asaxiybooks | Unsorted

Telegram-канал asaxiybooks - Asaxiy Books

23473

Sevimli kitob do’koningiz💙 🚚 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beramiz. 📦 Buyurtma va savollar uchun: @asaxiybot / 71 200 01 05 • Do‘konlarimiz manzili: https://asaxiyuz.taplink.ws/ • Hamkorlik va takliflar: @asaxiy_marketing • Ulgurji savdo: @NX_001

Subscribe to a channel

Asaxiy Books

"Maksim Gorkiy"dagi Asaxiyda bo‘lganmisiz?

Buyuk Ipak Yo‘li filialimiz kattaligi, keng assortimenti va qulay lokatsiyasi bilan kitobxonlarimizga manzur keladi. Agar bu do‘konimizga hali bormagan bo‘lsangiz, albatta tashrif buyurishingiz kerak)

📍Asaxiy Buyuk Ipak Yo‘li
Ish vaqti: 09:00 - 23:00
Telefon raqam: 77 305 06 45
Manzil: Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 51

Barcha do‘konlar manzili: https://asaxiyuz.taplink.ws

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Romantik adabiyot muxlislari uchun, Nikolas Sparksning "A walk to remember" kitobiga mualliflik huquqini xarid qildik.

Bu quvonch va g‘am, baxt va iztirob qissasi. Inson hayotida faqat bir marta boshidan kechiradigan va umrbod xotirasida saqlaydigan his-tuyg‘u haqida go'zal asar.

#kitob

Читать полностью…

Asaxiy Books

Nima deb o‘ylaysiz, vazifa to‘g‘ri bajarilganmi?)

📍Asaxiy Chorsu
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Telefon raqam: 95 805 06 45
Manzil: 41.3229497,69.2400203,18.7z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.3226944!4d69.2406111?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI1MDYyMy4yIKXMDSoASAFQAw%3D%3D">Alisher Navoiy koʻchasi, 40

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Sizda ham shunday bo‘lib turadimi:

Bir necha oy yarmi ham o‘qilmagan kitob bir kechada tugab qoladi. Siz esa hissiyotlaringiz, xulosalaringiz va “avvalroq o‘qisam bo‘lar ekan” degan fikr bilan qolasiz…

Qaysi kitobni bunday o‘qigansiz? Izohlarda nomini yozib qoldiring👇

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

G‘olibimiz ovozini eshitib ko‘ring🎙️

Endi bu ovoz Asaxiy ovozi bo‘ladi hamda turli kontentlar va audiokitoblarda yangraydi!

P.S. video sinov jarayonidan olingan

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Asaxiy Yunusobod filialiga qanday borish mumkin?

🛣 Video orqali yangi do‘konimizga qanday borishni bilib oling va mehmonimiz bo‘ling.

Faqat shu filialda 21-iyulgacha barcha kitoblarga 20% chegirma amal qiladi. Tashrif buyuring va sevimli kitoblaringizni chegirmada oling!

Ish vaqti:
09:00 - 22:00
Telefon raqam: 77 265 06 45
Manzil: Yunusobod dahasi, 11-mavze, 7

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bolalar uchun qiziqarli va rang-barang o‘zbek alifbosi📒

Bu kitob 4 yosh va undan katta bolajonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, har bir harf hayvon obrazida tanishtiriladi. Alifboni o‘rganish jarayonida nafaqat harflarni, balki turli hayvonlar va ularning o‘zbek/rus/ingliz tillaridagi ifodasini ham o‘rganish mumkin.

Kitob bolalarning:
✔️ E’tiborini jamlash
✔️ Bilimini rivojlantirish
✔️ Tasavvurini kengaytirish
✔️ O‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.

Bolalar uchun buyurtma bering: asaxiy.uz/u/alifbo

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bunday kitobni qo‘ldan qo‘yib bo‘ladimi🥹

"Graf Monte-Kristo" kitobining premium nashri barcha go‘zallikni o‘zida jamlagan. Kitobni sotib olgandan keyin qo‘ldan qo‘ygingiz kelmay qoladi)

Batafsil: https://asaxiy.uz/u/graf

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Orzudagi kun tartibi 📒

Bunday kun yana kimning orzusi?)

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

O‘tgan haftada eng ko‘p sotilgan 5 kitob ⭐️

1-o‘rin: Graf Monte-Kristo - 199 000 so‘m 159 000 so‘m
2-o‘rin: Nozik ohang - 80 000 so‘m 60 000 so‘m
3-o‘rin: Yashamoq - 79 000 so‘m 69 000 so‘m
4-o‘rin: Urush san’ati - 35 000 so‘m
5-o‘rin: Atom odatlar - 55 000 so‘m

Reyting hafta davomida www.asaxiy.uz sayti va do‘konlar orqali xarid qilingan kitoblar soni asosida shakllangan.

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

“Nozik ohang” kitobidan iqtibos

Siz bu kitobni o‘qidingizmi?
❤️ - o‘qidim
😇 - endi o‘qiyman

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

#agar_sizda 👀

Istalgan kitob muallifi bilan suhbat qurish imkoniyati bo‘lsa, kim bilan uchrashgan bo‘lardingiz?

Muallif ismini izohlarda yozing 📝

Читать полностью…

Asaxiy Books

Siz uchun ajoyib kitoblar qayta sotuvga keldi, keling tanishib chiqamiz:

1. Jaloliddin Rumiy: Ichindagi ichindadur - 69 000 so‘m
2. Andrey Kurpatov: Qizil tabletka - 59 000 so‘m
3. Teodor Ruzvelt: Liderlik qonunlari - 55 000 so‘m
4. Jo Navarro: Siz nimani o‘ylasangiz men o‘shani ko‘raman - 69 000 so‘m
5. Li Kuan Yu: Uchinchi dunyodan birinchi dunyoga - 229 000 so‘m
6. Filip Kotler: Marketing A dan Z gacha - 69 000 so‘m
7. Oisha (roziyallohu anho) - 49 000 so‘m
8. Fotima (roziyallohu anho) - 45 000 so‘m
9. Po‘lat Mo‘min: Bo‘ladigan bolalar - 19 000 so‘m

Kitoblar nomi ustiga bosish orqali batafsil ma'lumot olishingiz va buyurtma berishingiz mumkin)

Bu kitoblardan qay birini o‘qishni istaysiz? Izohlarda yozib qoldiring👇

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Birgina rasm va siz kitob haqida umumiy tushunchaga egasiz.

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

O‘tgan haftada eng ko‘p sotilgan 5 kitob

"Dunyo daholari" ruknida chiqqan kitoblar haftalik reytingni to‘liq egalladi) Bu kitoblar bolalar uchun ham, kattalar uchun birdek qiziqarli bo‘lishi shubhasiz.

*Ijodkorlikni rivojlantirish uchun kuniga kamida ikki mahal kitob o‘qish tavsiya etiladi

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Kitobxon uchun kerakli gadjetlar 🎧

Gadjetlar hayotimizni ancha yengillashtirdi va mutolaa odatimizga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Endi kitoblar faqat qog‘ozda emas, balki elektron yoki audio shakllarda ham bizga hamroh bo‘la oladi.

Kitobxonlarimiz uchun foydali gadjetlarni karuselda jamladik. Tanishib chiqing va siz ham bu qulaylikdan foydalanishni boshlang. O‘zingizga mos yordamchini Asaxiy.uz orqali topishingiz mumkin)

💬 Siz mutolaa uchun qaysi gadjetlardan foydalanasiz? Izohlarda yozib qoldiring

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

"Farovonlik paradoksi" kitobidan iqtibos

Siz bu kitobni o‘qidingizmi?
❤️ - o‘qidim
😇 - endi o‘qiyman

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

O‘tgan haftada eng ko‘p xarid qilingan 5 kitob

1-o‘rin: Graf Monte-Kristo - 199 000 so‘m 159 000 so‘m
2-o‘rin: Ruhiy tarbiya - 249 000 so‘m
3-o‘rin: Urush san’ati - 35 000 so‘m
4-o‘rin: Nozik ohang - 80 000 so‘m 60 000 so‘m
5-o‘rin: 1984 - 50 000 so‘m

📊 Reyting hafta davomida Asaxiy orqali sotilgan kitoblar soni asosida shakllangan

*Yangi g‘oyalar topish uchun kuniga ikki mahal kitob o‘qish tavsiya etiladi.

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Яқинда янги "Asaxiy Pro" лойиҳасини эълон қилган эдик. Лойихадан ўзбек тилида профессионаллар учун адабиётлар тайёрлаш кўзланган. Ҳозирда бир неча компаниялар, ташкилотлар ва вазирликлар билан музокаралар давом этмоқда. Бир вақтнинг ўзида китобларнинг муаллифлик ҳуқуқларини ҳам харид қилмоқдамиз.

Музокаралар ҳар бир профессионал дуч келадиган ишдаги муҳим жараён. Аксар кадрларимизда, ҳатто катта ёшли раҳбар ёки тадбиркорларимизда ҳам бу борада оқсашлар яққол сезилади.

Шу учун ҳам профессионаллар учун, тадбиркорми ёки бошқами, муҳим кўникма бўлган профессионал музокаралар ҳақидаги китобга муаллифлик ҳуқуқини қўлга киритдик. Яқинда бир танишимиз шу китоб сабаб деярли бекор бўлган 3.8 миллиард сўмлик шартномани имзолаганини айтиб берганди. Бу Крис Восснинг "Never Split the Difference: Negotiating As If Your Life Depended On It―Unlock Your Persuasion Potential in Professional and Personal Life" китоби. (Ҳеч қачон ён берманг: ҳаётингиз шунга боғлиқдек музокаралар олиб боринг - касбий ва шахсий ҳаётингизда ишонтириш салоҳиятингизни очинг)


Китоб 2026 йилда ўзбек тилида чоп этилади.

#asaxiypro

Читать полностью…

Asaxiy Books

Asaxiy ovozi aniqlandi!

Yuzdan ortiq ishtirokchilar, turli usulda sinovlar va 1 dona g‘olib!


Asaxiy ovozi tanlovi rasman yakunlandi va sizga g‘olib ismini e'lon qilishdan baxtiyormiz. Tanlov g‘olibi va Asaxiy ovozi:

🏆 Salohiddin Abduhakimov

Tanlovning barcha ishtirokchilariga minnatdorlik bildiramiz. G‘olibimizni tabriklaymiz va yangi hamda mas’uliyatli faoliyatda omad tilaymiz!

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Fotih Duman: Men. Bas qil, ey nafs

#yana_sotuvda

Ichingizda bir ovoz siz bilan gaplashadimi? Siz jim bo‘lgan paytingizda ham u gapiraveradimi?

Kimdir uni "ichki ovoz" desa, yana kimdir uni "Menlik" deb ataydi, ammo eskilar buni "nafsning ovozi", "nafs" deb atashadi... Ushbu kitob o‘sha nafs tilidan xitob qilinadigan hikoya hisoblanadi.

Kitobga buyurtma berish
👉 asaxiy.uz/u/men

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

#book_review #kitobxon_fikri

O‘lim nima? Kod yoziladigan qatordagi end tugmasimi?


Kecha, nihoyat, Erve Le Tellyening “Anomaliya” asarini o‘qib tugatdim. Kitobni stolim ustida ko‘rgan hamkasblarimdan biri “anomal issiq haqida kitob o‘qiyapsizmi?” deb hazillashdi. Biz anomal so‘zini faqat ob-havo ma’lumotlarida eshitib o‘rganib qolganmiz, aslida u keng tushuncha, barcha sohalarga aloqador.

Anomaliya – bu g‘ayrioddiy, boshqalardan ajralib turadigan holat yoki hodisa. U barcha sohalarda (tibbiyot, IT, iqlim, statistika) ishlatilishi mumkin bo‘lgan tushuncha. Bizda hozircha faqat energetiklar lug‘atida ko‘p foydalaniladi. Xullas, “Anomaliya” – anomal issiq/sovuq haqida asar emas.

Kitobga qaytsak, “Anomaliya” qisqa muddatda 1 milliondan ortiq nusxasi sotilgan, adabiyot bo‘yicha obro‘li mukofotlaridan biri Gonkur mukofotini qo‘lga kiritgan. Kitob “Xalq banki” moliyaviy ko‘magida Asaxiy books tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan. Kitob ilmiy-fantastik janrda, “simulyatsiya nazariyasi”ga tayanadi. Bu nazariyaga ko‘ra: biz yashayotgan dunyo aslida haqiqiy emas, balki rivojlangan texnologiya yordamida yaratilgan sun’iy simulyatsiya (kompyuter modeli) bo‘lishi mumkin. Asarda bu holat badiiy va emotsional nuqtai nazardan yoritiladi. Bir samalyot (243 nafar) odamning 106 kun o‘tib nusxalari paydo bo‘ladi. Yozuvchi bu vaziyatga turli nuqtalardan qarashga harakat qiladi. Olimlar qanday reaksiya qiladi, siyosatchilar-chi, dindorlar nima deydi, jamiyat va eng asosiysi o‘zining 2-nusxasi paydo bo‘lgan odamlar qanday tuyg‘ularni boshidan kechiradi. Kimdir 106 kun ichida sevgisidan ayrilgan, boshqasi muntazam zo‘ravonlik qurboni, yana biri mashhurlik cho‘qqisida, kimdir esa allaqachon o‘lib bo‘lgan.

Kitobda qahramonlar ko‘p: advokat, yozuvchi, yollanma qotil, mashhur repper. Bu sizni biroz chalkashtirib yuborishi mumkin (o‘zim ham bu qaysi qahramon edi deb ismlarni avvalgi sahifalardan bir necha bor tekshirib oldim). Lekin nazarimda busiz bo‘lmasdi, yozuvchi 243 kishining har biriga to‘xtalmaganiga ham shukur.

Kitobni o‘qib bo‘gach, “simulyatsiya nazariyasi” haqida qiziqib ko‘rdim. Bu nazariya hali biror-bir shaklda isbotlangan bo‘lmasa-da unga ishonuvchilar topiladi. Umuman fantastik asarlarni o‘qish qiziq, u tasavvurlarni kengaytiradi, qahramonlar o‘rniga o‘zingizni qo‘yib ko‘rish, turli savollarga javob izlashga undaydi.

Darvoqe, inson qarshisida bir kuni aynan o‘zining nusxasi qarshisidan chiqdi. Asarda kimdir nafrat, kimdir uyat, yana kimdir quchoq ochib, hatto qotillik qilib, kimdir kuchli qo‘rquvda qarshi oladi. Biz-chi, bu holatga tushsak o‘zimizni qanday tutardik? Inson o‘zi bilan o‘zi ro‘baro‘ chiqishga qay darajada tayyor?

Asarda eng ta’sirli nuqtalardan biri mashhur, boy, lekin o‘zini berkitgan, jamiyat bosimidan qo‘rqqan qahramonning iqrori: “Men dunyoni aldadim. Eng yomoni – o‘zimni ham”.

Xullas, kitobni o‘qishni tavsiya qilaman, balki sizning xulosalaringiz umuman boshqacha bo‘lar.


© pozitsiya

Читать полностью…

Asaxiy Books

Sizni ajoyib sayohat kutmoqda 🌍⚓

Sarguzasht kitoblar nafaqat vaqtni maroqli o‘tkazish, balki fikrlash doirasini kengaytirish, tasavvurni kuchaytirish va dunyoga o‘zgacha nigoh bilan qarashga yordam beradi. Jyul Vernning "Kapitan Grant bolalari" kitobi esa bu foydalarni ortig‘i bilan taqdim qiladi.

Bu kitobda ikki farzand yo‘qolgan otasini izlab butun dunyo bo‘ylab sirli, xavfli va hayajonli sayohatga otlanadi. Kitob sarguzasht bilan birga geografik bilimlar, insoniylik, sadoqat va qat’iyatni o‘zida namoyon qiladi. Undagi voqealar bolalarni ham, kattalarni ham birdek qiziqtira olishi shubhasiz.

Muqova: yumshoq
Nashriyot: Asaxiy Books
Narx: 75 000 so‘m
Sahifa: 688 bet

🌊 Kitobni mutolaa qiling va sarguzashtlar kemasida suzishni boshlang: asaxiy.uz/u/kapitan_grant_bolalari

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Sizga yanada yaqinroqmiz - Asaxiy Yunusobod filiali ish boshladi🎉

Asaxiyning 11-filiali Yunusobod tumanida ishga tushirildi. Yangi do‘konimizda ajoyib kitoblar, kanstovarlar va foydali gadjetlarni xarid qilishingiz mumkin. Asaxiydan buyurtmalaringizni ham shu do‘kondan qabul qilish imkoniyati mavjud.

Ochilish kuni munosabati bilan 14-iyuldan 21-iyulgacha barcha kitoblarga 20% chegirma e'lon qilamiz. Yangi do‘konimizda mehmon bo‘ling va sevimli kitoblaringizni chegirmada oling!

Ish vaqti:
09:00 - 22:00
Telefon raqam: 77 265 06 45
Manzil: Yunusobod dahasi, 11-mavze, 7

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Balki bugun? Balki ertaga? Yoki... hoziroq🤭

Sizni do‘konlarimizda bir-biridan ajoyib kitoblar va iliq muhit kutadi. O‘zingizga qulay manzilni tanlang va yaqinlar bilan tashrif buyuring.

Manzillarimiz (ustiga bosing):

📍Asaxiy Chorsu
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Telefon raqam: 95 805 06 45
Manzil: 41.3229497,69.2400203,18.7z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.3226944!4d69.2406111?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI1MDYyMy4yIKXMDSoASAFQAw%3D%3D">Alisher Navoiy koʻchasi, 40

📍Asaxiy Xalqlar do‘stligi
Ish vaqti: 09:00 - 23:00
Telefon raqam: 99 745 06 45
Manzil: 41.309483,69.2407111,17z/data=!3m1!4b1!4m4!3m3!8m2!3d41.309483!4d69.243286?entry=ttu">Furqat ko‘chasi, 15A

📍Asaxiy Buyuk Ipak Yo‘li
Ish vaqti: 09:00 - 23:00
Telefon raqam: 77 305 06 45
Manzil: Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 51

📍Asaxiy Novza
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Telefon raqam: 90 035 06 45
Manzil: Muqimiy koʻchasi, 142/1

📍Asaxiy Kitob olami
Ish vaqti: 09:00 - 23:00
Telefon raqam: 90 036 06 45
Manzil: Mustaqillik shoh ko‘chasi, 6

📍Asaxiy Panorama
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Telefon raqam: 99 393 06 45
Manzil: 41.320328,69.262226,16z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.320328!4d69.262226">Alisher Navoiy koʻchasi, 11A

📍Asaxiy Farhod bozori
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Telefon raqam: 90 065 06 45
Manzil: 41.2871646,69.1872334,16z/data=!4m2!3m1!1s0x38ae89f983a69edd:0x427c98bf5dbae658?hl=ru-uz">Lutfiy koʻchasi, 75PP+VV9

📍Asaxiy Nurafshon
Ish vaqti: 09:00 - 18:00
Telefon raqam: 77 051 06 45
Manzil: Toshkent yo‘li ko‘chasi, 56A

📍Asaxiy Beruniy
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Telefon raqam: 90 061 06 45
Manzil: Talabalar ko‘chasi, 16D

📍Asaxiy Sergeli
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Telefon raqam: 90 029 06 45
Manzil: Mirzo Tursunzoda ko‘chasi, 1A


🖥 Siz Asaxiyning qaysi filialiga ko‘proq tashrif buyurasiz? Izohlarda yozib qoldiring

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Ruhiy tarbiya kitobi #super_narx taklifida

📚Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ruhiy tarbiya

"Ruhiy tarbiya" asari dinimizning tamal toshlaridan biri bo‘lmish nafs tarbiyasi masalalariga bag‘ishlangan. Ushbu to‘plam "Poklanish", "Tiklanish" va "Xulqlanish" deb nomlangan uch kitobdan iborat.

Kitoblar nafsni poklash, axloqni sayqallash kabi ruhiy kamolot bosqichlariga oid masalalarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, nafs va qalbdagi turli xastaliklarning bayoni, ulardan poklanish yo‘llari va ruhiy kamolotning bosqichlari batafsil yoritiladi.

To‘plam narxi: 299 000 so‘m
Super narx chegirmasida: 189 000 so‘m

Taklif muddati cheklangan, super narxda buyurtma bering: asaxiy.uz/u/ruhiy_tarbiya

Читать полностью…

Asaxiy Books

Hokimiyat va strategiya haqida ikki kuchli asar 💡

"Hokimiyatning 48 qoidasi"
- hokimiyat qanday ishlashini ochiq va realistik usulda tahlil qiladi.

"Urush san’ati" - urush maydonidagi harakatlar orqali hayotiy strategiyalarni o‘rgatadi.

Bu ikki asar strategik fikrlash va g‘alabaga erishish yo‘llarini ko‘rsatib beradi. His-tuyg‘u bilan emas, hisob-kitob bilan harakat qilishga undaydi. Hozir bir kitob uchun to‘lov qilib, ikkisini olish imkoni mavjud.

Taklifdan foydalaning: asaxiy.uz/u/67d914ad20551

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

#book_review #kitobxon_fikri

📙 ”Toʻrtinchi sanoat inqilobi"
🖋️ Klaus Shvab
📖 248
Tarjimon: Sarvinoz Qosimova

Klaus Shvab bu kitobda insoniyat bugungi kunda ilgari hech qachon ko‘rmagan darajadagi texnologik o‘zgarishlar davriga kirib kelganini ta’kidlaydi. Bu o‘zgarishlar "To‘rtinchi sanoat inqilobi" deb nomlanadi. Bu davrning asosiy farqi — texnologiyalar nafaqat ishlab chiqarishni, balki inson hayotining barcha sohalarini tubdan o‘zgartirayotganidir.

Kitobda muallif sanoat inqiloblarini quyidagi bosqichlarga bo‘ladi:
Birinchi sanoat inqilobi – bug‘ dvigateli va mexanizatsiya davri (18-asr oxiri).
Ikkinchi sanoat inqilobi – elektr energiyasi, konveyer va koʻp sonli ishlab chiqarish (19-asr oxiri – 20-asr boshlari).
Uchinchi sanoat inqilobi – kompyuter va avtomatlashtirish davri (20-asrning ikkinchi yarmi).
To‘rtinchi sanoat inqilobi – sun’iy intellekt, internet, genetik muhandislik, robototexnika, blokcheyn, 3D-printer, kvant hisoblash, virtual reallik kabi texnologiyalar davri.

Toʻrtinchi inqilob xususiyatlari:
bu inqilob tez sodir bo‘lmoqda (yarim asr emas, balki bir necha yil ichida o‘zgarishlar yuz beradi),
keng qamrovli (butun dunyo va barcha sohalarga ta’sir qiladi),
chuqur (inson ongi va ijtimoiy tuzilmalargacha kirib boradi).
Quyida muallif texnologik taraqqiyotning ijobiy va salbiy tomonlarini ochib beradi:
Ijobiy tomonlar:
✓Hayot sifati yaxshilanadi.
✓Sog‘liqni saqlashda texnologiyalar tufayli uzoq umr ko‘rish imkoniyati.
✓Ishlab chiqarishda samaradorlik ortadi.
✓Yangi sohalar, kasblar paydo bo‘ladi.
Salbiy tomonlar:
- Ishsizlik (ayniqsa, oddiy ishchilar orasida).
- Kambag‘allar bilan boylar o‘rtasidagi tafovut kuchayishi.
- Shaxsiy hayotga tahdid (raqamli kuzatuv).
- Texnologik savodsizlik va ma’lumotga egalik muammosi.

Shvab hukumatlar, tadbirkorlar, olimlar, fuqarolik jamiyati va har bir inson bu inqilobni faol va ongli tarzda boshqarishi kerakligini jar soladi. Aks holda, texnologiyalar odamzod ustidan nazoratni qo‘lga kiritishi mumkin. Muallif insonparvarlik tamoyillarini texnologik taraqqiyot bilan uyg‘unlashtirish zarurligini taklif qiladi.

"To‘rtinchi sanoat inqilobi" — bu faqat texnologiyalar haqida emas, balki insoniyatning kelajagi, erkinlik, adolat va axloq haqida ham kitobdir. Klaus Shvab bu asari orqali bizni ogohlikka, hamjihatlikka va texnologiyalarni boshqarishda mas’uliyatli bo‘lishga chorlaydi.
Kitobni texnologiya, ijtimoiy fanlar, iqtisod yoki kelajak istiqbollari bilan qiziqadigan har bir o‘quvchiga tavsiya qilaman.

© Saida Hamid

Читать полностью…

Asaxiy Books

Baxt bu...

...chiroyli muqova, sifatli nashr, ajoyib syujet va yoqimli kitob hidining bir paytda mavjudligi.

🌊"Graf Monte-Kristo" kitobining premium nashri shu xislatlarni o‘zida jamlagan. Qayta tahrir qilingan. To‘liq. Senzurasiz. Premium sifatda.

Buyurtma bering va javoningizni klassik asar bilan boyiting: https://asaxiy.uz/u/graf

P.S. Kitob uchun berilgan premyera chegirmasi 14-iyulda nihoyasiga yetadi. Undan keyingi narx - 199 000 so‘m

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Iyun oyi suhbatida faol bo‘lib, iyul oyi suhbat kitobini yutib olgan kitobxonlarimiz:

- Umidaxon Nurillayeva
- Zuhra
- Madina

G‘oliblarni tabriklaymiz, ishtirok va fikrlar uchun rahmat. @asaxiy_marketing profiliga ma’lumot qoldirsangiz, sovg‘angizni yetkazib beramiz.

Читать полностью…
Subscribe to a channel