asaxiybooks | Unsorted

Telegram-канал asaxiybooks - Asaxiy Books

23473

Sevimli kitob do’koningiz💙 🚚 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beramiz. 📦 Buyurtma va savollar uchun: @asaxiybot / 71 200 01 05 • Do‘konlarimiz manzili: https://asaxiyuz.taplink.ws/ • Hamkorlik va takliflar: @asaxiy_marketing • Ulgurji savdo: @NX_001

Subscribe to a channel

Asaxiy Books

Barcha buyurtmalarni yetkazish bepul!

Bugun va ertaga qoldirilgan barcha buyurtmalar O‘zbekistonning istalgan hududiga uygacha bepul yetkazib beriladi.

Aksiya ertaga 23:59gacha amal qiladi. Taklifdan foydalanib texnika, gadjetlar, kitoblar va boshqa tovarlarni xarid qiling 🚚

Katalog, narxlar va buyurtma uchun: www.asaxiy.uz

Читать полностью…

Asaxiy Books

Farzandlaringiz uchun "Aqlli boshqotirmalar"

🧩 Bu kitoblar bolalarning aqliy salohiyatini oshirish, fikrlashini yaxshilash va boshlang‘ich ilmlarni oson o‘rganishiga katta yordam beradi.
 
Kitoblardan shu kabi topshiriqlar o‘rin olgan:
- Baland-past, katta va kichkina shakllar orasidagi farqlar
- Farq tushunchasi, raqamlar, ko‘p va kam tushunchalari
- Bo‘laklarni to‘g‘ri joylashtirish
- Simmetrik shakllardan foydalanish
- Koordinatalar va vaqt jadvalidan foydalanish
- O‘xshash va farq tushunchalari
- Toq va juft narsalar, ketma-ket joylashgan narsalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni topish
- Labirintdan chiqish yo‘lini topish
- Tez va sekin tushunchalarini o‘rganish

Diqqatni yaxshilovchi va zehnni o‘stiruvchi bu mashqlar bolalarga foydali bo‘ladi.

Narxi: 25 000 so‘mdan
Farzandingiz uchun buyurtma bering: asaxiy.uz/u/aqlli_boshqotirmalar

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bizning javob: 🛫🌪👥

O‘z javobingizni izohlarda qoldiring👇

Читать полностью…

Asaxiy Books

Amirqul Po‘lkan: Sen oyday uzoqsan, Malagim

🌕 Ushbu kitobga o‘zbek dostonchiligining asoschilaridan biri Muhammadqul Jomurod o‘g‘li Po‘lkan shoirning nabirasi – taniqli shoir, tarjimon, publitsist Amirqul Po‘lkanning sara she’rlari, dostonlari va tarjimalari kiritilgan.

Shu bilan birga, kitobdan muallifning hikoyalari, esselari va publitsistik risolalarini ham mutolaa qilishingiz mumkin.

Muqova: qattiq
Nashriyot: Ijod nashr
Narx: 109 000 so‘m
Sahifa: 496 bet

Buyurtma uchun havola: asaxiy.uz/u/6797237076fd8

Читать полностью…

Asaxiy Books

- Kitob hayotni o‘zgartirishi mumkinmi?
- Agar u "Samaradorlikning 21 yo‘li" kitobi bo‘lsa javob "HA"


Yanvar oyi audio suhbati nihoyasiga yetdi. Ajoyib suhbat uchun, xulosalar va savollarga javoblar uchun barchangizga rahmat. Kitob sizga yoqqanidan va foyda berganidan xursandmiz.

Keyingi suhbatlarimizda ham ishtirokingizni kutamiz😇

Читать полностью…

Asaxiy Books

Muammo ko‘p, yechim bitta

Zamonaviy inson hayotida stress, uyqusizlik, tartibsizlik va fokus yetishmovchiligi keng tarqalgan muammolar hisoblanadi.

Ammo bunday muammolarni osongina yengib o‘tadigan bir qatlam bor – bu kitobxonlar.

Kitob o‘qish nafaqat yuqoridagi masalalarga yechim, balki ichki xotirjamlik va intellektual o‘sishga ham yo‘l ochadi. Kuniga ikki mahal kitob o‘qishni odat qilsangiz hayotingiz sifati sezilarli darajada yaxshilanadi.

Boshlang – natijalar sizni hayratda qoldiradi!

Читать полностью…

Asaxiy Books

Oddiy sovg‘a yaxshi, mehr bilan o‘ralgani esa yaxshiroq 🎁

Sovg‘aga nisbatan yondashuv sovg‘a oluvchining sizga qanchalik qadrli ekanini bildiradi. Shu bilan birga, sizning e’tiborli insonligingizni ajratib ko‘rsatadi.

Ajoyib sovg‘alarni chiroyli taqdim qilish uchun Asaxiy sizga yordam beradi. Endi barcha do‘konlarimizda va onlayn xarid vaqtida sovg‘a o‘rash xizmatidan foydalanishingiz mumkin🫰

Xizmat narxi: 20 000 so‘m

Читать полностью…

Asaxiy Books

Yalang‘och iqtisodiyot kitobi ✌️ yoshda

Bugun murakkab sohani sodda tilda tushuntiradigan kitob chiqqaniga 2 yil to‘ldi.


Kitobda iqtisodiyotning mohiyati hamda dolzarb masalalari sodda va tushunarli, barchamizga tanish hayotiy misollar bilan yoritilgan. Iqtisodiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan bu kitob oddiy insonni iqtisodni tushunadigan o‘qimishli fuqaroga aylantiradi.

Kitob murakkab chizmalar yoki sirli formulalarsiz iqtisodiyotni o‘rganish mumkinligini isbotlaydi. Shu sabab "Yalang‘och iqtisodiyot" kitobidan bir nechta universitetlar darslik sifatida foydalanmoqda.

📊 Sizga ham bu kitob mutolaasini tavsiya qilamiz. 25-yanvargacha ASAHI promokodi bilan uni 20% chegirmada olishingiz mumkin.

Kitob havolasi: asaxiy.uz/u/yalangoch_iqtisodiyot

Читать полностью…

Asaxiy Books

Serqirra daho haqida Asaxiy Books ilovasida o‘qing 📲

Barcha zamonlarning eng buyuk fizik olimi Albert Eynshteyn haqidagi kitobning elektron shakli ilovamizga joylandi. Endi dunyoning istalgan joyida uni mutolaa qilish mumkin.

🧪 "Dunyo daholari" ruknidagi bu kitob Eynshteynning ziddiyatlarga boy serqirra ilmiy faoliyati va hayoti haqida bolalar tilida so‘zlaydi. Shu asnoda barcha bolalar ham buyuk bo‘lishi va dunyoga ijobiy ta’sir o‘tkazishi mumkinligini ta’kidlaydi.

Narxi: 19 990 so‘m
Ilova orqali mutolaa qiling: https://asaxiy.uz/apps/books

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

O‘tgan hafta qaysi kitob ko‘p sotildi?

Rasm orqali haftalik reyting bilan tanishib chiqing.

Bu haftada qaysi kitob TOP bo‘ladi deb o‘ylaysiz? Izohlarda yozib qoldiring🙂👇

Читать полностью…

Asaxiy Books

Kafolat beramiz, o‘zbek tilida hali bunaqasini o‘qimagansiz.

Читать полностью…

Asaxiy Books

Asaxiydan yana bir hayajonli premyera – Erve Le Tellyening "Anomaliya" kitobi endi o‘zbek tilida!

"Anomaliya" - fransuz yozuvchisi Erve Le Tellye tomonidan postmodern uslubda yozilgan, detektiv va psixologik drama elementlarini birlashtirgan fantastik roman. U Fransiyada qisqa muddatda bestsellerga aylangan va Gonkur mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Asarda zamonamiz insonlarining hayotidagi noaniqliklar va o‘z-o‘zini anglash jarayoniga urg‘u berilgan. Unda murakkab ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar, insonning ichki kurashlari hamda jamiyatdagi anomaliyalar yorqin tasvirlangan.

Kitob "Xalq banki" bilan hamkorlikda chop etilmoqda. Kitobxonlikka qo‘shayotgan hissasi uchun bank rahbariyatidan minnatdormiz.

Tarjimon: Bobur Yo‘ldoshev
Muqova: qattiq
Nashriyot: Asaxiy Books
Narxi: 99 000 so‘m 60 000 so‘m

Kitobga oldindan buyurtma bering va uni birinchilardan bo‘lib o‘qing: asaxiy.uz/u/anomaliya

P.S. Oldindan buyurtmalar 25-yanvardan boshlab yetkaziladi

Kafolat beramiz, hali bunaqasini o‘qimagansiz.


@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

⚽️ Siz futbolga qiziqasizmi?

Futbol muxlislari va ularning farzandlari uchun Diyego Robertoning kitoblari sotuvga keldi. Ushbu kitoblar dunyodagi eng mashhur futbolchilar haqidagi ma’lumotlarni va ularning muvaffaqiyat hikoyalarini o‘zida jamlagan.

🏆 Mutolaa orqali siz futbolchilarning bolaligiga sho‘ng‘iysiz, futbol maydonidagi birinchi qadamlar, professional jamoalardagi sarguzashtlar va katta o‘yinlardagi g‘alaba lahzalari haqida bilib olasiz. Kitoblarga buyurtma bering va futbolning sehrli olamini kashf qiling.

Sahifa: 160 bet
Muqova: yumshoq
Narx: 29 000 so‘mdan

Buyurtma berish: asaxiy.uz/u/futbolchilar_hayoti

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Da Vinchi haqida Asaxiy Books ilovasida o‘qing 📲

Zamonasidan ilgarilab ketgan aql sohibi deb tasvirlangan da Vinchi haqida "Dunyo daholari" ruknida so‘zlaymiz.

Bu kitobda Leonardoning hayot yo‘li va faoliyati o‘zining tilidan maroqli tarzda hikoya qilinadi. Kitob nihoyasida esa da Vinchi ijodidan eng sara ertaklar o‘rin olgan.

Kitobning elektron shakli Asaxiy Books mobil ilovasiga joylandi. Ilovaga o‘ting va mutolaa qiling: https://asaxiy.uz/apps/books

* Ijodkorlikni rivojlantirish uchun kuniga kamida ikki mahal kitob o'qish tavsiya etiladi

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

🇺🇿 Vatan himoyachilari kuni muborak!

Bugun vatani va oilasini jasorat bilan himoyalovchi barcha erkaklarni bayram bilan tabriklaymiz!

Sizlarga sog‘liq, baxt, omad va tinchlik tilaymiz! Har biringiz biz uchun qadrlisiz, o‘zingizni ehtiyot qiling.

Hurmat bilan,
Asaxiy oilasi

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Anomaliyani qayerdan olish mumkin?

Asaxiyning PREMYERA kitobi - "Anomaliya"ni onlayn buyurtma berish bilan birga do‘konlarimizdan ham xarid qilish imkoni mavjud.

Manzillarimiz:

📍Asaxiy Novza
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: Muqimiy koʻchasi, 142/1

📍Asaxiy Kitob olami
Ish vaqti: 09:00 - 23:00
Manzil: Mustaqillik shoh ko‘chasi, 6

📍Asaxiy Kamolon
Ish vaqti: 10:00 - 18:00
Manzil: Bunyodkor ko'chasi, 8B

📍Asaxiy Panorama
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: 41.320328,69.262226,16z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.320328!4d69.262226">Alisher Navoiy koʻchasi, 11A

📍
Asaxiy Farhod bozori
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: 41.2871646,69.1872334,16z/data=!4m2!3m1!1s0x38ae89f983a69edd:0x427c98bf5dbae658?hl=ru-uz">Lutfiy koʻchasi, 75PP+VV9

📍Asaxiy Xalqlar do‘stligi
Ish vaqti: 09:00 - 23:00
Manzil: 41.309483,69.2407111,17z/data=!3m1!4b1!4m4!3m3!8m2!3d41.309483!4d69.243286?entry=ttu">Furqat ko’chasi, 15A

📍Asaxiy Beruniy
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: Talabalar ko‘chasi, 16D

📍Asaxiy Sergeli
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: Mirzo Tursunzoda ko‘chasi, 1A


Barchasini bittada ko‘rish: asaxiy.uz/u/manzillar
Onlayn xarid qilaman desangiz 👉 asaxiy.uz/u/anomaliya

Kafolat beramiz, o‘zbek tilida hali bunaqasini o‘qimagansiz.

Читать полностью…

Asaxiy Books

Юй Хуа: Яшамоқ

#яна_сотувда

Ўғлимни тупроққа топширишим керак эди, бироқ ундан ажрала олмаётгандим. Ота-онамнинг қабрлари пойига чўкдим ва Ючинни бағримга босдим, уни ерга қўёлмаётгандим. Аста елкамга суядим, юзлари ҳам қотиб қолганди, худди елкамда бир парча муз тургандек гўё ....


Муқова: Юмшоқ
Нашриёт: Ҳузур
Нарх: 79 000 сўм
Саҳифа: 280 бет

Буюртма учун ҳавола: asaxiy.uz/u/66920d346a59e

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Jamiyatda nima bilan ajralib turishni o‘zingiz tanlang

Siz kim ekanligingizni qarorlaringiz belgilaydi. To‘g‘ri qaror esa bu yerda.

Читать полностью…

Asaxiy Books

"Anomaliya" - haftaning eng TOP kitobi

O‘tgan hafta uchun Top 5 reytingi bilan tanishing:

1. Erve Le Tellye: Anomaliya - 99 000 so‘m 60 000 so‘m
2. Jorj Oruell: 1984 - 50 000 so‘m
3. Jeyms Klir: Atom odatlar - 60 000 so‘m 54 000 so‘m
4. Jorj Oruell: Molxona - 35 000 so‘m
5. Kel Nyuport: Diqqat - 60 000 so‘m

* Hayotni tartibga solish uchun kuniga kamida ikki mahal kitob o‘qish tavsiya etiladi.

Читать полностью…

Asaxiy Books

Ertaga suhbat kunimiz 🐸

Oyda bir bo‘ladigan kitob suhbatimiz kuni ham deyarli keldi. Ertaga siz tanlagan "Samaradorlikning 21 yo‘li" kitobi haqida audio-chat o‘tkazamiz.

Suhbatda kitob haqida gaplashamiz va fikr-xulosalar bilan bo‘lishamiz. Faol bo‘lgan 3 ishtirokchiga keyingi suhbat kitobi sovg‘a qilinadi.

Sana: 26-yanvar
Format: onlayn
Vaqt: 20:00

Ajoyib suhbat bo‘ladi, davramizda sizni ham ko‘rishdan xursand bo‘lamiz 🤗

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

1924 - Туркистоннинг парчаланиши

Қаҳрамон Ражабов муаллифлигида ёзилган бу китобда 1924 йил - Туркистон халқлари учун бошланган қора кунлар ҳақида сўз боради.

📜 Большевикларнинг "миллий-ҳудудий чегараланиш" сиёсати ўзбек халқини бўлиб, минтақани парчалаб ташлади. Ўзбекистон ССР, бошқа иттифоқдош ҳамда автоном республикалар ва вилоятлар тузилиши билан "миллий мустақиллик" ҳақида гап кетди, лекин ҳақиқатда бу фақатгина совет давлатининг бўлаклари эди.

Бу китоб сизга 1924-йилги воқеаларни ҳақиқий юзини очиб беради. Ушбу монография архив ҳужжатлари, "мутлақо махфий" маълумотлар, ўша давр матбуоти материаллари ва тарихий адабиётларнинг таҳлили асосида ёзилган.


Муқова: қаттиқ
Нашриёт: Фан
Нарх: 55 000 сўм
Саҳифа: 176 бет

Туркистон тарихи сизга қизиқ бўлса буюрма беринг: asaxiy.uz/u/1924

Сиз бу давр тарихига қизиқасизми?

Читать полностью…

Asaxiy Books

Anomaliya kitobini varaqlab ko‘ramizmi?)

🛫 Premyera kitob haqida ijobiy izohlar kelishni boshladi, kitob sizga yoqayotganidan xursandmiz. Kitobning ichki qismi va mundarijasini so‘raganlar uchun uning real rasmlarini taqdim qilamiz.

🛬 "Anomaliya" kitobi insonning ichki kurashlari va o‘zini anglash jarayoniga urg‘u beradi. Erve Le Tellyening o‘ziga adabiy mahorati orqali kitob tasavvurlaringizni shubha ostiga qo‘yadi hamda sizni dunyo va undagi o‘rningiz haqida o‘ylashga majbur qiladi.

Kafolat beramiz, o‘zbek tilida hali bunaqasini o‘qimagansiz.

Kitob haqida bilish va buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/anomaliya

Читать полностью…

Asaxiy Books

Yangi loyihada ishtirok eting

Asaxiy yangi loyiha ishlab chiqmoqda va sizda uning bir qismi bo‘lish imkoni bor.

📈 Loyiha barcha uchun foydali bo‘lishini ta’minlash maqsadida fikrlaringizni yaxshiroq o‘rganmoqchimiz. Xalqimiz hayotini va iqtisodiy holatini yaxshilashga xizmat qiladigan ish boshida turibmiz. Unda siz ham qatnashsangiz xursand bo‘lamiz.

Qoldirilgan so‘rovnomani to‘ldiring va o‘z tajribangizni bo‘lishish orqali loyiha rivojiga hissa qo‘shing.

So’rovnoma havolasi: https://forms.gle/wHJVuCdba7Rp5CpW8

Читать полностью…

Asaxiy Books

RASMIY XABAR!

Shu kunlarda Angliyaning Manchester City jamoasi kiyimlarida brendimiz nomi xato yozilganligi haqida koʻplab shikoyat va arizalar kelib tushmoqda.

Bu yuzasidan shuni maʼlum qilamizki, Manchester Cityga ma'lumotlar taqdim etgan xodimimiz hujjatlarni oʻzbek tilida joʻnatgan. Koʻrinishidan, Manchester City xodimlari brend nomini tarjimon dasturi orqali oʻgirishgan va jiddiy xatoga yoʻl qoʻyishgan. Bu masalada amaliy harakatlar qilish yuzasidan ishchi guruh tuzildi va tezkor chora tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda.
Hurmatli mijozlarimizdan uzr soʻraymiz. Tushuninglar, Manchesterda endi-endi oʻzbekcha gapirib boshlashdi.

Bizga yetib kelgan xabarlarga koʻra, Yaponiyalik josuslar mijozlarlarimizni u yaponlarning "Asahi" brendi ekanligiga ishontirishga harakat qilishayotgan ekan. Biz buni keskin qoralaymiz va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi yapon josuslariga duch kelganda bizga tezkor murojaat qilishlarini soʻrab qolamiz.
www.asaxiy.uz - hammamizning internet - doʻkonimiz!

Tushunmovchilik uchun mijozlarimizdan uzr soʻragan holda, 25-yanvargacha "Asaxiy Books" kitoblariga 20 foiz chegirma taqdim etamiz. Chegirma uchun kupon kodi: Asahi

@asaxiyuz

Читать полностью…

Asaxiy Books

Asaxiydan navbatdagi PREMYERA - "Anomaliya" kitobi va nihoyat sotuvda!

Loyiha tarixida ilk bor fransuz adabiyotidan tarjima asar


"Anomaliya" - fransuz yozuvchisi Erve Le Tellyening detektiv va psixologik drama elementlarini birlashtirgan fantastik romani. Kitob Gonkur mukofotiga sazovor bo‘lgan va 40 dan ortiq tilga tarjima qilingan.

Romanda anomaliya sababli qahramonlarning qadriyatlari va o‘ziga ishonchi sinovdan o‘tadi. Har bir qahramon hayotidagi anomaliyalarni qabul qilish, ulardan saboq olish va o‘z yo‘lini topishga intiladi. Kitobda asosiy urg‘u inson hayotidagi noaniqliklar va o‘z-o‘zini anglash jarayoniga berilgan.

Kitob "Xalq banki" bilan hamkorlikda chop etildi. Kitobxonlik rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun bank rahbariyatidan minnatdormiz.

Tarjimon: Bobur Yo‘ldoshev
Muqova: qattiq
Sahifa: 384 bet
Narxi: 99 000 so‘m
Chegirmada: 60 000 so‘m

Kafolat beramiz, o‘zbek tilida hali bunaqasini o‘qimagansiz.

Buyurtma bering va bunga o‘zingiz guvoh bo‘ling: asaxiy.uz/u/anomaliya

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

1.5 soatda hayotingizni tartibga soladigan yechimni biz bilamiz💯

Real natija kerak bo‘lsa havoladan o‘ting: asaxiy.uz/u/samaradorlik

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Xo‘sh, siz nima deysiz?

Qanday qilib bildirmasdan bildirish mumkin🤔

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bestseller to‘plamini muddatli to‘lovga oling!

Asaxiyning Yil bestsellerlari to‘plami Xazna nasiya hamkori bilan 0-0-6 muddatli to‘lovi asosida taklif qilinmoqda. Bunda to‘plam narxini hech qanday boshlang‘ich to‘lov va ustamalarsiz 6 oyga bo‘lib to‘lash mumkin.

🏆 To‘plamdan yil davomida O‘zbekiston bo‘ylab eng ko‘p sotilgan Top 20 kitob o‘rin olgan. Uni xarid qilish orqali bir deganda 20 xil badiiy, shaxsiy rivojlanish, romantik, antiutopik va ilmiy-ommabop kitoblarga ega bo‘lish mumkin.

O‘zingizga yoki yaqinlarga sovg‘a qiling, pulini esa 6 oyda bo‘lib to‘lang.

Taklif bilan tanishish va buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/bestseller-2024

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bayramga sovg‘a olish uchun hali kech emas)

To‘plamlardan birini tanlang va onlayn yoki do‘konlarimizda xarid qiling. Bu kitoblar bir necha kunlik xursandchilikdan tashqari bir umrlik bilim va tajribalar ham beradi.

To‘g‘ri tanlov qiling 👉 asaxiy.uz/u/erkaklar_uchun

Читать полностью…

Asaxiy Books

Xalq banki kartasi bilan to‘lang va chegirma oling 💳

Asaxiy va Xalq banki hamkorlikda sizni xursand qilishda davom etadi


Endi Asaxiy.uz sayti orqali xarid qilayotganda Xalq banki kartasi orqali to‘lov qilib chegirmalarga ega bo‘lish mumkin. Taklif saytdagi barcha mahsulotlarni 2% dan 20% gacha arzonroq olish imkonini beradi.

💰 Shunchaki ikki hamkor mijozi bo‘lganingiz sabab pullaringiz tejaladi.

Asaxiy.uz sayti yoki Asaxiy Market ilovasi orqali bugunoq sinab ko’ring!

@asaxiyuz

Читать полностью…
Subscribe to a channel