Asaxiy Panorama doʻkonimiz bugun ish faoliyatida✨
Barchangizni yaqinlar va doʻstlar bilan birga kutamiz. Eslatib oʻtamiz, bayram sovgʻasi bugun va ertaga ham beriladi. Kuttirish yaxshi emas, tezroq kelib sovgʻangizni olib keting🤗.
P. S Panorama filialimiz 10:00-20:00 rejimida, qolgan doʻkonlarimiz 09:00-22:00 rejimida ishlaydi.
Assalomu alaykum!
🇺🇿 Mustaqillik kuni bilan sizni Asaxiy.uz jamoasi nomidan tabriklaymiz. Tinchlik, sog‘-salomatlik va ezgu orzu-maqsadlar ro‘yobini tilab qolamiz.
Biz bilan ekanligingiz uchun rahmat🤗
Asaxiy.uz — sizning internet-do‘koningiz
Ikki xushxabarimiz bor: biri #yana_sotuvda, biri #yangilik
Fotih Duman: Men. Bas qil, ey nafs — 55 000 soʻm
Ichimda bir ovoz bor. Dunyoga kelibmanki, oʻzimniki deb oʻylaganim oʻsha ovoz bor... Hech toʻxtamagan, har doim shivirlab turgan
ovoz... Kimdir uni “ichki ovoz” desa, yana kimdir uni “Menlik” deb ataydi, ammo eskilar buni “nafsning ovozi”, “nafs” deb atashadi...
Batafsil 👉 asaxiy.uz/u/64eee97147ed2
___________
Morgan Hauzel: Pul psixologiyasi yoxud boylik, ochkoʻzlik va baxt haqida eskirmas saboqlar — 49 000 soʻm
Kitob mutolaasi davomida pulni samarali boshqarishda moliyaviy yoki matematik bilimlar emas, kishining xulq-atvoriyu turli keskin pallalarda oʻzini qanday tutishi muhimroq rol oʻynashi oydinlashadi. Boylikka tejamkorlik, kamtarlik va ehtiyotkorlik singari insoniy xislatlar bilan erishilishi misollar bilan isbotlab beriladi.
Batafsil 👉 asaxiy.uz/u/64eeeb55438b9
Qadriyatlarga mos muddatli toʻlov: hech qanday penyasiz.
Asaxiy.uz saytidan halol muddatli toʻlovga mahsulotlar xarid qilishingiz mumkin. Smartfon, gadjetlar yoki sevimli kitoblaringizni boshlangʻich toʻlovsiz xarid qiling, pulini boʻlib-boʻlib beraverasiz.
Boʻlib toʻlash shartlari bu yerda 👉 asaxiy.uz/u/6350cbe97a56b
#янгилик
Карл Сьюэлл, Пол Браун: Бир умрлик мижозлар
📖 Ушбу китоб муаллифи Карл Сьюэлл қимматбаҳо автомобиллар савдоси билан шуғуллансада, унинг маслаҳатлари VIP-мижозлар билан ишлайдиганларга тўғри келади: шунингдек, мазкур китобни ўқиб, сиз ҳам маҳсулотни рақибларингиздан эмас, айнан сиздан сотиб олишлари учун курашишни ўрганишингиз мумкин.
Кузатувларга кўра, Россия бизнесининг 80 фоиздан кам бўлмаган қисми мижозни анча вақт ушлаб туришга эмас, балки бир марталик сотишга мўлжалланган. Қолган 20 фоизи мижозни узоқ вақтгача ушлаб қолишга йўналтирилган. Бироқ бунинг учун у содиқликни сақлаб туришнинг “механик” тизимларидан фойдаланилади (совғалар, дисконт карталар ва ҳоказолар).
🪝 Сьюэллнинг бизнесида эса бошқача ёндашувдан фойдаланилади. Бу айнан мижозни ушлаб қолишни биринчи навбатдаги вазифа, деб билади, иккинчидан эса — бу нарсани фақат ҳамма томонидан қабул қилинган инсоний, эмоционал алоқалар билангина бажариш мумкин, деб ҳисоблайди.
Муқова: Юмшоқ
Нашриёт: Зукко китобхон
Нарх: 35 000 сўм
Саҳифа: 224 бет
Буюртма учун: asaxiy.uz/u/64e9f0634a7c3
Hayot tezlashgan...
Videoda keltirilgan kitob yuzasidan 27-avgust (yakshanba) kuni 20:00da audio-chat boʻlib oʻtadi. Kitobga befarq boʻlmagan kitobxonlarni suhbatda kutamiz.
@asaxiybooks
Bugun 23:59gacha taklif amalda, jiddiy aytyapmiz)
Kitoblar 👉 asaxiy.uz/u/64df67852ba7a
Oʻquv yili boshlanishiga bir necha kun qoldi. Asaxiy boʻlsa bunaqa kunda talabalarni chegirmasiz qoldirolmas edi.
Talabalar va umuman hamma uchun turli xil kategoriyalardagi qiziqarli mahsulotlarga super chegirmalar taklif qilamiz. Talaba aksiyasi doirasida chegirmaga tushgan mahsulotlar saytimizda maxsus belgi bilan qoʻyilgan. Chegirmadagi mahsulotlar har kuni yangilanmoqda.
Chegirmalar 20-sentyabrgacha davom etadi. Xarid qilishdan oldin narxni solishtirishni esdan chiqarmang.
Chegirmalar 👉 asaxiy.uz/u/64e8309537c88
🧑🎓 Kitoblar bilim olish uchun kuchli vositadir. Ular bizga turli madaniyatlar, tarix, ilm-fan va boshqa mavzulardan saboq beradi.
👨💻 Postda oʻrganish uchun kitoblardan qanday foydalanish boʻyicha maslahatlar mavjud. Ularga amal qilish orqali mutolaadan maksimal foyda olishingiz va hayotda asqatuvchi bilim egasi boʻlishingiz mumkin.
@asaxiybooks
Asaxiyda amaliyot oʻtash imkoniyati: o’zingizni sinovdan o’tkazishga tayyormisiz?
Nomzodlar ichidan 8 nafar talaba tanlab olinadi va ularga har tomonlama tajriba orttirish imkoni yaratiladi. Amaliyot davrida talabalar ish oʻrganadilar, kitob oʻqiydilar, kompaniya faoliyati bilan yaqindan tanishadilar va, albatta, oʻz ustida ishlaydilar.
Bu talabalarga katta jamoada ishlashni oʻrganish, korporativ madaniyatga moslashish, kompaniya ichida haqiqiy foydali kadrga aylanish imkonini beradi. Amaliyotni muvaffaqiyatli tugatgan talabaga Asaxiydan sertifikat va tavsiyanoma beriladi. Amaliyotdan eng yaxshi o’tganlarni esa Asaxiy ishga qabul qiladi.
Amaliyot davomida 1 millionlik stipendiya toʻlanadi hamda amaliyotchilar Asaxiyning shahar markazidagi bosh ofisi va filiallarida ish o’rganadilar.
Ariza topshirish 👉 https://forms.gle/YmGDhbESNi1r1xD66
Jiddiy kitoblar yangilangan tarkibda
Rostini aytamiz, "jiddiy to‘plam"ga talab juda yuqori va “Katta oʻyin” kitobining barchasi sotib tugatildi. Endi sizga shunga yaqin yoʻnalishdagi siyosiy adabiyot — “Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi?” kitobini taklif qilamiz.
Agar bu kitob sizda bo‘lsa oʻrniga “Asaxiy Books” doirasida chiqqan istalgan kitobni olish imkonini ham beramiz. To‘plam narxida o‘zgarish bo‘lmaydi, taklif 25-avgustgacha amal qiladi.
Bizni tushunasiz va qoʻllab-quvvatlashda davom etasiz, degan umiddamiz. To‘plam bu yerda: asaxiy.uz/u/64df67852ba7a
#жума_хариди
✨ Аҳмад Ҳодий Мақсудий: Ибодати исломия
Ушбу китоб диёримиз мусулмонлари орасида бошланғич диний қўлланма сифатида маълум ва машҳурдир. Унда аҳли сунна вал жамоанинг, хусусан, Ҳанафий мазҳаби бўйича шариат қоидалари тушунтирилган.
Асар асримиз бошларида ўша пайтдаги тил меъёрларига мос ифода ва иборалар ила битилган. Бу йўсин ҳозирги замон ўқувчиси учун бироз қийинчилик туғдириши туфайли муаллифнинг баён тили бироз замонавийлаштирилган.
Нархи: 39 000 сўм
Буюртма бериш: asaxiy.uz/u/64f1a717623ab
Asaxiy kitob xarid qilishingiz uchun pul beradi!
Bayram kunlariga sizni ajoyib taklif bilan xursand qilmoqchimiz.
1-2-3-sentyabr kunlari Asaxiy Books kitob-doʻkonlarida mehmon boʻlgan har bir kitobxonimizga 20 000 soʻm beriladi. Bu pulni bayramga sovgʻa sifatida qabul qiling va do'konning o'zida sevimli kitoblaringiz xaridida foydalaning!
Doʻkonlarimiz manzili, ish vaqti va raqami: /channel/asaxiybooks/5914
*Panorama filiali 1-sentyabr kuni ishlamaydi
**taklif 1-2-3-senytabr kunlari faqat doʻkonlar uchun amal qiladi
Kuz faslining ilk oyi — sentyabr uchun mutolaa tavsiyasi🍁
✉️ Bu oyda oʻqishingiz uchun 4 turdagi kitoblarni tayyorlab qoʻydik. Turli janrda kitob oʻqish zerikib qolmasligingiz va har tomonlama oʻsishingiz uchun muhim. Oʻqishdan, oʻrganishdan, oʻz ustingizda ishlashdan charchamang.
@asaxiybooks
Bayram kunlari ish vaqti🗓️
31-avgust va 1-sentyabr kunlari Asaxiy Panorama filiali ishlamaydi. Qolgan doʻkonlarimiz hamda sotuv boʻlimi bayram kunlari odatdagi tartibda ish faoliyatida.
Dam olish kunlari doʻkonlarimizda kutamiz. Sizga sovgʻa tayyorlanmoqda, tez orada eʼlon qilamiz😉
Yangi oʻquv yili ham deyarli boshlandi🧑🎓
Talabalar va oʻquvchilar oʻquv yilidan maksimal foydalanishlari, oʻrgatilayotgan bilimni chuqur egallashlari lozim. Har bir narsaning bilimi boʻlganidek, ilm olishni ham bilimi bor. Oʻrganish, odatlar, taym-menejment borasida sizga yordamchi boʻladigan kitoblarni bir joyga jamladik. Samarali oʻqishingizda hamroh boʻlishiga ishonamiz.
@asaxiybooks
Sirojiddin Komolov, Sherzod Raxmatov: Sunʼiy intellekt asoslari. Mashinaviy oʻqitish
📔 Ushbu kitob sunʼiy intellektning mashinaviy oʻqitish yoʻnalishi haqidagi qoʻllanma boʻlib, mashinaviy oʻqitish asoslarini oʻzida qamrab oladi. Qoʻllanma oʻzida bir qancha mashinaviy oʻqitish algoritmlarini jamlagan boʻlib, har bir algoritmni yoritishda nazariy bilim bilan birgalikda, amaliy mashgʻulot ham berib boriladi.
📌Kitobda keltirilgan bilimlarni egallashda oliy matematika asoslari hamda Python dasturlash tili koʻnikmalari talab etiladi.
Muqova: qattiq
Narx: 65 000 soʻm
Sahifa: 104 bet
Buyurtma berish: asaxiy.uz/u/64ec4b9e36c45
😇 Kitobxonlar, bugun “Farengeyt boʻyicha 451º” kitobi yuzasidan suhbat boʻlib oʻtadi. Suhbatda kitob va undan olgan xulosalaringiz haqida gaplashamiz. Fikrlar bilan boʻlishib miriqib suhbat quramiz.
Kitobni oʻqiganlar, mulohazalarini boshqa kitobxonlar bilan muhokama qilmoqchi boʻlganlar yoki shunchaki yaxshi suhbat tinglamoqchi boʻlganlarni taklif qilamiz. Suhbat 20:00da boshlanadi, zarur ishlarni shu vaqtgacha tugatib onlayn boʻlib turavering😉
@asaxiybooks
Asaxiy Books doʻkonlari: qayerda, qachon ishlaydi, qanday bogʻlanish mumkin?
📍Hozirda 4ta Asaxiy Books doʻkonlari mavjud. Ular haqida batafsil:
📘 Asaxiy Books Novza
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Telefon raqam: 90 035 06 45
Manzil: Muqimiy koʻchasi, 142/1
📕 Asaxiy Books Kitob olami
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Telefon raqam: 90 036 06 45
Manzil: Mustaqillik shoh ko‘chasi, 6
📙 Asaxiy Books Farhod bozori
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Telefon raqam: 90 065 06 45
Manzil: 41.2871646,69.1872334,16z/data=!4m2!3m1!1s0x38ae89f983a69edd:0x427c98bf5dbae658?hl=ru-uz">Lutfiy koʻchasi, 75PP+VV9
📗 Asaxiy Books Panorama
Ish vaqti: 10:00 - 20:00
Telefon raqam: 99 393 06 45
Manzil: 41.320328,69.262226,16z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.320328!4d69.262226">Alisher Navoiy koʻchasi, 11A
#жума_хариди
Саҳобия аёллар (1-2 китоб)
☪️ Инсон умри қанча яшагани билан эмас, балки ҳаётда қилиб улгурган солиҳ амаллари билан ўлчанади. Қанча-қанча одамлар бор, узоқ умр кўрган бўлсаларда, инсониятга фойдаси жуда кам бўлиб чиқар. Яна бошқа инсонлар эса кам яшаган бўлсалар ҳам, инсониятга етказган фойдалари жуда улуғ.
🧕Бу икки китоб ана шундай улуғ ишлар қилган саодат асри аёллари ҳақида. Уни ўқишингиз, ўрганишингиз ва саҳобия аёллардан ўрнак олишингизга арзийди.
Муқова: Қаттиқ
Нашриёт: Ирфоннашр
Нарх: 59 000 сўм (иккита китоб)
Буюртма бериш: asaxiy.uz/u/64e853a798870
📚 “Da Vinchi siri”, “Raqamli qalʼa”, “Ibtido” kabi sir-sinoatlarga boy, fantastik romanlar bilan tanilgan Den Braundan navbatdagi asar — “Farishtalar va iblislar” kitobi!
📜 Fantastik, detektiv va ilmiy syujetga asoslangan bu kitob haqida videoda maʼlumot berdik. Tanishib chiqing va sarguzasht istaydigan kitobxonlarga yuborib qoʻying.
@asaxiybooks
🗝Biror muammoga duch kelsa kitoblarga yuzlanadigan ajoyib insonlar bor. Ular buyuklar tajribasiga ishonib, amalda ish beruvchi usullarni qoʻllash orqali muammoni osonroq va tezroq hal qiladilar.
📚 Bugundan biz ham Muammo/Yechim ruknini boshladik. Unda keng tarqalgan muammolar va yechimni qaysi kitobdan izlash kerakligini berib oʻtamiz. Kuzatishda davom eting va foydali kitoblar tavsiyasini bilib oling.
@asaxiybooks
#yana_sotuvda
“Jadidlar” — jadidlar haqidagi sakkiz jildli kitoblar toʻplami. Toʻplam Yoshlar nashriyot uyida yumshoq muqovada, lotin yozuvida choʻntak kitobi shaklida nashr qilingan.
Narxi: 99 000 soʻm (8ta kitob)
Buyurtma berish: asaxiy.uz/u/64e5dcf214559
Kundalik ishlar roʻyxati shaxsiy laboratoriya daftaridir
Odatlaringizni nazorat qilishning eng yaxshi yoʻli oson: har haftada bir marta hafta davomida qilinishi kerak boʻlgan asosiy ishlarning qisqachа roʻyxatini tuzing. Soʻng har kuni bir kunda tugallashga koʻzingiz yetgan ishlar roʻyxatini yozib boring. Kundalik ishlar roʻyxatini bir kun avval, oqshom paytida tuzib qoʻying.
Nega endi bir kun avval? Bunday yondashuv ong osti markazlaringizga vazifalarni bajarish yoʻllarini topishga yordam berishi koʻplab tadqiqotlarda kuzatilgan. Uyquga ketishdan oldin roʻyxat tuzish ertasi kuni bajariladigan ishlar uchun zombilaringizni safarbar qiladi.
Agar qilinishi kerak boʻlgan ishlar roʻyxatini qogʻozga yozib qoʻymasangiz, bu ishlar operativ xotiraning chegaralangan va qimmatli joyini band etib yuradi.
Biroq vazifalarni qogʻozga tushirishingiz bilanoq, operativ xotira muammolarni yechish uchun yana boʻshaydi.Urra! Ammo jurnalni doim tekshirib turishingizga ishonchingiz komil boʻlishi kerak. Chunki bunday ishonch boʻlmasa, vazifa haqidagi fikrlar ong ostingizda yana yuzaga keladi va operativ xotirani band eta boshlaydi.
Koʻpchilik telefon, kompyuter yoki qogʻoz kalendarlardan eng muhim ishlarni tugatish sanasini belgilashda foydalanadi. Siz ham, hoynahoy, shunday qilsangiz kerak. Kalendaringizda belgilangan yigirmata yoki undan kamroq vazifani tanlab oling hamda haftalik ishlar roʻyxatiga kiriting. Har kuni kechqurun ushbu haftalik ishlar roʻyxatidan ertasi kuni bajarilishi kerak boʻlgan vazifalarni tanlab oling. Ular besh-oʻntadan oshmasin. Kundalik ishlar roʻyxatini tuzib boʻlgandan soʻng unga, agar oʻta zarur boʻlmasa, boshqa vazifalar qoʻshmang (oxiri yoʻq roʻyxat tuzmaganingiz maʼqul). Roʻyxatdagi vazifalar oʻrnini almashtirmaslikka harakat qiling.
#kitobdan_parcha
🧠 Barbara Oukli: Raqamlar uchun yaralgan idrok