Oʻtgan hafta mobaynida eng koʻp tanlangan 5 kitob🔥
Kitobxonlarimiz shaxsiy va professional rivojlanish ustida ishlashmoqda, omadingizni bersin. Yaqinda chiqqan “Raqamlar uchun yaralgan idrok” kitobi ham reytingga kirgani yana bir quvonarli holat. Oʻrganishdan va oʻrganishni oʻrganishdan charchamang😉.
@asaxiybooks
Kitobxonlikka qanday odatlanish mumkin?
🧑🎓 Kitobxonlik — siz bir bor odatlanadigan va sizga butun umr foyda keltiradigan mashgʻulot. Bu orqali siz kerakli mutaxassis, yaxshi suhbatdosh, qiziqarli inson va kuchli shaxs boʻla olasiz. Muallif bir necha yillab yiqqan tajribasini birgina kitobga jamlaydi, sizda esa ularni oʻqish, xulosa chiqarish va yaxshiroq boʻlish imkoni boʻladi.
Imkoniyatdan foydalanish uchun doimiy mutolaa zarur. Kitob oʻqishga odatlanish boʻyicha tavsiyalarni postda keltirib oʻtdik. Tanishib chiqing, hayotingizda qoʻllang va mutolaaga odatlanmoqchi boʻlgan tanishlaringizga yuborib qoʻying✈️
@asaxiybooks
⏰ Bugun 20%lik yirik chegirma nihoyasiga yetadi.
Badiiy, ilmiy-ommabop, diniy, detektiv, ilmiy deysizmi yoki bolalar adabiyoti, Asaxiy.uz saytimizda barchasi topiladi. Havola orqali oʻtib kitoblar, ular haqida maʼlumot, narxi, chegirmasi bilan tanishing va yoqqanini tanlab buyurtma bering.
Buyurtmangiz Oʻzbekistonning istalgan hududiga yetkazib beriladi. Yetkazib berish 1 yoki 2 kitob uchun 15 000 soʻm, 3 va undan ortiq kitobga bepul.
Havola 👉 asaxiy.uz/u/649be4bd3d014
Iyul oyi keldi, bu yangi oy uchun mutolaa rejasini tuzishning ayni vaqtidir.
📖 Siz uchun har taraflama rivojlanishga yordam beruvchi 4 tavsiya kitobni keltirdik. Oʻqing, o‘rganing va albatta amalda qoʻllang.
@asaxiybooks
🥰 Deyarli barcha kitobsevarlarimiz shaxsiy kutubxonalari boʻlishini orzu qilishadi. Kitoblaringiz koʻp, kutubxonangiz katta boʻlsa-yu, undan koʻpchilik manfaat koʻrsa qanday ajoyib.
🎬 Videoda ana shunday orzudagi qiz hikoyasi bilan tanishing. U niyatiga yetgan yoki yoʻqligini tomosha jarayonida bilib oling.
@asaxiybooks
Barcha kitoblar 20% arzonroq
📖 Ingliz, rus, oʻzbek va turk tilidagi sara kitoblarni 2-iyulgacha 20% chegirma bilan olish imkoniga egasiz. Asaxiy.uz saytiga kiring, kitoblar katalogi bilan tanishing va oʻzingizga mosini tanlab buyurtma bering, Oʻzbekistonning istalgan hududiga yetkazib beramiz.
Yirik chegirma barcha filiallarimizda ham amal qilmoqda. Oila, doʻstlar va yaqinlar bilan kelib, mehmonimiz boʻling. Qiziqishingizga mos kitoblardan tavsiya qilamiz😊.
@asaxiybooks
30-iyun — Yoshlar kuni
Bayram bilan yoshlarni tabriklaymiz, qalban yoshlarni ham😊
@asaxiybooks
Ilm - ayol uchun ziynat
Ayollar doim bilim olib, oʻz ustida ishlab rivojlanishi lozim. Agar ayol dono boʻlsa, oila farovon, ziyoli va baxtli boʻladi.
Postda ayollar oʻqishi tavsiya etiluvchi kitoblarni keltirdik. Tanishib chiqing va mutolaa qiling.
@asaxiybooks
Bayram muborak: siz izzatda, biz esa xizmatda!
“Novza” metro bekati yonida hamda Farhod bozorida joylashgan do‘konlarimiz bayram kunlari ham kitobxonlarimizni odatdagidek qabul qiladi. “Kitob Olami”dagi do‘konimiz 28-iyun kuni dam oladi va 29-iyundan yana odatiy tartibda ishlaydi.
Onlayn buyurtmalarni Toshkent shahri bo‘ylab dam olish kunlarisiz yetkazib berishda davom etamiz, viloyatlarga buyurtmalar 3-iyuldan boshlab eltib beriladi.
Buyurtmalarni dam olish kunlarisiz qabul qilamiz, operatorlarimiz buyurtmangiz bilan bog‘liq barcha savollarga javob berishadi.
Bayramni yaxshi o’tkazing🤗
“Asaxiy Books”dan sizga hayitlik va bayram uchun sovgʻa🎁
28-29-30-iyun va 1-2-iyul kunlari Asaxiy.uz saytidagi barcha, adashmadingiz, barcha kitoblarga 20% chegirma eʼlon qilamiz. Oʻzingiz va yaqinlar uchun hadyalar oling, chunki kitob - eng yaxshi sovgʻa.
Chegirma onlayn buyurtmalar uchun va doʻkonlarimizda amal qiladi. Foydalaning, yangilik haqida barcha kitobxonlarga yetkazing va bayramni aʼlo kayfiyatda oʻtkazing🥳
@asaxiybooks
🇬🇧Ingliz tilidagi yangi kitoblar keldi, tanishib chiqamizmi?
Kitoblar janr, syujet, qahramonlar, umuman har jihatdan bir-biridan farq qiladi. Ularni oʻqish, anglash va olingan bilimlarni amalda qoʻllashni tavsiya qilamiz🙂
@asaxiybooks
📣 Farzandingiz kelajagi uchun to'g'ri tanlov qiling: Registon maktabida qabul boshlandi!
➖ O'zbekistonda yoshlarga ta'lim berish va ularni davlat va xorijiy oliygohlarga tayyorlash bo'yicha 10 yillik tajribaga ega Registon ta'lim loyihasi o'zining Toshkentdagi ilk xususiy maktabiga 2023-2024 o'quv yili uchun qabul boshlanganini ma'lum qiladi!
Nega aynan Registon xususiy maktabi?
🇷🇺 O'zbek va rus guruhlar;
😀 Sharqona tarbiya darslari!
🍽 4 mahal sifatli ovqatlanish;
🧠 Tajribali, kreativ pedagoglar;
🏓 Turli-tuman sport to'garaklari;
🩺 Psixolog va logoped nazorati;
🗺 Shahar markazidagi qulay joylashuv.
Shoshiling, qabul imtihon asosida amalga oshiriladi, o'quvchilar soni esa cheklangan!
Unutmang! Farzandlarimizga yorqin kelajakni faqatgina unga berilgan sifatli ta'lim orqaligina kafolatlay olamiz.
Maktab haqida to'liqroq ma'lumot olish uchun qo'ng'iroq qiling yoki onlayn ro'yxatdan o'ting, o'zimiz bog'lanamiz!
😀 @Registan_school_infobot
📞 +998910022700
Telegram | Instagram | Facebook | registan_school">YouTube
“Asaxiy Books” loyihasidan yangi qadam, Barbara Ouklining “Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa boʻladi“ kitobi oʻzbek tilida!
Siz matematikani oʻrganishga qiynalasizmi? Fizika, kimyo va boshqa tabiiy fanlarni-chi? Aslida, ularni oʻzlashtirish siz oʻylaganchalik murakkab emas. Buni Barbara Oukli o‘z kitobida ko‘rsatib beradi. Kitobda aniq va tabiiy fanlarni oʻrganishning samarali usullari keltirilgan. O‘rganishning oson yo‘llari, masala yechish, tahlil va yodlashning noodatiy usullari sizga qoʻl kelishi hamda fanlarga qiziqishingizni oshirishi shubhasiz. Kitobni oʻqib, siz miyadagi neyronlar tarmogʻining chinakam egasi boʻlishni oʻrganasiz, shuningdek, miya ikkita rejimda ishlashi, chalgʻib turish foydalari hamda tasavvur kuchi haqida bilib olasiz.
“Raqamlar uchun yaralgan idrok” kitobini oʻqishning afzalliklari:
• Xotira va eslab qolish qobiliyatini qanday yaxshilashni oʻrganasiz;
• Kreativ fikrlashni va muammolarni samaraliroq yechishni bilib olasiz;
• Kechiktirishni qanday yengish va yaxshi oʻqish odatlarini rivojlantirishni oʻzlashtirasiz;
• Miyangiz qanday oʻrganishini chuqurroq tushunasiz;
• Aktiv oʻrganish koʻnikmasini hosil qilasiz;
• Xato qilish qanday qilib bilimingizni oshirishga yordam berishini tushunasiz;
• Davomiy harakatning oʻzlashtirishdagi oʻrnini bilib olasiz;
• Bilimni amalda qoʻllashni sinovdan oʻtgan usullari bilan tanishasiz.
Bu kitob qanday bilim olish kerakligi borasidagi tasavvurlaringizni oʻzgartirib yuboradi. Unda siz bilim olishning tadqiqotchilarga maʼlum boʻlgan oddiy, samarali va qulay usullari bilan tanishasiz, bundan zavq olasiz. Kitob “Xalq banki” homiyligida chop etildi, jamiyat uchun foydali kitob chiqishiga hissa qoʻshganlari uchun bank rahbariyatiga Asaxiy jamoasi va barcha kitobxonlar nomidan minnatdorchilik bildiramiz.
Muqova: Yumshoq
Nashriyot: Asaxiy Books
Sahifa: 352 bet
Narx: 45 000 soʻm
Tarjimon: Sarvinoz Qosimova
Kitobni tezroq mutolaa qiling va o‘rganish borasidagi ko‘nikmalaringizni oshiring: asaxiy.uz/u/64a27a2135a83
Kitobxonlar, rus tilidagi eng yangi kitoblar bilan tanishing 📖✨
Shaxsiy rivojlanish, muzokara sanʼati, oʻrganish ilmi, farzand tarbiyasi va boshqa ajoyib mavzular yoritilgan yangi kitoblar sotuvga keldi. Ular sizni ilhomlantiradi, taʼlim beradi va dam olishingizga yordam beradi. Mutolaa qiling hamda oʻrganish va rivojlanish imkoniyatini qoʻldan boy bermang.
🌍 Yangi dunyoga shoʻngʻishga tayyormisiz? Havola orqali oʻting: asaxiy.uz/u/64a011203a45c
Iyun oyi bestsellerlari bilan tanishing va ularga toʻplam shaklda 15% chegirma asosida ega boʻling!
1. Jeyms Klir: Atom odatlar
2. Uolter Ayzekson: Kod Buzar. Jennifer Daudna, gen tahrirlash va insoniyat kelajagi
3. Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari
4. Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar
5. Piter Hopkirk: Katta o'yin. Ikki imperiya to'qnashuvi
6. Den Braun: Raqamli qalʼa
7. Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari
8. Stiven R. Kovi: Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi
9. Jorj Oruell: 1984
10. Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yo‘li
11. Kel Nyuport: Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari
12. Uolter Ayzekson: Stiv Jobs
13. Charlz Uilan: Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi
14. Teodor Drayzer: Sarmoyador
15. Mark Menson: Beparvolikning nozik san’ati
16. Allan Dib: Bir varaqli marketing reja
17. Klaus Shvab: To'rtinchi sanoat inqilobi
18. Ellen Feyn, Sherri Shnayder: Oqila ayol qoidalari
19. Ato Hamdam, Leonid Chigrin: Yapon zobiti. Yutaro Todaning asirlikda boshdan kechirganlari
20. Javlon Jovliyev: Qo‘rqma
Kitoblarning umumiy narxi 1 079 000 soʻm boʻldi, ammo biz taklif qilgan chegirma bilan 919 000 soʻmga xarid qilishingiz mumkin boʻladi. Buyurtma uchun havola 👉 asaxiy.uz/u/6427d9703d151
IELTS Journal. Target band 7+
Kitoblar IELTS imtihonining Reading va Writing qismlari yuzasidan umumiy tushuncha bilan boshlanib, soʻng misollar va tavsiyalar bilan davom etadi.
Kitoblardan Reading va Writing qismlari strukturasi qanday, uni topshirayotganda nimalarga ahamiyat berish lozim, qanday qilib belgilangan vaqtda barcha topshiriqlarni bajarishga ulgurish mumkin, tayyorgarlik paytida qaysi amallar yaxshiroq bal olishga yordam beradi kabi savollarga javob, strategiya va layfxaklarni topishingiz mumkin.
Buyurtma uchun 👉 asaxiy.uz/u/649e90c123aee
#жума_хариди
☪️ Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф: Бозор ва унга боғлиқ масалалар
Ҳар бир инсон турмуш тақозоси ила ҳаётида доимий равишда молиявий муомалаларга дуч келади ва бу муомалаларда иштирок этади. Айни шу муомалалар одамларнинг кўп вақтини ва фаолиятини ўз ичига олади. Молиявий муомалалар тартибга солинмаса, уларнинг қоидалари бўлмаса, кишилар орасида келишмовчиликлар кўпайиши аниқ. Шунинг учун ҳам Аллоҳ таоло бу ишни Ўз зиммасига олган ва умумий таълимотларни баён қилиб берган. Сўнгра Пайғамбаримиз алайҳиссалом орқали бу ишларнинг тафсилотини йўлга қўйган. Шу тариқа савдо сотиққа оид исломий ҳукмлар мусулмонлар ҳаётига татбиқ қилинган.
Китобда ушбу мавзуда келган оят ва ҳадислардан чиқадиган ҳукмларни тартибга солиб, ижтиҳод даражасига етмаган мусулмонлар учун уларга ёрдам тариқасида осонлаштириб, тушунтириб берилган.
Муқова: Юмшоқ
Нашриёт: Ҳилол-нашр
Нарх: 29 000 сўм
Саҳифа: 104 бет
Буюртма учун 👉 asaxiy.uz/u/649e79039fabc
Juuddaa koʻp ajoyib kitoblar siz uchun🛍
Bugundan barcha Asaxiy Books doʻkonlari odatdagi tartibda ishlamoqda. Oʻqishni rejalagan kitoblaringiz roʻyxatini olib kelavering, izlagan adabiyotlaringizni topishda yordamlashamiz. Agar roʻyxat tuzmagan boʻlsangiz ajoyib kitoblardan tavsiya qilamiz. Har kuni 09:00dan 22:00gacha xizmatdamiz.
Manzillarimiz:
• “Asaxiy Books” Novza metrosi
Manzil: Muqimiy koʻchasi, 142/1
• “Asaxiy Books” Farhod bozori
Manzil: 41.2871646,69.1872334,16z/data=!4m2!3m1!1s0x38ae89f983a69edd:0x427c98bf5dbae658?hl=ru-uz">Lutfiy koʻchasi, 75PP+VV9
• “Asaxiy Books” Panorama
Manzil: 41.320328,69.262226,16z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.320328!4d69.262226">Alisher Navoiy koʻchasi, 11A
Chegirmalar do’konlarimizdagi hamma kitoblarga amalda, koʻrishguncha👋
Bugundan barcha kitoblar 20% arzonroq🎉
Sizga hayitlik qilib hamma kitobga 20% chegirma eʼlon qildik, imkoniyatdan foydalanib yaqinlarga hayitlik oling. Doʻkonlarimiz bayram kunlari ham ish faoliyatida, buyurtmalarni odatdagidek qabul qilyapmiz.
Ish vaqti: 09:00 — 22:00
Manzillarimiz:
• “Asaxiy Books” Novza metrosi
Manzil: Muqimiy koʻchasi, 142/1
• “Asaxiy Books” Farhod bozori
Manzil: 41.2871646,69.1872334,16z/data=!4m2!3m1!1s0x38ae89f983a69edd:0x427c98bf5dbae658?hl=ru-uz">Lutfiy koʻchasi, 75PP+VV9
Qurbon hayiti bilan barcha muslim va muslimalarni tabriklaymiz🌙
Oilangizda tinchlik, qalbingizda xotirjamlik va rizqingizda baraka boʻlsin. Kunni yaqinlar davrasida aʼlo kayfiyatda oʻtkazishingizga tilakdoshmiz.
Hurmat bilan, Asaxiy oilasi
🌴 Yozgi taʼtilni foydaliroq oʻtkazish yoʻlini qidiryapsizmi? 10 ta eng sara kitoblar toʻplamini koʻrib chiqing!
Ushbu toʻplam sizni ilhomlantiradigan va oʻzingizning yaxshiroq versiyangiz boʻlishga undaydigan kitoblarni oʻz ichiga oladi. Shaxsiy rivojlanishdan moliyaviy savodxonlikkacha, ilmiy-ommabopdan badiiy adabiyotgacha — bu toʻplamda hammasidan bor!
Havola orqali oʻtib kitoblar bilan tanishib chiqing va rivojlanish uchun yana bir qadam tashlang👣
👉 asaxiy.uz/u/649ac0a0a5a1e
Kitobxonlar, hayitlik 🫴🎁
Amal qilish muddati va tartibi haqida ham tez orada xabar qilamiz
#book_review #китобхон_фикри
📚 Яланғоч иқтисодиёт
✍️ Чарлз Уилан
“Иқтисодиёт бу ҳамма нарса” деган эди ўзи китобида Ха Жунг Чанг. Ҳақиқатан ҳам иқтисодиёт барча нарсани ўрганади ва таҳлил қилади. Иқтисодиёт инсонларнинг бир қанча вариантлар ичида энг оптималини танлаши билан шуғулланади. Инсонлар фикрлашни бошлаган даврда бу фан пайдо бўлган аслида. Тош асридан бери инсонлар турли иқтисодий тизимларни қўллаб келишди ва ўз самарадорлигини оширишди. Умуман олганда, бугунги кунда ёзилган аксарият иқтисодиёт тўғрисидаги китобларда илгари сурилган мавзулар қандайдир янгилик эмас. Умумий ғоя Адам Смитнинг ғояларига бориб тақалаверадигандек. Фақат ҳозирги китоблар иқтисодиёт отасининг ҳар бир фикрини чуқур таҳлил қилади холос. Чарлз Уиланнинг яланғоч иқтисодиётида ҳам кўплаб фикрлар чуқур таҳлил қилинган ва иқтисодиётга қизиқувчи инсонларга оммабоп тильда тушунтирилган.
Китобда бир қанча мавзулар ёритилган. Масалан менга энг ёққан мавзу “Лоббистларнинг кучи” ҳақидагиси бўлди. Лоббистлар, олигополистлар қандай қилиб сиёсий элита вакилларига ўз таъсирини кўрсатиши ва бундан ким кўпроқ зарар кўриши мумкинлиги анча тушунарли бўлди. Мутлақ эркин бозор шароитида давлатлар ривожланиши кафолатланганми? Ёки Ҳукумат ўз қўлидаги инструментлари билан тез тез бозорга аралашиши керакми? Шу саволлар атрофида айланиб яхши таҳлиллар қилинган.
Нима учун таълим сифати яхши бўлиши керак ва нима учун инсонлар таълимга инвестиция қилиши керак? Умуман олганда шу ва шу каби саволларнинг жавоби кўпчилигимизга маълум аммо китоблар айнан шу аниқ жавобларни янада тартибга солиб, фикрлар кетма кетлигини тушунарлироқ қилиб етказиб беради. Таълим тўғрисида “инсон капитали” бобида ёзилган. (Шу бобдан фойдаланиб университетимда лекция ҳам қилгандим). Ушбу бобни ўқиб, хусусий мулкчилик ва эркин бозор шароитида аниқ бой бўлишнинг эҳтимолини қандай ошириш мумкинлигини яхшироқ тушуниш мумкин.
Умуман олганда китобни айнан қайси жиҳати учун тавсия қиласиз деганларга иқтисодий фикрлашни шакллантиргани учун ҳам тавсия қиламан деган бўлардим.
Китобнинг сўнгида Френсис Фукуяманинг “тарихнинг интиҳоси” деб номланган мақоласи ҳақида сўз борган. Хитойнинг ҳозирги сиёсий режимида иқтисодий ривожланиши барқарорми ёки кейинчалик бу режим ўзгарадими каби саволлар ўртага ташланган. Либерал демократия ва эркин бозор шароитидагина ўсиш мумкин ва бу икки тушунча бир бирига чамбарчас боғлиқ дегувчилар адашганми ёки Хитойдаги ўсиш беқарорми? Ўзим ҳеч нарса дея олмайман бу тўғрисида. Аммо ғарб усули билан иқтисодий фаровонликка эришиш эҳтимоли анча катта дея оламан.
©️ book.and_review
O‘tgan hafta davomida eng ko‘p tanlangan 🔝 kitoblar
👨💻 Uolter Ayzekson: Kod Buzar. Jennifer Daudna, gen tahrirlash va insoniyat kelajagi
😳 Jeyms Klir: Atom odatlar
😎 Piter Hopkirk: Katta o'yin. Ikki imperiya to'qnashuvi
☹️ Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari
😭 Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar
❓ Olim bo’lish osonmi? Olim tarbiyalash-chi?
❓ Ilm-fanda yutuqqa erishish hamda kashfiyotlar qilishda qanday raqobat, to’siqlar, imkoniyatlar va qiziqarli jarayonlar bo’ladi?
❓ Nahot davosiz kasalliklar, saraton va viruslar gen-tahrirlash orqali yo’q qilinishi mumkin?
Shu va boshqa savollarga javobni “Kod buzar” kitobidan olishingiz mumkin. Kitob haqida batafsil videoda bilib oling 🎬
@asaxiybooks