#yangilik
XXL pazl “Dunyo xaritasi” va “Ferma”
🧩 Pazl farzandingiz bilan vaqtni qiziqarli oʻtkazish vositasi boʻlibgina qolmay, eʼtiborni yaxshilashga, diqqatni jamlashga, logika va harakatchanlikni kuchaytirishga yordam beradi.
Narxi: 59 000 soʻm
Buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/640c6588e933c
🙌 Дэвид Бах, Жон Дэвид Манн: Латте омили. Молиявий мустақиллик ва эркин ҳаёт сари
@asaxiybooks
Бирор ишни бошлаётганингизда, уни ким билан бошлаш кераклиги ҳақидаги қарорингиз энг биринчиси ва муҳими ҳисобланади. Ҳамкор танлаш худди оила қуришдек гап ва таъсисчиларнинг зиддияти ажралиш каби хунук ишдир. Ҳар қандай муносабатнинг бошида оптимизм мўл-кўл бўлади. Нимадир хато бўлиши мумкинлиги ҳақида жиддий ўйлаш чиройли кўринмаслиги мумкин, шунинг учун одамлар бундай қилмайди. Лекин мабодо таъсисчилар орасида келишмовчилик юзага келса, компания қурбонга айланади.
1999 йилда Люк Носек менинг “PayPal”даги шерикларимдан бири эди ва у билан ҳозир ҳам “Founders Fund”да бирга ишлайман. Аммо “PayPal”га асос солинишидан бир йил олдин мен Люк бошқа биров билан асос солган компанияга сармоя киритдим. Бу унинг биринчи стартапи эди; менинг эса биринчи сармоям. Ўшанда ҳеч биримиз буни англамагандик, аммо компания бошидан муваффақиятсизликка маҳкум эди, чунки Люк ва ҳамкори бир-бирига умуман мос эмас эди. Люк — жуда ақлли ва ноодатий фикрловчи одам; унинг ҳамкори оддий MBA битирувчиси бўлиб, 90-йилларнинг “олтин васвасаси” каби ҳеч қандай имкониятни қўлдан бой беришни хоҳламасди. Улар қайсидир тадбирда танишиб қолишган, бироз суҳбатлашишгандан сўнг биргаликда компания очишга қарор қилишган. Буни Лас-Вегасдаги казинода учраган биринчи нотаниш одам билан турмуш қуришдан фарқи ёқ: сиз жекпот ютиб олишингиз эҳтимоли бор, аммо бу нарсанинг иш бериши эҳтимолдан йироқ. Уларнинг компанияси муваффақиятсизликка учради, мен эса пулларимни йўқотдим.
#китобдан_парча
💸 Питер Тиль, Блейк Мастерс: Нолдан бирга. Стартаплар ҳақида қайдлар ёхуд келажакни қандай қуриш мумкин
Bir fikrlashamizmi😁
Siz qay birini afzal koʻrasiz va nima uchun? Izohlarda fikringizni yozib qoldiring👇
1dan 100ga yetib borish uchun avval 0dan 1ga yetish lozim.
👨💻 Dunyoni oʻzgartirgan loyihalar faqat bir marta yuz beradi. Ular takrorlanmaydi, chunki ular noyob va noodatiy boʻladi. Piter Til va Bleyk Masters muallifligidagi “Noldan birga” kitobi ana shunday noyob kompaniyalarni qurish, oʻziga xos gʻoyalarni topish va amalga oshirish boʻyicha koʻrsatma beradi.
💸 Bu kitobni oʻqish uchun 5 sababni keltirdik, manfaatli boʻladi degan umiddamiz.
@asaxiybooks
#kitobxon_fikri #book_review
“Bugundan pul yig’ishni boshlayman, ertadan boshlay qolay”... degan gapni o’zimizga tinmay qaytaramiz. Oradan shuncha vaqt o’tibdi-ki hanuz o’zimiz uchun 100 ming so’z ham olib qo’ymaganmiz.
Kitobda biz Zoi ismli qiz bilan tanishamiz. U kreditlar botqog’iga g’arq bo’lgan, hanuz o’zi istagan kursni sotib olishga qurbi yetmaydigan va hatto Aqshning biror shtatiga sayohat qilishga ham mablag’i yo’q siz va menga o’xshagan shaxs. Umri topgan pulini u oydan bu oyga ulash bilan band - mabodo sizga kimnidir eslaymayaptimi?
Menga ha! Eslatdi juda. “Latte omili” kitobi kim uchundir juda jo’n va oddiy, barcha aytgan gaplarni takrorlayotgan bir kitobdek tuyilishi mumkin. Ammo, ko’p hollarda shu oddiylik odamni nimadir qilishga undaydi. Men bilan shunday bo’ldi. Kitobni o’qish davomida bankda o’zimga deposit ochdim va oz bo’lsa-da sarmoya kiritishni boshlab yubordim.
“Qayerga ketayotganingizni bilmasangiz, boradigan manzilingizni yoqtirmasligingiz ehtimoli katta”, ushbu jumlalar kecha men ovozli chatda ko’p bora takrorlagan strategiya degan gapimni ham eslatadi. Maqsad - inson hayoti va qilayotgan ishida eng keraklilaridan biri hisoblanadi. Doimo aniq va ravshan bitilgan maqsad/strategiya kerak.
Meni o’ziga tortgan keyingi jumla “Balki, o’ylaganingizdan boyroqdirsiz? Kundalik harajatlaringizga qarang. O’zingiz sezmagan holda 5-10 ming sumdan siz bemalol voz kecha oladigan va ayni o’sha sumlar sizni biror maqsadingizga yaqinlashtirar? Bu uchun kunlik sarflaydiganlaringizga ko’z yuguritirishingiz va chiqarib tashlaydigan harajatingiz (u summa katta bo’lishi shart emas 5-10 mingni ham yig’sa masalan 5-10 kunda bemalol 50.000 sum bo’lishi mumkin) sizni biror istagingizga yaqinlashtirar. Siz balki shundagina “pulim yo’q, qimmat ekan” degan gaplarni aytmassiz...
Ana shunday insaytlar. Ba’zida biz kerakmas, hamma biladigan narsalar, oddiyku deganimiz bizga ko’plab insaytlar taqdim etishi mumkin.
©️mahinreads
Усмон Нури Тўпбош: Тарбияда 101 қадам
👶🏻 Ушбу рисолада фарзанд тарбиясида устоз-мураббийларнинг қиймат билан ўлчаб бўлмайдиган бир юз бир ўгитдан иборат вазифалари баён этилади.
Муқова: Юмшоқ
Нарх: 29 000 сўм
Саҳифа: 116 бет
Буюртма бериш: asaxiy.uz/u/6406dcf7f035a
Go'zal ayollarimizga bayram muborak!
Qadrli opa-singillar, tabiatning eng chiroyli xilqatlari! Sizlarni ushbu ayyom bilan www.asaxiy.uz jamoasi chin ko'ngildan qutlaydi!
Sizlarga har narsaning eng go'zalini - baxt, sog'lik, orzularingizning go'zal ro'yobi va bitmas-tuganmas boylik-u omadni tilab qolamiz. Yuzingizdan hech qachon tabassum tark etmasin☺️
@asaxiyuz
Kitobxonlarimizga tanish boʻlgan navbatdagi “muammo”lar🧑🎓
Bu muammolar sizda ham kuzatilsa, tabriklaymiz, siz kitobxonsiz!
@asaxiybooks
📨 Бахтли турмуш учун олти мактуб
Мазкур китоб туркиялик олим, профессор Мустафо Қоратош қаламига мансуб бўлиб, унда чинакам бахтиёр оила қурмоқчи бўлганлар учун қимматли насиҳатлар ўрин олган. Муаллиф ўз фикрларини келин-куёв, қайнона ва қайноталарга мактуб усулида тақдим этади.
📖 Китобга мутафаккирларнинг оила, аёл, бахт ҳақидаги ҳикматлари ҳам илова қилинди. Саодатли, бахтиёр турмуш ҳар бирингизга насиб этсин!
Нархи: 35 000 сўм
Буюртма учун: asaxiy.uz/u/64058c722c96b
Talablaringizga binoan baʼzi kitoblar qayta sotuvga olib kelindi, yangiliklar ham bor albatta.
Bu kitoblar sizga madaniy hordiq, yangi bilimlar va ijobiy kayfiyat hadya qiladi. Maroqli mutolaa tilaymiz🙂.
@asaxiybooks
#qayta_nashr
✨Millionlar qalbini zabt etgan asar yana siz bilan..
Go‘zal narsaning ortida hamisha biron bir fojia yashirinib yotadi. Eng kamsuqum, eng arzimas bir gulning gullashi uchun ham dunyolar to‘lg‘oq azobini boshdan kechirmoqlari zarur.
📖 Oskar Uayld: Dorian Greyning portreti
Muqova: Yumshoq
Nashriyot: Zabarjad media
Narx: 45 000 soʻm
Sahifa: 336 bet
Buyurtma berish 👉 asaxiy.uz/u/64033e881545d
Жен Синсеро: НИ СИ. Ўзни шакллантириш
📙 Ҳеч қачон яшамаган хонангизда яшашни истайсизми - у ҳолда ҳаммасини ўзингиз ҳеч қачон қўл урмаган ишга киришишдан бошланг.
Ни си - шарқ ҳикматига йўғрилган ўзини шакллантиришнинг усули ана шундай номланади. Китоб 28 мамлакатда босилиб, 1 миллион нусхада сотилган бестселлердир.
✅ Ниси ўзни шакллантиришнинг синалган 25 методикасини ўз ичига жамлаган. Бу методикаларнинг хар бири Жен Синсеронинг шахсий тажрибасидан ўтиб, ижобий натижа берган.
👉 asaxiy.uz/u/6402d0ee5f9b8
👑Ayol-qizlar faqat bayramlarda emas, balki har kuni qadrlanishga, mehr-eʼtibor koʻrishga arziydilar. Bayramni shunchaki bir sabab qilib ayol-qizlarga shodlik hadya eting, bu ularni baxtiyor qilishi shubhasiz.
🛍️ Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan biz turli tovarlarga, jumladan kitoblar, kosmetika, smartfon, gadjetlar va boshqa kerakli buyumlarga yirik chegirmalar taklif etamiz.
🎁Chegirmalardan foydalaning va qadrli insonlaringizga ham manfaatli, ham sifatli sovgʻalar ulashing.
👉 asaxiy.uz/u/6401d981e20ea
Mukammal dam olish kuni🫠
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo‘ling:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | asaxiy_uz">YouTube | asaxiybooks">TikTok
Har bir kishining ikigay — yashash uchun sababi bor.
😊 Dunyodagi eng uzoq umr koʻrgan yapon qishlogʻi aholisining fikriga koʻra, ikigayni topish baxtli va uzoq umr koʻrishning kalitidir. Ikigay tuygʻusini his qilish — siz nimani yaxshi koʻrishingiz, nimani yaxshi bilishingiz, nima uchun yuqori haq olishingiz va dunyo nimaga muhtoj boʻlsa shuni berishingiz bilan tavsiflanadi.
🥰 Ikigay egasi boʻlish uzoq va baxtli hayot kechirish, tongni “Eh yana shu ishmi?” degan norozilik bilan emas, balki “Sevimli ishim meni kutmoqda” deb boshlashdir.
Narxi: 55 000 soʻm
O‘z ikigayingizga ega boʻling 👉 asaxiy.uz/u/640ac20c06106
🌙 “Moʻmin-musulmonning bir kuni” deb nomlangan ushbu qoʻllanma Islom diniga eʼtiqod qilguvchi ahli sunna val jamoa hanafiylik mazhabidagi keng jamoatchilik foydalanishi uchun rasmiy nashr etilgan adabiyotlar asosida tayyorlangan diniy, maʼnaviy-maʼrifiy mavzudagi kitobdir.
📕 Kitob insonni fikrlashga, goʻzal Qurʼoniy axloq asosida doimo ogoh boʻlib yashashga chaqiradi.
Narxi: 29 000 so‘m
Buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/640aad6a88d13
Munosib jufti halol, Jannat oyogʻi ostida boʻlgan ona va haqiqiy ayol bo‘lish istagidagilar uchun tavsiya🌸
@asaxiybooks
Garri Potter kolleksiyasi chegirma narxda!
🪄Moʻjiza, jasorat, sarguzasht va ezgulikni sevuvchilar hamda oʻzga olamda yashab koʻrmoqchi boʻlganlar uchun eng yaxshi tanlov.
*kitoblar ingliz tilida
Buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/64096d47b0f48
Siz uchun maxsus sovgʻa!
🥳 Asaxiy.uz sayti orqali buyurtma qoldirayotganingizda 8MART promo-kodini kiriting va sevimli kitoblaringiz uchun 8% chegirmaga ega boʻling.
Amal qilish muddati: 9-mart 23:59
Imkoniyatdan hoziroq foydalaning🤗
Дунёдаги барча мавжудотлар ўз шодлик ва ғамини ичига сиғдира олади, фақат инсонгина бундан мустасно.
У ўз дарду ғамига бардош беролмай найни, куй ва ғазални яратди. У ўз севинчини яширолмай чирмандани, рақсни ва табассумни ўйлаб топди. Балки шунинг учун ҳам у Инсондир?
Дилшода Саидолимова: Урушдан қайтмаган болалар
👉 asaxiy.uz/u/64073e8fe7ff4
Oʻzlariga qoʻyib bering🥹
Ayol-qizlar uchun sovgʻa tanlashda biroz ikkilanayotganlar uchun optimal yechim — sovgʻa sertifikatidir. Bu sertifikat bilan sovgʻa egasi Asaxiy.uz saytidagi minglab tovarlardan oʻzlariga yoqqanini tanlashlari va ega boʻlishlari mumkin bo‘ladi.
Siz shunchaki sertifikatni hadya qiling, sovgʻani oʻzlari tanlab olishadi😉
@asaxiywoman
📚 O‘tgan hafta uchun Asaxiy Books bestsellerlari ro‘yxatiga ko‘ra kitobxonlarimiz o‘z ustilarida ishlashda, rivojlanishda va yangi ko‘nikmalar hosil qilishda davom etishmoqda.
@asaxiybooks
Bugun 14:00da “Men va pul” kitobi yuzasidan suhbat boʻlib oʻtadi. Barchangizni kutamiz🤗
Manzil: “Asaxiy Books” Novza filiali
Telefon raqam: 90 035 06 45
Muqimiy koʻchasi, 142/1
Bayram munosabati bilan asaxiyda 50ta kitoblik to'plam 949 000 So'mdan:
asaxiy.uz/u/6401ba2698506
50 ta kitob 949 000 soʻm
8-mart — Xalqaro ayol-qizlarimiz bayrami munosabati bilan 50 ta kitobdan iborat toʻplamga maxsus chegirma eʼlon qilamiz⚡️
*Ayollarni bir dunyo kitob bilan xursand qilish uchun yaxshi imkoniyat☕️
Buyurtma uchun 👉 asaxiy.uz/u/6401ba2698506