Sevimli kitob do’koningiz💙 🚚 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beramiz. 📦 Buyurtma va savollar uchun: @asaxiybot / 71 200 01 05 • Do‘konlarimiz manzili: https://asaxiyuz.taplink.ws/ • Hamkorlik va takliflar: @asaxiy_marketing • Ulgurji savdo: @NX_001
Juda ham kuchli kitob juda ham tavsiya qilaman hamma uchun yosh-u qari, tushunarli yozilgan. Mening eng sevimli kitoblarim ro'yxatida turadi
Читать полностью…Bugunning syurpriz chegirmasi!
Tungi 23-59ga qadar: https://asaxiy.uz/uz/product/charlz-uilan-yalangoch-iktisodiet
#super_narx
@asaxiybooks
Kitob yarmarkasida mehmonimiz bo‘ling😇
"Noshirdan kitobxonga" tamoyili asosida o‘tkazilayotgan kitob yarmarkasida Asaxiy Books ham mezbon bo‘ladi. 3 kun davomida yarmarkada faol qatnashing va kitoblar bilan yanada yaqinroq bo‘ling. Tashrif payti mehmonimiz bo‘lsangiz, biz ham xursand bo‘lamiz)
Yarmarka haqida ma’lumotlar
• Boshlanish vaqti: 11:00
• O‘tkazilish kunlari: 25-27 aprel
• Manzil: G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘i (Dream Park)
• Eng yaqin metro bekati: Mirzo Ulug‘bek
Ertaga ko‘rishguncha👋
@asaxiybooks
#agar_sizda 👀
Hayotingiz haqida kitob yozish imkoniyati bo‘lsa, uni qanday nomlagan bo‘lar edingiz?
Kitobingiz nomini izohlarda yozing👇
Kitobni siz olsangiz-u, hisobni men to‘layman deb tursa a?
Yana kimda shunday do‘st bor 👀
@asaxiybooks
Bugun kuchli chegirmalardan biri nihoyasiga yetadi ⏳
Top 3 kitobdan iborat siyosiy-iqtisodiy to‘plam chegirmasi bugun kechgacha davom etadi. Onlayn yoki oflayn tarzda xarid qilib umumiy hisobdan 90 000 so‘m tejab qolishingiz mumkin.
Oflayn xarid: t.me/asaxiybooks/7937
Onlayn xarid: asaxiy.uz/u/siyosiy_iqtisodiy
@asaxiybooks
Siyosiy-iqtisodiy kitoblar to‘plamini Asaxiy do‘konlaridan xarid qiling 🛍️
Bu to‘plam quyidagi kuchli kitoblardan iborat:
1. Mamlakatlar tanazzuli sabablari
2. Farovonlik paradoksi
3. Yalang‘och iqtisodiyot
Ushbu kitoblar global muammolarga teran nazar bilan qarashga, iqtisodiyotni oson tushunishga hamda mamlakatlar muvaffaqiyati yoki tanazzulining sabablarini anglashga yordam beradi.
Kuchli uchlik narxi: 289 000 so‘m 199 000 so‘m
O‘zingizga yaqin filialni tanlab do‘konlar orqali olishingiz mumkin.
Manzillar: bu yerda
@asaxiybooks
O‘tgan hafta davomida eng ko‘p sotilgan 5 kitob bilan tanishing ⭐️
1-o‘rin: SOS! Savol ortidagi savol - 35 000 so‘m
2-o‘rin: Uddalasa bo‘ladigan vazifa - 99 000 so‘m 80 000 so‘m
3-o‘rin: Sarmoyador - 80 000 so‘m
4-o‘rin: Falastin - 75 000 so‘m
5-o‘rin: Javdarzordagi xaloskor - 60 000 so‘m
📌 Reyting hafta davomida asaxiy.uz sayti va oflayn do‘konlari orqali sotilgan kitoblar soni asosida shakllangan.
* Diqqatni jamlash uchun kuniga ikki mahal kitob o'qish tavsiya etiladi
@asaxiybooks
Bugunning kun chegirmasi!
Tungi 23-59ga qadar:
https://asaxiy.uz/product/redzhin-galanti-siz-kurkuvdan-kuchliroksiz
@asaxiybooks
Bir narsani bilish boshqa, uni boshdan kechirish umuman boshqa masala.
- "Anomaliya" kitobidan
@asaxiybooks
Eng qadimgi harbiy risolani elektron shaklda o‘qing!
G‘alaba esa kuch bilan emas, aql bilan qo‘lga kiritiladi
Va birgalikda xarid qilishingiz uchun davomi: https://asaxiy.uz/uz/product/mario-pyuzo-siciliyalik-chuqintirgan-ota-2
@asaxiybooks
BAXT MANBASI NIMA?
Xo‘sh, baxt nima o‘zi? Unga aniq bir ta’rif berish mumkinmi? Bizdagi baxt darajasiga ta’sir qiluvchi omillar bormi? Pul baxt keltirishi mumkinmi? Nega ba’zilar har kuni o‘zini baxtiyor his etadi, boshqalar esa bu hisni juda kamdan kam tuyadi? Keling, buni aniqlab olamiz.
Baxt – teran tuyg‘u bo‘lib, u o‘z vazifamizni bajarganimiz uchun Yaratganning mukofotidir. U dunyoga kerakli ekanimizni anglashimizga javob tarzida paydo bo‘ladi.
Bugunning syurpriz chegirmasi!
Tungi 23-59ga qadar: https://asaxiy.uz/uz/product/hans-rosling-factfulness-kattik-mukova
P.S. Chegirma narx do‘konlarimizda ham amal qiladi.
@asaxiybooks
#agar_sizda 👀
O‘zingiz bilan faqat 3 ta kitobni saqlab qolish imkoniyati bo‘lsa, ular qaysi kitoblar bo‘lar edi?
Kitoblar nomini izohlarda yozing 📚👇
Oʻzbekistondagi hamma oʻqishi kerak boʻlgan kitob,sohasidan qatʼiy nazar,hamma tushunadigan oson shaklda,hayotiy misollar bilan yozilgan
Читать полностью…Hayot vazifangizni topishga yordam beradigan kitob
"Uddalasa bo‘ladigan vazifa" kitobi hayotiy missiyani topish, maqsad belgilash, energiyani boshqarish, rejalashtirish, samaradorlikni oshirish va hayotni tartibga solishga yordam beradi. Bundan tashqari, baxt va muvaffaqiyat o‘rtasidagi farqni ko‘rsatadi va ularga yetishish yo‘lini ochib beradi.
Marg‘ulan Seysemboyning tajribaga asoslangan tavsiyalari hayotingizda ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishiga ishonamiz)
Videoni tomosha qiling va havola orqali buyurtma bering: asaxiy.uz/u/margulan_seysemboy
@asaxiybooks
REJALASHTIRISH VA HARAKAT
#fragment #kitobdan_parcha
Har qanday muvaffaqiyatga bilim, ma’lumot bilan emas, balki aniq va qat’iy harakatlar bilan erishiladi. To‘g‘ri tuzilgan reja dadil va samarali ishlashingizga yordam beradi.
Ma’lumki, muvaffaqiyatga erishgan odamlarning ko‘pi universitetni tashlab ketishgan. Ular orasida Bill Geyts, Ilon Mask, Stiv Jobs, Mark Sukerberg bor... Ular ilm-fan toshini kemirish o‘rniga hayot markaziga faol harakatni qo‘yadi.
Yoki o‘z sinfdoshlaringizni eslang. Odatda a’lochi o‘quvchilar keyinchalik hech nimaga erisha olmaydi, to‘polonchi va ikkichi bolalar esa o‘ta muvaffaqiyatli bo‘lishadi.
Bilimli odamlarning muammosi nimada? Bu mavzuda mulohaza yuritib, shunday formula tuzdim:
Inson qancha ko‘p bilim va ma’lumotga ega, qanchalar aqlli bo‘lsa, unda harakat qilish imkoniyatlari shuncha ko‘p bo‘ladi. Vaholanki, harakatlanish imkoniyatlari qancha ko‘p bo‘lsa, qaror qabul qilish tobora qiyinlashadi va odam shunchalik ikkilanaveradi. Shu bois aqlli odamlar ko‘pincha sustkash va qat’iyatsiz bo‘lishadi.
Bugunning syurpriz chegirmasi!
Tungi 23-59ga qadar: https://asaxiy.uz/uz/product/tara-vestover-talaba-yumshoq-muqova
#super_narx
@asaxiybooks
Allan Piz: Tana tili
Insonlar o‘rtasidagi so‘zsiz muloqot sirlari
Zamonaviy jamiyatni tanqid qilgan muallif Oldos Haksli haqida
#muallif
Oldos Leonard Haksli - ingliz yozuvchisi, faylasuf va kelajakni o‘zgacha tasvirlagan mashhur muallif hisoblanadi. U 1894-yil Angliyaning Godalming shahrida tug‘ilgan. Haksli yoshligida og‘ir ko‘z kasalligiga chalingan va bu dard unga dunyoni boshqacharoq ko‘rishga turtki bergan.
Oldos Haksli Oksford universitetida tahsil olgan va bir muddat fransuz tilidan dars bergan. Uning o‘quvchilari orasida "1984" kitobi muallifi Jorj Oruell ham bo‘lgan. Haksli adabiyot olamiga she’rlar yozish orqali kirib kelgan va hayoti davomida 50 dan ortiq asarlar yozgan.
Hakslining eng mashhur asari "Ajib yangi dunyo" romani bo‘lib, u 1932-yilda chop etilgan va 2021-yilda o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Ushbu roman texnologiyalarga to‘liq bog‘langan jamiyatda erkinlik va his-tuyg‘ular qanday yo‘qolishini aks ettiradi.
@asaxiybooks
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф: Кифоя
Ислом дини асосларини ўрганиш учун энг қулай йўл
Dam olish kuniga maxsus aksiya 🥳
Birgalikda arzon! Siyosiy-iqtisodiy mavzudagi 3 kuchli kitob uchun chegirma!
Agar bugungi dunyoni anglamoqchi bo‘lsangiz — iqtisodiy kuch, siyosiy qudrat va farovonlik manbalarini anglashdan boshlang.
Bunda quyidagi kitoblar sizga yo‘l ko‘rsatadi:
• Mamlakatlar tanazzuli sabablari - kuch, siyosat, boylik va kambag‘allik ortidagi real voqeliklar
• Farovonlik paradoksi - nega yordam foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirishi, farovonlik omillari
• Yalang‘och iqtisodiyot - hayotimizni belgilaydigan yashirin iqtisodiy kuchlar va ularning ta’siri
3 kitob narxi: 289 000 so‘m
Chegirma bilan: 199 000 so‘m
Chegirmadan foydalaning va kuchli kitoblarni bir to‘plamda oling: https://asaxiy.uz/u/siyosiy_iqtisodiy
@asaxiybooks
Robert Grin — "Mahorat"
#book_review #kitobxon_fikri
Inson hayotida shunday bir davr bo‘ladiki, to‘xtab o‘zi qaysi yo‘ldan ketayotgani, nimaga bu yo‘ldan ketayotgani, to‘g‘ri qarorlar qilyaptimi yoki yo‘qmi? Shular haqida o‘zidan o‘zi o‘ylab qoladi. Men ham shunday fikrlarni boshimdan o‘tkazayotgan paytimda Robert Grinning ushbu kitobi qo‘limga tushib qoldi va qaysidir ma’noda yordam ham berdi desam adashmagan bo‘laman.
Kitob o‘z ishining ustalari professionallar hayotida haqida aniqrog‘i ular qanday qilib shunday darajaga erishganlari haqida so‘zlaydi. Menga yoqqan jihati yozuvchi faqat ikki yoki uchta qahramon hayoti bilan cheklanib qolmaganligi bo‘ldi.
Kitobni o‘qir ekansiz har bobda yangi qahramonga duch kelasiz va yozuvchi asar qahramonlari shunchaki tasodif bilan emas og‘ir mehnat, uzoq yillik shogirdlik davri, 10 000 soatlik dovonni bosib o‘tganidan keyin muvaffaqiyatga erishganligini qisqa va lo‘nda, fakt hamda dalillar bilan tushuntirgan.
Undan tashqari, muallif mohirlikka erishish yo‘lida inson qanday yo‘llarni bosib o‘tishi kerakligi haqida maslahatlar ham bergan. Otaxon Grinning maslahatlari shunchaki uni qiling, buni qiling degan so‘zlardan iborat emas. U xuddi bobingiz singari qilishingiz mumkin bo‘lgan qator amallarni sanaydi. O‘tmishdagi daholar va zamondosh professionallardan misollar keltiradi. To‘qnashishingiz mumkin bo‘lgan muammolarni alohida ko‘rsatib, yechimlar beradi va maksimal sizni harakatga keltirishga undaydi. Shuning uchun ham uning barcha maslahatlarini chuqur tahlil qilib, o‘rganib chiqishga majbur bo‘lasiz.
Endi ozgina kamchiliklari haqida ham gapirsam, asarning boshi (taxminan 150-200 beti) tez o‘qiladi. Chunki juda qiziqarli yozilgan bo‘lib, kitobxonda qandaydir pozitivlik, jo‘shqinlik uyg‘otadi. Lekin undan keyin ba’zi insonlarning hayot yo‘lini ikki hatto uch martalab o‘qishga to‘g‘ri keladi. Shu sababli biroz zerikib qolishingiz mumkin. Ammo asardan umumiy oladigan foydangiz soyasida bu zerikish ko‘rinmay ketadi. Shaxsan menda shunday bo‘ldi. Shu sababli ushbu kitobni kelajakda yana bir bor o‘qishni niyat qilib qo‘ydim.
© chustiy.books
Bugunning syurpriz chegirmasi!
Tungi 23-59ga qadar:
https://asaxiy.uz/uz/product/firuz-allaev-tadbirkor
@asaxiybooks
Hayvonot olamida ALIFBO
🐥🐫🐳🦜
Bu kitobning asosiy maqsadi - bolalarga alifboni o‘rgatish. Hayvonot olami bilan tanishish va jonzotlar nomini o‘zbek, ingliz, rus tillarida o‘rganish esa yoqimli bonus bo‘ladi.
Alifbo sodda va tushunarli tayyorlangan bo‘lib, 4 yoshdan katta bolalarga mos keladi. Kitob bilan bolakay 29 ta harf, 29 ta hayvon nomi va ularning 3 tildagi ifodasini to‘liq o‘zlashtiradi.
Bir kitob beradigan shuncha imkoniyat narxi 50 000 40 000 so‘m. Buyurtma bering va kichkintoylar bilimiga sarmoya kiriting: asaxiy.uz/u/alifbo
@asaxiybooks
Bugunning syurpriz chegirmasi!
Tungi 23-59ga qadar: https://asaxiy.uz/uz/product/mario-pyuzo-chuqintirgan-ota-yohud-mafiya-sardori-2
@asaxiybooks
Asaxiy Books ilovasidagi elektron kitoblar uchun #prays_list
1. Erve Le Tellye: Anomaliya - 19 990 so‘m
2. Robert Grin: Mahorat - 19 990 so‘m
3. Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yo‘li - 9 990 so‘m
4. Kel Nyuport: Diqqat - 19 990 so‘m
5. Tara Vestover: Talaba - 14 000 so‘m
6. Jordan Piterson: Hayot uchun 12 qoida - 19 990 so‘m
7. Henri Marsh: Ozor berma - 19 990 so‘m
8. Abdurazzoq Gurna: Jannat - 19 990 so‘m
9. Jerom Selinjer: Javdarzordagi xaloskor - 19 990 so‘m
10. Brett King: Bank 4.0 - 19 990 so‘m
Elektron kitoblarni birma-bir xarid qilishingiz yoki Asaxiy Plus obunasi bilan barchasini bepul o‘qishingiz mumkin.
Ilovani yuklab olish: https://asaxiy.uz/apps/books
@asaxiybooks
Kitobli olamda hammasi yaxshi 😌
Dunyo muammolaridan chalg‘ishni istasangiz kitoblar sizni quchoq ochib kutib oladi. Ular tinchlantiradi, o‘ylantiradi, ilhom bag‘ishlaydi va yuzingizga tabassum olib keladi.
Kitobni doimiy hamrohga aylantiring, shunda hayotingiz ancha yengillashadi)
Bugunning syurpriz chegirmasi!
Tungi 23-59ga qadar: https://asaxiy.uz/uz/product/teodor-draizer-sarmoyador
@asaxiybooks