asaxiybooks | Unsorted

Telegram-канал asaxiybooks - Asaxiy Books

23473

Sevimli kitob do’koningiz💙 🚚 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beramiz. 📦 Buyurtma va savollar uchun: @asaxiybot / 71 200 01 05 • Do‘konlarimiz manzili: https://asaxiyuz.taplink.ws/ • Hamkorlik va takliflar: @asaxiy_marketing • Ulgurji savdo: @NX_001

Subscribe to a channel

Asaxiy Books

#agar_sizda 👀

Kitobda tasvirlangan davrda yashab ko‘rish imkoni bo‘lganda, qaysi davrni tanlar edingiz?

Izohlarda muhomaka qilamiz👇🏰

Читать полностью…

Asaxiy Books

Sizni eshitamiz 👀👂

Savdo bo‘limiga "Aksiyani uzaytirib bering" deb yozgan xabarlaringizga ko‘zimiz tushdi va doimgidek sizni eshitdik.

"Birgalik arzon" taklifi bilan ikki kitobni 99 000 so‘mga olish imkoniyatini yana 2 kunga uzaytirib beramiz. Taklifdan onlayn va oflayn xaridda foydalanishingiz mumkin.

P.S. To‘plamdagi biror kitob sizda bo‘lsa, Asaxiyning boshqa kitoblariga almashtirishingiz mumkin, bu holatda narxdagi farq alohida to‘lanadi.

Buyurtma uchun havola: asaxiy.uz/u/birga_arzon

Читать полностью…

Asaxiy Books

Ikki ajoyib kitob birgalikda yanada arzon!

"Raqamli qal’a" + "Anomaliya" = 99 000 so‘m

📘 Den Braun - "Raqamli qal’a"
MXA maxfiy kodlarni buzishga harakat qilar ekan, raqamli olam ortidagi eng katta sir sirligini yo‘qotishi mumkin. Kodlar va shifrlar ortidagi jumboqlarni yechishga tayyormisiz? Sodda va qiziqarli, o‘ziga xos realistik uslubi bilan kitob yakungacha e’tiboringizni ushlab turadi.

📕 Erve Le Tellye - "Anomaliya"
O‘zingizni ikkita holatda tasavvur qila olasizmi? Bir parvoz, bir reys, ikki xil haqiqat... haqiqat nima o‘zi? Adabiyot olamida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan bu kitob dunyo va undagi o‘rningiz haqida o‘ylashga undaydi. Aqlni shoshirib qo‘yadigan syujeti va qahramonlari bilan sizga yoqishi shubhasiz.

Aksiya faqat bugun amal qiladi, o‘tkazib yubormang.

Buyurtma bering va chegirmadan foydalaning: asaxiy.uz/u/birga_arzon

Читать полностью…

Asaxiy Books

✈️ Erve Le Tellye: "Anomaliya" haqida anomal fikrlar

"Anomaliya" kitobi premyerasida Asaxiy:

"Kafolat beramiz o'zbek tilida hali bunaqasini o'qimagansiz"

deyishgan edi. Va ular rostdan ham haq!

🌪 "Anomaliya" juda ixcham holatida ham katta dolzarb va shaxsiy fikrimcha ba'zi spektik mavzularni o'rtaga tashlay olgan asar!
Bir vaqtning o'zida din va ilm-fan tortishuvi yuzaga keladigan;
Turli tahmin nazariyalari ham ojiz qoladigan;
Bir-biriga o'xshamas taqdirlarning murakkab qismati aks etgan psixologik, ilmiy-fantastik roman.


Ancha oldin eshitib hazm qilib ulgurgan Matritsa haqidagi farazlarimiz ham chetda qolib, yangi gipotezalar o'rtaga chiqmoqda:
Biz qandaydir dastur ichidamiz, va u buzilib qoldi. Shundan keyin "Anomaliya" boshlandi! Hammani vahima bosdi!
AQSH, Fransiya, (o'zini hech nimadan xabari yo'qdek tutayotgan) Xitoy va boshqa yetakchi davlat prezidentlari oyoqqa turdi!


⚡️Bir tomonda din vakillari qiyomatga shama qilsa, boshqa tomonda ilm-fan egalari, Nobeli bor olimlar bir necha tahminiy nazariyalarni o'rtaga tashlashdi, ammo o'zlari ham qay biriga ishonishni bilmaydi.

⚠️
Insonlarning taqdirichi?

Tasavvur qiling, hech kimga umringiz oxirigacha ayta olmaydigan sirlaringni endi biladigan boshqa odam bor, yakkayu-yagona sizniki, yolg'iz sizniki bo'lgan narsalar endi faqat sizniki emas, Sizga ikkinchi marta imkon berilsa ham o'z hayotingizni saqlab qolishga vaqt yetmasa, yoki aksincha, o'zingizni o'z qo'llaringiz bilan o’ldirib, yana yashashda davom etishni qanday his qilardingiz?


Kitobni o'qish uchun yana qandaydir anomal sabab bo'lishini kutmang :)

✈️ Reaksiya qoldiring :)

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bayram kunlari ham odatiy tartibda ishdamiz 😇

Dam olish kunlarida o‘zingiz yoki yaqinlar bilan keling va kitoblar davrasida vaqt o‘tkazing. Kitoblar qurshovida bo‘lish sizni dunyo shovqinidan uzoqlashtiradi va qalbingizni xotirjam qiladi.

Manzillarimiz:

📍Asaxiy Novza
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: Muqimiy koʻchasi, 142/1

📍Asaxiy Kitob olami
Ish vaqti: 09:00 - 23:00
Manzil: Mustaqillik shoh ko‘chasi, 6

📍Asaxiy Kamolon
Ish vaqti: 10:00 - 18:00
Manzil: Bunyodkor ko'chasi, 8B

📍Asaxiy Panorama
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: 41.320328,69.262226,16z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.320328!4d69.262226">Alisher Navoiy koʻchasi, 11A

📍
Asaxiy Farhod bozori
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: 41.2871646,69.1872334,16z/data=!4m2!3m1!1s0x38ae89f983a69edd:0x427c98bf5dbae658?hl=ru-uz">Lutfiy koʻchasi, 75PP+VV9

📍Asaxiy Buyuk Ipak Yo‘li
Ish vaqti: 09:00 - 23:00
Manzil: Mirzo Ulug’bek ko’chasi, 51

📍Asaxiy Xalqlar do‘stligi
Ish vaqti: 09:00 - 23:00
Manzil: 41.309483,69.2407111,17z/data=!3m1!4b1!4m4!3m3!8m2!3d41.309483!4d69.243286?entry=ttu">Furqat ko’chasi, 15A

📍Asaxiy Beruniy
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: Talabalar ko‘chasi, 16D

📍Asaxiy Sergeli
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: Mirzo Tursunzoda ko‘chasi, 1A


Mehmonimiz bo‘ling, sizni ko‘rishdan xursand bo‘lamiz🫠

Читать полностью…

Asaxiy Books

Sovg‘a sertifikatlari sizni qutqaradi😉

Bayram - shunchaki bayram emas, u e’tibor va mehringizni ko‘rsatish uchun chiroyli sabab. Bu imkoniyatdan foydalanib, hayotingizdagi ayol-qizlarni xursand qiling. Ularga nima sovg‘a qilishni tanlay olmagan bo‘lsangiz, sertifikatlarni hadya qiling.

Sovg‘a sertifikatlari yaqinlaringizga Asaxiy.uz sayti orqali istagan narsalarini olish imkonini beradi. Turli qiymatdagi sertifikatlardan mosini tanlang va buyurtma bering: asaxiy.uz/u/sertifikat

Elektron shaklini bir necha daqiqa ichida tayyorlab beramiz yoki sertifikat shaklida manzilga yetkazamiz.

Читать полностью…

Asaxiy Books

🎀 Odatiy sovg‘adan zerikkanlar uchun yechim - Kitobli guldasta!

Bu usulda sovg‘a ulashish ayol-qizlarga bergan e’tiboringizni tasdiqlaydi va sovg‘angiz boshqa hadyalar ichida yaqqol ajralib turadi. Onajoningiz, rafiqangiz, opa-singillar va boshqa qadrli insonlaringiz quvonchiga sabab bo‘ladi.

💐 Videodagi guldasta narxi:
319 000 so‘m 299 000 so‘m

Buyurtma uchun havola: asaxiy.uz/u/kitobli_guldasta

P.S. Guldastadagi kitoblarni xohishingizga ko‘ra o‘zgartirishingiz mumkin, tanlangan kitoblarga qarab narx qayta hisoblab beriladi.

Читать полностью…

Asaxiy Books

Qurbaqani paqqos tushiring 🐸🍽

Sizga eng yoqimsiz qurbaqalarni ham paqqos tushirishni o‘rgatgan "Samaradorlikning 21 yo‘li" kitobi 5 yoshga to‘ldi!

Bu kitob ilk bor 2020-yil 5-mart kuni premyera qilingan va doimiy Top kitoblarimiz qatorida turadi. O‘zi kichik, foydasi katta bo‘lgan ushbu qo‘llanma bugungacha minglab insonlarga samaradorlikni oshirishga yordam berdi.

Siz bu kitobni o‘qiganmisiz?
😍 - Albatta
😇 - Endi o‘qiyman

Читать полностью…

Asaxiy Books

Savollaringizga javob beramiz😇

🌷 Bayram uchun sovg‘a takliflari haqida savollaringizni o‘qidik, birma-bir javob beramiz:

- To‘plamni yetkazish bepulmi?
- Sovg‘a to‘plamlarini O‘zbekiston bo‘ylab uygacha yetkazish bepul.

- Buyurtma bersam qanchada yetib keladi?
- Buyurtma Toshkent shahrida 24 soatda, viloyatlarga 2-3 ish kunida yetkazib beriladi.

- Pulini kelganda bersam bo‘ladimi?
- Uyga yetkazish usulini tanlab, buyurtma yetib borganda naqd usulda to‘lov qilishingiz mumkin.

- To‘plam ichidan bir kitob menda bor, almashtirsam bo‘ladimi?
- To‘plam tarkibidagi kitobni Asaxiy Books kitoblaridan biriga almashtirishingiz mumkin. Agar narxda farq bo‘lsa, u alohida to‘lanadi.

- Do‘kondan ham olsam bo‘ladimi?
- Albatta, chegirma taklifi do‘konlarimizda ham amal qiladi.

Yana savollar bormi? Izohlarda yozib qoldiring, javob berishdan xursand bo‘lamiz👇

Читать полностью…

Asaxiy Books

🌷Estetik sovg‘a taklifi - "Chiroyli muqova ixlosmandlari uchun to‘plam"

Bu to‘plamdagi kitoblar go‘zal muqovasi bilan e’tiborni tortadi va mazmuni bilan fikrlashga undaydi. Nozik xilqat vakillariga shunday nozik did bilan tanlangan sovg‘alar yoqadi)

4 betakror kitob chegirmada 169 000 so‘m! Buyurtma uchun havola: asaxiy.uz/u/bayramona_toplam_5

Taklifdan foydalaning va qimmatli sovg‘alar ulashing. Biz to‘plamni O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazib beramiz.

Onlayn va oflayn xaridda chegirmadan foydalaning.

Читать полностью…

Asaxiy Books

🌷Yana bir go‘zal sovg‘a - "Ziyoli ayollar uchun to‘plam"

Bu to‘plamdagi kitoblar ilm yo‘lidagi ayol-qizlarimizni ilhomlantiradi va olima bo‘lishda yordamchi bo‘ladigan bilimlar beradi.

4 dolzarb kitob chegirmada 199 000 so‘m! Buyurtma uchun havola: asaxiy.uz/u/bayramona_toplam_3

Taklifdan foydalaning va qiymatli sovg‘alar ulashing. Biz to‘plamni O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazib beramiz.

Chegirmadan onlayn va oflayn xaridda birdek foydalanish mumkin.

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bayram takliflarini berishni boshladik!

🌷Ayollar uchun sovg‘a taklifi - "Ilhom va motivatsiya to‘plami"

Bu to‘plamdagi kitoblar ayol-qizlarimizni ilhomlantiradi va katta marralarni zabt etishga chorlaydi. Kitoblar beradigan bilim butun hayotda yo‘lboshchi va yordamchi bo‘lishiga ishonamiz.

4 ta muhim kitob chegirmada 149 000 so‘m! Buyurtma uchun havola: asaxiy.uz/u/bayramona_toplam_1

Taklifdan foydalaning va qiymatli sovg‘alar ulashing. Biz to‘plamni O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazib beramiz.

Kun davomida kuzatib boring, takliflarni birin-ketin e’lon qilamiz.

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bayramga ham oz qoldi 🌸

Ayol-qizlarga sovg‘a olishga ulgurdingizmi?

Читать полностью…

Asaxiy Books

Fevral oyi uchun "Asaxiy Books bestsellerlari" reytingi:

1. Erve Le Tellye – Anomaliya
2. Ibn Xaldun – Muqaddima
3. Brayan Treysi – Samaradorlikning 21 yo‘li
4. Yuy Xua – Yashamoq
5. Otabek Mahkamov – Yuksaklik sari tasodif bo‘lmagan 100 ta uchrashuv
6. Javlon Jovliyev – Qo‘rqma
7. Jeyms Klir – Atom odatlar
8. Jorj Oruell – 1984
9. Jorj Oruell – Molxona
10. Malkolm Gladuell – Zukkolar va landavurlar
11. Klaus Shvab – To‘rtinchi sanoat inqilobi
12. Mey Mask – Rejali ayol
13. Jo Navarro – Siz nimani o‘ylasangiz, men o‘shani ko‘raman
14. Abdurazzoq Gurna – Jannat
15. Otabek Hasanov – Liderlar kitobi
16. Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson – Mamlakatlar tanazzuli sabablari
17. Piter Hopkirk – Katta o‘yin. Ikki imperiya to‘qnashuvi
18. Stiven R. Kovi – Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi
19. Jon G. Miller – SOS! Savol ortidagi savol
20. Frenk Bettjer – Muvaffaqiyat sirlari

Jami: 1 619 000 so‘m
20% chegirmada: 1 299 000 so‘m
To‘plam haqida batafsil: asaxiy.uz/u/bestseller

Читать полностью…

Asaxiy Books

Ikki hayot, o‘nlab muhim saboq

Yuy Xuaning "Yashamoq" kitobi – inson sabri, hayotning shafqatsiz sinovlari va bardavomlik haqida hikoya qiladi. Ushbu asarni o‘qigach taqdir zarbalariga qanday dosh berishni, insoniylikni yo‘qotmaslikni tushunasiz.

Ato Hamdamning "Yapon zobiti" esa tarixiy voqealar fonida insoniy g‘urur, matonat va taqdir sinovlari haqida hikoya qiladi. Agar "Yashamoq" sizga qiyinchiliklarga qanday bardosh berishni o‘rgatsa, "Yapon zobiti" shaxsiyat, iroda va burchni anglash mohiyatini ochib beradi.

Ikki muhim kitob "Birgalikda arzon" taklifi bilan 99 000 so‘m!


Buyurtma bering va javoningizni hayotiy asarlar bilan boyiting: asaxiy.uz/u/birgalikda_arzon

Читать полностью…

Asaxiy Books

Aql va ruhning quvvat manbai

Zerikish, charchoq yoki ishtiyoqning pasayishi ichki quvvatingiz kamayganidan belgi beradi. Bu holatda eng ishonchli yordamchingiz - kitob bo‘lishi mumkin.

Ovqat tanaga kuch bersa, kitob ruhingizni oziqlantiradi;
Mashqlar jismonan chiniqtirsa, kitob aqlingizni charxlaydi;
Elektr toki sizga yorug‘lik bersa, kitob tafakkuringizni yoritadi.

Kitobning har sahifasidan bilim olish va ilhomlanish mumkin. O‘zingizga yoqadigan kitobni tanlang va ichki quvvat ustida ishlashni boshlang.

Kuniga ikki mahal kitob o‘qing, hammasi yaxshi bo‘lib ketadi)

Читать полностью…

Asaxiy Books

Азизахон Ташходжаева: Шукроналик мўъжизалари

Шукроналик - инсон зийнати


Бугунги тинчлик-осойишталик, эркин ва фаравон ҳаётга шукрона келтириш, унинг қадрига етиш хайру баракани янада зиёда қилади.

✍️ Ушбу китоб сизга берилган неъматларга шукрона келтиришни ўргатади. Шукрона сабаб қалблари нурга тўлган аёлларнинг ҳикоялари билан танишиб ич-ичдан тўлқинланасиз, тилингиздан шукроналик тушмай қолади.

Нархи: 145 000 сўм
“El-yurt ishonchi” статус эгаларига: 129 000 сўм

Буюртма учун: asaxiy.uz/u/shukronalik

Читать полностью…

Asaxiy Books

O‘tgan haftaning 5 yulduzi

3.03.25 - 9.03.25 sanalarida Asaxiy orqali eng ko‘p sotilgan kitoblar beshligi bilan tanishing:

1-o‘rin: Anomaliya - 99 000 so‘m 60 000 so‘m
2-o‘rin: Samaradorlikning 21 yo‘li - 35 000 so‘m
3-o‘rin: Muqaddima - 99 000 so‘m
4-o‘rin: Yashamoq - 79 000 so‘m
5-o‘rin: Yuksaklik sari tasodif bo‘lmagan 100 ta uchrashuv - 169 000 so‘m

Kitoblar: asaxiy.uz/u/kitoblar_katalogi

Yangi g‘oyalar topish uchun kuniga ikki mahal kitob o‘qish tavsiya etiladi

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bu shunchaki kitob emas - hayotingizni o‘zgartiradigan qimmatli tajriba 💯

Kafolat beramiz, o‘zbek tilida hali bunaqasini o‘qimagansiz.

Читать полностью…

Asaxiy Books

Ayol-qizlarimizga bayram muborak!

🌷 Bugungi go‘zal kunni ko‘rish baxt bo‘lsa, unda sizning borligingiz bizni ikki karra baxtliroq qiladi. Tabassumingiz bizni ilhomlantiradi, qo‘llab-quvvatlashingiz esa o‘zimizga ishonchni oshiradi.

Barcha ayol-qizlarimizni bugungi bayram bilan tabriklaymiz. Sizga mustahkam sog‘lik, mazmunli hayot va to‘kis baxt tilaymiz.

Bayram asli bir sabab, siz har kuni qadrlanishga arziysiz 🤍

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Abdukarim Mirzayevdan yangi kitoblar sotuvda! 📜

Asl hikmatlar qalbga abadiy muhrlanadi va tildan tilga, dildan dilga ko‘chib yuraveradi. Hayotiy hikoyalari bilan ko‘nglingizga yaqin bo‘lgan Abdukarim Mirzayev endi kitoblari bilan doimiy hamrohingiz bo‘ladi.

Muallif video tarzida yetkazgan hikoyalarini endi kitob holatida, mo‘jaz to‘plam shaklida taqdim qiladi. Har bir hikoya o‘qishingizga va xulosa qilishingizga arziydi.

Yangiliklar:
📖
Bu ham o‘tar
📖 Cho‘pon yutib ketdi
📖 Sevishni unutgan odam

Narxi: 35 000 so‘mdan

Buyurtma berish uchun havola: asaxiy.uz/u/hikoyalar

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bir do‘stimiz kitob haqida she‘r yozibdi, o‘qib ko‘rasizmi:

8-martda kitob tuhfa qiling! 📚🎁

Gul so‘nar, shirinlik yo‘qolar,
Ko‘ngil izlaydi mehr, ilhom.
8-martga eng go‘zal sovg‘a,
Bu – bilim, nur va o‘qish zavqi jon!

Kitob hadya qiling, bo‘lsin yodgor,
Har sahifasida hikmat va chiroy.
Qalblarga quvonch, yurakka ilhom,
Unutilmas tuhfa – bilimga yo‘l-yo‘riq!

Sevimli ayollarga, onalarga, do‘stlarga,
Eng yaxshi kitobni tanlang hoziroq.
Chunki bilim – so‘nmas bir chiroq,
Va u – eng bebaho sovg‘a har doim! 💖📖

Muallif: ChatGPT


Xo‘sh, she’rni qanday baholaysiz? Boshlanishiga yomon emas-a?)

Читать полностью…

Asaxiy Books

Tajvidli mus’haf - Ramazon oyida eng munosib sovg‘a!

Ramazon - poklik va ezgulik oyi. Bu muborak kunlarda yaqinlaringizga eng go‘zal sovg‘a - Qur’oni Karimni taqdim eting.

Ushbu nashrda:
✨Tajvid qoidalari mavjud - Qur’onni to‘g‘ri va chiroyli o‘qish imkonini beradi;
✨Sifatli bosma va o‘qishga qulay shriftga ega - har bir oyat aniq va tushunarli bo‘ladi;
✨Zamonaviy va nafis dizayn - foydalanish va sovg‘a qilish uchun yoqimli tanlov.

Ramazon - qalbni nur bilan to‘ldirish fursati. Oila a’zolaringiz, do‘stlaringiz yoki o‘zingiz uchun ushbu kitobni buyurtma qiling.

📌 Buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/tajvidli_mushaf

Читать полностью…

Asaxiy Books

🌷Unikal sovg‘a taklifi - "Kuchli va mustaqil ayollar uchun to‘plam"

Bu to‘plamdagi kitoblar hayotning barcha jabhalarida natijaga erishishni istaydigan ayol-qizlarga mos keladi. Kitoblar beradigan bilim muvaffaqiyat yo‘lida doimiy hamrohga aylanadi.

4 noyob kitob chegirmada 199 000 so‘m! Buyurtma uchun havola: asaxiy.uz/u/bayramona_toplam_6

Taklifdan foydalaning va qiymatli sovg‘alar ulashing. Biz to‘plamni O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazib beramiz.

Sovg‘angiz Toshkent shahrida 24 soatda, viloyatlarga 2-3 ish kunida yetkazib beriladi.

Читать полностью…

Asaxiy Books

🌷 Keyingi bayramona taklif - "Shaxsiy samaradorlik to‘plami"

Bu to‘plam shaxsiy va professional hayotda natijalarga erishishni istaydigan ayol-qizlarimizga mos keladi. Kitoblar beradigan bilim butun hayotni tubdan o‘zgartirish xususiyatiga ega.

4 ajoyib kitob chegirmada 149 000 so‘m! Buyurtma uchun havola: asaxiy.uz/u/bayramona_toplam_4

Taklifdan foydalaning va qiymatli sovg‘alar ulashing. Biz to‘plamni O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazib beramiz.

Sovg‘angiz Toshkent shahrida 24 soatda, viloyatlarga 2-3 ish kunida yetkazib beriladi.

Читать полностью…

Asaxiy Books

🌷Navbatdagi sovg‘a taklifi - "Badiiy hikoyalar va tajriba to‘plami"

Bu to‘plamdagi kitoblar qiziqarli syujeti va ajoyib uslubi bilan ayol-qizlarimiz qalbidan joy oladi. Mutolaa ma’naviy hordiq bilan birga hayotiy tajribalar bilan ham o‘rtoqlashadi.

4 ta ajoyib kitob chegirmada 179 000 so‘m! Buyurtma uchun havola: asaxiy.uz/u/bayramona_toplam_2

To‘plamni O‘zbekiston bo‘ylab yetkazish bepul. Onlayn buyurtma bering yoki do‘konlarimizdan xarid qiling.

Buyurtma Toshkent shahrida 24 soatda, viloyatlarga 2-3 ish kunida yetkazib beriladi.

Читать полностью…

Asaxiy Books

Chegirmani kutyapmiz😅.


Ustozga kitob olishim kerakda


Yo'q hali😅


Izohlaringizni ko‘rishimiz bilanoq sizga yangilik tayyorlashga kirishdik🤫 Bepul yetkazish, chegirma, sovg‘alar? Bulardan biri emas, barchasi bo‘ladi!

Kanal bildirishnomalarini yoqib, tayyor bo‘lib turing. Ertaga kun davomida yangiliklarni e’lon qilib boramiz🌷

Читать полностью…

Asaxiy Books

Samaradorlik TOP

🏆 O‘tgan haftada eng ko‘p tanlangan 5 kitob bilan tanishamiz:

1-o‘rin: Samaradorlikning 21 yo‘li
2-o‘rin: Anomaliya
3-o‘rin: Muqaddima
4-o‘rin: Yashamoq
5-o‘rin: 1984

📌 Ro‘yxat 1 hafta davomida Asaxiy orqali amalga oshirilgan xaridlar asosida shakllangan.

Fikringizni tushunarliroq ifodalash uchun kuniga ikki mahal kitob o‘qish tavsiya etiladi.

Читать полностью…

Asaxiy Books

...har birimiz, o‘z-o‘zimidan javob topa olamiz.

Erve Le Tellyening "Anomaliya" kitobidan

Читать полностью…

Asaxiy Books

#finished

Brayan Treysi "Samaradorlikning 21 yo‘li" kitobining asosiy g‘oyasini mashhur yozuvchi Mark Tvenning "Agar ertalab birinchi bo‘lib tirik qurbaqani yutsangiz, kunning qolgan qismi bundan oson kechadi" mazmunidagi jumlasi atrofida qurgan ekan.

Muallif eng qiyin va eng muhim ishlarni katta va xunuk qurbaqaga o‘xshatadi. Birinchi bo‘lib eng kattasi va jirkanchini paqqos tushirsangiz kunning qolgan qismi go‘zal kechadi deydi. Ya’ni eng qiyin va muhim ishni hal etsangiz qolgani osonlashib boraveradi degan fikrni ilgari suradi.

Buni oson va samarali qilish uchun 21 ta tavsiya beriladi. Har bir tavsiya bir bob bo‘lib real keyslar va raqamlar bilan asoslab beriladi. Yaxshi tomoni fikrlar qisqa va lo‘nda tushuntirilgan. Boshqa bu kabi kitoblardagidek ortiqcha ezmalanish va "o‘tlab ketish"lar yo‘q.

Kitobda o‘rganishingiz mumkin bo‘lgan eng muhim uchlik haqida gapirib o‘tmasam bo‘lmas. Bular: eng muhimlarini belgilab olish, qaror qabul qilish va qarorlarni to‘g‘ri saralash.

Qaror qabul qilish bo‘yicha hammada muammo bo‘lsa kerak. Ko‘p odamlar mukammallikni kutib, ishni boshlamaydi yoki doimiy ravishda kechiktiradi. Muallif esa "Samaradorlikning 21 yo‘li" kitobida bunga quyidagicha amaliy maslahat beradi: "Ishga kirishish uchun o‘zingizga 5 daqiqa qoidasi qo‘ying: "Faqat 5 daqiqa shu ish bilan shug‘ullanaman" deb boshlang. Ko‘pincha aynan shu 5 daqiqalik bosqich ishni to‘liq bajarishga turtki beradi, deydi u.

Yana keng tarqalgan "kasallik"lardan biri kechiktirish odati. Sababsiz yoki o‘zimizcha qandaydir sabablar o‘ylab topib ishni ortga tashlaymiz. G‘oyamizni kimdir amalga oshirganida esa afsus qilamiz. Masalan, menda bunaqasi ko‘p bo‘lgan.

Bu odatni yengish uchun esa "ishni bo‘laklarga bo‘lib bajarishni, katta ishning kichik bo‘laklariga esa yuqorida aytilganidek, "5 daqiqa faqat shu ish bilan shug‘ullanaman" deb kirishish bu odatdan qutulishda yuqori samara beradi, deydi Brayan Treysi.

Xulosa qilib aytganda, "Samaradorlikning 21 yo‘li" kitobi vaqtingiz va hayotingizni tartiblashga yordam beradi. Endi buyog‘i kitobdagi tavsiyalarni hayotingizga qanchalik tatbiq eta olishingizga bog‘liq.

➡️@qora_yigit

Читать полностью…
Subscribe to a channel