Yakshanbaga maxsus taklif - super kitobga 50% chegirma
Savdo bo‘yicha xalqaro ekspert Grant Kardonning "Savdo san'ati" kitobi uchun 1 kunlik chegirma e'lon qilamiz!
Kitobda siz sotish, mijoz bilan muloqot, muzokara san'ati, ishontirish va boshqa zaruriy ko‘nikmalar bo‘yicha bilim olasiz. Kitob mahsulot, xizmat va g‘oyalarni sotish hamda savdo orqali natijalar ko‘rsatishni ham o‘rgatadi.
Sotish, ishontirish va kelishuv qobiliyati rivojlangan shaxs, kasbidan qat'i nazar, uzoqroqqa boradi.
Бу китоб ҳаммада бўлиши керак.
- Жеймс Клир, «Атом одатлар» китоби муаллифи
Darsdan soʻng Asaxiyga kelasizmi?
Yaqinda ochilgan Asaxiy Sergeli filialimiz turli til va janrlardagi kitoblar, gadjet hamda boshqa ajoyib mahsulotlar bilan toʻldirilgan. Mashg‘ulotlardan so‘ng dam olaman desangiz albatta tashrif buyuring 🤗
Doʻkonga qanday borishni video orqali koʻring va bugun mehmonimiz boʻling.
Har kuni 22:00gacha shu manzilda kutamiz: Mirzo Tursunzoda ko‘chasi, 1A
@asaxiybooks
Smartfonga bogʻlanganingizni koʻrib kitoblar hayratda😁
Supurgi uni tinchlantirishga harakat qildi, endi sizning navbatingiz. Qoʻlingizga kitob oling va oʻqishni boshlang)
@asaxiybooks
Bunisi ham yoqadi!
Jyul Vern ijodi va sarguzasht kitoblarni yoqtirsangiz tavsiya siz uchun:
▪️Yoqqanmidi — Kapitan Grant bolalari
▪️Bu ham yoqadi — Dunyo boʻylab sakson kun
Kitoblar uchun havola bu yerda. Faqat oʻzingizga emas, uka-singil yoki jiyanlarga ham sovgʻa qiling)
@asaxiybooks
Rus tilida kitoblar o‘qiysizmi? Unda #yangilik siz uchun
Asaxiyga rus tilida yangi adabiyotlar keldi, tanishib chiqing:
▪️Брайан Трейси: Выйди из зоны комфорта - 109 000 so‘m
▪️Алекс Норт: Тени Теней - 59 000 so‘m
▪️Беккер Джошуа: Дом минималиста - 79 000 so‘m
▪️Майк Омер: Скрытые намерения - 129 000 so‘m
▪️Джон Маррс: Code носители - 109 000 so‘m
▪️Э Л Джеймс: Пятьдесят оттенков свободы - 99 000 so‘m
▪️Джонатан Сафран Фоер: Жутко громко & запредельно близко - 139 000 so‘m
▪️Марина Александра: Закон трех отрицаний - 79 000 so‘m
Rus tilida kitob o‘qish so‘z boyligingizni oshirish bilan birga umumiy til ko‘nikmalarini ham yaxshilaydi. Mutolaa qiling va natijasiga guvoh bo‘ling.
@asaxiybooks
Kitobsevarlar uchun ajoyib yangilik!
“Raqamli qalʼa” va “Factfulness” kitoblari qattiq muqovada, “Beparvolikning nozik sanʼati” kitobi esa yumshoq muqovada sotuvga chiqdi. Endi har 3 kitobni oʻzingizga qulay shaklda xarid qilishingiz mumkin.
✨ Den Braunning “Raqamli qalʼa”si sizni kiberhujum va maxfiy kodlar olamiga, raqamli josuslikning murakkab sohasi boʻylab hayajonli sayohatga olib boradi.
💡 Hans Roslingning kitobi aniq maʼlumotlarga tayanib, global taraqqiyotni yanada optimistik va faktlarga asoslangan koʻz bilan koʻrishni oʻrgatadi.
🔥 “Beparvolikning nozik sanʼati” esa haqiqatda muhim boʻlgan narsalarga eʼtibor qaratib, toʻlaqonli hayot kechirish boʻyicha yoʻl-yoʻriq beradi.
Haftalik reyting bilan tanishing
Sentyabr oyining ilk reytingiga koʻra “Talaba” kitobi birinchi oʻrinda qolmoqda. Oʻtgan hafta bilan solishtirganda, “Diqqat” kitobi roʻyxatdan chiqib, oʻrniga “Beparvolikning nozik sanʼati” kitobi qoʻshildi.
Top 5 kitoblar:
1. Tara Vestover: Talaba
2. Jeyms Klir: Atom odatlar
3. Mark Menson: Beparvolikning nozik san’ati
4. Mey Mask: Rejali ayol
5. Javlon Jovliyev: Qo‘rqma
Kuz faslini qaysi kitob mutolaasi bilan boshladingiz? Izohlarda yozing✍️
@asaxiybooks
Сирли ва ўйлантирувчи воқеалар учун «Да Винчи сири»ни ўқинг
«Да Винчи сири» романида муаллиф ўз ижодий изланишларини жамлаб, асар бош қаҳрамони, Гарвард университети профессори Роберт Ленгдонда акс эттирди. Роман Лувр музейида тунда содир этилган қотиллик ҳақида хабар берувчи бехос чалинган телефон қўнғироғидан бошланади.
Музейнинг кекса қўриқчиси жасади ёнидан шифрланган ёзув топилади. Леонардо да Винчининг ишларида яширинган сир айнан шу ёзувда эди. Жумбоқ ортида нималар яширинганини Роберт Ленгдон саргузаштларида кетма-кет билиб оласиз…
Муқова: қаттиқ
Нашриёт: Янги Аср Авлоди
Нарх: 45 000 сўм
Саҳифа: 336 бет
Китобни бугунгача 81 миллион инсон танлаган, сиз ҳам мутолаа қилинг: asaxiy.uz/u/da_vinchi_siri
@asaxiybooks
“Yoz, qisqartir” kitobi faqat yozishni oʻrgatmaydi
Kitob fikringizni aniq va ravon ifodalashga yordam beradi. Unda berilgan koʻnikmalar nafaqat yozish uslubingizga, balki fikrlash tarzi va kundalik hayotingizga ham ijobiy taʼsir qiladi.
Videoda kitobdan kichik parcha keltirilgan, toʻliq foyda toʻliq mutolaadan soʻng keladi)
@asaxiybooks
Suhbatimiz “Talaba” haqida boʻladi
Qisqa vaqtda qalbingizdan joy olgan asar — “Talaba” kitobi soʻrovnomada eng koʻp ovoz toʻpladi. Natijalarga koʻra, sentyabr oyidagi kitob suhbati Tara Vestover memuari haqida boʻladi.
“Talaba” kitobi oʻzining ajoyib yozilish uslubi, voqealari va realligi bilan oʻziga xosdir. Kitob ilm ahamiyatini tushunishga va qoliplardan chiqishga undaydi.
Suhbat haqida maʼlumotlar:
▪️Format: onlayn
▪️Sana: 29-sentyabr
▪️Vaqt: 20:00
Suhbatda kitobni muhokama qilamiz, savollarga javob olamiz va fikr almashamiz. Siz ham qatnashing, kutamiz😇
@asaxiybooks
Haqiqiy quvvat kitob, ilm va amaldan keladi
Hozir qaysi “quvvatlagich” mutolaasi bilan bandsiz? Izohlarda yozib qolding👇
@asaxiybooks
#fragment #kitobdan_parcha
Atrofimizda tanishlar, doʻstlar boʻlishi qanchalik muhimligini koʻrsatish uchun doim bir argumentga tayanaman – besh yildan keyin kim boʻlishingiz asosan quyidagi omillarga bogʻliq:
• qanday kitoblar oʻqiyotganingiz;
• qanday insonlar bilan vaqt oʻtkazayotganingiz;
• qanday odatlarni shakllantirayotganingiz;
• qanday taomlar isteʼmol qilayotganingiz;
• qanday suhbatlarda ishtirok etayotganingiz.
Tanish-bilish orttirish deganda ayrimlar kimningdir telefon raqamini olish va ehtiyoj tugʻilganida unga qoʻngʻiroq qilishni tushunadi. Goʻyo oʻsha odam sizni bilgani uchun yordam yoki maslahat berishga majburdek. Biroq biznesda tanish-bilishchilik “win-win” shaklida ishlaydi. Bunda siz ham nimadir berishingiz, tanish insonga kerakli vaqtda maslahat yoki yordam qoʻlini uzatishingiz kerak boʻladi. Siz qancha yaxshilik qilsangiz, tanish-bilish ham sizga shuncha yaxshilik bilan javob qaytaradi.
Firuz Allayev: “Tadbirkor” kitobidan
@asaxiybooks
Soʻz — kuchli qurol (foydalanishni bilsak albatta)
Deyarli har kuni matn bilan ishlaymiz. Ammo, fikrni ommaga toʻgʻri yetkazish va koʻzlangan maqsadga erishish muammoligicha qolmoqda.
Insonlarga taʼsir qiladigan matnlarni qanday yozish kerak? Samarali va odob doirasidan chiqmaydigan reklama eʼlonlarini-chi? Fikrni qanday qilib yolgʻon va safsatalarsiz, ishonarli ifodalash mumkin?
Barcha savollarga javob va muammo yechimini “Yoz, qisqartir” kitobidan topasiz.
Kitobda risoladagidek matn yozish qoidalari qisqa va tushunarli bayon qilingan. Uni oʻqib, soʻzni isrof qilmagan holda kuchli matn yozishni oʻrganasiz. Mutolaa qiling: asaxiy.uz/u/yoz_qisqartir
@asaxiybooks
Kitob “shunchaki” oʻqiladi deb oʻylashadi, aslida esa…
Aslida nima? Jumlani izohlarda davom ettiring👇
Bizning javob: Aslida mutolaa kitobxonga turli hislar va tajribalarni beradi.
“Yoz, qisqartir” kitobi elektron shaklda sotuvda!
📃 Ishi yozish, ishontirish va taʼsir etish bilan bogʻliq insonlar uchun qoʻllanma — “Yoz, qisqartir” kitobi Asaxiy Books ilovasiga joylandi. Endi kitobni smartfonning oʻzidan mutolaa qilishingiz mumkin.
Kitob toʻgʻri va chiroyli yozish, fikrni aniq ifodalash va koʻzlangan maʼnoni oʻquvchiga yetkazishga yordam beradi. Mutolaa orqali soʻzlarni isrof qilmagan holda samarali matnlar yaratishni oʻrganasiz.
Narxi: 19 990 soʻm
Mobil ilova orqali oʻqing: Google Play | App Store
@asaxiybooks
Миллионер Саҳобалар
Ушбу китобда кўплари йўқчиликни кўрган ва бирмунча вақтдан сўнг бойликка эришган саҳобалар ҳаёти кўрсатиб берилади. Китобдаги маълумотлар саҳобаларнинг бой бўлгандан кейинги даврига тегишли бўлиб, улар бойликни қандай сарф қилганлари ва нималарга эътиборли бўлганларини изоҳлаб беради.
Китоб Муҳаммад Шоҳ Иброҳим ва Комил Умар томонидан нашрга тайёрланган.
Муқова: юмшоқ
Нашриёт: Ҳилол-нашр
Нарх: 85 000 сўм
Саҳифа: 360 бет
Бойликни қандай тасарруф қилиш лозимлигини билиш учун мутолаа қилинг: asaxiy.uz/u/millioner_sahobalar
@asaxiybooks
Maykl Heppel: Qanday qilib brilliant boʻlish mumkin?
Jismoniy salomatlik, moliyaviy holat, atrofimizdagi insonlar bilan munosabat va muvaffaqiyat iroda kuchiga bogʻliq. Biroq baʼzi paytlarda bizga iroda kuchi yetishmaydi: ilk lahzalarda oʻzimizni boshqaramiz, koʻp oʻtmay his-tuygʻularga berilib, nazoratni yoʻqotamiz.
Stenford professori Kelli kitobda ishni doimiy kechiktirishni toʻxtatishni, diqqatni jamlash va stress bilan kurashishni oʻrganish usullarini batafsil tushuntiradi. Shu bilan birga, iroda kuchini tiklash orqali haqiqatda arzirli ishlar qilishga chaqiradi.
Kitob mutolaasidan soʻng siz:
▪️Oʻz qobiliyatingiz qanchalik past baholayotganingizni tushunib yetasiz;
▪️Iroda kuchi talab qiladigan ishlarni osonlik bilan qilasiz;
▪️Har 5 daqiqada ijtimoiy tarmoq sahifalarini tekshirishni toʻxtatasiz.
Mutolaa qiling va ilmiy asoslangan usullar yordamida rivojlaning: asaxiy.uz/u/66e2b1e08faaf
@asaxiybooks
Brianna Uest: Olgʻa intil 🏔
Ko‘pchilik o‘zgarish nuqtasiga yeta olmaydi. Sababi - cho‘qqiga chiqish katta jasorat talab qiladi.
Kitoblaringiz sumkangizga joylashmay qolganda eng oson yechim - ularni telefoningizga joylashdir.
Buning uchun hoziroq Asaxiy Books ilovasini yuklab oling va elektron kitob qulayliklaridan bahramand bo‘ling.
Ilovani yuklab olish uchun havola: https://onelink.to/nxtyp6
@asaxiybooks
Har bir ijodkor ayolga pul va shaxsiy xona kerak
Bugun kitobsevarlar to‘plangan bir guruhda "Asaxiy Books" nashriyoti bilan bog‘liq tushunmovchilik bo‘ldi. Izohlardan birida bizning jamoamizda ishlovchi xodimamiz mutlaq o‘z shaxsiy fikrini bildirgan, biroq, afsuski, bu fikrlar kompaniyamiz nomidan yozilgan deb tushunilgan.
Shuni ta’kidlashni istardikki, mazkur xodimaning shaxsiy fikrlari va harakatlari bizning kompaniyamizning rasmiy pozitsiyasini aks ettirmaydi. Biz hamisha ochiqlik, o‘zaro hurmat va professional hamkorlik tamoyillariga amal qilamiz. Biz barcha mijozlarimiz, blogerlar hamda media vakillari bilan sog‘lom va samimiy aloqalar saqlanib qolishini maqsad qilganmiz.
Shu munosabat bilan, ushbu noqulay vaziyat uchun barcha hamkorlarimiz va kuzatuvchilardan uzr so‘raymiz. Bu masala bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘ramiz va kelajakda bunday holatlar bo‘lmasligini maqsad qilamiz.
Sizning ishonchingiz biz uchun juda muhim va biz bu ishonchni saqlash uchun doimo harakat qilamiz. Kutilmagan emotsional vaziyatlarda ham biz bilan birgaligingiz uchun tashakkur!
Hurmat bilan,
"Asaxiy Books" jamoasi
Siz ham yolgʻonchimisiz…
🙃 Biz kitobxonmiz va kitoblarga mehrimiz sabab baʼzida kichik yolgʻonlar ishlatib turamiz. “Yana bir bet oʻqiyman” deb tonggacha mutolaa qiladigan kunlarimiz ham boʻladi)
Siz yana qanday kitobxon yolgʻonlarini bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring👇
@asaxiybooks
Avgust oyi faollarini bilamizmi?
Kitob suhbatida faol boʻlgan kitobxonlarimizga keyingi suhbat kitobini sovg‘a qilish anʼanamiz bor. Avgust oyining “Zukkolar va landavurlar” kitob suhbatida shu qatnashchilar gʻolib boʻlishdi:
▪️Malika
▪️Sarvar Yarashov
▪️Sherzod Toshpulatov
🤗 Sizlarni tabriklaymiz va @asaxiy_marketing profiliga kontakt maʼlumotlar qoldirishingizni soʻraymiz. Ilmingiz ziyoda boʻlsin, kitob oʻqishdan charchamang.
@asaxiybooks
Dostoyevskiy kitoblarini oʻqiganmisiz?
🪶 Klassik adabiyot ixlosmandlari Dostoyevskiy kitoblarini oʻzgacha qadrlashadi. Dostoyevskiy asarlari XIX asrning notinch siyosiy, ijtimoiy va maʼnaviy muhitidagi insonlar holatini oʻrganadi hamda turli falsafiy va diniy mavzularni qamrab oladi.
Karusel orqali Asaxiy Books ilovasida mavjud Dostoyevskiy kitoblari bilan tanishing. Kitoblarni ilova orqali mutolaa qilishingiz mumkin: Google Play | App Store
Sizga bu muallifning qaysi kitoblari yoqadi?
@asaxiybooks
Barcha mahsulotlarni chegirma bilan olishga nima deysiz?
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Asaxiyda “El-yurt ishonchi” statusi ishlab chiqilgan. Status www.asaxiy.uz saytidagi barcha tovarlarga 2%dan 20%gacha chegirma olish imkonini beradi.
📌 Statusni 27 yoshgacha bo‘lgan yoshlar birgina pasport bilan qo‘lga kiritishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish tartibini videoda keltirdik, tanishib chiqing va taklifdan foydalaning: asaxiy.uz/u/el_yurt_ishonch
@asaxiybooks
🎉 Yangi oʻquv yili bilan tabriklaymiz! 🎉
Hurmatli talabalar va oʻquvchilar, yangi akademik yil imkoniyatlar, kuchli bilimlar va qiziqarli xotiralar yili boʻlsin. Har bir kunda orzu va maqsadlaringiz sari qadam qoʻying! Qiziquvchan, qatʼiyatli boʻling va yangi narsalarni sinashdan qoʻrqmang. Bugungi har kichik muvaffaqiyatingiz kelajakka sarmoya boʻladi va katta natijalarga olib keladi.
Yodda tuting, oʻrganishda asosiy narsa nafaqat bilim olish, balki jarayondan zavqlanishdir. Bu yil ilhom va yutuqlarga toʻla boʻlsin! 🌟
Biz sizga ishonamiz va doim qoʻllab-quvvatlaymiz.
@asaxiybooks
Avgust oyida Asaxiy.uz sayti va Asaxiy Books do‘konlari orqali eng ko‘p sotilgan 20ta kitob bilan tanishing:
1. Tara Vestover: Talaba
2. Jeyms Klir: Atom odatlar
3. Jorj Oruell: Molxona
4. Mey Mask: Rejali ayol
5. Javlon Jovliyev: Qo‘rqma
6. Kel Nyuport: Diqqat
7. Robert Grin: Mahorat
8. Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar
9. Jorj Oruell: 1984
10. Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yo‘li
11. Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari
12. Yoz, qisqartir: Kuchli matn yozish siri
13. Piter Hopkirk: Katta o‘yin
14. Allan Dib: Bir varaqli marketing reja
15. Mark Menson: Beparvolikning nozik sanʼati
16. Uolter Ayzekson: Stiv Jobs
17. Stiven R. Kovi: Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi
18. Grant Kardon: Savdo sanʼati
19. Jon G. Miller: SOS! Savol ortidagi savol
20. Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili
Jami: 1 256 000 so‘m
20% chegirma bilan: 1 005 000 so‘m
Toʻplam haqida maʼlumot uchun: asaxiy.uz/u/avgust_bestsellerlari
@asaxiybooks