СEКИН ЮРСАНГИЗ ҲАМ, ЧEКИНМАНГ
Ўқув йилининг бошида Флорида университети профессори Жерри Ульсман фильм суратга олиш йўналиши талабаларини икки гуруҳга бўлди.
У синф хонасининг чап томонидаги талабалардан “сон” гуруҳини ташкил қилди. Уларга фақат бажарган ишлари сонига қараб баҳо олишлари айтилди. Семестр охирида у ҳар бир талаба тақдим этган суратлар сонини ҳисоблаб чиқди. 100 та фотосурат топширган талабаларга “аъло”, 90 та топширганларга “яхши”, 80 та топширганларга “қониқарли” баҳо қўйди.
Хонанинг ўнг томонида ўтирган талабалардан эса “сифат” гуруҳи ташкил этилди. Улар бажарган ишининг сифатига қараб баҳо олишарди. Улар семестр охирида фақат битта фотосурат топширишлари етарли эди. Бироқ “аъло” баҳо олиш учун сурат мукаммал бўлиши зарур эди.
Семестр охирида энг яхши фотолар “сон” гуруҳидаги талабалар томонидан суратга олинганига гувоҳ бўлган профессор жуда ҳайрон қолди. Семестр давомида бу талабалар суратга олиш билан банд бўлди, турлича композиция ва экспозицияларни синаб кўрди, қоронғи хонада тажрибалар ўтказди ва хатоларидан хулоса чиқарди. Юзлаб суратлар яратиш давомида улар кўникмаларини кучайтирди. “Сифат” гуруҳидаги талабалар эса мукаммаллик ҳақида бош қотириб вақт ўтказди. Охир-оқибатда, шунча саъй-ҳаракатлардан кейин улар исботланмаган ғоялару, биттадан ўртача сифатли сурат тақдим эта олди, холос.
Мукаммал режа тузишга уриниб, масалан, энг тез озиш, мускул тез чиқариш, қўшимча даромад топишнинг энг яхши йўлини қидириб жуда кўп вақт йўқотиш мумкин. Энг яхши усулни излашга шунчалик берилиб кетамизки, ҳақиқий ишга қўл ҳам урмаймиз. Вольтер айтганидек "3ўр — бу яхшининг душманидир".
#китобдан_парча
😳 Жеймс Клир: Атом одатлар
Assalomu alaykum. Chatga ishtirok uchun katta rahmat. Afsuski, biz chat qilayotganda telegram bilan bog'liq texnik muammolar yuz berdi. "Ajib yangi dunyo"ni muhokama qilishimizni hatto telegram ham xohlamadi. 😁
Aytib o'tganimizdek, endi har oyning so'nggi yakshanbasida biror alohida kitob haqida chat qilamiz.
Umid qilamizki, keyingi chatlarda telegram bilan muammolar bo'lmaydi. Noqulaylik uchun yana bir bor uzr.
Sizni keyingi chatlarda kutamiz.
@asaxiybooks
3 soatdan so’ng onlayn kitob suhbatimiz boshlanadi!
🎙 Suhbatda quyidagi savollar koʻrib chiqiladi:
• Tarjimaga aynan shu asar tanlanishi sababi nimada?
• “Ajib yangi dunyo”ning asosiy motivlari qanday?
• Hakslining romani zamonaviy dunyoni qanchalik tanqid qiladi?
• Texnologik va tibbiy taraqqiyotning potensial xavfi qanday?
• Erkinliksiz dunyoda baxtli boʻlish nimani anglatadi?
hamda kitobxonlar biz va bir-birlari bilan fikr almashadilar.
Sizni ham 20:00da kutamiz🤗
Agar “Buyuk Getsbi” filmini koʻrgan boʻlsangiz-u yoqqan boʻlsa, kitobini ham oʻqishni tavsiya qilamiz. Filmdan koʻra koʻproq taassurot olishingiz shubhasiz😉
@asaxiybooks
Қўчқор Норқобил : Театрга чипта йўқ
✍️ Муаллиф ҳикояларида энг аввало Инсон бор; унинг қалб қувончи ва қайғулари ишонарли акс эттирилади. Персонажлар китобий эмас, тирик одамлар эканлигини ҳис қиласиз, беихтиёр мулоқотга киришасиз. Характер яратиш машқини эгаллаган ёзувчи ҳикояларида юз берадиган яна бир жиҳат — фавқулодда бурилиш ва кутилмаган якун китобхонни ҳайратини тошириши, шубҳасиз.
📖 Китобга самимий ва равон ифодалар, теша тегмаган иборалар замирида бу дунёда Инсон бўлиб яшаш, одамийликни асраб қолиш ғояси сингдириб юборилган.
Муқова: Қаттиқ
Нашриёт: Адабиёт
Нарх: 59 000 сўм
Саҳифа: 448 бет
Буюртма учун: asaxiy.uz/u/64338c3f10737
#жума_хариди
Абу Абдуллоҳ Муҳаммад ибн Аҳмад ибн Абу Бакр Ал-Қуртубий: Ўлим ҳолатлари ва охират ишлари борасида эслатма
☪️ Бу китоб сизга охират кунлари, ундаги неъматлар ва азоблар ҳақида батафсил баён қилади. Олдинлари ҳам, ҳозирги замонда ҳам мусулмонлар бу китобга жуда қаттиқ қизиқиш билдирганлар. Китобда ўлим вақти, руҳ жасаддан чиқиб қаерга бориши, қабр, фаришталар, жаннат аҳли, қайта тирилишнинг тавсифи ва бошқа кўплаб долзарб мавзуларда сўз боради. Ҳар бир мусулмон ўқиши лозим бўлган муҳим китоб ҳисобланади.
Муқова: Қаттиқ
Нашриёт: Матбаачи
Нарх: 109 000 сўм
Саҳифа: 432 бет
Буюртма учун 👉 asaxiy.uz/u/64c36d62eb53b
Yana ikki kun qoʻshimcha vaqt
“Ajib yangi dunyo” kitobini takrorlab olishingiz, fikrlarni tartiblab, mutaxassislarga oʻzingizni qiziqtirgan savollarni tayyorlab turishingiz uchun kitob suhbatini yakshanba kuni oʻtkazamiz. Ishlarni tamomlab 20:00da onlayn boʻlib turing, qiziqarli suhbat bilan dam olish kunini yanada mazmunli qilamiz🙂.
Vaqt: 30-iyul, 20:00
Manzil: Asaxiy Books
Qatnashish va fikr almashish: tekin)
💰 Biznes marafonga tashrif buyuring va Asaxiy Booksdan sovg‘alar oling.
Biznes marafonining toʻrtinchi mavsumi davom etmoqda va bu safar ishtirokchilarni tashkilotchilar bilan hamkorlikda tayyorlangan sovgʻalar kutmoqda. Termiz va Shahrisabzdagi marafonda Asaxiy rahbari va PR menejerlari ham ishtirok etishadi, biznes adabiyotlar va umuman kitoblar haqida sizni qiziqtirgan savollarga javob berishadi.
🧰 Tajribali tadbirkorlar ishtirokidagi ajoyib uchrashuvni oʻtkazib yubormang.
🚩 Hoziroq ro‘yxatdan o‘tib joyingizni band qiling!
Navbatdagi uchrashuv manzilimiz:
🔝 27-iyul soat 19:00
📍Termiz shahri -Yoshlar markazi
🔝 28-iyul soat 19:00
📍 Shahrisabz shahri - Amir Temur xiyoboni, Tarixiy markaz.
🎯 Ro‘yxatdan o‘tish:
👉🏻 biznesmarafon_bot
Uchrashuvda qatnashish mutlaqo BEPUL!
Biznes marafonni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
#сотувда
❤️Аҳмет Батман: Мени кучлироқ сев...
Турк адиби Ахмет Батман қаламига мансуб навбатдаги китобда оиладаги тарбия ва меҳр-муҳаббат, болаларнинг ҳаёт синовларига бардоши, илм олишга тиришқоқлиги, ота-бола ҳамда бобо-невара муносабатлари, балоғат ёшига етган ўсмирнинг беғубор ишқи маҳорат билан тасвирланган. Асарда қаламга олинган оилавий муносабатлар, ишқий кечинмалар, болалик хотиралари ва қалб изтироблари муаллиф томонидан воқеалар занжири орқали баён қилинади.
Муқова: Қаттиқ
Саҳифа: 247 бет
Нарх: 55 000 сўм
Буюртма учун 👉 asaxiy.uz/u/64c0bef0b9df9
Nega dunyo biz oʻylagandan yaxshiroq?
🌍 Kundan-kunga vaziyat yomonlashib borayotgandek tuyulsa-da, Factfulness kitobi nima uchun dunyo haqida yanglish fikrda ekanimizni koʻrsatib beradi. U notogʻri oʻylarimizning oʻn sababini keltiradi va dunyo biz oʻylagandek yomon tomonga emas, yaxshi tomonga oʻzgarayotganini isbotlaydi.
😏 Post orqali Faktdorlik haqida muhim fikrlar bilan tanishing, kitobni mutolaa qilib siz ham xulosa chiqaring!
Вацлав Ҳавел: Кучсизлар кучи
"Кучсизлар кучи" асари собиқ СССР коммунистик тузумининг моҳиятини, режим ҳаёти ва унинг мафкуравий мақсадларини амалга оширишда қайси усул ва услублардан фойдаланишини очиб беради. Шу билан бирга, асарда ғайриинсоний тузумларда ўзликни сақлаб қолиб ҳақиқий ҳаёт асосида яшаш шартларини, шунингдек, посттоталитар тузумларда сиёсий манқуртга айланмаслик кўникмаларини таъсирли мисоллар билан ёритади.
Шунингдек, эссе коммунистик мафкура асоратларидан халос бўлиш жараёнида “сиёсий декомпрессия” қоидаларига риоя қилишда ҳамда постсовет давлатларининг демократик тараққиёт йўналишини тутишида муҳим манба бўлиб ҳисобланади.
Муқова: Юмшоқ
Нарх: 49 000 сўм
Саҳифа: 160 бет
Буюртма учун: asaxiy.uz/u/64ba6b513f0f9
#book_review #kitobxon_fikri
“Oldimizda turgan xilma-xil va qiziqarli muammolar bisyor. Ular ichida eng jiddiy va muhimi — insoniyatning oʻzgarishiga olib keluvchi yangi texnologik inqilobni tushunish va shakllantirishdir.”
Klaus Shvab 1938-yil Germaniyada tugʻilgan. Millati nemis. 1971-yilda u Jahon iqtisodiy forumiga asos solgan.
2016-yilda boʻlib oʻtgan foruming asosiy mavzusi Toʻrtinchi sanoat inqilobi edi. 2015-yilda esa Professor Shvab Foreign Affairsda ayni shu mavzuda uzun essayini chop etgan. “Toʻrtinchi sanoat inqilobi” kitobi oʻsha chop etilgan essayning toʻldirilgan va chuqur tahlil etilgan versiyasi hisoblanadi.
Kitob sanoat inqiloblarini sanab oʻtib, toʻrtinchi sanoat inqilobiga katta urgʻu beradi va barcha inqiloblardan ustun qoʻyishga urinadi. Muallif obyektiv qarashga urinishiga qaramay baʼzi joylari ozgina bahsli. Masalan, 2-sanoat inqilobi elektr hanuz oʻz jarayonida va koʻp joylarga yetib bormagan deyilgan (bu toʻgʻri, elektrsiz kun kechiradigan odamlar talaygina). Ammo, internet katta tezlik bilan deyarli barcha joyga kirib bordi, deyilyapti. Elektr bormagan boʻlsa internet qanday boradi? Bir-biriga uzviy bogʻliq emasmi?
Muallif jon berib toʻrtinchi sanoat inqilobi deb atayotgan narsa bir tomondan qaralsa 3-sanoat inqilobining davomiga ham oʻxshaydi. Lekin, raqamli inqilob, blokcheyn, bitkoinlar muallif taʼkidlagandek haqiqatda Toʻrtinchi sanoat inqilobiga kiradi.
243 betdan iborat ushbu kitob 3 bobdan tashkil topgan: 1. Toʻrtinchi sanoat inqilobi; 2. Harakatga keltiruvchi kuchlar;. 3. Taʼsir. Oxirida esa Ilova: tub oʻzgarish.
Kitob: Klaus Shvab. To'rtinchi sanoat inqilobi
©️ mahinreads
🧩 Pazl yigʻishdan har qanday yoshdagi insonlar zavqlanishi mumkin, bu yaqinlar birga birga bajarish mumkin boʻlgan ajoyib mashgʻulot hamdir.
Pazl yigʻish muammoni yechish koʻnikmasini oshiradi, xotirani kuchaytiradi, stressni kamaytiradi va kreativlikni rivojlantiradi. U vaziyatni tahlil qilishga va yechim berishga ilhomlantiradi.
Asaxiy.uz saytimizda ham turli pazllar mavjud boʻlib, didingizga mosini topishingizga ishonamiz. Quyidagi havola orqali oʻtib pazllar bilan tanishing va buyurtma bering. Biz uyingizgacha yetkazib beramiz🛍
Havola 👉 asaxiy.uz/u/64ba5b727ea3e
📝Kitobga taqriz yozish — bu kitob haqidagi fikrlaringizni boshqalar bilan boʻlishish va ularga uni oʻqish/oʻqimaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilishda yordam berishning ajoyib usuli.
✍️ Bundan tashqari, bu sizning ijodkorligingiz va tanqidiy fikrlash qobiliyatingizni ifodalashning bir yoʻli hamdir. Taqrizni aniq, chiroyli va tushunarli yozish boʻyicha baʼzi tavsiyalarni postda keltirdik. Tanishib chiqing va kitobxon yaqinlaringiz bilan boʻlishing, ularga ham foydali boʻlsin.
@asaxiybooks
O‘tgan hafta uchun Top 5 kitoblar 👆
😳 Allan Dib: Bir varaqli marketing reja Allan Dib: Bir varaqli marketing reja
💸 Piter Til, Bleyk Masters: Noldan birga. Startaplar haqida qaydlar yoxud kelajakni qanday qurish mumkin
🤭 Yona Berger: Yuqumlilik. Mahsulot va g‘oyalar qanday ommalashadi Yona Berger: Yuqumlilik. Mahsulot va g‘oyalar qanday ommalashadi
😶 Toni Shey: Baxt yetkazish. Milliard dollarlik internet do‘kon tarixi
😳 Jeyms Klir: Atom odatlar
@asaxiybooks
“Ajib yangi dunyo” kitobi yuzasidan savollaringizni shu post izohida yozib qoldiring👇
Читать полностью…Dunyodagi eng mashhur kitob doʻkonlari haqida bilasizmi?
Ular nafaqat mashhur, balki juda chiroyli va katta hamdir. Shunchalik oʻziga tortadiki, har biriga borgingiz keladi🫠
Shunday kitob doʻkonlari va ular haqida maʼlumot bilan havola orqali tanishing 👉 https://telegra.ph/Dunyodagi-mashhur-kitob-dokonlari-haqida-bilasizmi-07-14
Maqsadlar roʻyxatiga shu joylarga borishni ham qoʻshib qoʻyish esdan chiqmasin🛫
Asaxiybek, Asaxiyjon, Asaxiyxon, Asaxiybonu...
Asaxiy Books kitoblariga bir umrlik obuna istaysizmi? Yangi chiqqan bestseller kitoblar umringizning oxirigacha sizga bepul berilishini xohlaysizmi? Unda ismingizni Asaxiyʼga oʻzgartiring)
Bugundan eʼtiboran ismini Asaxiyga oʻzgartirgan (pasportda) insonga Asaxiy Books kitoblariga bir umrlik obuna taqdim qilamiz. Taklif 1-sentyabrgacha amalda, imkoniyatdan foydalaning🙂.
@asaxiybooks
Kitob tanlashda nimalarga eʼtibor berish kerak?
🧑🎓 Kitob tanlash tavakkalchi yoki tajribali kitobxonlar uchun oson, baʼzi kitobsevarlar uchun qiyin jarayondir. Jarayonni osonlashtirish uchun navbatdagi mutolaani nimalarga tayanib tanlash boʻyicha tavsiyalarni videoda keltirdik. Tanishib chiqing va kitob tanlashda qiynaladigan tanishlaringizni yuborib qoʻying.
@asaxiybooks
Муҳаммад Ризо: Огаҳий девони
Муҳаммадризо Эрниёзбек ўғли Огаҳий нафақат Шарқ мумтоз сўз санъати, балки жаҳон адабиёти хазинасига ўз шеърлари, тарихий асарлари ва таржима китоблари билан муносиб ҳисса қўшган забардаст ўзбек шоирларидан ҳисобланади.
Шарқ шеъриятининг деярли барча жанрларида маҳорат билан қалам тебратган серқирра ва сермаҳсул қалам соҳиби Огаҳий “Таъвиз ул-ошиқин” девонининг тўлиқ ҳолда нашрга тайёрланган нусхасидан ўрин олган етук ғазал, рубоий, қитъа, мустазод, мураббаъ, мухаммас, мусаддас, таржеъбандлар ўзининг шаклан гўзаллиги, мазмунан теранлиги, бадиий юксаклиги билан назм ихлосмандларига, маданият ва санъат аҳлига муносиб туҳфа бўлиши шубҳасиз.
Муқова: Қаттиқ
Нашриёт: Azmir nashr print
Нарх: 229 000 сўм
Саҳифа: 688 бет
Буюртма учун 👉 asaxiy.uz/u/64c21916c0e47
Дунё сиёсат жамият (13-нашр)
Ушбу қўлланма-маълумотнома ёшларнинг оммабоп ва мухтасар билимларга эга бўлишларига хизмат қилади. Қўлланма ўқитувчилар, талабалар, академик лицей ва касб-ҳунар мактаблари ўқувчилари, абитуриентлар, турли касб эгалари ва барча билимга қизиқувчиларга мўлжалланган. Ушбу қўлланмани яратилишига (2000 йил) профессор А.П.Парпиевнинг ғояси асос бўлган.
Ушбу китобнинг 13-нашрига 244 ўзгартириш, тўлдириш ислоҳ қилиш, аниқлик киритиш, янгилаш амалга оширилди.
Ўлчами: А7
Саҳифа: 224 бет
Нархи: 19 000 сўм
Буюртма бериш 👉 asaxiy.uz/u/64bbb035cdffe
🌸 "Аввало, бир нарсани ёдда тутинг, сизни такомиллаштиришга ўргатувчи барча ўқитувчилар бу шунчаки нарвоннинг биринчи пиллапояси. Бу сўзларим ўзимга ҳам тааллуқлидир. Чунки мен ўз ғояларим билан сизларни шунчаки ўзингизда ишонч уйғотишга интилмоқдаман. Сиз кўпроқ одамлардан ўрнак олишингиз ва кўплаб китоб ўқишингиз лозим. Чунки биргина тизим ҳаммасини ўз ичига ололмайди. Ҳаётни охиригача тушуниб етиш қийин, ҳаёт жуда мураккаб ва хилма хилдир. Сиз шу китоб берадиган билимлардан фойдаланинг. Китобни ўрганиб чиқинг, вужудингизга сингдиринг ва яна бошқа китобларни ўқинг. Ва доимо ўзингизни дунёқарашингизни кенгайтиринг." — Луиза Хей
Муқова: Қаттиқ
Саҳифа: 224 бет
Нарх: 45 000 сўм
Буюртма учун 👉 asaxiy.uz/u/64bba8061fd7c
O‘tgan haftda eng ko‘p tanlangan 5 kitob!
🫥 Jorj Oruell: Molxona - 29 000 so'm
😰 Stiven R. Kovi: Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi - 49 000 so'm
😓 Mark Menson: Beparvolikning nozik san’ati - 35 000 so’m
😭 Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar - 39 000 so’m
👂 Ramita Navai: Yolg‘onlar shahri - 49 000 so’m
@asaxiybooks
999 000 Сўмга супер чегирма нархда 50та китоб тўплами эсингиздами?
Тўплам яна сотувда.
Бу сафар янада қизиқарлироқ: asaxiy.uz/u/64bcdfdf59a0e
🙂 Oldos Hakslining “Ajib yangi dunyo” kitobi
Mutolaa qiling va yaqinlarga ulashing🚀
P.s 28-iyul kuni 21:00da shu kitob yuzasidan @asaxiybooks kanalimizda audio chat bo’lib o’tadi. Sizni ham taklif qilamiz)
Asaxiy да уч ва ундан ортиқ китобга бепул етказиб бериш акцияси эсингиздами? Энди акция 1 декабргача давом этадиган бўлди. Ўзингизга ёққан хоҳлаган уч ва ундан ортиқ китобни танланг, биз бўлса уларни Ўзбекистоннинг хоҳлаган ҳудудига, ҳатто туман ва қишлоқларга ҳам бепул етказамиз.
Каталог: https://asaxiy.uz/product/knigi
Постни сизга китоб совға қилиши мумкин бўлган одамга жўнатиш БЕПУЛ!