxiy.uz/u/65b8e9c0e52c2
@asaxiybooks
“Super xotira sari yetti qadam” kitobi #yana_sotuvda
🧠 Xotirada saqlab qolish boʻyicha chempion Andrey Safronovdan xotirani rivojlantirish boʻyicha trening kitobni qarshi oling. Muallif kitobda oddiy mashqlarni qadam-baqadam bajartirib borib, turli xil maʼlumotlarni umrbod xotirada saqlashni oʻrgatadi.
Mashqlarni toʻliq va toʻgʻri bajarish orqali oʻqigan kitoblaringiz va oʻrgangan bilimlaringizni toʻliq yodda saqlashga erishasiz.
Muqova: Qattiq
Narx: 45 000 soʻm
Sahifa: 160 bet
Buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/65b786cf92f0f
@asaxiybooks
“SOS! Savol ortidagi savol” kitobi, Asaxiy faoliyati, tarjima jarayonlari, kitob tavsiyalari, savollarga javoblarni qamrab olgan suhbatimiz nihoyasiga yetdi.
Qatnashgan, fikr bildirgan va kitob o‘qishda davom etayotgan barchaga minnatdorlik bildiramiz.
Va’daga ko‘ra kitobni mutolaa qilib u haqida fikr bildirgan shu 3 faol kitobxonimizga keyingi suhbat kitobini sovg‘a qilamiz:
1. Abdulaziz
2. Bookworm ga e’tirof
3. Feruza Nuratdinova
G‘oliblardan @asaxiy_marketing profiliga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Keyingi suhbat kitobi nomini ham tez orada e’lon qilamiz.
Barchangizga tashakkurlar🤗
@asaxiybooks
Yana bir kun vaqt😇
Ba’zi sabablarga ko‘ra kitob suhbatimiz 24 soat keyinga ko‘chirildi.
Endi kitob borasida fikrlarni tayyorlab olish uchun yana 1 kun qo‘shimcha vaqtga egasiz. Bizni tushunasiz degan umiddamiz, ertaga 20:00da audio-chatda uchrashamiz.
@asaxiybooks
Bugun suhbat kunimiz💬
Kitobxonlar, bugun 20:00da “SOS! Savol ortidagi savol” kitobi boʻyicha suhbat boʻlib oʻtadi. Suhbatda fikr almashamiz, xulosalar va shaxsiy misollar bilan boʻlishamiz.
Kitobga qiziqqan barchani audio-chatda kutib qolamiz. Eng faol 3 kitobxonimizga keyingi suhbat kitobi sovgʻa qilinadi.
Sana: 27-yanvar (bugun)
Vaqt: 20:00
Manzil: @asaxiybooks
Gʻoyibona uchrashib fikr almashguncha👋
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламга муҳаббат ҳақида 101 қисса
Ушбу тўпламда Абу Маҳзура каби “Қандай қилиб сочимни калталатай, ахир унга Расулуллоҳнинг қўллари теккан бўлса”, дейдиган саҳобалар, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ушлагани учунгина Анас розияллоҳу анҳунинг қўлини ўпаётган тобеъинлар билан юзма-юз келасиз.
Бу китоб Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламга бўлган муҳаббатнинг васфи, у зотга ошиқ бўлиш йўлларини баён этиб, суюкли Пайғамбаримиз учун сиз нималар қилганингиз ҳақида ҳам сўраб ўтади. Расулуллоҳга бўлган талпинишингиз, завқу шавқингиз, ғайратингизни ошириб, сўниб қолган ишқингизни аланга олдиришга уринади.
Муқова: Юмшоқ
Нашриёт: Ҳилол-нашр
Нарх: 45 000 сўм
Саҳифа: 80 бет
Буюртма учун: asaxiy.uz/u/65b35c567f708
@asaxiybooks
Bank kelajagi allaqachon shu yerda — siz bunga tayyormisiz?
Naqd pul allaqachon eskilik sarqitiga aylangani koʻpchiligimizga sir emas. Biroq plastik kartaning davri ham oʻtganini bilasizmi? Toʻlov tizimlari va bank sohasida inqilobiy oʻzgarishlar yuz bermoqda. Kelajakda mahsulot sotib olish uchun gʻishtday keladigan hamyonimizni chiqarib, banknotalarni sanab oʻtirmaymiz, hatto choʻntagimizdagi kartani kassirga uzatishga ham hojat boʻlmaydi. Ehtimol, telefonimizdagi ilova ham kerak boʻlmas. Unda qanday toʻlov qilamiz?
Bu va boshqa koʻplab savollarga Brett Kingning “Bank 4.0” kitobi batafsil javob beradi. Kitob bizni yangi voqelik va uning aql bovar qilmas istiqbollari bilan tanishtiradi. “Bank 4.0” nafaqat moliya haqida soʻzlaydi, unda kelajagimizning fantastik filmlarga oʻxshash yorqin manzarasi tasvirlangan. Eʼtiborlisi, Brett King tilga olgan oʻzgarishlar aslo xom xayol emas, axir koʻpi allaqachon amalga oshmoqda. Dunyo tarixda kuzatilmagan shiddat bilan yangilanar ekan, raqobatda yutqizmaslik uchun bu evrilishlar mohiyatini tushunish kerak. Ushbu mohiyat “Bank 4.0”da rang-barang misollar bilan yoritilgan.
Kitob bilan qisman tanishishingiz uchun elektron shakli bilan boʻlishyapmiz, toʻliq mutolaa uchun: asaxiy.uz/u/6598f32ad0f85
@asaxiybooks
Ernest Xeminguey qalamiga mansub “Toʻqchilik va yoʻqchilik” kitobining elektron shakli Asaxiy Books mobil ilovasida chiqdi. Endi qiziqarli va taʼsirli bu romanni elektron shaklda ham mutolaa qilishingiz mumkin.
Kitob haqida batafsil maʼlumot: asaxiy.uz/u/65ae6082ee37f
Ilovani yuklab oling va hozirning oʻzida oʻqishni boshlang: onelink.to/nxtyp6
@asaxiybooks
5 yildan keyin kim boʻlishingiz, qayerda va nima bilan band boʻlishingiz shu 5 omilga bogʻliq.
👥 Atrofimizda tanishlar, doʻstlar boʻlishi qanchalik muhimligini koʻrsatish uchun “Tadbirkor” kitobida ushbu argumentlar keltirilgan.
Tanishib chiqing va oʻzingiz uchun xulosa chiqaring. Yon-atrofingizga eʼtiborli boʻling, chunki aynan muhit sizga taʼsir koʻrsatadi va oʻzgarishlarga sabab boʻladi.
@asaxiybooks
“Toʻqchilik va yoʻqchilik” — 1937-yilda nashr etilgan taʼsirli va maʼlumotga boy roman. Unda Buyuk Depressiya davrida toʻqchilik va yoʻqchilikda yashagan insonlar hayoti, qarashlari, turmush tarzi va qiyinchiliklari tasvirlangan.
Baliqchi Harri Morgan hayoti misolida romanda shu mavzular qamrab olinadi:
▪️ Masʼuliyat: muallif kitobida erkakning oila va farzandlar oldidagi masʼuliyati, ularni taʼminlash majburiyatini tasvirlab beradi.
▫️ Ijtimoiy sharh: Xeminguey qashshoqlikning ogʻir haqiqatlarini va depressiya davridagi ishchilar sinfining hayot uchun kurashlarini ochib beradi.
▪️ Yoʻqotish va chidamlilik: qahramonlar yoʻqotish va qiyinchiliklarga duch kelishadi, lekin ayni paytda qiyinchiliklarga qarshi kuch va qatʼiyatni namoyish etadilar.
▫️ Insoniy birdamlik va yakkalik: Roman qiyin paytlarda insonlar bilan birlashuvning ahamiyatini koʻrsatadi, shu bilan birga yolgʻizlik hissini tasvirlaydi.
Kitob uchun ASMR videoni yuqorida qoldirdik, tomosha qiling va kitobni mutolaa qiling. Kitob haqida batafsil: asaxiy.uz/u/65ae6082ee37f
@asaxiybooks
Asaxiy ayollar masalasiga befarq emas.
Kecha, 19-yanvar kuni Mey Maskning “Rejali ayol. Baxtli hayot qoidalari” kitobining yopiq taqdimot marosimi oʻtkazildi. Unda nafaqat kitob, balki ayol-qizlar masalalari haqida ham suhbat boʻlib oʻtdi. Jamiyatda faol va ziyoli ayol-qizlarimiz qimmatli fikrlari va diydor bilan xursand qildilar.
Taqdimotimizga fayz bergan barcha spikerlar va mehmonlarimizga minnatdorlik bildiramiz. Hamkorlarimiz “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi va “Xalq banki”ga ham alohida tashakkurlar.
Rasmlar orqali biroz atmosfera bilan ulashamiz, “Rejali ayol” kitobi mutolaasini ham tavsiya qilamiz.
@asaxiybooks
“Yil bestsellerlari 2023” haqida savollarga loyiha rahbari Firuz Allayevdan javoblar.
Video orqali toʻplam qanday paydo boʻldi, kimlarga tavsiya etiladi, 2024-yilda roʻyxat bilan oʻzgarish boʻlish/boʻlmasligi haqida bilib olishingiz mumkin.
Yutuqli oʻyinda ham ishtirok eting, gʻoliblarni Misrga sayohat va 49xil sovgʻalar kutmoqda.
Toʻplam haqida savollar qoldimi? Yozib qoldiring👇
@asaxiybooks
🏖 Misrga sayohat yoʻllanmasi va boshqa 50 xil sovgʻalar yutib oling.
“Yil bestsellerlari 2023” toʻplamini xarid qiling va omadli mijozlarimiz qatorida qimmatbaho sovgʻalardan birini yutib oling. 1-yanvardan 29-fevralgacha “Yil bestsellerlari” toʻplamini xarid qilgan mijozlarimiz yutuqli oʻyin ishtirokchisiga aylanishadi. Gʻoliblarni 5-mart kuni jonli efirda sizlar bilan birga aniqlaymiz.
🫠 Kitoblar sizni Misrga ham yetaklay oladi, hoziroq buyurtma bering va sovgʻadan tashqari 20ta ajoyib kitobga ham ega boʻling. Buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/659519f0e5231
@asaxiybooks
Kitobxonlar, sovg‘a 🫴
Elektron va audio kitoblar xarid qilishingiz uchun 14 000 so‘mlik kupon beramiz. Asaxiy Books ilovasini yuklab oling, kuponni aktivlashtiring va mutolaani boshlang.
Kupon kodi: HIMOYACHI
Ilovani yuklab olish: onelink.to/nxtyp6
@asaxiybooks
Siz qidirgan kitoblar #yana_sotuvda
📚Kitobxonlarimiz, siz koʻp soʻragan va qidirgan kitoblar qayta sotuvga olib kelindi. Biryoʻla hammasiga buyurtma bering va shaxsiy kolleksiyangizni yangi kitoblar bilan boyiting.
🟡Oskar Uayld: Dorian Greyning portreti — 49 000 soʻm
🤎Ken Kizi: Kakku uyasi uzra parvoz — 69 000 soʻm
🕶Alberto Morava: Rimlik Ayol — 69 000 soʻm
🔴Entoni Byorjess: 1985 — 49 000 soʻm
💜V.Chan Kim, Rene Moborn: Moviy ummon strategiyasi — 69 000 soʻm
@asaxiybooks
📚 Badiiy kitoblar fantastik olam uchun oʻtish yoʻli emas, ular tanqidiy fikrlash mushaklaringiz uchun mashgʻulot maydonidir.
Badiiy mutolaa nafaqat maroqli hordiq, balki dunyoqarashni kengaytirish va tanqidiy-tahliliy fikrlashni yaxshilashda ham yordamchi boʻladi.
Badiiy kitoblarni oʻqish orqali vaziyatga boshqa nazar bilan qarashni, murakkab masalalarni hal qilishni, insonlarni yaxshiroq tushunishni va qolipdan tashqari fikrlashni oʻrganasiz.
📖 Rasmlar orqali badiiy kitoblar tavsiyasi bilan tanishing, kitoblarni oling va mutolaaga shoʻngʻing.
Badiiy kitoblar katalog va narxlari bu yerda.
@asaxiybooks
🔠🔠🔠 5️⃣
O‘tgan hafta davomida Asaxiy.uz sayti orqali eng ko‘p sotilgan kitoblar beshligi bilan tanishing:
1️⃣ “Atom odatlar” — 49 900 so‘m
2️⃣ “Molxona” — 31 900 so‘m
3️⃣ “Bir kun. Bir muhabbat tarixi” — 64 900 so‘m
4️⃣ “1984” — 49 900 so‘m
5️⃣ “Beparvolikning nozik san’ati” — 36 900 so‘m
Kitoblar nomi ustiga bosib ular haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.
@asaxiybooks
Bugun zamonaviy o‘zbek adabiyotida o‘sish bo‘lib xizmat qilgan Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” asari chiqqaniga 3 yil to‘ldi.
Ajoyib asar uchun muallifga, qiziqish va mutolaa uchun kitobxonlarga minnatdorlik bildiramiz.
“Qo‘rqma” kitobi haqida fikrlaringizni izohlarda kutamiz👇
@asaxiybooks
Sovuq kunda qaynoqqina hafta chegirmalari☀️
Bu safar chegirma kategoriyasi kitob va pardoz buyumlari bilan ham boyidi. 1-qism tovarlar bilan kartochkalar orqali tanishing, ajoyib chegirmalarning 2-qismi bilan ertaga boʻlishamiz.
Mahsulotlarga havola orqali oʻtib hozirning oʻzida buyurtma bering:
💜Jmary FM-19RS halqasimon yoritgichi
💜Uolter Ayzekson: Kod Buzar. Jennifer Daudna, gen tahrirlash va insoniyat kelajagi
💜Borofone BW04 oq simsiz quloqchini
💜“Beauty Illusion” toʻplami 🎁 + 5 ta niqob sovgʻaga
Foydali xaridlarni Asaxiy bilan amalga oshiring. Buyurtmangizni Oʻzbekistonning istalgan hududiga yetkazib beramiz.
@asaxiyuz
2023-yil Asaxiy Books uchun qanday yil boʻldi va 2024-yil rejasi qanday?
Yangi kitoblar, qulayliklar, viloyatlarda do'konlar... videoni koʻrib barchasi haqida batafsil bilib oling.
@asaxiybooks
20 xil olam jamlangan kitoblar toʻplami📚
Kitoblarni 2-3 soʻz bilan taʼriflashga harakat qildik, ammo har biri haqida, ular hayotingizga kiritgan oʻzgarish-u sizga taʼsiri haqida yangi bir kitob yozishga arziydi.
🪶 Taʼriflarimiz bilan tanishib chiqing va eng sevimli kitobingiz haqida ikki soʻzli taʼrifni izohlarda yozib qoldiring.
Rasmda keltirilgan kitoblar: asaxiy.uz/u/65b35317b5d51
@asaxiybooks
17 yilda yozilgan romanni 28 yilda oʻqish?! Bu qanchalik haqiqat?
📕Videoni tomosha qiling va bilib oling.
Sizning sabringiz bir kitobni necha yil oʻqishga yetadi? Izohlarda yozib qoldiring.
@asaxiybooks
Shaxsiy javobgarliksiz hech bir inson yoki kompaniya muvaffaqiyatli boʻlishi, vazifalarni samarali bajarib maqsadlariga erishishi ehtimoldan juda yiroq.
Birovni ayblash va masʼuliyatni oʻzidan soqit qilish kabi keng tarqalgan muammoga birgina “SOS! Savol ortidagi savol” kitobini yechim qilib beramiz. Oʻqing, mulohaza qiling va shaxsiy javobgarlikni qoʻllang.
@asaxiybooks
Har qanday og‘riq miyada tug‘iladi.
Henri Marshning “Ozor berma” kitobidan olingan bu iqtibosni qanday tushundingiz? Fikrlaringizni izohlarda kutamiz💭
@asaxiybooks
Ehhe, reytingga yangi kitoblar qoʻshilibdi-ku🥳
Oʻtgan haftada Asaxiy.uz sayti orqali eng koʻp sotilgan 5 kitob bilan tanishing:
1. Atom odatlar — 49 900 so‘m
2. Bir kun. Bir muhabbat tarixi — 64 900 so‘m
3. Rejali ayol. Baxtli hayot qoidalari — 59 000 so‘m
4. Diqqat. Chalgʻituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari — 59 900 so‘m
5. Beparvolikning nozik sanʼati - 36 900 so‘m
@asaxiybooks
#book_review #kitobxon_fikri
Ernest Xeminguey — “Toʻqchilik va yoʻqchilik”🐟
Nashr: 2023
(⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️)
Ernest Xemingueyning faqat bitta kitobini oʻqiganman u ham boʻlsa “Chol va dengiz”. Kichik kitob edi, lekin ajoyib.
Siz Xemingueyning bu asarida insoniylik tushunchalari haqida, inson oʻz manfaatlari yoʻlida nimalarni qilishi mumkinligi haqida yana baʼzi insonlarning hayot tajribalari haqida oʻqiysiz.
Harry Morgan ismli baliqchi asarda bosh qahramon. U juda oddiy va kambagʻallikda yashaydi. Hayotidagi barcha voqealar baʼzi kimsalarning iltimosiga rozi boʻlganidan boshlanadi. Morgan hayotning tirikchilik yoʻliga kirib, koʻp ishlarni sodir etadi. Baʼzan omadi keladi, baʼzan uning aksi boʻladi. Morgan halol pul topib, halol yashashni xohlardi. Ammo maʼlumoti boʻlmaganligi uchun yaxshiroq ishda ishlay olmadi. Baliqchilik qilish esa oʻz ayoli va uchta qizini boqish uchun juda kamlik qilardi. Shuning uchun baʼzi noqonuniy ishlarga aralashib, davomida oʻzi ham yomon ishlarga qoʻl urdi. Buning orqasida albatta insoniyatni oʻziga tortuvchi pul turibdi.
Yana asar davomida baʼzi kimsalarning hayotidan oz-moz bayon etilgan. Ularning hayotiy tajribalaridan siz oʻzingizning kelajagingizni tasavvur qilib, solishtirib koʻrasiz. Baʼzi joylarini oʻqib “Inson bundan soʻng shunday boʻlar ekan-da…”, deb qolasiz. Asar davomida siz tarixni ham koʻrishingiz mumkin. 1930-1935-yillardagi Ispaniya fuqarolar urushi. Kuba shahridagi fuqarolar ahvoli va davlatga qarshi tuzilgan guruhlarni ham koʻrishingiz mumkin. Umuman biz oʻquvchilar tarixga boqib asarni sharhlay olamiz. Tarixga boqib oʻsha zamon kayfiyatini qahramonlardan topamiz.
Oʻylan qoldim..
Nega Ernest Xeminguey asarlarida dengizni koʻp yod etadi?! Bu juda ham qiziq. Bu holatni Jek Londonning asarlarida ham uchratganman..
Siz qanday fikrdasiz?
©️ 0cean.of.books
Mey Mask: “Rejali ayol. Baxtli hayot qoidalari” kitobidan iqtibos.
Birinchi qadamni tashlashning oʻzi yarim muvaffaqiyat!
@asaxiybooks
Oʻtgan 1 haftada eng koʻp sotilgan 5 kitob ☘️
1. “Atom odatlar” — 59 900 soʻm
2. “Molxona” — 31 900 soʻm
3. “Latte omili” — 44 900 soʻm
4. “SOS! Savol ortidagi savol” — 31 900 soʻm
5. “Bir kun. Bir muhabbat tarixi” — 64 900 soʻm
@asaxiybooks
Himoyachilarimizga bayram muborak!
Bugungi kun bilan barcha himoyachilarni tabriklaymiz. Sizga kuch-quvvat, muvaffaqiyat va maqsadlar tomon harakatda davomiylik tilaymiz. Har biringiz biz uchun qadrlisiz, oʻzingizni ehtiyot qiling.
Hurmat bilan,
Asaxiy.uz oilasi
#paypoqberma shunday kitoblardan #ber
“Jiddiy” erkaklarga “jiddiy” kitoblardan sovgʻa qiling, ularni chegirma bilan biz yetkazib beramiz.
Toʻplamda:
📘“Katta oʻyin”
📗“Yalangʻoch iqtisodiyot”
📓“Mamlakatlar tanazzuli sabablari”
Narxi: 199 000 soʻm
Buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/64df67852ba7a
@asaxiybooks