💃 Bepul yetkazish aksiyasigacha yo‘l uzoq emas, atigi 3 qadam.
Qadamlarni keltirib o‘tdik, tanishib chiqing va aksiyadan foydalaning.
😎Endi buyurtmangiz o‘zi sizni topib boradi.
@asaxiybooks
Kunni qayta sotuvga kelgan kitoblar bilan boshlaymiz👏
Siz kutgan va soʻragan kitoblaringiz qayta sotuvga keldi. Yoqqanlarini “savatcha”ngizga solib buyurtma bering, 3 va undan ortiq kitoblarni bepul yetkazib beramiz.
📝Kitoblar roʻyxati va narxi:
🟡Stiv Jobs: Biznes haqida dunyoni oʻzgartirgan odamning 250 ta mulohazasi — 45 000 soʻm
🟡Xel Elrod: Tong sehri. Qanday qilib kunning birinchi soati sizning muvaffaqiyatingizni belgilab beradi? — 49 000 soʻm
🟡Luiza Xey: Ayol donoligi — 45 000 soʻm
🟡Harper Li: Mazaxchini oʻldirish — 75 000 soʻm
🟡Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek: Navoiy — 35 000 soʻm
🟡Valeriy Sinelnikov: Niyatning kuchi — 29 000 soʻm
🟡Eliyaxu Goldratt, Jeff Koks: Maqsad. Uzluksiz ravishda mukammallanish jarayoni — 95 000 soʻm
🟡Anna Aleksandrovna Bikova: “Dangasa ona”ning katta kitobi — 35 000 soʻm
Kitoblar haqida bilish va buyurtma qilish uchun koʻk yozuv ustiga bosing)
Bu kitoblardan qay birini oʻqigansiz? Mulohazalar qanday?
@asaxiybooks
❤️ “Savdo sanʼati” kitobini elektron shaklda yuklab oling!
Kitobni oʻqing va yaqinlaringizga ulashing.
@asaxiybooks
Jorj Martin: “Taxtlar oʻyini”
“Taxtlar oʻyini” asari — “Muz va olov qoʻshigʻi” romanlar turkumiga debocha ochadigan dastlabki qism hisoblanadi.
👑 Bu kitob zodagon oilalarning hokimiyat uchun, taxtni egallash uchun kurashlaridan hikoya qiladi. “Taxtlar oʻyini” oʻzining boy personajlari, oldindan aytib boʻlmaydigan qiziqarli syujeti va izchilligi bilan dunyo boʻylab oʻquvchilarni hayratga solib kelmoqda.
Mutolaa davomida davomida turli mavzularni, masalan, sharaf, sadoqat, xiyonat va nazoratsiz ambitsiyalarning oqibatlarini bilib olish mumkin.
Muqova: qattiq
Nashriyot: Zabarjad media
Narx: 199 000 so‘m
Sahifa: 928 bet
❄️ Qish kelmoqda… buyurtma bering: asaxiy.uz/u/663f36e995d42
@asaxiybooks
Xalq banki 149 yoshda!
🏦 Qariyb bir yarim asrlik tarix, salmoqli mehnat va davomiy muvaffaqiyat bilan hamkorimiz “Xalq banki”ni tabriklaymiz. Moliyaviy xizmatlar bilangina cheklanmay, ilm uchun sarmoyangiz bilan xalqimizga xizmat qilishdan toʻxtamang.
Sizga davomiy oʻsish va rivojlanish, buyuk tarixdan-da buyukroq kelajak qurishni tilaymiz.
Hurmat bilan,
Asaxiy.uz jamoasi
@asaxiybooks
Bugun “Yapon zobiti”ning tugʻilgan kuni1️⃣
🗓 Ommaga eʼlon qilinmay sotuvi boshlangan Yutaro Toda haqidagi kitob chiqqaniga bugun 1 yil toʻldi.
🏯 Kitobda bosh qahramon Yutaro Toda hayoti davomida turli ogʻir sinovlarni boshdan kechiradi va kuchli irodasi, sabri, vaziyatga tez moslashib qaror qilishi, taslim boʻlmasligi bilan kitobxonga namuna boʻladi. Roman Todaning hayotiy tajribalari haqida boʻlib, urush, madaniyat toʻqnashuvi va iroda kuchi mavzularini keltiradi.
Kitob haqida: asaxiy.uz/u/64ddca23c32e9
Siz kitobni oʻqidingizmi? Savolga javob va kitob haqida fikrlarni izohlarda yozib qoldiring👇
@asaxiybooks
Har 9000 soʻm uchun 1000 soʻm chegirma👍
Bugun barcha Asaxiy Books doʻkonlarida “Har 9000 soʻm uchun 1000 soʻm chegirma” aksiyasi boʻlib oʻtadi. Bunda siz istalgan miqdor va summada kitoblar xarid qilasiz, biz hisobning har 9000 soʻmi uchun 1000 soʻmdan chegirma beramiz.
900 000 soʻmga kitob olib, 100 000 soʻm chegirma olish yomonmas, masalan)
✨ Aksiya faqat kitob doʻkonlarimizda amal qiladi, muddatli toʻlovga xarid imkoni ham mavjud.
Doʻkonlarimiz manzili:
🔴Asaxiy Books Novza
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: Muqimiy koʻchasi, 142/1
🔴Asaxiy Books Kitob olami
Ish vaqti: 09:00 - 23:00
Manzil: Mustaqillik shoh ko‘chasi, 6
🔴Asaxiy Books Farhod bozori
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: 41.2871646,69.1872334,16z/data=!4m2!3m1!1s0x38ae89f983a69edd:0x427c98bf5dbae658?hl=ru-uz">Lutfiy koʻchasi, 75PP+VV9
🔴Asaxiy Books Panorama
Ish vaqti: 10:00 - 20:00
Manzil: 41.320328,69.262226,16z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.320328!4d69.262226">Alisher Navoiy koʻchasi, 11A
🔴Asaxiy Books Kamolon
Ish vaqti: 10:00 - 18:00
Manzil: Bunyodkor ko'chasi, 8B
9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan qutlaymiz.
🎗️Bu kunda tinchlik uchun jonini fido qilganlarga duoda boʻlib, qariyalarning ziyoratiga otlanaylik. Tinch va farovon hayotimiz bardavom boʻlsin.
Hurmat bilan,
Asaxiy.uz jamoasi
@asaxiybooks
Misrga sayohat yoʻllanmasini yutgan kitobxon oila🏜
Yil bestsellerlari yutuqli oʻyini esingizdami? Sovgʻaga 50 turdagi kitoblar, texnika, gadjetlar va bosh sovrin qilib Misrga sayohat yoʻllanmasi qoʻyilgan edi.
😍 Misrga sayohat yoʻllanmasini Zufarjon ismli mijozimiz yutib olgan edilar, rasmda koʻrayotganlaringiz ularning ota-onalari. Gʻoliblarimiz Misrdan rasmlar ulashdilar, biz sizga ham ilingimiz keldi.
Kitob oʻqib ham sayohat qilish mumkin, bunga ishonch, harakat va biroz omad boʻlsa yetarli.
@asaxiybooks
Bugun “Yuqumlilik. Mahsulot va g‘oyalar qanday ommalashadi?” kitobining tug‘ilgan kuni🎂
🤭Roppa-rosa 3 yil avval Yona Bergerning “Yuqumlilik” kitobi premyera qilingan edi. Bugungacha bu kitob ko‘pchilikning, ayniqsa, reklama va marketing sohasidagilarning sevimlisiga aylanib ulgurdi.
🎉Javobni to‘g‘ri topgan birinchi obunachimiz: Doniyorjon Nizomov (@DoniyorNizomov). Tabriklaymiz, sizga Asaxiy Books’ning so‘nggi premyerasi - “Savdo san’ati” kitobini sovg‘a qilamiz. Kontakt ma’lumotlaringizni @asaxiy_marketing profiliga qoldirishingiz mumkin.
Муфтий Иброҳим Десаи: Ҳадис илмига кириш
“Кўп ўтмай Аллоҳ Аҳмаднинг кўнглига ҳадисларга муҳаббат солди, шунда у бор кучини ҳадис илмига, изланишга сарфлади. Бу йўлда у Ҳижозга, Шомга ва Мисрга борди. Унинг ҳаётида аз-Зайн ал-Ироқийнинг олдида ўтказган 10 йил муҳим аҳамият касб этган.”
Eng avvalo, ozor berma…
Har mavsumning bir suhbati oflayn boʻladi deb bergan vaʼdamiz bor, keling shuni amalga oshiramiz.
#book_review #kitobxon_fikri
Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili
Kitob oʻzingizga sarmoya kiritish orqali, eng munosib hayot kechirish uchun harakat qilishga undaydi. Orzularingizni roʻyobga chiqarish uchun boy boʻlishingiz shart emasligiga ishontiradi. Nafaqat ishontiradi, raqamlar va foizlar bilan buni isbotlab ham beradi. Murakkab foiz kuchini matematikadan bilaman. Bankka omonatga pul qoʻyasiz va pullaringiz murakkab foiz orqali ortib boradi. Bunga koʻp mablagʻ ham kerak emas.
Ayniqsa, kitob xotin-qizlar va ayollar uchun foydali boʻladi, qachonki, undagi maslahatlarga amal qilinsa. Lekin koʻp ayollarda xarid vasvasasi boʻladi. Koʻp deb xato qilayotgan boʻlishim mumkin, lekin shaxsan oʻzim shunaqaman. Kitobni oʻqiganingizdan keyin esa, biron narsani sotib olayotganingda, oʻzingizga savol berishni boshlaysiz. Bu menga rostdan ham kerakmi? Oz boʻlsa-da keraksiz xaridlarni toʻxtatib, pul jamgʻarishni boshlaysiz. Umumiy maʼnoda kitob shunga motivatsiya beradi.
Ilmiy ommabop asarning bu tariqa badiiy talqini esa, oʻqishga atamalarni oson tushunishga yordam beradi. Xuddi Zoi kabi sizni ham ilhomlantiradi. Zoining taqdiri timsolida oʻzingizni tasavvur qilasiz.
Orzularni amalga oshirish uchun eng birinchi qadamingiz, shu kitob boʻlsa, ajab emas.
©️ oyjamol_books
Ustozlarning qaysi gaplari sizga ta’sir qilgan? Izohlarda biz bilan bo‘lishing💬
Iqtibos “Raqamlar uchun yaralgan idrok” kitobidan olindi.
@asaxiybooks
O‘tgan haftada eng ko‘p sotilgan kitoblar🔥
Xo‘sh, nimalarda o‘zgarish sezdingiz?
@asaxiybooks
Biznes va hayotda maqsadlaringizga erishish yoʻlini varaqlab koʻring📖
❤️ Savdo boʻyicha xalqaro ekspert Grant Kardonning “Savdo sanʼati” kitobi savdoga boʻlgan qarashlaringizni oʻzgartirib yuboradi. Kitobda savdo mohiyati, sotish sanʼati, koʻndirish va ishontirish usullari keltirilgan. Mutolaa sabab “imkoni yoʻq”, “mumkinmas” pozitsiyasidan “ilojini topamiz”, “qila olaman” pozitsiyasiga oʻtasiz.
Amaliy maslahatlar va real misollardan tashqari, kitobda sotish psixologiyasi, qatʼiyatlilik va chidamlilikning ahamiyati hamda bitimlarni ishonch bilan yakunlash sanʼati haqida qimmatli tushunchalar mavjud. Kitob oʻzining toʻliq salohiyatini ochmoqchi boʻlgan, koʻndirish va ishontirish sanʼatlarini egallamoqchi boʻlgan barchaga tavsiya etiladi.
Havoladan oʻtib buyurtma bering va sohangizda eng zoʻriga aylaning 👉 asaxiy.uz/u/663b49f85790c
@asaxiybooks
🥲 Unutilmas xotiralar va qalb kechinmalari tasvirlangan asar - Alvido
✉️ Kitob haqida ma'lumot va buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/663f086645b18
@asaxiybooks
🛠 Texnik ishlar sabab Asaxiy.uz saytida uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Tez orada barcha noqulayliklar bartaraf qilinadi, tushunganingiz uchun rahmat.
Китобхонлари учун #янгилик — «Дардисар» китоби сотувда
📖 Хуршид Абдурашид қаламига мансуб бу асар романтика, юмор ва шафқатсиз реализм элементлари билан қоришиб кетган. Роман ўзимиз сезмай қўйган одатларга холис бир кузатувчи назари билан қарашга ёрдам беради, беихтиёр бизга ойна тутади. Шу билан бирга, ижтимоий ҳаёт камчиликларини қора юмор орқали тасвирлаб беради.
Муқова: юмшоқ
Нашриёт: Академнашр
Нарх: 65 000 сўм
Саҳифа: 376 бет
Буюртма учун: asaxiy.uz/u/663dc9b5dcfaf
@asaxiybooks
Bayram – bayramdek boʻlsin🎉
🤩Bugungi kun munosabati bilan barcha kitoblarga 19% chegirma beramiz! Taklif faqat onlayn buyurtmalarga kun yakunigacha amal qiladi.
Kitob doʻkonlari uchun ham ajoyib taklif bor, bir ozdan soʻng eʼlon qilamiz)
Kitoblar katalogi bilan tanishing va barcha kitoblarni 19% chegirmada oling: asaxiy.uz/u/65f2a94c3cb63
@asaxiybooks
“Qoʻrqma”- 70 nafar oʻzbek talabaning ayanchli taqdiri
🥶 2021-yilda Asaxiy Books tomonidan Javlon Jovliyevning “Qoʻrqma” romani oʻzbek kitobxonlariga taqdim etilgandi. Asar bugunga qadar 100 000dan ortiq nusxada sotildi.
Kitobxonlar qalbidan chuqur joy olgan bu roman XIX asr yoshlari haqida hikoya qilish bilan birga zamonaviy yoshlar uchun oʻrnak boʻlib xizmat qiladi.
Yaqinda “Mutolaa” loyihasi shu kitob asosida “Qoʻrqma” filmini namoyish qildi.
Loyiha ijodkorlari va kitob muallifini tabriklab, sizni film tomoshasiga taklif qilamiz: “Qoʻrqma”
@asaxiybooks
Ибраҳим Гулямов: Бизнесдаги 99 хато ва уларнинг ечимлари
📈 Тадбиркор, бизнес консультант ва тизимлаштириш бўйича мутахассис Ибраҳим Гулямов тадбиркорлар тез-тез дуч келадиган муаммолар ва уларга сабабчи бўладиган хатоликларни жамлаб, бир китоб ҳолига келтирди.
🗺 Бунда берилган тавсиялар айни Ўзбекистон ва қўшни давлатлар шароитига мос келади. Китобда ўзбек бизнесида, ўзбек тадбиркорнинг ҳаётида учраб, уни қийнаб келаётган 99 та энг асосий хатолик ҳақида сўзланган ва уларнинг ҳар бирига амалий ечим тақдим этилган.
Муқова: Қаттиқ
Нарх: 149 000 сўм
Муддатли тўлов: 18 700 сўм / 12 ой
Саҳифа: 288 бет
Буюртма учун: asaxiy.uz/u/6639e7fff1961
@asaxiybooks
O‘tkan haftada Asaxiyning "Top 5" bestseller kitoblari:
1. Jeyms Klir: Atom odatlar
2. Mey Mask: Rejali ayol. Baxtli hayot qoidalari
3. Javlon Jovliyev: Qo‘rqma
4. Jorj Oruel: 1984
5. Kel Nyuport: Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari
@asaxiybooks
👀Bugun qaysi kitobning tug‘ilgan kuni?
Javobni to‘g‘ri topgan birinchi obunachimizga Asaxiy Books’ning so‘nggi premyera kitobini sovg‘a qilamiz📕
@asaxiybooks
Allen Karrning “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobidan iqtibos✍️
Siz diqqatni qanday jamlaysiz? Bezarar usullar bilan izohlarda bo‘lishing👇
@asaxiybooks
“Savdo sanʼati” kitobi doʻkonlarimizda sotuvda🛍
Yaqinda premyera qilingan “Savdo Sanʼati. Biznes va hayotda maqsadlaringizga erishish yoʻli” kitobini Asaxiy Books doʻkonlaridan xarid qiling. Xalqaro savdo eksperti Grant Kardonning bu bestseller asari ishda va shaxsiy hayotda bir necha pogʻona yuqorilashga yordam beradi.
Doʻkonlarimiz manzili va ish vaqti:
✨Asaxiy Books Novza
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: Muqimiy koʻchasi, 142/1
✨Asaxiy Books Kitob olami
Ish vaqti: 09:00 - 23:00
Manzil: Mustaqillik shoh ko‘chasi, 6
✨Asaxiy Books Farhod bozori
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: 41.2871646,69.1872334,16z/data=!4m2!3m1!1s0x38ae89f983a69edd:0x427c98bf5dbae658?hl=ru-uz">Lutfiy koʻchasi, 75PP+VV9
✨Asaxiy Books Panorama
Ish vaqti: 10:00 - 20:00
Manzil: 41.320328,69.262226,16z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.320328!4d69.262226">Alisher Navoiy koʻchasi, 11A
✨Asaxiy Books Kamolon
Ish vaqti: 10:00 - 18:00
Manzil: Bunyodkor ko'chasi, 8B
Albatta keling, kitoblar bilan xursand qilamiz🤗
@asaxiybooks
Bir muhabbat sigaret qissasi
Tanishing, bu Shohruh. U hamma qatori oddiy odam, odatdagidek hayot kechiradi. Oʻziga yarasha quvonchlari, tashvishlari bor. Lekin Shohruh oilasidan koʻra doʻstlariga koʻproq yaqin. U yuradigan davralar odatda tutunga toʻla boʻladi, chunki Shohruhning koʻp doʻstlari sigaret chekadi. Shu paytgacha qoʻliga sigaret olmagan bu yigitga doʻstlari “Chekishning mazasini bilmaysan” deyishadi. Oʻzlarini chekishdan rohatlanayotgan va stressdan holi, sigaretni esa barcha muammolarning yechimi qilib koʻrsatishadi.
Bir kuni qahramonimiz stressli vaziyatga tushadi va doʻstlarining gaplarini eslab, doʻkondan ilk marta sigaret sotib oladi. Sigaretni birinchi tortishdayoq oʻpkasi tutunga toʻlib, ogʻzida jirkanch taʼm sezadi. Shohruh buni eʼtiborga olmay oʻzini chekishga majbur qiladi va stress kamayganiga ishonadi. Shu kundan boshlab u zeriksa, xursand boʻlsa, biror nimadan asabiylashsa, siqilsa yoki diqqatini jamlashi kerak boʻlsa, darhol sigaret chekishga tushadi.
Kunlar oʻtib Shohruhda nafas qisishi, taʼm va hid bilish bilan muammolar paydo boʻladi. Bu muammolarga jim qarab turolmagan bir yaqin insoni unga chekishni tashlashga yordam beruvchi kitob sovgʻa qiladi. Shohruh ishonqiramay kitobni qoʻliga olib, oʻqiy boshlaydi…
Qahramonimiz taqdiri qanday kechgani haqida hikoyaning 2-qismida bo‘lishamiz, chekmay turing)
@asaxiybooks
🥳 3 va undan ortiq kitoblarni bepul yetkazib beramiz!
May oyi so‘ngigacha 3 va undan ortiq kitoblar O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi. Aksiyadan maksimal foydalaning hamda sevimli kitoblaringizga buyurtma bering🛍.
Katalog: asaxiy.uz/u/65f2a94c3cb63
@asaxiybooks