#referendum_chegirmasi
Kechki salqinda aylanish bahona do‘konimizga kelib keting, kitoblar bilan kuzatib qo'yamiz😉.
• Jyul Vern: Kapitan Grant bolalari
• Rey Bredberi: Farengeyt bo'yicha 451º
• Mark Menson: Beparvolikning nozik san’ati
• Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari
Doʻkonlarimiz 22:00gacha ish faoliyatida:
“Asaxiy Books” Novza metrosi
Manzil: Muqimiy koʻchasi, 142/1
“Asaxiy Books” Farhod bozori
Manzil: 41.2871646,69.1872334,16z/data=!4m2!3m1!1s0x38ae89f983a69edd:0x427c98bf5dbae658?hl=ru-uz">Lutfiy koʻchasi, 75PP+VV9
“Asaxiy Books” Panorama
Manzil: 41.320328,69.262226,16z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.320328!4d69.262226">Alisher Navoiy koʻchasi, 11A
Bugun bozorga borish o’rniga ovoz bering, buyurtmangizni Oʻzbekistonning istalgan hududiga o’zimiz yetkazib beramiz🚗.
🛍 Ma’lumot o’rnida, 500dan ortiq tovarlarga e’lon qilingan chegirma bugun 23:00da nihoyasiga yetadi. Imkoniyatdan foydalaning.
Katalog va narxlar: asaxiy.uz/u/644d15b554cdf
#referendum_chegirmasi
Rus tilidagi adabiyotlarni ham tavsiya qilamiz*:
• Тони Шей: Доставляя счастье. От нуля до миллиарда: история создания выдающейся компании из первых рук
• Стивен Р.Кови: Семь навыков высокоэффективных людей
• Джоджо Мойес: Серебристая бухта
• Эмма Скотт: Среди тысячи слов
*chegirmalar ertaga kechqurun nihoyasiga yetadi
#referendum_chegirmasi
Avvalo “Zukkolar va landavurlar” bilan muvaffaqiyat omillarini tushuning, soʻng 2 biografik asar sabab uni hayotiy misoliga guvoh boʻling hamda shaxsiy muvaffaqiyatingizda yordamchi boʻlishi uchun “Diqqat”dagi tavsiyalarga amal qiling.
• Uolter Ayzekson: Stiv Jobs
• Kel Nyuport: Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari
• Henri Ford: Mening hayotim
• Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar
Foyda berishiga ishonamiz🏆.
🤩 Bizda yirik chegirmalar, sizda esa ajoyib kitoblarga ega boʻlish imkoniyati!
Narxlar bilan tanishing, solishtiring va buyurtma bering:
💸 Charlz Uilan: Yalangʻoch iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi — 75 000 60 000
😶 Toni Shey: Baxt yetkazish. Milliard dollarlik internet doʻkon tarixi — 85 000 60 000
🤯 Uolter Ayzekson: Stiv Jobs — 75 000 60 000
🫣 Henri Ford: Mening hayotim — 59 000 40 000
😳 Allan Dib: Bir varaqli marketing reja — 75 000 60 000
😗 Den Braun: Ibtido — 65 000 50 000
🥲 Teodor Drayzer: Sarmoyador — 65 000 50 000
👍 Klaus Shvab: Toʻrtinchi sanoat inqilobi — 60 000 45 000
💸 Piter Til, Bleyk Masters: Noldan birga. Startaplar haqida qaydlar yoxud kelajakni qanday qurish mumkin? — 75 000 60 000
☹️ Daron Ajemoʻgʻli, Jeyms Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari — 89 000 70 000
🙌 Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili — 45 000 40 000
😶 Rey Bredberi: Farengeyt boʻyicha 451° — 45 000 37 000
🤭 Yona Berger: Yuqumlilik — 60 000 50 000
🤟 Den Braun: Raqamli qalʼa — 45 000 38 000
🤗 Jon G Miller: SOS! Savol ortidagi savol — 29 000 25 000
Kitob do‘konlarimizda ham shu chegirmalar amal qilmoqda, barchangizni kutamiz😊
#referendum_chegirmasi
O‘qishni rejalashtirgan kitoblaringizni chegirma asosida olish imkonini qo‘ldan boy bermassiz-a😁
• Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari
• Piter Til, Bleyk Masters: Noldan birga. Startaplar haqida qaydlar yoxud kelajakni qanday qurish
• Yona Berger: Yuqumlilik. Mahsulot va g‘oyalar qanday ommalashadi
• Klaus Shvab: To'rtinchi sanoat inqilobi
Bu kitoblar pulga munosabatingizni o‘zgartiradi, startap va marketing haqida tushuntiradi va albatta sanoat inqilobi haqida bilimingizni oshiradi. O‘qish, uqish va amalda qo‘llash tavsiya etiladi😉.
30-aprel kuni Oʻzbekiston xalqini referendum kutmoqda.
Mana shu kunlarga bagʻishlab Asaxiydan chegirmalar haftasi eʼlon qilamiz. Yakshanba 23-00ga qadar mahsulotlarni chegirma narxlarda xarid qiling.
500 xildan ortiq mahsulotlar — kitoblar, smartfonlar, gadjetlar, maishiy texnika vositalari, idish-tovoqlari, oshxona uchun texnika va boshqa mahsulotlar super chegirma narxda sizni kutmoqda.
Chegirmaga tushgan kitoblar bilan tanishish uchun:
asaxiy.uz/u/644a895206787
Chegirmalar #referendum_chegirmasi heshtegi bilan berib boriladi.
☺️ Bunisi ham albatta yoqadi!
🤔 Bugungi tavsiya kitobimiz voqeliklarga koʻr-koʻrona ishonishdan qaytarib, ularni tahlil qilishga undaydigan ajoyib asar.
“Zukkolar va landavurlar” - 39 000 soʻm
“Factfulness” — 49 000 soʻm
👉 Kitoblar ustiga bosib hoziroq buyurtma bering, biz uni uyingizgacha yetkazamiz.
🧠 Smartfon va gadjetlar hayotimizni egallab olganiga qaramay intellektual oʻyinlar doim qiziq boʻlgan. Bunday mashgʻulot miya faoliyatini yaxshilaydi, fikrlash tezligini oshiradi va bilimlarni mustahkamlaydi.
⁉️ “Bilimdon” intellektual oʻyini 12 yoshdan katta bilimdonlar uchun moʻljallangan jamoaviy oʻyin boʻlib, oila va doʻstlar bilan mazmunli vaqt oʻtkazishga ajoyib sabab boʻladi. Undagi video savollar va javoblarini mobil ilova orqali topishingiz mumkin.
“Bilimdon”ni hamkasblar bilan ishdan boʻsh vaqtda, doʻstlar va oila bilan uyda hamda dam olish paytlarida oʻynash ayni muddaodir
Narxi: 299 000 so‘m
Oʻynash tartibi va buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/644759af8ab78
⌛️Bu chegirma bir soatdan so’ng tugaydi, foydalanishga ulguring 👉 asaxiy.uz/u/64461d67f0d48
@asaxiybooks
Bugun Hayitlik nihoyasiga yetadi.
📌 Barcha kitoblar uchun eʼlon qilingan 20%lik chegirmaning bugun soʻnggi kuni. Chegirma 22:00da tugaydi va barcha kitoblar oʻz narxida sotila boshlanadi.
Imkoniyatdan foydalaning, oʻzingiz va yaqinlar uchun, ehson uchun kitoblar xarid qiling 👉 asaxiy.uz/u/64461d67f0d48
🤗 Do‘konlarimizga ham tashrif buyuring:
“Asaxiy Books” Novza metrosi
Ish vaqti: 09:00 — 22:00
Manzil: Muqimiy koʻchasi, 142/1
“Asaxiy Books” Farhod bozori
Ish vaqti: 09:00 — 22:00
Manzil: 41.2871646,69.1872334,16z/data=!4m2!3m1!1s0x38ae89f983a69edd:0x427c98bf5dbae658?hl=ru-uz">Lutfiy koʻchasi, 75PP+VV9
“Asaxiy Books” Panorama
Ish vaqti: 09:00 — 22:00
Manzil: 41.320328,69.262226,16z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.320328!4d69.262226">Alisher Navoiy koʻchasi, 11A
Izlagan kitoblaringiz Ramazon Hayiti munosabati bilan e’lon qilingan 20%lik chegirmada✨
Buyurtma uchun 👉 asaxiy.uz/u/6440d5552073e
👨👩👧👦 Dam olish kunlarida oila va yaqinlar bilan do’konlarimizga tashrif buyuring. Biz har bir kitob uchun 20% chegirma taqdim qilamiz.
📍Manzillarimiz:
“Asaxiy Books” Novza metrosi
Manzil: Muqimiy koʻchasi, 142/1
“Asaxiy Books” Farhod bozori
Manzil: 41.2871646,69.1872334,16z/data=!4m2!3m1!1s0x38ae89f983a69edd:0x427c98bf5dbae658?hl=ru-uz">Lutfiy koʻchasi, 75PP+VV9
“Asaxiy Books” Panorama
Manzil: 41.320328,69.262226,16z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.320328!4d69.262226">Alisher Navoiy koʻchasi, 11A
Ish vaqti: 09:00 — 22:00
Barchangizni kutamiz 🤗
Barcha muslim va muslimalarni Ramazon Hayiti bilan tabriklaymiz!
🌙 Muborak oyda odatlangan goʻzal amallaringiz siz bilan qolishini hamda ibodatlaringiz qabul boʻlishini tilaymiz. Qalbingiz xotirjam, oilangiz tinch va bilimingiz mustahkam boʻlsin.
Hurmat bilan,
Asaxiy.uz oilasi
#referendum_chegirmasi
O‘qiganingizga hech ham afsuslanmaydigan kitoblar:
• Allan Dib: Bir varaqli marketing reja
• Svetlana Aleksiyevich: Chernobil tavallosi
• Larisa Burakova: Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi
• Oldos Haksli: Ajib yangi dunyo
Chegirma do’konlarimizda ham amal qilmoqda, kelib tanlab olishingiz mumkin. Asosiysi, mutolaada bardavom bo’ling 🤗
🤔 “Nima uchun kitob oʻqishim kerak?” degan savol haqida hech boʻlmasa bir marta oʻylagandirsiz. Sizga javob sifatida 1 emas 15 ta sababni keltirdik.
Tanishib chiqing va kitob oʻqishni boshlay olmayotgan boʻlajak kitobxonlarga postni ulashing✈️.
@asaxiybooks
🛍 Bugun oila, yaqinlar va doʻstlaringiz bilan kitob doʻkonlarimizda kutamiz.
Sizga sifatli va ajoyib kitoblarni chegirma narxlarda taqdim qilamiz. Doʻkonlarimizga keling, kitoblarni tanlab-tanlab oling va oʻzingiz uchun investitsiya qiling.
📈 Bilimingizga kiritilgan sarmoya — muvaffaqiyati kafolatlangan sarmoyadir! Uni hoziroq boshlang.
Doʻkonlarimiz 09:00dan 22:00gacha ish faoliyatida:
“Asaxiy Books” Novza metrosi
Manzil: Muqimiy koʻchasi, 142/1
“Asaxiy Books” Farhod bozori
Manzil: 41.2871646,69.1872334,16z/data=!4m2!3m1!1s0x38ae89f983a69edd:0x427c98bf5dbae658?hl=ru-uz">Lutfiy koʻchasi, 75PP+VV9
“Asaxiy Books” Panorama
Manzil: 41.320328,69.262226,16z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.320328!4d69.262226">Alisher Navoiy koʻchasi, 11A
🔥 500dan ortiq tovarlar yirik chegirmasi bilan sizni saytimizda kutib turibdi.
Ko‘p kuttirish yaxshimas-a, tanlab buyurtma berib qo‘ying 👉 https://asaxiy.uz/product?discount=1
#referendum_chegirmasi
Badiiy kitob shaydolariga tavsiya qilamiz! Sizni reallikdan biroz uzoqlashtirib hordiq chiqarishingizni taʼminlaydigan kitoblar:
• Den Braun: Raqamli qalʼa
• Deniyel Kiz: Eljernonga atalgan gullar
• Jerom Selinjer: Javdarzordagi xaloskor
• Javlon Jovliyev: Qo‘rqma
Yaqinlarga chegirma haqida xabar berish esdan chiqmasin🤗.
#referendum_chegirmasi
Muhim kun munosabati bilan chegirmalardan foydalanib qoling:
• Hans Rosling: Factfulness
• Toni Shey: Baxt yetkazish. Milliard dollarlik internet do‘kon tarixi
• Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yo‘li
• Stiven R. Kovi: Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi
Havola orqali o‘tib kitoblarga buyurtma bering, biz O‘zbekistonning istalgan hududiga yetkazib beramiz✅.
“Factfulness”ni oʻqib dunyoni raqamlar orqali anglab yetish mumkinligini shu bilan birgalikda raqamlar hamma narsani anglatmasligini tushunib yetgandim.
Charlz Uilan “Yalangʻoch iqtisodiyot” kitobida oʻshа raqamlarni biz uchun tushunarli boʻlgan soʻzlarga tarjima qilgan. 13 bob va qiziqarli epilog iqtisodiyotning hayotimizdagi va dunyodagi ahamiyatini koʻrsatib berishga harakat qiladi. Muallif kitobining boshidan oxiriga qadar “ochiq bozor” siyosatini yoqlaydi va markazlashgan yaʼni davlat nazorati ostidagi bozorlar qanchalik rivojlanmasin baribir qulashga mahkumligini bir necha ishonarli misollar bilan keltiradi. Shu bilan birgalikda esa bozor iqtisodiyotida davlat nazorati muhumligi ham taʼkidlanadi.
Bundan tashqari katta yoʻl boʻylab ketayotgan amerikalik nega aynan “McDonaldʼs” ni tanlashi, Nega Bill Geyts Charlzdan, sizdan va mendan boyroqligi, ayollar erkaklarga qaraganda “iqtisodchiroq” ekanligi va boshqa bir qanchа mavzularni qiziqarli usullarda yoritib bergan.
Menga yoqqani esa AQSh va Xitoy oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlar va ularning siyosiy munosabatlarga taʼsiri tushunarli ochib berilganligi boʻldi.
Epilogda esa sizni:
Iqtisodiy ragʻbatlarning kuchi!
Qanchalik boy boʻlsak, yetarlichaа boy boʻldik deb hisoblash mumkin?” Yaxshi hayot” biz uchun nimani anglatadi?
2050 yilga borib Afrikada “Afrika yoʻlbarslari” paydo boʻladimi?
AQSh qarzlaridan qanday qutilishi mumkin?
“Buyuk Xitoy Devori” qulaydimi?
Kabi qiziqarli savollar va ularga berilgan qiziqarli fikrlar va gipotezalar sizni kutib turibdi!
Bugun tirik qolish uchun suv ichdingizmi?! Unda yashab ketish uchun kitob ham oʻqing!
#kitobxon_fikri #book_review
©️ ajoyib.hayolparast
Ingliz tilida kitob oʻqiymizmi?
🧑🎓 Chet tilida kitob oʻqish til koʻnikmalarini oshiradi va kitobning asl maʼnosini anglashga yordam beradi. Biz sizga yangi kelgan ingliz tilidagi kitoblarni mutolaaga tavsiya qilamiz. Ular orasidan oʻzingizga mosini tanlab olishingizga ishonamiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo‘ling:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | asaxiy_uz">YouTube | asaxiybooks">TikTok
📚 Sizni real hayot muammolaridan uzoqlashtiruvchi va badiiy asarlar tavsiyasi!
Maroqli dam oling🌴
@asaxiybooks
🙌 Дэвид Бах, Жон Дэвид Манн: Латте омили. Молиявий мустақиллик ва эркин ҳаёт сари
@asaxiybooks
“Катта ўйин” китобини қандай пиар қилганимиз ҳақида пост қиламан деб ваъда бергандим. Олдинги постда ёздим, китобнинг нархини бошқа 600-700 бетлик китоблардан арзонроқ, 65 000 Сўм қилиб белгиладик. Бу учун маркетинг бюджет кескин қисқартирилди, реклама учун фақат 4 500 000 Сўм эди. Бу нари борса 3-4 та каттароқ телеграм каналда пост қилиш имконини берарди. Бу билан бир неча мингта китоб сотиш имконсиз. Аксига олиб, китоб мавзуси тарих бўлса.
Лекин, пульсизлик одамни нимага мажбур қилмайди? Очликда калла яхши ишлагандек, бизнесда ҳам пулсизликда калла яхши ишлайди. Маркетинг жамоаси билан келишиб ҳатто китоб чиққанлиги ҳақида пост бермасликка қарор қилдик. Китоб шунчаки сайтга жойланди. Бошқа китоблардан фарқли равишда олдиндан буюртма ҳам берилмади. Фақат китоб ҳар бир яратган контентимизда, видео, расм ёки реклама бўладими, бирор фонда пайдо бўлиб қоларди. Дўконларимизда ҳам китоб бир нечта жавонларга жойланган, фақат сотувчиларимизга бу китоб ҳақида гапириш, тавсия қилиш таъқиқланган эди. Бу ўз-ўзидан Asaxiy нинг доимий мухлиси бўлган зукко китобхонларни жалб қилди, қанақа китоб деб қизиқишди, китоб ҳақида саволлар кўпайди, улар бўлса доим жавобсиз қолди ва ўз-ўзидан сотув бошланди. Дастлаб 100 дона, 200 дона, 300 дона...Шунда Йона Бергернинг “Юқумлилик. Маҳсулот ва ғоялар қандай оммалашади” китобидаги бир кейсдан илҳомланиб ҳар бир китоб ичига қуйидаги ёзув билан қоғозча тиқиб бошладик:
“Илтимос, бу китоб ҳақида ҳеч қаерда пост қилманг ва ҳеч кимга гапириб берманг...»
Бу ёзувни олган одам китобни аниқ ўқиб чиқади ва сирни ўзида сақлолмайди учун бошқаларга айтмасдан қўймайди. Бу ўз-ўзидан ўйлаган эффектимизни берди ва китоб рекламасиз, эълонларсиз сотилиб бошлади. Бу ишни китобхонлар китобни ўқиб, маза қилиб бир-бирига тавсия қилиб бошлагунча давом этдик. Ундан у ёғига сарафан маркетинг ишлади.
Шунақа қилиб, биз ҳатто биринчи нашри сотилиши имконсиз деб ўйлаган китоб бир неча ойда сотиб тугатилди ва ҳозирда иккинчи нашр босилмоқда. Баъзида маҳсулот ҳақида жар солиш ўрнига, шунчаки жим турган ҳам маъқул экан.
Ўйланган стратегияни бехато амалга оширган Asaxiy нинг маркетинг жамоасини, айниқса бош маркетолог Миразиз ва креатив маркетолог қизимиз Муслимани олқишламасдан илож йўқ.
Китобнинг тайёрлаш жараёни ҳақида. Аввало, таржимонини қандай қилиб танлаганлигимиз ҳақида. Китобни ўқиганлар билади, ХIХ аср ва ХХ аср илк чорагидаги тарихий воқеалар ҳақида гап кетади. Воқеалар саргузашт шаклда ўта қизиқарли сўзлаб берилган. Бизга ўша давр тарихи билан яхши таниш, имкони бўлса уни ҳис қилган таржимон керак эди. Узоқ ўйлашлардан сўнг Ўзбекистонда ўн йилдан ортиқ туризм соҳасида ишлаган тажрибали гид Шодиёр ака Нишонбоевни танладик. Туристларга инглиз тилида тарихни қизиқарли қилиб сўзлаб юрган, йилнинг камида 8-9 ойини тарихий шаҳарларда ўтказадиган тажрибали гид ҳис қилмаса, бу китобни бошқа ким ҳис қилиши мумкин? Ўйлайманки, Шодиёр ака инглиз тилидан таржимани маҳорат билан қилди. Нашриёт жамоаси ҳам китоб устида ажойиб ишлашди, таҳрирни тажрибали Муҳаббат опа қилдилар. Бу китоб Asaxiy да Дилбар Ҳайдарованинг сўнгги иши бўлди. Ҳамид ака, Йигитали ва Умида мусаҳҳиҳлик қилишди. Муқовани тайёрлашда Россия рамзи сифатида айиқни танлаш, Буюк Британия рамзи сифатида шеърни танлаш фикри дизайнеримиз Жасурдан чиқди.
Китобнинг асл номи “Катта ўйин. Осиёдаги махфий хизмат ҳақида” деб номланади. Руслар уни “Катта ўйин. Осиё синдроми” деб таржима қилишган. Маркетинг жамоаси жарангдорроқ бўлиши учун китобни номини ўзгартириш таклифини берди. Бизда нашриёт, айниқса бош муҳаррир Хуршид ака маркетинг уни ишига аралашишини умуман ёқтирмайди. Шахсан ўзим маркетинг жамоаси номидан аралашдим учун, балки ичида сўкиб китобни номини ўзгартиришга рози бўлди. Муаллифнинг руҳсати билан, “Катта ўйин. Икки империя тўқнашуви” номи танланди.
Хуллас, “Катта ўйин” муваффақияти Asaxiy да ҳақиқий жамоавий меҳнат, ҳар ким ўз ишини профессионал қилганлиги натижаси бўлди. Эсдан чиқарманг, бизнес — бу жамоавий ўйин! PS: "Катта ўйин" ҳозир тугаган. Янги нашр келгунча ундан кам қизиқарли бўлмаган "Яланғоч иқтисодиёт"ни ўқиб турсангиз бўлади.
🔥Oʻtgan hafta davomida eng koʻp tanlangan 5 kitob bilan tanishing!
Bu kitoblar odatlarni shakllantirish, moliyaviy, iqtisodiy va siyosiy bilimlarni oshirishda yordam beradi. Mutolaa qilmaganlarga tavsiya qilamiz😇.
@asaxiybooks
Imkoniyatdan imkon borida foydalanib qoling🤩
Kitoblarning chegirma narxi bilan tanishish 👉
asaxiy.uz/u/6440d5552073e
*do’konlarimiz ham 22:00gacha ishlaydi
Бизнесда ёқимли адашишлар ҳам бўлиб туради.
Шулардан бири ҳақида айтиб бермоқчиман.
Питер Ҳопкиркнинг «Катта ўйин. Икки империя тўқнашуви китоби»ни илк маротаба Парижда кутубхонада Марказий Осиё бўлимида кўриб қолгандим. Ўшанда китобдан 15 бет ўқиб, манга роса ёққанди. Кейин ҳар куни кутубхонага бориб 2-3 соат эринмасдан ўқийдиган бўлдим. 740 бетлик китоб анча вақт олганди. Лекин, китобни ўқиб роса маза қилдим. Китобда бизнинг яқин ўтмишимиз, ХIХ аср ва ХХ аср бошида Марказий Осиёни эгаллаш учун Россия ва Буюк Британия империяси ўртасида бўлиб ўтган кураш ҳақида гап кетади. Китобда муаллиф жуда содда тильда, қизиқарли қилиб воқеалар ривожини айтиб бергани қойил қолдирган эди. Мен шпионлар билан бирга гўёки Марказий Осиё, Афғонистон ва Ҳиндистон бўйлаб сайр қилган эдим.
Китобдан тушунган энг катта ҳақиқатим, халқаро сиёсат дўст бўлмаслиги, ҳаммаси манфаат устида қурилганлиги эди. Шу учун бугун ҳам Ўзбекистон халқаро сиёсатда фақат ўз манфаатидан келиб чиқиб ҳаракатланиши кераклигини доим таъкидлайман.
У вақтларда китоб лойиҳаси у ёқда турсин, ҳатто Asaxiy интернет-дўконни яратиш ҳам хаёлда йўқ эди. Францияда ўқиб, ўша ерда қолишни орзу қилиб юрган магистр эдим. Кейинчалик, китобни кўпчиликка тавсия қилиб бошладим.
Ўзбекистонга қайтиб келгач, бир муддат туризмда ишладим. Ҳар сафар туристларга ҳам шу китобни тавсия қилардим ва кейинчалик жуда яхши шарҳлар ва раҳматни қабул қилиб олардим.
«Asaxiy Books» лойиҳасини бошлаганда китобни шу заҳоти рўйхатга киритдик. Лекин, 740 бетлик тарих ҳақидаги китобни Ўзбекистонда сотиш осон эмаслигини билардик. Лойиҳада одатда 3-4 китобдан биттаси ҳеч қачон фойдага кирмаслигини билиб туриб чиқарилади. Бу китобларга кам одам қизиқсада, ўзбек тилида чиқишини муҳим деб биламиз. Масалан, «Тўртинчи саноат инқилоби», «Ажиб янги дунё» шунақа китоблар сафига киради. «Катта ўйин»га қайтсак, аксига олиб муаллифлик ҳуқуқини харид қилиш қийин бўлди. 3.5 йиллик музокаралардан сўнг ниҳоят Питер Ҳопкирк китобини ўзбек тилида чиқишига рози бўлди.
Шундан кейин ҳам китобни чиқаришда иккиланишда давом этдим. Масаланинг, молиявий томони одамни қийнарди. Нима бўлса бўлди деб илк нашрни чоп этдик. Сотилиш эҳтимолидан қўрқиб, бошқа 600-700 бетлик китоблар каби нархни 75-80 минг қилиб эмас, 65 минг қилиб белгиладик. Нархни пасайтириш учун китобнинг маркетингига ҳам катта харажат қилмасликни маъқул кўрдик.
Лекин, кутилмаганда китоб машҳур бўлиб кетиб, илк нашр сотиб тугатилди. Кеча янги нашрга буюртма бердик. Тўғри, китоб ҳали ўзини молиявий томондан оқламади, ҳали ноль нуқтадаги 10000 нусхага етиши учун бор. Лекин, хаёлан илк нашр ҳам сотиб тугатилишига ишонмаган эдим. Амалда бўлса, илк нашр бир неча ойда сотилиб кетди. Яна китоб ҳақида ажойиб изоҳлар ва раҳматлар ҳам келяпти. Бу биз учун ёқимли сюрприз бўлди.
Айтганча, «Катта ўйин»ни кимлардир маза қилиб ўқиган бўлса, «Яланғоч иқтисодиёт»ни ҳам аниқ ўқисин. Бу ерда ҳам муаллиф ўта мураккаб мавзуни содда ва қизиқарли тильда, жуда кулгили ҳазиллар билан очиб беради. Ўқигач, бир неча йил китоб ҳақида фикрлаб юрасиз.
Hamma-hammaga Hayit ayyomi muborak✨
Shunday ajoyib bayramga Asaxiy oʻziga xos sovgʻa tayyorladi.
Bayram kunlari xohlagan kitobni 20 foizlik chegirma bilan xarid qiling.
www.asaxiy.uz saytimizda kitoblarni tanlang va 20 foiz tejab qoling. Oʻzingiz va bayramga sovgʻa uchun kitob xarid qilishga ajoyib imkoniyat.
Saytga kiring va buyurtma qoldiring. Buyurtmalar Oʻzbekiston boʻylab uyingizgacha yetkaziladi.
Katalog: asaxiy.uz/product/knigi